{"id":575,"date":"2026-05-01T23:17:23","date_gmt":"2026-05-01T18:17:23","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=575"},"modified":"2026-05-01T23:23:48","modified_gmt":"2026-05-01T18:23:48","slug":"yerga-qonmaydigan-qush","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=575","title":{"rendered":"Yerga qo\u2018nmaydigan qush"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><b><strong>NARGIZA ODINA<\/strong><\/b><b><strong>Y<\/strong><\/b><b><strong>EVA<\/strong><\/b><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><b><strong><em>Usmon Azimning hayotimda kimligi xususida<\/em><\/strong><\/b><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><b><strong>Vatan<\/strong><\/b><\/p>\n<p>Juda kichkina edim \u2013 eshitayotgan yangi so\u2018zlarimga izoh so\u2018raydigan vaqtim. Momom qaysidir bo\u2018yinsasining uyiga mehmonga borib kelib, falonchi bir vatan solibdi, bir vatan solibdi, deb Enamga gurung berdi. Bir muddat ichimda \u201cvatan\u201d nimaligi haqida o\u2018yladim. Tiniq tasavvur topmagach, tomorqada yer chopayotgan boboming yoniga bordim\u00a0<em>(bobom ketmonni yerga har urganda ich-ichidan \u201chih\u201d degan ovoz chiqarardi)<\/em>, vatan nimaligini so\u2018radim. Bobom bir muddat ketmoni dastasiga suyanib atrofga sinchiklab boqdi, keyin uyimizni, tuproqda o\u2018ynayotgan ukalarimni, ulkan, yam-yashil bog\u2018imizni, o\u2018choqda choy qaynatayotgan qaddi egik momomni ko\u2018rsatdi\u00a0<em>(esimni taniganimdan boshlab momom engashib yurardi. Nega unday yurishini so\u2018raganimizda, Xudoga salom berib yuribman, derdi)<\/em>. Eng chiroyli narsalar \u201cvatan\u201d dedi. Men uyga qarab chopdim. Vujudimda bir narsa boshlandi, ko\u2018nglim ichimga sig\u2018may anchagacha yugurdim. Eng chiroyli vatan biznikida, deb baqirib yugurdim. Bobom kulib tomosha qilib turdi. Biron harakatimizga bobomning jilmayib qarashi tasdiq, to\u2018g\u2018ri degan xulosani anglatardi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-583\" src=\"https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/photo_2026-04-12_12-37-35-e1777658029173.jpg\" alt=\"\" width=\"960\" height=\"574\" srcset=\"https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/photo_2026-04-12_12-37-35-e1777658029173.jpg 960w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/photo_2026-04-12_12-37-35-e1777658029173-300x179.jpg 300w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/photo_2026-04-12_12-37-35-e1777658029173-768x459.jpg 768w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/photo_2026-04-12_12-37-35-e1777658029173-696x416.jpg 696w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/photo_2026-04-12_12-37-35-e1777658029173-702x420.jpg 702w\" sizes=\"auto, (max-width: 960px) 100vw, 960px\" \/><\/p>\n<p>Bahor kunlarining birida bobom bilan adirga qo\u2018y haydadik. Yomg\u2018irdan oldingi shamol esib, ajib bo\u2018ylarni olib keldi, yuragim hapqirib ketdi. \u201cBobo, vatanning isi kelyapti\u201d, dedim. Bobom yana jilmayib, yelkamga alqovli qoqib qo\u2018ydi. Shundan keyin vatanning sarhadi kengayib bordi.<\/p>\n<p>Bobomning qaysi o\u2018git, momomning qaysi rivoyatlari ta\u2019sirida, bilmadim, keyinchalik uyimizning ertasi uchun peshonam terlab ish qilmagan kunim, ota-onam qancha qistamasin, ishtaha bilan, osh bo\u2018lib ovqat yeyolmaydigan bo\u2018ldim. Bo\u2018ynimdagi vazifamni sidqidildan maromiga yetkazmasam, o\u2018zimni vatanga xiyonat qilayotgandek his etardim\u00a0<em>(Xudo kechirsin, o\u2018sha vaqtlarda\u00a0Xudo va Vatan chegaralarini farqlolmasdim)<\/em>. Ko\u2018chada ko\u2018rgan har qaysi odamimga vatandoshligi uchun qo\u2018lini siqib, minnatdorchilik bildirgim keladigan davrlarni ham yashab o\u2018tdim.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><b><strong>Ustoz<\/strong><\/b><\/p>\n<p>Sinfimizning eng a\u2019lochisi bo\u2018lganman. 1-sinfdan boshlab sinf sardori edim\u00a0<em>(bu ma\u2019lumotni mazkur voqeada o\u2018zimni oqlash uchun keltiryapman, chog\u2018i)<\/em>. 2-sinfda ustozimiz \u201cErtaga maktabga kelmasligimizni, qishloqning boshida to\u2018y bo\u2018layotgani, hammamiz o\u2018sha to\u2018yga borishimiz\u201dni tayinladi. Uyga kelib ustozimning bor gapini bobomga\u00a0<em>(uydagi barcha qarorlarni bobom belgilardi)<\/em>\u00a0aytdim. Ertalab esa dalaga mol haydab ketdim. Tushda bir sinfdoshim maktabdan kelayotganini ko\u2018rdim. Unga \u201cbugun ustoz maktabga bormasligimizni aytgandi-ku\u201d, dedim. U ustoz bu gapni bizni sinash uchun aytganini, maktabga mendan boshqa hamma borganini bildirdi. Ustozdan juda xafa bo\u2018ldim. Ichimda tushuniksiz hislar dovul ko\u2018tardi.