{"id":561,"date":"2026-04-17T16:58:27","date_gmt":"2026-04-17T11:58:27","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=561"},"modified":"2026-04-17T17:11:02","modified_gmt":"2026-04-17T12:11:02","slug":"mavjlanar-tinimsiz-mavjlanar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=561","title":{"rendered":"Mavjlanar, tinimsiz mavjlanar"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>USMON AZIM<\/strong><\/p>\n<p>Jurnalga maqola yozib berish majburiyati zimmamga yuklatilgandan so\u2019ng ancha o\u2019yga toldim. Yozishim kerak bo\u2019lgan maqola mavzusi menga juda qiyin tuyuldi. Nimasi qiyinligini tushuntiray.<\/p>\n<p>Bu mavzu baribir o\u2019zim haqimda ekanligini bilaman. Buning esa bir xavotirli joyi bor. Gap shundaki, hayotimda kechgan ba\u2019zi o\u2019rinlarni eslashga to\u2019g\u2019ri keladi. Bu xotiralarning esa odam o\u2019zi bilan olib ketadigan joylari borday tuyuladi menga&#8230;<\/p>\n<p>Ha, hozir yozayotgan hayot lavhalarining ko\u2019pining ular kechgan paytdayoq ma\u2019nosini chaqqanim yo\u2019q. Bu voqealardan keyin yoshim bir joyga yetganda \u2013 ma\u2019lum bir xulosalar chiqarganman&#8230;<\/p>\n<p>Haqiqiy yozuvchi-shoirlarning hayoti va ayniqsa ijod jarayoni chetdan qaraganda bir-biriga o\u2019xshash \u2013 juda sodda, aniqday tuyuladi&#8230; Ha endi, kallaga nimadir kelgach, stolga o\u2019tirasan-da, yozib tashlaysan. Tamom.<\/p>\n<p>Ammo har bir ijodkorning ijod yo\u2019li o\u2019ziga xos izlanishlarga to\u2019la noyob hodisakim, u ma\u2019lum bir kishining hayoti doirasida qolib ketmasligi bilan ajralib turadi. Uning dunyoga o\u2019zgacha ko\u2019z bilan qarashi (o\u2019ziga xoslik deymizmi?), so\u2019zlar mutanosibligini yuksak darajada his qilishdan kelib chiqadigan alohida injalik, asarlaridagi tushuntirish mushkul allaqanday sehr, hayot haqiqatining badiiy haqiqatga aylanishi tufayli kundalik tashvishlarning go\u2019zal, teran, kulgili, dramatik va ba\u2019zan fojiali tus olishi alohida tajribakim, bu tajriba ijodkorning yaratuvchilik qobiliyati sababidan ko\u2019pchilikni rom etadi. Tulkiday qilpillagan, bo\u2019riday irillagan bu dunyoda inson qadri borligini qayta his qildiradi. Adolattalablik, or-nomus, millatparvarlik, insonparvarlik, vatanparvarlik kabi ulug\u2019 xislatlarini kitobxonlarga yuqtiradi. Vatanni sevishga o\u2019rgatadi.<\/p>\n<p>Bizda kam aytiladigan bir gap: haqiqiy ijodkor Parvardigor mukammal yaratgan dunyoning har bir jilvasidan hayratga tushadi. Bu hayrat uning ongini, ruhini, bor-yo\u2019g\u2019ini tuyrab o\u2019tadi. Mana shu mahobatli hayratni qog\u2019ozga tushira olish mahorati esa juda nodir va noyob bir hodisakim, bu maqomga ko\u2019tarilish hamma ijodkorga ham nasib etavermaydi. Ko\u2019tarilish nasib etganlar esa dunyoning mukammalligini va o\u2019z hayratining manbasini ich-ichdan sezadi. \u201cVoh, tangrim!\u201d deb nogahon pichirlaydi u bir kunmas-bir kun. Bu pichirlash barcha hayqiriqlardan baland yangraydi&#8230;<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-563\" src=\"https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/920__95_3057401224.jpg\" alt=\"\" width=\"920\" height=\"614\" srcset=\"https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/920__95_3057401224.jpg 920w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/920__95_3057401224-300x200.jpg 300w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/920__95_3057401224-768x513.jpg 768w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/920__95_3057401224-696x465.jpg 696w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/920__95_3057401224-629x420.jpg 629w\" sizes=\"auto, (max-width: 920px) 100vw, 920px\" \/><\/p>\n<p>Xullas, buyuk adiblarning barchasi o\u2019rtanib yozish unga bekor nasib etmaganini anglaydi. U yolg\u2019ondan, xushomaddan, mayda manfaatlardan ozod \u2013 inson ruhini maydalab tashlaydigan ming turfa illatlarga nafrat bilan qaraydigan, adolat va haqiqat tarafidagi ulkan shaxsga aylanadi.