{"id":494,"date":"2026-01-20T11:46:19","date_gmt":"2026-01-20T06:46:19","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=494"},"modified":"2026-01-20T11:46:19","modified_gmt":"2026-01-20T06:46:19","slug":"xurshid-davron-haqida-ikki-esse","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=494","title":{"rendered":"Xurshid Davron haqida ikki esse"},"content":{"rendered":"<h1 style=\"text-align: center;\"><span class=\"td_text_highlight_marker_green td_text_highlight_marker\">Ma\u02bcsumiyat muzeyi \u2013 Xurshid Davron Kutubxonasi va adabiy vijdon haqida<\/span><\/h1>\n<p style=\"text-align: right;\"><b><strong>MIRZOHID MUZAFFAR<\/strong><\/b><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">Peshayvonda zanjabil tuzlayotgandim. Ijarachi Amal xola kelib, avval biroz tomosha qildi. Kulib qaragan bo\u02bbldim. Esimni taniganimdan beri nimadir qilayotganimda boshqa odam bilan gaplashishni yoqtirmasdim.\u00a0Amal xola ham besh yildir buni tushunib yetgan chog\u02bbi, indamadi. Zanjabilni avval qog\u02bbozdek yupqa kesib, qaynataman. Suvini suzgach, guruch sirkasi, tuz va shakar solib rostlayman. Bori shu.<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">Tayyor zanjabilni shisha ko\u02bbzachalarga qamayotgan paytim taxtanikiga o\u02bbxshash isi sirka bilan aralashadiyu nimanidir eslatadi. So\u02bbngi paytlar bunday tasodifiy eslovlarga o\u02bbrgandim. Oxirgi bor fakultetda \u201cportlagandi\u201d bu eslov. Assistentlar xonasida nimadir o\u02bbqib o\u02bbtirgan mahalim birdan yo\u02bblak gursillab ketdi. Ortidan, doimgi olatasir boshlandi. Kampus hovlisiga kirgan askarlar, kabinetidan munkillab chiqayotgan professorlar, qayerdaligini hech kim aniq bilmaydigan qizil chiroqning sovuq yorug\u02bbi. Odatda, fakultetdagi siyosiy janjallar bunchalikka bormasdi, deyman. Xonaga otilib kirgan qiz meni ko\u02bbradi-yu bir lahza nima deyishni bilmay qoladi. Oxiri o\u02bbzim so\u02bbz boshlayman: Tinchlikmi? Tinchlik emasligini bilardim. Fakultetda tinchlik mustasno holat. Qaytanga jimjitlik hayiqtirardi bizni. Millatchilar so\u02bblchi guruhga tashlanibdimi? Qaysidir domla klassik adabiyotni o\u02bbqitayotgan payt talabalardan biri qarshi chiqibdimi? Yo\u02bbq, bu safar boshqa. Fakultetning qayerigadir bomba qo\u02bbyilganmish, deydi o\u02bbzini bazo\u02bbr bosgan qiz. Bombatoparlar kelibdi. Tezroq chiqaylik \u2013 pinak buzishga arziydi.<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">Kampusning torgina hovlisiga chiqqach, dimog\u02bbimga tanish bir is uriladi. O\u02bbtkir, namxush, qoramtir. O\u02bbqdori. Bu isni olaman-u vaqt to\u02bbxtaydi. Yangi yil payti Chinozda, mahallada portlatilgan paqildog\u02bb-u qo\u02bbshni To\u02bblqin alkash otgan mushaklarni eslab ketaman. Professor yengimni tortib qo\u02bbyadi. Prustni esladim, deyman. Qarsillatib kuladi. Adabiyot bo\u02bblimiga bomba qo\u02bbysang, assistenti ham Prust deydi. Makonning shaxsi shudir balki, deyman professor ikki oy avval rad qilgan qaysidir dissertatsiyaga sha\u02bcma bilan. Bo\u02bblsa bordir.<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">Ammo, zanjabil isining aynan qaysi xotiraga ishora qilayotganini topolmasdim. Tish kavagiga kirgan luqmadek, tamakini tashlashga harakat qilayotgan odamning bo\u02bbg\u02bbzidagi tugundek. Xotirani topolmadim-u zanjabilning o\u02bbzini ramziylashtira boshladim. Baribir, dedim o\u02bbzimga o\u02bbzim, xotira ham o\u02bbzi yo\u02bbq bir voqelikka ramz topish emasmidi?<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">Bir paytlar Turkiyada daraxt payvandlash kofirlik deb qaralganmish. Yigirmanchi asr boshlari Turkistonda kartoshka va pomidorni \u201ckofir nasibidir\u201d deb yemagan odamlar haqida gapirib berayotgan paytim aytishgandi buni. Allohning ishiga aralashish, tabiatga qasdan zarar yetkazish deb o\u02bbylashgan ekan. Bu asnoda biznikilar, Hakim Nazir qissalari yolg\u02bbon gapirmayotgan bo\u02bblsa, \u201cnavqiron Michurinchi\u201d bo\u02bblib bog\u02bblar ichra chappar urishayotgandi. Qiziqki, Turkiston Amerikadan kelgan sabzavotni yemasdi, ammo Usmoniylar qahvani xo\u02bbrillatib ichishardi. Demak, halollik ham mintaqadan mintaqaga qarab o\u02bbzgararkan, dedim.<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">Tuzlama-chi? Tuzlama yo murabbo ham yozni biroz uzunroq yashash, issiq kunlar yodini shisha ko\u02bbzachaga qamash emasmi? Qish izg\u02bbirinida yozgi bodringni karsillatish faqat tilga zavq beradimi yo buning ostida allaqanday gunoh lazzati ham yotganmikan?<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">Bilmasdim. Bilganim, zanjabilning peshonamdagi yakka-yu yagona shisha ko\u02bbzaga sig\u02bbolmagani. Amal xolaning xunobi oshadi. Bir hafta avval men tayyorlagan avokadoli guakamole sousi haliyam muzlatkichda yotgandi. Uni bitirmay, yana bir kosa allambalo qorishmamdan qo\u02bbysam&#8230; Muzlatkich yalmog\u02bbizning qozoniga o\u02bbxshab qolibdi, degandi bir marta. Kulgandim.<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">Matn ham shundaymikan? Biz ham lahzaning fikriy chamog\u02bbini matnga, matnni esa kitob muqovasi orasiga bandi qilmaymizmi? Kimningdir yozganini o\u02bbqish o\u02bbshaning, begonaning oniy shavqiga kechikib bo\u02bblsa-da sheriklik qilish emasmi? Kechikib, lekin yana qasdan.<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">Tasodifiy xotiralar silsilasiga yalmog\u02bbizning qozoni bilan Xurshid Davron kutubxonasi ham qo\u02bbshilib ketdi. Faqat, bu kutubxona qozon emas, muzeyga o\u02bbxshardi. Ma\u02bcsumiyat muzeyi. O\u02bbrhon Pamuq. O\u02bbzbekchaga o\u02bbgirilmagan, o\u02bbgirilsa-da yolchitilmagan yozuvchining bir romani. To\u02bblqin alkashning o\u02bbg\u02bbli Tohir yangi telefon olganida qo\u02bbshni Abdulaziz akaning tarashalariga o\u02bbtirgancha qiziqsinib tikilgandim:<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">\u2013 Interneti bormi?