{"id":606,"date":"2026-08-14T14:02:07","date_gmt":"2026-08-14T09:02:07","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=606"},"modified":"2026-08-14T14:02:07","modified_gmt":"2026-08-14T09:02:07","slug":"bugun-onam-keladi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=606","title":{"rendered":"Bugun onam keladi"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>TILLANISO<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em>\u00a0\u201cBu dunyodan roviy bo\u2018lib o\u2018tayapman\u201d <\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong><em>Shodmonqul Salom<\/em><\/strong><\/p>\n<p>Bolaligingda dunyoning uch o\u2018lchamini bilasan, deb yozgandi amerikalik shoir Ron Padjet. Keyin boshqalarini ilg\u2018ab borasan. Bolaligimda dunyoning nechta o\u2018lchamini bilganim yodimda yo\u2018q. Ammo shu yoshimgacha bo\u2018lgan hayot yo\u2018limni istisno qilganda \u2013 hayot yo\u2018lim deganda mustaqil turmush tarzim \u2013 tuman shaharchasidagi litsey hayoti va katta shahar hayotidagi ijarama-ijara kezgan sarson kunlarim \u2013 shularni aytmasa, xayolan bitta yo\u2018lni bosib o\u2018tayapman. To\u2018g\u2018rirog\u2018i bosib o\u2018tmadim, bir nuqtada turib turli shaklda qadam tashlayapman. Xayolimda hech qachon kelmaydigan kelajakni orzu qildim. O\u2018sha kelajak esa men uchun xayolan hozir bo\u2018ldi. Demak, men kelajakdagi hozir ichidaman. Xayoldagi kechmishni inobatga olmasa, hozir asli qayerdaman? Buni bilmayman. Va mening qaydaligim o\u2018zimdan boshlab barcha-barchaga ahamiyatsiz. Darvoqe, xayolan men haliyam bir nuqtada depsinib turgan bo\u2018lsam, men umuman ulg\u2018aymaganman yoki asli bola bo\u2018lmaganman? Bularning ikkisi ayni bir paytning o\u2018zida to\u2018g\u2018ri\u00a0 bo\u2018lganda ham bir-birini inkor qilmasdi.<\/p>\n<p>Bugun onam kelyapti. Men yashaydigan katta shaharga. Ertalab doimgidan vaqtliroq turdimda, onamga qo\u2018ng\u2018iroq qilib gaplashdim. Onam o\u2018shanda yo\u2018lga chiqqandi. Farqli tomoni, bu safar onam ishlagani kelyapti. Musofirlar asosan o\u2018z rizqini izlab keladigan bu shaharga onam ish izlab kelyapti. Onamning kelishi ma\u2019lum bo\u2018lgach, biz ukam bilan ijaraga uy qidirdik. Afsuski, uy ham \u201cha\u201d deganda topilmadi. Albatta, onam men yashaydigan xonada qolishi mumkin edi. Biroq uy egasining tun davomida ta\u2019qib etadigan, dam olishga emas, iztirob chekishga o\u2018xshaydigan uyqusi ta\u2019qibidan onamni asramoqchiydim. Qolaversa, uy \u2013 ayniqsa xonam juda to\u2018kilib qolgan, shinam makonda yashagan odam uchun xarobani eslatardi. Onamni shahar sharoitining bunaqa injiqliklari va noto\u2018kisliklari bilan dabdurustdan cho\u2018chitgim kelmadi. Onam ham negadir sen bilan emas, ukang bilan turaman deb aytgandi. Ijara uyidan tashqari, bozordan ish va joy topish kerak edi. Yaxshiki, bu ishni ukam o\u2018z zimmasiga oldi. Bundan xursand bo\u2018ldim. Meni bozor degan asabiy nom titroqqa soladi. Bozor desa ko\u2018z oldimda odamlar va ulovlarning ur-yiqit izdihomi gavdalanadi. Lekin ayni zamonda bu shaharga chetdan oqib kelguvchilarning aksari o\u2018zini bozorga uradi, shu yerda