{"id":619,"date":"2026-08-21T18:17:09","date_gmt":"2026-08-21T13:17:09","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=619"},"modified":"2026-08-21T18:20:39","modified_gmt":"2026-08-21T13:20:39","slug":"yolgon-bilan-yashamang","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=619","title":{"rendered":"Yolg\u2018on bilan yashamang"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>ALEKSANDR SOLJENITSIN<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">Ilgarilari biz shivirlab aytishga ham jur\u2019at eta olmasdik. Endi esa biz &#171;Samizdat&#187;da yozayapmiz va o\u2018qiyapmiz, bir-birimizga Ilmiy-tadqiqot institutining chekish xonalarida yig\u2018ilib ko\u2018ngil ochib, astoydil dardu-hasratimizni bayon qila olamiz: bizni qayerlarga boshlamadilar, nimalar qilmadilar! Xarob uylar vayronasi va qashshoqlik yashayotganimizga qaramay behuda kosmik maqtanishlar fazosida uchdik; uzoqdagi yovvoyi rejimlarni mustahkamlash uchun intildik; fuqarolar urushlarini alangalatdik; va nihoyat beparvolik bilan Mao Ze-donglarni yetishtirdik( hammasi bizning hisobimizdan bo\u2018ldi) \u2013 va ular bizga intilishdi, biz esa ularga, axir boshqa qayerga boramiz? Ular kimni xohlasa shuning ustidan hukm chiqardilar, sog\u2018lom odamlarni aqldan ozdirdilar \u2013 hammasi &#171;ular&#187; qildi, biz esa ularga qarshi turish uchun kuchsiz edik.<br \/>\nMana, oxirigacha borildi, endi hammamizni ruhiy o\u2018lim qamrab oldi, jismoniy o\u2018lim esa bizni ham, bolalarni ham\u00a0allaqachon yoqib yuboradi va biz qo\u2018rqoqlarcha jilmayib, jimgina shivirlaymiz:<br \/>\n\u2013 Biz nima ham qila olardik? Axir bizda kuch yo\u2018q.<br \/>\nBiz shunchalik umidsizlikka tushib qoldikki, bugungi kamtarona umrguzaronligimiz uchun barcha prinsiplarimizdan, jonimizdan, ota-bobolarimizning barcha sa\u2019y-harakatlaridan, avlodlarimiz uchun barcha imkoniyatlardan voz kechishga tayyormiz. Bizda na qat\u2019iyat, na mag\u2018rurlik, na yurak tafti bor. Biz hatto hammamiz umumiy atom qurboni bo\u2018lishdan ham qo\u2018rqmaymiz, nechog\u2018 kasofatmizki biz hatto uchinchi jahon urushidan ham qo\u2018rqmaymiz (balki qo\u2018rquvlarimizni biron yoriqqa yashirarmiz, kim bilsin) \u2013 biz faqat fuqarolik jasoratining shaxdam qadamlaridan qo\u2018rqamiz! Biz faqat podadan ajralib qolmasak, o\u2018z maylicha qadam tashlamasak va to\u2018satdan oq nonsiz, gazli suv isitgichsiz, Moskvada ro\u2018yxatdan o\u2018tmagan holda qolib ketmasak bas.<br \/>\nUlar bizni siyosiy doiralarga urishgani kabi o\u2018qitishdi va biz ularga aylandik, endi yashash qulay, asrimiz hamma uchun yaxshi: atrof-muhit, ijtimoiy sharoit, siz ulardan chiqa olmaysiz, ongni ularning o\u2018zlari belgilaydi, bizda nima qoldi? Shuning uchun nima qilishni bilmaymiz? Umuman hech narsa qila olmaymiz.<br \/>\nIttifoqo nafsilambrini aytganda, shubhasiz nimadir qila olamiz \u2013 hamma narsa qila olamiz! \u2013 ammo o\u2018zimizga tasalli berish uchun yolg\u2018on gapiramiz. Hamma narsada faqat \u201cular\u201d aybdor emas \u2013 avvalo biz o\u2018zimiz, ha, o\u2018zimiz aybdormiz!