<\/p>\n<p>Ertasi maktabga bordim. Ustozim kecha nega kelmaganimni so\u2018radi. Ustozdan xafaligimga diqqat qaratib, shu vaziyatgacha biron bahona o\u2018ylab qo\u2018ymagan ekanman. \u201cO\u2018zingiz kelmanglar, to\u2018yga boringlar degandingiz-ku\u201d, deyolmadim. Tilimga kelgan yolg\u2018onni aytdim. Bobom kasal bo\u2018lib qoldi, yolg\u2018iz o\u2018zini qoldirmaslik uchun men yonida o\u2018tirdim, dedim\u00a0<em>(Unda hali dunyoda eng ishongan insonlarim bobom va ustozim edi. Ular yolg\u2018on gapirmasdi, xato ish qilishmasdi \u2013 insoniylikni shu jihatlar belgilaydi deb o\u2018ylardim)<\/em>. Ustozim boshqalar qarasa bo\u2018lmasmidi, degan savolni \u201cpost\u201d qilgandi, barcha oila a\u2019zolarimning band bo\u2018lgan ishlarini sanab beraverdim. Ustozimga yolg\u2018onni yodlangan she\u2019rdek aytdim-u, ko\u2018z oldimda dunyoni suv bosayotgani tasviri aylanaverdi. Ichimda ustozimdan juda xafa bo\u2018ldim, meni shu yolg\u2018onlarni eng hurmat qiladigan insonimga gapirtirayotgani uchun.<\/p>\n<p>Ustozlarni uyida ham yangi kiyimda yuradi deb o\u2018ylardim\u00a0<em>(4-sinflargacha ustozlarni uy kiyimida ko\u2018rmaganman. Birinchi marta eski kiyimda, boshqalar qiladigan yumushlarni qilayotganini ko\u2018rganimda hayotdan xafa bo\u2018lib ketganman)<\/em>. Ustozlar aytgan har qanday gap to\u2018g\u2018ri, rost deb o\u2018ylaganman. Hozir ham ustozlarning ko\u2018nglimdagi maqomi o\u2018zgarmagan. Umrim oyoqlagan sayin ustoz maqomi (xilqati), bahosini teranroq anglab boryapman!<\/p>\n<p><em>(Hozir ustozimning o\u2018sha gapiga ishonib (garchi sinfdoshlarim nazdida sinfimizdagi eng anqov o\u2018quvchi \u201cbahosi\u201dni olgan bo\u2018lsam-da) maktabga bormaganim uchun o\u2018zimdan xursand ham bo\u2018laman.)<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><b><strong>Odamlar<\/strong><\/b><\/p>\n<p>Hali maktabga bormasdim, \u201cOtalar so\u2018zi\u201dda bir mushtipar ona taqdiri ko\u2018rsatildi. Himoya qilib turadigan nevara armiyaga ketgach, o\u2018g\u2018il va kelin buvini qariyalar uyiga topshiradi. Buvining joni uzilayotganda o\u2018g\u2018il uyida do\u2018stlariga \u201co\u2018tirish\u201d qilayotgandi. Buvi qo\u2018lini cho\u2018zib, bolalariga ilhaq joni uziladi.<\/p>\n<p>Momom bilan Enam menga ishora qilib shivirlashdi, bu nimani tushinadikan, deb. Yig\u2018imni amallab tutib turgandim&#8230;<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-580\" src=\"https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/photo_2026-04-12_12-37-27-e1777658172122.jpg\" alt=\"\" width=\"960\" height=\"580\" srcset=\"https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/photo_2026-04-12_12-37-27-e1777658172122.jpg 960w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/photo_2026-04-12_12-37-27-e1777658172122-300x181.jpg 300w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/photo_2026-04-12_12-37-27-e1777658172122-768x464.jpg 768w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/photo_2026-04-12_12-37-27-e1777658172122-696x421.jpg 696w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/photo_2026-04-12_12-37-27-e1777658172122-695x420.jpg 695w\" sizes=\"auto, (max-width: 960px) 100vw, 960px\" \/><\/p>\n<p>Meni yupatish uchun ular rol o\u2018ynaganini, o\u2018lgan momo hozir uyida, nevaralari oldida mazza qilib, issiq ko\u2018k choy ichib o\u2018tirganini aytishdi. Lekin&#8230; \u201cOdamlar nega bunday?\u201d degan alammi, bir narsa tomog\u2018imda turib qolib, \u201cSi\u201d notada 2-3 soat, balki undan ham ko\u2018proq yig\u2018ladim. Bobom bozordan kelganda ham baqirib yig\u2018layotgandim. Akam Bobomni boshlab keldi, tentak bo\u2018lganmi, o\u2018zidan o\u2018zi baqirib yig\u2018lab yotibdi, hech kim hech narsa qilgani yo\u2018q, deb. Bobomning \u201cnima qildi?\u201d degan savoliga ichimdagi og\u2018riqni so\u2018z bilan ifodalab aytolmadim. Ichimdagi og\u2018riqni tushuntirishga ojizlik noqulayligi birinchi marta o\u2018shanda bo\u2018lgandi, keyin-keyin bunday vaziyatlar \u201cdehqonchilik\u201dka aylandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><b><strong>Hayot<\/strong><\/b><\/p>\n<p>Boshlang\u2018ich sinflarda o\u2018qiyman, bir qo\u2018shnimiz olamdan o\u2018tdi. Bolalarining kattasi 5 yoshlarda edi. Ketgan qo\u2018shnimizning \u201cyettisi\u201d kechasi 3-4 uy naridagi boshqa qo\u2018shnimiznikida kursdoshlar uchrashuvi bo\u2018ldi. To\u2018ydek shovqin chiqardi. Oliy ma\u2019lumotli mehmonlarni ko\u2018rishga qishloq yig\u2018ildi. Tomoshaga men bilan Bobom bormadik. Hayotning beshafqat, keskirligiga birinchi guvohligim edi. Ko\u2018rpaning tagiga kirib, azador qo\u2018shnimizdan xijolat bo\u2018lib qancha yig\u2018lasam yig\u2018ladim.