{"id":616,"date":"2026-08-18T10:51:29","date_gmt":"2026-08-18T05:51:29","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=616"},"modified":"2026-08-18T10:51:29","modified_gmt":"2026-08-18T05:51:29","slug":"vergiliyning-songgi-soatlari-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=616","title":{"rendered":"Vergiliyning so\u2018nggi soatlari"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>M<\/strong><strong>IRZOHID <\/strong><strong>M<\/strong><strong>UZAFFAR<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em>\u2026And their death will be harder than reborning!<\/em><br \/>\n<em>Marcus Aurelius. \u201cMeditations<\/em><em>\u201d<\/em><em> *<\/em><\/p>\n<p>Bari bexosdan boshlanadi: derazang ortidagi ko\u2018cha shovqini, uni to\u2018ldirib o\u2018tayotgan mashinalarning tinimsiz signallari, o\u2018chirishni unutganing Yutubdan eshitilgan qaysidir jumla, sukunat maromi, yo\u2018lakdan yugurib o\u2018tgan bolakayning kulrang sharfi, qutichalarda tushligini olib ketayotgan turli-tuman idora odamlari\u2026 Bularning barini sen nomi va sababini bilmagan allaqanday sezim harakatga keltiryotganini sezib qolasan.<\/p>\n<p>Ayni shu lahzada biroz avval g\u2018aflat va mavhumot ichra pinhon shuuring anglamning shaffof pardasini yirtib yorug\u2018likka chiqadi. Tuyasanki, ushbu inkishof senga bemisl halovat baxsh etayotir, ammo\u2026 yana anglab yetasanki, bu halovat tiriklik iztiroblarining boshqacha nomi, xolos.<\/p>\n<p>Oktyabr oyi edi. Men o\u2018zimga o\u2018zim ta\u2019til e\u2019lon qilgan kunlarimning birida, soat tungi birlar atrofi tashqarida turgan kuchli shamol va bolalik xotiralarimdek tiniq yomg\u2018irlar kaminani mutolaa rejasini buzishga majbur qildi. Yurak zarblarimga mutanosib akkord bera boshlagan qadam tovushlarim ikki oy burun qog\u2018ozga chiqarib qo\u2018yganim bir kitobga tomon harakatlanyotganimni eslatib turardi. Kitoblar qalashib yotgan javonga yaqinlashaman. Turibdi, muqovasi sarg\u2018aygan, boshqa kitoblar orasida uncha ko\u2018zga tashlanmaydi. Asli bu nimarsa ham asli men hamon yozgi xotiralardan qutula olmayotgan oktyabrning binafsharang kechasida, o\u2018sha tejalgan qog\u2018ozlarga chiqarilgan kitobni o\u2018qiganimdan so\u2018ng yozildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">* * *<\/p>\n<p>Jahon modernistik adabiyotining durdonalaridan sanaluvchi olmon adibi Herman Brox qalamiga mansub \u201cVergiliyning o\u2018limi\u201d romanini turk tiliga afsonaviy tarjimon Ahmad Jamol (Ahmet Cemal) tarjima qilgan. Romanning kirish so\u2018zida tarjimon bir narsani ochiqlab,\u00a0 yozadiki, u mazkur asar tarjimasi ustida qirq yil ter to\u2018kibdi.<\/p>\n<p>Ahmad Jamol qashshoq oilada tug\u2018ilib voyaga yetgan. Yoshligining qay bir yorug\u2018 kunlarida olmonchani o\u2018rganib olgach, kichik shirkatlarning hujjatlarini tarjima qilib yurar va shu orqali tirikchilik o\u2018tkazarkan, bir kun hammasidan charchaganini tushunib yetadi va o\u2018sha ondayoq o\u2018z-o\u2018ziga so\u2018z beradi: odamning bir tiyinlik qadri bo\u2018lmagan va qullik asosiga qurilgan ushbu jamiyatdan bosh olib ketaman va o\u2018zim uchun yangi bir dunyo yarataman. Bu dunyoning nomi badiiy tarjima bo\u2018lsin! Va o\u2018sha kundan turk o\u2018quvchisini olmon adabiyotining inja olamiga olib kira boshlaydi. Kimlarni tarjima qilmadi, deysiz\u2026. Shunday bo\u2018lsa-da ko\u2018ngli hech to\u2018lmasdi. Umrining so\u2018ngiga kelib \u201cVergiliyning o\u2018limi\u201d tarjimasini tugatadi va o\u2018sha zahoti o\u2018z noshiriga telefon orqali hitob qiladi: ana endi meni tarjimon, deb tan olishingiz mumkin!