{"id":593,"date":"2026-05-07T14:52:37","date_gmt":"2026-05-07T09:52:37","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=593"},"modified":"2026-05-07T14:52:37","modified_gmt":"2026-05-07T09:52:37","slug":"men-anglagan-hayot","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=593","title":{"rendered":"Men anglagan hayot"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>JEK LONDON<\/strong><\/p>\n<p>Men oddiygina ishchi oilasida tug\u2018ilganman. Juda yosh kezlarimdanoq o\u2018z xayolot olamimda kuchli xohish-istaklar, shu mavjud hayotga bo\u2018lgan beadad zavqu shavq hamda qo\u2018l yetmas orzular osmonini kashf qildim, ha, bu yorqin niyatlarim mening bola boshim uchun nechog\u2018lik mahol bo\u2018lishiga ham rozi bo\u2018lgan holda ularga butun qalbimni fido qildim. Holbuki, atrofimdagi muhit g\u2018oyatda achinarli, qo\u2018pol va quruq edi. Shunday bo\u2018lsa-da orzumand ko\u2018zlarimni faqat yuksakka tikardim, o\u2018sha tegramdagi moddiy turmush lavhalarini nazarim hech ilg\u2018amasdi. Tan olishim kerakki jamiyatdagi mening o\u2018rnim ancha quyida edi. Bu yerdagi hayot ruh uchun ham, tana uchun ham qabihlik hamda baxtsizlikdan o\u2018zga narsani ravo ko\u2018rmasdi sira, vaholanki qashshoqlik iskanjasida ruhu tana-da barobar holda ochlikdan sillasi qurib, beayov azoblanmoqda edi.<\/p>\n<p>Shu g\u2018arib boshim uzra jamiyatning hashamatli turmush tarzi bo\u2018y ko\u2018rsatib, o\u2018zini tinmay ko\u2018z-ko\u2018zlab turardi, birdan ichimda xuddi o\u2018sha fusunkor saroy tomon ko\u2018tarilib chiqish istagi paydo bo\u2018lib qoldi. Men o\u2018sha saroyga qarab shu past joyimdan bor kuchimni sarflab bo\u2018lsa ham o\u2018rmalab chiqishga allaqachon azmu qaror qilgandim. Qasrdagi barcha erkaklar nafis kiyimda edilar, egnilarida qop-qora kostyum bilan ohorli ko\u2018ylak, xonimlari bo\u2018lsa jozibali liboslar og\u2018ushida xirom bilan yurishardi. Yana bu yerda eng sara taomlar hozirlanar, to\u2018yguningcha maza qilib yeyishing mumkin edi. Bu ovqatlarning bari bitta odamga juda ko\u2018plik qilardi. Hammasidan ham bu joyda ruhing orom topadigandek edi. Butun aqlu xayolimni o\u2018g\u2018irlagan o\u2018sha serhasham hayot muhitida, men aniq bilardimki, ruhning ozodligi, toza va olijanob fikrlash, risoladagiday umr kechirish kabi hayotning nodir tuhfalari mujassam edi. Bularning barini men o\u2018zim o\u2018qigan \u201cDengizbo\u2018yi kutubxonasi\u201d turkumidagi romanlar orqali yaxshi bilardim, albatta, kitoblardagi yovuz qahramonlar va sarguzashtsevar darbadarlarni hisobga olmaganda mazkur oliy tabaqa vakillari hammavaqt g\u2018oyatda teran mulohaza etishar, ravon tilda so\u2018zlashishar, nazokatli harakatlar qilishardi. Muxtasar qilib aytganda, misoli quyosh chiqishini shodu xurramlik ila kutib olganim kabi tepamda yarqirab, jilolanib turgan gulgun hayot ichida ham osudalik, ham aslzodalarga monand salobat va marhamat mavjud ekanligiga zig\u2018ircha shaksiz ishondim, garchi bu kabi tushunchalar faqir qismatim uchun nomunosib bo\u2018lib ko\u2018rinsa-da biroq ular tiriklik mazmuniga xushlik hamda viqor bag\u2018ishlashiga iqror bo\u2018lgandim, eng muhimi, bu hayotda odamni yashagisi kelardi.<\/p>\n<p>Ammo kambag\u2018al ishchi oilasining bolasi uchun yuqoridagi porloq tole\u2019 tomon ko\u2018tarilib chiqish oson emasdi, albatta, chunonchi biz kabi odamlar odatda xomxayollar va sarob orzular og\u2018ushidan to o\u2018lgunimizcha mosuvo bo\u2018lmaymiz. Men Kaliforniyada, o\u2018z ranchoyimda istiqomat qilardim, bor jon-jahdim bilan oliy tabaqa doirasiga chiqib olish uchun mustahkam narvon qidirardim. Bolalik paytlarimdanoq pul dardida qiynalib yashardim, o\u2018sha aslzoda kishilarning dunyoga qanday qilib badavlat, beg\u2018am bo\u2018lib kelganlariga aqlim yetmay, hadeb bola ongimni azoblardim. Keyinchalik shuni anglab yetdimki inson qancha ko\u2018p ter to\u2018ksa, u shuncha boyib ketadi, ana o\u2018shandagina uning tirikchiligi ham binoyidagiday sharoitda bo\u2018ladi. Ushbu xulosamdan zudlik bilan hisob-kitob qilib oldim, basharti men to ellik yoshimgacha tinimsiz ter to\u2018kib, mehnat qilsam va tuzukkina mablag\u2018 jamg\u2018ara olsamgina mening jamiyatdagi o\u2018rnim ham yuqorilashib, dunyoning lazzat hamda baxt kabi mujdalaridan bahrador bo\u2018la olishimni tiniq idrok etdim. Shubhasiz, bu yo\u2018lda qashshoqlik tushovidagi og\u2018ir tosh singari uylanish dahmazasini ham qat\u2019iy bir chetga surib qo\u2018ydim.