non va o\u2018rin topadi. Omadning kelishi ham, omadning sinishi ham bu shaharda bozordagichalik oson emasdi. Shaharliklar uchun-ku demayman, biroq uning ta\u2019rifini eshitgan yaqin-yiroqdagilar uchun go\u2018yo bozor shaharning markazi edi. Men ham bozordagi izdihomni ko\u2018rganimda dunyoning markazi London, Nyu-York, Beijing emas, bozorlar bo\u2018lsa kerak, deb qa\u2019tiy ishonardim. Onam ham bozorda ish va pul, shaharda esa o\u2018zi istagan nimanidir \u2013 ehtimol taskinni topishiga qattiq umid qilayotgan edi. Shu umid haqqi men onamga biror narsa deyolmadim, deyishim mumkin emasdi.<\/p>\n<p>Qaydandir ketib, nimanidir izlab, yangi joyga kelinar ekan, hayotga ishonch eng arzon, jo\u2018shtiradigan tuyg\u2018u bo\u2018ladi. Bu ishonch duch kelish mumkin bo\u2018lgan xatarlar xavotiridan ham ustun turadi. Biroq ketishga joying qolmaganda va yashayotgan hududingga sig\u2018may ishonch qidirganingda eng qimmat, topilmas tuyg\u2018u ham shu. Kichkinaligimda o\u2018zimning duo qiladigan joylarim bo\u2018lardi. Bittasi suv oladigan quduq bo\u2018yida. Yerquduq edi. Katta ariqqa anchadan beri suv kelmay qolgan, otam bilan qo\u2018shni amaki ariq ichidan quduq qazishgandi. O\u2018sha quduqning ichida bir ilon yotardi. Chamasi yozning yoyma kunlaridagi qattiq jaziramadan salqinlash uchun quduqdan o\u2018zga joy topolmagandi ilon. Men chelaklarimni qo\u2018yardim-da, ilonga bir qarab olib \u2013 yotibdi \u2013 duomni boshlardim. Ariq chuqur, bo\u2018yim kichkina bo\u2018lgani uchun meni yashirardi. Hech kim ko\u2018rmas, shivirlarimni eshitmas edi. Ariq xilvatim, xudo tinglovchim, ilon yagona guvohim edi. Anchayin uzoq vaqtlar \u2013 ariqqa suv, borliqqa kuz kelgunicha \u2013 duo qildim. Suv kelgach, quduq ko\u2018milib ketdi. Ilon ham ko\u2018zdan yo\u2018qoldi. Goh-goh o\u2018sha kunlarimni qo\u2018msab turaman, hayotga bo\u2018lgan o\u2018sha ishonchimni sog\u2018inaman. O\u2018shandayam oilamning dardiga qo\u2018shiq bo\u2018lmaganman, ular nima bilan yashayotganini sezmaganman. Nimadir boshqa narsani, o\u2018zgacharoq nimadir istardim. Nimani istaganimni bilmayman, lekin baland ixlos bilan istardim. Shu istashlarning oxiri nima bo\u2018ldi?.. Qanday ham bo\u2018lardi, bir tunda men qalbimni sotish uchun iblisni chaqirdim. Yo\u2018q, bu olis bolalikda emas, shu shaharda, yaqin kunlarda bo\u2018lmasayam, yaqin yillarda ro\u2018y bergandi. Voqeadan oldin esa kuz kirib keldi. Kuz havosida etni junjiktiradigan hadik bor edi. Men ko\u2018chaga chiqmasdim, chiqishdan qo\u2018rqardim. Kuz havosiga xos hadik meni butkul zabt etishidan qo\u2018rqardim. Eng yomon tomoni, menda chidab bo\u2018lmas betoqatlik boshlandi. Hammasi takror bo\u2018lishidan, qaytalanishidan qo\u2018rqardim. Hech qayoqqa chiqmasligim sabab tonglarim peshinga aylangandi. Junjikkanimdan g\u2018ujanak bo\u2018lib kun-u tun yotaverardim. Men qo\u2018rqqan hol esa meni topib kelgandi \u2013 oyoqlarim va qo\u2018llarim zarralaridan boshlab yemirila boshlaganini sezgandim. Bu holga iblisning aloqasi bor deb o\u2018yladim va shu vajdan chorlagandim uni. Bularning bari esa kelajakdagi hozirda sodir bo\u2018lardi\u2026<\/p>\n<p>Ey xudo, qanday dahshat \u2013 qalbingdagi ishtiyoq, yo muhabbat, yo shavq, yo bo\u2018shliq, har qanday kuchli tuyg\u2018uga, vujudingni o\u2018t bo\u2018lib yondirayotgan hisga \u2013kuz havosining ham telba kayfiyati aralashib ketsa\u2026<\/p>\n<p>Meni dadam uyg\u2018otdi. Onam so\u2018rayotgan ekan. Tunggi uch yarimlar edi.