{"id":547,"date":"2026-03-31T10:56:17","date_gmt":"2026-03-31T05:56:17","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=547"},"modified":"2026-03-31T10:56:17","modified_gmt":"2026-03-31T05:56:17","slug":"pikasso","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=547","title":{"rendered":"PIKASSO"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>KARL GUSTAV YUNG<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\">\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0<em>\u00a0\u00a0 E\u2019tiboringizga mashhur ruhshunos olim Karl Gustav Yungning (1875 \u2013 1961) \u201cPikasso\u201d essesi havola etilayotir. Unda K. G. Yung Pikasso ijodiy faoliyatining dastlabki davri haqida fikr yuritadi. San\u2019atshunosning tanqidiy maqolasidan farq qiladigan bu esseda muallif ijodkorning ruhiy olamiga doir ijod psixologiyasi bilan bog\u2018liq kuzatishlarini bayon etgan.<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Ahmad OTABOY, <\/strong><strong>t<\/strong><strong>arjimon<\/strong><\/p>\n<p>\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 O\u2018zim psixiatr bo\u2018la turib, Pikasso haqidagi munozaraga aralashayotganim uchun o\u2018quvchilardan uzr so\u2018rayman. Qo\u2018limga qalam olishga taniqli kishilarning da\u2019vati sabab bo\u2018ldi. Men ulkan san\u2019at sohibi bo\u2018lgan bu musavvirning ijodi jiddiy fikr yuritishga arzimaydi, degan fikrdan yiroqman, qolaversa, uning adabiyotdagi hamkasbi Joys ijodiga hurmat va e\u2019tibor bilan murojaat qilgan joyim bor (K. G. Yung o\u2018zining \u201cUliss\u201d nomli essesini nazarda tutgan \u2013 A. O.). Meni chinakamiga qiziqtirgan ushbu muammo juda keng, o\u2018ta jiddiy va nihoyatda murakkabki, uni bir gazeta maqolasi doirasida, garchi umumiy tarzda bo\u2018lsa-da, qamrab olish mushkul. Shu bois, Pikassoga munosabat bildirishga kirishishdan burun oldimga masalani shunday qo\u2018ydim: men musavvirning san\u2019ati haqida emas, balki faqat uning san\u2019ati psixologiyasi to\u2018g\u2018risida fikr yuritaman. Estetik problemalar bilan shug\u2018ullanishni san\u2019atshunoslarga qoldirib, men Pikasso badiiy ijodining asosida yotgan psixologiyani kuzatish bilangina cheklanaman.<\/p>\n<p>Qariyb yigirma yildan beri men inson ruhiy jarayonlarining xilma-xil tarzda ifodalanishi bilan bog\u2018liq psixologiyani o\u2018rganib kelaman, shu sababdan Pikasso suratlariga o\u2018z kasbini puxta egallagan mutaxassis sifatida qaray olaman. Orttirgan tajribalarimdan kelib chiqib, o\u2018quvchilarni ishontirib ayta olamanki, Pikassoning suratlarida aks etgan psixologik muammolar majmui bemorlarimda men uchratgan muammolarga aynan o\u2018xshash. Afsuski, buni hozir so\u2018z bilan isbotlashning imkoni yo\u2018q, chunki qiyoslanadigan manbalar faqat mutaxassislarga ma\u2019lum. Shu sababdan ham quyidagi mulohazalarim dalillardan xoli, muallaq bo\u2018lib tuyulishi mumkin va bu masalada men o\u2018quvchilarimga ularning samimiy, xayrixoh fantaziyalari ko\u2018mak beradi, deb umid qilaman.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-551\" src=\"https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/ea2bba60-6fed-11ed-8cb0-d92d4b4f074f.