<\/p>\n<p>Shunga qaramay, bor jonimni jabborga berib, astoydil ter to\u2018kishimga to\u2018g\u2018ri kelardi. Binobarin, o\u2018n yoshimdanoq shahar ko\u2018chalarida gazeta tarqatib yuradigan bolakay qiyofasiga kirdim, sarsonlik va pul topish mashaqqati menga yanayam ko\u2018proq narsalarni o\u2018rgatdi o\u2018shanda. Baribir atrofimdagi borlig\u2018imni qurshab turgan ochlik, yupunlik va miskinlik balosidan hech qutulib ketolmasdim, tepamda esa hamon oromijon jannat bog\u2018i meni o\u2018ziga tinmay chorlab turardi, shunda xayolimda boshqa narvon topish fikri uyg\u2018ondi. Yangi narvon &#8212; biznes narvoni edi. Xo\u2018sh, men nima uchun arzimagan mayda chaqalarimni ham ming azob bilan hukumatning loy ko\u2018chalaridan qidirib yurishim kerak ekan, ikki donagina gazetani besh sentga olib, keyin ularni atiga o\u2018n sentga pullash orqali katta mablag\u2018 to\u2018plashim mumkinmikan? Yangi o\u2018ylab topganim biznes narvoni bo\u2018lsa boshqa gap, bu fikrim o\u2018zimga chunonam yoqib tushdi, darhol sochlarimni oldirdim-da, omadi chopgan savdogar shahzoda qiyofasida uzoq safarga otlandim.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Chig\u2018anoq qaroqchilari shahzodasi<\/strong><\/p>\n<p>Afsus! Ko\u2018rinishimni o\u2018zgartirib chakki qilibman! O\u2018n olti yoshimga to\u2018lib ulgurmasimdanoq \u201cshahzoda\u201d ham bo\u2018lvoldim endi. Lekin bu unvon bir gala kallakesar hamda o\u2018g\u2018rilar to\u2018dasi tomonidan berilgandi, ana o\u2018shalar menga xuddi shu laqabni yopishtirib qo\u2018yishdi: \u201cChig\u2018anoq qaroqchilari shahzodasi\u201d. Ammo o\u2018sha damda men bu biznes narvonining birinchi zinasiga qadam qo\u2018yishga muvaffaq bo\u2018lgandim. Endi men yaxshigina kapitalist edim. O\u2018z qayig\u2018im, chig\u2018anoq ovlash uchun hamma uskunalarga erishgandim. Safarda hamrohlik qilishi uchun bop bir sherik ham tanlab olgandim. Qayiq egasi hamda kapitani sifatida qo\u2018lga tushirgan o\u2018ljamizning uchdan ikki qismi mening hamyonimga tushar, uchdan bir qismi esa sherigimga qolardi, lekin bechora miq etmay xuddi men kabi mehnat qilar, joni va ozodligini tahlikaga qo\u2018yishga hammavaqt shay turardi.<\/p>\n<p>Biroq qismatimiz sho\u2018r ekan, arang ko\u2018tarilganim narvonning birinchi zinasi ham tez orada barbod bo\u2018ldi. Bir oqshom xitoylik yaramas baliqchilar hujumiga uchradim. Qayig\u2018imdagi jamiki to\u2018r va arqonlarim menga allaqancha dollarga tushgandi. Bu rostakam o\u2018g\u2018irlik edi, ammo shunga amin bo\u2018ldimki, kapitalizmning oshkora yuzi mana shunday ekan aslida. Haqiqiy kapitalist go\u2018yoki qarzi borday odamzodning bor mulkini yulg\u2018ichlarcha tortib olarkan, xoinlarcha ishonch bilan yoki orqasida turgan senator va oliy sud boshliqlarining yelkalariga suyangan holda ish tutarkanlar. Lekin men ham o\u2018zimga yetguday haqparast edim. Ular bilan mening oramdagi yagona farq ham shu jihat bo\u2018lsa kerak. Yulg\u2018ichlarga qarshi qurol ishlatishga majbur bo\u2018ldim.<\/p>\n<p>Ammo o\u2018sha tunda yonimdagi hamrohim bitta bo\u2018lgani uchun shuncha yovuz xitoylarga qarshi bas kela olmadim, sherigim landovurlarcha qayiq yoniga katta gulxan yoqdi va buning oqibatida butunlay qayiqni xarobaga aylantirib yubordi. O\u2018sha kecha hech qanaqa dividentim ham, mablag\u2018im ham qolmadi, qaytanga biz saqlab qololmagan to\u2018r va arqonlarimizga iflos xitoyliklar ega bo\u2018lib olishdi. Chorasiz qoldim, kutilmagan inqiroz aqlimni dovdiratib qo\u2018ydi, kissamda qolgan oltmish besh dollar bilan qanday qilib kun kechirishimni bilolmay tang ahvolda edim. Vayron bo\u2018lgan qayig\u2018imni yakordalik holatida tashlagancha boshqa qaroqchilar kemasiga o\u2018tirib, Sakramento daryosi tarafga hujumga ketdim. Omadsizlikni ko\u2018ringki, bu safarimda ham yana bezorilar to\u2018dasi bilan to\u2018qnash keldim, ular yangi qayig\u2018imni ham talon-taroj qilishdi. Bosqinchilar hamma narsamni o\u2018marib ketishdi, hattoki langargacha chang solishdi; keyinchalik esa noiloj taqdirga tan berib, quruq qolgan qayig\u2018imni arzon-garov pulga sotib yubordim. Bir amallab chiqib olgan biznes narvonimning birinchi zinasidan ana shu tarzda toyib ketdim va qaytib hech qachon biznes narvoni to\u2018g\u2018risida quruq xayol qilishni bas qildim.