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><b><strong>Ilk ilojsizlik<\/strong><\/b><\/p>\n<p>Televizorda ko\u2018ringan qahramonlarning dastro\u2018mol tutishi qiziq tuyulardi. Menda ham shunaqasi bo\u2018lsa-yu, xuddi shulardek ishlatib ko\u2018rsam, ro\u2018molcha tutish hissi qanday bo\u2018larkan derdim. Tilanim turtib uydan bitta shokilali ro\u2018molcha topib oldim. Yoyib, yuzimni obdon artdim. Burnimdan olov kirgandek besaranjomlik boshlandi. Momomga yugurdim. \u201cMomo, chidolmayapman\u201d, dedim. Qo\u2018l kuchi bilan hal qilib bo\u2018lmaydigan ilojsizlik, ojizlik tuyg\u2018usiga birinchi marta duch kelishim edi. Momom ro\u2018molchani ko\u2018riboq, \u201cHa, bolam-a, qalampir tuyilgan edi. Endi tomorqani aylanib chop, to\u2018xtamay chopaver, kuygani soviydi\u201d, dedi. 80 sotixli tomorqamizni necha marta aylandim, bilmayman. Yuzimning kuyishi og\u2018rig\u2018ini orqamda qoldirib ketoladigan misol o\u2018qdek uchganman va o\u2018sha tezlikdan taskin tuyganman. Hozir ham ilojsizlik, ojizlik nuqtalarida o\u2018sha voqeadagi kabi qattiq yugursam, yelkamdan qarab turgan yoqimsiz chorasizliklarni ortda qoldirib ketolsam, degan o\u2018y ko\u2018p o\u2018tadi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-584\" src=\"https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/photo_2024-10-05_07-09-34-e1777658265169.jpg\" alt=\"\" width=\"640\" height=\"350\" srcset=\"https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/photo_2024-10-05_07-09-34-e1777658265169.jpg 640w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/photo_2024-10-05_07-09-34-e1777658265169-300x164.jpg 300w\" sizes=\"auto, (max-width: 640px) 100vw, 640px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><b><strong>She\u2019r zavqi<\/strong><\/b><\/p>\n<p>8-sinfdan adabiyot darsini Boboyeva Nargiza ismli (Xudo rahmat qilsin) o\u2018zimdan 7 yosh katta o\u2018qituvchidan ola boshladim. Umuman boshqa olam boshlandi. Men she\u2019rni his qiladigan bo\u2018ldim. Shu vaqtgacha kundalik muloqotimdagi gaplarni ham qofiyalab, vaznsiz \u201cshe\u2019r\u201d shaklida sayrab yurardim. She\u2019r tabarruk narsaligini tushundim. Turoq, vazn, tashbeh, obraz, och va to\u2018q qofiya, missiya, g\u2018oya, falsafa kabi jihatlarni tushundim. O\u2018qigan she\u2019rimni his qilib uchadigan bo\u2018ldim. Adabiyot o\u2018qituvchim har darsida she\u2019r o\u2018qib beradi. So\u2018zning karomati meni tentak qilardi. Adabiyot ustozimning eng yaxshi ko\u2018rgan o\u2018quvchisi bo\u2018lish uchun har kuni \u201cshe\u2019r\u201d yozib boraman. Ilhomim oqsagan kunlari goho Momom \u201cqarashib\u201d yuboradi. \u201cMomo, avval kimdir yozmaganmi, aniq o\u2018zingiz to\u2018qiyapsizmi?\u201d deb ikkilanaman. Momom \u201cYo\u2018, yo\u2018, bolam, ishanayber!\u201d deydi. She\u2019rlarimni o\u2018qib Boboyeva ustozim mendan o\u2018tib quvonadi, men ustozimning eng yaxshi ko\u2018rgan o\u2018quvchisiga aylanaman. Kayfiyatim yerning kayfiyati bo\u2018lmay qoldi. Ovqatni ko\u2018rsam yetadi, yemasdan qornim to\u2018yib qoladi. Oldinda katta safar, tavakkallikdan yo\u2018l topish zavqi kutib turgandek hovliqardim. Har qaysi harakat, tezlik va kuch talab qiladigan ish-yumushlarda bir kishining vaqt imkoniyatida 2-3 kishining natijasini ko\u2018rsatardim. Atrofimdagilar buning ichida dev bor, shu uchirayapti, deyishardi. Qishlog\u2018imizning mendan 5-6 yosh katta terimchi qizlari kechgacha teradigan miqdorni men tushgacha tergan kunlarim ham bo\u2018lardi. Uncha-muncha bilagi baquvvat qizlar ham izzatini qilib, 4-5 kun to\u2018qiydigan qoqma gilamlarga qurilgan kunining ikkinchi shomini yuzlatmay adog\u2018iga yetardim. O\u2018zimni shu qadar qudratli \u2013 ikki qo\u2018lim bilan zaminni belbog\u2018dek ushlaydigan xomcho\u2018t olardim. Chunki she\u2019rni bilardim, his qilardim, go\u2018yo uchar edim.<\/p>\n<p>Qo\u2018shnimiz bilan bir kunda piyoz uzimiga tushdik. O\u2018rkanlab ketgan o\u2018tlarni chalg\u2018ilab, keyin piyoz terilardi. Qo\u2018shnimizning piyoz maydoni 20, bizniki 18 sotix. 20 sotixni mendan biri bir yosh, ikkinchisi ikki yosh kichik yigitlar chalg\u2018ilashga shay turibdi. Poyga taklif qilishdi. Oxirida qolgan bijildoq suv olib beradigan bo\u2018lib kelishdik. Chalg\u2018i bilan suzyapman. Shu o\u2018rmondan o\u2018tib ketsam, tezroq maktabni tugatsam, \u201cYerga qo\u2018nmaydigan qushlar\u201d hududiga yetib olsam, degan xayolda 18 sotixni tekislab chiqdim. Qo\u2018shnimizning tomorqasidagi \u201co\u2018rmon\u201dning anchasi hali tik edi. Yigitlarga bijildoq suv olib berishlari shartmasligini, hozir his qilgan kayfiyatimning o\u2018zi yetishini aytib \u201crahm\u201d qildim.