{"id":554,"date":"2026-04-08T10:42:42","date_gmt":"2026-04-08T05:42:42","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=554"},"modified":"2026-04-08T10:42:42","modified_gmt":"2026-04-08T05:42:42","slug":"odam-borimi-yoki-qoy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=554","title":{"rendered":"Odam \u2013 bo\u2018rimi yoki qo\u2018y?"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>ERIX FROMM<\/strong><\/p>\n<p>Birovlar odamni qo\u2018yga mengzaydi, ayrimlar uni yirtqich bo\u2018riga o\u2018xshatadi. Har ikki tomon ham o\u2018z qarashini tasdiqlaydigan dalillarni keltirishi mumkin. Odamlarni qo\u2018yga o\u2018xshatganlar, ularning hatto o\u2018z zarariga bo\u2018lsa-da, o\u2018zgalar buyrug\u2018ini bo\u2018yin tovlamay bajarishini ta\u2019kidlashadi. Odamlar yo\u2018lboshchilari ortidan vayronkorlikdan boshqa hech vaqo keltirmaydigan jangu jadallarga ham qayta-qayta bosh qo\u2018shishadi, ulamoyu qirollarning oshkora tazyiqidan tortib, maxfiy va nomaxfiy tilyog\u2018lamachilarning fisqu fasodlariga, obro\u2018si haminqadar kimsalarning qat\u2019iyroq qilib aytgan har qanday bema\u2019ni da\u2019vatiga ishonaveradi. Ko\u2018pchilik xuddi anoyi go\u2018daklardek turli uqtirishlarga chippa-chin ishonib, tahdid yoki nayrang bilan ularni o\u2018z nag\u2018masiga o\u2018ynatmoqchi bo\u2018lganlarga ergashishga tayyordek tuyuladi. Olomon ta\u2019siriga beparvo, o\u2018z maslagiga sodiqlar esa kam uchraydi. Bundaylarga, odatda, kelgusi avlod tahsin o\u2018qisa-da, zamondoshlari ularni kalaka qiladi.<\/p>\n<p>Buyuk inkvizitorlar va diktatorlar o\u2018z hokimiyati tizimini odamlar \u2013 bu qo\u2018ylar to\u2018dasi, degan maslakka asoslanib qurgan. Aynan shu: odamlar \u2013 bu qo\u2018ylar to\u2018dasi, shu boisdan ham ular yo\u2018lboshchiga muhtoj, degan aqida hukmdorlarga har qanday axloqiy, hatto fojiali vazifalarni ham o\u2018z bilganlaricha hal etishga, boshqalardan mas\u2019uliyat va erkinlik huquqini tortib olishga izn bergan.<\/p>\n<p>Biroq modomiki ko\u2018pchilik \u2013 qo\u2018y bo\u2018lsa, u holda nega ular bunga tamoman zid tarzda yashaydi? Odamzod tarixi qon bilan bitilgan. Bu \u2013 uzluksiz zulmu zo\u2018ravonlik tarixi, chunki odamlar o\u2018zi kabilarni mudom kuch bilan o\u2018zlariga bo\u2018ysundirib kelgan. Tal\u2019at poshsho ko\u2018plab armanlarni o\u2018zi o\u2018ldirganmi? Gitler millionlab yahudiylarni bir o\u2018zi mahv etganmi? Stalin minglab siyosiy muxoliflarini shaxsan o\u2018zi yo\u2018q qilgan deysizmi? Yo\u2018q. Ular yolg\u2018iz emasdi, ularning ixtiyorida mahkumlarni qiynoqqa solgan, qatl qilgan minglab kimsalar bor ediki, bu kimsalar o\u2018z qilmishlarini shunchaki xohlaganlari uchungina emas, balki huzurlanib amalga oshirganlar. Aslida odamning g\u2018ayriinsoniy qilmishlariga har qadamda duch kelamiz: urushlarda tirqirab oqqan qonga, qotilligu vahshiylikka, kuchlining ojizni qul qilishiga. Qiynoq iskanjasidagi bechoralarning ohu fig\u2018oni toshyurak befarqlarga zig\u2018ircha ta\u2019sir etmagan hollar kammi? Mutafakkir Gobbs shulardan kelib chiqib xulosa qilgan: homo homini lupus est, ya\u2019ni odam odamga \u2013 bo\u2018ri. Endilikda ko\u2018pchiligimiz odam tabiatan vayronkor, yovuz mavjudot, o\u2018zidan kuchliroq zo\u2018ravongina uni g\u2018ayri amallardan tiyib turishi mumkin, degan xulosaga kelganmiz.