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Og\u2018ir mehnat qo\u2018ynida<\/strong><\/p>\n<p>Shundan keyin so\u2018qir qismatim meni nihoyatda berahm kapitalistlar qo\u2018lida shafqatsizlarcha ezg\u2018iladi. Misoli jallod zodagonlar muskuldor bilaklarimdan pul ishlab, o\u2018z nafslari uchun farovon yashashni yo\u2018lga qo\u2018ydilar, holbuki mening peshonamga bu kabi yashash sira-sira nasib qilmasdi. Hayot boshimga bir-biridan mashaqqatli kunlarni soldi, avvaliga dengizda yugurdak, portlarda yuk tashuvchi bo\u2018lib ishladim, so\u2018ngra konserva zavodi, fabrikayu kirxonalarda kuchim ketdi; ustiga ustak maysazorlarni o\u2018rdim, gilam tozaladim, deraza yuvdim. Biroq shuuncha qilgan mehnatlarimga yarasha haq ololmadim hech. Konserva zavodi direktorining yasatog\u2018lik izvoshda yayrab ketayotgan qiziga alam bilan tikilardim, u mening muskullarim tufayli rohat qilib borardi, o\u2018sha izvosh aravasi ham rezina shinalari ustida faqat mening quvvatim sababligina joyidan qo\u2018zg\u2018ala olardi, ha. Fabrika xo\u2018jayinining nufuzli kollejga qatnaydigan o\u2018g\u2018liga boqib turib, yana bir karra o\u2018kinardim, u ham baquvvat muskullarim turtib turgan mana shu bilaklarim orqasidan ta\u2019lim olardi oliy kollejida, uning maza qilib ulfatchiligu kayfu safo qilib yurishlarida mening ham hissam anchagina edi.<\/p>\n<p>Biroq men bulardan aslo g\u2018azablanmadim. Axir bu hodisalarning bari o\u2018yin-ku. Hayot-ku bu axir. Hayot o\u2018yinidagi kuchli taraf esa hozircha ular edi. Mayli, dedim o\u2018zimga o\u2018zim, hechqisi yo\u2018q, men ham ojiz emasman, menam kuchliman. Ammo men jamiyatdagi o\u2018z o\u2018rnimni ular singari boshqalarning peshona terisi evaziga emas, aksincha top-toza va halol qo\u2018llarim bilan yaratmoqchi edim. Mehnatsiz hayot halokat demak edi men uchun, og\u2018ir ishdan qochmas, mehnatni juda sevardim. Tobora tez, tobora qattiqroq ishlab, oxir-oqibat jamiyatga hattoki tirgovich ham bo\u2018la olardim.<\/p>\n<p>Shunda taqdir yuzlarimga biroz kulib boqqanday bo\u2018ldi, orzu-xayollari xuddi menikiga o\u2018xshash bir ish beruvchi bilan ro\u2018baro\u2018 kelib qoldim. Halol ter to\u2018kishga mendagi ishtiyoq nechog\u2018lik baland bo\u2018lsa u mendan-da qolishmaydigan mehnatsevar edi. O\u2018zimcha tijoratni o\u2018rganayapman-da, deb o\u2018ylab yurgandim. Aslida esa har ikkalamiz uchun ham bir o\u2018zim mehnat qilayotgan ekanman, haqiqatda bo\u2018lsa, u meniyam haqqim bo\u2018lgan ellik dollarni indamay cho\u2018ntagiga urib qolayotgan ekan, ikki kishi uchun ter to\u2018kayotgan ishimga esa men oyiga qirq dollargina olar, ba\u2019zan buyam qo\u2018limga o\u2018ttiz dollar bo\u2018lib tegardi. Bu razil kimsa meni o\u2018ldirguday qilib toza ishlatdi. Odam dengiz chig\u2018anog\u2018ini yaxshi ko\u2018rib yeyishi mumkin, ammo haddan ortiq chig\u2018anoq ham darrov ko\u2018ngilga uradi. Ortiq ish degan do\u2018zax azobini ko\u2018rgim kelmay qoldi. Axiyri u yerdan qochib ketdim. Endi eshikma-eshik sarg\u2018ayib, ko\u2018chalarda tilanchilik qilib sarson bo\u2018ldim, butun boshli Qo\u2018shma Shtatlarni tentiragancha yalangoyoq kezib chiqdim, haroba kulbalar va zax qamoqxonalar ichida a\u2019zoyi badanim chirib ketguday bo\u2018lib, yomon qiynaldim.