{"id":513,"date":"2026-02-01T18:06:27","date_gmt":"2026-02-01T13:06:27","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=513"},"modified":"2026-02-01T18:06:27","modified_gmt":"2026-02-01T13:06:27","slug":"ummon-yuzidagi-chop","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=513","title":{"rendered":"Ummon yuzidagi cho\u2018p"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>MAMATQUL HAZRATQULOV<\/strong><\/p>\n<p>Men tug\u2018ilganimda enam o\u2018ttiz sakkiz yoshda bo\u2018lganlar. Enam vafot etganlarida men o\u2018ttiz sakkiz yoshda edim. Enajonim bu foniy dunyodan boqiy dunyoga yo\u2018l olganlariga bugun o\u2018ttiz sakkiz yil bo\u2018ldi&#8230; Demak, hozirgacha yashagan umrimning birinchi o\u2018ttiz sakkiz yili enam bilan o\u2018tdi, keyingi o\u2018ttiz sakkiz yil judolikda o\u2018tmoqda. Aslida birinchi o\u2018ttiz sakkiz yilni ham to\u2018la, bevosita enamning yonida o\u2018tdi, deyolmayman. O\u2018n yetti yoshimda maktabni bitirdimu o\u2018qishga kirish uchun Toshkentga yo\u2018l oldim. Shu-shu taqdir taqazosi bilan poytaxtda muqim yashab qoldim. Avvaliga bir oyda bir-ikki marta, keyin oyda bir, so\u2018ngra ikki oyda bir boradigan bo\u2018ldim qishloqqa. Enam vafotidan keyin bu oraliq yanada uzoqlashdi&#8230;<\/p>\n<p>Bugun 25 sentabr. O\u2018ttiz sakkiz yil oldin xuddi shu sanada enajonimni so\u2018nggi manziliga kuzatgan edik. Shundan beri enamni eslamagan kunim kam. Ammo bugun negadir ertayu kech enam xayolimda. Har qancha xayolimni chalg\u2018itmay eplay olmayapman. Ko\u2018z o\u2018ngimda enajonimning muborak siymolari ketmayapti, ovozlarini eshitganday bo\u2018layapman. Enam bo\u2018ychan, qaddi tik, bug\u2018doy rang, qotmadan kelgan ayol edilar. Xat-savodlari yo\u2018q, ammo gapga chechan, ertak-matallarni qiziqarli aytardilar, hazil-mutoyibaga moyil edilar. Gapirishlari o\u2018ktam edi. Ko\u2018nglimga taskin bergan narsa shuki, kayfiyatlari yaxshi, erkalab gapirayotganlari sezilib turibdi. Buning sababi nima? Bilmadim&#8230; Nimaga yo\u2018yish mumkin buni? Aqlim yetmaydi&#8230; Balki uch-to\u2018rt kun oldin qishloqqa borib, ota-enam, akalarim, opalarim, o\u2018tgan barcha qarindoshlarimiz qabrini ziyorat qilib kelganim sabablidir bu holat&#8230;<\/p>\n<p>Sentabrning o\u2018n oltisida birdan Samarqandga otlandim. O\u2018g\u2018lim, nevaralar hayron. \u201cNima gap, dada, tinchlikmi? Biron-bir tadbir bormi yoki kimdir to\u2018y qilyaptimi? Birdan otlanib qoldingiz?\u201d \u201cYo\u2018q, hech qanday tadbir ham, to\u2018y ham yo\u2018q. Shunchaki borgim keldi.\u201d Enam vafot etgan kun yaqinligini eslatmadim ularga. Shahrizoda nevaram men ham birga borsam maylimi, ancha bo\u2018ldi qishloqqa bormaganimga, dedi. Mayli, dedim va birga yo\u2018lga tushdik.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-516\" src=\"https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/photo_2025-03-25_14-18-21-e1769950939455.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" \/><\/p>\n<p>Ota-enam qabri oldida ancha turdik. Xayolimdan ne-ne voqealar kechmadi. Otamning qabriga qo\u2018yilgan marmar toshdagi yozuvlarning ba\u2019zi joylari xira tortibdi. Shunga ham vaqt o\u2018z hukmini o\u2018tkazibdi-da. (Otam 1976 yil 13 dekabrda vafot etganlar).<\/p>\n<p>Og\u2018ir-vazmin qadamlar bilan qabristondan chiqa boshladik. Shu mahal telefonim jiringladi. Xadicha nevaram, Shahrizodaning singlisi, qo\u2018ng\u2018iroq qildi.<\/p>\n<p>\u2013 Assalomu alaykum, dada (o\u2018g\u2018illarim, kelinlarim, nevaralarim, nevara kelinlarim, evaralarim meni dada, deyishadi). Yaxshi yetib oldingizmi, yo\u2018lda charchamadingizmi?<\/p>\n<p>\u2013 Vaalaykum assalom, qizim. Rahmat, yaxshi yetib keldik. Charchaganim yo\u2018q, \u2013 dedim.<\/p>\n<p>\u2013 Dada, sog\u2018ligingiz yaxshimi? Ovozingiz sal g\u2018alatiroq?<\/p>\n<p>\u2013 Yo\u2018q, qizim, hammasi joyida&#8230; Hozir katta otang, katta enang qabrini ziyorat qilib chiqayapmiz&#8230;<\/p>\n<p>\u2013 Ha, tushunarli, \u2013 dedi Xadicha. So\u2018ng sekingina, birov eshitib qolmasin deganday shivirlab so\u2018radi. \u2013 Yig\u2018ladingizmi?<\/p>\n<p>Xadichaning bu savolidan ham ko\u2018nglim ko\u2018tarildi, ham kulgim qistadi.Ammo ich-ichimdan kelgan xo\u2018rsiniq, ovoz chiqarmay, ko\u2018z yoshi to\u2018kmay yig\u2018lash hammasini bosib ketdi. Qabr boshida yig\u2018idan o\u2018zimni tiygan edim, Xadichaning gapito\u2018lib turgan kosaga tomgan so\u2018nggi tomchiday ko\u2018nglimni o\u2018rtab yubordi. Uning savoliga javob berishga shoshilmadim, aniqrog\u2018i, gapirsam yig\u2018lab yuboradiganday, tomog\u2018imga bir narsa tiqildi. Ungacha Xadicha yana so\u2018radi:<\/p>\n<p>\u2013 Dada, yig\u2018layapsizmi?<\/p>\n<p>Qabristondan chiqdik.<\/p>\n<p>O\u2018zimni qo\u2018lga oldim.<\/p>\n<p>\u2013 Yo\u2018q, qizim, nega yig\u2018layman, yig\u2018laganim yo\u2018q&#8230; Nima, men yosh bolamanmi?..<\/p>\n<p>Ota-enam haqida gap ketsa, ularni eslasam mahzun tortib qolishimni uydagilar biladi. Hozir yaxshiyamki, Xadicha meni ko\u2018rmayapti. Ahvolimni sezib qolmasin, deb gapni qisqa qildim.<\/p>\n<p>\u2013 Bo\u2018pti, Xadicha qizim. Yaxshi o\u2018tiringlar&#8230;<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">***<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-514\" src=\"https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/photo_2023-10-19_08-48-24.