{"id":534,"date":"2026-03-06T13:01:43","date_gmt":"2026-03-06T08:01:43","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=534"},"modified":"2026-03-06T13:01:43","modified_gmt":"2026-03-06T08:01:43","slug":"ozimniki-bolgan-dunyo","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=534","title":{"rendered":"O\u2018zimniki bo\u2019lgan dunyo"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>RAVSHANBEK SOBIROV<\/strong><\/p>\n<p>Elixio Garsia Markesning \u201cBo\u2018r bilan chizilgan halqa\u201d essesini tong saharda o\u2018qib o\u2018ylanib qoldim, lekin bu holat o\u2018zimga ham qiziq tuyuldi. Qiziq tomoni shundaki, inson shaxsiyatini tushunish o\u2018ta murakkab ekanligini hayotiy va o\u2018zi shohid bo\u2018lgan voqealar bilan ko\u2018rsatgan. Shaxsiyat, menimcha, hammani qiziqtiradi va men ham bundan mustasno emas. Masalan, men mashhur Sherlok Holmsdek bo\u2018lib qolsam, deb orzu qilaman. Bir qarash bilan boshqalarning xulq-atvoridan tortib, ertalab nonushtaga nima tanovul qilganigacha aytib, ularni hayron qoldirgan bo\u2018lardim. Ammo xayol boshqa, hayot boshqa.<\/p>\n<p>Dostoyevskiy \u201cJinoyat va jazo\u201dda aytganidek: \u201cHar inson alohida olam\u201d. \u00a0Insoniyatni tushunish qiyin. Endi ijodkorlarni asti qo\u2019yavering: ular Somon yo\u2018li va koinotdan, butun galaktikadan ham tashqarida bo\u2018lsalar kerak. Ularning bu dunyodan tashqari ham boshqalarni kiritishni istashmaydigan dunyosi bor. Musavvirlar chizgan suratlari, shoir va yozuvchilar yozganlari orqali o\u2018z dunyolarini boshqalarga eshik tirqishidan ko\u2018rsatishadi. Aniqrog\u2018i qizg\u2018anishadi, desam, to\u2018g\u2018ri bo\u2019lar. Sabab bu dunyoni o\u2018zi yaratdi, bo\u2018yab-bezadi, haqiqiy dunyo tashvishlari, kemtiklari, hatto, odamlarini ham unutgan holda o\u2018zlari xohlagandek, yashab, faqatgina \u201co\u2018zi\u201d bo\u2018la oladigan yagona maskanga aylantirishdi.<\/p>\n<p>Insoniyatning bu dunyosini o\u2018z hukmiga olishini istamaydilar. Bu olamga ikkiyuzlamachilik kerak emas. Xuddi \u201cOrzular saltanati\u201d deb zarhal yozuvlar bilan yozilgan bir saylgohga tushib qolgandek taassurot uyg\u2018otadi u dunyo. Bunda \u00a0nimaiki istasang muhayyo. Sokinlik, mayin musiqa, ajib suhbatlar\u2026 Ammo san\u2019at ahlining bu olamini, asta shitirlayotgan daraxtlarini ildizigacha qo\u2018porib, bir lahzada ko\u2018kka uchuruvchi, hammasini ag\u2018dar-to\u2018ntar qiluvchi kushandasi ham yo\u2019q emas.<\/p>\n<p>Shuhrat. Inson ko\u2018zlarini ko\u2018r qilib qo\u2018yuvchi jimjima. \u201cO\u2018zim shuni butun umr orzu qilganman va erishdim\u201d deyishadi, lekin nimani yo\u2018qotayotganlarini bilishmaydi. Baqtincha. Bu xuddi qishni sog\u2018inib kutgan, qor yog\u2018ayotganini derazasidan kuzatib bolalarcha zavqlanayotgan odamga o\u2018xshaydi. Qor, oppoq va sof suvning mitti muzlagan parchalari. Biroq derazadan tashqarida sovuq o\u2018z hukmini o\u2018tkazgan, tabiat uyquga ketgan, qora qarg\u2018alar yemish izlab izg\u2018igan chog\u2019. Shu manzaradan rohatlanamiz, ko\u2019zimizning ko\u2019rgani ilk manzara shu. Qish o\u2018rtalarida esa haqiqiy qahraton kuchini ko\u2019rsata boshlaydi. Go\u2019zallikni derazadan tashqari ko\u2019rging kelmaydi. Qahraton suyaklarimizgacha qaqshatsa-da, qishni bolalarcha kutaveramiz.