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Uvol bo\u2018lgan quvvatim<\/strong><\/p>\n<p>Qismatimga kambag\u2018al bo\u2018lib tug\u2018ilish bitilgan ekan, na chora, mana hozir, umrimning avji barq urgan chog\u2018i \u2013 o\u2018n sakkiz yoshimda bu alamni yana-da teran, yana-da o\u2018kinch bilan his etardim. Men tamomila jamiyatning eng xilvat yerto\u2018lasida qolib ketgandim, nochorlik hamda notavonlik qurboniga aylangandim mutlaq, hatto hasrat qilishga ham arzimaydigan noxush vaziyat bechorasi edim. Butun jismu jonim bilan tubsiz jarlik qa\u2019rida ingrar, jamiyat taraqqiyotining tomir-tomirlariga chirmashib ketgan tartibbuzarlik, parokandalik va chirkin qonunlar botqog\u2018idan qutulolmasdim. Hayotning yana bir haqiqati shu ekan, ko\u2018zlarim bu haqiqatga ters qarayolmadi. Omadsizligim va baxtsizligim oqibat o\u2018z orzularimga xiyonat qilishga, ulardan yuz o\u2018girishga majbur etdi, bori ko\u2018rganlarim va anglaganlarim shu bo\u2018ldiki, oliymaqom tabaqa vakillarini qurshab turgan yorqin shu\u2019la gardishi endi dilimga g\u2018addor bir qo\u2018rqinchni solib qo\u2018ydi. Men hatto orzu qilishga-da qo\u2018rqib qoldim. O\u2018zim nafas olayotgan mukammal taraqqiyot doirasidagi eng oddiy, eng oshkora qoidalarni aniq ko\u2018rib turardim. Hayot aslida bir boshpana va bir kosa yovg\u2018ondan iborat jarayon ekan, xolos. Qorin va uy g\u2018amida esa odamlar bor narsalarini pullar edilar. Savdogar oyoq kiyimini, siyosatchi odamgarchiligini, so\u2018zsiz ba\u2019zi bir davlat vakillarini hisobga olmaganda, ular hatto o\u2018z e\u2019tiqodlarini-da zig\u2018ircha andishasiz indamay sotib yuboraverardilar; umuman olganda, hamma bozorda va bu bozorda inson nafsoniyatigacha sotilar edi. Sotuvchilik yo\u2018lida ayollar ham harakatga tushib qolishdi, ular torko\u2018chalar ichida yoxud xilvat go\u2018shalarda oppoq tanalaridan istaganlaricha foydalanishar, afsuski, bilmas edilarki, ular makruh lazzatlari bilan ayollikning muqaddas va ezgu maqomini-da yer bilan bitta qilib poymol etishardi. Hayot misoli faqat sotiladigan mollar do\u2018koniga o\u2018xshab qolgandi, hamma odamlar sotishar va sotib olishardi. Yolg\u2018iz mehnatninggina sotiladigan moli bitta: u ham bo\u2018lsa kuch edi, xolos. Jadallashib borayotgan taraqqiyot bozorida birgina og\u2018ir mehnatning bahosi yo\u2018q edi. Uning tanho mulki kuchli muskullar va yana shu muskullar edi faqat.<\/p>\n<p>Ammo bu yerda muhim bo\u2018lgan katta tafovut ham bor edi. Sotib yuborilgan oyoq kiyimlar va yo e\u2019tiqod, boringki, nafsoniyat ham o\u2018zlarini yangilab, qayta yaralish imkoniyatini topa olardilar. Ular beqaror, o\u2018zgaruvchan oddiy narsalardir. Biroq odamning kuch-quvvati bu boshqa masala, ketgan kuchni yana qaytarib, uni yangilab bo\u2018lmaydi. Poyabzal tijoratchisi oyoq kiyimlarini pullagani bilan u yana o\u2018z savdosini yurgizib ketaveradi. Lekin qora ishchining baquvvat muskullari vaqt o\u2018tishi bilan borgan sayin yupqalashib, tobora kuchsizlashib boraveradi. U qancha mehnat qilsa shuncha ko\u2018p kuchini yo\u2018qotadi. Bechora nima ham qilsin, yagona davlati mana shu g\u2018udrush qo\u2018llari bo\u2018lsa, boshqa nimayam qila olardi, o\u2018tayotgan har bir kuniga muskuldor bilaklarini qurbon qilgancha tirikchiligini bir amallab o\u2018tkazishdan bo\u2018lak iloji yo\u2018q edi uning. Nogahon joni osongina uzilib qolmasa, sho\u2018rlik mehnatkashlarning umri to adog\u2018igacha shu zaylda mehnat va mehnat bilan o\u2018tib ketardi. Bordi-yu kuchdan qolguday bo\u2018lsa, noiloj kulbasi derazalarini yopib, o\u2018zini achchiq kulfat izmiga topshirishdan bo\u2018lak chorasi qolmasdi. Qora ishchining muskullari inqirozga uchragan on unda hayot nishonasidan ham hech qanday belgi qolmaydi, bemajol va behol ruhda jamiyatning o\u2018sha chirkin yerto\u2018lasiga yiqilib tushib, baxtiqaro holida jimgina o\u2018lib ketaveradi.<\/p>\n<p>Oradan biroz vaqt o\u2018tib, xuddi sotilajak mollar singari inson miyasi qudratini, mulkini kashf etdim. Odamning ongi esa uning bilaklaridan mutlaqo farqli bo\u2018lgan bebaho boyligi hisoblanardi. Ong \u201csotuvchisi\u201d esa dastlabki davrni endigina ellik-oltmish yoshga kirganidagina boshlagan bo\u2018ladi, uning haqqi ham boshqa mablag\u2018lardan ko\u2018ra borgan sari ko\u2018tarilib boraveradi. Bechora qora ishchilar kabi qirq besh-ellik yoshlaridayoq ishga yaroqsiz bo\u2018lib qolmaydi. Jamiyatning zax yerto\u2018lasida yashab kelarkanman, butun umrimni shu xarob yerda o\u2018tib ketishiga aslo-aslo rozi bo\u2018lolmasdim. Bu joydagi quvurlar va uskunalar umuman yashash tartibiga talab bermas, hammayog\u2018i isqirtlikka botib ketgan, havosidan esa umuman nafas olib bo\u2018lmasdi. Tole\u2019yim kulib, istiqbolim gullaganida bormi, jamiyatning muhtasham mehmonlarida yashay olmagan taqdirimdayam istagan narxda o\u2018zim bop birorta boshpana sotib olgan bo\u2018lardim. To\u2018g\u2018ri, u yerda ham yashashning o\u2018ziga yarasha ma\u2019suliyati bo\u2018lardi, albatta, biroq jilla qursa erkin nafas olishim uchun loaqal toza havodan bahra olish baxtiga erishardim. Shunday qilib, ortiq bilaklarimdagi kuch-quvvatimni behuda sarf etmay, endi aql \u201csotuvchisi\u201d bo\u2018lishga qaror qildim.