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"858\" srcset=\"https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/photo_2023-10-19_08-48-24.jpg 1280w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/photo_2023-10-19_08-48-24-300x201.jpg 300w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/photo_2023-10-19_08-48-24-1024x686.jpg 1024w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/photo_2023-10-19_08-48-24-768x515.jpg 768w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/photo_2023-10-19_08-48-24-696x467.jpg 696w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/photo_2023-10-19_08-48-24-1068x716.jpg 1068w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/photo_2023-10-19_08-48-24-627x420.jpg 627w\" sizes=\"auto, (max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/p>\n<p>Ota-enamning to\u2018qqiz farzandi orasida ularni eng ko\u2018p qiynagan men bo\u2018lsam kerak. Sababi \u2013 bolaligimda juda ko\u2018p kasal bo\u2018lganman. To\u2018qqiz kunligimda tomoqdan qolgan ekanman. Tasavvur qilayapsizmi, to\u2018qqiz kunlik chaqaloq emolmasa ona sho\u2018rlik qay ahvolga tushadi. Urushdan keyingi og\u2018ir yillar, uning ustiga tog\u2018li joydagi bir qishloq. U vaqtda qishloq joylarda do\u2018xtir qayoqda deysiz. Folbinga borgan, mullaga o\u2018qitgan. Bir mulla og\u2018ir ot qo\u2018yibsizlar, bola ko\u2018tarolmapti bu ismni, otini o\u2018zgartirish kerak, debdi. Va Mamatqul, deb ism qo\u2018yib beribdi (ismim Sa\u2019dulla bo\u2018lgan). Mamat emas, Muhammad bo\u2018lishini, payg\u2018ambarimiz Muhammad salollohu alayhi vasallamning quli emas, ummati bo\u2018lishini, banda Ollohning quli bo\u2018lishini bilganmi-bilmaganmi \u2013 bunisi bizga qorong\u2018i. Nima bo\u2018lganda ham, Xudo rahmat qilsin o\u2018sha domlani, yaxshi niyat bilan o\u2018zgartirgan ismimni. Enajonim o\u2018shanda qanchalar ezilgan, qiynalgan. Sutini sog\u2018ib, kichkina qoshiqcha bilan og\u2018zimni ochib quyar ekanlar. Olloh umr bersa odam bolasi o\u2018lmas ekan. Bu hol qancha davom etgan \u2013 bir oymi, ikki oymi yoki undan ham ko\u2018pmi \u2013 bilmayman. Enamdan bir so\u2018raganimda \u201cEsimda yo\u2018q, bolam&#8230; Qo\u2018y, u kunlarni eslatma. Xudoga shukur hammasi o\u2018tib ketdi. Xudoyim umringni uzun qilsin. O\u2018zi mehribon\u201d, degandilar. Bilamanki, hammasi eslarida bor, ammo eslagilari kelmaydi. Shundan keyin bu haqda\u00a0 boshqa gap ochmadim&#8230;<\/p>\n<p>Ikki-uch yoshlarimda boshimga yara chiqadi. Bir gap kelganda enam aytib bergan edilar. \u201cYoz oylari edi. Tiqmachoqday semizgina eding. Oq ko\u2018ylakchang bo\u2018lardi. Shuni kiyvolib, tuproqqa belanib o\u2018ynab yurarding.\u00a0 Yarangga pashsha qo\u2018nishidan qo\u2018rqardim. Olloh asrasa hech narsa qilmas ekan&#8230; Xudoga shukur&#8230;\u201d Enam bechora bormagan folbinu tabib, mulla qolmaydi yon-atrofda. Ammo yara tuzalavermaydi. \u201cKechalari uyqim qochib, dardingga shifo so\u2018rardim Yaratgan egamdan, \u2013 deb eslagandilar. \u2013 Bir kuni tush ko\u2018rdim. Oppoq soqolli bir nuroniy bolangni Shohizindaga olib bor, o\u2018sha yerda o\u2018qit, dedi. Uyg\u2018onib ketdim. Tong otishiga ham sabrim chidamay otangni uyg\u2018otdim. Ko\u2018rgan tushimni aytdim. Tong bo\u2018zarib-bo\u2018zarmay otang bilan yo\u2018lga tushdik\u201d. U paytlarda mashina qayoqda deysiz. Ot yoki eshakda borilgan Samarqand shahriga. Onda-sonda o\u2018tadigan \u201cpoluturka\u201d degan mashinaga ilinsa \u2013 omad kelgani. Xullas, otam bilan enam ming bir azobda Shohizindaga boradi. Ziyorat qilib, o\u2018sha yerdagi domlaga bor gapni aytib, meni o\u2018qitadi. Shundan keyin Yaratganning qudrati bilan boshimdagi yara tuzala boshlaydi&#8230; Ixlosda ham bir hikmat bor ekan-da&#8230;<\/p>\n<p>Yana bittasini aytgim keldi.<\/p>\n<p>O\u2018n uch-o\u2018n to\u2018rt yoshlarda bo\u2018lsam kerak. Negadir o\u2018zimni yomon his qila boshladim. Aniq esimda, bir kuni uydan ayvonga chiqdim-da, to\u2018xtadim. Shunda o\u2018zimni yo\u2018qotib yiqildim. Yerga gupp etib tushganim ta\u2019sirida o\u2018zimga keldim. Enam hovlida nimadir ishlar bilan ovora ekanlar \u201cvoy, bolam, senga nima bo\u2018ldi?\u201d deb yugurib keldilar. Hech qayerim og\u2018rimaydi, ovqat yeyishim yaxshi, ammo holim yo\u2018q, bemajolga o\u2018xshayman.<\/p>\n<p>Yana enam ovorayu sarson. \u201cSenga ko\u2018z tekkan, yaxshi mullaga o\u2018qitishimiz kerak\u201d, dedilar. Otam Qizilbosh qishlog\u2018idagi mulla Rustam boboga, Beshkal qishlog\u2018idagi mullaga (oti yodimda qolmagan) o\u2018qittirdilar. Lekin natija uncha ko\u2018rinmadi. Bir kuni otam bilan enamning suhbatini eshitib qoldim. Otam: \u201cBu mullalar duosi ta\u2019sir qilmadi Mamatqulga. Omonqo\u2018tonda Abduxalil degan mulla bor. Shuni juda bilimli, dami o\u2018tkir, deyishadi. Shu domlaga o\u2018qitishimiz kerak.\u201d Enam: \u201cBo\u2018lmasa tezroq harakat qiling. Bolamning kundan kun rangi uchib boryapti\u201d.