<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">\u2013 Ha.<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">\u2013 Unda, bitta saytga kirsak bo\u02bbladimi?<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">\u2013 Bo\u02bbladi, dedi Tohir.<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">\u2013 \u201cKh-davron.uz. Shunga kir\u201d.<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">\u2013 Kim u Xurshid Davron?<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">\u201cKatta shoir\u201d, deganimni eshitib avval saytga kirdi. Oppoq sahn ustida qora yozuvlar, o\u02bbqtin-o\u02bbqtin rangin rasmlar o\u02bbrmalay boshladi. Keyingi oynadan Tohir qiziqqanidanmi Xurshid Davronning kimligini qidira boshladi. \u201cKatta kishi ekan-ku\u201d, dedi oxiri. \u2013 Men yosh deb o\u02bbylabman. Sababi ism edi. Mahalladagi amakilarning ismi Alasqar, Qoldiboy, Turg\u02bbunboy, Dehqonboy bo\u02bblgach, bobong tengi odamning sinfdoshing bilan adash bo\u02bblishi qiziq holat edi.<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">Saytni \u201cChinoz hayoti\u201d gazetasi qoshidagi \u201cSo\u02bbz\u201d to\u02bbgaragida Gulbahor Ortiqxo\u02bbjayevadan eshitgandim. U bizga o\u02bbqinglar, deb tutqazgan matnlarining oxirida doim shu, kh-davron.uz degan yozuv bo\u02bblardi. Xurshid Davronda bitta she\u02bcring chiqdimi tamom, bu yil kitobim chiqdi, deb kerilsang ham bo\u02bbladi, derdi opa. Biz, tumanning hech qaysi mutasaddisi yordam beravermagach, antologiyamizni ham ikki yildan beri chiqarolmay yotgan shoirvachchalar angrayib qolgandik.<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">Bir oy o\u02bbtib saytda she\u02bcrim chiqdi. Keyin tarjimam. Keyin hikoyam. Keyin esselarim. Bu uzluksiz chiqishlar asnosida men ham yozishdan, chig\u02bbiriqdan, hatto vatandan chiqdim. Biroq odamzod ba\u02bczan kirishlarni ham eslaydi. Vaholanki, Xurshid Davron, bu yerda kutubxona nomi, mening qaysidir bo\u02bbsag\u02bbaga kirishim edi.<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">Bu kirishlar, muqaddima-yu debochalar men o\u02bbzimni oid deb hisoblaguvchi naslning ko\u02bbpiga xizmat qilgandi. Jontemir, Muhammad Siddiq, Shahriyor Shavkat, Nozima Habibullayeva, Feruza Xayrullayeva, Madina Norchayeva, Rahmat Bobojon, Gulhayo Anorova, Jaloliddin Saidlarni o\u02bbsha kutubxonadan topdim. Bari ma\u02bcsum edi. Va\u2026 \u201cOppoq edi boshda bu dunyo\u201d. Xurshid Davron kutubxonasi hamon oqligicha turibdi. Biz-chi? Kirlandikmi? Bo\u02bblsa bordir. Shaxsan men poklikka da\u02bcvo qilmayman.<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">Xurshid Davrondagi chiqish yo kirishdan so\u02bbng bir kun telefonim jiringladi. O\u02bbzi o\u02bbshandan keyin telefonim ko\u02bbp jiringlaydigan bo\u02bblgandi. Xurshid akaning davrasi sim qoqib alqar, ruhlantirardi meni. Ammo bu safar narigi tarafdan Jontemirning quvmikan, har balo-yu har qazoga jaranglayvermaydigan qo\u02bbng\u02bbiroqnikiga o\u02bbxshashmikan ovozi eshitildi. Gaplashdik. She\u02bcriyat haqida gaplashdik chog\u02bbi.<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">Nurmuhammad Abduzoir chiqdi, Masihulloh kirdi\u2026 Bir paytlar biz manzil deb o\u02bbylagan kutubxonaning yo\u02bbl ekanini angladik. O\u02bbshandan beri manzillarga ishonmay qo\u02bbydim. Nima bo\u02bblsa, yo\u02bbl dedim, nima bitsa, yo\u02bblga yo\u02bbydim. Senki Xurshid Davron dovonidan o\u02bbtgan, endi bu bilan cheklanishing chakki bo\u02bbladi, dedim. Nima, eski shoirlar o\u02bbzlariga Gulxaniy yo Atoiy deb taxallus qo\u02bbyganda men hech yo\u02bbq shu yo\u02bblchilik bilan ovutolmasmidim o\u02bbzimni?<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">Fakultetga bomba qo\u02bbyilmagandi. Hech yo\u02bbq bombatoparlar topisholmadi. Ikki yildan beri ham daragi yo\u02bbq. Aytishlaricha, kimdir arzongarov paqildoqni ezib hovliga sochgan-u politsiyaga bomba deb xabar bergan. Undan minnatdor bo\u02bblish qanchalar vijdoniy, dedim. Shuncha odamning o\u02bbtakasi yorilsa-yu, sen bir burda xotirotni deb ayni imtihon qizigan payt qo\u02bbli qichigan bezoridan minnatdor bo\u02bblib o\u02bbtirsang. Men bundan besh battar ishlarga ham yetti bukilib rahmat aytgan odamman, dedim. Natijada, xotiraning bir qiymati bor. Nemis filologiyasidagi sakson yashar professor yuragini tutib qolgan bo\u02bblsa nima? Nafaqaga chiqsin edi. O\u02bbn yildan beri dotsentlikka o\u02bbtolmay yurganlar bor. Hatto mana shu ham menga kutubxonani eslatdi. Xurshid Davron, Tohirning ta\u02bcbiri bilan katta kishi bizni, nabirasining sinfdoshi bilan adash bolalarni e\u02bctiborga olmasa nima bo\u02bblardi? Ayniqsa, nomidan yoshlik isi kelib, ichida amaki-yu xolalar mushoira qilayotgan jurnallar davrida kosamiz oqararmidi? Jurnallar rad etgan ko\u02bbplab yosh shoir qiziqki, aynan Xurshid Davron so\u02bbzboshisidan so\u02bbng porladi. Hatto e\u02bclondan keyin o\u02bbsha jurnallarning o\u02bbziyoq telefon qilib bu shoirlardan she\u02bcr so\u02bbray ketardi. Istehzoning kattasi. Faqat, kutubxona turk lirasidek maydalashmadi. Maromini buzmadi. Balki aynan mening yozig\u02bbimni berib, erkaligimni ko\u02bbtarib onda-sonda izdan chiqqandir, ammo qadrini yo\u02bbqotmadi. Qadr yarataverdi.