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-556\" src=\"https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/04\/226071-e1775626258359.jpg\" alt=\"\" width=\"1088\" height=\"800\" \/><\/p>\n<p>Lekin baribir odam aslida kim, degan masalada har ikki tomonning keltiradigan dalillari to\u2018la-to\u2018kis ishonchli emas. Shafqatsizlikda Stalin va Gitlerga teng keladigan pinhona yoki oshkora zolimga yo\u2018liqishimiz ehtimoli aslida juda kam. Shunday ekan, nega biz o\u2018zimizni ham, yon-atrofimizdagilarni ham qo\u2018y terisiga bekingan qashqirlarga o\u2018xshatamiz; bizning \u201casl fe\u2019l-atvorimiz\u201d bizni vahshiy hayvondan ajratib turgan cheklovu ta\u2019qiqlarni unutgandagina yuzaga chiqadi, deb o\u2018ylash to\u2018g\u2018rimi? Bunday fikrga, bunday qarashga ishonish mushkul. Kundalik hayotda, jazoyu ta\u2019qiqlarga qaramay, shafqatsizlik va zo\u2018ravonlik qilishga imkon bor. Lekin ko\u2018pchilik bunga qo\u2018l urmaydi, zo\u2018ravonlikka guvoh bo\u2018lganda nafratlanadi hatto.<\/p>\n<p>Odam aslida kim, degan g\u2018aroyib jumboqning boshqacha yechimi ham bordir ehtimol. Balki gap kamsonli bo\u2018rilar ko\u2018psonli qo\u2018ylar bilan yonma-yon yashashidadir? Qashqirlar o\u2018ldirishni xohlasa, qo\u2018ylar buyruqqa bo\u2018ysunishni istaydi. Yirtqich bo\u2018ri o\u2018txo\u2018r qo\u2018yni o\u2018ldirishga chog\u2018lansa, o\u2018txo\u2018r qo\u2018y zavqlanganidan emas, balki bo\u2018ysunishga moyilligidan uning yo\u2018rig\u2018iga yuradi. Qolaversa, qo\u2018ylarni bo\u2018rilarday harakat qilishga undash uchun qotillar o\u2018z qilmishlari to\u2018g\u2018ri ekaniga, xavf ostida qolgan ozodlikni himoyalash kerakligiga, burdalangan go\u2018daklar, zo\u2018rlangan ayollar, toptalgan or-nomus uchun o\u2018ch olish zarurligiga ularni ishontirishi lozim bo\u2018ladi. Lekin qanchalik ishonarli tuyulmasin, bu ham uzil-kesil yechim emas. Masalaga bunday yondashilsa, odamzod ikki irqqa \u2013 bo\u2018rilar va qo\u2018ylarga ajralib qolmaydimi? Zo\u2018ravonlik tabiatiga zid ekan, o\u2018ch olish muqaddas burch sanalarkan nega qo\u2018ylar qashqirlar irodasiga bunchalik oson bo\u2018ysunadi? Odamlarni bo\u2018rilaru qo\u2018ylarga ajratishning o\u2018zi aslida noto\u2018g\u2018ri bo\u2018lsa-chi? Ehtimol, shafqatsizlik odamga xos xususiyat esa-da, ko\u2018pchilik buni sezdirmas? Odam ham bo\u2018ri, ham qo\u2018y, yoki aksincha, bo\u2018ri ham, qo\u2018y ham emas, degan fikr qanchalik to\u2018g\u2018ri?<\/p>\n<p>Butun boshli elatlar o\u2018zlarining \u201cdushmani\u201dga qarshi eng mudhish qurolni qo\u2018llash ehtimoli ustida bosh qotirib, ommaviy qirg\u2018inda qirilib ketishdan ham hayiqmayotgan bugungi kunda bunday savollarga javob topish juda muhim. Agar kishi tabiatan vayronkorlikka moyil, qonida zo\u2018ravonlik xuruji bor, degan to\u2018xtamga kelsak, tobora avj olayotgan jabr-zulmga qarshiligimiz susayishi tayin. Har birimiz ozmi, ko\u2018pmi bo\u2018ri ekanmiz, qashqirlar bilan olishishdan naf bormi? Odam bo\u2018rimi, qo\u2018ymi, degan savol aslida G\u02bbarb olamidagi diniy-falsafiy qarashlar bilan bog\u2018liq eng dolzarb muammolardan birining jo\u2018nroq ifodasiki, uni odam chindan yovuz-battolmi