{"id":505,"date":"2026-01-31T00:55:57","date_gmt":"2026-01-30T19:55:57","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=505"},"modified":"2026-01-31T00:55:57","modified_gmt":"2026-01-30T19:55:57","slug":"soginish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=505","title":{"rendered":"Sog&#8217;inish"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>ZUHRIDDIN ISOMIDDINOV<\/strong><\/p>\n<p>Javzo boshlanib, devoru tosh qiziydigan kunlar kelganda jimir-jimir hovur epkini olislarni tumanga chulg\u2018ab ko\u2018rsatadi. Bunday pallalarda odam allanechuk erinchoq bo\u2018lib qoladi, hammayoq sukutga cho\u2018madi, hatto baland terak uchlari ham qilt etmaydi, uy shiftiga yopishgan qaldirg\u2018och inidagi polaponlarning chiyillashidan bo\u2018lak tovush eshitilmaydi. Bunaqa damlarning gashti bo\u2018lak. Bilmadim, nima uchundir, shunday kezlari bolaligim yodimga tushadi, bir zamonlar bo\u2018lib o\u2018tib, hozir esdan ham chiqib ketgan xotiralar, ayniqsa, o\u2018smirlik damlarida kechirgan tuyg\u2018ularim allaqayerlardan yopirilib keladi, ammo afsuski, bir zum, bir lahza, xolos \u2013 birpasda o\u2018tib ketadi. Ammo nima uchundir, o\u2018sha damlarni, u paytlar menga allanimalarni so\u2018zlab bergan eski tanishlaru o\u2018sha dalalarni qo\u2018msab qolaman, ularga qaniydi bir bor yana qayta olsam deyman, biroq&#8230; qayoqda! Ikrom Otamurod yozgani kabi, \u201cMangu sog\u2018inchimga aylanar lahza\u201d&#8230;<\/p>\n<p>So\u2018ng o\u2018ylab ketaman: odam kimnidir sog\u2018inmay yo nimanidir qo\u2018msamay yashashi mumkinmi o\u2018zi? Sog\u2018inish hissidan faqat inson bahramandmi, yo u boshqa jonzotlarga ham tegishlimi? Basharti sog\u2018inish jonivorlarga ham xos bo\u2018lsa, bu tuyg\u2018u ularda ko\u2018proq bo\u2018ladimi yoki bizda? Sog\u2018inish nima o\u2018zi?<\/p>\n<p>Munday qarasangiz, sog\u2018inish aslida keraksizday. Axir, xotirjamgina yurgan odam befoyda o\u2018y-xayollarga andarmon bo\u2018ladi (siz ming o\u2018ylaganingiz bilan u yoningizga kelib qolarmidi?), kimnidir sog\u2018insangiz, undan o\u2018zgalarni yoqtirmay ham qo\u2018yasiz.<\/p>\n<p>Unda, nega kimningdir \u201cSeni sog\u2018indim\u201d deya bir og\u2018iz gapi bizga har qanday maqtovdan, olqish va tasannodan ham ko\u2018proq yoqadi? Nega hammamiz, kimdir bizni ham sog\u2018insa ekan, deb turamiz? Onamizni yana shuning uchun ham sevamizki, bizni undan ortiq sog\u2018inadigan odam dunyoda yo\u2018q&#8230;<\/p>\n<p>Kimnidir sog\u2018inib qolsak, fikr-yodimiz o\u2018sha odamda bo\u2018ladi, yursak ham, tursak ham uni o\u2018ylaymiz, hozir nima qilayotgan ekan, deb tusmollaymiz, yonimizda yurgan chog\u2018da payqamagan fazilatlarini kashf etamiz. O\u2018sha odamni deb xavotirlanamiz, ishqilib biron ziyon-zahmat yetmasa ekan, deymiz.<\/p>\n<p>Sog\u2018inib-sog\u2018inib, kishi qadriga yeta boshlaymiz, odamni e\u2019zozlaydigan bo\u2018lamiz. Basharti kimnidir sog\u2018inmasak, botinan anglaymizki, unday kishining aslida bizga keragi yo\u2018q ekan&#8230; Odamga kulgi, ishtaha yo yig\u2018i qanchalik tabiiy ehtiyoj bo\u2018lsa, sog\u2018inish ham shunday zarur bir ruhiy holat.<\/p>\n<p>Ammo qo\u2018msash haddan oshib ketsa, odam ichikadi. Ishtahasi yo\u2018qolib, injiq, parishonxotir bo\u2018lib qoladi. Bolalarda esa sog\u2018inish tuyg\u2018usi ayniqsa kuchli kechadi. Birovning diydoriga zor bo\u2018lgan go\u2018dak ichiksa, kasalga chalinadi. Mening Omonjon degan tog\u2018am bo\u2018lardi, to\u2018g\u2018risi, tog\u2018amning o\u2018g\u2018li, u to\u2018rt yashar chog\u2018ida, sog\u2018ina-sog\u2018ina, urushda o\u2018lgan otasining bittayu bitta fotosuratni chaynab yeb qo\u2018ygan ekan!..<\/p>\n<p>Men tog\u2018amning hatto rasmini ham ko\u2018rmaganman&#8230;<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">* * *<\/p>\n<p>Odam birovni sog\u2018inishi, qo\u2018msashi uchun ozgina vaqt bo\u2018lsa-da, uni ko\u2018rmasligi, holidan xabardor bo\u2018lmasligi kerak. To\u2018g\u2018ri-da, yoningizda turgan kishini sog\u2018inmaysiz-ku? O\u2018zini ko\u2018rmayotgan bo\u2018lsangizu, ovozi kelib tursa ham, sog\u2018inish degan tuyg\u2018u so\u2018nishga qarab ketadi, albatta.<\/p>\n<p>Sog\u2018inish qanchalik yoqimli va tabiiy bo\u2018lsa, uning aksi \u2013 sog\u2018inmaslik shunchalik g\u2018alati, beo\u2018xshov holat ekan&#8230; Maktabdalik chog\u2018imiz qo\u2018shni sinfda Sodiq degan bir yigit o\u2018qirdi. Ota-onasining to\u2018ng\u2018ichi, erkasi, ko\u2018zlarining oqu qorasi. Armiyaga chaqiriq qog\u2018ozi kelganida Sodiqning otasi uyoqqa chopib, buyoqqa chopib, axiyri shahar voyenkomatidagilarning ko\u2018nglini topdi \u2013 o\u2018g\u2018lining chekiga shu yerdagi harbiy qismda xizmat qilish \u201ctushdi\u201d. Siz o\u2018shanda bir ko\u2018ring edi bu baxtiyor ota-onani: qo\u2018ylar so\u2018yilgan, vadavang ziyofatlar, har hafta o\u2018ris kamandirlarning og\u2018zi moy. Shuning hurmatiga Sodiqning DOSAAFda shofyorlikka o\u2018qiganini hisobga olishib, \u201cobro\u2018li\u201d ishga qo\u2018yishdi \u2013 harbiy qism boshlig\u2018ini tashiydigan \u201cUAZ\u201dni haydaydigan bo\u2018ldi. Ana endi Sodiqboyga xudo berdi, tug\u2018ilib-o\u2018sgan shahrining tanish ko\u2018chalarini changitib, soldat formasida hali u tomonga yelday o\u2018tadi, hali bu tomonga. Kunda-kun ora uylariga kirib, onasi tayyorlab o\u2018tirgan palovxonto\u2018rani \u201curib\u201d ham chiqadi. Ko\u2018chada bizni ko\u2018rib qolsa, go\u2018yo armiyada emasdek, qo\u2018l ko\u2018tarib, yo signal chalib, salomlashgan bo\u2018lib o\u2018tib ketadi.