<\/p>\n<p>Men Sharq adabiyotidan emas, chetroqdan bir misol keltirib o\u2019taman.<\/p>\n<p>Mudom og\u2019riqli izlanishda bo\u2019lgan Lev Tolstoy umrining oxirida pravoslav cherkovining qotib qolgan aqidalarini rad etgan. Bu qarashlari uchun cherkov rahnamolari uni \u201cla\u2019nat\u201dlagan va&#8230; uni cherkovdan \u2013 xristianlikdan mahrum etganlar. Holbuki, Tolstoy nasroniy aqidasining tamal toshi \u2013 uchlik (\u201ctroitsa\u201d)dan voz kechib, o\u2019z aqli va ruhi bilan yakkaxudolikka \u2013 islomga juda yaqinlashib kelgan edi. Rus adabiyotshunosligi Tolstoyning bu kechinmalarini eslashni xush ko\u2019rmaydi. Ammo haqiqat xuddi shunday.<\/p>\n<p>O\u2019zbek teatrining asoschisi Mahmudxo\u2019ja Behbudiy ham ijodning bu yo\u2019rig\u2019ini his qilgan. U maqolalaridan birida \u201cteatr masxarabozlik\u201d emasligini qat\u2019iy ta\u2019kidlab o\u2019tadi. Bu o\u2019rinda \u201cmasxarabozlik\u201d so\u2019zini kengroq tushunishimiz lozim. Ayniqsa, oldi-qochdi, yengil-yelpi asarlar yozishga moyillik ko\u2019payib ketayotgan hozirgi paytda bu hol ham o\u2019sha ulug\u2019 jadid Behbudiy ko\u2019zda tutgan \u201cmasxarabozlik\u201dning bir ko\u2019rinishi ekanligini eslatib turmog\u2019imiz lozim.<\/p>\n<p>Yozishda ilohiylik borligini ta\u2019kidlashdan tolmasligimiz kerak. Yozish (rost tuyg\u2019ular, o\u2019rtanishlar) ibodat ekanligini anglamog\u2019imiz zarur. Bu hol \u2013 haqiqiy adabiyotning muhim bir rukni sifatida \u2013 adabiyotga qarashni shakllantirishga ko\u2019mak beradigan adabiyotshunosligimizda ham aks etishi lozimday tuyuladi menga&#8230;<\/p>\n<p>Biz haqiqiy shoiru yozuvchilar asarida muhim bu fazilatni mudom payqaganmiz&#8230;<\/p>\n<p>Ammo bu ilohiylik qachon ijodkorga hamrohlik qila boshlaydi?<\/p>\n<p>Endi gapni yana ho\u2019-o\u2019-o\u2019 boshdan boshlashga to\u2019g\u2019ri keladi.<\/p>\n<p>Yaqinda Eshqobil Shukur bilan bir shoir ukamizning to\u2019y oshida qatnashdik. Odatdagiday amri ma\u2019ruf bu safar odatdagiday amri ma\u2019ruf bo\u2019lmadi. Domla bilimli, buning ustiga qaysi davrada nimani gapirishni biladigan odam ekan.<\/p>\n<p>Xullas, domla&#8230; shoirlikdan so\u2019z ochdi!<\/p>\n<p>Obbo!..<\/p>\n<p>Men shoirlik haqida amri ma\u2019rufni birinchi eshitishim edi.<\/p>\n<p>Rosti, dastlab xavotir ham oldim. Odatda amri ma\u2019ruf odobu axloqdan bo\u2019lgich edi. Biz ham adabiyotda aylanib yurgan odamlarmiz, bu amalning pastu balandi bizga ma\u2019lum&#8230; Domla tag\u2019in o\u2019zicha \u201caqllilik\u201d qilib, aljib qolsa nima bo\u2019ladi?<\/p>\n<p>Ammo domla xavotirga o\u2019rin qoldirmadi&#8230;<\/p>\n<p>U kishi shoirlik o\u2019qib-o\u2019rganib yetib bo\u2019lmaydigan kasb ekanligidan gap boshladi. Shoirlikni Parvardigor ona qornidan o\u2019zi saylagan bandalariga in\u2019om etar ekan&#8230;<\/p>\n<p>Eshqobil ikkov ko\u2019z urishtirib oldik. Ana! Biz tug\u2019ma iste\u2019dod deymiz-ku! Shuni gapiryapti! To\u2019g\u2019ri! To\u2019g\u2019ri!