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Isyonchi jamiyatshunos<\/strong><\/p>\n<p>Mazkur qarorimdan so\u2018ng belimni mahkam bog\u2018lab, ilm ketidan shiddat bilan quvishga kirishdim. Kaliforniyaga qaytib kelib, kitoblarimni ochdim. Aql va miya \u201csavdogari\u201d bo\u2018lib shakllanarkanman, o\u2018z-o\u2018zidan shaxsimni jamiyatshunos qilib tarbiyalashim muqarrar bo\u2018lib qolgandi. Bir qator kitoblar ichidan ongimda o\u2018zim yaratgan jamiyatga oid tushunchalarning ilmiy rejasini tuzib chiqdim. Shaksiz, mendan avval o\u2018tgan va mening tafakkurimdan-da shuurlari o\u2018tkir bo\u2018lgan kimsalar ham bu xil nazariyalarga e\u2019tibor qaratgan bo\u2018lishlari mumkin. Biroq men o\u2018z nazarimda insoniyat uchun bag\u2018oyat kerakli bo\u2018lgan ulkan qoidalarni yaratmoqda edim. O\u2018zimni jamiyatshunos bo\u2018lib yetishayotganimni payqardim.<\/p>\n<p>Aslida jamiyatshunos degani bu isyonchi odamlar demakdir men uchun, shu sababdan ular hozirgi davr sharoitini tubdan o\u2018zgartirib, kelajak yillar uchun yaxshi bir tuzumni barpo qilishni ko\u2018zlardilar. Men ham ular kabi haqiqiy jamiyatshunos va ularday chinakam isyonchi bo\u2018lib qolgandim. Bir qancha dunyoqarashi keng isyonchilardan tarkib topgan ishchilar guruhiga qo\u2018shilib oldim va ilk marotaba ong bilan yashashni boshdan kechirdim. Bu yerda men o\u2018tkir mulohazalar va chuqur idrokka to\u2018la mushohadalardan voqif bo\u2018ldim, kuchli, aqli yuksak, mehnatkash odamlar bilan topishdim. Muqaddas ibodatxonalarda quruqdan-quruq safsata sotib, voizlik qilayotgan va\u2019zxonlaru dorilfunun ostonasini oyoqosti qilayotgan bilimsiz professorlarni ham o\u2018z qobiliyatlari hamda chuqur ilmlari bilan mot qiladigan shunday kuchli doira vakillarini topdim, ular bor shijoatlari bilan odamzodni cheksiz botqoqlik changalidan qutqarib qolishga harakat qilardilar.<br \/>\nMana shu haqgo\u2018y odamlar orasida men insonga xos bo\u2018lgan iliq e\u2019tiqodni, orzuparastlikni, xudbinlikdan chekinishni, bor illatlarni rad qilib, mehnat uchun jafokashlikni, ruhning bor saodatini anglab yetdim.<\/p>\n<p>Bu yerdagi hayot halol, pok va jonli kechardi. Nahotki yer yuzida mana shunday hayot ham mavjud bo\u2018lsa, g\u2018aroyib, shonli; qayta tirilganimdan nechog\u2018lik baxtiyor edim!.. Nihoyat izlay-izlay topganim bag\u2018oyat buyuk qalblar bilan hamnafas yashayotgandim, zotan bu dillarning ruhi g\u2018aram-g\u2018aram dollarlaru millionlab aqchalar ustidan masrur, beparvo uchib o\u2018ta oladi, biroq jami jahon tevaragidagi iqtisodiy tanglik borasida ular zinhor sukut saqlamaydilar, qahatchilikda halok bo\u2018layotgan bolakaylar faryodiga quloqlarini berkitib olmaydilar. Hayot naqadar go\u2018zallashib ketdi, ana olijanobligu ana oliyhimmatlik, ana qahramonlik qudrati, endi kunlarim quyosh nuriga cho\u2018milgan holda, tunlarim yulduzlar shu\u2019lasi ichra charog\u2018on o\u2018tardi; bir dam ko\u2018z oldimdan mislsiz qiynoqlarga to\u2018la, bir-biridan o\u2018tli, bir-biridan og\u2018riqli kechgan qora kunlarim o\u2018ta boshladi, nahot bir odam bolasiga shuncha zulm, shuncha ko\u2018rgilik yog\u2018ildi, berahmlik qurboni bo\u2018ldi u, ammo oqibat sho\u2018rlik baribir o\u2018sha yovuz muhitdan, achchiq hayot iskanjasidan qutulib chiqdi va hamma-hamma ko\u2018rganlarini ortga tashladi. Men ahmoq bo\u2018lsa o\u2018sha mudhish balolarning barini rohat-farog\u2018atga erishish yo\u2018lidagi arzimas zahmatlar deb tushunibman va o\u2018sha zahmatlar meni bir kunmas bir kun jamiyatning baland shohsupasiga ko\u2018tarib chiqadi, deya xomtama bo\u2018libman, behuda ro\u2018yo ortidan chopibman. Kaliforniyadagi ranchoyimga kelib endi o\u2018zgacha mulahazalar bilan \u201cDengizbo\u2018yi kutubxonasi\u201d romanlarini qaytadan mutolaa qilishni boshlagan kunimdanoq xayolimdagi ko\u2018p quruq dahmazalarni, to\u2018g\u2018rirog\u2018i, ro\u2018yolarning barini chiqarib tashladim. Shundagina butkul amin bo\u2018ldimki, ichimda to shu kunlarimga qadar saqlab kelgan o\u2018sha xomxayollarning barchasini o\u2018z idrokim bilan tamoman barbod qilibman.