\u00a0 Esimda qolgani shuki, onam momom va biz yotadigan uyda, pechkaga yaqin joyda inqillab yotar, balki yig\u2018lar, onamning bosh uchidagi tog\u2018orada esa qoramtir qusuq bor edi. Meni ko\u2018rishi bilan onam faqat senga ishonaman, ukalaringga o\u2018zing qara, senga ishonaman derdi qayta-qayta. Go\u2018yo mendan boshqalarga ishonmasligini aytib, boshqalardan ham, hayotdan ham alamini olayotganday edi. Va onam yana qon qusdi. Har qusganda shu qadar ko\u2018p qusar, bundan o\u2018zi dahshatga tushib yig\u2018lardi. Tog\u2018alarim, ona momom shu yerda, ozroq o\u2018tib boshqa qarindoshlar kelishdi. Onam ikki-uch soatdan beri qusayotgan ekan. Onamning tushundingmi, xo\u2018pmi, degan gaplaridan keyib, bazo\u2018r xo\u2018p dedim. Lekin yaqiniga borolmadim. Bundan qo\u2018rqdim. Allaqachon nogahoniy voqelik oldida dovdirab, o\u2018zimni yo\u2018qotib qo\u2018ygandim. Onam singlimga qanday sut ichirishimni tayinlar, qarindoshlarim tez yordam, duxtir haqida gaplashar\u2026 shovqin guvillardi. Tahlika kichkina vujudimning so\u2018nggi kuchigacha mahv qildi. Uxlashni va xayol surishni istardim. \u00a0Dadam to\u2018shagimga olib borib, \u201cbo\u2018ldi, yot, uxlayvergin\u201d dedi. Yonimda ukam yotardi. Tunda uxlashdan oldin har gal qanday xayol sursam, xuddi hech narsa bo\u2018lmayotgan kabi xayol surib, shu asnoda uxlab qolgandim.<\/p>\n<p>Onamdan xabar olish maqsadida tush paytida telefon qildim. Javob bo\u2018lmadi. Yo\u2018lda-ku, eshitmay qoldi, hali o\u2018zi qilib qoladi, degan o\u2018yda yozning kuzgi havosida anhor bo\u2018yida sayr qilardim. Bu orada onamning kelishini kutib shinam kafeda biroz o\u2018tirdim, ovqatlandim. Va qayta-qayta telefon qildim. Endi raqam o\u2018chirilgan edi. Kech tushib qolay degandi. Men har qanday vahimani yengishga, hech qanday voqea oldida xavotirga tushmaslikka o\u2018zimga so\u2018z berdim-da, sabr bilan kutaverdim. Orada faqatgina ukamga \u201cmabodo sen onam bilan yaqinda gaplashmadingmi?\u201d deb qo\u2018ng\u2018iroq qilib so\u2018radim. U yo\u2018q, dedi. Onam bilan faqat ertalab gaplashgan ekan, keyin esa raqam o\u2018chirilgan.<\/p>\n<p>Kafeda uzoq qolib ketdim. Mijozlar ko\u2018payib, deyarli bo\u2018sh joy qolmadi. O\u2018z joyimni bo\u2018shatishim kerakligini sezib turibman. Dadamga telefon qildim. Dadamning aytishicha, onam bilan tongdan beri bog\u2018lanib bo\u2018lmayapti. Dadam onam o\u2018tirgan ulovdagi hamrohlarining raqamini izlab avtovokzalga ketayotgan ekan\u2026<\/p>\n<p>Onamni kutib olish uchun qayerga chiqishni bilmasdim, noiloj yana anhor bo\u2018yiga sayrga chiqib ketdim.