XOTIRA ESSE

Suhrob ZIYO Bu voqealarni biron o‘n yillar o‘tgach yozsam kerak, deb o‘ylagandim. Yodga tushganda goh ko‘ngil yorishib, goh tundlashib, ba’zan kulib, ba’zan mahzun bo‘lib eslanadigan o‘sha kunlar chorak asrlik hayotimda alohida bir davr bo‘lib qoldi. Mahmud Sa’diy, “Ma’rifat” va kamina… Bu bog‘lanishda, albatta, “Ma’rifat” o‘rtada bo‘ladi. Chunki bu gazeta bo‘lmaganda, o‘zbek...
Ibrohim HAQQUL I Gapning indallosini aytsak, adabiyotimizning mustaqillikdan keyingi qiyofasini men boshqacha tasavvur qilganman. Istiqlol adabiyoti – haqiqat adabiyoti, shijoat adabiyoti, havasga arzigulik hurriyat va ma’rifat adabiyoti o’laroq shakllanadi deb o’ylaganman. Yurti ozod, tili, dili erkin ijodkor nega mutelik va ojizlikka ko’nsin? Yolg’on va tilyog’lamalikka ne hojat? Sayozlik, maddohlik, ofarinbozlikdan ijod...
USMON AZIM Rauf Parfining bir dasta she’rlari ilk bor Boysunni qor bosgan payt, 1966 yili “Sharq yulduzi” jurnalining yanvar sonida Asqad Muxtor “oq yo’l”i – so’zboshisi bilan chop etilgan edi. Men o’shanda o’ninchi sinfda o’qirdim. Bunday ajibtovur she’rlarni birinchi bor o’qishim. Rauf akaning she’rlari birpasda menga va she’rxon do’stlarimga yod bo’lib ketdi. Qor...
Sevara ALIJONOVA Shoirning tavallud kuni. Uning endi oramizda yo‘qligini eslatib yubordi. O‘sha mash’um xabarni eshitganimdagi titroqni qayta vujudga soldi. Salkam bir yildan buyon miyamda g‘ujg‘on aylanayotgan alg‘ov-dalg‘ov hislarimning jilovini qo‘lga tutqazdi. Qog‘ozu qalamga yaqinlasholmay qolgan qo‘limga kuch berdi. Shoirni she’rlaridan qidirdim. Kamtar-qamsuqum, madhiyabozligu xushomadni bilmaydigan, o‘zining kimligini-da atrofga ko‘z-ko‘zlamay, yurakka...
Omon MUXTOR Qo‘limda Shuhrat domlaning 1984 yilda olingan bir surati... Yuzida, ayniqsa, ko‘zlarida shunday azob-iztirob muhrlanganki! Ishonmaslik mumkin, hatto qalin tugik qoshlari uning og‘ir ichki holatini aks ettirgan. Jussasi yirik, odatda, ishonch bilan ko‘ksini mag‘rur ko‘tarib bosiq, dadil yuradigan bu kishi yoshi oltmishdan o‘tib yetmishga borayotganida, shu Shuhrat akami, deydigan...