{"id":531,"date":"2026-03-05T22:23:46","date_gmt":"2026-03-05T17:23:46","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=531"},"modified":"2026-03-05T22:24:20","modified_gmt":"2026-03-05T17:24:20","slug":"olam-va-odam","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=531","title":{"rendered":"Olam va odam"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>ORZUMUROD QOSIMOV<\/strong><\/p>\n<p>Gabrielni bezovta qilmang! Har doim bizdan oldingilardan iqtibos keltirish odatim bor, ammo bugun Garsia uchun bu fikrimdan qaytdim. Nega deb siz ham meni bezovta qilmang, men bugun Elixio bilan Markesning olamiga ketyapman. Menga ergashishni xayolingizga ham keltirmang, u tanho, yolg\u2019izlikning yuz yilida yashayapti, mehmon kutishni oxirgi pallalarda xushlamay qo\u2019ygan. Ta&#8217;na qilishga shoshilmang, uni manman yo xudbin ham deyolmaysiz, halqangizdan chiqmang. Ha, so\u2019zlarim mujmal, ammo bu \u00a0\u2013 mening halqam, bu \u2013 mening, uning ta\u2019rifi.<\/p>\n<p><strong><em><b><i>Elixio, olam nima?<\/i><\/b><\/em><\/strong><\/p>\n<p>Olam\u00a0\u00a0\u2013 sen va men, balki parovozdan vashillab chiqayotgan tutundir. Balki qoqio\u2019tning ochilishi yoki minglab fikrlarning tug\u2019ilishidir. Yana olam bu \u00a0\u2013 qalb. Uning zamirida sen va men, parovoz, qoqio\u2019t, Gabrielning fikrlari ham mujassam.<\/p>\n<p><strong><em><b><i>Seningcha, qalblar olamdan kattaroqmi?<\/i><\/b><\/em><\/strong><\/p>\n<p>Ha, Gabrielning qalbi kabi uning fikrlari gohida olamga sig\u2019madi, qalbiga jamlandi, yolg\u2019izlikni tanladi. Olam gohida ijodni, dardni anglamaydi, ammo qalb buning aksi. Masalan,\u00a0odam uch metrlik halqa ichida yashashi mumkinmi? Menimcha,\u00a0yo\u2019q, lekin inson o\u2019z qalbida yillarcha yashashi mumkin xuddi Markes kabi. Bilasanmi bu kichik olamga hatto shon-shuhrat ham sig\u2019maydi. Gohida birgina fikr olamga shu qadar og\u2019irlik qiladiki, uni tushunish uchun ham shon-shuhrat,\u00a0ham fikr odami bo\u2019lishing kerak. Ijod \u00a0\u2013\u00a0ikki olamdir,\u00a0ijodkor esa olamlar o\u2019rtasida muallaq turgan kimsa. Ha,\u00a0bu holat ham bir epkinlik. Bu epkinlik kimgadir erta,\u00a0kimgadir kech nasib etadi. Yozganlaring bu \u00a0\u2013\u00a0sening hayoting desam,\u00a0meni ayblashga shoshma. Hemingueyni esla, Tolstoyning umriga,\u00a0asariga boq, farq topsang aytarsan. Mark Tvenni tushunish qiyin bo\u2019lsa, Qodiriy yoki Oybekni yo\u2019qla. Keyingina sen Gabrielni anglab boshlaysan. Har bir yozuvchining o\u2019z dunyosi bor,\u00a0u dunyoni anglaganingda yoqimsiz asarlar ham dilinga xush yoqib boshlaydi. Endi sen javob ber:<\/p>\n<p><strong><em><b><i>Sen uchun yolg\u2019izlik la\u2019natmi yoki o\u2019zlik<\/i><\/b><\/em><\/strong><strong><em><b><i>k<\/i><\/b><\/em><\/strong><strong><em><b><i>a qaytish yo\u2019li?<\/i><\/b><\/em><\/strong><\/p>\n<p>Bu savol bilan Markesga shu\u00a0qadar yuzlangim kelmoqda,\u00a0ammo uning o\u2019y-fikrlaridan chalg\u2019itib qo\u2019yishdan qo\u2019rqaman. Ko\u2019pchilik yolg\u2019izlikni qo\u2019rquv bilan bog\u2019laydi. Chunki yolg\u2019izlikkina insonning o\u2019zligiga, uzoq o\u2019tmishiga, qilmishlariyu, o\u2019y-fikrlari ochuniga yetaklaydi. Uning qo\u2019rqinchi bu olamda hech kim ekaningni anglash, sening bilganlaring aslida bilmagining ekanligi, mol-dunyoying, hashamatlar, mashhurlik, hatto o\u2019zing ham o\u2019tkinchi bir dengizning ko\u2019pigiligingni anglashdir. Bu haqiqat, juda qattiq haqiqatki, u bilan yuzlashgan inson komillikka