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"711\" srcset=\"https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/ea2bba60-6fed-11ed-8cb0-d92d4b4f074f.jpg 1200w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/ea2bba60-6fed-11ed-8cb0-d92d4b4f074f-300x178.jpg 300w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/ea2bba60-6fed-11ed-8cb0-d92d4b4f074f-1024x607.jpg 1024w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/ea2bba60-6fed-11ed-8cb0-d92d4b4f074f-768x455.jpg 768w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/ea2bba60-6fed-11ed-8cb0-d92d4b4f074f-696x412.jpg 696w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/ea2bba60-6fed-11ed-8cb0-d92d4b4f074f-1068x633.jpg 1068w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/ea2bba60-6fed-11ed-8cb0-d92d4b4f074f-709x420.jpg 709w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p>Predmetsiz (narsa, hodisa, mavzu bilan bog\u2018lanmagan) san\u2019at o\u2018zining mazmunini asosan \u201cichki teranlik\u201ddan oladi. Bu \u201cichki\u201d mazmun ongga muvofiq kelmaydi, chunki ong odatda zarurat tufayli namoyon bo\u2018ladigan hamma narsaning ma\u2019lum jihatlari aksi, in\u2019ikosini o\u2018zida saqlaydi. Biroq Pikasso san\u2019atining narsa, hodisa va mavzular bilan bog\u2018langanligi bu borada rasm bo\u2018lib qolgan tasavvurlardan keskin farq qiladi, bu farq musavvir san\u2019atining kundalik, oddiy tajribalarga bog\u2018lanmasligiga hech qanday e\u2019tiroz qoldirmaydi. Buning ustiga, vaqt o\u2018tishi bilan Pikasso ijodida empiriklikdan (tajribadan, sezgi a\u2019zolari orqali olingan taassurotlar va tabiiy sharoitdagi qo\u2018zg\u2018alishlar \u2013 A. O.) tobora uzoqlashish, tashqi tajribalarga mos kelmaydigan, biroq ong doirasidan tashqaridagi o\u2018ta \u201cichki teranlik\u201ddan kelib chiqayotgan unsurlarning (elementlarning) ko\u2018payishi yuz berayotir. Harqalay, bu hodisa besh sezgi a\u2019zosini o\u2018zida jamlab, tashqi olamga yo\u2018naltirilgan ong doirasidan tashqarida. Ongdan tashqarida mutlaqo Hech Nima emas, balki ongsiz ruh bor, ong uni ortda va ichkaridagi bir nima tarzida his etadi. Suratlarning tashqi olamga muvofiq kelmaydigan unsurlari \u201cichki teranlik\u201ddan tug\u2018ilishi tayin.<\/p>\n<p>Garchi bu \u201cichki teranlik\u201dni ko\u2018rib, tasavvur qilib bo\u2018lmasa-da, baribir u ongga muntazam ta\u2019sir ko\u2018rsatishga qodirki, men bu omillarning ta\u2019siridan azob chekadigan ruhiy bemorlarimni buni iloji boricha aniq-ravshan qilib (suratlarda) ifodalashga undayman. \u201cIfodalash usuli\u201dning maqsadi ongsiz strukturalarni (tuzilmalarni) uqish-idroklashga imkon tug\u2018dirish va ularni tushunishga urinishdir. Ushbu tadbirning yordamida terapevtik natijaga erishiladi: ongsizlik jarayonlari bilan ong orasidagi xavfli uzilish bartaraf etiladi. Bunday suratlarda aks etgan barcha ruhiy jarayonlar va ong tubidagi pinhona manzara-ko\u2018rinishlar aksi predmetli yoki \u201canglangan\u201d tasavvurlarning teskarisi \u2013 ramziy; bundan kelib chiqadiki, ular, juda bo\u2018lmaganda, oldin ma\u2019lum bo\u2018lgan ma\u2019no-mazmunga ishora qiladi. Shuning uchun alohida bir xususiy holat ifodasini kuzatib, muayyan aniqlikka erishib bo\u2018lmaydi. Faqat noaniqlik va chalkashlik, ma\u2019nisiz xilma-xillikni his etish mumkin, xolos. Suratda nima tasvirlangani va muallif nima haqda o\u2018ylagani tushunarsiz. Faqat bunday suratlarning ko\u2018plab turkumini qiyoslash orqaligina nimanidir fahmlash imkoniyati tug\u2018iladi. Bemorlar chizgan suratlar, ularda badiiy fantaziyaning yetishmasligi sababli, zamonaviy musavvirning suratlariga qaraganda nisbatan aniqroq va shu boisdan ham tushunarliroq.