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Anglash<\/strong><\/p>\n<p>Ong \u201csotuvchisi\u201d sifatida ancha omadim keldi. Jamiyat bor eshiklarini mening istiqbolimga lang ochib berdi. Ana endi bemalol, to\u2018g\u2018ri muhtasham mehmonxonalarga kirib borar, qo\u2018l tekizishim mumkin bo\u2018lmagan narsalarni behadik ushlay olardim, biroq, biroq tezda yuragimni yana sovuqqonlik, bu xil turmushdan ixlossizlik, bezganlik hislari qurshay boshladi. Men oliymansab janoblar bilan bitta dasturxonda ovqatlanar, ularning serhasham ayollari va qizlari bilan birga taom yerdim. Tan olaman, bu kibor xonimlar did bilan kiyinishgan, yaxshilab bezanishgan edi, ammo sodda bir hayrat bilan shu narsani nogoh kashf qilib topdim, mening asl tabaqamdagi qora ishchi ayollarning ham badani shu xonimlarniki bilan bir xilda edi. Mana, polkovnikning sertamanno xotini bilan oddiygina ishchi Judi O\u201dGredining tanalari bitta tusda ekan, faqat xonimning yaltiroq liboslari uni yashirib turardi, xolos.<\/p>\n<p>Aqlimni lol qilgan narsa faqat bu emasdi. Rost, maloikalarday ko\u2018rinishga urinayotgan bu boylikka o\u2018ch ayollar, pulsevar erkaklar chiroyli tilda so\u2018zlashar, fikrlarini ravon ifodalay olishardi; ammo shunday bo\u2018lsayam ular yashayotgan hayot lavhalari nihoyatda rasvo, yemaklari harom edi, o\u2018zlari esa o\u2018lguday xudbin edilar! Qilib qo\u2018ygan ozginagina xayr-sahovat ishlarini ham ming martalab og\u2018iz ko\u2018pirtirib maqtanishar, holbuki, egnilaridagi allaqancha dollar turadigan bebaho kiyimlarini, qimmat taqinchoqlarini, og\u2018izlaridagi shirin taomlarini kichkina ishchi bolakaylarning peshona terisi orqasidan, nechog\u2018lik og\u2018ir mehnat evaziga kelayotganini bilishmasdi. Bu kabi asoslar firimdan kecharkan, xayolimda birdan Judi O\u201dGrediga tanadosh mana bu xonimlar to\u2018satdan insofga kelib, go\u2018yo qonga bo\u2018yalgan ko\u2018ylaklari va tilla taqinchoqlarini ustilaridan yulqib olishib, qattiq darg\u2018azab bo\u2018lgan qiyofalari jonlanib ketdi negadir, men emas, go\u2018yoki endi ularning o\u2018zlari uvollik va zavollik to\u2018g\u2018risida va\u2019z o\u2018qishar, jamiyatning zax yerto\u2018lalarida halok bo\u2018layotganlar qismatiga dil-dillaridan achinishardi. Biroq real hayotda bu lavha hech qachon akslanmasdi, albatta, olti yoshli bolakayning har tunda o\u2018n ikki soatlab qora terga botib ishlayotgan taqdiri bilan ularning bir mirilik ishi yo\u2018q edi, aslida mening hayotimni kulfatga aylantirayotganlar ham shular \u2013 Judi O\u201dGredidan bir pog\u2018ona ham yuksakda turmaydigan kalondimog\u2018 xonimchalar edi.<\/p>\n<p>Yaxshisi, ular bilan mening ham ishim bo\u2018lmagani ma\u2019qul edi. Men orasta kiyingan, aslzoda, aqlli ko\u2018rinadigan erkaklar bilan tanishishga kirishdim, ularning orzu-o\u2018ylari ham xuddi ko\u2018rinishlari kabi tiniq, asl va jonli bo\u2018lishi kerakday edi nazarimda. Jamiyatning eng baland kursilarini egallab o\u2018tirgan bir guruh voizlaru siyosatchilar, biznesmenlaru professorlar hamda noshirlar bilan ulfatchilik qilib yurdim. Ular bilan birga ovqat yer, birga sharob ichar, bitta mashinalarda yurar va shu asnoda ularni o\u2018rganib ham borardim. To\u2018g\u2018ri, kiborlar orasida rostdanam aqlli, aslzodalarni uchratdim ham, biroq ular benihoya kam edi, bo\u2018lganlari ham u qadar jo\u2018shqin emasdilar. Goho shu qadar ongim xiralashib ketardiki, hatto ikkala qo\u2018limdagi barmoqlarim hisobidan adashib ketardim. Baribir bu xil omma vakillarining bari chirik muhit ichida jonlana olmasdilar, harom turmush bag\u2018riga butunlay qorishib ketishgandi, faqat ahyon-ahyonda aslzodalarcha madaniyat qirralarini namoyon qilib qo\u2018yishardi, xolos, lekin shunchaki edi bular. Ayniqsa men tanishib olgan universitet professorlarining gaplarini aytib o\u2018tmasam bo\u2018lmasdi, ularcha \u201cko\u2018p aqlli bo\u2018lishdan hech foyda yo\u2018q edi\u201d.