<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">She\u02bcr o\u02bbqimoq siyosiydir, dedim sinfda. Farqi yo\u02bbq, Shekspir soneti, Yunus Emroning she\u02bcri yo Anvar Obidjon bolalar uchun yozgan to\u02bbrtlik. Lekin Sharq kabi demokratiyani ko\u02bbkdan zambilg\u02bbaltakda tushadigan ne\u02bcmatdek qabul qiluvchi xalqlar siyosiy deganda ikki xil narsani tushunishadi: yo isyon, yo itoat. Holbuki, siyosiy masala o\u02bbzlik ifodasidan kelib chiqardi. O\u02bbzlik esa kishining atrofidagi mavjud muhitdan bunyod bo\u02bbladi. Bundan kelib chiqadiki, Xurshid Davron so\u02bbngi o\u02bbn yillik adabiyot uchun bir shaxsiyat mashinasidek xizmat qilgan bo\u02bbladi. Bu yerdagi istehzoli tazod esa shuki, shaxsiyat ma\u02bcsumiyatdan yaralmaydi. Ma\u02bcsumiyatdan shaxsiylikni topolmaysiz. Shu bois bu holatni quyidagicha tushuntirish mumkin: so\u02bbngi o\u02bbn yilda qalamkashlar o\u02bbz ma\u02bcsumiyatlarini xuddi men zanjabilni shishaga qamagandek Xurshid Davronga omonat topshirardi-yu ana keyin menlik jangida ot o\u02bbynatishardi. Saytni shuning uchun ma\u02bcsumiyat muzeyi dedim. Zotan, muzeyga yaroqli emas faqat qadrli unsurni qo\u02bbyamiz.<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">Bugun kutubxonaga qayta qaradim. Zarif Sultoniy bor, Ne\u02bcmat Arslon bor, Odil Ikrom, Halima Ahmad, Mirtemir bor. Har biri bilan qaytadan tanishaman. Balki ular bizdan ancha katta yoshda chiqishgandir bu minbarga. Balki Xurshid Davron ular uchun bo\u02bbsag\u02bba emas, yo\u02bbl o\u02bbrtasidagi qo\u02bbnoq bo\u02bblgandir. Ammo ularni ilk bor o\u02bbqigan Mirzohid, Jontemir yo Muhammad Siddiq bir paytlar ma\u02bcsum edi, bola edi.<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">Tarjimalarimni Nodirabegim Ibrohimovaning saytiga bera boshlaganimda Muhammad doimiy, horg\u02bbin ohangini ishga solib yozg\u02bbirgandek bo\u02bbldi: \u201cXurshid akaga ham bering, bizning uyimiz uyoq\u201d. Albatta, Nodira opaning sayti ham bir davr, cho\u02bbl ichra voha edi. Lekin baribir adabiyotning vijdoni mening yangilanish ehtiyojimdan ustunligini ham bilardim. Sen Faxriyor emassan, dedim. Yangilanish sening kiftingga tushgani yo\u02bbq. Biroq baribir ich-ichimda Xurshid Davrondagi Mirzohiddan uyalardim. She\u02bcrdan uzoqlashganim, tarjimaga berilganim\u2026 O\u02bbzimni boy berdim, degan o\u02bby Nodirabegim opaning saytida biroz bosilgandek bo\u02bblardi. Bu sayt tarjimon Mirzohidniki, derdim. Xurshid Davronga esa o\u02bbzimdan chiqqanini beraman.<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">O\u02bbzimizdan chiqqanini berdik. Siqdik, sidirdik, eladik, quritdik\u2026. berdik. Va Xurshid Davron ham bizga bir imkon berdi. Tuzlamadek xotirot aralash ma\u02bcsumiyat qamalgan shishachalarimizni asrash imkoni. Muzeydan avval uni yetimxonaga o\u02bbxshatardim. Qalamkashlar Xurshid Davronga bolaliklarini tashlab o\u02bbtishadi. Xurshid aka esa xuddi Kanadadagi nabiralari kabi bu bolalarni ham tillo tabarruk qilib olib o\u02bbtiradi. Yanglishgandim. Tillo tabarruk qilingan joyda yetim bo\u02bblmaydi kishi. Harholda, kimsan G\u02bbafur G\u02bbulom yolg\u02bbon gapirmasa kerak.<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\">Amal xola zanjabil tuzlamasini maqtab-maqtab yedi. Taylandda yashaydigan o\u02bbg\u02bbli Tayfun og\u02bba ham maqtagandek bo\u02bbldi. Ertasi kun muzlatkichdagi guakamolening yarmi yeyildi. Muzlatkich andak odambashara tus oldi. Xurshid Davron esa oqligicha, etagidagi bolalarini chuldiratib bizni kutayotir. Toshkentga o\u02bbxshaydi u. Bir bor nonini yegan chumchuq qaytaveradi. Doim qaytamiz. Bisotimizda bir qatra ma\u02bcsumiyat bilan borolsak, bizdan baxtlisi yo\u02bbq.<\/p>\n<p style=\"font-weight: 400;\"><em>Manba: https:\/\/oyina.uz. 30.10.2025<\/em><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/lh4.googleusercontent.com\/-DDTWBotGZdA\/U8unXQLvALI\/AAAAAAAAP3g\/JrOQZV1PrbE\/s284\/0-chiziq.JPG\" alt=\"07\" \/><\/p>\n<h1 style=\"text-align: center;\"><span class=\"td_text_highlight_marker_green td_text_highlight_marker\">Behbudiyning nabirasi yoxud akademik (va) shoir\u00a0<\/span><\/h1>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>HUSAN MAQSUD<\/strong><\/p>\n<p>Hali maktabga chiqmay turib men va akam Hasanga onam kirill alifbosini o\u2018rgatganlar. Har hafta uyimizga keladigan tuman gazetasini hijjalab bo\u2018lsa-da, o\u2018qirdik. Bundan tashqari, onam biror-bir ko\u2018rsatuv yoki kino so\u2018ngida titr orqali ko\u2018rsatiladigan yozuvlarni savodxonligimizni tekshirish uchun atayin o\u2018qittirardi. O\u2018sha paytlarda deyarli barcha badiiy-ma\u2019rifiy ko\u2018rsatuvlar so\u2018ngida deyarli har kun Ahmad A\u2019zam, Xurshid Davron, Eshqobil Shukur, Yahyo Tog\u2018a kabi ism-shariflarni o\u2018qiganimni yaxshi eslayman. Ismlarini kunda o\u2018qiyverib, ular menga yaqin qadrdon tanishdek bo\u2018lib qolgandi. Shu bois, avval hech men ko\u2018rmagan ko\u2018rsatuvlar oxirida yuqoridagi mualliflar yozilsa, xayolimdan \u201ciye, buniyam Xurshid Davron tayyorlabdi, Ahmad A\u2019zam bu ko\u2018rsatuvga qachon ulgurdi ekan\u201d, degan fikrlar o\u2018tardi.