<\/p>\n<p>Iblisni nega chaqirganimni aniq izohlolmayman. Qalbimni kimgadir, nimagadir baxsh etishim kerak edi. Iblisni chaqirishim nosamimiy tuyulishi mumkin, asli nosamimiy emas, alamdanligi tabiiy. Biroq qalbimni baxsh etish ehtiyoji va ishtiyoqida na alam, na yolg\u2018on bor; mutlaqo samimiy istak edi u. Uzoq yillar ichidagi tushkunlik, ishonch va ishonchsizlik, qidirishlarning natijasi bo\u2018lib tug\u2018ilgandi bu istak. Mohiyatini hali anglolmasdim. Onam o\u2018sha kichkinalik yillarimda sahar turib, duo qilgani chiqib ketishimni ko\u2018p eslaydi. Onam ko\u2018rmasin, hech kim bilmasin deb har qancha uringanimga qaramay, onam o\u2018sha pallalarni ko\u2018p kuzatgan edi. Ardoqli xotira kabi asrar, tez-tez gapirib berardi. Ariq ichidagi duo qiladigan joyimdan bir o\u2018rik niholchasi o\u2018sib chiqqandi. Aytganimdek, ertalab ham onam va momom \u2013 odatda ayollar erta uyg\u2018onishadi \u2013uyg\u2018onmasidan oldin, yerga yaxti inar-inmas, uydan chiqib uyimizning tashqi hovlisida cho\u2018k tushib duo qilardim. U paytda namoz yoki boshqalarni bilmasdim. Ibodat desa, duoni bilardim. Duo qilsa, nimadir bo\u2018lishiga, nimadir o\u2018zgarishiga ishonardim. U yerdan ham o\u2018rik o\u2018sib chiqqandi. Tongda qo\u2018l-yuzimni yuvadigan joyda \u2013 ko\u2018zdan pana edi \u2013 astoydil duo qilib, uzoq so\u2018rardim. O\u2018rik ko\u2018kardi. Hayotga bo\u2018lgan o\u2018sha ishonchimni, o\u2018sha ixloslarimni sog\u2018indim. Onam shaharga kelar ekan, men onam bilan yashamaslikni ixtiyor etar ekanman, onam bilan chiqisholmaslikdan emas (garchi chiqisha olmasligim ham rost edi), onamning dardiga, oilamning dardiga hech qachon qo\u2018shig\u2018 bo\u2018lolmaslikdan azob chekardim. Vijdonim og\u2018riydi. Ruhim esa o\u2018sha paytlardagidek hamon muallaq. Na yerga qo\u2018na oladi, na uchmoq qo\u2018limdan keladi. Onamning kelishini ichda shunday Qo\u2018rquv bilan kutayotgandim. Qo\u2018rquv har qanday sog\u2018inchu, yupanchlardan ustun edi. Tabiatiga ko\u2018ra qo\u2018rquvda hovliqmalik bor. Hovliqmalik barcha muvozanatdagi tuyg\u2018ularni bir chetga surib, qalbni ostin-ustun qilardi. Bunday paytda odam dovdirab, eng tuban, eng xudbin kimsaga aylanishi hech gapmas. Men odamning ilk tuyg\u2018usi, barqaror kuchli va halok qilguvchi tuyg\u2018usi sifatida bu olamda qo\u2018rquvni bilaman. (Onam menga ukalarimni parvarishlashni, faqat menga ishonishini aytgan o\u2018sha tunda garchi xayol surib uxlab qolsam-da, hayot oldidagi tuzalmas, o\u2018zim anglagan dastlabki qo\u2018rquvni (anglamagan ilk qo\u2018rquvimni esa ehtimol tug\u2018ilganimdayoq his qilgandim) soldi. Bu qo\u2018rquv meni ta\u2019qib etib kelardi. Onam otasidan ayrilganda o\u2018n besh yosh edi. Hayot va o\u2018limdan ayni orzu va ishonch kurtak yoyadigan paytda tug\u2018ilgan qo\u2018rquv onamning fe\u2019liga singib ketgan, o\u2018z-o\u2018zidan bizga ta\u2019sir o\u2018tkazib, onamning xatti-harakatlari misolida bu qo\u2018rquv ham ta\u2019qib etardi. Sog\u2018inch esa \u2013 Bosiq, biroq ichga o\u2018rnashib olsa, kuchingni uzoq vaqtlar davomida simiradigan, ehtimol, quvvatingni so\u2018rib olib, vaqti kelib seni butkul qulatadigan his.