{"id":520,"date":"2026-02-13T01:06:05","date_gmt":"2026-02-12T20:06:05","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=520"},"modified":"2026-02-13T01:10:43","modified_gmt":"2026-02-12T20:10:43","slug":"tun-ogriq-soz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=520","title":{"rendered":"Tun. Og\u2018riq. So\u2018z"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>MEHRINOZA FARMONOVA<\/strong><\/p>\n<p>Yan Parandovskiy \u201cSo\u2018z kimyosi\u201dda Aflotun va Arastu ijodiy ritmini qiyoslay turib, \u201cAflotun tunni yaxshi ko\u2018rar edi, Arastu esa tongni. Biri ilhom va tushlar dunyosida yashar, ikkinchisi uyg\u2018oq aql va kuzatuv nuri bilan ishlardi\u201d, deydi. Jumlani o\u2018qiy turib, Aflotundan ulgi olib, men ham ilhomni Yerga tun qoplagan qora pardalar orasidan qidiribman-da, dedim. Lekin ilhom daryosida suzishning badali qimmat bo\u2018lishini yozmoqchi bo\u2018lsam, buni eng mayda og\u2018riqlarim-la yuzlashish bilan to\u2018lashim kerakligini keyinroq bildim.<\/p>\n<p>Har narsani muvozanatda yaratgan Xudo kuni bo\u2018yi xoh jismoniy, xoh aqliy mehnat bilan shug\u2018ullangan bo\u2018lsin, charchaganlar uchun tunni berdi. Maqsad ham tanani, ham ruhni dam oldirib, yangi kunga tayyorlash, bu ish esa uyqu vositachiligida amalga oshadi. Lekin haqiqiy ijodkor hech qanday qoliplarga sig\u2018maydi deyishganidek, u shu muvozanatni ham buzdi. Uxlashi kerak mahalida ruhiyatining eng tubigacha sho\u2018ng\u2018ib, dardlari bilan yuzlashishni, malham topish ilinjida nimalarnidir qoralashni odat qildi.<\/p>\n<p>Ha, ruhiyat va tana oromi uchun uyqu zarur. Lekin baxtga qarshi, ko\u2018plab ijodkorning yoza olishi uchun tundan maqbul variant yo\u2018q. Aslida, ularga soatning qizig\u2018i ham yo\u2018q, ular uchun bu shunchaki raqamlar almashinuvi, xolos. Gapning sirasi shundaki, ular kunning beadad shovqinlaridan omonlikni aynan tundan topishgan. Chunki ko\u2018pchilik o\u2018z tafakkurining cho\u2018qqisiga aynan sokinlikdagina yeta oladi. Yuqorida deganimdek, ruhiyat dengizida suzish aynan tunda\u00a0 nasib qiladi ularga.<\/p>\n<p>Ijodkor uchun tafakkur va tasavvur vaqti \u2013 haqiqiy hordiq. Ijodkor unda uyqudan olgan energiyasidan ming chandon ko\u2018prog\u2018ini oladi. Bu dunyo badallar dunyosi ekanligini esga olsak, ruhiyati dam olsa-da, uxlamagani hisobiga jismi dam ololmaydi. Lekin ijodkor ko\u2018ngil odami emasmi, jismini qurbon qilib, ruh oromini tanlaydi.<\/p>\n<p>Yaqin kunlardan boshlab men ham shu uch so\u2018z orasida yashay boshladim: tun, og\u2018riq, so\u2018z. Orasidan biri bo\u2018lmasa, hech biri yo\u2018q. Tun bo\u2018lmasa, qolgan ikkisi yaqinimga ham yo\u2018lamaydi. Tun bo\u2018lmasa, ijod ham yo\u2018q demak. Lekin bedorlikning qancha alqovini eshitib, tunni sevsam, shuncha og\u2018riqlarimni qo\u2018zitgani uchun yomon ko\u2018rib boryapman. Shuning uchun hozir hayotimda eng katta dilemma: tunni yaxshi ko\u2018raymi yo yomon?<\/p>\n<p>San\u2019atshunoslik darsida ustozim: \u201cKimda kim haqiqiy yuzini ko\u2018rmoqchi bo\u2018lsa, qulayliklaridan bir qadam tashqariga chiqib, o\u2018zini kuzatsin. Shunday pallalarda o\u2018zi bilan ko\u2018proq gaplashsin\u201d, \u2013 degandi. Balki men bedor bo\u2018la boshlab, o\u2018zim bilmagan holda qulay hududimdan chiqib qoldim-u, endi o\u2018zimni tinglash o\u2018zimga og\u2018irlik qilayotgandir. Balki o\u2018zimni endi taniy boshlagandirman. Mayli, ming\u2018irlashni qo\u2018yib, gapning indallosiga o\u2018taylik. Kaminaning tafakkur va tasavvurida Tun deganda gavdalanuvchi avtoportret quyidagicha izohlanadi:<\/p>\n<p>U \u2013 omonsiz tergovchi. Bitta qo\u2018ymay so\u2018roqlab chiqadi ko\u2018rgan-ko\u2018rmaganim, bilgan-bilmaganimni. Harqalay, menga shunday. Bu insondan-insonga o\u2018zgarsa kerak. Kimgadir allalovchi enaga, masalan. Lekin tan olishim kerak, u ruhimni yengillashtiruvchi, kun bo\u2018yi yig\u2018ilgan, meniki bo\u2018lmagan, qayerdandir ilashtirib olgan odatlardan forig\u2018 qiluvchi, sochilib ketay degan \u201cmen\u201dimni yig\u2018uvchi ruhshunos ham.