<\/p>\n<p>Chamasi bundan yigirma yilcha avval televideniyeda ko\u2018rgan vaqtingizga achinmaydigan uch-to\u2018rtta yaxshi badiiy-ma\u2019rifiy ko\u2018rsatuvlar berilardi. Mazmun-mohiyatini juda yaxshi anglamasam-da, ularni imkon qadar qoldirmasdan ko\u2018rishga harakat qilardim. Yuqorida nomlari zikr qilingan ijodkorlarning ismlari aynan o\u2018sha ko\u2018rsatuvlar oxirida g\u2018oya muallifi yoxud badiiy rahbar deb ko\u2018rsatilardi. G\u2018oya muallifi yoxud badiiy rahbarlikning mohiyatini yaxshi tushunmasam ham, harholda, ular asosiy odam ekanligini sezardim\u2026<\/p>\n<p>\u201cKelajakda jurnalist bo\u2018laman\u201d, deb orzu qiladigan menday qishloqi bolaga yuqoridagi kishilarning shaxsiyati qiziq tuyulardi: ular qanday qilib televideniyega kelib qolishdi ekan, nima qilsam ulardek men ham ko\u2018rsatuvlar tayyorlayman, degan savollar o\u2018tardi xayolimdan. Shu bois bo\u2018lsa kerakki, televideniyeda ishlayman degan ma\u2019noda \u201cKatta bo\u2018lsam, Yahyo Tog\u2018a bo\u2018laman, Xurshid Davron bo\u2018laman\u201d derdim (onam hozir ham o\u2018sha gapimni kulib eslaydilar). Televideniyeda ishlab, ko\u2018rsatuvlarga mualliflik qilmagan bo\u2018lmasam-da, yuqorida nomlari aytilgan insonlarning barchasi bilan bir necha bor suhbatdosh bo\u2018ldim, ularni yaqindan tanidim\u2026<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong data-redactor-tag=\"strong\">G\u2018OYIBONA TANISHUV<\/strong><\/p>\n<p>Uyimizda badiiy kitob kam bo\u2018lgani uchun adabiyot darsliklari mening eng yaqin do\u2018stim edi. Hali o\u2018tilmagan bo\u2018lsa-da, ijodkorlarning hayoti va ijodini, she\u2019r va hikoyalarini oldindan o\u2018qib, yod olardim. Darslikda ularning hayoti va ijodiy yo\u2018li hikoya qilib berilgani uchunmi, ajoyib ertak o\u2018qiganday katta qiziqish bilan mutolaa qilardim. Xurshid Davron degan shoirni shunday ajoyib kunlarning birida tanidim. Yuqorida aytganimday, bu ism-sharifni avvalboshda televideniye orqali bilgan bo\u2018lsam, keyin ma\u2019lum bo\u2018ldiki, men o\u2018xshashni istagan inson shoir ekan\u2026<\/p>\n<p>Qish kunlarining biri edi chog\u2018i, guvala gurullab turgan issiq pechning yonida adabiyot darsligini varaqlayotib, bir rasm va uning chap yonida katta harflarda yozilgan \u201cXurshid Davron\u201d degan yozuvga tasodifan ko\u2018zim tushib qoldi. G\u2018aroyib narsa topib olganday ajablanib, keyingi sahifalarni ochdim. Shoirning bir betdan oshiqroq yozilgan hayot yo\u2018lidan keyin she\u2019rlar bor edi. Keyin miyamga bir savol keldi: bu odam o\u2018sha ko\u2018rsatuvlar so\u2018ngida nomi takror keladigan Xurshid Davronmi yoki boshqami? Shu savollar bilan shoirning hayot yo\u2018lini o\u2018qishga kirishdim. Nihoyat, matn oxirida savolimga javob topildi. Tarjimai hol shunday tugagan edi: \u201cO\u2018zbekiston televideniyesining \u201cYoshlar\u201d kanali tomoshabinlar orasida o\u2018ziga xos mavqega ega bo\u2018lishida telekanal bosh direktori lavozimida faoliyat ko\u2018rsatayotgan Xurshid Davronning alohida xizmati bor\u201d. Shunday qilib, besh-olti yoshimdayoq men o\u2018xshashni orzu qilganim ustoz Xurshid Davronning shoir ekanligini o\u2018n bir yoshimda \u2013 endi qo\u2018limga qalam olib, she\u2019rlar mashq qila boshlaganimda tanidim.<\/p>\n<p>5-sinf adabiyot darsligiga ustoz Xurshid akaning \u201cVatan haqida yetti rivoyat\u201d turkumiga kiruvchi \u201cTuz haqi\u201d va \u201cOta qabri\u201d she\u2019rlari kiritilgan edi. Hajman katta bo\u2018lsa-da, ushbu bitiklarni bir nafasda, o\u2018zgacha zavq bilan o\u2018qib chiqdim. She\u2019rlar syujetli bo\u2018lgani uchun undagi voqelik ko\u2018z oldimda yaqqol gavdalangandi. Mazmunini chuqur anglamagan esam-da, lekin she\u2019rlarning ravonligi va o\u2018ziga xos ohangi meni o\u2018ziga rom qilgandi.<\/p>\n<p>She\u2019rlar va ularning tahlili tugagach, savol va topshiriqlar bo\u2018limiga ko\u2018z yugurtirdim. O\u2018sha joyda \u201cXurshid Davronning \u201cBahordan bir kun oldin\u201d to\u2018plamidagi \u201cVatan haqida yetti rivoyat\u201d turkum she\u2019rlarini o\u2018qib chiqing\u201d degan mazmunda topshiriq berilgan ekan. Ertasi kuni maktabga borib, ona tili va adabiyot fani o\u2018qituvchisiga yuzlanib, \u201cXurshid Davronning \u201cBahordan bir kun oldin\u201d nomli kitobi bormi?\u201d deb so\u2018radim. O\u2018qituvchimiz savolimga ajablandi-da, \u201cU kitobni nima qilasan?\u201d dedi. \u201cO\u2018qiyman!\u201d dedim boshimni g\u2018oz tutib. \u201cYo\u2018g\u2018ye-ye!? Unaqa kitob borligini qayerdan bila qolding?\u201d dedi hayrati ortib. \u201cAdabiyot kitobida yozilgan ekan-ku\u201d, degandim, \u201cU kitobni katta bo\u2018lsang o\u2018qiysan, hozir tushunmaysan\u201d, dedi ustozim. Lekin keyinroq \u2013 \u201cXurshid Davron hayoti va ijodi\u201d mavzusiga kelganimizda o\u2018qituvchimiz o\u2018sha kitobni ko\u2018rsatgani esimda. Muqovasi yashil rangli kitob yuqorisiga oq harflarda \u201cBahordan bir kun oldin\u201d deb yozilgan edi. Muqova o\u2018rtasida qo\u2018lida kabutar ushlagan ayol suratiga termilib turganimda o\u2018qituvchining ovozidan sergak tortdim: \u201cHusan, mana sen so\u2018ragan o\u2018sha kitob. Ertaga olib kel, xo\u2018pmi?\u201d deb, kitobni qo\u2018limga tutqazdi\u2026<\/p>\n<p>Oilada ikkita farzandmiz \u2013 Hasan-Husan. Bir sinfda o\u2018qiganimiz uchun sumkamiz ham bitta edi. Odatda, ertalab maktabga ketayotganda sumkani men ko\u2018tarib ketardim, qaytishda esa Hasan. O\u2018sha kun \u2013 ustozim \u201cBahordan bir kun oldin\u201d kitobini uyga berib yuborganida, kitobni sumkaga soldim-da, Hasanga sumkani ketishda ham o\u2018zim ko\u2018tarib ketajagimni aytdim. Men kitobni bir kunga bo\u2018lsa ham o\u2018qish uchun olganim uchun qanchalik quvongan bo\u2018lsam, Hasan sumka ko\u2018tarish \u201cazobi\u201ddan qutilganidan shunchalik xursand edi.<\/p>\n<p>Uyga borib, kitobni varaqlay boshladim. Ustozning aytgan gapi rost chiqdi: kitobdagi she\u2019rlarni o\u2018qirkanman, mazmunini unchalik ham tushunolmadim. She\u2019rlar qandaydir mavhum va mujmal gaplardan iboratday tuyuldi. She\u2019rlarning ko\u2018pida qon, mozor, urush, o\u2018q, tun kabi so\u2018zlar bor edi. Tasvirlar nuqul qora ranglarda berilgan: o\u2018qiganim sari o\u2018zimni g\u2018alati his qilardim.