<\/p>\n<p>Muddati tugab, armiyadan qaytganida esa boyagining aksi bo\u2018ldi: Sodiq, go\u2018yo uydan ertalab ko\u2018chaga chiqib ketib, oqshomda qaytib kelganday kutib olindi. \u201cHa, keldingmi?\u201d deyishdi uyidagilar. Uni hech kim, hatto ota-onasi ham&#8230; sog\u2018inmagan edi.<\/p>\n<p>O\u2018shanda sog\u2018inish zarurat ekanini, ruh ozig\u2018i ekanini payqagandim. Qorni och odamga qoq non palovdan totli tuyiladi. Shifokorlar esa goh-goh och qolish ham kerak deyishadi, bu organizm uchun foydali emish. Ana shunda a\u2019zoi badanimiz junbushga kelarkan. Shu singari, kishining kimligini uni sog\u2018inganda bilamiz.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-506\" src=\"https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/odna_devushka_na_zemle_8_0ed07efe.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/odna_devushka_na_zemle_8_0ed07efe.jpg 1200w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/odna_devushka_na_zemle_8_0ed07efe-300x200.jpg 300w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/odna_devushka_na_zemle_8_0ed07efe-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/odna_devushka_na_zemle_8_0ed07efe-768x512.jpg 768w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/odna_devushka_na_zemle_8_0ed07efe-696x464.jpg 696w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/odna_devushka_na_zemle_8_0ed07efe-1068x712.jpg 1068w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/odna_devushka_na_zemle_8_0ed07efe-630x420.jpg 630w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p>Sog\u2018inish asli ayriliq, firoq tufayli yuzaga keladi. Firoq yo\u2018q ekan, sog\u2018inish ham bo\u2018lmaydi. Diniy nuqtayi nazardan, almisoqda \u2013 yer yuzida odamzot yaralmasidan avval barcha insonlarning ruhlari parvardigordan ayrilgan. Demak, firoq, sog\u2018inish almisoqdan boshlangan ekan. Ruh mudom o\u2018z yaratuvchisini sog\u2018inadi, unga intiladi. Furqatiyning taxallusi ham, aslida ana o\u2018sha, almisoq firog\u2018idan olingan bo\u2018lib tuyiladi menga.<\/p>\n<p>Sog\u2018inch jonivorlarga ham xosmi, yo u faqat odam bolasiga berilgan fazilatmi, deb savol tashlagan edim boya. O\u2018ylasam, tirik jon borki, bu tuyg\u2018udan benasib emas ekan. Alpomish qalmoq zindonida yotib, yetti yilda qutulib kelganida Boychibor otining enasi Tarlon biya ham bolasi bilan iskalab ko\u2018rishadi, yalab-yulqaydi-ku? Yo bo\u2018lmasa, birovga sotib yuborilgan ot tasodifan egasini yoki o\u2018sha oiladagi kimnidir ko\u2018rib qolsa, kishnab uni chorlaganini, ko\u2018zlaridan mo\u2018lt-mo\u2018lt yosh oqqanini ko\u2018rgan odamlar bor, besh yil frontda bo\u2018lib qaytib kelgan egasini darvoza ortida turib tomog\u2018ini qirganidanoq tanib, u kirib kelgach, atrofida gir-gir aylanib tavof qilgan itlar haqida ozmuncha asar yozilganmi?<\/p>\n<p>Tirik jon borki, sog\u2018inadi. Ongi rivojlangan odamlargina emas, jon-jonivorlar ham sog\u2018insa, unda, bu tuyg\u2018u ongga emas, avvalo botiniy ongga taalluqli ekan-da? Botiniy ongdagi narsani esa yo\u2018qotish, yo o\u2018zgartirish mumkin emas; unda odamning o\u2018zi mohiyatan o\u2018zgarib ketadi. Qo\u2018msashning botiniy ong mahsuli ekaniga ikkinchi dalil \u2013 siz sog\u2018inish behuda ekanini, bu bilan o\u2018zingizni faqat qiynashingizni bilasiz, anglaysiz, ammo sog\u2018inmay tura olmaysiz, demak, botiniy ong hosilalari ongdagi narsalardan zo\u2018rroq, ustunroq bo\u2018lar ekan. Buni o\u2018z tajribangizdan ham bilsangiz bo\u2018ladi: biron narsani qilishga chog\u2018lanasiz, ammo dilingiz chopmaydi; alaloqibat, ko\u2018nglingiz sezgani to\u2018g\u2018ri bo\u2018lib chiqadi. Zohiriy ongni aql deyish mumkin bo\u2018lsa, botiniy ong ko\u2018proq ko\u2018ngilga to\u2018g\u2018ri keladi.<\/p>\n<p>Ilmiy manbalarda ta\u2019kidlanishicha, botiniy ong (ayrim adabiyotlarda goho \u201congsizlik\u201d va \u201cbeixtiyorlik\u201d kabi ikki qatlamga ajratib ham tasnif qilinadi) inson psixikasining chuqur poydevoridir. Aslida, hech bir narsani \u201cong mahsuli\u201d va \u201cong osti mahsuli\u201d deb qat\u2019iy ikkiga taqsimlab bo\u2018lmaydi. Botiniy ong \u2013 ongning zamini, asosidir. Imorat poydevorsiz qurilmaganiday, botiniy ong qay darajada poydor bo\u2018lsa, ong ham shunga yarasha kuchli rivojlanadi. Masalan, Rasuli akramga Qur\u2019on nozil bo\u2018layotganida yonidagi sahobalar payg\u2018ambar og\u2018zidan chiqayotgan katta-katta suralarni eshitiboq yodlab olishgan \u2013 biron so\u2018zi ham o\u2018zgarmagan. Imom Buxoriy bir necha yuz ming hadisni so\u2018zma-so\u2018z yod bilgan. Po\u2018lkan shoirning xotirasida yetmishta katta-kichik doston tizilib turgan, qirg\u2018iz oqini Sayoqboy Qoralayev \u201cManas\u201d eposidan bir millionga yaqin misrani yodida saqlagan, bir kitobxon Abdulla Qodiriyning \u201cO\u2018tgan kunlar\u201d romanini boshdan-oyoq yod aytib, adibni qoyil qoldirgan, akademik Vohid Abdullayev hatto nomini ham kam odamlar eshitgan yuzlab shoirlarning manzumalarini yodaki aytgan&#8230; Bularning bari botiniy ongga taalluqli hodisalar, basharti botiniy ong sust bo\u2018lsa, ming urining, deyarli natija chiqmaydi.<\/p>\n<p>Ong o\u2018zgarishi mumkin. Mumkingina emas, ong o\u2018zgaruvchandir. Odam bilim olishi, hunar egallashi, ma\u2019rifatli bo\u2018lishi, nimalargadir e\u2019tiqod qo\u2018yishi, biron tarzdagi qarashlari tizimli tus olib, prinsiplari shakllanishi mumkin. Ammo botiniy ong ma\u2019lum darajada irsiyatga taalluqli jihat \u2013 deyarli o\u2018zgarmaydi. Kishining xatti-harakatlari, zehn-shuuri uning botiniy ongiga bog\u2018liq ravishda yuzaga chiqadi. Basharti diniy qarashlarga daxl qilyapti, deya ayblashlaridan cho\u2018chimaganimizda, botiniy ong \u2013 kishining peshonasiga bitilgan taqdiri azali, deb aytgan bo\u2018lardik. Chunki kishining xarakteri asosan va avvalo botiniy ongda belgilangan bo\u2018ladi, boshqacha aytganda, a\u2019molimiz \u2013 botiniy ongmizning reallashuvidir.