<\/p>\n<p>Domla bu haqiqat Qur\u2019onda ham borligidan gap ochdi. Bir oyat bilan fikrlarini mustahkamladi.<\/p>\n<p>Men uchun yaxshi ukamning bu to\u2019yidagi eng katta mukofot mana shu amri ma\u2019ruf bo\u2019ldi!<\/p>\n<p>Albatta, shoir voyaga yetguncha qog\u2019oz bilan yuzma-yuz holda juda ko\u2019p qolu holni boshdan o\u2019tkazadi. Xudo bergan iste\u2019dodni yo\u2019qotmay, ma\u2019lum bir darajaga olib chiqish uchun juda ko\u2019p bosqichlardan o\u2019tadi. Yaxshi she\u2019rning tumanlar ortidagi qiyofasini his etguncha necha bir ongorti manzillar oshadi. Ruhi oxir-oqibat mudom mavjlanib turadigan bir holga yetadikim, kamina bu holni o\u2019zimcha \u201cuzluksiz ilhom\u201d deb atayman. Bu \u2013 shoir istagan payt she\u2019r yoza olish holati&#8230; Bunday holat bo\u2019ladimi? Bo\u2019ladi! Menimcha, hazrat Alisher Navoiy shu maqomda ijod qilgan. Aniq.<\/p>\n<p>Bolaligimda, yo\u2019g\u2019-e, go\u2019dakligimda ichimda tiqilib, vujudimni o\u2019rtab yotgan narsa nima ekanligini tushunmaganman. Tushunish qayda? Hali yozish tugul, o\u2019qishni bilmayman-ku&#8230; Yig\u2019i mudom tomog\u2019imga tiqilib turgan. Bu holni hozir ham juda ayon eslayman.<\/p>\n<p>Mening yig\u2019loqi fe\u2019limni o\u2019sha paytda butun qishloq bilgan bo\u2019lsa kerag-ov. Keyinchalik, yuqori sinflarda o\u2019qiganimda ham, yoshi mendan katta qishloqdoshlarimga duch kelsam o\u2019sha yig\u2019lovimni eslab qolishardi:<\/p>\n<p>\u2013 Munovi Usmonmi? \u2013 deyishardi negadir quvonishib. \u2013 Do\u2019pposday jigit bo\u2019p qopti-ya! E, buning bolalikdagi jilashlarini!.. Mengnixoloyding kunini bir tutam qigan edi-ya!<\/p>\n<p>Yana menga razm solib quvonishardi:<\/p>\n<p>\u2013 Duppa-durust bo\u2019pti!<\/p>\n<p>Kampirlarning hayratlari boshqacha edi:<\/p>\n<p>\u2013 Bola jilar ekan, siqtar ekan, o\u2019lmasa odam bo\u2019p ketar ekan&#8230; Dam olmay jilar edi-ya&#8230;<\/p>\n<p>Uydagilar meni kasal deb o\u2019ylab, qilmagan amali qolmagan. Fol ochtirishgan. Tabibga ko\u2019rsatishgan. Barcha aytilganni sidqidildan bajarishgan. Hatto kimningdir maslahati bilan o\u2019ng qulog\u2019imni teshdirishgan ham (hozir ham o\u2019rni bor). Kor qilmagan.<\/p>\n<p>Rahmatli enam (biz onamizni shunday deymiz) eslar edi:<\/p>\n<p>\u201cOtangning davrasi bor edi. Boysunning to\u2019rt-besh katta mullasi kechqurun hufiya yig\u2019ilib, kitob o\u2019qirdi. masala talashardi. Nimaga yashirin deysanmi? Sho\u2019ro bo\u2019lib qolishidan qo\u2019rqqan. Zamon yomon edi, bolam&#8230;Ko\u2019pincha biznikiga kelishardi. Shahardan olis, ovloqroq joyda-ku hovlimiz. Ular keladigan kun alohida tayyorgarlik ko\u2019rar edik. Otang bir jonliq so\u2019ydirardi. Men go\u2019sht qovuraman, sho\u2019rvani tashlab qo\u2019yaman. Tunning bir mahali oshga unnayman.<\/p>\n<p>Bir oqshom oshxonada unnab yotibman. Bir qo\u2019limda kapgir, bir qo\u2019limda sen. Tinmay yig\u2019layapsan. Mehmonxonaga ham izillaganing eshitilib turgan bo\u2019lsa kerak. Otang chiday olmapti. \u201cAka, \u2013 depti otang Mufti boboga, \u2013 shu bolani bir o\u2019qib qo\u2019ying. Ilon chaqqanday chirillayapti\u201d. Seni ko\u2019tarib, mehmonlar yo\u2019q xonaga o\u2019tdim. Mufti bobo kirib keldi. Sen tinmay yig\u2019layapsan. yerga qo\u2019yishning iloji yo\u2019q. Men seni ovutmoqchi bo\u2019lib, yurib turibman. Mufti bobo ham yurib o\u2019qiyapti&#8230; Bir-ikki \u201csuf\u201d deganidan keyin birdan kulib yubordi. \u201cKelin, \u2013 dedi, \u2013 bu bola kasal emas. Ko\u2019zini qarang, top-toza. Bu bola xudodan bir narsa so\u2019rab yig\u2019layapti. Xavotir olmang, xudo xohlasa, katta odam bo\u2019ladi!..