ALEKSANDR SOLJENITSIN
Ilgarilari biz shivirlab aytishga ham jur’at eta olmasdik. Endi esa biz "Samizdat"da yozayapmiz va o‘qiyapmiz, bir-birimizga Ilmiy-tadqiqot institutining chekish xonalarida yig‘ilib ko‘ngil ochib, astoydil dardu-hasratimizni bayon qila olamiz: bizni qayerlarga boshlamadilar, nimalar qilmadilar! Xarob uylar vayronasi va qashshoqlik yashayotganimizga qaramay behuda kosmik maqtanishlar fazosida uchdik; uzoqdagi yovvoyi rejimlarni...
MIRZOHID MUZAFFAR
…And their death will be harder than reborning!
Marcus Aurelius. “Meditations” *
Bari bexosdan boshlanadi: derazang ortidagi ko‘cha shovqini, uni to‘ldirib o‘tayotgan mashinalarning tinimsiz signallari, o‘chirishni unutganing Yutubdan eshitilgan qaysidir jumla, sukunat maromi, yo‘lakdan yugurib o‘tgan bolakayning kulrang sharfi, qutichalarda tushligini olib ketayotgan turli-tuman idora odamlari… Bularning barini sen nomi...
TILLANISO
“Bu dunyodan roviy bo‘lib o‘tayapman”
Shodmonqul Salom
Bolaligingda dunyoning uch o‘lchamini bilasan, deb yozgandi amerikalik shoir Ron Padjet. Keyin boshqalarini ilg‘ab borasan. Bolaligimda dunyoning nechta o‘lchamini bilganim yodimda yo‘q. Ammo shu yoshimgacha bo‘lgan hayot yo‘limni istisno qilganda – hayot yo‘lim deganda mustaqil turmush tarzim – tuman shaharchasidagi litsey hayoti va...
NARGIZA ODINAYEVA
Usmon Azimning hayotimda kimligi xususida
Vatan
Juda kichkina edim – eshitayotgan yangi so‘zlarimga izoh so‘raydigan vaqtim. Momom qaysidir bo‘yinsasining uyiga mehmonga borib kelib, falonchi bir vatan solibdi, bir vatan solibdi, deb Enamga gurung berdi. Bir muddat ichimda “vatan” nimaligi haqida o‘yladim. Tiniq tasavvur topmagach, tomorqada yer chopayotgan boboming yoniga bordim (bobom...
USMON AZIM
Jurnalga maqola yozib berish majburiyati zimmamga yuklatilgandan so’ng ancha o’yga toldim. Yozishim kerak bo’lgan maqola mavzusi menga juda qiyin tuyuldi. Nimasi qiyinligini tushuntiray.
Bu mavzu baribir o’zim haqimda ekanligini bilaman. Buning esa bir xavotirli joyi bor. Gap shundaki, hayotimda kechgan ba’zi o’rinlarni eslashga to’g’ri keladi. Bu xotiralarning esa odam...
KARIM BAHRIYEV
Bir “devonai haqgo‘y”ning kundaligidan ayrim qaydlar
Xalqimizning ma’naviy bisotida so‘z erkinligi haqida aytilgan hikmatlar anchagina. Ulardan turlicha xulosalar chiqarish mumkin, albatta. “Boshingga qilich kelsa ham to‘g‘risini so‘zla”, – deydilar. O‘ktamlashasan. “To‘g‘ri so‘z tug‘ganingga yoqmas”, – deydilar. Tarvuzing qo‘ltig‘ingdan tushadi. “Elchiga o‘lim yo‘q”, – deydilar. Shoir ham xalqning elchisi ekanini...
MAMATQUL HAZRATQULOV
Men tug‘ilganimda enam o‘ttiz sakkiz yoshda bo‘lganlar. Enam vafot etganlarida men o‘ttiz sakkiz yoshda edim. Enajonim bu foniy dunyodan boqiy dunyoga yo‘l olganlariga bugun o‘ttiz sakkiz yil bo‘ldi... Demak, hozirgacha yashagan umrimning birinchi o‘ttiz sakkiz yili enam bilan o‘tdi, keyingi o‘ttiz sakkiz yil judolikda o‘tmoqda. Aslida birinchi o‘ttiz...
XURSHID DAVRON
Isfandiyor Haydar she’rni juda ishtiyoq, his-hayajon bilan o’qiydi. Go’yo u chizayotgan suratlarga ko’chmagan yurakning botiniy sadolarini jaranglatishga imkon topganday, go’yo u yana bo’yoqlar sukunatiga qaytishdan qo’rqayotganday baqirib-baqirib, iztirob bilan she’r o’qiydi:
Sirli bir ovozda, oydin kechada
Meni o’ylar qadimiy sharob…
Isfandiyor chizgan suratlarni ko’rgan kishigina uning bu darajada kuyib-yonib she’r o’qishi...
VIRJINIYA VULF
Kotibangiz meni bu yerga taklif etar ekan, jamiyat ayollarining mehnat bilan band bo‘lish masalalari bilan shug‘ullanishini aytdi va mendan o‘zimning kasbiy tajribalarim haqida so‘zlab berishimni so‘radi. Rost, men ayolman; rost, men mehnat qilaman; lekin qanday kasbiy tajribalarim bor? Buni aniq aytish oson emas. Mening kasbim – adabiyot. Bu...
HILOLA JO’RAQULOVA
Koʻkka bulut chiqsa ikkita odam gunohkor boʻlar ekan. Biri – yomgʻir yogʻadi degan, ikkinchisi – yomgʻir yogʻmaydi degan. Xudo biladi, degan odam haq boʻlar ekan. Buni ammamdan bir necha marta eshitganman.
Esimda, bola paytim katta otam kichkina mato (joynamoz) toʻshab, namoz oʻqirdi. Azon chaqirishlari ham esimda – Allohu akbar!...