<br \/>\nUlar e\u2019tiroz bildirsa bas:\u00a0siz hech narsa haqida o\u2018ylay olmaysiz! Chunki ular shu birgina harakat bilan og\u2018zimizni yopadilar, bizni eshitmaydilar va bizdan so\u2018ramaydilar. Biz qanday qilib ularni bizni tinglashga majbur qila olamiz?<br \/>\nUlarni ishontirish mumkin emas. Ularni qayta saylash aqlga muvofiq\u00a0bo\u2018lardi! \u2013 lekin mamlakatimizda qayta saylovlar tizimi yo\u2018q.<br \/>\nG\u02bbarbda odamlar ish tashlashlarni, norozilik namoyishlarini bilishadi, lekin biz juda ko\u2018pmiz, qo\u2018rqamiz: qanday qilib to\u2018satdan \u2013 ishdan voz kechish va qanday qilib to\u2018satdan \u2013 ko\u2018chaga namoyishga chiqish mumkin?<br \/>\nAynan shunday, o\u2018tgan asr davomida Rossiyaning achchiq tarixida sinab ko\u2018rilgan boshqa halokatli yo\u2018llar \u2013 mutlaqo biz uchun emas, haqiqatan ham \u2013 bunday qila ko\u2018rmang! Endi, ularning barcha boltalari sopidan singanida, ekkan hamma urug\u2018lari unib chiqqanida, biz mamlakatni adolatli qilish uchun terror, qonli qo\u2018zg\u2018olon va fuqarolar urushi haqida o\u2018ylagan, mag\u2018rur yoshlarning qanchalik adashganini, qanday bokiraliklarini yo\u2018qotganliklarini ko\u2018rishimiz mumkin. Yo\u2018q, rahmat, ma\u2019rifat otalari! Endi biz bilamizki, usullarning yaramasligi natijalarning yomonligiga ta\u2019sir qiladi. Bizning qo\u2018llarimiz toza bo\u2018lsin!<br \/>\nDemak, doira chiziqlaridan chiqilmaydimi? Va haqiqatan ham chiqishning iloji yo\u2018qmi? Va biz yana qancha kutishimiz kerak: agar biror narsa o\u2018z-o\u2018zidan sodir bo\u2018lsa-chi? Yo\u2018q, bu hech qachon o\u2018z -o\u2018zidan sodir bo\u2018ladigan jarayon emas, agar biz hammamiz uni har kuni tan olsak, ulug\u2018lasak va kuchaytirsak, hech bo\u2018lmaganda uning eng nozik joyidan itarib yubormasak bu evrilish yuz bermas.<br \/>\nUnda qachon yolg\u2018ondan qochamiz?!<br \/>\nQachonki, zo\u2018ravonlik tinch hayotimizga kirganida, uning nutfasida o\u2018ziga ishonch alangasi yonadi, bayroq ko\u2018tariladi va u qichqiradi: \u201cMen zo\u2018ravonlikman! Tarqal, yo\u2018limdan chiqma \u2013 men ezib tashlayman! \u201cBiroq zo\u2018ravonlik tezda qariydi, bir necha yil o\u2018tgach, u endi avvalgidek o\u2018ziga ishonmaydi va o\u2018zini ushlab turish uchun, o\u2018zini yaxshi tutish uchun, yolg\u2018onni o\u2018z ittifoqchila qatoriga chorlaydi. Chunki: zo\u2018ravonlikni yolg\u2018ondan boshqa yashirib bo\u2018lmaydi, bil\u2019aks, yolg\u2018onni ham faqat zo\u2018ravonlik qo\u2018llab-quvvatlaydi. Zo\u2018ravonlik har doim ham og\u2018ir oyoqlarini yelkangizga qo\u2018ymaydi: lekin u bizdan har kuni yolg\u2018onga bo\u2018ysunishni, yolg\u2018onda har kuni qatnashishni talab qiladi \u2013 va buni hammasini sodiqlik deb ataydi.