<\/p>\n<p>Aslini olganda, insonlikka eltuvchi yo\u2018lning ibtidosi \u2013 shoir Usmon Azim ayganidek, \u2013 dunyoga nega kelganini inson o\u2018zidan so\u2018rashi, bu cheksiz dunyoga sochilib ketgan o\u2018zini yig\u2018ishi va zarrama-zarra qurishidir.<\/p>\n<p>Tun \u2013 ayovsiz jallod. Yillardir bag\u2018ringda saqlab yurgan yaxshiliklarning bo\u2018yniga bolta urish uchun payt poylaydi. Qo\u2018yib bersang, ichingda yashiringan shu kichik nekbinlikka ham rahna solsa. Biroq uni obi hayot deyish ham mumkin. Yangi kun uchun\u00a0 kerak bo\u2018ladigan kuch, matonat, shukr unda chanqog\u2018ini bostiradi.<\/p>\n<p>Tunni yana g\u2018iybatchi xotinga mengzataman. Yig\u2018lab-yig\u2018lab aytganlarimni borib yulduzlarga sotadi. Uning bu karomati meni og\u2018rintirmaydi, lekin yo\u2018llar tugab, yulduzlarga chiqqanimda, mayda-mayda dardlardan o\u2018rtanganim uchun yuzim shuvit bo\u2018lmay deyman. Ammo u qo\u2018li yengil shifokor ham. Har gal tafakkurim xasta lanib, og\u2018riganimda uning yoniga chopaman. Kun bo\u2018yi uning kelishi kutaman. Ugina o\u2018ylarimni tartiblab, tafakkurimni o\u2018z holiga qaytarishga qodir.<\/p>\n<p>Ha,\u00a0 tun\u00a0 badal ham. Kunduzi yashaganlaring, kulganlaring, unutganlaring badali. Uning qaqshatqich sukunati guvohligida bir-bir to\u2018laysan har birini. Lekin\u00a0 tun eng yaxshi doya. Darddan yaralgan homilani Ijod nomli bebaho ne\u2019matga aylantiruvchi doya. Bu borada dunyo tundan qarzdor. Eng sara asarlarni dunyoga keltirib, insoniyat qalbini o\u2018lishiga yo\u2018l qo\u2018ymagani uchun. Eh-hee, u biz bilgan-nibilmagan necha-necha durdonalar borliqqa taqdim qildi. Buning aniq miqdorini u va Xudo biladi, xolos.<\/p>\n<p>Menimcha, Alloh azbaroyi tunni sevganidan suyukli bandalariga dard berib, ularni tonggacha bedor qildi. Duolar eng mustajob bo\u2018ladigan payt uchun ham tunni tanladi. Yo\u2018q, bularning hammasini shunchaki tasodif deb bo\u2018lmaydi. Bu yerda bir ilohiy sir bor. Axir, so\u2018zning o\u2018zi ham, undan yaralgan asar ham ilohiy.<\/p>\n<p>Bir shoir \u201cBu dunyo kimniki?\u201d degan savolga \u201cDardi borlarniki\u201d deb javob bergan ekan. Magar dard Yaratgan tomonidan berilar ekan, uning ham ilohiyotga daxli bor.<\/p>\n<p>Bu bilan zinhor demoqchi emasmanki, kunduzi yozilgan asarlar, tug\u2018ilgan ijod namunalari dardsiz, ilohiyotga daxlsiz deb. Aksincha, kechalarni to\u2018lg\u2018anib, bedor o\u2018tkazishim, bir burda non orzusida shaharni kezgan gadoy kabi bir misra ilinjida tunni tongga ulanganlarim tobora og\u2018ir kelganidan o\u2018zimga taskin beryapman, xolos.<\/p>\n<p>Lekin Fuzuliyning ushbu misrasi zap nishonga urgan-da: \u201cKavokib sayrini shab ila sahar bedor o\u2018landan so\u2018r\u201d.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>MEHRINOZA FARMONOVA Yan Parandovskiy \u201cSo\u2018z kimyosi\u201dda Aflotun va Arastu ijodiy ritmini qiyoslay turib, \u201cAflotun tunni yaxshi ko\u2018rar edi, Arastu esa tongni. Biri ilhom va tushlar dunyosida yashar, ikkinchisi uyg\u2018oq aql va kuzatuv nuri bilan ishlardi\u201d, deydi. Jumlani o\u2018qiy turib, Aflotundan ulgi olib, men ham ilhomni Yerga tun qoplagan qora pardalar orasidan qidiribman-da, dedim. Lekin ilhom [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":522,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[30],"tags":[],"class_list":{"0":"post-520","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-muharrir-tanlovi"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/520","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=520"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/520\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":525,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/520\/revisions\/525"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/522"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=520"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=520"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=520"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}