{"id":566,"date":"2026-04-20T11:00:47","date_gmt":"2026-04-20T06:00:47","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=566"},"modified":"2026-04-20T11:00:47","modified_gmt":"2026-04-20T06:00:47","slug":"ozbek-atamasi-mazmun-mohiyat-va-talqin","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=566","title":{"rendered":"O\u2018zbek atamasi: mazmun, mohiyat va talqin"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>BAXTIYOR ALIMJANOV, tarixchi<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbek atamasi haqida yozish mushkul ish. Chunki ushbu istiloh haligacha falsafiy nuqtai nazardan anglanmagan. To\u2018g\u2018ri, bu xususda shoiru yozuvchilarimiz talaygina asarlar yozishgan. Lekin ularning \u201co\u2018zbeklari\u201d men uchun begona. Negaki, bu asarlarda o\u2018zbek atamasi siyosiylashgan, mafkuralashgan va tarixiylashtirilgan.<\/p>\n<p>Zamonaviy ziyolilarimiz o\u2018zbek istilohini ko\u2018proq Vatan va millatga bog\u2018lashadi. Bunday yondashuv mazkur atamani kambag\u2018allashtiradi va siyosiylashtiradi. Nazarimda, o\u2018zbek tushunchasi siyosiy va tarixiy kontekstlardan xoli bo\u2018lmog\u2018i lozim. Jadidlar o\u2018zbek so\u2018zini millat tushunchasiga bog\u2018lab, yevropacha talqinni olg\u2018a surgandi. Bu esa, konstruktivizmning bir ko\u2018rinishidir, ya\u2019ni bunda o\u2018zbek atamasi \u201cmillat qurish\u201d materialiga aylantiriladi.<\/p>\n<p>O\u2018zbek tushunchasi qotib qolgan hodisa emas. U zamon talabiga qarab shakllanmaydi, balki shu yurtda yashaydigan insonlarning orzu-umidariga bog\u2018liqdir. Ya\u2019ni o\u2018zbek tushunchasi bevosita va bilvosita kelajak anglami bilan bog\u2018liq.<\/p>\n<p>Bu atama barcha diskurslardan xoli bo\u2018lgan holda yaqin orada hayotiy prinsipga aylanadiva hammaning manfaatiga xizmat qiladi. Masalan, amerikalik tushunchasi emigratsiya bilan bog\u2018liq. Ushbu istiloh aniq manfaatlarni aks ettiradi va barchaga \u201camerikacha orzu\u201d, ya\u2019ni mehnat qilsang, boylikka erishasan, chunki bu diyor imkoniyatlar mamlakati, degan orzuni taqdim etadi. Afsuski, o\u2018zbek atamasi bu borada aniq bir orzuni ifoda etmayapti. Ko\u2018p hollarda faqat vatanparvarlik tushunchasi orqali talqin qilinyapti. Bu so\u2018z mustaqil anglamga aylanmagni, ziyolilarimiz uni teran tushunmayotgani falsafiy muammoni keltirib chiqarmoqda. Mazkur holatda men ushbu tushuncha haqida yozishim uchun aforistik usulni tanladim. Quyidagi tezislar o\u2018zbek istilohiga ozgina yangi ma\u2019no-mazmun kiritsa, boshim osmonga yetardi.<\/p>\n<p>O\u2018zbek tushunchasi, deganda zamondan ortda qolgan postmodernist ko\u2018z oldimga keladi. Bir vaqtning o\u2018zida u giperidealist va bu tushuncha o\u2018z potensialini doimo berkitadi. Postmodern va giperidealist qorishmasi o\u2018zbek ongu-shuurini parchalangan holda aks ettiradi. Bu parchalangan ong modernni tan olmaydi va ayni paytda mantiqiy hamda ijtimoiy holatda insonni faqat foyda olishga yo\u2018naltiradi. Ya\u2019ni bu parchalangan ongning eng oliy qadriyati foyda olish bo\u2018lgani bois faqat \u201chozir\u201dni\u00a0 tan oladi va zamonaviylikdan xoli bo\u2018ladi. Shuning uchun u doimo kolonial va postkolonial ong shakllari orasida aylanib yuradi. Oddiyroq qilib aytganda, bu ongning shaxsda namoyon bo\u2018lishi intellektual ojizlikka olib keladi va u hamisha o\u2018ziga ustoz qidiradi, mustaqil fikrlashdan yiroqlashadi.