<\/p>\n<p>Umrining qirq yilini bir asar tarjimasiga bag\u2018ishlagan va faqat o\u2018sha tarjimani bitiribgina o\u2018ziga tarjimon maqomini ravo ko\u2018rgan Ahmad Jamolga buncha sabr qayerdan keldi? Ehtimol, ushbu matonatning doyasi qiyinchilikdir? Ehtimol u bu asarni umrining mazmuniga aylantirib olgandiru\u00a0 tarjimani atay paysalga solib kelgandir? Menimcha yo\u2018q, chunki u \u201cVergiliyning o\u2018limi\u201dning turk tilida o\u2018n sakkizta variantini yaratgan va eng so\u2018ngisinigina nashrga munosib deb topgan.<\/p>\n<p>Uning tarjimai holini o\u2018rganarkanman, kundaligimga bir-ikki fikr qoralab qo\u2018ygan ekanman: \u201cMen bu hayotdan nima olmoqchiman? Umuman, bizlarni aynan nima xushbaxt qila olishi muhim emas, negaki unga erishgach faqat ichimizdagi ongimiz ostidagi ehtiyoj kataklarini to\u2018ldirgan bo\u2018lamiz, xolos. Men\u2026 Men shunchaki o\u2018z ishlarim bilan faxrlanishni va yana bundan-da ko\u2018prog\u2018ini istashim mumkin, biroq menga o\u2018lim oldi bajarolmagan amallarim uchun yig\u2018lash emas, faqat bajara bilganlarimni eslab bir jilmayib qo\u2018yishning o\u2018zi yetarli. Qisqasi, men so\u2018nggi kunimni yasharkanman, ko\u2018nglimda orzular emas, faqat xotiralar bo\u2018lishini istayman\u201d<\/p>\n<p>Bu xuddi ingliz fotografi Tomas Harndolning o\u2018lim oldi iqroriga o\u2018xshaydi. Gap shundaki, u fotograf sifatida Falastinga boradi. Kunlardan bir kun\u00a0 Tomas sayr qilib yurgan ko\u2018chada birdan otishmalar boshlanib ketadi va pana joyga qocharkan, yig\u2018lab turgan bolakayga ko\u2018zi tushib, uni ham o\u2018zi bilan lazaretga olib ketadi. Keyinchalik ma\u2019lum bo\u2018lishicha, bolakayning singlisi ham bor ekan. Qizaloqni qutqarish istagida otishma bo\u2018layotgan ko\u2018chaga qaytgan Tomasning boshiga daydi o\u2018qlardan biri tegadi. U o\u2018n bir oy davom etgan ko\u2018madan keyingina o\u2018ziga keladi va so\u2018ngi so\u2018zlarini aytib jon taslim qiladi: \u201cAsosiysi bolakay omon qoldi-ku!\u201d<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">* * *<\/p>\n<p>\u201cTitanik\u201d filmining so\u2018ngi sahnalaridan birida, hatto Poseydon ham cho\u2018ktira olmaydi, deya yuksak baho berilgan kemaning g\u2018arq bo\u2018lish vaqti, eslasangiz hamma jon qasdida najot istab to\u2018rt tarafga qocharkan, kemadagi oqsuyaklardan biri qat\u2019iyat bilan turib, so\u2018ngi so\u2018zini aytadi: \u201cBir boshga bir o\u2018lim! Men chinakam lordlardek o\u2018lim topmog\u2018im darkor. Qochish men uchun emas!