\u201d<\/p>\n<p>Endi o\u2019ylayman&#8230; bu go\u2019dakni o\u2019rtagan azob o\u2019sha \u2013 jonu jahoningni har lahzada, har soat, har kun, yillar bo\u2019yi \u2013 umr bo\u2019yi tubsiz hayajonda tutib turadigan dard bo\u2019lsa kerak. O\u2019sha, Mashrabni sarson-sargardon qilgan, Boburni \u201csaltanatdan kechasan\u201d deb talvasaga solgan&#8230; O\u2019sha&#8230;<\/p>\n<p>Esim kirganda bu yig\u2019ini ichimga yutishni o\u2019rgandim&#8230;<\/p>\n<p>Ehtimol, men bu xotirotni aslidagidan kattaroq ma\u2019no yuklab eslayotgandirman, lekin u rost. Rostligi bilan qalbimga tirgak bo\u2019lib turganini sezaman. Shuning uchun yozdim&#8230;<\/p>\n<p>Olti yoshda maktabga bordim. Yozishni o\u2019rgandim va&#8230; allanimalarni qoralashga tushdim. Maktab darsliklarida va gazetalarda o\u2019qigan she\u2019rlar, \u201cAlpomish\u201du \u201cKuntug\u2019mish\u201dlar ohanglarida nimalarnidir qog\u2019ozga tushira boshladim&#8230;<\/p>\n<p>Bu nochor satrlarning qog\u2019ozga ko\u2019cha boshlashi, nazarimda, ijodiy tarjimai holimdagi eng katta nuqta \u2013 burilish edi.<\/p>\n<p>Bu burilishdan so\u2019ng kirganim \u201cko\u2019cha\u201d betinim mutolaa natijasida kengayib, \u201co\u2019zimniki\u201dga aylanib bordi. Yo\u2019q, men har kun nimanidir yozib tashlayvermaganman. Barcha tengdoshlarim kabi ro\u2019zg\u2019or tashvishining bir cheti mening ham yelkamga tushgan. Juda harakatchan bo\u2019lganman \u2013 o\u2019yinga ham vaqt topganman.<\/p>\n<p>O\u2019zimni eplab olgandan keyin dala-dashtda ir o\u2019zim yalangoyoq kezishni yaxshi ko\u2019rdim. Dunyoning bahori-yu kuzi negadir meni hayajonga solgan. Bu dunyoda mendan yashirin allaqanday sir borday tuyulavergan. Daraxtlarga, maysalarga, tog\u2019u toshlar, hatto hashoratlarga soatlab termulib o\u2019tirganman.<\/p>\n<p>Bahorda, maysalar qulf urgan paytda, yomg\u2019irsiz kunlar bo\u2019ladi. Quyosh charaqlaydi. Turli-tuman chumolilar, qo\u2019ng\u2019izchalar o\u2019rmalab chiqadi. Chumolilar bir zumda inlaridan o\u2019tloq oralatib uzun yo\u2019llar quradi. Ularning harakatida tartib borligini, bu tartib juda murakkab ekanligini o\u2019shanda sezganman. Hatto yo\u2019lakchalaridan qarama-qarshi kelayotgan chumolilarning ba\u2019zilari to\u2019xtab, bir zum mo\u2019ylovchalarini qimirlatib, bir-biri bilan \u201cgaplashib\u201d (menga shunday tuyular edi) olishlarini hayrat bilan tomosha qilganman. Ana, tuyachumolilar!.. Ularning inlari maysa siyrak joylarda. Yo\u2019l ham qurib o\u2019tirmaydi. Har bittasi faqat o\u2019ziga ma\u2019lum yo\u2019nalishda tentiraydi. Ular yurmaydilar, yuguradilar&#8230; Inlariga biror bir yegulik tashiganlarini ham ko\u2019rmaganman.<\/p>\n<p>O\u2019tloqqa yuztuban cho\u2019zilaman. Oftob yelkamni qizdiradi. Maysalar orasida allaqanday mayda \u2013 ignaning uchiday mitti jonivorlar kezib yurganiga ko\u2019zim tushadi. Bu jonivorlarning otini bilmayman. Nazarimda, hech kim bilmaydi. Negadir ranjiyman. Bu jonivorlar bor-ku! Nega oti yo\u2019q?..<\/p>\n<p>Yoz esa tinimsiz mehnat payti. Odamlar qishning g\u2019amida tentiraydi. Somon, chalma-tezak tashiladi, g\u2019alla o\u2019riladi&#8230; Issiqdan labimiz qovjirab, biz bolalar ham kattalar ortidan bu yumushlarga yordam beramiz. Bug\u2019doy o\u2019rimi mashaqqat. Necha turfa tikanlar g\u2019allazorni bosgan. Bir tutam bug\u2019doyni tutsang, uying kuygur tikanlar kaftingga ariday yopishadi&#8230; Keyin-keyin kaftingu barmoqlaring dag\u2019allashib, unday-bunday tikan o\u2019tmaydigan bo\u2019ladi. Qorong\u2019i tushganda qo\u2019shxonaga qaytiladi.