<br \/>\nBu yerda, biz e\u2019tiborsiz qoldiradigan, ozod bo\u2018lishimizning eng oddiy va eng qulay kaliti yotibdi: bu yolg\u2018onga shaxsiy ishtirok etmaslikdir! Yolg\u2018on hamma narsani o\u2018z ichiga olsin, yolg\u2018on hamma narsaga egalik qilsin, lekin biz eng kichik haqiqatimizga suyanaylik: u men orqali\u00a0bunga egalik qilmasin!<br \/>\nVa bu bizning harakatsizligimizning xayoliy halqasining chinakam kesimi! \u2013 biz uchun bu juda oson, bil\u2019aks, yolg\u2018on uchun esa dahshatli darajada\u00a0halokatlidir.\u00a0Odamlar yolg\u2018ondan qaytganlarida, u shunchaki mavjud bo\u2018lish imkoniyatiga ega bo\u2018lmaydi. Infeksiya sifatida u faqat odamlarda yashay olishi mumkin.<br \/>\nBizni chaqirishmaydi, biz maydonlarga borishga va haqiqatni baralla aytishga, o\u2018z fikrimizni baland ovozda xitob qilgan holda aytishga tayyor emasmiz \u2013 bu bizga kerak emas, chunki bu qo\u2018rqinchli. Xo\u2018p, mayli,\u00a0hech bo\u2018lmaganda biz o\u2018ylamagan narsamiz haqida gapirishdan voz kechaylik!<br \/>\nBu bizning yo\u2018limiz, bizning organik qo\u2018rqoqligimiz bilan chirmalgan oson, ha, eng oson yo\u2018limiz, Gandiga ko\u2018ra, fuqarolik itoatsizligini aytish oson (lekin uni talaffuz qilish qo\u2018rqinchli).<br \/>\nBizning yo\u2018l: hech narsada yolg\u2018onni ongli ravishda qo\u2018llab-quvvatlamaslik bo\u2018lishi lozim! Yolg\u2018on chegarasi qayerda ekanligini tushunish (hamma uchun u har xil ko\u2018rinishda), \u2013 bu gangrenaning avj olmasdan chekinishidir! Mafkuraning o\u2018lik suyaklari va tangachalarini har narsaga yopishtirmang, chirigan lattani uloqdek tikavermang, shunda biz yolg\u2018on qanchalik tez va yordamsiz yiqilib tushishini ko\u2018ramiz va yalang\u2018och bo\u2018lishi kerak bo\u2018lgan narsa dunyoga yalang\u2018och bo\u2018lib ko\u2018ringanidan hayratdan yoqa ushlaymiz.<br \/>\nShunday qilib, bizning qo\u2018rqoqligimiz nihoyasiga yetsin, hamma o\u2018z yo\u2018lini o\u2018zi tanlasin: u yolg\u2018onning ongli xizmatkori bo\u2018lib qoladimi (oh, albatta, moyillik bilan emas, balki oilasini boqish uchun bolalarni yolg\u2018on ruhida tarbiyalashga majburdir!), biroq endi vaqti kelmadimi u o\u2018zini hurmat qilishi kerak emasmi, bolalarga, o\u2018z va zamondoshlariga munosib halol odam sifatida o\u2018zini ko\u2018rsatish fursati kelmadimi?! Agar kelgan bo\u2018lsa u shu kundan boshlab:<\/p>\n<p>\u2013 bundan buyon hech qanday tarzda, haqiqatni buzadigan bitta ibora ham yozmaydi, haqiqatga zid nimarsalarni imzolamaydi va ularni bostirmaydi;<\/p>\n<p>\u2013 u bunday iborani na shaxsiy suhbatda, na olomon orasida, na o\u2018z nomidan, na hiyla-nayrangda, na tashabbuskor, na o\u2018qituvchi, na tarbiyachi yoki shunga o\u2018xshash boshqa teatr rollarida ifoda etmaydi;<\/p>\n<p>\u2013 tasviriy san\u2019atda, haykaltaroshlikda, fotosuratlarda, texnik ishlard, musiqiy kompozisiyalarda tasvirlamaydi, yolg\u2018onga hamrohlik qilmaydi va unga bitta ham fikrni uzatmaydi, bir -biridan farq