<\/p>\n<p>Shu suhbatdan ko\u2018p o\u2018tmay mulla Abduxalil bobo uyimizga keldi. Otam ikkalasi uzoq suhbatlashdilar. Men choy-poyga qarab turdim. Shu suhbat asnosida bo\u2018lgan bir gap sira esimdan chiqmaydi. Mulla boboning choy ichayotgan piyolasiga pashsha tushdi. U kishi ko\u2018rsatkich barmog\u2018i bilan pashshani choyga to\u2018la botirdi, keyin olib tashladi. Otam ajablanib mulla boboga qaradilar. U kishi: \u201cPashshaning bir qonatida dard, ikkinchisida shifo bo\u2018ladi. Shuning uchun uni to\u2018la botirib, keyin olib tashlash lozim\u201d, dedilar. Bu gapdan juda ajablandim, nahotki oddiygina pashsha qanotida dard bo\u2018lsa? Keyinchalik ulg\u2018ayib, turli kitoblar, xususan, buyuk ajdodimiz Imom Buxoriy hazratlari to\u2018plagan sahih hadislarni o\u2018qigach, Abduxalil mullaning gaplari to\u2018g\u2018ri ekaniga amin bo\u2018ldim. \u201cSahihi Buxoriy\u201ddagi 5782-hadisda shunday deyiladi: \u201cAbu Hurayra (r.z.) rivoyat qiladilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: \u201cBirontangizning idishingizga pashsha tushsa, uni butunlay botirib, so\u2018ng olib tashlang, chunki uning bir qanotida shifo, ikkinchisida dard mavjud\u201d, dedilar.\u201d Bu Abduxalil domlaning haqiqiy ilmli ekaniga, kitob ko\u2018rganiga dalil edi. O\u2018sha kuni Abduxalil mulla meni o\u2018qib, dam soldilar. Shundan keyin Yaratgan egamning inoyati bilan ancha o\u2018zimga kela boshladim, keyinchalik butunlay sog\u2018ayib ketdim&#8230;<\/p>\n<p>Bular-ku bolalik yillarimdagi, qishloq sharoitidagi voqealar. Endi mana bu hikoyaga qarang.<\/p>\n<p>1973 yil. Toshkentda yashayman. \u201cO\u2018zbekiston madaniyati\u201d gazetasida ishlayman. Xuddi o\u2018smirlik yillarimdagi singari birdan behol bo\u2018lib qola boshladim. Yunusobodda ijara uyda yashaymiz. Ishga tramvayda qatnayman. Gohida tramvayda havo yetmaganday o\u2018zimni yomon his etib, manzilimga yetmay, to\u2018g\u2018ri kelgan bekatda tushib qolaman. Poliklinikaga bordim. Vrach ko\u2018rib, jiddiy kasalingiz yo\u2018q, dedi. O\u2018sha vrach opaning bir gapi rosa kulgimni qistagan, ammo o\u2018zimni tiyganman xafa bo\u2018lmasin, deb. Fonidoskopni ko\u2018kragimga qo\u2018yib, yuragimni obdon eshitdi, yelkamga \u2013 kuraklarim ostiga qo\u2018yib eshitdi, yana o\u2018ng va chap ko\u2018kragimni eshitdi. So\u2018ng joyiga o\u2018tirdi-da, jiddiy tarzda yuzimga termulib \u201cYo\u2018q, sizda hammasi joyida. Yuragingiz chap tomonda\u201d, dedi. Bu gapdan hayratim oshdi. Ajablanganimni do\u2018xtir opa sezdi. \u201cSiz hayron bo\u2018lmang gapimga, ba\u2019zi odamlarning yuragi o\u2018ng tomonda bo\u2018ladi. Shunaqa odamlarning kasalini aniqlash qiyin bo\u2018ladi\u201d, dedi. Vrach bu gapni astoydil, jiddiy, katta bir yangilik aytayotganday gapirdi. \u201cBironta bo\u2018lsa-da, yuragi o\u2018ng tomonda odamni ko\u2018rganmisiz?\u201d dedim. Vrachning biroz ensasi qotdi: \u201cKo\u2018rmaganman, ammo o\u2018qiganman&#8230; Institutda yetti yil bekorga o\u2018qiganmizmi&#8230;\u201d Nima deyishni bilmay, rahmat, deb chiqib ketdim. Ko\u2018chaga chiqib o\u2018zimdan o\u2018zim kulaman.<\/p>\n<p>Ha deganda o\u2018zimga kelavermadim. Jo\u2018ralar bilan o\u2018tirganimizda ham betoqat bo\u2018laveraman, go\u2018yo hozir hushimdan ketib, yiqilib qoladiganday kayfiyatga tushaman. Uydagilar va do\u2018stlarim maslahati bilan 15-shahar shifoxonasida (hozirgi Kardiologiya markazi) yotdim. U yerda obdon tekshirishdi. Jiddiy narsa yo\u2018q deyishdan nariga o\u2018tishmadi. U vaqtlarda tibbiyotimiz hamin qadar ekan endi o\u2018ylasam. Qandaydir apparatda yuragimni ko\u2018rish zarur deyishdi, ammo bu apparat u yerda yo\u2018q ekan. 1-shahar shifoxonasiga olib borishdi, aytilgan apparatda ko\u2018rishdi. (O\u2018sha paytdagi noyob apparat bugun yosh bolaga ham tanish bo\u2018lgan kardiogramma qiladigan matoh ekan). Ular ham shu gapni aytdi: \u201cJiddiy xavotir yo\u2018q\u201d. Unday bo\u2018lsa ruxsat beringlar, uyga ketay, bir kunda bitta tabletkani ichib, quruq yotishdan nima naf, dedim. \u201cYo\u2018q, biz ruxsat berolmaymiz. Guli Sulaymonovna Moskvaga ketganlar, kelsinlar, o\u2018zlari ruxsat bersalar ketasiz\u201d dedi davolovchi vrach. (Professor Guli Sulaymonova mashhur yurist Xadicha Sulaymonovaning singlisi, men shifoxonaga shu opaning marhamati bilan yotgan edim). Zerikib, ichim tars yorilay, deydi. Bir palatada to\u2018rt kishi yotamiz. To\u2018rttalamiz to\u2018rt xil yoshda, eng kichigi men. Xarakterimizni-ku aytmay qo\u2018ya qolay. Kimdir eshikni ochib qo\u2018y, nafasim bo\u2018g\u2018ilyapti, desa, boshqasi yop eshikni, sovuq kirayapti, deydi (oktyabrning oxirlari edi). Nafasim qisayapti, deydigan chol yarim kechasi baqirib hamshirani chaqiradi. Hamshira uxlab qolgan bo\u2018ladimi, ha deganda kelavermaydi, chol baqirishdan to\u2018xtamaydi. Keyin hamshira kislorod ballon olib kelib, cholga tutadi.<\/p>\n<p>Bular yetmaganday bir kechasi yarim tunda shovqin-suron bo\u2018lib qoldi. Vrachu hamshiralar u yoqdan bu yoqqa yuguradi. Nima gap ekan, deb, koridorga chiqdim-da, oq xalatli bir ayoldan tinchlikmi, deb so\u2018radim. Haligi ayol \u201canavu kolyaskada yuradigan bemor bor edi-ku, ko\u2018rganmidingiz, o\u2018sha o\u2018ldi\u201d, dedi. U bu gapni shunday xotirjam, sovuq ohangda aytdiki, og\u2018zim lang ochilib qoldi. Bir inson jon taslim qilganini shu qadar bamaylixotir gapirish mumkinmi? Axir u kim bo\u2018lmasin, inson-ku! Agar bir mushuk o\u2018lsa ham bu qadar xotirjamlik bilan aytishni tasavvur qilish qiyin. Men u odamni bir-ikki marta koridorda ko\u2018rgan edim, hamshira olib yurardi. Uning zahil rang-ro\u2018yini ko\u2018rib rahmim kelgan. Ko\u2018rinishidan unchalik keksa emas, ellikning nari-berisida edi chamamda.