<\/p>\n<p>Jaholat urushlariga g\u2018oyalari qarshi bo\u2018lgan Tinchlik Shahzodalari deb ataluvchi \u201cqahramonlar\u201dni uchratganimda, balki endi fikrlarim o\u2018zgarib ketar, deb o\u2018ylagandim, ammo keyin bildimki, bu \u201ctinchliksevar\u201d kishilar o\u2018z fabrikalaridagi ish tashlashga chiqqan xodimlarini kiprik qoqmay otib yuboraverishar ekan. Yanayam dahshatlisi, o\u2018z olchoqligi bilan shafqatsizlarcha, tuturiqsiz vaysagan odamning qo\u2018rqinchli hikoyasi bo\u2018ldi, o\u2018sha yovuz kimsa har yili tug\u2018ruqxonalardagi chalajon tug\u2018ilgan go\u2018daklarni o\u2018g\u2018irlab, ularni o\u2018ldirar, evaziga kelgan mo\u2018may daromaddan qornini qappaytirib yurar edi.<\/p>\n<p>Men yo\u2018limda uchragan har bir klublaru uylardagi, mehmonxonalardagi odamlar bilan hamsuhbat bo\u2018laverdim, sanoat fabrikalarining zarhal kursilarida yastanib o\u2018tirgan boshliqlari bilan yuzma-yuz keldim va hayron qoldim, nega bu boshliqlar shuncha oz fursat ichida bunchalik boyib ketishdiykin? Bir tomondan ulardagi aqlni, ya\u2019ni biznes tuyg\u2018usining yaxshigina rivojlanganini ko\u2018rdim. Yana ularning ruhiyatlarini ham tushunib qoldim, bizneslari nol bo\u2018lgan kun ularning ham paytavalariga qurt tushib, tipirchilab qolishardi.<\/p>\n<p>Mana bu oriqqina, kibor qiyofadagi qo\u2018g\u2018irchoq-maniken fabrikasi va turli asbob-uskunalar korporatsiyasining direktori maxfiy ravishda beva ayollarni va yetimlarni o\u2018g\u2018irlab kelardi. Eng sara nashriyotlarni egallab olgan mana bu janob bo\u2018lsa o\u2018zini go\u2018yoki adabiyot homiysi kabi tutar, shaharchadagi barcha bosmaxonalarni ham o\u2018ziniki qilib olgandi. U o\u2018sha nashriyotlarida tibbiyot bo\u2018yicha maslahatlar chop etishdan hayiqmasdi-yu, ammo yonidagi bir varaq qog\u2018ozga o\u2018zining naqadar xudbin va olchoq ekanligini yozishga jur\u2019at qilolmasdi.<br \/>\nQarshimdagi bu janob esa, allaqancha ishchi va asboblarga ega odam, haromdan haq olishda ustasi farang, haqiqatni aytganda, tarbiyasiz bir xo\u2018jayin; manavi hokim bilan oliy sud hakami ham xuddi shunday; uchalasi ham bitta tovoqdan luqma yeyishardi. Idealizmning go\u2018zalliklari hamda Yaratganning marhamati to\u2018g\u2018risida jon kuydirib so\u2018zlayotgan janob esa hozirgina biznes ishida o\u2018z do\u2018stlarini sotib kelgandi. Ibodatxonalar dahosiga aylanib qolgan mana bu kishi bo\u2018lsa o\u2018zini behad saxovatpesha qilib ko\u2018rsatishga taraddudlanardi hadeb, xolbuki uning xususiy magazinlarida kuniga o\u2018n soatlab ishlaydigan bokira qizlarni ochlikdan sillasi qurigancha chunonam ishlatar, keyin esa to\u2018ppa-to\u2018g\u2018ri fohishaxonalarga ravona qilardi. Oliy ta\u2019lim boshqarmalaridan birining boshlig\u2018i esa daromad solig\u2018i bo\u2018icha sudda yolg\u2018on guvohlik berib, ikki nafar begunoh nochorni nohaqdan-nohaq o\u2018limga ro\u2018baro\u2018 qilgandi.<\/p>\n<p>Hamma joyda ahvol shu edi: jinoyat va xiyonat, xiyonat va jinoyat \u2013 jo\u2018shqin odamlar bor edi-yu, ammo ular chinakamiga na pok va na olijanob edilar, illo pok va olijanoblari esa jo\u2018shqin va haqparast emasdilar. O\u2018rtada notavon ulkan olomon ham turardi, ular na olijanob va na jo\u2018shqin edilar, oz-moz halol edilar, xolos. Ehtimol hech kimni ayblab bo\u2018lmas ham, jamiyat holatini uzil-kesillik yoxud ehtiyotkorlik bilan mutlaq bir yoqli qilib bo\u2018lmaydi, bu beqaror va betizgin jarayon, lekin ayni damdagi ahloqsizlik, sharmisorlik, yuzsizlik hamda olchoqlik kabi illatlarga-da aslo sustkashlik bilan yo\u2018l qo\u2018yib bo\u2018lmasdi. Zotan hali haqsevar, vijdonli, oliyhimmat insonlar tirik ekanlar, xiyonat va jinoyat dunyosi uchun foydali bo\u2018lgan bor amallarni tag-tomiri bilan yo\u2018qotib tashlash zarur edi.