<\/p>\n<p>Qo\u2019shxonani bir tepada tashlaganmiz&#8230; Katta doshqozondan taralayotgan ovqat isi dimog\u2019imizga uriladi. Hammaning qo\u2019lida tunuka kosa. Qozonni o\u2019rab olamiz. Besh-olti tengqur qur tashlab o\u2019tiramiz. Brigadir otining xurjuniga to\u2019ldirib kelgan tandir nonni sho\u2019rvaga to\u2019g\u2019rab, ishtaha bilan yeymiz&#8230; Shom o\u2019tgach, o\u2019yin boshlanadi. \u201cOqsuyak\u201d, \u201cUrganni top\u201d&#8230; Bu o\u2019yinlarimizda yoshlar tugul, katta-matta o\u2019roqchilar ham ishtirok etadi. Kechasi ochiq havoda o\u2019sha qozonning tegrasini aylanib, to\u2019shakka kiramiz. Uydan bittagina eski ko\u2019rpa olib kelganmiz. Boshimga ko\u2019rpa tagidan yalpoq tosh qo\u2019yib (ha, tosh qo\u2019yib!), yostiq yasab olganman. Ko\u2019rpaning yarmi ustimda, yarmi ostimda. Tepada yulduz sig\u2019magan osmon. Charaqlaydi. Tunni chirillovuqlar tovushi tutadi&#8230; Kun bo\u2019yi mehnatda horigan odamlar bir pasda uxlab qolamiz.<\/p>\n<p>Ertalab tong otar-otmas uyg\u2019otishadi. Yengilgina choy ichgan bo\u2019lamiz-da, o\u2019roqni olib, kecha o\u2019rimni to\u2019xtatganimiz dala boshiga boramiz. Boyev Bozor bobo nogahon \u201cha-a!\u201d deb baqiradi. U jazavasi tutgan odamday g\u2019ujur bilan g\u2019allaga o\u2019roq soladi. Tikan-pikanni ko\u2019rdim demaydi. \u201cHa-a!\u201d&#8230; Qator bo\u2019lib o\u2019rimga tushamiz. G\u2019ayratu shijoat barchaga ko\u2019chadi. Bosh ko\u2019tarmay ishga tushamiz. Manglaylarda ter paydo bo\u2019ladi. Ko\u2019ylaklarning yelkasi nam&#8230; \u201cHa-a-a!\u201d. Ortimizda ikki-uch kishi har-har joyda uyib qo\u2019yilgan g\u2019allani yig\u2019ishtirib \u2013 bog\u2019lab kelaveradi. Saraton tafti ham sarg\u2019aytmagan allaqanday o\u2019simliklardan bovliq yasab, shunday bog\u2019lashadiki, ataylab silkitsang ham, biror bug\u2019doy poyasi to\u2019kilmaydi. Besh-o\u2019n bog\u2019ni bir joyga to\u2019plab ketishadi. Keyin dalaga bir juft ho\u2019kiz qo\u2019shilgan chig\u2019ana kiradi&#8230;<\/p>\n<p>Chig\u2019anani ko\u2019rganlar hozir kam qoldi. Chig\u2019ana \u2013 g\u2019ildiraksiz arava. Bir o\u2019rim fasligagina yetsa bo\u2019ldi deb naridan-beri quriladi. Baquvvat tolyog\u2019ochlar to\u2019rtburchak qilib birlashtiriladi. Bu \u2013 chig\u2019ananing asosi. Uning to\u2019rt burjidan tepaga yana to\u2019rt uzun xoda tiklanadi. Ularning orasiga va asosga ko\u2019ndalang qilib yana taxta qoqiladi. Bir tomoni esa ochiq qoladi. Shu ochiq tomondan bug\u2019doy bog\u2019lari shoxada ilib, chig\u2019anaga tashlanaveradi. To\u2019lib-toshgandan keyin xirmonga eltib, ag\u2019dariladi.<\/p>\n<p>Bu xirmon \u2013 maxsus emas, ekin ekilmaydigan tekis joy, xolos. Xirmonchilar bog\u2019larni chig\u2019anadan tushirib, \u201cbelbog\u2019\u201didan ajratadi, aylana shaklda tizza bo\u2019yi qilib to\u2019kishadi. So\u2019ngra chig\u2019anadan bo\u2019shagan ho\u2019kizlarni bo\u2019ynidan juftlashtirib bog\u2019lab, bug\u2019doyning ustiga galagov soladilar. Xirmonchilar \u201cmayda-mayda\u201dni g\u2019ayg\u2019aylab aytib, ho\u2019kizlarga bir zum tinim bermaydi. Shu tarzda g\u2019allaning somoni somonga, bug\u2019doyi bug\u2019doyga ajratiladi&#8230;<\/p>\n<p>Juda qattiq mehnat.