<\/p>\n<p>She\u2019r zavqi menga fantastik shuur berardi. Otmagan tonglardan kelayotgan ohanrabo ruhimni o\u2018ziga jodular edi, oshiqtirardi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-581\" src=\"https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/photo_2026-04-12_00-50-47-e1777658372930.jpg\" alt=\"\" width=\"960\" height=\"666\" srcset=\"https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/photo_2026-04-12_00-50-47-e1777658372930.jpg 960w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/photo_2026-04-12_00-50-47-e1777658372930-300x208.jpg 300w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/photo_2026-04-12_00-50-47-e1777658372930-768x533.jpg 768w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/photo_2026-04-12_00-50-47-e1777658372930-218x150.jpg 218w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/photo_2026-04-12_00-50-47-e1777658372930-696x483.jpg 696w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/photo_2026-04-12_00-50-47-e1777658372930-605x420.jpg 605w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/photo_2026-04-12_00-50-47-e1777658372930-100x70.jpg 100w\" sizes=\"auto, (max-width: 960px) 100vw, 960px\" \/><\/p>\n<p>Keyin obdon kallaklandim.<\/p>\n<p>Yig\u2018lagim kelgan, lekin erkin yig\u2018lashning iloji bo\u2018lmagan kezlarda, yonimdagilarga, \u201cMen aktrisa bo\u2018lishim kerak edi o\u2018zi. Hozir yig\u2018la, denglar, yig\u2018lab beraman\u201d, derdim. Aktrisalikka uquvimni bajonidil sinashardi. Men shu niqob ostida ovozsiz yig\u2018lab berardim. Yonimdagilar, e, chini bilan yig\u2018layapti, qaranglar. Sening ko\u2018z yoshing ham katta-katta-ey, deb hayratlanishardi. Men shu tariqa mazza qilib yig\u2018lab olardim.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><b><strong>Nafsga teskari qutb<\/strong><\/b><\/p>\n<p>O\u2018sha kezlari uyda qattiq ta\u2019qibda edim. Kitob o\u2018qiyotganim, daftarga biron narsa yozayotganimni ko\u2018rib qolishsa baqir-chaqir, qattiq besaranjomlik boshlanib ketardi\u00a0<em>(Issiq kunlari ham nimcha kiyib yurardim. Ichki tomoniga \u201co\u2018g\u2018ri kissa\u201d tikib olgandim, ruchka va daftar solishga qulay qilib. Imkon bo\u2018lishi bilan daftarni devorga tutibmi, tizzamga qo\u2018yibmi, bitta satr bo\u2018lsa ham yozib olardim)<\/em>. Yozmay desam ichimdagi o\u2018tga chidolmas edim.<\/p>\n<p>Qorin g\u2018amiga konflikt hudud, nafsga butkul teskari qutb borligini his qilardim,\u00a0\u00a0unga yetib olish uchun bir yo\u2018l umidida radio, televideniye, gazeta, jurnallarga sanoqsiz xat yozardim. Birov-yarim xatim efirda o\u2018qilgani, aytib o\u2018tilganining o\u2018zi yetardi menga \u2013 \u201cYerga qo\u2018nmaydigan qushlar bor!\u201dligiga ishonchimni mustahkamlardi. Kelganimdan keyin qiyomat bo\u2018lishini bilsam-da, imkon qadar adabiyot tadbirlariga borib kelardim. O\u2018sha kezlar ko\u2018nglimni ukamdek his qilardim. \u201cShu go\u2018dakni bir mazza qildirib kelay, ichimda o\u2018lib-netib ketmasin\u201d derdim.<\/p>\n<p>Surxondaryoda \u201cAdabiyot kunlari\u201d bo\u2018layotgan ekan. Termizdagi litseyda uchrashuv bo\u2018lishini, Usmon Azim \u201cNargiz ham kelsin\u201d deganini aytib Shodmon aka Otamga telefon qildi (Shodmonqul Salomning Akasi bilan Otam qalin do\u2018st bo\u2018lishgan). Otam Usmon Azim ismini eshitib, \u201cNargizni aytgan\u201diga ishonib-ishonmay tadbirga yubordi.<\/p>\n<p>Tadbirda mening butun tanam uyushib qoldi \u2013 Usmon Azimning e\u2019tiroflarini eshitib. Yonimdagilarga \u201cGap aniq men haqimdami?\u201d degan savol nazari bilan qarab qo\u2018yaman.<\/p>\n<p>O\u2018sha tadbirda Otamning bir hamkasbi ham qatnashgan ekan. Otamga kelib qizingiz katta shoir ekan, Usmon Azim aytdi,\u00a0shunday uchirdi-shunday uchirdi, endi&#8230; rosa maqtadi, debdi. Otam shu kuni ichib keldi, butun oila davrasida menga rasman ochiqcha kitob o\u2018qish va nima yozgim kelsa yozaverishim ixtiyori berildi.<\/p>\n<p>Bitta xona mening shaxsiy hududim etib xatlandi. Hatto, 50 mingga\u00a0<em>(yaxshi pul edi)<\/em>\u00a0ataylab xontaxta sotib olishib, imkon qadar qulaylik yaratib berishdi. Uncha-muncha ishlardan ham ozod qilindim. Ovqat vaqtida chaqirishadi, boshqa vaqt \u201cijod\u201d qilaman. Otam derazadan har zamonda qarab ketadi. Xontaxta ustiga bir nechta kitobni ochib qo\u2018yganman. Shoshib qolganimdan 3-4 ta kitobni parallel o\u2018qiyman. Otam yana derazadan qarab turganini sezdim. Xursand bo\u2018lib Otamga qaradim, qarashimni kutib ketmay turgan ekan. Xontaxtadagi ochiq kitoblarga ishora qilib, \u201cQizim, tag\u2018in birovlarning kitobidan ko\u2018chirib, bizni sharmanda qilma\u201d, dedi. \u201cU yog\u2018idan xavotir olmang!\u201d dedim. Ovqatlanishga borganimda Enam \u201cNechta yozding?\u201d deb so\u2018rab turadi. Bir xil vaqtlari hazillashaman: \u201cYozolmayapman\u201d, deb. Enam \u201cEndi nima qilamiz?