<br \/>\nVanihoyat shuni anglab yetdimki, men jamiyatning bu singari hashamatli saroyi ichida yashashni istamas ekanman. Miyam juda og\u2018rib ketgandi. Aqlan va ruhan bemorga aylanib qolgandim. Banogoh o\u2018zimga safdosh, fikrdosh va qo\u2018ldosh do\u2018stlarim yodimga tushdi, yuzsiz voizlaru vijdonsiz professorlardan ko\u2018ra yuragimga o\u2018zimning o\u2018sha ongli, halol ishchi o\u2018rtoqlarim azizroq edi, o\u2018sha quyosh nuriga chulg\u2018angan kunlarim, o\u2018sha yulduzlar charaqlagan fayzli tunlarim xotiramni yoritdi, menga o\u2018zim izlagan rostakam saodatni ato etadigan, mehru muhabbat hamda hoksor hayot nafasi ufurib turgan jannatiy go\u2018shamni behad sog\u2018indim. Yolg\u2018iz shu sog\u2018inchgina kuygan dilimga tuganmas harorat bag\u2018ishlab turardi. Kelajakka boqarkanman, endi meni oldinda hamisha yaraqlab, hamisha porlab turuvchi qutlug\u2018 kunlarim kutayotganiga astoydil umid qildim.<\/p>\n<p>O\u2018zlikka qaytish<\/p>\n<p>Shunday qilib, o\u2018zim tug\u2018ilib o\u2018sgan oilaga, soddagina ishchilar davrasiga qaytdim. Ortiq tepaga ko\u2018tarilish to\u2018g\u2018risida o\u2018ylamay qo\u2018ydim. Bir paytlar o\u2018zini ko\u2018z-ko\u2018zlab boshim uzra tovlangan mahobatli saroy shu tobda ko\u2018nglimga hech qanday havas o\u2018tini solmadi. Qasr ichidagi botqoqlik, chirkin muhit \u2013 aqlimni kirgizdi. Zotan endi o\u2018z qo\u2018llarim bilan, shu muskuldor bilaklarim bilan, shu qo\u2018ldosh, fikrdosh do\u2018stlarim yonida yelkama-elka turib, hammamiz birgalikda, o\u2018zimizning muhtasham saroyimizni quramiz. Biz yaratgan qasr ichida aslo chirik hayot sarqitlari, tiriklayin yerga tiqilgan jonlar nolasi, vahshatli xudbinligu badbin tushunchalar hukm surmaydi. Biz eng avvalo zax yerto\u2018lalarni yaxshilab tozalaymiz va u yerda odamzod uchun yangi bir yashash makonini yaratamiz, u makonda hech qanday hasham, hech qanday jimjimali bezaklar bo\u2018lmaydi, hamma xonalari musaffo va charog\u2018on bo\u2018ladi, biz nafas oladigan havoda esa poklik, oliyjanoblik, halollik harorati ufurib turadi hamisha. Axir chinakam hayot nafasi shunday bo\u2018lmaydimi?<\/p>\n<p>Mana, men anglagan hayot. Ertangi kundan shunday beadog\u2018 baxtiyor damlarni tiladim va ishondimki, tokim inson o\u2018z nafsidan ko\u2018ra nimanidir yuqoriroq qo\u2018yib, o\u2018sha yuksak orzusi yo\u2018lida kurasha boshladimi, shubhasiz, u albatta baxtli bo\u2018ladi. Odam bolasining ana o\u2018shanday saodatmand onlariga bog\u2018langan ishonch tuyg\u2018ularimni dilimga mahkam qilib tugib qo\u2018ydim. Yana shunga qattiq amin bo\u2018ldimki, ruhiy oromijonlik hamda hoksorlik hammavaqt irkit mechkaylik, olchoqlik, tubanlikni zabt eta oladi. Mening esa bor e\u2019tiqodim, bor mehru muhabbatim alaloqibat oddiy mehnatkash odamlar uchun fido bo\u2018ldi. Zero bir frantsuz kishisi aytgani kabi: \u201cDavr mashinasi doimo yog\u2018och kovush ostida sado bergaydir, moylangan oyoq kiyim esa baribir toyib ketgusidir\u201d.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em>Nyuton, Ayova<\/em><br \/>\n<em>1905 yil, noyabr<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Ingliz tilidan Qandilat Yusupova tarjimasi<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>JEK LONDON Men oddiygina ishchi oilasida tug\u2018ilganman. Juda yosh kezlarimdanoq o\u2018z xayolot olamimda kuchli xohish-istaklar, shu mavjud hayotga bo\u2018lgan beadad zavqu shavq hamda qo\u2018l yetmas orzular osmonini kashf qildim, ha, bu yorqin niyatlarim mening bola boshim uchun nechog\u2018lik mahol bo\u2018lishiga ham rozi bo\u2018lgan holda ularga butun qalbimni fido qildim. Holbuki, atrofimdagi muhit g\u2018oyatda achinarli, qo\u2018pol [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":595,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[27,30],"tags":[],"class_list":{"0":"post-593","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-avtobiografik-esse","8":"category-muharrir-tanlovi"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/593","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=593"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/593\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":596,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/593\/revisions\/596"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/595"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=593"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=593"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=593"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}