{"id":484,"date":"2026-01-16T01:07:32","date_gmt":"2026-01-15T20:07:32","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=484"},"modified":"2026-01-16T01:07:32","modified_gmt":"2026-01-15T20:07:32","slug":"dostoyevskiy-bilan-tungi-suhbat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=484","title":{"rendered":"Dostoyevskiy bilan tungi suhbat"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>I<\/strong><strong>BROHIM<\/strong><strong> G\u02bb<\/strong><strong>AFUROV<\/strong><\/p>\n<p>Dostoyevskiy juda ulug\u2018 yozuvchi. Juda qiynalgan, azob chekkan, ko\u2018p alamlar yukini tortgan inson.<\/p>\n<p>Hazrat Dostoyevskiy odam bolasiga behad ayovli va o\u2018ta shafqatli zot. Dostoyevskiyning barcha asarlari: \u201cJinoyat va jazo\u201d ham, \u201cTelba\u201d ham, \u201cQimorboz\u201d ham, \u201cIblislar\u201d ham, \u201cOg\u2018a-ini Karamazovlar\u201d ham, \u201cO\u2018lik uydan maktublar\u201d ham miqyosan olganda olamga sig\u2018dirib bo\u2018lmaydigan azob falsafasi bilan bitilgan. Odam uning asarlarida azobdan yaraladi, azobdan o\u2018ladi. Azob bilan sevadi: azob bilan halok etadi.<\/p>\n<p>Dostoyevskiy ana shu intihosiz azobning go\u2018zalligini isbotlab berishga urinadi. Unda azob eng yuksak nuqtaga ko\u2018tarilganda go\u2018zallikka aylanadi.<\/p>\n<p>Qur\u2019on Majidning Suralarida Yaratgan: inson uchun og\u2018irlik bilan birga yengillik berdim, deydi. Og\u2018irlik bilan yengillik! Og\u2018irlik ketidan albatta yengillik kelib yetadi. Va yengillik orqasidan hech kanda qilmayin og\u2018irliklar mung\u2018ayib turadilar. Faqat yengillikning o\u2018zi bo\u2018lsin deganga, og\u2018irlik yo\u2018q. Olamning tarozusi hech qachon \u201cinnana\u201d bo\u2018lib lapanglab ketmaydi. Uning bir pallasiga yengillik to\u2018layotganda, ikkinchi \u2013 og\u2018irlik pallasiga asta zaqqum tomib turadi. Va ko\u2018zi yumuq qiz qozi\u00a0 \u2013 Femida doim pallani baravar tutadi.<\/p>\n<p>Dostoyevskiy asarlarida juda qattiq og\u2018irchiliklar izidan albatta yengillik ham keladi. Juda bo\u2018lmaganda yengillik xaloskor o\u2018lim timsolida yetib keladi. Dostoyevskiy asarlarida tuganmas azoblar so\u2018ngida O\u2018lim behad go\u2018zal bo\u2018lib ko\u2018rinadi.<\/p>\n<p>U asarlarda olamga sig\u2018mas azoblar bari hissiyotlardadir.<\/p>\n<p>Azoblar dillarda yashaydi. Dillarni qo\u2018poradi. Dillardan dillarga ko\u2018chadi. Yangi azob uyalari \u2013 yangi dillarni dunyoga keltiradi.<\/p>\n<p>Dostoyevskiy XIX asrning yetmishinchi yillarida \u201cYozuvchi kundaliklari\u201d deb atalgan turkum asarlar ham yaratgan. Ularda o\u2018sha davrdagi Rossiya va dunyo hayotining adib ko\u2018zlariga tashlangan, uning ongiga, qaysi bir tarzda bo\u2018lmasin, ta\u2019sir ko\u2018rsatgan, iz qoldirgan barcha voqealari aks etadi.