\u201d deb qayg\u2018urib qoladi. Men kulaman, ichimda Usmon Azimni bir alqayman, minnatdor bo\u2018laman.<\/p>\n<p>O\u2018sha yil tugab, Yangi yil kirayotganda telefonimizga Usmon Azimdan men va oilamizga bayram \u201csms\u201di keldi. Telefon Akamda turardi. Akam hovliqib kirib keldi. \u201cEy, Usmon Azim bayram bilan tabriklabdi, mana, o\u2018qi!\u201d Endi uyimizdagi kayfiyat to\u2018polon bo\u2018lib ketdi. Yangi yil bayrami ham esimizdan chiqib, undan yuqoriroq, boshqacha xursandchilik bo\u2018luvdi.<\/p>\n<p>Birinchi kitobimga yozilgan so\u2018zboshini o\u2018qib (Usmon Azim yozgan!) ham Otam\u00a0<em>(ichgan vaqtlari juda tiniq bo\u2018lib ketardi)<\/em>\u00a0yig\u2018lagan edi. \u201cLahzam ibodatdir, manzilim qiblam, \/ Yo\u2018lim joynamoz deb chiqdim safarga\u201d deb yozibsan, qizim, otaman, bilib-bilmay ozor bergandirman, kechir. Bu yo\u2018l oson emas. Igna bilan quduq qazish degani shu bo\u2018ladi, bo\u2018yningga olgan bo\u2018lsang, mayli, qanday yashaging kelsa yashayver, dedi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><b><strong>She\u2019riyat<\/strong><\/b><\/p>\n<p>MTS kompaniyasi 2 sentga 20 daqiqa gaplashadigan ta\u2019rif e\u2019lon qilgan vaqtlar. Xudo bersa quliga&#8230; Siroj bilan uzoq gaplashamiz, nechta 20 daqiqa tugab, yana ulanadi. O\u2018zi yaxshi ko\u2018rgan she\u2019rlarini kulminatsiya qilib navbati bilan o\u2018qiydi. Telefonni qulog\u2018imga o\u2018nglab qo\u2018yib, ro\u2018mol o\u2018rab olaman. Ishimni qilib yuraveraman. &#8230;Dunyo bozorining odamlari, ho,\u00a0 Oling, yuragimni sotgani keldim&#8230;; Bu dunyokim, mening ko\u2018nglim yarim etdi, Yarmi bilan kuylasam ham olam to\u2018lar&#8230;; Yerga bog\u2018lab qo\u2018yilganman, ildizim yer ostida&#8230;; Menga berolmaysiz hech qanday baho, Oyoqyalang bo\u2018lib dunyodan o\u2018tdim&#8230;; Tuproq bo\u2018lay desam nega qo\u2018ymaydursan?..; Meni ham bir alqang, ota, Men yer bo\u2018ldim, ota, yer&#8230;; Nimagadir kelmaydi o\u2018lging, Yashaging ham kelmaydi biroq&#8230;; Umrim tugayapti, yo\u2018qdir daraging!..; O\u2018zingni ayama, Beshafqat bo\u2018lgin, Joningga solib tur gohida burov&#8230;; Ona zamin, bir uchayin, qo\u2018yib yubor&#8230;; Menga bir tosh topib berolmading sen, Toshlari tuproqqa aylangan dunyo&#8230;<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-576\" src=\"https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/\u0411\u0435\u0437-\u043d\u0430\u0437\u0432\u0430\u043d\u0438\u044f.png\" alt=\"\" width=\"1000\" height=\"462\" srcset=\"https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/\u0411\u0435\u0437-\u043d\u0430\u0437\u0432\u0430\u043d\u0438\u044f.png 1000w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/\u0411\u0435\u0437-\u043d\u0430\u0437\u0432\u0430\u043d\u0438\u044f-300x139.png 300w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/\u0411\u0435\u0437-\u043d\u0430\u0437\u0432\u0430\u043d\u0438\u044f-768x355.png 768w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/\u0411\u0435\u0437-\u043d\u0430\u0437\u0432\u0430\u043d\u0438\u044f-696x322.png 696w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/\u0411\u0435\u0437-\u043d\u0430\u0437\u0432\u0430\u043d\u0438\u044f-909x420.png 909w\" sizes=\"auto, (max-width: 1000px) 100vw, 1000px\" \/><\/p>\n<p>Men telba bo\u2018laman. O\u2018zimga, turgan hududimga sig\u2018may qolaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><b><strong>Yerga qo\u2018nmaydigan qushlar<\/strong><\/b><\/p>\n<p>Do\u2018rmon seminari bo\u2018lyapti. Uyushma binosida bo\u2018ladigan tadbirga ishtirokchilarni olib borishgan. Liftda nechtadandir chiqib, boshqalar kutib turibmiz. Mening chiqish galimda Usmon Azim kelib qoldi. Men turgan joyimda xo\u2018rozqandday qotib qoldim. Ustoz \u2013 \u201cYerga qo\u2018nmaydigan qush\u201dni birinchi marta \u201cjivoy\u201d ko\u2018rishim edi. Liftda u kishining yonida chiqish hurmatsizlikdek tuyuldi. Liftning eshigi \u201cyana kimdir chiqsa\u201d degandek bir muddat ochiq kutib turdi, keyin yopildi. Men shu qotishda ancha qoldim.<\/p>\n<p>Tadbir tugab, qatnashchilar avtobusga chiqib, yo shu atrofda o\u2018zaro gurunglashib turibdi. Usmon Azimdan 3-4 metr berida men ham to\u2018xtab qolgan vaqtning ichida karaxtman, go\u2018yo. Shodmon aka Usmon Azim bilan \u201ctanishtirdi\u201d. Oyog\u2018im o\u2018zimga bo\u2018ysunmadimi, tortindimmi, hurmat yuzasidanmi, yonlariga borolmadim, uzoqdan salom berdim. Keyin ular jo\u2018nashdi. Abdulla Oripov, Usmon Azim, Shodmonqul Salom yurish uchun qilingan yo\u2018lak qolib, gazonning ustidan, bir-birining izidan iz bosib, ritmda qadam tashlab ketishdi. Bularning yurishi ham she\u2019r, deb to binolar pana qilguncha ko\u2018z uzmay turdim.