yoki aslida kamolotga intilgan ezgu niyatli oliyjanob zotmi, deya aniqlashtirish mumkin. Tavrotda kishi o\u2018z-o\u2018zicha qusurli deb hisoblanmaydi. Odam Ato va Momo Havoning Xudo amriga itoat etmagani gunoh deb qaralmaydi. Itoatsizlik odamzodni xarob qilgani haqida bu kitobda hech nima deyilmagan. Aksincha, odamning o\u2018z-o\u2018zini anglashiga, qiyinchiliklarni yengib o\u2018tishiga uning bo\u2018ysunmasligi zamin yaratgan. Itoatdan bosh tortish oxir-oqibat insonning ozodlik yo\u2018lidagi ilk qadamiga aylandi. Bo\u2018yin tovlash ortidayam Tangri inoyati borday tuyuladi hatto. Payg\u2018ambarlarga ko\u2018ra, jannatdan quvilgani bois odamzod o\u2018z taqdirini o\u2018zi qo\u2018lga olib, kuch to\u2018plab, to\u2018la kamolotga yetgan individ sifatida yon-atrofidagilar va tabiat bilan uyg\u2018unlikka erishgan. U hali individga aylanmagan paytdagi uyg\u2018unlik o\u2018rnini yangi muvozanat egallagan. Payg\u2018ambarlar o\u2018z mujdalarida odam avvalboshdan begunoh va ilohiy marhamatsiz ham najot topa oladi, degan fikrga tayangani seziladi.<\/p>\n<p>Bu \u2013 ezgulikka layoqatli bo\u2018lish bilangina barini yengib o\u2018tish mumkin degani emas, albatta. Yovuzlikka qo\u2018l urgan kimsaning o\u2018zi ham tubanlashib boraveradi. Mudom zulm o\u2018tkazgani bois fir\u2019avn \u201ctoshyurak\u201d zolimga aylangan. Diydasi shunchalik qotganki, fursati kelganda barini qayta boshdan boshlab, qilmishiga pushaymon bo\u2018lishga qurbi yetmagan. Tavrotda yovuzlikka misollar ezgulikka doir ibratli namunalardan kam emas va bunda Dovud podsho singari ulug\u2018lar obrazi ham chetlab o\u2018tilmagan. Tavrotga ko\u2018ra, kishi yaxshilikka ham, yomonlikka ham qodir ekan, ezgulik va yovuzlik, muruvvatu illat, hayot va o\u2018limdan birini tanlash uning o\u2018z ixtiyorida. Tangri uning qaroriga ta\u2019sir etmaydi, elchilari payg\u2018ambarlar vositasida ezgulikni jaholatdan farqlashga, ogohlikka da\u2019vat etadi, xolos. Ammo shu ikkisidan birini tanlash fursati yetganda kishi yaxshilik yoki yomonlikka nisbatan tabiiy ishtiyoqi o\u2018rtasida qoladiki, buyog\u2018i endi faqat uning o\u2018ziga bog\u2018liq.<\/p>\n<p>Nasroniylikning rivoji boshqacha kechgan. Bu dinning vujudga kelish jarayonida Odam Atoning itoatsizligi uning o\u2018ziga ham, avlodlariga ham qiron keltiruvchi og\u2018ir gunoh, degan qarash ildiz otdi. Endi odamzod bu musibatdan o\u2018z kuchi bilan qutulolmaydi, faqat Xudo inoyatiyu, odamlarni deb jon fido qilgan Masihning qaytishi kishilarni tavqi la\u2019natdan xalos etib, astoidil topinganlarni qutqaradi, deya ishonildi.<\/p>\n<p>Ilk gunoh haqidagi qotib qolgan bu aqidaga din peshvolariyam e\u2019tiroz bildirgan, albatta. Pelagiy uzoq kurashib ham uni o\u2018zgartirolmadi. Uyg\u2018onish davri gumanistlari bid\u2019atchilardek bu dogmaga ochiq-oydin qarshi chiqmasalar-da, jillaqursa cherkovda uni yumshatib mo\u02bbtadillashtirishga urindi. Kishilardagi tug\u2018ma razillikka chinakamiga ishonganlardan farqli o\u2018laroq, Ma\u2019rifat davri peshvolari qarama-qarshi yo\u2018nalishda jiddiy yurish qilib, odamdagi butun razolat tashqi omillar ta\u2019siri, aslida unda tanlov imkoni yo\u2018q, degan qarashni ilgari surdi. Yovuzlik kelib chiqqan vaziyat bartaraf etilsa bas, har birimizda avvalboshdan