<\/p>\n<p>Ochig\u2018i, tafakkuri hali mahdud bolaga bu kitob og\u2018irlik qilishi tabiiy edi. Nainki yosh bola, katta yoshli o\u2018quvchi ham dabdurustdan \u201cBahordan bir kun oldin\u201d to\u2018plamini hazm qilolmaydi. Chunki, to\u2018plamdagi she\u2019rlarni o\u2018qish uchun she\u2019rxon ma\u2019nan tayyor bo\u2018lishi kerak. Tarix va san\u2019atdan uzoqroq odam ularning mohiyatini birdaniga anglolmaydi. Shu bois, murg\u2018ak shuurli maktab o\u2018quvchisiga bu she\u2019rlar tushunarsiz bir bitikday tuyulgan\u2026<\/p>\n<p>Tumanimiz Buxoroning eng chekka hududi bo\u2018lgani uchun, maktab va kollej kutubxonalari talabga javob bermas, ularni tartibga soladigan mutasaddi odam yo\u2018q edi. Xarobgina bir kitob do\u2018koni bo\u2018lardi. Unda pazandalik sirlari, xalq tabobati, turli nomdagi pardoz-andoz kitoblarni nazarda tutmaganda olishga arzirli kitob bo\u2018lmasdi. Shu bois, universitetga imtihon topshirish uchun Toshkentga kelganimda qishloqqa o\u2018n-o\u2018n beshta kitob olib ketardim, shularni keyingi gal kelgunimgacha o\u2018qib yurardim.<\/p>\n<p>Kunlarning birida eski bolalar bog\u2018chasida pedagogika kolleji tasarrufiga kiruvchi kattagina kutubxona tashkil etildi. Rostini aytam, shu kutubxona men uchun katta olamga kirar eshik bo\u2018ldi: bu yerda badiiy kitoblardan tashqari, siyosat, falsafa, tilshunoslik va adabiyotshunoslikka oid kitoblar qalashib yotardi. Hatto XX asr o\u2018zbek shoirlarining hozirda ham topilishi qiyin bo\u2018lgan ilk to\u2018plamlari ham bor edi. Menga yoshlikda ikki she\u2019ri bilan qadrdon bo\u2018lib qolgan ijodkor \u2013 Xurshid Davronning \u201cQadrdon quyosh\u201d, \u201cShahardagi olma daraxti\u201d, \u201cTungi bog\u2018lar\u201d, \u201cTo\u2018marisning ko\u2018zlari\u201d, \u201cSamarqand xayoli\u201d kabi kitoblarini aynan shu yerdan topganman.<\/p>\n<p>Yoshlikdan tarixga qiziqardim. Tarixiy asarlarni mutolaa qilish va filmlarni ko\u2018rishni yoqtirardim. Meni Xurshid Davron ijodiga oshno qilgan birinchi sabab ham aynan shu qiziqishim bilan bog\u2018liq edi. Men Xurshid akani ilk bor telekanallardagi titrlar orqali tanib, u kishiga o\u2018xshashni istagan bo\u2018lsam, keyinchalik ustozning Erk, Vatan o\u2018tmishi, Millat taqdiri va kelajagi haqidagi go\u2018zal she\u2019rlarini o\u2018qib, shoir she\u2019riyati va shaxsiyatiga bo\u2018lgan ixlosim ortgan\u2026<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong data-redactor-tag=\"strong\">YUZMA-YUZ UCHRASHUV<\/strong><\/p>\n<p>Bizning guruh fakultetimizda eng qoloq guruh sifatida nom chiqargan edi. Ko\u2018z ko\u2018rib, quloq eshitmagan voqealar bizning guruh talabalari bilan sodir bo\u2018lardi. Guruh rahbarimiz doim koyishdan charchamasdi. Ba\u2019zan bizga ham insof kirganday bo\u2018lib, fakultet uchun arzirli ish qilib, aybimizni \u201cyuvardik\u201d. Navbatdagi aybni yuvish uchun qandaydir tadbir qilish chekimizga tushdi. Jon deb qabul qildik. O\u2018sha paytlarda men millatparvar shoir Shavkat Rahmon haqida kichikroq tadqiqot qilish niyatida (diplom ishi uchun) ijodkor haqidagi xotiralar, maqola va ilmiy ishlarni o\u2018qish bilan band edim. 9 may \u2013 Xotira va qadrlar kuni yaqinlashayotgani uchun Shavkat Rahmon haqida xotira kechasi tadbirini tashkil qilsakchi, degan taklifni aytdim. Hamma bir ovozdan ma\u2019qul topgach, tayyorgarlik ishlari boshlandi: sahnada aytiladigan she\u2019rlar tarqatildi, ssenariy tuzishga kirishdik.<\/p>\n<p>Taklif mendan chiqqani bois balogardon o\u2018zim edim. Shu sabab, tadbirni esda qolarli o\u2018tkazish maqsadida nimalar qilsam bo\u2018ladi, deb bir-ikkita tanishlarga maslahat solgan bo\u2018ldim. Alalhosil, tadbirga birinchi navbatda ustoz shoir Sh. Rahmonning oila a\u2019zolarini va do\u2018stu birodarlarini mehmon sifatida taklif qiladigan bo\u2018ldik. Niyat yaxshi edi-yu, ammo uni qanday amalga oshirish muammoday tuyuldi: mehmonlar bilan qanday bog\u2018lanish mumkin, bog\u2018langanimizda ham \u201cqo\u2018ying, yigitcha, ortiqcha mashmashani nima qilasiz, undan ko\u2018ra o\u2018qishingizni o\u2018qing\u201d, degan pisanda eshitmasmikanman, degan xavotir bor edi dilimda.<\/p>\n<p>Shu sababdan, kattaroq bir kishidan maslahat va ko\u2018mak olish haqida o\u2018ylab qoldim. Keyin qayerdandir Xurshid akani eslab qoldim. Ustoz Xurshid Davron o\u2018sha paytlarda ham o\u2018z veb-sayti orqali turli maqolayu badiiy ijod namunalarini, shoir-yozuvchilar haqidagi ovozli va video yozuvlarni e\u2019lon qilib borardi. Qoleversa, Shavkat Rahmonning yaqin do\u2018stlaridan biri bo\u2018lganligini bilardim. Shularni inobatga olib, ustozga internet orqali xat yozdim. Xatda u kishidan maslahat so\u2018ragan bo\u2018ldim va veb-saytlariga joylashtirgan Shavkat Rahmon haqidagi videoni berishlarini iltimos qildim.<\/p>\n<p>Ustoz Xurshid Davron ijtimoiy tarmoq orqali bo\u2018ladigan turli tortishuvlarga, o\u2018zlari haqida aytilgan gaplarga deyarli munosabat bildirmas, bildirganda ham vazminlik bilan javob berardi. Shuning uchun men ustozni uncha-munchaga e\u2019tibor bermaydigan kishi deb tasavvur qilgandim. Shularni o\u2018ylab, ochig\u2018i, xatimga javob kelishidan ham umid uzgan edim. Ammo, ikki-uch kundan keyin \u201cmarhum do\u2018stimni eslab yaxshi ish qilibsiz, qo\u2018limdan kelgan yordamni ayamayman\u201d degan mazmunda ustozdan xat keldi. Ustoz bilan telefon raqamlarimizni almashdik. Keyin Do\u2018rmonga \u2013 shoir Shavkat Rahmonning uyiga borib, shoirning oilasi bilan uchrashdim, maqsad-muddaomni aytdim. Ular ham taklifimni yaxshi qabul qilishdi.