Ibrohim HAQQUL
I
Gapning indallosini aytsak, adabiyotimizning mustaqillikdan keyingi qiyofasini men boshqacha tasavvur qilganman. Istiqlol adabiyoti – haqiqat adabiyoti, shijoat adabiyoti, havasga arzigulik hurriyat va ma’rifat adabiyoti o’laroq shakllanadi deb o’ylaganman. Yurti ozod, tili, dili erkin ijodkor nega mutelik va ojizlikka ko’nsin? Yolg’on va tilyog’lamalikka ne hojat? Sayozlik, maddohlik, ofarinbozlikdan ijod...