qiladigan haqiqatning buzilishiga yo\u2018l qo\u2018ymaydi;<\/p>\n<p>\u2013 og\u2018zaki yoki yozma ravishda, o\u2018z ishining muvaffaqiyati uchun, sug\u2018urta qilish uchun, agar taklif qilingan fikr to\u2018liq tarqatilmasa yoki bu unga to\u2018liq aloqasi bo\u2018lmasa, bitta \u201crahbarlik\u201d iqtibosini tilga olmaydi;<\/p>\n<p>\u2013 agar bu uning irodasiga zid bo\u2018lsa, o\u2018zini namoyishga yoki mitingga chorlashsa-da bormaydi, bayroq ko\u2018tarmaydi, shiorlarni ko\u2018tarib chopmaydi;<\/p>\n<p>\u2013 samimiy hamdard bo\u2018lmagan taklifga ovoz bermaydi; noloyiq yoki shubhali deb hisoblagan kishiga ochiq yoki yashirin ovoz bermaydi;<\/p>\n<p>\u2013 masalaning majburiy, buzilgan muhokamasi kutilayotgan yig\u2018ilishlarni borishiga yo\u2018l qo\u2018ymaydi;<\/p>\n<p>\u2013 ma\u2019ruzachidan yolg\u2018on, mafkuraviy bema\u2019nilik yoki uyatsiz targ\u2018ibotni eshitishi bilan ma\u2019ruzani, yig\u2018ilishni, ma\u2019ruza, o\u2018yin, film va\u00a0namoyishni darhol tark etadi;<\/p>\n<p>\u2013 obuna bo\u2018lmaydi,\u00a0xabarlari soxtalashtirilgan, asosiy faktlar yashiringan bunday gazeta yoki jurnalni chakana savdodan\u00a0sotib olmaydi.<\/p>\n<p>Biz, albatta, yolg\u2018ondan mumkin bo\u2018lgan va zarur bo\u2018lgan barcha qochishlarni imkon darajada sanab o\u2018tdik. Kim o\u2018zini poklashni boshlasa, bundan boshqa holatlarni ham forig\u2018langan nigohi ila osonlik bilan farqlay oladi.<br \/>\nHa, dastavval hammasi oson kechmas. Kimdir bir muddat ishsiz qoladi. Haqiqatda yashashni xohlaydigan yoshlar uchun bu ularning boshida yosh hayotini ancha murakkablashtiradi: axir, javob beriladigan darslar yolg\u2018onlarga to\u2018la, ammo siz tanlashingiz kerak. Zero halol bo\u2018lishni xohlaydigan har bir kishi uchun hech qanday bo\u2018shliq qoldirilmasligi kerak: hech birimiz, hatto eng xavfsiz texnika fanlarida ham, aytilgan qadamlardan bitta bo\u2018lsa ham, haqiqat o\u2018rnida yolg\u2018onni o\u2018tkazib yubormasligimiz kerak; zero ma\u2019naviy mustaqillik yoki ma\u2019naviy qullik shu bilan o\u2018lchanadi. O\u2018z jonini himoya qilishga jur\u2019at eta olmaydigan kishi \u2013 o\u2018zining ilg\u2018or qarashlari bilan har qancha faxrlanmasin, u akademik yoki xalq artisti, xizmat ko\u2018rsatgan arbob yoki generalman deyishdan ko\u2018ra, o\u2018ziga-o\u2018zi aytsin. Men qoramol va qo\u2018rqoqman, men ovqatlantirilsam va iliqda bo\u2018lsam bas.<br \/>\nHatto bu yo\u2018l \u2013 qarshilik ko\u2018rsatishning eng mo\u02bbtadil yo\u2018li, ammo o\u2018tirib qolganlarga bu oson emas. Biroq o\u2018zini yoqish, hatto ochlik e\u2019lon qilishdan bu\u00a0qanchalik oson: olov tanangizni qoplamaydi, ko\u2018zlaringiz issiqdan yorilmaydi, bil\u2019aks, har doim oilangiz uchun toza suv va qora non bo\u2018ladi.<br \/>\nYevropaning buyuk odamlari, biz xiyonat qilgan, biz aldagan chexoslovakiya xalqi, agar qalbi amr etsa, hech\u00a0qanday himoyalanmagan ochiq ko\u2018kraklar bilan ham tanklarga qarshi tura olishini ko\u2018rsatmadimi?