<\/p>\n<p>Ertalabgacha uxlamadim, uxlayolmadim, ko\u2018zimni yumsam, o\u2018sha odamning rangpar yuzi ko\u2018rinadi. Tezroq tong otishini kutaman. Qaniki, vaqt tezroq o\u2018tsa, tong yorishsa-yu, do\u2018xtirdan ruxsat olib, uyga ketsam.<\/p>\n<p>Nihoyat, tong yorishdi. Birin-ketin do\u2018xtirlar kela boshladi. Nonushta ham qilmay vrachlar xonasiga yugurdim. Davolovchi vrachga fikrimni aytdim. U yana oldingi gapini qaytardi: \u201cGuli Sulaymonovnadan beruxsat javob berolmayman. Manga gap tegadi\u201d. Jahlim chiqdi, asabim qo\u2018zidi: \u201cMenga qarang, javob berasizmi-yo\u2018qmi, bu sizning ishingiz. Endi men bu yerda bir soat ham qololmayman. Agar qolsam sog\u2018ayish u yoqda tursin, o\u2018sha odamning orqasidan ketib qolishim hech gap emas. Ana unda siz gapning eng kattasini eshitasiz. Agar undan battarrog\u2018iga duchor bo\u2018lmasangiz. Kiyimlarim ham (u vaqtlarda bemor kiyimini topshirib, kasalxona kiyimida yurardi), kasallik varag\u2018ingiz ham kerak emas. Hozir ko\u2018chaga chiqamanu taksi tutib, uyga ketaman\u201d. Vrach ahvolimni tushundimi yoki vajohatimga qarab, kasalxona kiyimida chiqib ketishimni ko\u2018z oldiga keltirdimi, sal yumshadi. \u201cMayli, ruxsat beraman, faqat o\u2018z ixtiyorim bilan ketdim, deb tilxat yozib berasiz\u201d, dedi. Aytganini qildim va uyga jo\u2018nadim.<\/p>\n<p>Oradan bir oylar o\u2018tib qishloqqa bordim. Onalarning ko\u2018ngli sezarmikan, salom-alikdan keyin enam \u201csog\u2018liging yaxshimi, rang-ro\u2018ying bir hol\u201d, dedilar. \u201cYaxshi&#8230; Sizga shunday ko\u2018ringandir-da\u201d, dedim. Enam: \u201cYaxshiligini ko\u2018rib turibman. Yashirib nima qilasan, ayt, nima bo\u2018ldi?\u201d Bor gapni ochiq-oydin aytdim. Bir jihatdan uyalaman, yoshim yigirma oltiga borib ham enamga dardu hasratimni dasturxon qilib o\u2018tiribman-a. Uyat! Lekin nailoj, onadan yashirib bo\u2018ladimi? Buning ustiga enam juda sinchkov edilar, hech narsani berkitib bo\u2018lmas, gapimiz rost yoki yolg\u2018on ekanin darhol sezardilar. \u201cYolg\u2018on gapirishga o\u2018rganma, nima bo\u2018lsa ham to\u2018g\u2018ri so\u2018zni ayt\u201d, derdilar. Shuning uchun uyda birontamiz ham yolg\u2018on gapirmasdik. \u201cErtaga tatar dugonamga olib boraman\u201d, dedilar. Bu endi oshib tushdi. Oilali, bir o\u2018g\u2018ilning otasini enasi yetaklab tabibga olib borsa-ya! Sharmandalik! Qo\u2018shni qishloq Qoratepada enamning o\u2018zbeklashib ketgan qrim-tatar dugonasi bor edi. U tabiblik qilishini eshitgan edim. Qizlari, nevaralari o\u2018zbekchani mahalliy shevada gapirar, sochi sariqligiyu ko\u2018zlari ko\u2018kligini hisobga olmasa, o\u2018zbeklardan farqi kam, bir maktabda o\u2018qiganmiz. \u201cEna, xavotir olmang, yaxshiman&#8230; Uyalaman dugonangizning oldiga borishga\u201d dedim. \u201cUyalaman, deb kasal bo\u2018lib yuraverasanmi?\u201d dedilar-da, qo\u2018ymay olib bordilar.<\/p>\n<p>Enam hamma gapni aytdilar. Dugonalari \u2013 Xaticha momo bilagimni ushlab, tomirim urishini sanadi. Qornimni ochib, kindigim atrofimni, qovurg\u2018am ostini qo\u2018li bilan bosib-bosib ko\u2018rdi. Har zamon \u201cog\u2018riyaptimi?\u201d deb so\u2018raydi. Men \u201cyo\u2018q\u201d deyman. Tilimni ko\u2018rdi, ko\u2018zimni ko\u2018rdi, bir qancha savollar berdi. Xuddi do\u2018xtirning o\u2018zi deysiz. Yuragingiz chap tomonda, degan vrach ham bu qadar sinchiklab ko\u2018rmagan edi. \u201cBo\u2018ldi, hammasi ma\u2019lum. Bir hafta-o\u2018n kun kelasan\u201d, dedi. Enam bechora uning og\u2018ziga termulib o\u2018tiripti. \u201cNima bo\u2018pti, dugonajon?\u201d Enamga yuzlandi: \u201cKo\u2018rqma, hammasi yaxshi bo\u2018ladi. Tomirlari shamollagan. Shuning uchun qon yaxshi yurmayapti. Yotish oldidan yarimta pishgan g\u2018ishtni yaxshilab qizdirasan. Tushundingmi? Obdon qizdir, g\u2018ishtda nam qolmasin. Keyin uni latta bilan o\u2018rab kindigi ustiga bog\u2018laysan. Faqat kindigi ustiga avval salafan qo\u2018y. G\u02bbisht qizdiradi, salafan issiqni tashqariga chiqarmaydi, issiq ichiga urishi kerak. Sandalda yotsin. Shunda tomirlardagi shamollash ketadi. Hamma tomirlar kindik atrofidan tarqaladi. Ho\u2018l, suvli narsa, ayniqsa rezinali grelka umuman ishlatma. Tushundingmi? Bir hafta-o\u2018n kun qatnaydi, o\u2018zim davolayman\u201d, dedi. So\u2018ng boshqa xonaga olib chiqdi. Qornim bilan ko\u2018rpachaga yotqizdi. Oyoqlarimni navbatma-navbat tizzadan bukib to\u2018g\u2018irladi, bu mashqni besh marta qaytardi. \u201cBugunga shu yetarli. Har kun bittadan qo\u2018shamiz\u201d. Keyin ustimga chiqdi. Og\u2018irgina ekan. \u201cOg\u2018rimayaptimi? Qo\u2018rqma, uncha og\u2018ir emasman\u201d, dedi. Belimdan yuqori tomon sekin yurdi. Bir joylarim qisirlab ketdi. \u201cQovurg\u2018alarim sinmasa edi\u201d, deb o\u2018yladim. Ammo buni kampirga aytishga uyalaman. \u201cOg\u2018riyaptimi?\u201d deb qo\u2018yadi. Belim bilan bo\u2018ynim o\u2018rtasini uch-to\u2018rt marta bosdi. So\u2018ng tushdi. \u201cSekin tur endi. Hech qayering og\u2018rimayaptimi?\u201d Albatta, qayerlarimdir og\u2018ridi, qisirladi. Lekin buni ayta olamanmi. Uyat-ku! \u201cSal-pal og\u2018riydi boshida, keyin bilinmiydi, qon yurishadi. Seni barcha darding qon yaxshi yurmayotganida. Erta-yu kech stolga qadalib o\u2018tirishing kasri bu. Shuning uchun har soatda turib, xonada bo\u2018lsayam u yoq-bu yoqqa yur, qo\u2018llaringni harakatlantir. Tushundingmi? Esingdan chiqmasin\u201d. \u201cXo\u2018p\u201d dedim.