<\/p>\n<p>Taqdiri azalni \u2013 peshonaga yozilganini o\u2018chirib bo\u2018lmaganidek, botiniy ongni o\u2018zgartirishga urinish behuda. Jahldor kishi, ming urinsa ham, yuvosh bo\u2018lib qolmaydi, og\u2018irkarvon kas aslo serharakat kimsaga aylanmaydi, bir umr tumtayib yuradigan tund kishini xushchaqchaq odamga aylantirish ham amri mahol. Shuning uchun ham, tog\u2018 o\u2018rnidan ko\u2018chibdi desa ishon, ammo falon kishining fe\u2019l-atvori o\u2018zgaribdi deyishsa, ishonma, deyishadi. Chapaqay odam o\u2018ng\u2018aqay bo\u2018lishga urinsa, bosh miya pallalaridagi jarayonlar buziladi. Shu singari, botiniy ong mahsuli bo\u2018lgan jihatlar odam uchun tug\u2018ma bo\u2018lib, ularning loaqal birontasidan voz kechish ham butun organizmdagi eng muhim fiziologik butunlik, yaxlitlikni izdan chiqaradi.<\/p>\n<p>Xotira \u2013 botiniy ongning asosiy funksiyalaridan biridir. Uning mahsuli bo\u2018lgan sog\u2018inch tuyg\u2018usi esa elementar holatida nutqqa bog\u2018liq bo\u2018lmagan tarzda yuzaga chiqadi. Ya\u2019ni sog\u2018inish, o\u2018z-o\u2018zicha, til bilan ifodalanmaydi, botiniy ongda yuzaga keladi va g\u2018ayrishuuriy xatti-harakatlarda namoyon bo\u2018ladi. Sog\u2018inch odamzod taraqqiy etgan hozirgi davrda yuzaga kelgan yuksak aqliy bir hosila bo\u2018lmay, eng olis zamonlarda uning botiniy ongiga singgan, uning o\u2018zak hosilalaridan biri bo\u2018lib qolgan psixikadir. Sog\u2018inish yo\u2018qqa chiqsa, xotira ham barbod bo\u2018ladi. Xotiraning xiralashuvi esa kishining aqliy quvvatini susaytiribgina qolmay, odamiyligi, odamgarchiligiga ham putur yetkazadi. Axir, hamma narsani unutib qo\u2018ya beradigan odam&#8230; birov qilgan yaxshi\u00acligu yomonlikni eslolmasa, bilmasa, bas, uning insoniyligi ham mundayroq bo\u2018lib qoladi-ku!<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">* * *<\/p>\n<p>Sog\u2018inish ijtimoiy tus olsa, nostalgiya yuzaga keladi. Nostalgiya \u2013 o\u2018tmishni ulug\u2018lash emas, balki o\u2018tmish haqida ezgin xotiralarga berilishdir. Har bir millat qadim va yaqin o\u2018tmishini ulug\u2018laydi, o\u2018sha zamonlarda yashagan odamlarning jo\u2018mardligi, soddaligi, mehmondo\u2018stligi kabi fazilatlarini sog\u2018inib eslaydi, e\u2019zozlaydi, farzandlariga ibrat qilib ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p>Nostalgiya lotin tilida \u201cuyga qaytish, vatanni sog\u2018inish\u201d degani. Chindan ham, yurtidan olisda yashayotgan aksar kishilarda yurak siqilishi, zerikish, bora-bora hayotdan to\u2018yib ketish hollari yuz beradi. O\u2018tmishda bu hodisa ko\u2018p uchragan: yot yurtlarda uzoq yillar jangda yurgan askarlar, o\u2018zga ellarga savdo bilan borib qolgan tujjorlar, bir sabab bilan bo\u2018lak diyorlarda kun kechirayotgan kishilar&#8230; Ular orasida sog\u2018inish \u2013 nostalgiya tufayli erta kuni bitganlar ham ko\u2018p bo\u2018lgan.<\/p>\n<p>Ammo nostalgiyaga chalingan odam, aslida, vatanini emas, o\u2018tmishini \u2013 bolalik va o\u2018smirlik damlari kechgan pallalarni sog\u2018inar, ularni eslar ekan. Nostalgiyada o\u2018tmish, faqat o\u2018tmish bo\u2018lgani uchungina ulug\u2018lanmaydi, balki o\u2018tmish haqida ezgin xotiralarga berilish yuzaga chiqadi. Buning boisi, keng ma\u2019noda oladigan bo\u2018lsak, har bir xalqning tarixi, torroq ma\u2019noda esa, har bir odamning taqdiri \u2013 bizga sovet davrida uqtirganlariday \u2013 faqat g\u2018am-alam, kulfat va motamsarolikdan iborat bo\u2018lmagan. Hayotda tashvishlar bilan birga, hamma zamonlarda quvonch onlari, millatning yuksalib, nash\u2019u namo topgan pallalari, faraxbaxsh damlar ham bo\u2018lgan, nostalgiyada millatning ana o\u2018sha navqiron, baxtli damlari, odamning kamolat pallasi qo\u2018msaladi. Shu ma\u2019noda, nostalgiya biron odam yo bir oila doirasidagina emas, butun millat yo xalqlar guruhi, hatto butun bashariyatga ham xos bo\u2018lishi turgan gap. Fitrat \u201cTemur sag\u2018anasi\u201d asarida Temur davrining sha\u2019n-shavkatini qo\u2018msaydi, shu orqali o\u2018zi yashab turgan olag\u2018ovur, ma\u2019nosiz turmushni inkor etadi. Bunday nostalgiya eski zamonlarga qaytishga chorlash emas, balki muqaddas o\u2018tmishni unutmaslik, undan ruh olish orqali yana dorilomon hayotga intilishdan yuzaga keladi. Shu ma\u2019noda, nostalgiya \u2013 kuchli ijtimoiy ehtiyoj natijasi.<\/p>\n<p>O\u2018tmishni qo\u2018msash, tabiiyki, sho\u2018ro zamonida bo\u2018lmag\u2018ur, qoralanadigan bir hodisa sifatida talqin etilardi. Chunki yorqin kelajak sari yo\u2018l olgan ittifoq tarkibidagi yuzlab millatlarning o\u2018tmishni sog\u2018inishiga yo\u2018l qo\u2018yib bo\u2018lmasdi. Shu sababli akademik Ibrohim Mo\u2018minov tahririda chop etilgan o\u2018n to\u2018rt jildlik \u201cO\u2018zbek sovet ensiklopediyasi\u201dni o\u2018sha zamonning \u201csiyosiy ziyrak\u201d namoyandalari ilmiy yo boshqa jihatdan emas, aynan o\u2018tmish allomalari, tariximizda o\u2018tgan buyuk jahongirlar, mumtoz adiblar ijodiga batafsil o\u2018rin berilgani bois, \u201cnostalgiya ruhi yetakchilik qilishi\u201dda ayblashgan. Ammo endi anglayapmizki, atoqli olim sho\u2018ro mafkurasining nog\u2018orasiga o\u2018ynamasdan, tariximizni faqat qora yoki tussiz bo\u2018yoqlarda tasvirlashga yo\u2018l qo\u2018ymasdan, to\u2018g\u2018ri qilgan ekan.