<\/p>\n<p>O\u2018zbek atamasi falsafiy muammodir. Uning ildizi shundaki, faqat \u201chozir\u201dni, ayni vaqtni tan oladigan o\u2018zbek atamasi barcha muammolarga yechimlarini tez va oson topadi. Yoki atrofni tez ko\u2018chiradi o\u2018zlashtiradi. Mustaqil tafakkur va erkin tanlovdan xoli bo\u2018ladi. Bu esa, postkolonial holatni eslatadi. Ya\u2019ni o\u2018zbek atamasi kolonial va postkolonial mafkuraning kuchli bosimi ostida \u201crivojlanmoqda\u201d. Nazarimda, o\u2018zbek bo\u2018lib tug\u2018ilmaydilar, shakllanmaydilar. O\u2018zbek \u2013 bu ontologik invariant holatdir. O\u2018zbek bo\u2018lishdan boshqa tanlov yo\u2018q. Bir vaqtning o\u2018zida u tanlovdir. Ya\u2019ni geografik joy, til, madaniyat tanlovidir. Masalan, hozirgi kunda Toshkentda ko\u2018plab bu millat vakillari faqat pasportda o\u2018zbekdir. Ular aksar hollarda na o\u2018zbek tilini, na milliy madaniyatni biladi. Chunki ana shu insonlarning fikricha, o\u2018zbek \u2013 bu erkin tanlov, konstruktivizm emas. Ya\u2019ni yevropalashgan o\u2018zbeklarda shakl va mohiyat ajralgan. Ong esa parchalangan. Va mazkur holat \u201co\u2018sib\u201d bormoqda. 10-20 yildan keyin qanday oqibatlar kelib chiqarkan? Faqat o\u2018zbek atamasining shakli qoladi, shekilli. Yevropalashgan o\u2018zbek uchun bu atama qotib qolgan va zamonaviylikni aks ettirmaydi, faqat \u201chozir\u201dni ifodalaydi. Ana shu holatda biz \u201chozir\u201d va \u201czamonaviylik\u201d tushunchalarining ajratilganini kuzatyapmiz. Bu parchalangan ong holatidir. O\u2018zbek istilohi ushbu vaziyatda o\u2018z kelajagini aniq tasavvur qila olmayapti. Paradoks: ayni paytda o\u2018zbek atamasi o\u2018zini o\u2018zi shakllantiryapti. Mazkur jarayon esa, atamaning istalgan talqinga ochiqligini ko\u2018rsatib turibdi. Bu, albatta, ijobiy holat. Jamiyatimizda kolonial va postkolonial bosimdan chiqish umidi oshyapti. Lekin ushbu jarayon anglanmayapti, ya\u2019ni ongsiz yo pala-partish shakllarda namoyon bo\u2018lmoqda. Shuning uchun ham o\u2018zbek atamasi \u201cmillat\u201d yo \u201cmilliy\u201d tushunchalariga singib ketmayapti. Meningcha, buni me\u2019yoriy holat deb qabul qilmog\u2018imiz lozim. O\u2018zbek uchun normallik xos. Bu esa, tanlovni shakllantiradi va o\u2018z o\u2018rnida, umid uyg\u2018otadi. Nazarimda, o\u2018zbek atamasining \u201cstili\u201d vujudga kelishi arafasidamiz. Chunki bu istilohning o\u2018zi ham parchalangan: shakli va mazmuni bir-biriga zid, ya\u2019ni o\u2018zbek atamasi o\u2018zida \u201cboshqa\u201d obrazni shakllantirgan. Va ushbu holat umid uyg\u2018otadi ham! Fizikadan ma\u2019lum, zarra ichidan qancha parchalansa, shuncha ko\u2018p energiya ishlab chiqaradi. O\u2018zbek atamasining potensiali ulkan. Bu \u201cuxlab\u201d yotgan va parchalangan, o\u2018z-o\u2018zi bilan kurashayotgan tushuncha, u o\u2018zligini tiklaydi, albatta.