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><b><strong>\u201cAzim\u201d majlislar<\/strong><\/b><\/p>\n<p>Termizda kechki vaqt viloyat hokimiyati binosi (!) yonida yig\u2018ilamiz. Sirojiddin Ibrohim navbati bilan Abdulla Oripov, Usmon Azim, Sirojiddin Sayyid, Eshqobil Shukur bo\u2018lib she\u2019r o\u2018qib beradi. U she\u2019rini o\u2018qib bering, bu she\u2019rini o\u2018qib bering, deb taklif\u00a0aytib turamiz. Siroj ohanglarini mixlaydi, biz shoirlarning o\u2018zidan eshitgandek qarsak chalamiz. O\u2018sha kezlar moddiyatimiz ruhiyatimizga shu qadar teskari proporsional edi. Bu majlisdan dunyodagi birinchi raqamli milliarderlar kayfiyatida qaytamiz. Qaytishda hammamiz Usmon Azim bo\u2018lib she\u2019r o\u2018qib qaytamiz. Azim \u2013 buyuk degani!<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-586\" src=\"https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5-e1777659131473.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"590\" srcset=\"https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5-e1777659131473.jpg 1280w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5-e1777659131473-300x138.jpg 300w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5-e1777659131473-1024x472.jpg 1024w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5-e1777659131473-768x354.jpg 768w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5-e1777659131473-696x321.jpg 696w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5-e1777659131473-1068x492.jpg 1068w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/05\/5-e1777659131473-911x420.jpg 911w\" sizes=\"auto, (max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/p>\n<p>Usmon Azimning she\u2019rlari mardonalik, bo\u2018yinga kelgan kunni tap tortmay, oliyjanob bo\u2018lib yashash, hayotga tik qarash, dushmanga ham kenglik qila olish, o\u2018z tarzingdan uyalmaslik, o\u2018zni ayamaslik, Xudoga qarab borish, qo\u2018yingki, zamindagi inson tushishi mumkin bo\u2018lgan barcha holatlarning nomini, she\u2019rning sarhadini, eng muhimi ruh ekanini hujayralarimizga singdiradi. Hali hammasi zo\u2018r bo\u2018ladi, deymiz.<\/p>\n<p>Shu zavqda, \u201cSiroj, Usmon Azimning qanday odam bo\u2018lishini bobosining otasi ham bilgan. O\u2018g\u2018liga Azim deb ism qo\u2018ygan\u201d, deyman. Siroj ham kulib tasdiqlaydi. Odamlar kim bilan zamondoshligini bilishmaydi, deb o\u2018zimiz bilganimizdan xursand, havoda suzib qaytamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><b><strong>\u201cBuyuk chevar\u201d<\/strong><\/b><\/p>\n<p>Bir gal men, Ustoz, Shodmon aka tushlik qildik. Surxondaryodan nimadir yumush yuzasidan Toshkentga kelganman. Ustozning tanlovi bilan hammamizga ko\u2018za sho\u2018rva aytildi. O\u2018sha kezlar men ham parhezni jiddiy tutardim. Shodmon aka ko\u2018za sho\u2018rvani tanovulga sozlayapti \u2013 biznikini ham. Ustoz \u201cno\u2018xat mumkinmasdi-ku, aytmabmiz-ku\u201d dedilar. Men va Ustozning ko\u2018zasidan no\u2018xat chiqmadi, Shodmon akaga atalganida bor ekan. Ustoz zavqlanib ketdi: \u201cKo\u2018rdingmi, Nargiz, Xudo buyuk chevar, ko\u2018rdingmi?! Ikkovimizga ham no\u2018xat mumkinmas! Shugina joylarini ham hisobga oladi\u201d, dedi. O\u2018sha kundan lug\u2018atimga \u201cBuyuk chevar\u201d ifodasi kirdi va keyin bu hikmatga ko\u2018p iymon keltirdim.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><b><strong>Hali hammasi zo\u2018r bo\u2018ladi!<\/strong><\/b><\/p>\n<p>O\u2018qishga kirolmay yig\u2018lab yurgan yillarim. Sirojiddin Ibrohim Ustoz sizni maqtabdi, yuring, jurnalni topamiz, dedi. Yozning jaziramasida, Siroj, Xurshid, men nechta \u201ckioski\u201dni bajonidil aylandik. Axiyri topdik. Uchalamiz bir-birimizdan o\u2018tib shodlanamiz.\u00a0Keyin o\u2018sha atrofdagi oshxonada tushlik qilamiz. An\u2019anaga muvofiq, Siroj bizni mehmon qiladi. Termizning egalaridek, o\u2018zimizdan mamnun ishtahada gurunglashamiz\u00a0<em>(Mahmud Abulfayz ustoz Sirojning atrofidagi o\u2018zidan katta, kichik yigit-qizlarni, o\u2018g\u2018illaring, qizlaring, deb yarim hazil, yarim chin ko\u2018p gapirardilar. Sirojning bizga rahnamo joylari bisyor bo\u2018lardi)<\/em>.<\/p>\n<p>Bu gaplarim maqtovga o\u2018ch ekan xulosasini bermasin. Ko\u2018p his qilaman: qushga don tashlab ushlab turamiz, kerak nuqtaga \u201cqamaymiz\u201d-ku, Xudoyam bandalariga shunaqa donlar tashlab boradi. Men bu joylarini umrimdagi shunday \u201cdon\u201dlar sifatida sanadim.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><b><strong>\u201cAzim\u201d Inson<\/strong><\/b><\/p>\n<p>Baxtiniso (Mahmudova)ni so\u2018nggi yo\u2018lga kuzatishdamiz. Uy hovlisida tumonat odam. Ular miyamdagi savol, o\u2018ylardek betartib harakat va shovqinda. Men ham bir burchakda, hayot bunga nega buncha beshafqat, nomard bo\u2018ldi degan og\u2018riq, tushuniksiz e\u2019tirozlar bilan ichimga so\u2018ngsiz tushib turibman. Uzoq, yaqindan taniganlarimga ko\u2018zim tushganda (<em>har xil hududlardan borishgan<\/em>) ulardan minnatdor bo\u2018lib qo\u2018yaman, shugina go\u2018dakning izzatini qilib kelgani uchun inson zotiga hurmatim oshib, baridan minnatdor bo\u2018laman.