<\/p>\n<p>\u201cChinor\u201d romani (Asqad Muxtor)da bir qissa bor: qadim zamonda Belujiston podshohi qo\u2018shin tortib kelib, Movarounnahrni talaydi, jami ishga yaroqli kishilarni olib ketib, ulkan qurilishga \u2013 \u201cjahonning sakkizinchi mo\u02bbjizasi\u201dni bino qilishga soladi. Olis o\u2018lkalarda ilm olib qaytgan Abunasr Forobiy qul qilib haydab olib ketilganlar orasida akasi ham borligini eshitib, Belujistonga jo\u2018naydi, yuz minglab qullar orasida bir ixtiyoriy qul bo\u2018lib ishlab yura beradi. Qishin-yozin, ertayu kech ana shu bunyodkorlik davom etadi. Biroq sal o\u2018tmay qullar orasida noma\u2019lum bir kasallik tarqab, o\u2018lim ko\u2018payadi. Hech bir tabib bunga chora topa olmaydi. Ahvol shunday davom etsa, qullar qirilib bitib, \u201csakkizinchi mo\u02bbjiza\u201dning dunyoga kelishi gumon bo\u2018lib qoladi. Podshoh qullar orasida Forobiy ham borligini eshitgach, uni chorlab, ustozdan bu ofatni daf etishni so\u2018raydi. Forobiy shohga qullar vatan sog\u2018inchida kasal bo\u2018lishayotgani, yoppa qirilib ketmasligi uchun ularni ozod qilib, vatanlariga qaytarish zarurligini uqtiradi. Ammo qaysi zamonda qay bir hukmdor olimlarning maslahatiga quloq solibdiki, Belujiston podshohi allomai zamonning so\u2018zlarini tinglasa? Qullarning o\u2018lishi bilan shohning mutlaqo ishi yo\u2018q, ishqilib mo\u02bbjiza bino bo\u2018lsa bas edi. Shuning uchun Forobiyga g\u2018azab qilib, saroydan haydab soladi. Muallimus soniy tag\u2018in qullar orasiga qaytadi, yana og\u2018ir, tinkani quritadigan mehnat, azob-uqubat. Ammo bir oqshom Forobiy qo\u2018ynidan nay chiqaradi. Shunday navolar chaladiki, qullar ohanglar og\u2018ushida bolalik va o\u2018smirlik chog\u2018lari kechgan so\u2018lim qishloqlarini, pishqirib oqqan soylarini, muattar sabolar esgan sahrolarini ko\u2018rgandek bo\u2018ladilar, oh tortib, vatanlarini yodga oladilar, ko\u2018zlari yoshga to\u2018lib, Forobiydan har oqshom navo chalishni so\u2018raydilar, vatan sog\u2018inchini nay ohanglari orqali bir qadar tuyib, taskin-tasalli topadilar va oqibat \u2013 dahshatli qirg\u2018in asta chekina boshlaydi. Qullar vatan hajrida dard chekayotgan, hozirgi tilda aytganda, nostalgiya xastaligiga chalingan ekanlar&#8230;<\/p>\n<p>Yoki sizga tanish yana bir misol: Hindistonga podshoh bo\u2018lgan Bobur yurtidan olib kelingan bitta qovunni ko\u2018rib, vatan hajrida yig\u2018laydi. Bitta qovun \u2013 vatan timsoli bo\u2018lib ko\u2018rinadi Boburga.<\/p>\n<p>Nostalgiya adabiyotda vatanparvarlik mavzuining bosh omilidir. Yodingizdan chiqmagan bo\u2018lsa kerak,<\/p>\n<p>Bo\u2018yi jo\u2018yi Mo\u2018liyon oyad hame,<\/p>\n<p>Yodi yori mehrubon oyad hame&#8230;<\/p>\n<p>deb boshlanadigan g\u2018azalni Ro\u2018dakiy og\u2018zidan eshitishi bilan amir lashkarni Buxoroga qaytarishga farmon berib, o\u2018zi etigini ham kiymay, oyoqyalang holda otga mingan \u2013 vatan hajrining o\u2018tli ifodasi podshoh yuragini shunchalar larzaga keltirgan edi!<\/p>\n<p>Muhammad Yusuf \u201cO\u2018zbekiston\u201d she\u2019rida yurtining bedapoyasini Rimga, bitta tandirini Parijning eng zo\u2018r restoranlariga alishmasligini aytadi, o\u2018zga yurtga borgach, uch kun o\u2018tmay vatan sog\u2018inchida o\u2018rtanib, sayohatdan voz kechganini, bahorda Baxmalda tug\u2018ilgan qo\u2018zi u uchun arab ohusidan ham aziz ekanini izhor qiladi. Vatan haqida yozilgan ushbu samimiy, ta\u2019sirchan she\u2019rni nostalgiyaga bag\u2018ishlangan asarlarning nodir namunalaridan biri deyish mumkin. So\u2018z san\u2019ati tarixida bunday misollar behisob.<\/p>\n<p>Nostalgiya bolalik va o\u2018smirlik davrini \u2013 hayotining eng totli damlarini sog\u2018inish, unib-o\u2018sgan joylarni qo\u2018msash shaklida amalga oshadi, dedik. Shu bois, vatanimizda tug\u2018ilib, bolaligi shu yerlarda kechgan, ammo hozir boshqa bir yurtda umrguzaronlik qilayotgan vatandoshlarimizdagi nostalgiyani hech nimaga qiyoslab bo\u2018lmasligi aniq. Ular yil o\u2018n ikki oy \u2013 bir umr vatanni qo\u2018msab yashaydilar va o\u2018z tuyg\u2018ularini farzandlariga ham vasiyat qilib qoldiradilar. Ammo&#8230; asl vatanni otalari kabi sog\u2018inish bu ikkinchi, ayniqsa uchinchi avlodga ham xos bo\u2018ladimi, ular ham asl vatanni ajdodlari kabi qo\u2018msaydilarmi \u2013 bu savolga javob berish mushkul. Negaki, ularning bolaligi \u2013 nostalgiya tuyg\u2018ularini qo\u2018zg\u2018atadigan pallalari boshqa joylarda, boshqa vaziyat va manzaralar og\u2018ushida kechadi&#8230; Garchi ular, O\u2018zbekistonni sog\u2018inishini, shu yurt ular uchun asl vatan ekanini harchand ta\u2019kidlasalar-da, tug\u2018ilib o\u2018sgan va kamol topayotgan vatanlari endi boshqa. Bundan ma\u2019lum bo\u2018ladiki, bir zamonlar xorijga majburan chiqib ketganlardan farqli o\u2018laroq, ko\u2018proq pul topib, osonroq yashash niyatida chet o\u2018lkalarda yashashni ixtiyor qilayotgan odamlar, ayniqsa ularning farzandlari tomiri vatan zaminidan uzilishi, axiyri boshqa millat va el kishilariga aylanishlari turgan gap&#8230;<\/p>\n<p>Garchi sog\u2018ingan odam ahvolidan shikoyat qilsa-da, nostalgiya, qo\u2018msash tuyg\u2018usi aslida kishi ruhini allalaydi, unga orom beradi. Sog\u2018ingan odamning yuragi shirin halovat tuyadi, kishi botinan shu sog\u2018inchning yanada ortib borishini istaydi, chunki sog\u2018ingan, sog\u2018inayotgan pallalarida o\u2018zi ruhan o\u2018sadi, yanada olijanob bo\u2018lib qoladi. Bu holatni juda teran tuygan mavlono Fuzuliy uni muxtasar ifodalab, \u201cBu sening dardi firoqing \u2013 bani jonima huzur\u201d deydi. Qarang, firoq dardi, ya\u2019ni umuman olganda dard&#8230; jonga huzur berishga ham qodir bo\u2018lar ekan. Shunday damlar ham bo\u2018ladiki, matlabi kimnidir, yo nimanidir ko\u2018rish, yo unga yetishish emas, balki shu sog\u2018inishning o\u2018zi bo\u2018lib qoladi.