<\/p>\n<p>Shu orada, nimadir sabab bilan tadbir keyinroqqa suriladigan bo\u2018ldi. Men ham o\u2018qishga chalg\u2018ib, tashkiliy ishlar qolib ketdi. O\u2018sha kunlarning birida elektron pochtamga ustoz Xurshid Davrondan xat keldi. O\u2018qisam, \u201co\u2018zim xabar beraman degan edingiz, tadbir nima bo\u2018ldi? Men Shavkat aka haqidagi videoni tayyorlab qo\u2018ydim\u201d deb yozilgan ekan. O\u2018qib ustozning e\u2019tiboridan, mas\u2019uliyatliligidan xursand bo\u2018ldim.<\/p>\n<p>Xullas, tadbir 2013 yilning 7 may kuni soat 11 da boshlanadigan bo\u2018ldi. O\u2018sha kuni tadbir boshlanishidan bir soat oldin qo\u2018ltelefonim jiringlab qoldi. Qarasam, ustoz Xurshid aka. Gaplashdik. Ishonsangiz, ustoz hammadan oldin universitetga kelgan edi. Chiqib kutib oldim. O\u2018n bir yoshimda vatan haqidagi ikkitagina she\u2019ri bilan qadrdon bo\u2018lib qolgan shoir bilan roppa-rosa o\u2018n ikki yildan keyin uchrashdim. Xurshid akaning bir she\u2019rida Rauf Parfi haqida \u201csochlari oqarib qolgan bola\u201d degan satr bor edi. Ko\u2018rishgan paytimiz shu satr esimga tushdi: ko\u2018z oldimda sochlari oqargan, ammo yuzi beg\u2018ubor bolalarday nurli shoir turardi. Xurshid aka men bilan ancha paytdan beri qadrdon bo\u2018lgan odamlarday ko\u2018rishdi.<\/p>\n<p>To\u2018g\u2018risi, men ustozning tashrifidan xursand edim. O\u2018sha aytlarda Xurshid aka televideniyeda rahbar edi, ishini qo\u2018yib, tanimasa-da, oddiy bir talabaning iltimosiga yo\u2018q demay, marhum do\u2018stini xotirlash maqsadida tadbirdan bir soat oldin kelgan edi. Zalga kirarkanmiz, ustoz qo\u2018limga bitta disk tutqazdi:<\/p>\n<p>\u2013 Mana, Shavkat haqidagi video. Televideniyening arxividan ko\u2018chirtirib keldim. Tadbirda qo\u2018yib berarsiz\u2026<\/p>\n<p>\u2013 E-e, katta rahmat. Video haqida aytganim esimda ham yo\u2018q edi. Arxivdan olgan bo\u2018lsangiz, sizniyam ovora qilibman-da, ustoz.<\/p>\n<p>\u2013 Nima ovorasi bor? Feysbukda Shavkat haqidagi bir-ikkita fikrlaringizni o\u2018qidim. Shu uchun bu diskni sizga beryapman, ko\u2018ring, yaxshi ishlangan. Bir maqolangizni ham saytimda bergandim shekilli?<\/p>\n<p>\u2013 Ha, o\u2018tgan yili e\u2019lon qiluvdingiz. Lekin, uni maqola deb bo\u2018lmaydi. Yo\u2018l-yo\u2018lakay kelgan fikrlar edi\u2026<\/p>\n<p>\u2013 Hay, ilmiy jihatdan talabga javob bermasa ham, nimadir bor. Asta-sekin shakllanadi-da odam.<\/p>\n<p>Tadbir boshlangach, avvalboshda Xurshid akaga so\u2018z berildi. Ustoz do\u2018sti Shavkat Rahmon haqida yurakdan gapirdi. Gapirar ekan, ustozning ovozida qandaydir hazinlik bor edi. \u201cMening birinchi kitobim chiqayotganda Shavkat aka nashriyotda ishlardi. Kitobimning muharriri o\u2018zi edi. Yaqin do\u2018st bo\u2018lsak ham, kitobimning tahririda ancha qattiqqo\u2018llik qildi. O\u2018sha paytda undan o\u2018pkalab yurdim, ammo keyinchalik to\u2018g\u2018ri ish qilganini tushunib yetdim\u201d, dedi Xurshid aka so\u2018zga chiqqanida. Xurshid aka bilan suhbatlashganlar biladi: gapirganda vazminlik bilan botartib so\u2018zlaydi. Yolg\u2018on aralashtirmaydi, oqni oq, qorani qora, deb gapiradi.<\/p>\n<p>Shu-shu, ustoz bilan yaqin bo\u2018lib qoldik. U kishining uyida mehmon bo\u2018lgan boshqa yosh qalamkashlar aytsin: ustozning uyi va dasturxoni yoshlar uchun hamisha ochiq bo\u2018ladi. Uylarida necha bor mehmon bo\u2018lgan bo\u2018lsam, suhbatlarimiz oddiy suhbat emas, nafis majlisga aylangan. Xurshid akaga xos yana bir fazilat shuki, tinimsiz ishlaydi. Qachon bormay, labining chetiga tamakini qo\u2018ndirib, kompyuter oldida yo biror bir asarni o\u2018qiyotgan bo\u2018ladi, yoki veb-saytiga nimadir joylashtirish bilan band holatda ko\u2018raman. Ko\u2018zlari uyqusizlik va tamaki tutunidan qizarib ketsa-da, g\u2018ayrati sira so\u2018nmaydi.<\/p>\n<p>Bir necha yildan beri ziyo ulashib kelayotgan \u201cXurshid Davron kutubxonasi\u201d nainki shoirning, balki o\u2018zbek ziyolilarining haqiqiy kutubxonasiga aylandi. Bu yerda yosh ijodkorlardan tortib ulug\u2018 adiblarning nazmiy va nasriy, ilmiy-ma\u2019rifiy asarlari e\u2019lon qilinadi, har kuni minglab o\u2018quvchilar tomonidan mutolaa qilinadi. Ayrim gazeta-jurnal jamoalari xafa bo\u2018lishmasin-u, ushbu sayt davriy nashrlardan mavzu-mundarija jihatdan ancha rang-barang, o\u2018qimishli. Lof demang-u, ko\u2018pchilik yoshlar gazeta yoki jurnalda chiqqandan ko\u2018ra, Xurshid akaning saytida chiqishni ma\u2019qul ko\u2018rishadi. Haqrost, o\u2018zgacha ruhda she\u2019rlar yozadigan yosh iste\u2019dodlarni aynan ustozning sayti kashf qilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong data-redactor-tag=\"strong\">TARIXCHILARNING SHOIRI<\/strong><\/p>\n<p>Ustoz Xurshid Davronning 1982 yilda inja tuyg\u2018ular kuychisi, mohir nosir Oybek domla xotirasiga bag\u2018ishlab yozgan biri she\u2019rida shunday satrlar bor: \u201cOybekning she\u2019rini dalaga chiqib, Maysaga ag\u2018anab o\u2018qimoq kerak\u201d. Rost, Muso Toshmuhammad o\u2018g\u2018li Oybekning she\u2019rlarini diqqinafas uyda, eshik-derazani tambalab o\u2018qib bo\u2018lmaydi. Chunki, uning she\u2019rlarida tabiatga oshiqlik, gulu maysalarning-da dimog\u2018ini qitiqlab turguvchi nafas bor.