<\/p>\n<p>Yashash uchun odamlar, jumladan, bizday o\u2019spirinlar ham bir zum tinmaydigan mahallar&#8230;<\/p>\n<p>O\u2019sha kunlar mashaqqati va&#8230; shavqi suyak-suyagimga singib ketgan.<\/p>\n<p>Eng qizig\u2019i, men o\u2019rimga ham kitob eltganman.<\/p>\n<p>Tushlikdan so\u2019ng kamar tagida soyalab yotganimizda kitob o\u2019qiyman. Ba\u2019zan Samariddinxon eshon bobo yoniga chaqirib oladi. U kishi ko\u2019p dostonlarni yod biladigan odam. Kitob o\u2019qiganim uchun bo\u2019lsa kerak, menga alohida mehri bor. Meni sizlab, o\u2019zining tengiday gaplashadi. Biz dostonlardan, ertaklardan suhbat qilamiz. Kitoblardan o\u2019qiganim, eshitganim dostonu ertaklardan gaplashsak, u kishi to\u2019ldirib boradi:<\/p>\n<p>\u201cBu matalning yana bir joyi bor\u201d.<\/p>\n<p>\u201cAlpomish bu joyda yana bunday degan\u201d&#8230;<\/p>\n<p>O\u2019sha davrlardan qolgan bir odatim bor. Hozirgacha biror narsani o\u2019ylab turganda birdan hamma narsani unutib, o\u2019zimga cho\u2019kib qolaman. Eshon bobo buni ham sezib olgan. \u201cHa, keldimi?\u201d deydi u kishi&#8230; So\u2019ng jiddiy qo\u2019shib qo\u2019yadi: \u201cYozishdan qolmang\u201d&#8230; Qishloqda gap yotarmidi, u kishi mening bir balo yozaman deb unnab yotishimni biladi&#8230; Eshon bobo juda zo\u2019r odam edi! U kishi shoir deb nom chiqargan kunlarimni ham ko\u2019rdi. Joyi jannatda bo\u2019lsin!<\/p>\n<p>Keyin kuz keladi. Dunyo huvillaydi&#8230; Yuragim zimillab dashtu toqqa qarab o\u2019tiraveraman. Xudoyim!..<\/p>\n<p>Bu huvillashni qanday yozaman?<\/p>\n<p>Men ko\u2019rgan-kechirganlarim va atrofimdagi cheksiz-chegarasiz dunyoda she\u2019r borligini aniq bilaman. Ammo ularni qog\u2019ozga tushirishni udda qilgunimcha uzoq, juda uzoq yo\u2019l borligini ham anglayman.<\/p>\n<p>Yozishning vahimasi ham bor. Ammo jahd bilan kirishguningcha&#8230; Yozishdan qolmayman. Albatta, u qoralamalarni she\u2019r deb bo\u2019lmaydi. Buni ham bilaman. Lekin yozaman-da!..<\/p>\n<p>Bizning maktab yetti yillik edi. Kenja opam Saida qishlog\u2019imizdagi maktabni bitirib, Boysun markazidagi 1-maktabda o\u2019qiy boshladi. Qishloq maktabida adabiyotdan dars beradigan muallim to\u2019poriroq odam edi. U bizga darslikning falonchi betidan falon betigacha o\u2019qishimizni tayinlab, o\u2019zi tashqari chiqib ketar \u2013 qaytib kirib, darsini yakunlab qo\u2019ya qolardi. Opam borgan katta maktabda esa adabiyot o\u2019qituvchilari juda ko\u2019p \u2013 ulardan birini sirtdan juda yaxshi taniyman. Gap shundaki, uchinchi sinfda o\u2019qib yurganimda shu muallimning tuman gazetasida e\u2019lon qilingan she\u2019rini o\u2019qiganman. Ana, xudoning qudrati bilan shu shoir domla opam o\u2019qiydigan sinfda dars bera boshladi. She\u2019rlarimni shu domlaga ko\u2019rsatsam, qanday bo\u2019ladi? Uch-to\u2019rt oylik o\u2019ylovdan keyin ikki she\u2019rimni tanlab, opamdan shu kishiga ko\u2019rsatishni iltimos qildim&#8230;<\/p>\n<p>Har kun opamdan surishtiraman. Bir haftalardan keyin javob keldi. Ammo opam \u201co\u2019qibdi\u201d deb gapni qisqa qilib qo\u2019ya qoldi. Domlaning nima deganini so\u2019rayverganimdan keyin oxiri rostiga ko\u2019chdi: domla \u201cbiror kitobdan ko\u2019chirmaganmi?\u201d deb so\u2019rabdi opamdan&#8230;<\/p>\n<p>Men jim bo\u2019lib qoldim. O\u2019zimni haqoratlanganday his etdim. Kun bo\u2019yi bu adolatsizlikka chidamay yurdim&#8230; va ertasi birdan ko\u2019nglim charaqlab ketdi. Muallimning bu xavotiri aslida eng katta maqtov ekanligini angladim! U she\u2019rlarimni, o\u2019zi bilmasdan, kitobdagi she\u2019rlarga tenglashtiribdi-da! Demak, yozsam bo\u2019ladi!