\u201d<\/p>\n<p>Garchi bu filmni o\u2018ninchi, yo o\u2018n minginchi marotaba tomosha qilayotgan bo\u2018lsamda, uning aynan shu sahnasiga kelganda botinimda bir xil savollar g\u2018ujg\u2018on o\u2018ynay boshlaydiki, bularga hamon javob topa bilmadim. Mazmunini so\u2018ngi qatlamiga qadar anglab yetmaganimiz bu umrni, biz ilohiylashtirgan, muqaddas deb nom bergan minglarcha g\u2018ayrioddiy tushunchalarni tahlil qilish uchun ketkazgan vaqtimizni boshqa foydaliroq ishga sarflasak nima bo\u2018lardi? Va agar mashhur misolda aytilgani kabi o\u2018yin tugagach shoh ham, piyoda ham bir qutiga joylanadigan bo\u2018lsa, qahramonlikka iddao qilganimiz, o\u2018zgachalikka intilganimiz, umuman, tiriklik ichra ishonganimiz tushunchalarning qimmati qolarmikan? Ahilles Troya jangiga ketsa o\u2018lajagini va asrlar o\u2018tib nomi afsona bo\u2018lajagini bila turib urushga ravona bo\u2018ldi. Xo\u2018sh, u o\u2018sha urushga hech nimani o\u2018ylamay ketsa nimadir o\u2018zgararmidi? Bilmadim.<\/p>\n<p>Alber Kamyu \u201cSizif haqida afsona\u201d essesida yozadi: \u201cAniq va vojib ilmiy haqiqatga yetishgan Galiley o\u2018sha haqiqat boshiga balo olib kelgani bois o\u2018z fikridan qaytdi. Bir hisobdan uning qilgan ishini oqlayman. Bu haqiqat bir odamning umriga zomin bo\u2018lishga arzimasdi. Yer quyosh atrofida aylanadimi, yo quyosh yer atrofida, buning nima farqi bor? Qisqasi, bu e\u2019tiborga arzigulik muammo emas. Men shu bilan birga xuddi shu kabi mayda va befoyda nazariyalar ustida qaysarlik qilib, o\u2018zini juvonmarg qilyotgan buyuklarni ham ko\u2018ryapman. Aslida eng muhim va dahshatli masala bu\u2026 hayotning ma\u2019nosi bormi yoki yo\u2018q?\u201d<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">* * *<\/p>\n<p>Kurosavaning \u201cTiriklik\u201d filmini ko\u2018rgandirsiz. O\u2018sha film qahramoni Vatanabe buyragida yig\u2018ilgan toshlar butun vujudiga zahm tarqatganini va olti oy umri qolganini eshitgach, o\u2018zi yashab turgan muhitni qaytadan kashf qiladi. Dunyoqarashini, atrofidagilarga munosabati va yana ko\u2018plab boshqa narsalarni tubdan o\u2018zgartiradi. Endi u ishxonasidagi iflos ko\u2018lmakning quritilishiga va yashab turgan joyidagi bolalar maydonchasi qurilishiga bosh-qosh bo\u2018lishga qaror qiladi. Butun umrini hujjat ishlariga sarflagan qahramonimiz hech yo\u2018q hayotining so\u2018ngi kunlarini foydaliroq amallarga bag\u2018ishlashga ahd qilgani g\u2018alati ko\u2018rinmaydimi sizga? Yo\u2018q, hech o\u2018ylamangki, Vatanabening ahvoli qariganda masjidga qatnay boshlagan kimsalarning holatidan ancha farq qiladi.<\/p>\n<p>Shu yerga kelganda fikrim chalg\u2018idi. Yana savolsifat mulohazalar\u2026 O\u2018ylashimcha, \u201cHayotning mazmuni nima\u201d va \u201cHayotimning mazmuni nima\u201d degan ikki savol o\u2018rtasida yer bilan osmoncha farq bor. Birinchisi ilohiy, metafizik va bizga u qadar bog\u2018liq bo\u2018lmagan savol. Ikkinchisi esa, mutlaq dunyoviy. O\u2018z o\u2018rnida dunyoviy savollar hayotimizdagi aniq maqsadlarni ochiqlashda katta rol\u044c o\u2018ynaydi. Bilmadim, ehtimol Vatanabening shuurida uchinchi tur savol ko\u2018z ochgandir?<\/p>\n<p>Lyudvig Vatgenshteyn o\u2018zining \u201cTraktat\u201d asarida yozadiki, har bir predmetning ma\u2019nosi o\u2018sha predmetning tashqarisidadir.