{"id":488,"date":"2026-01-20T10:46:36","date_gmt":"2026-01-20T05:46:36","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=488"},"modified":"2026-01-20T10:46:36","modified_gmt":"2026-01-20T05:46:36","slug":"musavvir-bolmoq-ersang","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=488","title":{"rendered":"Musavvir bo&#8217;lmoq ersang&#8230;"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>XURSHID DAVRON<\/strong><\/p>\n<p>Isfandiyor Haydar she\u2019rni juda ishtiyoq, his-hayajon bilan o\u2019qiydi. Go\u2019yo u chizayotgan suratlarga ko\u2019chmagan yurakning botiniy sadolarini jaranglatishga imkon topganday, go\u2019yo u yana bo\u2019yoqlar sukunatiga qaytishdan qo\u2019rqayotganday baqirib-baqirib, iztirob bilan she\u2019r o\u2019qiydi:<\/p>\n<p>Sirli bir ovozda, oydin kechada<br \/>\nMeni o\u2019ylar qadimiy sharob\u2026<\/p>\n<p>Isfandiyor chizgan suratlarni ko\u2019rgan kishigina uning bu darajada kuyib-yonib she\u2019r o\u2019qishi sababini anglaydi va unga ishonadi. Isfandiyor chizgan suratlar ham she\u2019rdek jaranglaydi. Men bu she\u2019rlarni sevaman va sevib tinglayman.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-491\" src=\"https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/XURSHID-DAVRON-ESSE.jpg\" alt=\"\" width=\"900\" height=\"497\" srcset=\"https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/XURSHID-DAVRON-ESSE.jpg 900w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/XURSHID-DAVRON-ESSE-300x166.jpg 300w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/XURSHID-DAVRON-ESSE-768x424.jpg 768w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/XURSHID-DAVRON-ESSE-696x385.jpg 696w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/XURSHID-DAVRON-ESSE-761x420.jpg 761w\" sizes=\"auto, (max-width: 900px) 100vw, 900px\" \/><\/p>\n<p><strong>BIRINCHI SHE\u2019R: <\/strong>\u201c<strong>BAXMALDA KUZ<\/strong>\u201d<\/p>\n<p>Baxmalda kuz. Daraxtlar gulxani borliqni chulg\u2019agan. Ostonada to\u2019xtab qolasan: Sochilib yotgan xazonlar shunday chiroyliki, bosib olmay deb xijolat tortasan. Hali yog\u2019ib ulgurmagan yomg\u2019irlar osmonda. Hali daraxt sehrgarlik bilan ovora. Hali yo\u2019llar yaqin. Hali kutish mumkin.<\/p>\n<p>Teraklar ulkan yong\u2019inning tillari kabi osmonga sapchib turibdi. Darvoza oldidagi ayol \u2013 onam va qizaloq \u2013 singlim qaytishimni kutib o\u2019tirishgandek\u2026<\/p>\n<p><strong>IKKINCHI SHE\u2019R: <\/strong>\u201c<strong>QIZIL TUN<\/strong>\u201d<\/p>\n<p>Qizil tun. Ko\u2019chaga chiqaman. Borliqdan boshqa rang qidiraman, topolmayman. Orqamga qarayman. Endi chiroq ham sariq emas, alvon tili bilan tunni yalaydi. Chiroqning tili \u2013 qip-qizil tun. Hech kim uchramasa bo\u2019lgani. Hech kim kerak emas bu lahzada. Qizil tun bilan so\u2019zlashaman. U menga kelajak emas, o\u2019tmish haqida hikoya qila boshlaydi.<\/p>\n<p>\u201cQara,\u2013 deydi u hikoyasining so\u2019ngida,\u2013 huv, ana qirmizi chiroq yonib turgan uyda seni otang kutayapti\u201d. Men otamning vafotiga to\u2019qqiz yil bo\u2019lganini ham unutib ortimga qaytaman.<\/p>\n<p><strong>UCHINCHI SHE\u2019R: <\/strong>\u201c<strong>BAXMAL. TO\u2019YDAN QAYTISH<\/strong>\u201d<\/p>\n<p>Chol har zamon orqasiga \u2013 kampiriga qarab qo\u2019yadi. Nevarasiga esa yetib yurishga harakat qiladi. \u201cTo\u2019y yaxshi o\u2019tdi-ya\u201d,\u2013 deydi kampiri. \u201cHa\u201d,\u2013 deb qisqa javob beradi chol. \u201cAnavi\u2026 bobo, ayiq o\u2019ynatishdi, ko\u2019rdingizmi? \u201d \u2013 deydi nevarasi. \u201cHa-ha, ko\u2019rdim, bolam\u201d,\u2013 deydi chol. Ular to\u2019ydan qaytishyapti. Ana, to\u2019y hali tinganicha yo\u2019q, shovqini yetib turibdi. Bu yorug\u2019 dunyoda shunday oydii tun borligidan cholning ko\u2019ngli to\u2019lib ketgan. U o\u2019lim haqida o\u2019ylardi.<\/p>\n<p>Cholning sallasi oyning bir bo\u2019lagidek suzib borayotir\u2026<\/p>\n<p><strong>TO\u2019RTINCHI SHE\u2019R: <\/strong>\u201c<strong>BAXMAL QO\u2019SHIG\u2019I<\/strong>\u201d<\/p>\n<p>Yer bilan osmon raqobati. Yer bilan osmon bazmi. Go\u2019yo yerda jildirab oqayotgan Sangzor irmoqlari yaraqlagan oydan oqib tushayotgandek. Sen bu sehrga qancha tikilsang, shuncha ko\u2019ngling oydinlashadi. Shunchalik yaxshi o\u2019ylarga cho\u2019masan. Kimnidir sevishingni eslaysan. Dunyo sening uying ekanidan yuraging hayratga to\u2019ladi, yig\u2019lashga esa haqqing yo\u2019qday.<\/p>\n<p>Shunday tunda yashashni va hayot bilan vidolashishni istayman.