Teg: Esse

KAMOLIDDIN AZZAMOV Aziz otajon, Sen yaqinda nega men gapirayotganda seni dahshat bosadi, deya bexosdan soʻrab qolding. Otajon, shunday jang uslubi borki, u nomardlarning jang uslubi – nayza sanchishga ulgurgan raqib bu bilan cheklanmaydi, balki oʻz mavqeini saqlab qolish uchun oʻsal raqibining qonini ham soʻrib ichadi. Aziz otajon, mana shunday battol...
HILOLA JO’RAQULOVA Koʻkka bulut chiqsa ikkita odam gunohkor boʻlar ekan. Biri – yomgʻir yogʻadi degan, ikkinchisi – yomgʻir yogʻmaydi degan. Xudo biladi, degan odam haq boʻlar ekan. Buni ammamdan bir necha marta eshitganman. Esimda, bola paytim katta otam kichkina mato (joynamoz) toʻshab, namoz oʻqirdi. Azon chaqirishlari ham esimda – Allohu akbar!...
IBROHIM HAQQUL “Qani edi, barcha odamlarning g’am-g’ussasi meniki bo’lsa…” Sirri SAQATIY Hamma xalqning o’ziga xos adabiyoti bor. Ammo milliy adabiyotni dunyo badiiy tafakkuri maqomiga olib chiqqan millatlar uncha ko’p emas. XIX asrga kelib rus shoir va adiblari jahon adabiyotining oldingi saflaridan joy egallay boshladi. Pushkin, Lermontov, Gogol, Turgenev, Tolstoy, Dostoevskiy… Bularning har...
Shodmonqul SALOM   Odam degan idishda keltirilganman. Qadimda oz-ozdan no‘sh etilardim: kelajakka ham qolsin! Keyin ko‘p icharman bo‘lib ketishdilar – Odam bo‘shab qoldi. Tabiatda shunday qonun bor: bo‘shliqqa o‘rin yo‘q! Mening o‘rnimga bir talx va totli nimadir sizib kira boshladi – Ishq. Ko‘p yillar o‘tdi idish to‘lgunicha. Idish arzonlashdimi, qimmatlashdimi – bilmayman!...
Suhrob ZIYO Bu voqealarni biron o‘n yillar o‘tgach yozsam kerak, deb o‘ylagandim. Yodga tushganda goh ko‘ngil yorishib, goh tundlashib, ba’zan kulib, ba’zan mahzun bo‘lib eslanadigan o‘sha kunlar chorak asrlik hayotimda alohida bir davr bo‘lib qoldi. Mahmud Sa’diy, “Ma’rifat” va kamina… Bu bog‘lanishda, albatta, “Ma’rifat” o‘rtada bo‘ladi. Chunki bu gazeta bo‘lmaganda, o‘zbek...
   XORXE LUIS BORXES Buenos-Ayres nima? Bu – qit’adagi urushlardan sillasi qurigan bo‘lsa-da, chehrasi baxtiyor odamlarga to‘lgan Plaza de Mayo maydoni. Bu – samolyotdan kuzatganimiz son-sanoqsiz yog‘dular og‘ushidagi yo‘laklar va qaydadir bizga xotirjamlik baxsh etuvchi qadrdon kulba. Bu –  ajdodlarimdan biri otib tashlangan Rekoleta devori. Bu – beminnat salqinlik va soya beruvchi Xunin...
Ibrohim HAQQUL I Gapning indallosini aytsak, adabiyotimizning mustaqillikdan keyingi qiyofasini men boshqacha tasavvur qilganman. Istiqlol adabiyoti – haqiqat adabiyoti, shijoat adabiyoti, havasga arzigulik hurriyat va ma’rifat adabiyoti o’laroq shakllanadi deb o’ylaganman. Yurti ozod, tili, dili erkin ijodkor nega mutelik va ojizlikka ko’nsin? Yolg’on va tilyog’lamalikka ne hojat? Sayozlik, maddohlik, ofarinbozlikdan ijod...
Iqbol QO‘SHSHAYEVA San’at asarlari murosasozlik, behad xotirjamlik emas, balki bitmas-tuganmas g‘am-tashvish va hayajon, o‘z-o‘ziga ishonchsizlik yog‘ida qovurilish, kurash, omad yoki boy berish, kashfiyot yoki xatolar evaziga yaraladi. Hammayog‘i badastir, har jihatdan mukammal, qorni to‘q, qayg‘usi yo‘q mutafakkir va san’atkor hayotda yo‘q. Lev Tolstoy Yillar nainki inson umrini balki uning armonlarini ham ulg‘aytiradi....
Shukur XOLMIRZAYEV Qizim Sayyoraga “Men Oxura-Mazda shafqat-himoyatim ostida olamning to‘rtinchi mamlakati qilib tug‘i baland erlar yurti Baqtriyani yaratdim”. “Avesto”. O‘rta Osiyo!.. Xorazm, Baqtriya, So‘g‘diyona, Dovoniy va Choch – mana, bu mamlakatning qadimiy o‘lkalari, skiflar, surlar, massagetlar toxarlar – qo‘shonlar va turklar – mana, bu qadimiy mamlakatda yashagan qadimiy xalqlar. O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Qoraqalpog‘iston hamda...
USMON AZIM Rauf Parfining bir dasta she’rlari ilk bor Boysunni qor bosgan payt, 1966 yili “Sharq yulduzi” jurnalining yanvar sonida Asqad Muxtor “oq yo’l”i – so’zboshisi bilan chop etilgan edi. Men o’shanda o’ninchi sinfda o’qirdim. Bunday ajibtovur she’rlarni birinchi bor o’qishim. Rauf akaning she’rlari birpasda menga va she’rxon do’stlarimga yod bo’lib ketdi. Qor...

keyingi maqolalar