<\/p>\n<p>Duxtir ayol juda mehribon edi. U tuni bilan oldimda hech malolsiz o\u2018tirib chiqardi. Yonida esa ko\u2018zlari uyqusizlikdan qizarib ketgan yoshgina hamshira men yotgan karavotning suyanchig\u2018iga suyanib, ilojsizlikdan ayolning so\u2018zlariga quloq solib o\u2018tirardi. Ayol olis yurtda o\u2018qiyotgan o\u2018g\u2018lini, uni sog\u2018inishini, ayniqsa, qish tunlari o\u2018g\u2018lini juda ko\u2018p o\u2018ylashini so\u2018zlab berayotgandi. Hamshira tinglayotganini bildirish uchun faqat \u201cha-ha\u201d, deb qo\u2018yardi ora-orada. Duxtir ham, hamshira ham mening inqillayotganim, javranayotganimga e\u2019tibor bermay qo\u2018yishgandi. Ular faqat uxlashimni kutishardi. Garchi o\u2018zim ham buni qattiq istasam-da, zarralarimga sanchilib yotgan behalovatlik uyquni yaqinimga yo\u2018latmay qo\u2018ydi. Qo\u2018llarim va oyoqlarimdagi yemrilish, har bir zarramga og\u2018riqqa o\u2018xshash chidab bo\u2018lmas g\u2018alati hisning sanchilib botayotgani tinkamni quritdi. O\u2018sha damlarda hatto meni oyoq va qo\u2018limdan xolos qilishlarini istaganim esimda.<\/p>\n<p>\u2013 Uyingizga keting, \u2013 degandi kunduzda duxtir ayol.<\/p>\n<p>\u2013 Nima uchun?<\/p>\n<p>\u2013 Har holda yaxshi-da.<\/p>\n<p>\u2013 Kimnidir chaqiring\u2026 onangizni, masalan, \u2013 shunday der ekan anchayin istihola qilgandi u. Hozir esa kasalxonaning qabriston tarafga qaragan derazasidan kechaning tarovatiga termilgancha, o\u2018g\u2018li haqida xuddi qish tunida yog\u2018ayotgan qor kabi sokin va osuda, biroz munglig\u2018 so\u2018zlab o\u2018tirardi. Bu ayol mendagi holat vaqtinchaligiga, o\u2018tib ketishiga ishontirmoq istardi, uning tun bo\u2018yi yonimda o\u2018tirib chiqishi mendan ko\u2018ra ko\u2018proq o\u2018zini xotirjam qilish uchun zarur edi. Ayol bir tomondan haq edi, o\u2018tkinchiligini sezib turardim, biroq tanamni parmalab tashlayotgan chidab bo\u2018lmas hisga ayni daqiqaning o\u2018zida toqat qilish qiyin edi. Bu og\u2018riq emasdi. Qandaydir hibsga o\u2018xshagan his edi. Ruhim yo qalbimdan oldin, tanam undan azob chekar, men o\u2018z mahbusligimga chiday olmay o\u2018zimni u yondan-bu yonga otardim.<\/p>\n<p>\u2013 O\u2018tib ketadi, o\u2018tib ketadi, \u2013 derdi u.<\/p>\n<p>Ayolning haqligi shundaki, u paytlar men va bu kasallik bir-birimizga begona edik. Notanishligi sabab bu mavhum kuchning men bilan qanday o\u2018yin o\u2018ynashini bilmasdim. Sezardim, bu kasallik emas edi. Mavhum kuch o\u2018zini darrov namoyon qilgisi kelmay, quyuq tuman ortida turardi. Mening tanam va sezgilarimni o\u2018sha tuman oldiga sudrab olib kelgan, ammo qachondir u oydinlikka \u2013 irodam oldiga chiqardi. Shunga mahkum edi zero. Men iblisni shuning uchun\u2026<\/p>\n<p>Kech kirib, qorong\u2018u to\u2018la izmiga oldi. Xavotirlarimni bosib, ukamga qo\u2018ng\u2018iroq qildim. U onam keldi, lekin sen bilan hozir gaplasholmaydi, dedi. \u2013 Qo\u2018limizdagi yuklarimiz og\u2018ir.<\/p>\n<p>Onam shaharga shu tarzda kirib kelgandi.