<\/p>\n<p>Xurshid Davron she\u2019rlarini o\u2018qib, uni his qilmoq uchun esa Vatan va Millat uchun doim qayg\u2018urgan, zahmat chekkan oydinlarimiz \u2013 ulug\u2018 ajdodlarimiz izlari qolgan tarixiy obidalar \u2013 Registon maydonida, Bibixonim maqbarasi va Go\u2018ri Amirda, Shahrisabzdagi Oqsaroyda, Ulug\u2018bekning rasadxonasiyu Buxorodagi qadimiy masjid-madrasalar bag\u2018rida o\u2018qimoq kerak. Ustozning she\u2019rlarini o\u2018qirkansiz, yurt ozodligi uchun kurashgan vatanparvar bobolarning urush oldidan qilgan duolari, jang paytidagi hayqiriqlari, eri yoki o\u2018g\u2018lidan ayrilgan ayollarning nolalari, boshi dushman qilichi ostida tursa-da, faqat \u201cErk\u201d degan er yigit va er qizlarning (Shavkat Rahmon iborasi) dadil ovozlari eshitilib turadi\u2026<\/p>\n<p>Shoirning deyarli barcha she\u2019rida tarix, bobolar yodi, kelajakni tarixga nazar solib, undan xulosa chiqargan holda qurmoq lozim degan dominant \u2013 bosh g\u2018oya bo\u2018rtib turadi. Esingizda bo\u2018lsa, yuqorida yoshligimda ustozning she\u2019rlarini o\u2018qiganimda nuqul qora bo\u2018yoqlarni ko\u2018rib, tushkun kayfiyatda yurganman degandim. O\u2018sha paytda she\u2019r degani hayotning nurli va go\u2018zal tomonlarini aks ettiradigan, yorug\u2018 va o\u2018ynoqi bo\u2018ladi, deb bilgan bo\u2018lsam kerak-da! Lekin mudom shunday emas. Tarix haqida yozar ekansiz, o\u2018tmishimizda yorug\u2018 kunlar kam bo\u2018lganini bilasiz, ota-bobolarimiz erksiz, zolimlar dastidan mazlum bo\u2018lib, o\u2018z ichidan chiqqan sotqinlarning qilmishidan aziyat chekib, dini, tili va qadriyatlaridan mosuvo bo\u2018lib yashagan. Shoir degani qalam ushlagan damda bag\u2018ri xun, dili kuygan Millatitining, Vatanining shunday kechmishini unutishi mumkinmi?! Yo\u2018q, aslo!<\/p>\n<p>Shuni anglagan ustoz Xurshid Davron 18 yoshida Qodiriyning ko\u2018zlariga boqib, nimanidir his qilganday bo\u2018ladi:<\/p>\n<p><em data-redactor-tag=\"em\">Buncha alam<br \/>\nBuncha muhabbat\u2026<br \/>\nQorachig\u2018da yonar hasrati.<\/em><br \/>\n<strong data-redactor-tag=\"strong\">(Qodiriyning so\u2018nggi surati)<\/strong><\/p>\n<p>Shoir she\u2019rlarining lirik qahramoni ruhan va qalban bedor, uyg\u2018oq. U mudom ortga \u2013 o\u2018tmishga boqaveradi, boqaveradi. U O\u2018tmishga boqib, kelajak haqida o\u2018ylaydi. U o\u2018ylaydiki, xalq o\u2018z tarixidan, milliy an\u2019analaridan, diyonatidan ayrilsa, kelakdan mahrum, halokatga mahkum bo\u2018ladi. Lirik qahramon barcha she\u2019rlarda millatning har bir vakilini g\u2018aflatdan uyg\u2018otishga uringan Jarchi sifatida namoyon bo\u2018ladi:<\/p>\n<p><em data-redactor-tag=\"em\">Demak, hali janglar bordir,<br \/>\nXudo shohid, so\u2018zim haq:<br \/>\nDengiz, bog\u2018lar ko\u2018tarilmas,<br \/>\nKo\u2018tarilmas ekan xalq.<\/em><\/p>\n<p>\u2026Demak hali\u2026<br \/>\nHali erta \u2013<br \/>\nZulm yo\u2018lin to\u2018saylik,<br \/>\nTog\u2018lar bo\u2018lib yuksalaylik,<br \/>\nBog\u2018lar bo\u2018lib o\u2018saylik.<br \/>\n<strong data-redactor-tag=\"strong\">(Bobon botirning o\u2018limi oldidan\u00a0<\/strong><strong data-redactor-tag=\"strong\">aytganlari. 1869 yil)<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018rni keldi, bir gapni aytib o\u2018tay. 2010 yilgacha chop etilgan adabiyot darsliklari nisbatan yaxshi edi. 5-, 6-, 7-sinflarda yoshlarni vatan va xalqni sevishga undaydigan, erk va ozodlik kabi muqaddas tuyg\u2018ular kuylangan she\u2019rlari bilan millatimiz vijdonlariga aylangan Rauf Parfi, Shukur Xolmirzayev, Shavkat Rahmon, Xurshid Davron, Azim Suyun, Halima Xudoyberdiyeva kabi sevimli shoir-yozuvchilarimizning hayoti va ijodi berilardi. O\u2018sha paytlarda mazkur ijodkorlarning eng go\u2018zal she\u2019rlarini yod olganmiz. Lekin ma\u2019lum sabablarga ko\u2018ra (turk, Turkiston, Birlik kabi so\u2018zlar bo\u2018lgani uchun!) ushbu shoirlar darsliklardan olib tashlandi. Hozirgi maktab o\u2018quvchilariga achinaman: ko\u2018p bor guvoh bo\u2018lganman, yuqorida zikr etilgan ijodkorlarning nomini eshitmasdan, biror satrini yod olmasdan maktabni bitirishmoqda. \u201cO\u2018zbegim\u201d (E.Vohidov), \u201cO\u2018zbekiston\u201d (A.Oripov), \u201cYurtim, ado bo\u2018lmas o\u2018g\u2018lonlaring bor\u201d (M.Yusuf) kabi she\u2019rlardan boshqa yana yuzlab yurt va millat haqida go\u2018zal she\u2019rlar borligini ular bilmasdan ulg\u2018ayishmoqda\u2026<\/p>\n<p>\u201cBahordan bir kun oldin\u201d to\u2018plamini tez-tez mutolaa qilib turaman. Bu kitob U.Azim, Sh.Rahmon kabi shoirlarning o\u2018tgan asrning 90-yillarida nashr qilingan saylanmalari qatorida turadigan ajoyib kitob. Ushbu to\u2018plamdagi go\u2018zal tashbehlar, ajoyib ifodalar o\u2018smirligimda xotiramga va ko\u2018nglimga o\u2018rnashib qolgan:<\/p>\n<p><em data-redactor-tag=\"em\">\u201cMaqbaralar buzildi,<br \/>\nYiqitildi minorlar \u2013<br \/>\nOna tarix ko\u2018ksida<br \/>\nO\u2018sib turgan chinorlar\u201d.<\/em><\/p>\n<p><em data-redactor-tag=\"em\">\u201cShe\u2019rda ba\u2019zan havodek zarur<\/em><br \/>\n<em data-redactor-tag=\"em\">\u201cErk\u201d so\u2018ziga qofiya \u201cqasos\u201d.<\/em><\/p>\n<p><em data-redactor-tag=\"em\">\u201cOy \u2013 bevaning chorasiz dardi,<\/em><br \/>\n<em data-redactor-tag=\"em\">Bolakayning kir ko\u2018ylagi \u2013 tong\u201d.<\/em><\/p>\n<p><em data-redactor-tag=\"em\">\u201cBoladek mo\u2018ltirab boqar shaharga<\/em><br \/>\n<em data-redactor-tag=\"em\">bir chetda biqinib olgan mitti bog\u2018\u201d.<\/em><\/p>\n<p><em data-redactor-tag=\"em\">\u201cShamol yelar erkin, quturib,<\/em><br \/>\n<em data-redactor-tag=\"em\">quriy boshlar tomlar to\u2018sini.<\/em><br \/>\n<em data-redactor-tag=\"em\">Gullayotgan olchani ko\u2018rib<\/em><br \/>\n<em data-redactor-tag=\"em\">derazalar ochar ko\u2018ksini\u201d.