<\/p>\n<p>Shunday qilib bir hafta qatnadim. Har kun shu mashqni qildiradi. Kechasi enam qornimga qizdirilgan g\u2018ishtni bog\u2018laydi, sandalga qornimni berib yotaman. Qatnay boshlaganimning uchinchi kuni Xaticha momo Soniya degan qiziga \u201cchordoqqa chiqib, anavini olib tush\u201d, dedi. Qizi nimani deb so\u2018ramadiyam, xo\u2018p dedi-yu, chiqib ketdi. Birozdan so\u2018ng sopol ko\u2018za keltirdi. \u201cKatta piyolaga to\u2018ldirib quy\u201d, dedi. Qizi aytganini qildi. Famil choyga o\u2018xshaydi rangi. Musallas hidi keldi. \u201cNima balo, musallas ichiradimi kampir\u201d, deb xayol qildim. O\u2018ylaganim bo\u2018ldi. \u201cBu musallas, o\u2018zim qilganman. Yetti yillik. Toza. Dori bu. Buni dorilik uchun tayyorlaganman, mast bo\u2018lish uchun emas&#8230; Shuni ichasan. Tomirlaringni qizdiradi, qonni yaxshi yurdiradi, o\u2018zing ham sezasan\u201d, dedi. Men musallasni yaxshi bilar edim. Akalarim tayyorlar edi. Bir necha marta ichganman. Ammo yetti yilligini ko\u2018rmagan edim. Bu haqda tabibga og\u2018iz ochmadim, albatta. Soniya bergan piyolani oldim. \u201cBir ko\u2018tarishda simirib ichib yubor\u201d, dedi. Yaxshiyam enam yo\u2018q yonimda. Kampir xayolimni uqqanday menga jilmayib qaradi. \u201cDugonamga o\u2018zim aytaman, tushuntiraman, qo\u2018rqma\u201d, dedi. Shartta ichib yubordim. Ochig\u2018i, mazasi juda boshqacha ekan. Borgan joyini qizdirib bordi. Keyin har kun bir piyoladan ichirdi.<\/p>\n<p>Insof bilan aytganda, kun sayin o\u2018zimni tetik sezib, kayfiyatim ham ko\u2018tarildi, rangimga qon yugurdi. Buni sezgan enam dugonasini duo qildi.<\/p>\n<p>Toshkentga qaytishimga to\u2018g\u2018ri keldi. Xayrlashar chog\u2018i tabib dedi: \u201cYana bir-ikki kun kelsang yaxshi bo\u2018lardi. Hay, mayli, shuyam yetarli&#8230; Faqat bu yog\u2018iga o\u2018zingni ehtiyot qil. Bir oy uch kilodan ortiq narsa ko\u2018tarma. Sovuq suv ichma, sovuq narsa yema. Issiq kiyinib yur. Boshingga ham albatta kiyib ol. Ayniqsa oyog\u2018ingni issiq tut. Tushundingmi? Esingdan chiqarma gaplarimni. Mabodo shamollab qolsang grelka ishlatma. Bildingmi? Ha, yana bir gap. Sovuqlik narsani ko\u2018p yema. Sovuqlik, issiqlik degan narsani bilasanmi o\u2018zi? \u2013 Men bilaman deganday bosh irg\u2018adim. \u2013 Do\u2018xtirlarning eng katta xatosi \u2013 ana shu sovuqlik-issiqlik narsalarning, inson mijozining farqiga bormaydi. Hammaga bir xil qaraydi. Axir hamma odam bir xil emas-ku. Birovga issiqlik yoqadi, boshqaga sovuqlik. Buni bilish kerak, shunga ahamiyat berish lozim. Tushundingmi?.. Yana kelganingda bir ko\u2018rinib ketarsan\u201d.<\/p>\n<p>Toshkentga qaytib keldim. Iloji boricha Xaticha tabibning o\u2018gitlariga amal qildim. To\u2018g\u2018risi, oldin ovqatlarning issiqlik-sovuqlik ekaniga unchalik ahamiyat bermas edim. Xaticha momoning hijjalab tushuntirishidan keyin bunga e\u2019tibor bera boshladim. Inson sog\u2018ligi uchun buning ahamiyati katta ekan. Bu buyuk ajdodimiz Abu Ali ibn Sino bobomizning \u201cTib qonunlari\u201d kitobida ham bor.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">***<\/p>\n<p>\u00a0 Enam juda kuydi-pishdi, behalovat, jonsarak ayol edilar. To\u2018qqiz farzand (to\u2018rt o\u2018g\u2018il, besh qiz), ularning bolalarini o\u2018ylab yurardilar. Nevaralaridan birontasi sal shamollab qolsa juda bezovta bo\u2018lib, tezroq do\u2018xtirga ko\u2018rsatinglar, deb yozg\u2018irardilar. Biznikiga \u2013 Toshkentga kelganlarida bu gal bir oy turaman, derdilar. Turmush o\u2018rtog\u2018im bilan men kulib qo\u2018yardik. Chunki bilardikki, bir haftadan ortiq tura olmasdilar. Falonchi tushimga kirdi, pistonchi sal betob edi, tuzalib ketdimikan, deb nevaralarini eslab, ketamanga tushib qolardilar. \u201cHammasining ota-enasi bor, qaraydi-da, siz shularni o\u2018ylab yurasizmi endiyam, ena?! Bir oy turaman, degandizgiz-ku\u201d, deyman. \u201cE, bolam, hozir senga ming gapirganim bilan tushunmaysan, qachon o\u2018zing nevara ko\u2018rsang, o\u2018shanda bilasan\u201d, derdilar ma\u2019yus tortib.<\/p>\n<p>Darhaqiqat, o\u2018zim nevarali bo\u2018lganimdan keyin anglab yetdim enamning o\u2018sha paytdagi ahvollarini.<\/p>\n<p>&#8230;Bir marta juda yomon bo\u2018ldi. Shu voqeani eslasam hozir ham ich-ichimdan ezilaman, o\u2018zimni o\u2018zim qattiq koyiyman va o\u2018zimni hamon kechirolmayman. Ammo bundan endi ne foyda?<\/p>\n<p>Sebzorda hech qanday sharoiti yo\u2018q eski bir hovlida turar edik. Bizga uning ma\u2019qul tarafi \u2013 ijara haqi to\u2018lamasdik. Shu o\u2018rinda aytib o\u2018tay, turmush qurganimizdan keyin yetti yil ijarama-ijara ko\u2018chib yurganmiz. Shu yillarda olti joyga ko\u2018chdik. O\u2018rislarda uch marta ko\u2018chish \u2013 bitta yong\u2018in bilan baravar, degan gap bor. Bizda-ku ko\u2018ch-ko\u2018chlarda yo\u2018qotadigan narsamiz yo\u2018q, faqat bir necha kitoblar yo\u2018qolgan edi, xolos. Kambag\u2018al bo\u2018lsang, ko\u2018chib ko\u2018r, deganlariday, ko\u2018chayotganda odamning ko\u2018ziga ko\u2018p narsa ortiqcha ko\u2018rinaveradi. Shu yillarda enam bechora qanchalar qiynalganlarini bilaman. Bizga bildirmasdilar, ammo sezardim. Har safar kelganlarida yoki biz qishloqqa borganimizda birinchi savoli \u201co\u2018zingga uy berdimi, bolam?