JEK LONDON
Men oddiygina ishchi oilasida tug‘ilganman. Juda yosh kezlarimdanoq o‘z xayolot olamimda kuchli xohish-istaklar, shu mavjud hayotga bo‘lgan beadad zavqu shavq hamda qo‘l yetmas orzular osmonini kashf qildim, ha, bu yorqin niyatlarim mening bola boshim uchun nechog‘lik mahol bo‘lishiga ham rozi bo‘lgan holda ularga butun qalbimni fido qildim. Holbuki,...
ERIX FROMM
Birovlar odamni qo‘yga mengzaydi, ayrimlar uni yirtqich bo‘riga o‘xshatadi. Har ikki tomon ham o‘z qarashini tasdiqlaydigan dalillarni keltirishi mumkin. Odamlarni qo‘yga o‘xshatganlar, ularning hatto o‘z zarariga bo‘lsa-da, o‘zgalar buyrug‘ini bo‘yin tovlamay bajarishini ta’kidlashadi. Odamlar yo‘lboshchilari ortidan vayronkorlikdan boshqa hech vaqo keltirmaydigan jangu jadallarga ham qayta-qayta bosh qo‘shishadi, ulamoyu...
MEHRINOZA FARMONOVA
Yan Parandovskiy “So‘z kimyosi”da Aflotun va Arastu ijodiy ritmini qiyoslay turib, “Aflotun tunni yaxshi ko‘rar edi, Arastu esa tongni. Biri ilhom va tushlar dunyosida yashar, ikkinchisi uyg‘oq aql va kuzatuv nuri bilan ishlardi”, deydi. Jumlani o‘qiy turib, Aflotundan ulgi olib, men ham ilhomni Yerga tun qoplagan qora pardalar...
ZUHRIDDIN ISOMIDDINOV
Javzo boshlanib, devoru tosh qiziydigan kunlar kelganda jimir-jimir hovur epkini olislarni tumanga chulg‘ab ko‘rsatadi. Bunday pallalarda odam allanechuk erinchoq bo‘lib qoladi, hammayoq sukutga cho‘madi, hatto baland terak uchlari ham qilt etmaydi, uy shiftiga yopishgan qaldirg‘och inidagi polaponlarning chiyillashidan bo‘lak tovush eshitilmaydi. Bunaqa damlarning gashti bo‘lak. Bilmadim, nima uchundir,...
VIRJINIYA VULF
Kotibangiz meni bu yerga taklif etar ekan, jamiyat ayollarining mehnat bilan band bo‘lish masalalari bilan shug‘ullanishini aytdi va mendan o‘zimning kasbiy tajribalarim haqida so‘zlab berishimni so‘radi. Rost, men ayolman; rost, men mehnat qilaman; lekin qanday kasbiy tajribalarim bor? Buni aniq aytish oson emas. Mening kasbim – adabiyot. Bu...
KAMOLIDDIN AZZAMOV
Aziz otajon, Sen yaqinda nega men gapirayotganda seni dahshat bosadi, deya bexosdan soʻrab qolding. Otajon, shunday jang uslubi borki, u nomardlarning jang uslubi – nayza sanchishga ulgurgan raqib bu bilan cheklanmaydi, balki oʻz mavqeini saqlab qolish uchun oʻsal raqibining qonini ham soʻrib ichadi. Aziz otajon, mana shunday battol...
IBROHIM HAQQUL
“Qani edi, barcha odamlarning g’am-g’ussasi meniki bo’lsa…”
Sirri SAQATIY
Hamma xalqning o’ziga xos adabiyoti bor. Ammo milliy adabiyotni dunyo badiiy tafakkuri maqomiga olib chiqqan millatlar uncha ko’p emas. XIX asrga kelib rus shoir va adiblari jahon adabiyotining oldingi saflaridan joy egallay boshladi. Pushkin, Lermontov, Gogol, Turgenev, Tolstoy, Dostoevskiy… Bularning har...
NIKOLLO MAKIAVELLI
I bob
Mamlakatlarning necha turdaligi va ularning egallanish yo‘llari
Avom ustidan hokimiyati mavjud barcha mamlakat, barcha davlatlar o‘tmishda-da, hozirda-da mohiyatan tuzumi yoki respublika bo‘ladi, yoki yakka hokim tomonidan boshqariladi. Yakka hokimchilik – agar hokimning sulolasi uzoq davr taxt surgan bo‘lsa, merosiy bo‘ladi yoki yangi egallangan bo‘ladi. Yangi hokimiyat to‘liq bir...
Iqbol QO‘SHSHAYEVA
San’at asarlari murosasozlik, behad xotirjamlik emas, balki bitmas-tuganmas g‘am-tashvish va hayajon, o‘z-o‘ziga ishonchsizlik yog‘ida qovurilish, kurash, omad yoki boy berish, kashfiyot yoki xatolar evaziga yaraladi. Hammayog‘i badastir, har jihatdan mukammal, qorni to‘q, qayg‘usi yo‘q mutafakkir va san’atkor hayotda yo‘q.
Lev Tolstoy
Yillar nainki inson umrini balki uning armonlarini ham ulg‘aytiradi....
BERTRAN RASSЕL
Sirtdan qaraganda xiyla paradoksal va zararlidek tuyulishi mumkin bo‘lgan ta’limotni muhokama uchun o‘quvchi e’tiboriga havola etish istagidaman. Uning mohiyati shunday: to‘g‘ri deb hisoblash uchun hech qanday asos bo‘lmagan mulohazaga (propozitsiya) ishonish nomaqbuldir. Biroq bu kabi qoidaga barcha birdek amal qilishi ijtimoiy hayotimiz va siyosiy tizimimizni – ular hatto...