<\/p>\n<p>Nega? Chunki biz garchi real olamda, bir-birimiz bilan birga kun kechirayotgan bo\u2018lsak-da, ayni paytda har bir odam o\u2018z ichki olamida, o\u2018z fikr-xayollari, orzu va tuyg\u2018ulari og\u2018ushida yashaydi. Uning bu ichki olami uning uchun bu kurash va g\u2018alvalarga to\u2018lgan sertashvish dunyoga qaraganda chandon go\u2018zal, sarishta va osoyishta, mukammaldir. Kishi bunday damlarda avvalo ana shu sog\u2018inch tuyg\u2018ularini ardoqlaydi. Chunki sog\u2018inch hadafi bo\u2018lgan odam yoki allanima faqat sog\u2018inch qo\u2018zg\u2018ovchi xislatlar majmuigina emas. Real hayotda bu kishi yoki bu narsa nafaqat sog\u2018intiruvchi, balki bezdiruvchi fe\u2019l-atvorga ham ega bo\u2018lishi mumkin. Binobarin, sog\u2018ingan odam uning o\u2018sha yaxshi, shirin va latif xislatlarinigina qo\u2018msaydi, ya\u2019ni tasavvuridagi odamni sog\u2018inadi. Sog\u2018ingan odam uchun avvalo o\u2018z istagi, intizorligi, mushtoqlik holatlari totli.<\/p>\n<p>Odam, sog\u2018inishi bilan odam. Hech kimni, hech nimani qo\u2018msamaydigan odamda odamgarchilik bo\u2018lmaydi. Buning aksicha, sog\u2018inchi kuchli odamning fazilatlari behisob. Sog\u2018inish odamga kuch beradi, uning ruhini allalaydi, qalbini yoshartiradi. Kundalik tashvishlarga andarmon bo\u2018lib yura-yura, bir kuni ho\u2018v olislarda qolib ketgan yoshligingizni, beg\u2018ubor pallalaringizni, o\u2018sha zamonlarda qalbingizni hapriqtirgan tuyg\u2018ularni yodingizga tushiradigan biron rasm yo kinofilmni ko\u2018rsangiz, allaqachon unutilayozgan biron musiqani tinglasangiz, hatto bir zamonlarda egningizga ilgan, ammo qay bir bo\u2018xchada uniqibgina yotgan eski rusumdagi biron kiyimingizni yana qo\u2018lga olsangiz, ko\u2018zlaringiz yashnab ketadi, ko\u2018nglingiz yumshaydi.<\/p>\n<p>O\u2018shlik adib Mirzohid Mirzarahimovning \u201cQovun hidi\u201d degan bir hikoyasida keksarib qolgan olimning ruhiy iztirobi, bemorligi tasvirlanadi. Tarix qatlarini varaqlab topgan kashfiyotlarim kimga ham kerak bo\u2018lar edi, degan xayol uning qo\u2018lini ishdan sovutadi, kunlar va oylar shu kayfiyat bilan o\u2018tib, axiyri dardga chalinadi, yotib qoladi. O\u2018g\u2018lining ko\u2018magida bir kuni so\u2018lg\u2018in yuz bilan bozorga boradi, u yerda bitta qovunni qo\u2018lga olib ko\u2018rayotib, qovun qo\u2018lidan tushib, yoriladi. Uni yerdan olish uchun engashgan domlaning dimog\u2018iga qovunning o\u2018tkir hidi gup etib uriladi. Bu beqiyos tarovatli hid unga bolalikdan tanish edi. Ko\u2018zlariga beixtiyor yosh qalqiydi, yorilgan qovunni to\u2018ymay hidlaydi va&#8230; ruhida g\u2018alati bir o\u2018zgarish sodir bo\u2018la boshlaydi. Bir-ikki hafta o\u2018tgach, domla tetiklashadi, sog\u2018ayib, yana g\u2018ayrat bilan izlanishlarga kirishib ketadi&#8230;<\/p>\n<p>\u201cHar yili 31 dekabr kuni biz do\u2018stlarimiz bilan hammomga boramiz\u201d, deydi mashhur kinofilm qahramoni. Biz esa har yili dekabrning oxirgi kunlarida shu kinoning yana namoyish qilinishini zoriqib kutamiz, undan keyin esa \u201cIshdagi ishq\u201dqa intiq bo\u2018lamiz, yozning sarin kunlari kelganida \u201cMaftuningman\u201d qachon namoyish qilinar ekan degan xayol dilimizdan o\u2018tadi. Biz bu kinolarni ajoyib kartina sifatidagina emas, balki avvalo bizga yoshligimizni eslatgani, o\u2018sha pallalardagi tuyg\u2018ularimizni yodimizga solgani uchun ham yaxshi ko\u2018ramiz&#8230;<\/p>\n<p>Xo\u2018sh, odamda sog\u2018inish tuyg\u2018usi qachon va qanday paydo bo\u2018ladi? Men bu o\u2018rinda allakimga ishingiz tushganu, uning tezroq kela qolishini kutishingiz kabi sof rasional va pragmatik vaziyatni emas, balki sizga nafi tegmaydigan, bolalik chog\u2018laringizning allaqaysi puchmog\u2018ida qolib ketib, deyarli unutilgan, ammo qay bir sabab, masalan, ayvonda o\u2018tirgan chog\u2018ingizda g\u2018irillab esgan shabada bahona, dilingizga yopirilib kelgan huzurbaxsh, totli tuyg\u2018ularning \u2013 bir paytlar kechirgan hissiyotlaringiz, ko\u2018rgan, lekin hozir esdan chiqayozgan manzaralaringiz yodingizga tushgani kabi holatlarni nazarda tutyapman \u2013 ana shuning manbai va manshai nima? Masalan, men biron daraxtzor orasidagi yuqoriga o\u2018rlab chiqqan va yana pastga qarab enib ketgan yo\u2018lni hech qachon kunbotar chog\u2018ida ko\u2018rmaganman, ammo Usmon Nosirning \u201cBog\u2018larga namozgar salqini tushdi&#8230;\u201d degan misrasini qachon o\u2018qisam, lop etib boyagi manzara ko\u2018z oldimda namoyon bo\u2018ladi, shu holatni sog\u2018inaveraman. Shu holat \u2013 mening armonim, mening nostalgiyam.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">* * *<\/p>\n<p>Qo\u2018msash, tusash, sog\u2018inish eslash orqali yuzaga keladi. Qo\u2018msash \u2013 yodga olish mahalidir. Yodga olgan pallangiz unga yetishishni istasangiz, sog\u2018ingan bo\u2018lasiz. E\u2019tibor qilgandirsiz, kishi sog\u2018ingan odami yo narsasiga yetsa, uni o\u2018z ichiga olgisi keladi \u2013 anor yo anjirni yutoqib yeydi, yorni, farzand yo do\u2018stni quchib, o\u2018padi. O\u2018pish ham, aslida, ichga tortish \u2013 yeyishning imitatsiyasidir (ehtimol, \u201cichikish\u201d so\u2018zi shundan kelib chiqqandir), buning iloji bo\u2018lmasa, quchadi, bag\u2018riga bosadi. Bu holatning asoslarini izohlash fiziolog olimlarga havola, ammo sog\u2018inish \u2013 zoriqishning sezilishi, yuzaga chiqishi ekani aniq.