<\/p>\n<p>Mazkur jarayon jamiyatda va madaniyatimizda tafovutlarni ko\u2018paytiradi. Farqlar bu atamaning hozirgi kunda eng turg\u2018un belgisidir. Shuning uchun o\u2018zbek istilohi \u2013 eng optimistik tushuncha. Undan optimizm (nekbinlik) ufurib turibdi. Bu holat menga mashhur faylasuf Xomi Babaning \u201cIkki, lekin birdan kichkina\u201d degan aforizmini eslatadi. Ya\u2019ni o\u2018zbek atamasi, Xomi Baba aytganidek, mudom o\u2018zligini qidiryapti. Jamiyatda buni odamlarning yaxshi hayotga chanqoqlik bilan intilishlarida kuzatyapmiz. Ayni paytda umidsizlik ushbu holatning ajralmas qismidir. Chunki yaxshi yashash falsafasida insonlar kkelajak umidi bilan umrguzaronlik qiladi. Kelajak esa, xavotirni olib keladi. Bu holat o\u2018zbek atamasiga ta\u2019sir ko\u2018rsatmoqda. Shu boisdan bo\u2018lsa kerak, o\u2018zbek yashashga shoshiladi.<\/p>\n<p>O\u2018zbek istilohining eng anglangan tomoni \u2013 yashab qolish, keksalikka yetish, baxtli bo\u2018lish, farzandlar kamolini ko\u2018rish&#8230; Ana shu jihatlar o\u2018zbek atamasini xiralashtirmoqda, chunki bunda shakl va mazmun kurashi mavjud. Imkoniyatlar va real voqelik inobatga olinayotgani yo\u2018q. Mazkur jarayonda o\u2018zbek atamasiga aniq ta\u2019rif berish mushkul. O\u2018zbek tushunchasi noaniq, ilg\u2018ab bo\u2018lmaydigan, doimiy emas va chegaraviy xarakterga ega. Bu holatda inson o\u2018zi har kuni o\u2018zbekligini ixtiro qilmog\u2018i darkor. Bizda esa, ommaviy axborot vositalari va siyosatchilar bu ish bilan mashg\u2018ul. Mazkur jarayonda siyosiy va mafkuraviy omillarning atamaga ta\u2019siri sezilarli darajada kamayadi va aksar hollarda istilohga unsurlar kuch bilan singdiriladi. Lekin ushbu holat uzoqqa cho\u2018zilmaydi. Ya\u2019ni o\u2018zbek atamasi doimo izlanishda. Gohida o\u2018zbek o\u2018zbekchilikni erkin tanqid qiladi, hayotdan noliydi. Buning esa, atamaga ta\u2019siri sezilmaydi. Chunki parchalangan ong va xafagarchilik tushunchada aks etmaydi. Mantiqsiz belgilari so\u2018zda ifoda topganda, o\u2018zbek atamasi normallashadi. Faqat bu so\u2018z barcha diskurslardan xoli bo\u2018lishi zarur. Qiziq, o\u2018zbek o\u2018zini mantiqiy tushuntirib bera olmaydi. Chunki har bir o\u2018zbekning o\u2018z mantig\u2018i bor. Shuning uchun o\u2018zbek bu kollektiv atama emas. Shu jihatdan etnograflar adashadi.<\/p>\n<p>O\u2018zbek \u2013 kollekiv shaxs emas. Balki unda individualiz belgilari ko\u2018p va o\u2018zbek shu belgilarni doimo berkitadi. Ayni sababdan o\u2018zbekni yevropalik tushunmaydi. Ya\u2019ni o\u2018zbek, Kant aytganidek, \u201co\u2018zida\u201d, uni sirtdan anglab bo\u2018lmaydi. O\u2018zbek o\u2018zining o\u2018zligini anglashi mumkin. U doimo ma\u2019no-mazmun qidiradi va izlanishda abadiy kategoriyalarga tayanadi. Bu esa, uning adolatni izlashida namoyon bo\u2018ladi. Bir qarashda o\u2018zbek siyosatdan uzoq, faqat o\u2018z oilasi manfaatlarini o\u2018ylaydigandek. Mohiyatan esa, u siyosatdan boxabar, oxirgi yangiliklarni bilishga intiladi va hech kimdan yordamini ayamaydi. Bu jihatlar ongning parchalangani va doimiy intilish zaruriyati mevasidir.