\u201d bo\u2018lardi. Bu savolga \u201cha\u201d deb javob bera olmasligimdan men qanchalar ezilsam, enam mendan o\u2018n chandon, balki yuz chandon ortiq ezilardilar. Savollariga \u201cyo\u2018q\u201d ohangidagi bosh irg\u2018ashimni ko\u2018rib shu qadar achinish, afsus bilan \u201cuff\u201d tortardilarki&#8230; Eh, onaizor! Farzandingiz uchun shunchalar ham qayg\u2018urasizmi&#8230; Shunday kezlarda o\u2018zimga o\u2018zim savol berardim: \u201cEnajoningni qiynab, kimlarningdir eshigida sarson-sargardon bo\u2018lib yurish zarilmi senga?! Shunga yarasha nima karomat ko\u2018rsatib qo\u2018yding?! Sening shuncha harakatlaring, yurishing enagning bitta o\u2018ksinishiga arziydimi?! Seni ne azoblarda katta qilgan. Hatto farzandli bo\u2018lganingda ham tabibga yetaklab borgan enagga nima qilib qo\u2018yding? Og\u2018irini yengil qildingmi, dardiga malham bo\u2018ldingmi? Qayoqda, enang betob bo\u2018lib yotganida sen jo\u2018ralaring bilan ayshu ishrat qilib yurmaganmiding?.. Enangga sening hech narsang kerak emas! Ozgina mehr bersang bas. Shuni bilmaysanmi? Bilasan! Bilasanu amal qilmaysan. Undan ko\u2018ra butun dovu-daskangni yig\u2018ishtirib qishloqqa, enang yoniga borsang bo\u2018lmaydimi? Adabiyot, jurnalistika sensiz kemtik bo\u2018lib qoladimi? Hech qachon! Sen bormisan, yo\u2018qmisan \u2013 kim biladi? Hech kim! Sen ummon yuzidagi bir cho\u2018pday gapsan!..\u201d Savollarning oxiri yo\u2018q, ammo ularga tayinli javob ham yo\u2018q.<\/p>\n<p>Ishimni tugatib, pastga tushsam sinfdoshim Zoyir turibdi. (Hozir O\u2018zA joylashgan o\u2018n yetti qavatli soatli binoda edi redaksiyamiz). Salom-alik qildik.<\/p>\n<p>\u2013 Qachon keldingiz? \u2013 dedim.<\/p>\n<p>\u2013 Ertalab keluvdim. Ishlarim bor edi.<\/p>\n<p>\u2013 Nega qo\u2018ng\u2018iroq qilmadingiz ertalabdan beri?<\/p>\n<p>\u2013 Vaqtim bo\u2018lmadi. Uning ustiga qayerdan telefon qilaman. Telefon-avtomat uchun ikki tiyinlik\u00a0 kerak. Qaydan olaman uni.<\/p>\n<p>\u2013 To\u2018g\u2018ri, \u2013 dedim hazillashib, \u2013 sizda tanga nima qiladi. Hammasi yirik pullar. \u2013\u00a0 Zoyir bu gapdan mamnun jilmaydi. Bunday gaplar unga yoqishini bilaman. \u2013 Mayli, kelganingiz yaxshi bo\u2018pti. Ketdik uyga. Enam shu yerdalar.<\/p>\n<p>Biz Zoyir bilan o\u2018quvchilik paytimizda jo\u2018ra kirishganmiz. Bu degani aka-ukaday yaqin bo\u2018lish edi. Oilaviy bordi-keldilar uzluksiz kechardi. Bir oilaning biron-bir tadbiri ikkinchisi ishtirokisiz o\u2018tmaydi. Birining gapini boshqasi ikki qilmaydi. Ilgari shunday urf bor edi.<\/p>\n<p>\u2013 Yo\u2018q, \u2013 dedi Zoyir, \u2013 uyga keyin boramiz. Hozir Ulug\u2018bek posyolkasiga borishimiz kerak. Mirzo bilan Ochil kutib o\u2018tiripti.<\/p>\n<p>Mirzo bilan Ochil maktabdoshimiz, Omonqo\u2018ton qishlog\u2018idan. Ular Ulug\u2018bek posyolkasidagi Yadro fizikasi institutida ishlaydi, o\u2018sha yerda yashaydi.<\/p>\n<p>\u2013\u00a0 Enam xavotir oladilar&#8230;<\/p>\n<p>Zoyir gapni hazilga burdi:<\/p>\n<p>\u2013 Enangizmi yoki kelinmi? \u2013 sirli iljayib.<\/p>\n<p>Xullas, yo\u2018lga tushdik. Zoyir o\u2018zining mashinasida kelgan ekan.<\/p>\n<p>O\u2018sha kuni Ulug\u2018bek\u00a0 posyolkasida qoldik. To\u2018rt og\u2018ayni tong otar gurung qildik. Nonushtadan keyin Zoyir bilan shaharga qaytdik. To\u2018g\u2018ri mening ishxonamga keldik. Qarasam, eshik oldida xotinim turibdi. Yuragim shig\u2018illab ketdi. Tinchlikmikan? U Zoyir bilan salom-alik qildi-da, menga qaradi.<\/p>\n<p>\u2013\u00a0 Qayoqda yuribsiz?<\/p>\n<p>Mendan oldin Zoyir javob berdi:<\/p>\n<p>\u2013\u00a0 Men qo\u2018ymay olib ketdim o\u2018rtoqlarimiz oldiga.<\/p>\n<p>Xotinim Zoyirgamas, menga dedi:<\/p>\n<p>\u2013 Shu yoqqa borar ekansiz, bir og\u2018iz telefon qilib qo\u2018ysangiz bo\u2018lmasmidi. Oyim shu yerdaliklari esingizdan chiqdimi?<\/p>\n<p>Rostan ham, shunday ishxonamga kirib, qo\u2018ng\u2018iroq qilib qo\u2018ysam bo\u2018lardi-ku. E, galvars! (Turgan joyimiz xarob bo\u2018lsa-da, telefon bor edi. Zoyirning \u201cenangiz xavotir oladimi yoki kelinmi\u201d, degan gapidan g\u2018ururim qo\u2018zib, hech narsani o\u2018ylamay jo\u2018navoribman-da).<\/p>\n<p>Yana Zoyir javob berdi, go\u2018yo meni himoya qilmoqchi edi. Xotinim enamni eslatganidan so\u2018ng men bo\u2018lganimcha bo\u2018ldim. Kechagi ulfati chor suhbati ham, ziyofat ham burnimdan chiqdi. O\u2018zimdan o\u2018tganini o\u2018zim bilib, tilim kalimaga kelmaydi.<\/p>\n<p>\u2013 Shoshildik-da, kelin. Xafa bo\u2018lmang.<\/p>\n<p>Xotinim endi Zoyirga yuzlandi:<\/p>\n<p>\u2013 Men xafa bo\u2018lmayman. O\u2018rganib qolganman. Ammo oyim bechora kechasi bilan mijja qoqmadilar. Turadilar, o\u2018tiradilar, uff tortadilar. \u201cE, Xudojon, bolamni o\u2018zing panohingda asra\u201d, deb\u00a0 iltijo qiladilar. Damba-dam soat nechchi bo\u2018ldi, kelin, deydilar. Qani endi tezroq tong otsa&#8230; Men nima qilishni, nima deyishni bilmayman&#8230;<\/p>\n<p>\u2013 Uzr, kelin&#8230; Kechqurin borib enamdan o\u2018zim uzr so\u2018rayman, ayb menda, deyman. (Jo\u2018ra kirishganlar bir-birining ota-enasini ota, ena, deydi).