<\/p>\n<p>Baxtinisoning qushdek jonsarak yashagani, Turkiyaga shoshgani, uning jonsiz tani odamlar ustidan uchib kelgani va yana ko\u2018p ko\u2018nglini bo\u2018g\u2018inlagan og\u2018riqlarini eslab, yig\u2018lab turibman. Bir bitigida otasining ortidan ergashib borgani, otasi unga qayrilib ham qaramagani haqida yozgandi. Uning taqdirida jumboq ko\u2018p edi.<\/p>\n<p>Ko\u2018chadan erkaklar ovozi kelib turibdi. Navbati bilan Baxtiniso haqida gapirishyapti. Bir vaqt tanish ovozni ilg\u2018adim. Beixtiyor diqqatimni o\u2018sha tomonga yo\u2018naltirdim.\u00a0Usmon Azim Baxtiniso haqida katta ehtirom, samimiyat, mahzunlik bilan gapirayotgan edi. Tomog\u2018imda bir narsa tilimni ham, nafasimni ham bog\u2018ladi. Ustozning ovozlarini eshitib, yelkam silkinib-silkinib yig\u2018lay boshladim. Bilmadim, bu yig\u2018i musibatdanmi yoki Ustozga ehtiromdanmi&#8230; Har qanday tuyg\u2018u insonni yig\u2018lata oladi.\u00a0\u00a0Bir murg\u2018ak qizning hurmatiga shuncha yo\u2018l bosib, shu yoshda, shunday katta odam kelishlari mumkin ekan. Xudo yorlaqasin!..<\/p>\n<p>O\u2018sha kuni Ustozning yonlariga salom berishga borolmadim. Qandaydir salobatlari bosdimi yoki salomlashishning mavridi emas, deb o\u2018yladimmi&#8230; Shu tashrif Ustozni yanada \u201cAzim\u201d odamga aylantirgandi, nazdimda. Shaxs sifatidagi hurmatim nechi karra oshgan edi.<\/p>\n<p>Sheriklarim bilan shom aralash Termizga qaytdik. Baxtinisoni kuzatishga borganlar telegram guruh orqali yozishib ketyapti. Belgilangan bir sanada har yili yig\u2018ilib, Baxtinisoni xotirlashga, nimadir tadbirlar qilishga kelishishyapti.<\/p>\n<p>Men ichimda bu aytilganlari bo\u2018ladimi, yo\u2018qmi, Xudo biladi, Ustozning bugun kuzatishga kelganlari muhimi (yetadi), Baxtinisoga adabiyotning, katta she\u2019riyatning ehtiromi shu, deb ketyapman.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><b><strong>Vo-ya, dunyo-ya!<\/strong><\/b><\/p>\n<p>TerDUda tanishlar ko\u2018rishib qolsak, Usmon Azimning biron misrasi bilan muxtasar qilib ahvol so\u2018rashardik, holatlarimizdan bir-birimizni ogohlantirardik. Bir-birimizdan qolishmay, satrdan-satrga portlab borib, oxirida Usmon Azim odam emas, deb to\u2018xtardik. Insonning qirq bir qavat ichkarisidagi holatlarini she\u2019rga bu qadar tiniq sola olish odamning imkonidan xorij, deb mast bo\u2018lardik. Keyin, Ustozning gaplarini o\u2018zlarining ohangida takrorlab qo\u2018yardik: Vo-ya, dunyo-ya!&#8230;<\/p>\n<p>Men keyinchalik, ayniqsa talabalikdan oldingi va talabalik yillarimda juda mo\u2018rtlashib ketdim. Zarurat bo\u2018lganda ortimga qarasam, moddiyat tomonlama yordam olishga ko\u2018ngil to\u2018q hech kimim yo\u2018qdek edi. Va o\u2018zimni o\u2018zim tortishga erinib qolgan vaqtlar ko\u2018p bo\u2018lardi. Shunday vaqtlarda Buyuk chevarning kulminatsiyalaridan shu qadar lol edimki, aksariyat to\u2018xtab qolgan nuqtalarimda Ustoz to\u2018satdan telefon qilib qolardilar. \u201cNargiz, yaxshimisan, qiynalmayapsanmi?\u201d Nechidir daqiqa davom etgan gurunglarini, albatta, \u201cHali hammasi zo\u2018r bo\u2018ladi!\u201d degan sehrli so\u2018z bilan yakunlardilar. Men yana bajonidil yashashga kirishardim. Hali hammasi zo\u2018r bo\u2018ladi!<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><b><strong>Oliyjanob x<\/strong><\/b><b><strong>azinabonga ehtirom<\/strong><\/b><\/p>\n<p>Ustozning o\u2018zlarini mukammal qura olishlarida bo\u2018linmay ijod qilish sharoitini yaratib bergan ayolga rahmat aytishimiz, alqashimiz kerak eng avval. Xudo iste\u2019doddan qismagan taqdirda ham, agar ijodkorning biqiniga oilaviy dilxiraliklar botib tursa, diqqati bo\u2018linsa, arzigan-arzimagan tashvishlarga andarmon etilsa, ovozi o\u2018ziga ham yetmaydigan bo\u2018lib umrini xarjlashi hech gapmas. Bizga Usmon Azim fenomenini mukammal holda taqdim etgani uchun Yangamga millat va adabiyot nomidan har bir hujayram bilan ta\u2019zim qilaman. Ustozning sarhadlarini bizga to\u2018la-to\u2018kis (xiyonatsiz) saqlolganlari, tuhfa etolganlari uchun tashakkur!.. Noyob mulkning oliyjanob xazinaboniga tashakkur!..<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><b><strong>Adabiyotning boyligi<\/strong><\/b><\/p>\n<p>Dunyoda anglaganingiz sari bahosi tengsiz bo\u2018lib boradigan nomli va nomsiz boyliklar bor. Shunday boyliklardan birining nomi \u201custoz\u201d deb ataladi. Ular vaqt, imkon, naf, burch kabi umrning qiymatini belgilovchi omillarning sarlavhasi. Ular shogirdlarning, ortidagilarning yo\u2018l xaritasini tepadan ko\u2018rib turadi. Ular qalb me\u2019mori. Ularning xizmatlari evaziga insoniylikning qiyofasi tiniq, ma\u2019naviy va moddiy olamimiz bugun shu ko\u2018rinishda.