<\/p>\n<p>O\u2018tib ketmagani shuki, kuz kunlarida meni xonamga qamab tanamni yana hibs etgandi. Bu mavhum kuchning kattarib borishi xatarli edi. Men uni mag\u2018lub etish uchun qalbimni baxsh etdim. Har narsaga ishonch so\u2018ngan pallada eng yaxshi chora \u2013 qalbni baxsh etish edi. Qalbimni bir necha ilohlar o\u2018z makonlari sari olib ketardi. Ular orasida Eros ham bor edi. Biroq men Eros bilan o\u2018yinlardan allaqachon zerikkan, u bilan qolishni ortiq istamasdim, qalbimni unga berolmas, u bilan halovat topmasdi qalbim. Ilohlar qalbimni boshqa bir ilohga tortiq qildilar. Men hali o\u2018z ma\u2019budimni yaxshiroq tanib ulgurganim yo\u2018q. Lekin notanishlik va begonalikdan hayrat va qo\u2018rquvga tushmadim bu gal. Qadrdonlikni his qilib turardim.<\/p>\n<p>Kim bo\u2018lsang ham kel!<\/p>\n<p>Qalbini baxsh etganning o\u2018tinchi edi bu. Qalbni kimgadir yo nimagadir tortiq qilgach, inson va uning sifatlarining ahamiyati qolmaydi. Qalbi o\u2018ziniki bo\u2018lmasligi odamni devona qiladi. Devona esa goh qalbidagi o\u2018tdan yonsa, goh qalbidagi zavq shiddatiga dosh berolmay qiynaladi. Shunda u odamga muhtoj bo\u2018ladi. Har qanday odamga. Odamning kimligi va qandayligi oradan ko\u2018tariladi. Kim bo\u2018lsang ham kel\u2026 Topgan odamining oyog\u2018ini o\u2018pishga loyiq bo\u2018ladi. Qalbi o\u2018ziniki bo\u2018lgan-u, uni baxsh etolmayotgan kimsa qanotlari qirqilgan, yerda beso\u2018naqay yurgan qushga o\u2018xshab yo\u2018rg\u2018alaydi. Sudraladi. Fig\u2018on chekadi. Onam kelmasidan ozgina burun menda ham shu hol edi. Yerda beso\u2018naqay yo\u2018rg\u2018alayotgan qanotsiz qush kabi taqdirning kulgi va mazaxiga nishon edim. Va men qalbimni berdim. Muallaq ruhim ham taskin topganday bo\u2018ldi.\u00a0 Bu onam kelmasidan ozgina avval sodir bo\u2018ldi. Endi menga har inson onam shaklinda, onam esa har kim kabi edi.<\/p>\n<p>Kim bo\u2018lsang ham kel\u2026<\/p>\n<p>Shamollar o\u2018zi yo\u2018nalgan tomonlarga shivirlarimni olib uchardi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TILLANISO \u00a0\u201cBu dunyodan roviy bo\u2018lib o\u2018tayapman\u201d Shodmonqul Salom Bolaligingda dunyoning uch o\u2018lchamini bilasan, deb yozgandi amerikalik shoir Ron Padjet. Keyin boshqalarini ilg\u2018ab borasan. Bolaligimda dunyoning nechta o\u2018lchamini bilganim yodimda yo\u2018q. Ammo shu yoshimgacha bo\u2018lgan hayot yo\u2018limni istisno qilganda \u2013 hayot yo\u2018lim deganda mustaqil turmush tarzim \u2013 tuman shaharchasidagi litsey hayoti va katta shahar hayotidagi ijarama-ijara [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":607,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[24,27],"tags":[],"class_list":["post-606","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","category-adabiy-esse","category-avtobiografik-esse"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/606","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=606"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/606\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":609,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/606\/revisions\/609"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/607"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=606"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=606"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=606"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}