PORTRET ESSE

Sevara ALIJONOVA   U kishim galstuk taqib, kostyum-shimda yurmaydi, lekin domlalarga xos katta ko’zoynakni ko’ziga qo’ndirib, unga yarasha zambilday zil, katta portfelni bazo’r ko’tarib, o’ng tomonga xiyol egilib yuradi. Ko’ylagining old cho’ntagiga taroqcha solib yuradi. Suhbatdoshi bilan gaplasha-gaplasha, ahyon-ahyonda o’sha taroqcha bilan sochini bir tomonga silliq tarab qo’yadi. Yaqinlarini ko’ngilga tegmaydigan-u,...