<\/p>\n<p>Sog\u2018inish \u2013 xotira mahsuli. Ammo sog\u2018inib eslash orqali xotirayu hofiza ham kuchayib ketadi. Bunga yoqtirib yodlagan she\u2019ringiz bilan majburan yodlagan she\u2019ringizni eslash orqali ishonch hosil qilish mumkin \u2013 aniqki, keyingisi tezda faromush bo\u2018ladi. Hozir hamma darrov qabul qilishga, darrov unutishga o\u2018rgangan. Xotiramiz susayib boryapti. Natijasi esa ma\u2019lum: polyak adibi Stanislav Yeji Les istehzo bilan qayd qilganidek, \u201chamma esimda yo\u2018q deydi, ammo hech kim esim yo\u2018q demaydi\u201d.<\/p>\n<p>Bugun istalgan to\u2018rt yuz odamni bir zalga to\u2018plang, ular ichida to\u2018rtta she\u2019rni yod biladigan, yo bironta hikoyani chiroyli qilib aytib bera oladigan odamni topa olarmikinsiz? Xotirani, sog\u2018inchni, qo\u2018msashni ongimizdan sitib chiqarganimiz sari, odamgarchiligimiz ham shunga yarasha yo\u2018qola boradi, o\u2018zgalarning qadriga uncha yetmay qo\u2018yamiz, ularning kimligi, qanday inson ekanligi bizni deyarli qiziqtirmaydi, odamlarga biz go\u2018yo bir buyumga qaraganday nazar solamiz, \u201cfoyda yetkazish koeffisiyenti\u201d qanchaligiga ko\u2018ra muomala qilib, odamiyligimizga putur yetkaza boshlaymiz.<\/p>\n<p>Ammo botiniy ong bunga javoban o\u2018zini bot-bot eslatib turadi. E\u2019tibor berganmisiz, biron tanishimizga duch kelsak, ko\u2018pincha u bilan kulimsirab so\u2018rashamiz, bir qadar uni sog\u2018inganimizni bildirgan bo\u2018lamiz. Bunda, faqat uni emas, uni qo\u2018msaganimizga o\u2018zimizni ham ishontirishga urinamiz. Shu singari, vatanini sevgan odam, hatto ona yurti bag\u2018rida yashab ham, uni sog\u2018inaveradi, bu esa go\u2018dakning oqshomdan tong otguniga qadar onasini ko\u2018rgisi kelavergani kabi inja bir tuyg\u2018u.<\/p>\n<p>Sog\u2018inish ko\u2018ngilni olijanoblashtiradi. Olijanob odamgina sog\u2018inadi. Badxoh, xudbin kas hech kimni, hatto tuqqan onasini ham ko\u2018rgisi kelmaydi. Said Ahmadning \u201cUfq\u201d romanidagi qochoq Tursunboy ana shulardan biri. Axir u to\u2018qayda yashirinib yurgan chog\u2018ida onasini intiq kutadi-ku, deyishingiz mumkin. Yo\u2018q, onasini emas, to\u2018qay ichidagi kapasiga onasi opkeladigan ovqatni sog\u2018inadi, bir gal esa sevgilisi Zebiga uzoqdan ko\u2018zi tushadi, ammo unga Zebi emas, uning qo\u2018lidagi qumg\u2018on azizroq ko\u2018rinadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">* * *<\/p>\n<p>Sog\u2018inishning begonalashuvi \u2013 tamaddunning, ayniqsa hozirgi taraqqiyotning odamzotga yetkazgan, yetkazayotgan eng katta ziyonlaridan biridir. Ilgari birovni sog\u2018inardik, ammo yeta olmas edik, endi esa unga yetishishdan osoni yo\u2018q, ammo&#8230; sog\u2018inishimiz mahol! Chunki yaqin odamingiz dunyoning narigi chekkasida bo\u2018lsa ham, telefonda har kun ovozini eshitib, internetdagi elektron pochta orqali bog\u2018lanishingiz, qo\u2018l telefoningiz orqali hatto yer qa\u2019rida \u2013 yuz ellik metr chuqurlikdagi metro vagonida shuvillab ketib borayotganida ham so\u2018zlashib, \u201cvideochaqiruv\u201d orqali ko\u2018rishib, gaplashishingiz mumkin \u2013 virtual diydor diydasi qattiq odamlar uchun diydor o\u2018rnini bemalol bosadigan bo\u2018lib qoldi. Uning turi ko\u2018payib, o\u2018zi tobora murakkablashib, ommalashib borayotir.<\/p>\n<p>Olmon olimi Osvald Shpengler \u201cYevropaning so\u2018nishi\u201d asarida madaniyat bilan tamaddunni shartli ravishda qiyosan tahlil qiladi. Olim madaniyat \u2013 taraqqiyot darakchisidir va u muayyan darajaga yetib borgach, tamaddunga aylanadi, tamaddun esa taraqqiyotning sekinlashuvi, qotib qolishi, asta-sekin zaiflashib, so\u2018nishidan iborat, deb uqtiradi (qarang: B.Umarov, Qalbning go\u2018zalligi \u2013 bebaho boylik \/\/ \u201cMa\u2019naviy hayot\u201d jurnali, 2013, nishona soni, 91-bet). Shu ma\u2019noda, kishilik tarixida madaniyatning roli ijobiy, tamaddunning roli esa salbiy, desa bo\u2018ladi. Agar bu fikr, hatto shartli ravishda bo\u2018lsa ham, maqbul deb topilar ekan, unda biz hozir tamaddun davrida yashayotgan bo\u2018lib chiqamiz. Chunki bu davr, mazmunan, insonning o\u2018zligiga, tub mohiyatiga, jumladan botiniy ongi rivojiga zid amallar yetakchilik qiladigan zamoniga aylandi.<\/p>\n<p>Biz botiniy ongimizni mahv etish, uning tabiatiga zid ishlar bilan mashg\u2018ulmiz. Ongimiz taraqqiy etgani sari botiniy ongni keyinga surish, unga e\u2019tibor bermaslikka intilamiz. Holbuki, botiniy ong zohiriy ongning asosidir; aql, fe\u2019l-atvor, tabiat, zehnu shuurning bari botiniy ongdan keladi. Shunday ekan, botiniy ongni xiralashtirib, so\u2018ndiradigan ishlarning bari pirovard-natijada zohiriy ongga ham zahalat yetkazadi. Zohiriy ong baayni kishilik jamiyati bo\u2018lsa, botiniy ongni tabiatga qiyoslash mumkin \u2013 biz tabiatga qanchalik zug\u2018um o\u2018tkazsak, oxir-oqibat u bizga yanada kattaroq javob qaytarishi tayin-ku?<\/p>\n<p>Globallashuv degan \u201cqora tuynuk\u201dka xoh-noxoh ravishda, ammo yil osha, yana ham tezlashgan holda kirib ketayotgan odamzot kuni kelib bu tamaddunning kasriga qolishi tobora aniq bo\u2018lib boryapti. Buning oqibatini anglab, unga qarshi turishga intilayotganlar avvalo milliy madaniyatlar, ming yillik tarixiy tajribada shakllangan olijanob urf-odatlar, an\u2019analarning poymol bo\u2018lishiga achinish bilan qaraydilar, shu bois, bu tuzoqqa ilinmaslikka da\u2019vat etadilar. Bu, albatta, to\u2018g\u2018ri, ammo umuminsoniy miqyosda olganda-chi, bu sathda biz nimaga achinishimiz kerak?