<\/p>\n<p>Bu fikrni ma\u2019no jihatidan portretdagi odam aslida portretda emas deb ham izohlash mumkin. Agar bir tasvirnigina tahlil qilsak, demak ma\u2019no hech qachon bizga o\u2018zini ko\u2018rsatmaydi. Biz tasvirdan biroz chetlashmoqqa majburmiz. Shu o\u2018rinda savol: balki hayotning ma\u2019nosi ham hayotning o\u2018zida emasdir?<\/p>\n<p>Agar chindan shunday bo\u2018lsa, biz ham savollar doirasidan chiqmagan holda mavzudan yana biroz chetlashsak. Pre-industrial xo\u2018jalik davrida, ya\u2019ni\u00a0industriallashuv arafasida \u00a0ham odamlar hayotida turli-tuman muammolar mavjud edi, ammo bugungi absurd masalasi ularni tashvishga solmasdi. Mohiyat u davrlarda bor-yo\u2018g\u2018i bir nechta shakllardagina taqdim etilgan. Birinchi sabab, diniy dunyoqarashning o\u2018sib borishi jamiyat ongida shu qadar keng savolsiz javoblar maydonini yuzaga keltirgandiki, natijada ma\u2019naviy muammoning o\u2018zi absurd\u00a0 darajasini olgandi. Bundan tashqari ibtidoning ilk davrlarida ajdodlarimizda yemak va boshpana kabi asosiy ehtiyojlarga qattiq andarmon bo\u2018lganidan tiriklik mazmunini izlab o\u2018tirishga vaqt ham, xohish ham qolmasdi\u2026 Ammo bugungi kun kishisi taraqqiy topgan va bir qancha inqiloblarni boshidan o\u2018tkazgan homo deus sifatida zuhurot qa\u2019riga singib ketgan o\u2018zligini izlashga majbur. U endi non va olovga qul homo sapiens emas, balki kosmik mavjudotdir. Zero o\u2018zimizni o\u2018zimiz bezovta qilish maqsadida savollar to\u2018qib chiqarish uchun yetarlicha vaqtimiz bor. Endi biz\u2026 taraqqiylashgan bekorchilarmiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">* * *<\/p>\n<p>Ikkinchi jahon urushida kontslegrlardagi Holokostdan omon chiqqan kamsonli yahudiylar ichida Viktor Frankl ham bor edi. Frankl urushdan so\u2018ng \u201cLogoterapiya\u201d nomli metodni kashf qiladi. Yunon tilida \u201cma\u2019no\u201d bo\u2018lgan \u201clogos\u201d so\u2018zidan yaratilgan, taxminan \u201cma\u2019no terapiyasi\u201d deya tarjima qilinadigan metod keyinchalik \u201cUchinchi Vena maktabi\u201d kitobi orqali ommalashib ketdi.Frankl \u201cInsonning ma\u2019no axtarish yo\u2018li\u201d asarida shunday yozadi: \u201cTajribalarimdan biri yodimga tushdi. Og\u2018riq va uyqusizlikdan ko\u2018zlari yoshlangan, bemajol safdoshlarim bilan bir necha kilometr uzoqlikdagi shaxtaga sudralib borardik. Izg\u2018irin iliklarimizgacha qaqshatardi. Qil ustidagi hayotimizning mayda tashvishlarini o\u2018ylay boshladim. Bugun kechlikka nima berisharkin? Ikki hafta avval mukofot o\u2018rnida berilgan sigaretimni bir kosa sho\u2018rvaga almashtirishim kerakmidi yoki yo\u2018q?<\/p>\n<p>Har kun, har soat meni shu arzimas muammolarni hal qilishga majburlagan yashash tarzimizdan jirkanib ketardim. Fikrlarimni butunlay boshqa nuqtaga yo\u2018naltirmoqchi bo\u2018ldim. Birdaniga o\u2018zimni yorug\u2018 va issiq sinf xonasida ko\u2018rdim. Ro\u2018paramda yuzlarcha talaba kaminani tinglayapti. Men ularga asir tushganlar psixologiyasi bo\u2018yicha ma\u2019ruza o\u2018qirdim. Shu yo\u2018l bilan jonimni kemirib borayotgan og\u2018riqlarning va atrofimdagi mudhish manzaraning o\u2018tmishda qolganiga ishona boshladim. Shunday qilib mening psixologiya sohasidagi asosiy mavzuyim aniq bo\u2018ldi\u201d.