mavjud ezgulik o\u2018ziga yo\u2018l ochaveradi, deb ishondi ular. Bu nuqtai nazar Marks va uning izdoshlari maslagiga ham ta\u2019sir qildi. Uyg\u2018onish davridan beri kuzatilmagan mislsiz iqtisodiy, siyosiy taraqqiyotdan unib chiqqan yangi dunyoqarash hosilasi edi bu ishonch. Birinchi jahon urushi bilan boshlanib, Gitler, Stalin, Koventri va Xirosima bilan davom etib, oxir-oqibat ommaviy qirg\u2018inbarotga tayyorgarlikka olib kelgan G\u02bbarbning ma\u2019naviy tanazzuli esa, aksincha, kishilarning qabohatga o\u2018chligi yana takrorlanishiga turtki bo\u2018ldi. Aslida yovuzlikka ishtiyoq odam qonida borligiga to\u2018g\u2018ri baho berilmaganiga javob edi bu iqror. Oqibatda odamga ishonchi so\u2018nmaganlar ham mazax qilinib, ularning qarashlari yanglish tushunilib, goho atay buzib ko\u2018rsatildi.<\/p>\n<p>Meni botinimizda ildiz otgan yovuzlikka to\u2018g\u2018ri baho berolmayapsiz, deya nohaq ayblaganlar bo\u2018ldi. Ta\u2019kidlab o\u2018tayki, kamina bu borada yengil-yelpi, yuzaki nekbinlikdan yiroqman. Amaliyotda ancha tajriba to\u2018plagan men kabi ruhiy tahlil sohasi mutaxassisi odamdagi vayronkor kuchga shunchaki yengil qarolmaydi. Og\u2018ir kasallarda vayronkorlik asoratlarini payqar ekan, ularni halokatdan qaytarib, to\u2018g\u2018ri yo\u2018lga undash qanchalik mashaqqatli ekanini yaxshi biladi. Birinchi jahon urushidan so\u2018ng avj olgan yovuzligu qabohat xurujini boshdan kechirganlar ham odamdagi buzg\u2018unchilik xurujini payqamasligi dargumon. Shunday ekan, hozirda ziyoliga ham, oddiy kishiga ham qutqu solayotgan ojizlik, zaiflik hissi odamzodning har qanaqasigayam gunohkorliguyu nuqsondorligi haqidagi aqidalarni battar avj oldirib, buzg\u2018unchilik tabiatimizda bor ekan, urushlarni to\u2018xtatish imkonsiz, degan qarashning keng tarqalishiga olib kelishi mumkin. Qanchalik ishonarli tuyulmasin, bu nuqtai nazar ikkita sababga ko\u2018ra xato. Birinchidan, vayronkorlik mayillari ortib borishi ularni tiyish, jilovlash imkonsiz degani emas. Ikkinchidan, urushlarga jamiyatdagi ruhiy silsila oqibati deb qarash, ijtimoiy, siyosiy sabablarni chetga surib, barini psixologizmga bog\u2018lash ham noto\u2018g\u2018ri. Hukmdorlar urushlarni yer, qazilma boyliklar, savdo-sotiqda imtiyoziga erishish, mamlakatni ehtimoliy xavf-xatardan himoyalash, o\u2018zlari dovrug\u2018 qozonib, dong taratish uchun boshlashadi. O\u2018sha hukmdorlar ham oddiy odamlardan uncha farq qilmaydi: ular manfaat yo\u2018lida har ishga tayyor bo\u2018lishsa-da, qonxo\u2018r zolimga sira o\u2018xshamaydi. El qatori yashaganida jaholatga emas, ezgulikka hissa qo\u2018shish ehtimoli ko\u2018proq bo\u2018lgan bunday kishilar hokimiyat jilovini qo\u2018lga olib, millionlar ustidan hukm yurgizib, eng mudhish qurollardan foydalanish imkoniga erishsa, aql bovar qilmas vayronkorlikni keltirib chiqarishi mumkin. Kundalik hayotda ular shunchaki raqobatchisini kasod qilardi, xolos. Biz yashayotgan qudratli, suveren davlatlar dunyosida esa, bundaylar odamzodga yoppasiga qiron keltirishi hech gapmas. Demak, insoniyat uchun eng jiddiy xatar allaqanday vahshiy gazanda emas, hokimiyat atalmish cheksiz qudratga erishgan oddiygina odam. Ammo minglab kishilar qotillik yo\u2018lida jonini jabborga berib jangga kirishi uchun ularga