PORTRET ESSE

Maʼsumiyat muzeyi – Xurshid Davron Kutubxonasi va adabiy vijdon haqida MIRZOHID MUZAFFAR   Peshayvonda zanjabil tuzlayotgandim. Ijarachi Amal xola kelib, avval biroz tomosha qildi. Kulib qaragan boʻldim. Esimni taniganimdan beri nimadir qilayotganimda boshqa odam bilan gaplashishni yoqtirmasdim. Amal xola ham besh yildir buni tushunib yetgan chogʻi, indamadi. Zanjabilni avval qogʻozdek yupqa kesib, qaynataman....
SEVARA ALIJONOVA – Ijod siz uchun nima? – auditoriyada savol yangradi. – Mashaqqatli mehnat, iztirob, dard, huzur, ehtiyoj… o‘ttiz besh xil javob aytildi. Ammo savol egasining javobi bir umrga xotirimda muhrlanib qoldi: Ijod, bu – mubtalolik! Ixcham, o‘rta bo‘y, soch-soqoliga qirov qo‘ngan, yuzidan hamisha nur yog‘ilib turadigan bu inson auditoriya eshigidan xatlashi...
SAMANDAR SODIQOV Shafaq. Osmon rangsizlanib, o‘zidan voz kechayotgan, go‘yo tabiat ham bugun yashash majburiyatidan charchagandek ko‘rinardi. Shahar tomlari ustida sukunat osig'liq. Bu shunchaki jimlik emas, balki ichida aytilmagan qop-qop gaplarni ko‘tarib yurgan og‘ir, horg'in yo'lovchini eslatardi. U shu sukunat ichida turardi. Atrof tumonat odam. Shoshgan, jag'i jag'iga tegmay gapirayotganu qiyqirib o'ynoqlagan...
O'ROL SODIQ  I …Mening qisman bir-ikki narsaga haqqim bor bu hayotda. Men siz aytgandek emas, o‘zimga o‘xshab kun ko‘rishni istayman. Mayli, odamovi bo‘lay. “Telbaroqmi?” deb shubhalaning. Lekin mana shu yangrayotgan qo‘shiqni eshitib jilmayolmayman. O‘zimning ustimdan kulishga majbur etmang meni, birodar. Bunday deyishga haqqim bor. Siz esa bilganingizni qiling. Chunki sizning ham qisman...
IBROHIM HAQQUL “Qani edi, barcha odamlarning g’am-g’ussasi meniki bo’lsa…” Sirri SAQATIY Hamma xalqning o’ziga xos adabiyoti bor. Ammo milliy adabiyotni dunyo badiiy tafakkuri maqomiga olib chiqqan millatlar uncha ko’p emas. XIX asrga kelib rus shoir va adiblari jahon adabiyotining oldingi saflaridan joy egallay boshladi. Pushkin, Lermontov, Gogol, Turgenev, Tolstoy, Dostoevskiy… Bularning har...
Suhrob ZIYO Bu voqealarni biron o‘n yillar o‘tgach yozsam kerak, deb o‘ylagandim. Yodga tushganda goh ko‘ngil yorishib, goh tundlashib, ba’zan kulib, ba’zan mahzun bo‘lib eslanadigan o‘sha kunlar chorak asrlik hayotimda alohida bir davr bo‘lib qoldi. Mahmud Sa’diy, “Ma’rifat” va kamina… Bu bog‘lanishda, albatta, “Ma’rifat” o‘rtada bo‘ladi. Chunki bu gazeta bo‘lmaganda, o‘zbek...
Ibrohim HAQQUL I Gapning indallosini aytsak, adabiyotimizning mustaqillikdan keyingi qiyofasini men boshqacha tasavvur qilganman. Istiqlol adabiyoti – haqiqat adabiyoti, shijoat adabiyoti, havasga arzigulik hurriyat va ma’rifat adabiyoti o’laroq shakllanadi deb o’ylaganman. Yurti ozod, tili, dili erkin ijodkor nega mutelik va ojizlikka ko’nsin? Yolg’on va tilyog’lamalikka ne hojat? Sayozlik, maddohlik, ofarinbozlikdan ijod...
Iqbol QO‘SHSHAYEVA San’at asarlari murosasozlik, behad xotirjamlik emas, balki bitmas-tuganmas g‘am-tashvish va hayajon, o‘z-o‘ziga ishonchsizlik yog‘ida qovurilish, kurash, omad yoki boy berish, kashfiyot yoki xatolar evaziga yaraladi. Hammayog‘i badastir, har jihatdan mukammal, qorni to‘q, qayg‘usi yo‘q mutafakkir va san’atkor hayotda yo‘q. Lev Tolstoy Yillar nainki inson umrini balki uning armonlarini ham ulg‘aytiradi....
USMON AZIM Rauf Parfining bir dasta she’rlari ilk bor Boysunni qor bosgan payt, 1966 yili “Sharq yulduzi” jurnalining yanvar sonida Asqad Muxtor “oq yo’l”i – so’zboshisi bilan chop etilgan edi. Men o’shanda o’ninchi sinfda o’qirdim. Bunday ajibtovur she’rlarni birinchi bor o’qishim. Rauf akaning she’rlari birpasda menga va she’rxon do’stlarimga yod bo’lib ketdi. Qor...
Sevara ALIJONOVA Shoirning tavallud kuni. Uning endi oramizda yo‘qligini eslatib yubordi. O‘sha mash’um xabarni eshitganimdagi titroqni qayta vujudga soldi. Salkam bir yildan buyon miyamda g‘ujg‘on aylanayotgan alg‘ov-dalg‘ov hislarimning jilovini qo‘lga tutqazdi. Qog‘ozu qalamga yaqinlasholmay qolgan qo‘limga kuch berdi. Shoirni she’rlaridan qidirdim. Kamtar-qamsuqum, madhiyabozligu xushomadni bilmaydigan, o‘zining kimligini-da atrofga ko‘z-ko‘zlamay, yurakka...