ZUHRIDDIN ISOMIDDINOV
Javzo boshlanib, devoru tosh qiziydigan kunlar kelganda jimir-jimir hovur epkini olislarni tumanga chulg‘ab ko‘rsatadi. Bunday pallalarda odam allanechuk erinchoq bo‘lib qoladi, hammayoq sukutga cho‘madi, hatto baland terak uchlari ham qilt etmaydi, uy shiftiga yopishgan qaldirg‘och inidagi polaponlarning chiyillashidan bo‘lak tovush eshitilmaydi. Bunaqa damlarning gashti bo‘lak. Bilmadim, nima uchundir,...
HILOLA JO’RAQULOVA
Koʻkka bulut chiqsa ikkita odam gunohkor boʻlar ekan. Biri – yomgʻir yogʻadi degan, ikkinchisi – yomgʻir yogʻmaydi degan. Xudo biladi, degan odam haq boʻlar ekan. Buni ammamdan bir necha marta eshitganman.
Esimda, bola paytim katta otam kichkina mato (joynamoz) toʻshab, namoz oʻqirdi. Azon chaqirishlari ham esimda – Allohu akbar!...
ASHURALI JO’RAVEY
Har qadamda shoshayotgan, shoshilayotgan odamga duch kelasiz. Ro‘parangizdan nuqul qayoqqadir shoshayotgan yo shoshilishga shay turgan odam chiqib qolaveradi, qolaveradi… U shoshib yoningizdan o‘taveradi, o‘taveradi… Siz esa hayron bo‘lib turaverasiz, turaverasiz…
Qay tomonga qaramang, shoshayotgan odamni ko‘rasiz. U turfa xayollar girdobiga g‘arq bo‘lib, atrofingizda yuguradi: yo taniysiz, yo tanimay qolasiz....
BERTRAN RASSЕL
Sirtdan qaraganda xiyla paradoksal va zararlidek tuyulishi mumkin bo‘lgan ta’limotni muhokama uchun o‘quvchi e’tiboriga havola etish istagidaman. Uning mohiyati shunday: to‘g‘ri deb hisoblash uchun hech qanday asos bo‘lmagan mulohazaga (propozitsiya) ishonish nomaqbuldir. Biroq bu kabi qoidaga barcha birdek amal qilishi ijtimoiy hayotimiz va siyosiy tizimimizni – ular hatto...
Abdulla A’ZAM
Falsafaning bosh muammosi
Yaratganning eng buyuk moʻjizasi – inson. Albatta, umuman tabiat (borliq, materiya) – moʻjiza. Biroq tirik mavjudot – yana ham moʻjizaviyroq, inson esa – eng oliy moʻjiza.
Falsafa insonni ijtimoiy mavjudot sifatida o‘rganadi, ammo odatda uning tabiatidagi moʻjizaviylikni tadqiqot doirasiga kiritmaydi. Holbuki, ijtimoiylik boshqa jonzotlarda ham kuzatiladi.
Insonning boshqa...