norozilik, nafrat, jazavayu vahimani yuqtirish kerak. Qurol bilan birga shu tuyg\u2018ular ham jang-jadalning hech o\u2018zgarmas sharti, ammo bu hislar ham, zambaragu bombalar ham o\u2018z-o\u2018zicha urushga sabab bo\u2018lolmaydi. Ko\u2018pchilik yadro urushi bu ma\u2019noda odatiy urushdan farq qiladi, deb biladi. Birgina tugmani bosib, yuz minglab odamni qirib yuborishga qodir yadro raketalarini yog\u2018dirgan kishi nayza yo pulemyot bilan qon to\u2018kkan askarning his etganlarini chindan ham sezmas balki. Ammo o\u2018sha kimsa buyruqni bajardim, xolos, deya o\u2018zini ovutgan taqdirdayam ongu shuurining allaqaysi puchmog\u2018ida vayronkorlik istagi, jillaqursa, hayotga o\u2018ta befarqligu toshbag\u2018irlik ildiz otmaganida qo\u2018li shunga borarmidi?<\/p>\n<p>Men uchta fenomenga e\u2019tibor qaratishni istardim; fikrimcha, kishining har qanday tanloviga ta\u2019sir ko\u2018rsatadigan eng zararli, xatarli bu fenomenlar: marhumga havas, ashaddiy narsissizm va simbiozli-insestual mayl-ishtiyoq. Bular birgalikda \u201ctanazzul sindromi\u201dni paydo qiladiki, bu sindrom odamni vayronkorlikka ishtiyoqi bois vayron qilishga, nafratga moyilligi bois nafratlanishga undaydi. Shuningdek, men tiriklikka, insonga, erkka muhabbatdan iborat \u201cyuksalish sindromi\u201dni ham muhokama qilishni xohlardim. Kamdan-kam odamlarda bu ikki sindromdan biri to\u2018la rivojlangan bo\u2018ladi. Biroq shubha yo\u2018qki, har kim muayyan, o\u2018zi tanlagan tomonga: tiriklik yoki zavolga, ezgulik yo zalolatga qarab yo\u2018l soladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\">\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0<strong>\u00a0 Rus tilidan Alisher OTABOYEV tarjimasi<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em>Manba: \u201cVatan\u201d jurnali, 2025\/2<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ERIX FROMM Birovlar odamni qo\u2018yga mengzaydi, ayrimlar uni yirtqich bo\u2018riga o\u2018xshatadi. Har ikki tomon ham o\u2018z qarashini tasdiqlaydigan dalillarni keltirishi mumkin. Odamlarni qo\u2018yga o\u2018xshatganlar, ularning hatto o\u2018z zarariga bo\u2018lsa-da, o\u2018zgalar buyrug\u2018ini bo\u2018yin tovlamay bajarishini ta\u2019kidlashadi. Odamlar yo\u2018lboshchilari ortidan vayronkorlikdan boshqa hech vaqo keltirmaydigan jangu jadallarga ham qayta-qayta bosh qo\u2018shishadi, ulamoyu qirollarning oshkora tazyiqidan tortib, maxfiy [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":555,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[30,22],"tags":[],"class_list":{"0":"post-554","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-muharrir-tanlovi","8":"category-psixologik"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/554","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=554"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/554\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":558,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/554\/revisions\/558"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/555"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=554"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=554"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=554"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}