Sevara ALIJONOVA
Shoirning tavallud kuni. Uning endi oramizda yo‘qligini eslatib yubordi. O‘sha mash’um xabarni eshitganimdagi titroqni qayta vujudga soldi. Salkam bir yildan buyon miyamda g‘ujg‘on aylanayotgan alg‘ov-dalg‘ov hislarimning jilovini qo‘lga tutqazdi. Qog‘ozu qalamga yaqinlasholmay qolgan qo‘limga kuch berdi. Shoirni she’rlaridan qidirdim. Kamtar-qamsuqum, madhiyabozligu xushomadni bilmaydigan, o‘zining kimligini-da atrofga ko‘z-ko‘zlamay, yurakka...
Somerset MOEM
I
Bu kitob – tarjimai hol ham, yodnoma ham emas. Hayotda nimaiki boshimdan o‘tgan esa, yozgan asarlarimda foydalanganman. Bir paytlar allaqaybir kechinmalarim turtki berib, ulardan badiiy asar yaratish uchun voqealar, ishtirokchilar o‘ylab topardim, ko‘pincha o‘zimga yaqin yoki jilla qursa tanish bo‘lgan odamlarni obraz qilib olar va shular asosida o‘sha...
Nodirabegim IBROHIMOVA
Oltinchi qavatdan tashqariga boqaman: uzoqdan qorli cho‘qqilar ko‘zga tashlanadi. O‘pkamni o‘rab turgandek his beruvchi yupqa pardani olib tashlagim kelib qo‘lim bilan ko‘ksimni g‘ijimlayman, bu g‘alati parda doim to‘yib nafas olishga halal beradi. Ko‘nglim, ham o‘pkam toza havolarni istayapti. Tog‘larni, adirliklarni, kengliklarni, yashillikni sog‘inyapti. Har yilgi odatimga...
Sevara ALIJONOVA
U kishim galstuk taqib, kostyum-shimda yurmaydi, lekin domlalarga xos katta ko’zoynakni ko’ziga qo’ndirib, unga yarasha zambilday zil, katta portfelni bazo’r ko’tarib, o’ng tomonga xiyol egilib yuradi. Ko’ylagining old cho’ntagiga taroqcha solib yuradi. Suhbatdoshi bilan gaplasha-gaplasha, ahyon-ahyonda o’sha taroqcha bilan sochini bir tomonga silliq tarab qo’yadi. Yaqinlarini ko’ngilga tegmaydigan-u,...
Mixail EPSHTEYN
TARAQQIYOT VA POEZIYA
Insoniyat taraqqiyotining xos vektorlari mavjudmi? Ushbu savolga turli va ishonarli javoblar ko‘p: nufus o‘sishi, iqtisodiy taraqqiyot, mehnat unumdorligi oshishi va ijtimoiy farovonlik yuksalishi, erkin bozorning yoyilishi, intellektual va texnologik kuchning ortishi, axborotni jadal ishlab chiqarish, noosferaning kengayishi, siyosiy tizimlarning demokratlashuvi, jug‘rofiy va kosmik ekspansiya, etnik va...
Jek LONDON
Men 1876 yili San-Fransiskoda tug‘ilganman. O‘n besh yoshga kirganimda ulg‘ayib bo‘lgan edim, mabodo bir necha sent pulim oshib qolsa, unga obakidandon emas, pivo sotib olardim, – men haqiqiy erkak, albatta, pivo sotib olishi kerak, deb o‘ylardim-da. Hozir, o‘sha paytimdagiga qaraganda ikki barobar ulg‘aygan bo‘lsam-da, qayta yana o‘smirligimga qaytgim...
Erix FROMM
Sevgi, haqiqatdan ham, san’atmi? Basharti san’at bo‘lsa, mehnat va bilim talab qiladi. Balki bu faqat muayyan holatda mast qiluvchi, omad kulib boqsagina nasib etadigan mastona holatdir? Bu kitobda dastlabki taxminga tayanib, fikr yuritamiz, holbuki aksariyat, shubhasiz, keyingi talqinga qo‘shiladi.
Ular muhabbatga yengil-yelpi qaraganliklari uchungina shunday xulosaga kelmagan. Aksincha,...