<\/p>\n<p>\u2013 O\u2018zi mazalari yo\u2018q oyimning, davleniyalari bor. Ertalab choy ham ichmadilar. Tezroq Mamatqulning ishxonasiga borib surishtiring, kelin, deb meni jo\u2018nativordilar. Bir soat bo\u2018ldi kelganimga. Hali ish vaqti boshlanmaganini bilaman, lekin oyimga buni qanday aytaman. Indamay kelaverdim&#8230;<\/p>\n<p>Kechqurin Zoyir bormadi, ishim zaril, jo\u2018ra, tezroq bormasam bo\u2018lmaydi, deb tushdan keyin Samarqandga ketdi. U doim shoshib yuradi, butun dunyoning tashvishi uning zimmasiga yuklatilganday, o\u2018tirganda ham ikki tizzasini likillatib turadi. Juda jonsarak. Bir jihatdan Zoyirning bormagani ham yaxshi bo\u2018ldi. Enamning oldiga o\u2018zimga himoyachi yetaklab boramanmi? Kun kech bo\u2018lgani sari yelkamni zilday og\u2018irlik bosa boshladi. Uyga, enamning oldiga qanday, qaysi yuz bilan kirib borishni o\u2018ylardim. Albatta, xotinim bor gapni aytgan. Enamning xavotirlari sal bosilgandir. Ammo tun bo\u2018yi chekkan iztiroblari-chi? Trolleybusda ketayapmanu xayolning sonsiz ko\u2018chalariga kirib chiqaman, biroq birontasidan jo\u2018yali javob topolmayman.<\/p>\n<p>Egilgan boshni qilich kesmas deganlaridek, hech narsa bo\u2018lmaganday irshayib kirib bordim. Enamning bag\u2018irlariga o\u2018zimni otdim. Otdimu hozir enam jerkib beradilar, deb o\u2018yladim, garchi shu yoshga kirib enam biron marta qattiq gapirganlarini eslay olmayman. Eng og\u2018ir gaplari, biron nojo\u2018ya ish qilsam, hoy, uying bug\u2018doyga to\u2018lgir, nimaga bunday qilding, derdilar. Faqat menga emas, opalarim, akalarim, singlim va ukamga ham.<\/p>\n<p>Enam quchoqlab, boshimni silab, erkaladilar:<\/p>\n<p>\u2013 Eson-omon keldingmi, bolam&#8230; Xudoga shukur&#8230;<\/p>\n<p>Bag\u2018irlariga qattiq\u00a0 bosdilar. Bundan ko\u2018ra urishsalar, ursalar bo\u2018lmasmidi. Shunchalar shafqatli, rahmdil bo\u2018ladimi ona zoti&#8230; Ko\u2018nglim buzildi. Ich-ichmdan yig\u2018i keldi. O\u2018kirib yig\u2018lashdan bazo\u2018r tutdim o\u2018zimni. Baribir yelkalarim titradi, silkindi. Enam buni sezdilar.<\/p>\n<p>\u2013\u00a0\u00a0 Yig\u2018lama, bolam, nimaga yig\u2018laysan?<\/p>\n<p>\u2013 Kechiring, enajon, men notovon o\u2018g\u2018lingizni kechiring, jon ena, \u2013 dedim titrab. Boshimni enamning ko\u2018ksidan ko\u2018tarolmayman, ko\u2018zlariga qarashga yuragim betlamaydi. Bunga sari enam sochlarimni silab, yuz-ko\u2018zlarimdan o\u2018pa boshladilar. Yo, Olloh, shunchalar ham qudrat, mehr berasanmi ona zotiga! \u2013 Kechiring, enajon, kechiring&#8230; Boshqa qaytarilmaydi.<\/p>\n<p>Enam sekin boshimni ko\u2018tardilar:<\/p>\n<p>\u2013 Bo\u2018ldi, bolam, o\u2018zingni bos. Nima gunoh qildingki, kechirim so\u2018raysan.<\/p>\n<p>Onani ranjitishdan, unga azob berishdan ham og\u2018ir gunoh bormi? Men enamning dilini og\u2018ritdim, bir kecha uyqu bermadim, oromini buzdim. Chaqaloqlik, go\u2018daklik paytlarimda meni deb qancha-qancha tunlarni bedor o\u2018tkazganlari kammidi?! Demak, enamga azob berdim, ruhan ezildilar, asablari qaqshadi, yuraklari bezovta bo\u2018ldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">***<\/p>\n<p>Enam so\u2018nggi nafaslarigacha farzandlarini, nevarayu evaralarini o\u2018yladilar, ular uchun kuyunib yashadilar. Umrlarining oxirgi yillarida ko\u2018p kasal bo\u2018ldilar, qon bosimlari ko\u2018tarildi, yuraklari bezovta qildi. Bir necha marta Samarqanddagi shifoxonalarda davolandilar. Yillar o\u2018tgan sari qon bosimi o\u2018z ta\u2019sirini ko\u2018rsatdi. 1985 yil avgust oyi oxirlarida toblari qochib yotib qoldilar. Men mehnat ta\u2019tili olib bordim. Vrachlar insult, iloji boricha qimirlatmanglar, deyishdi. Opalarim, yangalarim navbatma-navbat qarashdi. Olloh ulardan rozi bo\u2018lsin. Shu yotishda qirq kun yotdilar. Goh ancha o\u2018zlariga keladilar, goh og\u2018irlashadilar. Samarqandga olib boraylik deymizu qo\u2018rqamiz. Buning ustiga o\u2018zlari ham ko\u2018nmadilar. Shu yotishda ham bizlarni o\u2018yladilar. Har kuni menga \u201cSen nima qilib o\u2018tiribsan, bolam, ishingga bor, bolalaring yolg\u2018iz, uyingga bor\u201d, deydilar. Men \u201cxo\u2018p, xo\u2018p\u201d deyishdan nariga o\u2018tolmayman. Bir kuni astoydil qistadilar: \u201cAncha bo\u2018ldi kelganingga, kelin bolalar bilan qiynalib o\u2018tirgandir. Ketaver&#8230; Men yaxshiman\u201d, dedilar. Akalarim ham \u201cMayli, boraver, juda ko\u2018ngling bo\u2018lmasa, ikki-uch kundan keyin yana kelarsan\u201d, deyishdi. Bu orada enam \u201cbir tilimgina qovun topilarmikan\u201d, deb qoldilar. Mo\u2018minqul akamga aytdim bu gapni.<\/p>\n<p>\u2013 Ilgari guzarda qovun-tarvuz sotardi, hozir ham sotadimi? \u2013 deb so\u2018radim.<\/p>\n<p>\u2013 Yo\u2018q, hozir yo\u2018q. Shaharga borish kerak&#8230;<\/p>\n<p>\u2013\u00a0 Boraylik, aka, \u2013 dedim.<\/p>\n<p>\u2013\u00a0 Akamning \u201cJiguli\u201d mashinasi bor edi, shuni nazarda tutgan edim.<\/p>\n<p>\u2013 Bo\u2018lmasa sen enam bilan xayrlash, Toshkentga borib bolalarimdan xabar olib kelaman, de. Keyin Samarqandga borib qovun olamiz, men uyga qaytaman, sen Toshkentga ketasan, \u2013 dedi akam.<\/p>\n<p>Shunday qildik&#8230;<\/p>\n<p>\u201cSergili \u2013 2\u201d massivida turar edik.<\/p>\n<p>\u2013 Ikki-uch kun turib, yana ketaman qishloqqa. Hali enam yotiptilar, \u2013 dedim xotinimga.