<\/p>\n<p>Ikki guruh bemorlarni bir-biridan farqlash kerak: bular nevrotiklar va shizofreniklar (ruhiy xastalik turlari \u2013 A. O.). Birinchi guruhga mansublar sintetik xarakterdagi (narsalarni, hodisalarni butun holda olib va ularning tarkibiy qismlarini bog\u2018lab) kuchli va yaxlit tuyg\u2018uga yo\u2018g\u2018rilgan suratlar chizishadi. Garchi bu suratlar mutlaqo mavhum bo\u2018lib, shu sababdan muallifning sezgi-kechinmalarini aks ettirmasa-da, harholda biri-biriga nihoyatda mutanosib yoki aniq mazmun yuklangan bo\u2018ladi. Ikkinchi guruh, aksincha, shunday suratlar chizadiki, bu suratlar ularning mualliflariga hissiyot begona ekanini ko\u2018rsatib turadi. Ular har qanday hollarda yaxlit uyg\u2018un tuyg\u2018uni emas, balki, aksincha, qarama-qarshi kechinmalarni yoki ularning umuman yo\u2018qligini ifodalaydi. Bu suratlarniing badiiy shaklida esa siniq chiziqlarda aks etgan tanazzul, inqiroz kayfiyati ustuvorlik qiladi va o\u2018z navbatida ijodkorning ruhiy parchalanganini, ya\u2019ni o\u2018zini boshqa odam deb fahmlashini bildiradi. Suratlar tomoshabinga yoqmaydi yoki aqlga to\u2018g\u2018ri kelmaydigan, tajavvuskor ruhdaligi va beo\u2018xshov nosamimiyligi bilan unda qo\u2018rqinchli taassurot qoldiradi. Pikasso ana shu ruhiy (psixologik) tipga mansub.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-550\" src=\"https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/57835ded-495e-4e6e-adca-273ff930837d.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/57835ded-495e-4e6e-adca-273ff930837d.jpg 1200w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/57835ded-495e-4e6e-adca-273ff930837d-300x200.jpg 300w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/57835ded-495e-4e6e-adca-273ff930837d-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/57835ded-495e-4e6e-adca-273ff930837d-768x512.jpg 768w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/57835ded-495e-4e6e-adca-273ff930837d-696x464.jpg 696w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/57835ded-495e-4e6e-adca-273ff930837d-1068x712.jpg 1068w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/57835ded-495e-4e6e-adca-273ff930837d-630x420.jpg 630w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p>Bunday farqqa qaramay, har ikkala guruhning chizgan rasmlarida bir umumiy jihati bor, bu \u2013 ramziy mazmundir. Har ikkala guruh ham ma\u2019noni ishoralar orqali istifoda etadi, biroq nevrotik tip bu ma\u2019noni qidiradi va o\u2018zining sezgi-kechinmalarini tomoshabinga yetkazishga urinadi. Shizofrenikda bunday harakat sezilmaydi va aksariyat hollarda u o\u2018z tuyg\u2018ularining qurboni bo\u2018ladi. Bu hol suratlarda shunday aks etadi: go\u2018yo uni tuyg\u2018ulari mahv etgan va ezib tashlagan, u, nevrotik juda bo\u2018lmaganda bir nima chiqarishga uringan elementlarga qorishib ketgan. Shizofrenikka xos ijod haqida aytish lozim bo\u2018lgan fikrlarni men Joys haqidagi mulohazalarimda gapirib o\u2018tganman: bunday ijodda tomoshabin uchun qiziqarli hech narsa yo\u2018q, bor narsalarning hammasi uni qochiradi, bezdiradi, kutilmagan har qanday detal yon berish, chekinish sifatida qabul qilinadi. Xunuklik, kasallik, vahima, mavhumlik nimanidir ifodalash uchun emas, balki, aksincha, hamma narsani yashirish, bekitish uchun xizmat qiladi va bu parda axtaruvchi, izlovchini o\u2018ziga jalb etadi; bu parda \u2013 misoli kimsasiz botqoqni qoplagan sovuq tuman; mazmundan mahrum bu parda tomoshabinga ehtiyoj sezmaydigan tomoshaga, manzaraga o\u2018xshaydi.