<br \/>\nBu oson yo\u2018l bo\u2018lmaydi, lekin iloji boricha mumkin bo\u2018lgan yo\u2018llarning eng yengili shu. Bu tana uchun oson yo\u2018l emas, lekin ruh uchun yagona tanlov shu. Bu oson yo\u2018l emas, lekin,bizda odamlar bor, hatto o\u2018nlab yillar davomida bularning barchasiga bardosh berib, haqiqat bilan\u00a0yashayotgan odamlar bor.<br \/>\nMayli: bu yo\u2018lga birinchi bo\u2018lib kirmang, lekin albatta qo\u2018shiling! Bu yo\u2018l hammamiz uchun qanchalik oson va qisqaroq bo\u2018ladi, biz shunchalik do\u2018stona bo\u2018lamiz. Minglab bo\u2018lamiz va ular hech kim bilan hech narsa qila olmay qoladi. Biz o\u2018n minglab bo\u2018lamiz va biz o\u2018z mamlakatimizni tan olmaymiz!<br \/>\nAgar biz qo\u2018rqsak, kimdir nafas olishga ruxsat bermaydi, deb shikoyat qilish kifoya &#8212; biz bunga o\u2018zimizga ruxsat bermaymiz! Keling, engashamiz, kutamiz va biolog birodarlarimiz bizning fikrlarimizni o\u2018qishga va genlarimizni o\u2018zgartirishga yordam beradi.<br \/>\nAgar biz qo\u2018rqoq bo\u2018lsak, unda biz ahamiyatsiz odamlarga aylanamiz, umidsiz o\u2018lamiz va bu Pushkinning biz uchun bitilgan nafratiga sazovor bo\u2018lamiz:<\/p>\n<p>Podalarga erk tuhfasi yot:<br \/>\nBichilish va qirqilish \u2013 marra.<br \/>\nMeros o\u2018tar avlodma-avlod,<br \/>\nBo\u2018yinturuq, halqa va darra.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>12.02.1974.<\/strong><\/p>\n<p><strong>Rus tilidan Sherzod Komil Xalil tarjimasi<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ALEKSANDR SOLJENITSIN Ilgarilari biz shivirlab aytishga ham jur\u2019at eta olmasdik. Endi esa biz &#171;Samizdat&#187;da yozayapmiz va o\u2018qiyapmiz, bir-birimizga Ilmiy-tadqiqot institutining chekish xonalarida yig\u2018ilib ko\u2018ngil ochib, astoydil dardu-hasratimizni bayon qila olamiz: bizni qayerlarga boshlamadilar, nimalar qilmadilar! Xarob uylar vayronasi va qashshoqlik yashayotganimizga qaramay behuda kosmik maqtanishlar fazosida uchdik; uzoqdagi yovvoyi rejimlarni mustahkamlash uchun intildik; fuqarolar urushlarini [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":620,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[24],"tags":[],"class_list":["post-619","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","category-adabiy-esse"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/619","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=619"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/619\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":624,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/619\/revisions\/624"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/620"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=619"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=619"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=619"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}