<\/p>\n<p>Bir qarashda, odamzot texnikaviy va texnologik inqiloblar dunyosida yashayotir va bu inqiloblar cheksiz davom etadiganday. Texnik-texnologik taraqqiyot esa odamning mashaqqatini kamaytirish, uning og\u2018irini yengil, uzog\u2018ini yaqin qilishday kori xayrgagina xizmat qilmay, shu bilan birga, og\u2018zidan chiqqanini muhayyo qilish, istagan tantiqligini bajo etish, ko\u2018ngli tusaganini o\u2018rinlatishga ham imkon beradiki, bunday vaziyatda odam bolasi ishlashga, mehnat qilishga majbur bo\u2018lmay qoladi. Ilgari mehnat nafaqat tirikchilik vositasi, balki hayotiy ehtiyoj ham edi. Endi mehnat qilish, chinakam, astoydil ishlash, ter to\u2018kish insonning insonligini, uning mohiyatini belgilovchi mezon sanalmay qo\u2018ydi. Bu esa odamlarda turli yangi xastaliklar, jismoniy zaiflikning kelib chiqishiga sabab bo\u2018lyapti. Zero odamlar endi o\u2018ta murakkab texnika, eng so\u2018nggi texnologiya ustida bosh qotirishga mahkum. Buning oqibatida asabiylik, jizzakilik, tegmanoziklik ortib, yangi kasalliklar ko\u2018payayotir. Ma\u2019lum bo\u2018ladiki, odamzot gardanidagi mashaqqat bir misqol ham kamaymay, jismoniy sohadan aqliy-ruhiy sohaga ko\u2018chib o\u2018tibdi, xolos.<\/p>\n<p>Faqat shugina emas.<\/p>\n<p>Sog\u2018inish botiniy ongning eng muhim xossalaridan biri. Aniqroq aytadigan bo\u2018lsak, aynan sog\u2018inish hayotimizning asosidir. Masalan, sevgi, ishq-muhabbatni \u2013 ana shu hayot beshigini bir lahzaga, hatto xayolan bo\u2018lsa ham, sog\u2018inishsiz tasavvur etib bo\u2018ladimi? Sog\u2018inish bo\u2018lmagan joyda ishq-muhabbatga o\u2018rin qolmaydi, sog\u2018inchsiz sevish \u2013 yo\u2018q narsa. Axir o\u2018zingiz o\u2018ylang, sevgisi shu qadar alanga olarmidi Qaysning, agar Layli hamisha yonida bo\u2018lib, xohlagan payt u bilan ko\u2018risha olganida?<\/p>\n<p>Biz esa bugungi kunda aynan sog\u2018inishni yo\u2018qqa chiqarishga kirishdik. Undan-da o\u2018tib, ishq-muhabbatning shirin sog\u2018inchlaridan ham voz kechishga tayyorlayapmiz o\u2018zimizni. Qanday qilib deng? Tunov kuni qo\u2018l telefonimga Yusel kompaniyasidan SMS xabar keldi. O\u2018qisam, \u201cIshqiy hissiyotlar yetishmayaptimi? Qizlar uchun sevgi izhori \u2013 KZ, yigitlar uchun \u2013 BL so\u2018zini 5744 ga yuboring. Bir kirish SMS \u2013 10 sent\u201d degan so\u2018zlar bitilgan. Ajabo, bo\u2018lajak umr yo\u2018ldoshimizga ham birovning gapini aytib shakarguftorlik qilamizmi endi? O\u2018ylab qarasam, kompaniya faqat buni ko\u2018zda tutayotganga o\u2018xshamadi. Niyat boshqacharoq. Ular millatning ma\u2019naviyatini, axloqini shu zaylda \u201coz-ozdan\u201d buza borib, bir umrlik muhabbatni emas, bugun birovga, ertasiga boshqaga qilinadigan \u201csevgi izhori\u201d reseptini tiqishtirishmoqchi (bu ayni paytda biznes ham). Bugun bir notanish qizga uni sevib qolganingizni aytasiz, uch kun o\u2018tib \u2013 boshqasiga. Qarang \u2013 Yuselchilar hatto qizlar uchun ham ham sevib berishga, uni doston qilishga hoziru nozir. Yo\u2018qsa, qiz bola yoki ayol zoti (hatto fohisha bo\u2018lsa ham), sharm-hayoni yuzidan sidirib tashlab, er kishiga uni \u201csevib qolgani\u201dni aytadimi? Buni bizga chetdan olib kelib tiqishtirishyapti, deysizmi? Ha, shunday.<\/p>\n<p>Va shunaqa deb ayyuhannos solishdan osoni yo\u2018q. Unga o\u2018zimiz zamin tayyorlab berayotganimiz esa yodimizga ham tushmaydi. Axir bir eslab ko\u2018ring, onalarga alla aytishni o\u2018rgatish, hali bo\u2018y qizlar o\u2018rtasida ham \u201calla tanlovi\u201d kabilarni o\u2018tkazishlar o\u2018zimizdan bo\u2018lmay, kimdan chiqdi? Alla aytish \u2013 o\u2018rgatiladigan, alla xonishi \u2013 tanlov qilinadigan san\u2019atmi? Axir har bir ona farzandiga o\u2018zi alla to\u2018qiydi-ku? Alla \u2013 onaning ijodi, ona uni ko\u2018pchilik oldida emas, jigarporasi bilan yolg\u2018iz qolganida aytadi-ku? Bunda \u201commabop\u201d sahnaga o\u2018rin yo\u2018q. Asl allada, hatto, so\u2018z ham bo\u2018lmasligi mumkin, shirali ovoz ham shart emas, u \u2013 dil tubidan chiqqan nola, hissiyot to\u2018lqini. Alla \u2013 vokal janr emas, yurak qo\u2018shig\u2018i.<\/p>\n<p>Sevgi izhorini SMS tarzida sotib olib, allani esa fonogrammaga solib, biz botiniy ongimizni zaharlayapmiz, uni barbod etyapmiz. Axir birov to\u2018qigan \u201cmuhabbatnoma\u201dni aytib sevib bo\u2018ladimi, chinqirib aytilgan \u201calla\u201d \u2013 allami? Xonanda ayolning allasi dildan emas, bo\u2018g\u2018izdan chiqadi. Shu kabi, aslida bir og\u2018iz so\u2018z aytmay ham sevish mumkin. So\u2018z, xususan Yuselchilarning \u201csevgi izhori\u201d kabi soxta ishqnomalardagi so\u2018z tuyg\u2018uni mahv etadi. Aslida, so\u2018z \u2013 dil kaliti emas, balki ko\u2018ngil oynasini to\u2018suvchi pardadir. Sog\u2018inchning eng yuqori nuqtasi \u2013 uning yurakka sig\u2018may, arzihol tarzida izhor etilishidir. Ammo, e\u2019tibor bering, ishq bayon etilgach, sog\u2018inish bir qadar so\u2018nadi (nola qilsangiz, alamingiz kamaygani kabi).