<\/p>\n<p>Bir ijodkordan, u nimani ifodalamoqchi bo\u2018lganini so\u2018rash kerak, boshqasidan \u2013 u nimani ifodalamoqchi bo\u2018lmaganini. Va ularning har ikkalasida ham yashiringan mazmun bor. Bundayin obrazlar turkumi (chizilgan suratlar yoki yozilgan so\u2018zlar) odatda Nekyuyya simvolidan, jahannam qa\u2019riga tushish, ongsizlikka chekinish, tiriklik dunyosidan chetlashishdan boshlanadi. Shundan keyin yuz beradigan hodisalar kundalik oddiy shakl va qiyofalarda ifodalanadi, biroq bu ifodalar yashirin ma\u2019no va ramziy xarakterga yo\u2018g\u2018rilgan bo\u2018ladi. Pikasso zangori tusdagi predmetli suratlardan boshlaydi: oqshomning nofarmonligi, oy yog\u2018dusi va suv, misr g\u2018orining ko\u2018kimtir rangi shundan dalolat beradi. Mana, u jon taslim qilayotir, va uning ruhi otda oxiratga ravona bo\u2018layotir. Kundalik, oddiy hayot ortidan ilashadi va bolalarini yetaklagan ayol unga aql o\u2018rgatib murojaat qiladi. Uning uchun kunduz ham, kecha ham \u2013 ayol, bu psixologik nuqtai nazardan yorug\u2018 va qorong\u2018u ko\u2018ngilni (anima) anglatadi. Qorong\u2018ulik bekinib olgan va nofarmon shom quchog\u2018ida, potologik mayl-ishtiyoqlarni qo\u2018zg\u2018ab, uni poylayotr. Bo\u2018yoqlar uyg\u2018unligining o\u2018zgarishi bizni jahannamga doxil etadi. Predmetlilik ajal tasviri orqali yoritilgan, ajal mahorat bilan chizilgan sil va zotiljam fohisha-o\u2018smir qiyofasida aks etgan. Fohisha motivi oxiratda ijodkor marhumning ruhi sifatida, bir qancha o\u2018ziga o\u2018xshaganlar bilan uchrashadigan, jahannam ostonasida paydo bo\u2018ladi. \u201cIjodkor\u201d deganda men Pikassoning boshqa, ko\u2018rgulikka uchragan shaxsini \u2013 jahannamda bo\u2018lishga mahkum, taqdir hukmi bilan oddiy yorug\u2018 kunda emas, zulmatda makon topgan, hammaga ma\u2019qul go\u2018zallik va ideallarini emas, balki yovuzlik va yomonlikka tortuvchi iblisona kuchga ergashib, hozirgi zamon kishisini Antixrist va Lyusifer tarafiga og\u2018diradigan hamda umumjahon inqirozi taassurotini paydo qiladigan odamni nazarda tutaman. Va shuning uchun uning asarlarida kundalik hayotning ravshan dunyosi jahannam bulutlari bilan qoplanadi, tanazzulga yuz tutadi, va oxir-oqibat, zilzila chog\u2018ida yorilib ketgan yer sathiday, bo\u2018laklarga, qismlarga, siniq chiziqlarga, fragmentlarga, axlat, mayda-chuyda va o\u2018lik unsurlarga bo\u2018linib tushadi. Pikasso va Pikasso asarlari ko\u2018rgazmasi \u2013 bu vaqt hodisasi, bu \u2013 suratlarni tomosha qilgan yigirma sakkiz ming odam kabi zamon voqeligidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em><strong>Manba: &#171;Vatan&#187; jurnali, 2026\/1<\/strong><\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>KARL GUSTAV YUNG \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 E\u2019tiboringizga mashhur ruhshunos olim Karl Gustav Yungning (1875 \u2013 1961) \u201cPikasso\u201d essesi havola etilayotir. Unda K. G. Yung Pikasso ijodiy faoliyatining dastlabki davri haqida fikr yuritadi. San\u2019atshunosning tanqidiy maqolasidan farq qiladigan bu esseda muallif ijodkorning ruhiy olamiga doir ijod psixologiyasi bilan bog\u2018liq kuzatishlarini bayon etgan. Ahmad OTABOY, tarjimon \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 O\u2018zim psixiatr [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":548,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[22],"tags":[],"class_list":{"0":"post-547","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-psixologik"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/547","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=547"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/547\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":552,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/547\/revisions\/552"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/548"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=547"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=547"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=547"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}