<\/p>\n<p>O\u2018zbekning energiyasi imkoniyatlari bilan mos tushmaydi. Bu holat uni doimo \u201cg\u2018imir-g\u2018imirlash\u201dga undaydi. O\u2018zbek uchun Yer sayyorasi kichkinalik qiladi. Qizig\u2018i, o\u2018zbek o\u2018zi bilan yolg\u2018iz qolishdan qo\u2018rqadi va bu qo\u2018rquv oila instituti oliy qadriyatga aylanishiga olib keldi. Ayni paytda o\u2018zbek hech narsadan qo\u2018rqmaydi, hamma bilan kelishadi, barchaning ko\u2018nglini oladi. O\u2018zbek faqat o\u2018zi bilan kelishmaydi. U \u2013 na Sharq va na G\u02bbarb odami. Uning qalbiga butun dunyo sig\u2018adi. Shuning uchun ham u migratsiya qiladi va yangi joyga tez ko\u2018nikadi, lekin ich-ichidan vatanini sog\u2018inadi. O\u2018zbek \u2013 bu doimiy harakatni anglatadi!<\/p>\n<p>O\u2018zbek doimo o\u2018zining his-tuyg\u2018ularini berkitadi. Lekin ginani yaxshi ko\u2018radi. U uchun his-tuyg\u2018u muqaddas va buni kim bilandir bo\u2018lishishni istamaydi. Muvozanatga intiladi. Ruh muvozanatiga! Jon rohati uning uchun eng oliy baxt. Sahardagi osh o\u2018zbek uchun dunyo falsafasini tushunadigan joy va bir vaqtning o\u2018zida sarhisob ham. O\u2018zbek o\u2018zi to\u2018g\u2018risida o\u2018ylashni yaxshi ko\u2018rmaydi, sirlarini mudos yashiradi. Eng oliy sir \u2013 bu o\u2018zbekning hozirgi kundagi turmushi. Tarix o\u2018zbek uchun o\u2018tmish va kelajakka qo\u2018yilgan narvon emas. u o\u2018z tarixini doimo o\u2018zi yaratadi. o\u2018zbek yashash uchun doimo harakatda. doimiy harakat esa, tafakkur qilishga xalaqit beradi. O\u2018zbek o\u2018z fikrlaridan cho\u2018chiydi, shuning uchun kam gapiradi. O\u2018zbek tarixning eng g\u2018alati sub\u2019yektidir. O\u2018zbek bu postmodern mahsuli, shuning uchun ham u posthaqiqat bilan yashaydi. O\u2018zbek o\u2018z-o\u2018zicha faylasuf va sosiologdir. O\u2018zbek \u2013 sayyoramizdagi eng irodali inson.<\/p>\n<p>O\u2018zbekning shiori: \u201cHech narsaga qaramay harakat qilish va yashash!\u201d. Shu boisdan ham o\u2018zbek qo\u2018ldan berilgan kelajakni yaqinda qayta o\u2018z nazoratiga oladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong><em>Manba: \u201cVatan\u201d jurnali, 2025\/\u21163<\/em><\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BAXTIYOR ALIMJANOV, tarixchi O\u2018zbek atamasi haqida yozish mushkul ish. Chunki ushbu istiloh haligacha falsafiy nuqtai nazardan anglanmagan. To\u2018g\u2018ri, bu xususda shoiru yozuvchilarimiz talaygina asarlar yozishgan. Lekin ularning \u201co\u2018zbeklari\u201d men uchun begona. Negaki, bu asarlarda o\u2018zbek atamasi siyosiylashgan, mafkuralashgan va tarixiylashtirilgan. Zamonaviy ziyolilarimiz o\u2018zbek istilohini ko\u2018proq Vatan va millatga bog\u2018lashadi. Bunday yondashuv mazkur atamani kambag\u2018allashtiradi va [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":572,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[19,23],"tags":[],"class_list":{"0":"post-566","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-falsafiy","8":"category-publitsistik"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/566","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=566"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/566\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":573,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/566\/revisions\/573"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/572"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=566"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=566"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=566"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}