<\/p>\n<p>Sizni chalg\u2019itmaslik uchun aytib qo\u2019yay. Keyin bildim, o\u2019sha paytda kitoblardagi she\u2019rlarning ham ko\u2019pi juda nochor ekan&#8230;<\/p>\n<p>To\u2019qqizinchi sinf chog\u2019im birinchi she\u2019rim viloyat gazetasida bosildi. Shu she\u2019r tufayli Erkin A\u2019zam bilan tanishdim. Men adabiyotga shu paytgacha bu darajada qiziqqan odamni ko\u2019rmagan edim. Endi aytsam, yolg\u2019oni bo\u2019lmaydi: men bir umrlik do\u2019st topgan edim. Ikkovimizning suhbatlarimiz olamga sig\u2019maydi deng. Yozganimizni bir-birovga o\u2019qib beramiz, tortishamiz&#8230; O\u2019qigan kitoblarimizni va mualliflarni \u201cbo\u2019ladi-bo\u2019lmaydi\u201dga ham ajrata boshladik.<\/p>\n<p>Bir kun she\u2019r o\u2019qiyotganimda, Erkin xayollanib turdi-da, she\u2019r o\u2019qish ohangim o\u2019zgarganini aytib qoldi. Nahotki&#8230; o\u2019zgaribdi? She\u2019rni yangicha ohangda \u2013 hozir she\u2019rxonlarga tanish bo\u2019lib qolgan tarzda o\u2019qiy boshlabman. Ilgari radiodagi diktorlarga taqlid qilib o\u2019qirdim shekilli. Hozir&#8230; O\u2019zgaribdi. Endi bilsam, o\u2019sha payt she\u2019rlarimda, taqlidchilar ta\u2019biricha, o\u2019zimning \u201covozim\u201d paydo bo\u2019lgan ekan. Qulluq bo\u2019lsin deydigan odam yo\u2019q. Erkinning o\u2019zi ham hozir bu \u201cxulosa\u201dni eslay olmasa kerak.<\/p>\n<p>Bu ohangning paydo bo\u2019lishi muhim bir bosqichdan o\u2019tganimga dalolat ekanligini endi-endi tushunaman.<\/p>\n<p>Oltmishinchi yillar o\u2019zbek adabiyotida evrilishlar davri bo\u2019ldi. Ungacha zamonaviy adabiyotning mundarijasi juda tor edi. Bu yillarda esa adabiyot o\u2019zgardi. Avvaldan nom chiqargan adiblar ham yangicha yoza boshladi. Birin-ketin yangi nomlar ham ko\u2019rindi. Biz shu o\u2019zgarishlar ichida ulg\u2019aydik. Maktabda yozganlarimdan kitobga kirgan birgina she\u2019r \u2013 \u201cQishki ertak\u201dni hozir eslayapman&#8230; Universitetda o\u2019qib yurganimda va keyingi yozishlarimni adabiyotdagi aka-ukalarim, do\u2019stlarim juda yaxshi kutib oldi. Besh-olti kitobim nashr bo\u2019ldi. Ammo men nimagadir yetib bormaganimni hanuz his qilib yurardim. Oldimda yana bir dovon borday tuyulaverar edi. U qanday dovon?<\/p>\n<p>Taxminan o\u2019ttiz besh yoshlarimda bir voqea ro\u2019y berdi. Ichimda allaqachon \u201cbuyuk\u201d deb sifat beradigan ustozim Shukur Xolmirzaev uyiga chaqirib, o\u2019sha paytlar yozilayotgan \u201cQilko\u2019prik\u201d romaniga qo\u2019shiqqa tushadigan bir she\u2019r yozib berishimni iltimos qildi. Bu haqda \u201cSo\u2019ngso\u2019zlar\u201d kitobimda batafsil yozganim uchun voqeani qisqaroq bayon etaman.<\/p>\n<p>Xullas, \u201cqo\u2019shiq\u201d ham, hatto naqorati ham yozildi.<\/p>\n<p>Shukur akamizning tavsiyasi bilan hofiz va yozuvchi Xoliq Xursandov bu she\u2019rni qo\u2019shiq qildi va bu qo\u2019shiq Boysun aro mashhur bo\u2019ldi.<\/p>\n<p><em>Menga berding osmonning bir tinig\u2019ini,<\/em><\/p>\n<p><em>Toshlar otding, terib oldim sinig\u2019ini&#8230;<\/em><\/p>\n<p><em>Qahratonning qatronini men tortdim, yor,<\/em><\/p>\n<p><em>Kuydi jonim, kuydi mening jonim, kuydi,<\/em><\/p>\n<p><em>Bevafo yor bizni qo\u2019yib kimni suydi?