<\/p>\n<p>\u201cO\u2018lik shoirlar jamiyati\u201d asari qahramoni Jon Kiting aytganiday: \u201cCarpe diem\u201d \u2013 \u201cLahzani tutib qol\u201dgimiz keladi. Shuhrat degani ham shunday, avvaliga ertaklardagidek uchar gilamchada uchasan, keyinchalik esa bu ertakni eshitishdan ham charchaysan&#8230;<\/p>\n<p>Gabriel Garsia Markes bilan ham shu holat yuz bergan. Mashhur bo\u2018lishni, kitoblari qo\u2018lma-qo\u2018l bo\u2018lishini istagandi. \u201cYolg\u2018izlikning yuz yili\u201c haqiqatdan ham eng ko\u2018p sotilgan, qo\u2019lma-qo\u2019l o\u2018qilib, muhokamalarga sabab bo\u2018lgan asar.\u00a0 Markesga u shu darajada shuhrat keltirdiki, ungacha deyarli sotilmagan, o\u2018qilmagan asarlari ham peshtaxtalarda tugab bitdi. Oppoq bulutlar tarqagach, Markesga haqiqiy osmon ko\u2019rindi: uning o\u2019ziga tegishli kuni qolmagandi. Intervyular, oxiri yo\u2019q suhbatlar va uyigacha bostirib keluvchi muxlislar&#8230; Bularning hammasi uni o\u2018z dunyosidan uzoqlashtirayotgan edi.<\/p>\n<p>Amerikalik essenavis Ralf Uoldo Emersonning \u201cO\u2018ziga tayanish\u201d essesida: \u201cInson ichida butun bir olam yashaydi\u201d degydi. Markesda shu olamga safar to\u2019xtab qolgandi. Yangidan-yangi asarlar yozish uchun real olamdan u olamga \u201cekspeditsiya\u201d uyushtirishga vaqt topolmasdi. Bu mashmashalardan adibning o\u2018zi ham oxiri charchadi. Jonday aziz deb bilgan muxlislardan tinchlik izlab berkinib yurdi. Menimcha u: \u201cBu dunyo O\u2018zimniki! Bo\u2018r bilan atrofiga halqa chizib, \u201cMana \u2013 sizning chegarangiz. Bu tomoniga o\u2018tmang! Kerakmas o\u2018sha shuhratingiz va shirin so\u2018zlaringiz&#8230; Chiziqni bosmang! Meni tinch qo\u2018ying! O\u2018zimniki bo\u2018lgan dunyoyimda \u00a0halovat topamanmi? Tinchgina yoza olamanmi? O\u2018tmang! To\u2018xtang! Bas, vassalom!\u201d \u00a0demoqchi bo\u2018lgandir-u andisha qilib ayta olmagandir\u2026<\/p>\n<p>Ijodkor birda tinchgina yozish uchun kichkinagina uy, tartibsiz xona va undagi halovatni istasa, birda katta davralarni, sha\u2019niga aytilgan iliq so\u2018zlar, maqtovlarni ko\u2018ngli tusab qoladi. Menimcha, hammasidan ham ko\u2019proq u erkinlik, xolilikka muhtoj. Shu holdagina go\u2018zallik, ohang va purma\u2019no asarlar, umuman, tafakkur chegaralaridan tashqaridagi olamni yarata oladi va uni sizga ham ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p>Har kim o\u2019ziniki bo\u2019lgan dunyoda yashasin.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>RAVSHANBEK SOBIROV Elixio Garsia Markesning \u201cBo\u2018r bilan chizilgan halqa\u201d essesini tong saharda o\u2018qib o\u2018ylanib qoldim, lekin bu holat o\u2018zimga ham qiziq tuyuldi. Qiziq tomoni shundaki, inson shaxsiyatini tushunish o\u2018ta murakkab ekanligini hayotiy va o\u2018zi shohid bo\u2018lgan voqealar bilan ko\u2018rsatgan. Shaxsiyat, menimcha, hammani qiziqtiradi va men ham bundan mustasno emas. Masalan, men mashhur Sherlok Holmsdek bo\u2018lib [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[17],"tags":[],"class_list":{"0":"post-534","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","6":"category-esse-haqida"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/534","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=534"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/534\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":536,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/534\/revisions\/536"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=534"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=534"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=534"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}