<\/p>\n<p>Kelganimdan bir kun o\u2018tib, ertalab xotinim mayda-chuyda olib kelish uchun bozorga chiqib ketdi. Biz turgan uyning qarama-qarshisida, ko\u2018chaning narigi betida yarmarka-bozor bo\u2018lardi. Xotinim hali ko\u2018chadan o\u2018tmayoq telefon jiringladi&#8230; Yuragim gupillab ketdi&#8230; Yugurib balkonga chiqib derazadan baqirdim:<\/p>\n<p>\u2013\u00a0 Dildoorr!<\/p>\n<p>Xotinim yalt etib qaradi.<\/p>\n<p>\u2013\u00a0 Qayt! Tez! \u2013 dedim.<\/p>\n<p>Bu 1985 yilning 25 sentabri edi.<\/p>\n<p>Keyinchalik xotinimning aytishicha hech qachon bunaqa baqirmagan ekanman.<\/p>\n<p>Darhol yo\u2018lga tushdik. Bora-borguncha o\u2018zimni o\u2018zim koyib bordim: \u201cEh, garvars, nega kelding? Nimaga o\u2018tirmading? Enang bilan vidolashish nasib etmadi-ku&#8230;\u201d<\/p>\n<p>Na iloj, taqdir ekan&#8230;<\/p>\n<p>Taskin shuki, tobutlarini ko\u2018tarish, so\u2018nggi yo\u2018lga kuzatish buyurdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">***<\/p>\n<p>Bu yerda eslaganlarim enamning men uchun yelib-yugurganlarining, chekkan azob-uqubatlarining mingdan, balki milliondan biridir. Ularni sanasam, bayon qilsam&#8230; bilmadim, necha jild kitob bo\u2018ladi&#8230;<\/p>\n<p>Lekin men-chi? Men nima qildim enam uchun?..<\/p>\n<p>Keyingi yillarda shunga o\u2018xshash savollar yuragimni o\u2018rtaydi.<\/p>\n<p>Armon va afsus&#8230;<\/p>\n<p>Enamning xizmatini qila olmaganim \u2013 eng katta armonim!<\/p>\n<p>Vaqtida aqlimni yig\u2018ib, huda-behuda davralardan voz kechib, enam yonlarida bo\u2018lmaganimdan bugun qattiq afsusdaman faqat enamgagina xos hidlaridan to\u2018yib-to\u2018yib hidlamaganimdan endi afsus chekaman.<\/p>\n<p>Balki ana shu armon va afsuslar qalqib chiqib, butun vujudimni junbushga keltirayotgani uchun enamni oldingidan-da ko\u2018proq eslayotgandirman&#8230;<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>Enam vafot etganlariga o\u2018ttiz sakkiz yil bo\u2018ldi. O\u2018ttiz sakkiz yilki, ko\u2018ksiga boshimni qo\u2018yib yig\u2018lashim mumkin bo\u2018lgan mehribonim yo\u2018q. Atrofingdagi hech kim \u2013 opa-singillar ham, aka-ukalar ham, umr yo\u2018ldoshing ham ona o\u2018rnini bosa olmaydi. Inson hayotda\u00a0 turli holatlarga duch keladi. Hayotdan bezib, hech narsaning qizig\u2018i qolmaydigan pallalar ham bo\u2018ladi. Shunday vaqtda onang, faqat onang suyanch bo\u2018la oladi. Yolg\u2018iz uning ko\u2018ksiga boshing qo\u2018yib, miriqib yig\u2018lashing va shu orqali ko\u2018ngilni bo\u2018shatib, yengil tortishing mumkin. O\u2018ttiz sakkiz yilki, menda shunday imkoniyat yo\u2018q.<\/p>\n<p>Onasi borlar qanday baxtli! Onasi borlarga havasim keladi.<\/p>\n<p>&#8230;Inson tabiati qiziq. Biron-bir yaqini, xususan, onasi vafot etsa, avvaliga eziladi, o\u2018rtanadi, kunda-kunora qabriga boradi. Keyin asta-sekin ko\u2018nikadi. Yaratganning irodasiga qarshi borolmasligini, buning iloji yo\u2018qligini, bu gunohi azim ekanini anglab yetadi.<\/p>\n<p>Shunday holatni men ham boshimdan o\u2018tkazdim. Enam vafot etganlariga, u zotni boshqa ko\u2018ra olmasligimga, ko\u2018ksiga boshimni qo\u2018yib erkalanish, hatto yig\u2018lash imkonim yo\u2018qligiga ko\u2018nika olmay yurdim. Hech kimga bildirmay yig\u2018lagan paytlarim ham bo\u2018ldi. Ammo hayot o\u2018z hukmini o\u2018tkazdi. Ish dedim, bola-chaqa, turmush tashvishlari dedim, enamni boshqa ko\u2018ra olmasligimga ko\u2018nikdim. Boshqa nima ham qila olardim.<\/p>\n<p>Boshqalarni bilmadimu men yoshim o\u2018tgan sari enamni ko\u2018proq eslaydigan bo\u2018lib qoldim. Nazarimda enam o\u2018ttiz sakkiz yil avval emas, yaqindagina vafot etganday tuyuladi. Inson keksayganda yosh boladay bo\u2018lib qoladi, deganlari rost shekilli-da. Ardoqli shoir To\u2018ra Sulaymon aytganiday \u201cbolalik boshqatdan qaytarilmoqda\u201d.<\/p>\n<p>Afsuski, bu \u201cbolalik\u201d onasiz, bu \u201cbolalik\u201d otasiz. Ammo yetimlik emas&#8230;<\/p>\n<p>Enam vafot etganlariga o\u2018ttiz sakkiz yil bo\u2018ldi. Enamsiz yana necha yil yashar ekanman? Bu yolg\u2018iz Yaratganga ayon&#8230;<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>25.09.2023.<\/strong><\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>MAMATQUL HAZRATQULOV Men tug\u2018ilganimda enam o\u2018ttiz sakkiz yoshda bo\u2018lganlar. Enam vafot etganlarida men o\u2018ttiz sakkiz yoshda edim. Enajonim bu foniy dunyodan boqiy dunyoga yo\u2018l olganlariga bugun o\u2018ttiz sakkiz yil bo\u2018ldi&#8230; Demak, hozirgacha yashagan umrimning birinchi o\u2018ttiz sakkiz yili enam bilan o\u2018tdi, keyingi o\u2018ttiz sakkiz yil judolikda o\u2018tmoqda. Aslida birinchi o\u2018ttiz sakkiz yilni ham to\u2018la, bevosita [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":515,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[24,28],"tags":[],"class_list":{"0":"post-513","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-adabiy-esse","8":"category-xotira-esse"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/513","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=513"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/513\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":517,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/513\/revisions\/517"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/515"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=513"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=513"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=513"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}