<\/em><\/p>\n<p>Bu voqeadan uch-to\u2019rt yillar so\u2019ng Shukur aka, rahmatli Rauf Parfi bilan uchovlon bo\u2019lib Boysunga bordik. Boysunda do\u2019kondan turkiyshunos olimlarning Moskvadagi bir yig\u2019inidagi va\u2019zlari asosida nashr etilgan bir kitob sotib oldim. Varaqlab ko\u2019rayotib, ishoning, nogahon Shukur akaning uyida yozilgan \u201cqo\u2019shiq\u201dning naqoratiga duch keldim. Yozilishicha, bu satrlar qarayim xalqi og\u2019zaki ijodiga tegishli ekan. Ana, xolos! Butun badanim muzlab ketdi. Men uchun bu hol nihoyatda hayajonli edi.<\/p>\n<p>Bu voqeaning ta\u2019siridan ancha payt o\u2019zimga kelolmay yurdim. Xudoyim! Bu nimasi? Bu nimaga ishora? Qay qudrat bu ikki satrni avval menga yozdirib, so\u2019ng Moskvada chiqqan kitobni Boysunga keltirib, qo\u2019limga tutqazdi? Ey, Parvardigor!.. Men seskanib ketdim. Nima?.. Ha, Parvardigor!.. Parvardigor!..<\/p>\n<p>Mening yozishimda o\u2019zgarish ro\u2019y berdi. Qachonlardir orzu qilganim she\u2019rga yetganday edim. She\u2019rlarimga yozishga kuchim yetmay to\u2019lg\u2019onganim \u2013 dunyo shovuri, manzaralari, ruhi, holati kirib kela boshlaganini sezdim. Parvardigorga iltijolarim ko\u2019paydi. U meni yozish uchun yaratganini angladim. Istagan paytda yozishim mumkin bo\u2019lgan hayajon ixtiyorida qoldim. Nasr va dramaturgiyaga qo\u2019l urdim. Ssenariylar yozdim. Barchasi oson va tabiiy kechdi. Zarra ham zo\u2019riqish bo\u2019lgani yo\u2019q. Chunki meni qo\u2019llab turgan \u2013 bu olamning Ijodkori ekanini fahmlagan edim&#8230;<\/p>\n<p>Men shu oxirgi jumlani yozmasligim kerakligini anglab turibman. Bu maqola avvalidagi ikkilanishlarim sababini tushungandirsiz? Ammo qirq yoshimga yetar-yetmas yozishimda ro\u2019y bergan o\u2019zgarishlar mohiyatini boshqacha qanday qilib sizga anglataman?<\/p>\n<p>Bu maqoladagi iqrorlarim kimgadir og\u2019ir botmaydimi?<\/p>\n<p>Ehtimol, bu maqolani bosmassizlar?<\/p>\n<p>Umrimning yetmish olti yoshini yashayapman. Yana qancha yashashimni Parvardigorning o\u2019zi biladi.<\/p>\n<p>Hozirgacha yaxshi ko\u2019rgan ishim bilan shug\u2019ullanishga imkoniyat bergan Parvardigor, son-sanoqsiz shukronalarimni, hamdu sanolarimni qabul et!<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em>Manba: \u201cMa\u2019naviy hayot\u201d jurnali, 2025\/\u21164<\/em><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>USMON AZIM Jurnalga maqola yozib berish majburiyati zimmamga yuklatilgandan so\u2019ng ancha o\u2019yga toldim. Yozishim kerak bo\u2019lgan maqola mavzusi menga juda qiyin tuyuldi. Nimasi qiyinligini tushuntiray. Bu mavzu baribir o\u2019zim haqimda ekanligini bilaman. Buning esa bir xavotirli joyi bor. Gap shundaki, hayotimda kechgan ba\u2019zi o\u2019rinlarni eslashga to\u2019g\u2019ri keladi. Bu xotiralarning esa odam o\u2019zi bilan olib ketadigan [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":562,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[24,27],"tags":[],"class_list":{"0":"post-561","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-adabiy-esse","8":"category-avtobiografik-esse"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/561","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=561"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/561\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":565,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/561\/revisions\/565"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/562"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=561"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=561"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=561"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}