Shukur XOLMIRZAYEV
Qizim Sayyoraga
“Men Oxura-Mazda shafqat-himoyatim ostida olamning to‘rtinchi mamlakati qilib tug‘i baland erlar yurti Baqtriyani yaratdim”.
“Avesto”.
O‘rta Osiyo!..
Xorazm, Baqtriya, So‘g‘diyona, Dovoniy va Choch – mana, bu mamlakatning qadimiy o‘lkalari, skiflar, surlar, massagetlar toxarlar – qo‘shonlar va turklar – mana, bu qadimiy mamlakatda yashagan qadimiy xalqlar. O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Qoraqalpog‘iston hamda...