<\/p>\n<p>Bu parchadan tushunganim, muhitdan tashqarida fikrlash sizni muhitdan qutqarmasligi mumkin, ammo qandaydir yangiliklar topishga undashi aniq. Sizga bu yuqorida tilga olganimiz Vitgenshteynning fikrini eslatmayaptimi?<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">* * *<\/p>\n<p>Hayotning ma\u2019nosi nima? Oilaga, o\u2018zing yashab turgan davlatga sadoqatmi? Kelajak avlod uchun qayg\u2018urish, saxovatpeshalik, ijod zavqi, yo faqat o\u2018zing uchun harakat qilishmikan? Balki u boshqalarning baxti uchun o\u2018z borlig\u2018ingdan kechish, orzularingni ro\u2018yobga chiqarish yo\u2018lida butun kuch-g\u2018ayratingni ishga solishmikan? U dunyo uchun bu dunyoning nimalaridandir voz kechish? Balki\u2026 inkordir?<\/p>\n<p>Bularning hammasimi, yo hech biri?<\/p>\n<p>Herman Broxning \u201cVergiliyning o\u2018limi\u201d romanidagi keksi rimlik shoir Vergiliy umrining so\u2018nggi o\u2018n sakkiz soatini shu savollarga javob izlash bilan o\u2018tkazadi va bu unga cheksiz iztirob beradi. Tasavvur qiling, roman faqat mana shu o\u2018n sakkiz soat ichidagi ruhiy kechinmalardan hikoya qiladi. Butun umri bo\u2018yi go\u2018zallikni madh etgan, hukmdorlarni, qahramonlaru haqiqatni kuylab o\u2018tgan, haqsizlikka qarshi kurashgan ulug\u2018 so\u2018z san\u2019atkori o\u2018zi allaqayoqlarga olib ketyotgan kema palubasida, qarshisidagi qoyalarga to\u2018sh urgan dolg\u2018alarga boqqancha o\u2018zining so\u2018ngi savoli bilan dunyoga murojaat qiladi: mening yozganlarim kimgadir foyda berdimi axir?<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em>* Ularning o\u2018lmog\u2018i qayta tug\u2018ilmoqdan og\u2018ir bo\u2018lajak.<br \/>\nMark Avreliyning <\/em><em>\u201c<\/em><em>Meditatsiyalar<\/em><em>\u201d<\/em><em> asaridan.<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Manba: https:\/\/kh-davron.uz<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>MIRZOHID MUZAFFAR \u2026And their death will be harder than reborning! Marcus Aurelius. \u201cMeditations\u201d * Bari bexosdan boshlanadi: derazang ortidagi ko\u2018cha shovqini, uni to\u2018ldirib o\u2018tayotgan mashinalarning tinimsiz signallari, o\u2018chirishni unutganing Yutubdan eshitilgan qaysidir jumla, sukunat maromi, yo\u2018lakdan yugurib o\u2018tgan bolakayning kulrang sharfi, qutichalarda tushligini olib ketayotgan turli-tuman idora odamlari\u2026 Bularning barini sen nomi va sababini bilmagan [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":612,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[24],"tags":[],"class_list":["post-616","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","category-adabiy-esse"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/616","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=616"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/616\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":617,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/616\/revisions\/617"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/612"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=616"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=616"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=616"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}