<\/p>\n<p><strong>BESHINCHI SHE\u2019R: <\/strong>\u201c<strong>XIVADA OYDIN KECHA<\/strong>\u201d<\/p>\n<p>Xivada oydin kecha. Ming yillar avval oqargan kecha yana qorayib kelganday, vaqt to\u2019xtab qolganday. Daraxtlar ertaklardagi uch boshli ajdarhodek minorani qo\u2019riqlab turibdi. Yo\u2019lovchi bu sehrgarlikdan yo\u2019lida to\u2019xtab, toshdek qotib qolgan. Yaxshiyamki, huv ichkarida chiroq ko\u2019rinib turibdi. Uning shu\u2019lasiga intilib bu afsundan qutilib o\u2019z hayotiga yana qaytishi mumkin. Lekin, u toshdek qotganicha turibdi.<\/p>\n<p><strong>OLTINCHI SHE\u2019R: <\/strong>\u201c<strong>SAMARQAND. ESKI SHAHAR CHETI<\/strong>\u201d<\/p>\n<p>Men daraxt ostidagi o\u2019rindiqqa borib o\u2019tiraman. Shamol daraxt shoxlarini horg\u2019in qimirlatadi. Yo\u2019lga tikilaman. Men Samarqandda adashib yuribman. Bu Chorrahami, Hovuzisanginmi yoki Chokardizami? Bilolmayman. Lekin, mening bolaligim shu yerlarda adashib qolganini bilaman. Topolmasligimni ham bilaman. Ammo shovillab ertaklar so\u2019ylagan daraxt ostidagi o\u2019rindiqqa o\u2019tirib uni kutaman.<\/p>\n<p>Anri Matiss \u201cMusavvir bo\u2019lishni istasang, tilingni sug\u2019urib ol\u201d degan edi. Isfandiyor Haydarov ana shunday tilini sug\u2019urib olgan, yurak na\u2019ralarini bo\u2019yoqlarga ortmoqlagan musavvir.<\/p>\n<p>Shuning uchun ham u she\u2019r o\u2019qiyotganda, birdan gapirish qudratiga ega bo\u2019lgan soqovdek quvonib, his-hayajon bilan she\u2019r o\u2019qiyotganini ko\u2019rsangiz, ajablanmang.<\/p>\n<p><strong>VA, NIHOYAT, YETTINCHI SHE\u2019R<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-492\" src=\"https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/isfandiyor-rassom.jpg\" alt=\"\" width=\"886\" height=\"900\" srcset=\"https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/isfandiyor-rassom.jpg 886w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/isfandiyor-rassom-295x300.jpg 295w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/isfandiyor-rassom-768x780.jpg 768w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/isfandiyor-rassom-696x707.jpg 696w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/isfandiyor-rassom-413x420.jpg 413w\" sizes=\"auto, (max-width: 886px) 100vw, 886px\" \/><\/p>\n<p><em>Isfandiyor Haydarga<\/em><\/p>\n<p>Musavvir bo\u2019lmoq ersang,<br \/>\nTilingni sug\u2019urib ol,<br \/>\nVujudingdan sachragan<br \/>\nQon rangiga quloq sol.<\/p>\n<p>Musavvir bo\u2019lmoq ersang,<br \/>\nYuraging bilan baqir<br \/>\nVa onangning\u00a0 ismini<br \/>\nRang bilan aytib chaqir.<\/p>\n<p>Musavvir bo\u2019lmoq ersang,<br \/>\nTilingni ichingga yut.<br \/>\nBo\u2019yoqlarga qorishib<br \/>\nShivirlagin: \u2013 Ona yurt!<\/p>\n<p>Musavvir bo\u2019lmoq ersang,<br \/>\nHayot bilan o\u2019limning<br \/>\nO\u2019rtasida sarhad et<br \/>\nQalam tutgan qo\u2019lingni.<\/p>\n<p><em>Manba: https:\/\/kh-davron.uz\u00a0<\/em><\/p>\n<p>Foto muallifi: Xolida Musulmon<\/p>\n<p>1981-yilda <em>\u201cO\u2019zbekiston san\u2019ati\u201d jurnalida bosilgan.<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XURSHID DAVRON Isfandiyor Haydar she\u2019rni juda ishtiyoq, his-hayajon bilan o\u2019qiydi. Go\u2019yo u chizayotgan suratlarga ko\u2019chmagan yurakning botiniy sadolarini jaranglatishga imkon topganday, go\u2019yo u yana bo\u2019yoqlar sukunatiga qaytishdan qo\u2019rqayotganday baqirib-baqirib, iztirob bilan she\u2019r o\u2019qiydi: Sirli bir ovozda, oydin kechada Meni o\u2019ylar qadimiy sharob\u2026 Isfandiyor chizgan suratlarni ko\u2019rgan kishigina uning bu darajada kuyib-yonib she\u2019r o\u2019qishi sababini anglaydi [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":490,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[24],"tags":[101],"class_list":{"0":"post-488","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-adabiy-esse","8":"tag-xurshid-davron"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/488","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=488"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/488\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":493,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/488\/revisions\/493"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/490"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=488"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=488"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=488"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}