<\/em><\/p>\n<p><em data-redactor-tag=\"em\">\u201cO\u2018zbek bolasining rangidir \u2013 tuproq,<\/em><br \/>\n<em data-redactor-tag=\"em\">Uchib ketgan qushning bo\u2018m-bo\u2018sh ini \u2013 kuz\u201d.<\/em><\/p>\n<p><em data-redactor-tag=\"em\">\u201cIliq toshga suyanib<\/em><br \/>\n<em data-redactor-tag=\"em\">Ma\u2019yus o\u2018ylar suraman,<\/em><br \/>\n<em data-redactor-tag=\"em\">Kiprigimga ilingan<\/em><br \/>\n<em data-redactor-tag=\"em\">Yulduzlarni ko\u2018raman\u201d.<\/em><\/p>\n<p><em data-redactor-tag=\"em\">\u201cArvohlarning bezovta tushi \u2013<\/em><br \/>\n<em data-redactor-tag=\"em\">Chinorlarni silkitgan shamol\u201d.<\/em><\/p>\n<p>* * *<\/p>\n<p>O\u2018quvchilik paytimda tarixiy asarlarni o\u2018qishni yoqtirardim. Yukoridagi to\u2018plamni o\u2018qiganimda Mirkarim Osimning tarixiy asarlaridagi zavqni tuyganman. Buning sababini keyinchalik ustoz bilan bo\u2018lgan suhbatlarimizda bilganman: \u201cMirkarim Osimning tarixiy asarlarini sevib o\u2018qiganman. Tarixga ham o\u2018sha asarlar orqali muhabbat qo\u2018yganman\u201d, degan edi ustoz Xurshid aka. Demak, Mirkarim Osimning asarlaridagi zavq-shavq keyinchalik shoir sherlariga ingan\u2026<\/p>\n<p>Darhaqiqat, ustoz Xurshid Davron, nafaqat shoir, katta tarixchi hamdir. Tengto\u2018shlar bilan ustozning xonadoniga necha marta borgan bo\u2018lsak, gap albatta tarixga borib taqaladi. Biz kitoblarda yo\u2018q tarixiy faktlarni, hatto o\u2018zimizda va jahonda vatanimiz tarixiga oid chiqarilgan kitoblardagi xatoliklarni ustoz isboti bilan aytganiga guvohmiz. Ayniqsa, tarixiy asarlarning sinchisi Xurshid Davron deyishsa, hayron qolmang. Ustoz yozuvchilarning oddiy tarixiy voqealarni bilmasligini, o\u2018tmishga oid kitoblarini o\u2018qimaganligiga toqat qilolmaydi (Temur haqidagi katta romandagi ayrim xatoliklarni oddiy yozuvchi, tarixchi sifatida ro\u2018y-rost aytgani uchun malomatlarga qolgani ham bor gap).<\/p>\n<p>Ustoz hazil aralash chin qilib \u201cAgar shoir bo\u2018lmaganimda, aniq tarixchi bo\u2018lardim. Tarixchi bo\u2018lgandayam, akademik tarixchi bo\u2018lardim\u201d deydi. Bunga shaxsan men ishonaman. Ustozning kutubxonasi juda boy, kitoblarining ko\u2018pini turli tillarda nashr qilingan tarixiy asarlar tashkil qiladi. Qachon borsak, yangi-yangi tarixchi olimlar haqida eshitamiz, yangi asarlarni bilib olamiz. Qiziqqan odam bo\u2018lsa, darrovda kitoblarini titishga tushadi: boshqalarga ham ilingisi keladi.<\/p>\n<p>Ustoz Xurshid Davronning yana bir yaxshi fazilatlaridan biri \u2013 bu kamtarligi va rostgo\u2018yligidir. \u201cMenga Xalq shoiri degan unvon she\u2019rlarim uchun emas, davlat oldidagi xizmatlarim uchun, ya\u2019ni Buxoro, Samarqand kabi shaharlarning yubileylari, \u201cSharq taronalari\u201dda va Amir Temur, Mirzo Ulug\u2018bek kabi tarixiy shaxslarning yubileylarida yozgan ssenariylarim, televideniyedagi faoliyatim uchun berishgan\u201d deganini u kishi bilan doimiy hamsuhbat bo\u2018lgan yosh ijodkorlar ko\u2018p bor eshitishgan. Shu o\u2018rinda ta\u2019kidlashim ham kerakki, Xurshid Davron degan adibning barcha asarlari mazmun-mohiyat e\u2019tibori bilan \u201cXalq shoiri\u201d unvoniga loyiq!<\/p>\n<p>Suhbatlarimizning birida jadidlar haqida gap ketib qoldi. Keyin gap jadidshunos, milliy ma\u2019rifatparvarlik adabiyotining bilimdoni Begali Qosimovga borib taqaldi. Domla ustoz Xurshid Davronni Mahmudxo\u2018ja Behbudiyning nabirasi deb o\u2018ylar ekan. \u201cDomla menga shunday degan edi rahmatli\u201d, deb kulgan edi Xurshid aka. Esseni yakunlayotib, tasodifan shu gap esimga tushib qoldi. To\u2018g\u2018ri, ustoz Xurshid Davron jisman Behbudiy boboga nabira bo\u2018lmasa-da, ma\u2019nan ushbu zoti muborakning, jami millatparvar jadidlarning izdoshi va merosxo\u2018ri, desam lofga yo\u2018ymaysiz degan umiddaman (tasodifni qarangki, Mahmudxo\u2018ja Behbudiy 1875 yilning 19-yanvarida, ustoz Xurshid Davron esa oradan 77 yil o\u2018tib, 1952 yilning 20 yanvarida ko\u2018hna Samarqanda tug\u2018ilgan).<\/p>\n<p><em data-redactor-tag=\"em\">2016 yil dekabr \u2013 2018 yil yanvar.<br \/>\nToshkent \u2013 Buxoro \u2013 Toshkent.<\/em><\/p>\n<p><em>Manba:https:\/\/kh-davron.uz 19.01.2026<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Foto muallifi: Xolida Musulmon<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ma\u02bcsumiyat muzeyi \u2013 Xurshid Davron Kutubxonasi va adabiy vijdon haqida MIRZOHID MUZAFFAR &nbsp; Peshayvonda zanjabil tuzlayotgandim. Ijarachi Amal xola kelib, avval biroz tomosha qildi. Kulib qaragan bo\u02bbldim. Esimni taniganimdan beri nimadir qilayotganimda boshqa odam bilan gaplashishni yoqtirmasdim.\u00a0Amal xola ham besh yildir buni tushunib yetgan chog\u02bbi, indamadi. Zanjabilni avval qog\u02bbozdek yupqa kesib, qaynataman. Suvini suzgach, guruch [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":495,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[26],"tags":[101],"class_list":{"0":"post-494","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-portret-esse","8":"tag-xurshid-davron"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/494","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=494"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/494\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":499,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/494\/revisions\/499"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/495"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=494"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=494"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=494"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}