<\/p>\n<p>Bir kishiga, bir oilaga, bir sulolaga, bir mamlakatga tegishli boylik, mulklar bo\u2018ladi. Shuningdek, millat, insoniyatga tegishli boyliklar ham. Usmon Azim ham millatning, adabiyotning, insoniyatning boyligi. She\u2019rlari, shaxsiyati-da umumbashariy qadriyat, tuyg\u2018u, g\u2018oyalarimizni chiniqtiradi, ikkilanganda qiblamizni tiniqlashtiramiz, e\u2019tiqod komposimizni sozlab olamiz har gal. Negizni anglagan sari yashash oson emas. Shunday odamlar bor eslaganingizda, ko\u2018rganingizda yashashga taskin olasiz, millat, vatan degan og\u2018riqni yodingizga qaytarasiz, yashashga arziydigan sabablar bor-ku, deysiz. Gapimning avvalini bekorga vatan tushunchasi bilan boshlamagan edim. Ichimdagi bu iqrorga ancha bo\u2018lgan \u2013 Usmon Azim mendagi Vatan hududining bir qismiga aylangan.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><b><strong>Qarz<\/strong><\/b><\/p>\n<p>O\u2018zimni ancha irodali odam hisoblayman. Lekin, inson zoti ojiz, ikkilanib bir joyda turib qolishlar, hayotga yengilgan nuqtalarni his qilgan vaqtlar, o\u2018zimga ishonmaslik vayronaliklarida Ustozning Otamning menga she\u2019r yozishga ruxsat berishiga sabab bo\u2018lgan gaplaridan qarzdorlik hissi ruhimni sergaklantiradi. She\u2019rni his qiluvchi o\u2018quvchi sifatida Usmon Azimning har so\u2018zi madad bo\u2018lib kelgan (tengqurlar, Ustozlar davralarda Usmon Azim sen haqingda shunday yaxshi gaplar aytdi, deb xabarlashib turishardi). Odam zoti shunday ojiz xilqat. Yelkasidagi yuk, bir taqdirni bir o\u2018zi yashashi, oldinga ishonch bilan qadam bosishi mushkul. Vaholanki, taqdirini hamma o\u2018zi yashaydi! Ammo atrofidagi, o\u2018zi hurmat qiladigan insonlarning daldasi, ishonchi ko\u2018p muhim. O\u2018zi, umuman, yaxshi odamlarning borligi yashashga dalda! Odamlardan yaxshilik, uni tushunish, odamiylik qarzdorligingiz umrga mas\u2019uliyat, e\u2019tiqodni ikki karra oshiradi.<\/p>\n<p>O\u2018shanda Otamning Usmon Azimning gaplariga ishongani ham oddiy, yaqindan tanimagan, hayotiy tutum, faoliyati boshqa-boshqa odamlar-da Ustozni katta Shaxs sifatida hurmat qilishlaridan, uning har qaysi gapi to\u2018g\u2018riligiga ishonishlaridan bo\u2018lgan.<\/p>\n<p>Juda uzoqdan aylanib keldim. Ustozdan nihoyatda\u00a0(!)\u00a0<em>(o\u2018zlarining ta\u2019biri bilan aytganda! \u201cNihoyatda!\u201d Shu so\u2018zni boshqa hech kim Ustozchalik suyib (his qilib) aytmasa kerak)\u00a0<\/em>minnatdorman. Ko\u2018zimni yumib ko\u2018rgan sarhadlarim, ko\u2018zimni ochib his qilgan, kashf etgan kengliklarim uchun Ustozga bo\u2018lgan ehtiromim O\u2018ziga ayon. O\u2018sha tadbirdagi gaplari bo\u2018lmaganda, Xudo biladi, hozir qay ko\u2018yda, qay ahvolda bo\u2018lardim.<\/p>\n<p>G\u2018ashlanmangizlar, hali biron karomat ko\u2018rsatmadim. O\u2018zi sog\u2018lik, xotirjamlik, umrdan qismasin, ichimda Ustozning ishonchini oqlaydigan kayfiyatim, katta nafas, safarlarim taraddudi bor. Hali hammasi zo\u2018r bo\u2018ladi!<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><b><strong>Manba: Oyina.uz<\/strong><\/b><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>NARGIZA ODINAYEVA Usmon Azimning hayotimda kimligi xususida Vatan Juda kichkina edim \u2013 eshitayotgan yangi so\u2018zlarimga izoh so\u2018raydigan vaqtim. Momom qaysidir bo\u2018yinsasining uyiga mehmonga borib kelib, falonchi bir vatan solibdi, bir vatan solibdi, deb Enamga gurung berdi. Bir muddat ichimda \u201cvatan\u201d nimaligi haqida o\u2018yladim. Tiniq tasavvur topmagach, tomorqada yer chopayotgan boboming yoniga bordim\u00a0(bobom ketmonni yerga har [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":581,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[24,26],"tags":[],"class_list":{"0":"post-575","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-adabiy-esse","8":"category-portret-esse"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/575","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=575"}],"version-history":[{"count":6,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/575\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":591,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/575\/revisions\/591"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/581"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=575"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=575"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=575"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}