yetishadi yoki telbalikka. Eng achinarlisi esa,\u00a0uni anglamasdan o\u2019tishingdir. Gohida insonlar yolg\u2019izlikka la\u2019nat aytadilar, xuddi \u201cYolg\u2019izlikning yuz yili\u201ddagi kabi. Aslida yolg\u2019izlik ongsizlikdan, haqiqatdan qochishdan afzal. Bilasizmi,\u00a0yolg\u2019izlkni anglamagan,\u00a0u bilan sirdosh tutinmagan insonni nimaga o\u2019xshataman. Bu olamga kelib,\u00a0hech bir noz-ne\u2019matdan totlanmagan,\u00a0ammo pufak kabi xunuk yolg\u2019on nomli taom bilan oziqlangan maxluqotga. Bu fikrim uchun ta\u2019na toshlari otilishi aniq,\u00a0ammo bu so\u2019zlar sizni bir muddat bo\u2019lsa ham yolg\u2019izlik atalmish qisqa umrboqiylikka yetaklashi tayin.<\/p>\n<p><strong><em><b><i>Elixio, realizm<\/i><\/b><\/em><\/strong><strong><em><b><i>\u00a0<\/i><\/b><\/em><\/strong>\u00a0\u2013\u00a0<strong><em><b><i>haqiqatdan qochishmi yoki haqiqatni ochiqcha aytish?<\/i><\/b><\/em><\/strong><\/p>\n<p>Uyqu bilan uyg\u2019oqlikning nima farqi bor? Ikki jumla ham reallik, ammo biri bizga shu qadar yaqinki, burnimiz ostidan topishimiz mumkin, biri shu qadar yiroqki, uni reallikdan qidirishimizning o\u2019zi noreallikdir. Gabriel ehtimol shunday degan bo\u2019lardi: \u201cBa\u2019zan uyqudagi tush hayotdan ham realroq, chunki u biz yashirishga uringan haqiqatni ochadi\u201d. Masalan, Lotin Amerikasi \u00a0\u2013 reallik, ularning orzu-umidlari esa osmondan gullar yog\u2019ishi-yu, odamlarning osmonga ko\u2019tarilishidek. Markes har qachon ham ularning orzu-umidlari haqida fikr yuritdi. Bu fikrlar haqida o\u2019ylash uchun odam realist bo\u2019lishi kerak(mi)? Ha, bu yerda birgina yechim bor, xolos.<\/p>\n<p>Biz relistmi yoki sehrli realist? Balki biz hech kimdir. Bir paytlar sehrli realistlar Gabriel kabi noyob bo\u2019lgandir. Shu kunlarda u kabilar ko\u2019pdek, ammo Markes g\u2019ayritabiiylikni ham tabiiydek qabul qilgan. Zamonamiz odamlari ham shunday: endi ular hech narsadan hayratlanishmayapti, zavqlanishmayapti. Balki Markesning hayotiga kirib kelgandirmiz. Ha, ijodni anglash gohida qiyin, ammo o\u2019zlikni anglash esa undan ham qiyin. Bu ikki xislatni boshqarish inson gardaniga og\u2019irlik qiladi. Yengil hayot mangu emas, og\u2019ir hayot ham. Gohida gardanida og\u2019irlik bilan yashash ham totli, ham maroqli&#8230;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ORZUMUROD QOSIMOV Gabrielni bezovta qilmang! Har doim bizdan oldingilardan iqtibos keltirish odatim bor, ammo bugun Garsia uchun bu fikrimdan qaytdim. Nega deb siz ham meni bezovta qilmang, men bugun Elixio bilan Markesning olamiga ketyapman. Menga ergashishni xayolingizga ham keltirmang, u tanho, yolg\u2019izlikning yuz yilida yashayapti, mehmon kutishni oxirgi pallalarda xushlamay qo\u2019ygan. Ta&#8217;na qilishga shoshilmang, uni [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[17],"tags":[],"class_list":["post-531","post","type-post","status-publish","format-standard","category-esse-haqida"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/531","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=531"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/531\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":533,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/531\/revisions\/533"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=531"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=531"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=531"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}