<\/p>\n<p>Ongni ishga solib birovning fikrini o\u2018zgartirish, ongini chalg\u2018itish mumkin. Biroq botiniy ongga tegishli narsalar faqat haqiqiy, asl bo\u2018lsagina yashay oladi \u2013 bu borada birovni aldash qiyin. Masalan, zo\u2018raki kulish, soxta arazlash, yolg\u2018ondan sog\u2018inish amri mahol. Shuning uchun ham hozir juda ommalashib ketgan bir hol \u2013 atigi ikki kun avval ko\u2018rishgan tanish-bilishlar bilan quchoqlashib ko\u2018rishish nihoyatda sovuq ko\u2018rinadi. Chunki bu apoq-chapoq bo\u2018layotganlarning yuz-ko\u2018zida eng muhim narsa \u2013 sog\u2018inch ko\u2018rinmaydi, ularning hech biri qo\u2018msaganiga sherigini ishontira olmaydi. Bundan ko\u2018ra oddiy qo\u2018l olishib salomlashish ancha samimiy chiqadi. Zero odamlarning sog\u2018inchini yashirishga uringani qanchalik go\u2018zal bo\u2018lsa, bu tuyg\u2018uni oshirib-toshirib ko\u2018rsatishi shuncha xunuk va sovuq ko\u2018rinadi&#8230;<\/p>\n<p>Ammo hozir rasional axborot davri. Axborot tovarga aylandi. His-tuyg\u2018ular esa eskilik sanaladi. Jumladan, sog\u2018inish ham. Biz xotira mahsulini ong-shuurimizdan sitib chiqarib, uni dastavval loyga, toshga, suyakka, papirusga, qog\u2018ozga bitib qo\u2018yadigan bo\u2018ldik; endilikda kompyuter, qo\u2018l telefoni singari texnikaviy anjomlar \u201cxotira\u201dsiga ko\u2018chirib o\u2018tkazyapmiz. Bu sun\u2019iy xotiralar yildan-yilga kattaroq quvvat va kattaroq sig\u2018imga ega bo\u2018lyapti, ularning quvvai hofizasi ulkanlashgani sari odamzotning xotirasi kichrayishga qarab ketyapti, endi butun boshli dostonlarni yod biladigan odamlarni yetti iqlimdan qidirib ham topa olmaysiz, zero \u201cortiqcha\u201d xotiraga ehtiyoj ham yo\u2018q \u2013 bani bashar xotiradan mahrum bo\u2018lishga qarab ketayotir&#8230;<\/p>\n<p>Texnika xotirasini qancha ulkanlashtib, u bajaradigan ish turini qancha ko\u2018paytirib, kompyuterlarni gaplashadigan, hatto maslahat beradigan qilib \u201codam\u201dlashtirganimiz sari o\u2018zimiz shunchalik robotlasha boryapmiz. Chunki&#8230; botiniy ongimizni o\u2018ldiryapmiz, bizni odam qilib turgan o\u2018zagimizni qirqyapmiz. Botiniy ongidan mosuvo kimsa \u2013 manqurt, u shu damdagi foydani o\u2018ylab yashaydi, vassalom. Yoqtirish, nafratlanish, kulish, sevish va hokazolar unga begona. Manqurt kulmaydi ham, sog\u2018inmaydi ham.<\/p>\n<p>&#8230;Abituriyent edim. Har kun kitob qo\u2018ltiqlab Toshkentning Gagarin parkiga, \u201cmutolaa\u201dga kelaman. Biron skameykaga o\u2018tirib, kitobni ochaman, ammo xayol uyimizga \u2013 ota-onam, ukayu singillar, yor-do\u2018stlarga ketadi. Hatto og\u2018ildagi qo\u2018y-qo\u2018zilar ham birma-bir eslanadi. Kitob varaqlari esa \u201cmeni o\u2018qimaysanmi?\u201d deganday lang ochilgancha yuzimga qarab turadi. Natijasi \u2013 ma\u2019lum&#8230; Kelasi yil ham shu ahvol bo\u2018ldi. Axir, sog\u2018inmay tura olmasam, nima qilay? Nihoyat, uchinchi yili ahd qildim: \u201cSog\u2018inish shu bo\u2018ladigan bo\u2018lsa, endi hech kimni sog\u2018inmayman, kim yodimga tushsa, o\u2018sha zahoti darrov xayolimni bo\u2018lib, kitob o\u2018qishga tushaman\u201d. Ana, dorilfununga ham kirib o\u2018qiyapman. Ammo&#8230; allanimani boy berganday, sal manqurtlashib qolganday seza boshladim o\u2018zimni. Biron kishiga maktub yozmaganimga ham o\u2018ttiz yilcha bo\u2018libdi. \u201cSalom xat\u201d deya sarlavha qo\u2018yib, sog\u2018inchnomalar yozar edik bir paytlar. \u201cYo tavba, nahotki hech kimni sog\u2018inmagan bo\u2018lsam? Yo\u2018q, unday emas, \u2013 deb yana o\u2018zimni ovutgan bo\u2018laman, \u2013 hozir axborot asri, xat yozishadigan zamonlar o\u2018tib ketdi&#8230;\u201d<\/p>\n<p>Endi sog\u2018inishning asti iloji yo\u2018q, sog\u2018inishga hatto vaqt ham yo\u2018q!<\/p>\n<p>Shu ketishda nima bo\u2018larkin: odamiyligimizni paydar-pay boy bera-bera, bir kun asl insoniy mohiyatdan ham tugal voz kechib qo\u2018ymasmikinmiz?<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">* * *<\/p>\n<p>Sog\u2018inish&#8230; Naqadar totli, naqadar ko\u2018ngilga yaqin tuyg\u2018u!<\/p>\n<p>Tu bo mani, dar Yamani \u2013 peshi mani,<\/p>\n<p>Tu be mani, peshi mani \u2013 dar Yamani!<\/p>\n<p>(Sen men bilan \u2013 yonimda, gar Iroqdasan,<\/p>\n<p>Sen mensizsan, gar yonimda \u2013 yiroqdasan!)<\/p>\n<p>Ushbu baytni Xoja Ahror vali qalamiga mansub deyishadi. Darhaqiqat, sog\u2018inish \u2013 odamiylik belgisi, ko\u2018ngil yaqinligi esa insoniy fazilat. Bas, bu borada ul hazratdan oshirib yana nima deya olar edik!<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ZUHRIDDIN ISOMIDDINOV Javzo boshlanib, devoru tosh qiziydigan kunlar kelganda jimir-jimir hovur epkini olislarni tumanga chulg\u2018ab ko\u2018rsatadi. Bunday pallalarda odam allanechuk erinchoq bo\u2018lib qoladi, hammayoq sukutga cho\u2018madi, hatto baland terak uchlari ham qilt etmaydi, uy shiftiga yopishgan qaldirg\u2018och inidagi polaponlarning chiyillashidan bo\u2018lak tovush eshitilmaydi. Bunaqa damlarning gashti bo\u2018lak. Bilmadim, nima uchundir, shunday kezlari bolaligim yodimga tushadi, [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":509,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[19,30],"tags":[102,103],"class_list":{"0":"post-505","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-falsafiy","8":"category-muharrir-tanlovi","9":"tag-soginch","10":"tag-zuhriddin-isomiddinov"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/505","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=505"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/505\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":510,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/505\/revisions\/510"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/509"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=505"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=505"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=505"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}