<\/p>\n<p>Men jilla qursa adibning shu o\u2018ziga xos turkum asarlarida azob bo\u2018yog\u2018i ozroqdir deb o\u2018ylar edim. Lekin keyincha ularni bir chekkadan o\u2018qishga kirishib, azob bu asarlarda uning roman, qissa, hikoyalaridan ko\u2018ra kam emasligini ko\u2018rdim. \u201cYozuvchi kundaliklari\u201dda Dostoyevskiy o\u2018z davrining siyosiy, ma\u2019naviy, axloqiy, falsafiy, ijtimoiy barcha masalalariga o\u2018z munosabatini bildiradi. Bu o\u2018ta shaxsiy, hech narsaga qaram bo\u2018lmagan, o\u2018ta mustaqil munosabat. Lekin ayni shu shaxsiy munosabat to\u2018la azobli munosabat. Rossiya va dunyo ishlari yozuvchi qalbining azob dengizidan akslanib chiqadi. Azob bilan sharhlangan dunyo.<\/p>\n<p>Dostoyevskiy yashagan yillarda dunyoning va ayniqsa Yevropaning qudratli mamlakatlari tomonidan jahonni bo\u2018lib olish fikri behad kuchaygan, Angliya, Avstriya, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Portugaliya, Italiya va jumladan, Rossiya ham o\u2018z saltanatlarini xuddi mana shu davrda orqada qolgan, zaiflashgan davlatlar bilan qonli urushlar olib borib haddan tashqari kengaytirgan edilar. Dunyoni talash va o\u2018ziniki qilib olish ana shu kuchli davlatlarning umumjahon siyosatiga aylangan edi. Rossiya ham bu umumjahon siyosatidan chetda turmay, shiddat bilan o\u2018z qo\u2018lini Sharqqa, G\u02bbarbga, Janubga cho\u2018zishga kirishgan, Kavkaz, Qora dengiz bo\u2018ylari, Osiyo va Sharqning bepoyon yerlarining talay qismini qulay vaziyatdan foydalanib egallab bo\u2018lgan yoki egallash uchun zo\u2018r berib urinmoqda edi.<\/p>\n<p>Dostoyevskiy \u201cYozuvchi kundaliklari\u201dda Rossiyaning Sharqda va Osiyoda olib borayotgan siyosatiga \u2013 aytish kerakki, bu juda katta, Ivan Grozniy va Pyotr Birinchi zamonidan beri g\u2018oyatda chuqur tayyorgarlik bilan ishlab kelinayotgan siyosat edi \u2013 o\u2018z munosabatini bildiradi.<\/p>\n<p>Dostoyevskiy \u201cKundaliklar\u201dda rus podshosi barcha musulmon sharqiga hukmdor bo\u2018lishini orzu qiladi. \u201cRossiyaning zimmasida umumjahoniy vazifa turibdi: u Osiyoni bo\u2018ysundirishi va madaniylashtirishi kerak\u201d, deydi. Osiyoni biz olmasak, inglizlar, nemislar, amerikaliklar olib qo\u2018yishi turgan gap, deb o\u2018sha paytdagi Rossiya hukmdorlarini o\u2018rtagan \u201cxavf\u201dni bayon etadi.<\/p>\n<p>\u201cMadaniylashtirish\u201d g\u2018oyasi Dostoyevskiydan chiqmagan. U o\u2018sha zamondagi barcha qudratli saltanatla r uchun bosh ozuqa g\u2018oya edi.<\/p>\n<p>\u201cXaloskorlik\u201d g\u2018oyasi ham Dostoyevskiydan chiqmagan. U dunyoning barcha bosqinchilariga asosiy yo\u2018riq bo\u2018lgan fikr edi. Oz sonli, ojiz bo\u2018lib qolgan xalqlarning yerlarini bosib olish va egalik qilish \u201cmadaniylashtirish\u201d va \u201cxaloskorlik\u201d g\u2018oyalari bilan niqoblanar edi.<\/p>\n<p>Dostoyevskiy behad ayovli inson edi. U tom ma\u2019noda ezilganlar, xo\u2018rlanganlar va huquqsiz bo\u2018lganlar, ojizlar va o\u2018rtanganlarning yozuvchisi edi. Lekin shunday bo\u2018la turib nahot bu daho inson boshqa xalqlarni ezishga, ularning yerlarini tortib olishga chaqiradi? \u2013 deb o\u2018zingizga o\u2018zingiz savol berasiz va bu gaplarni Dostoyevskiy yozganligiga ishongingiz kelmaydi. Aqlingiz bovar qilmaydi.<\/p>\n<p>Boshqa yerlarni egallashni u \u201cmadaniylashtirish\u00bb deb ataydi. Jahonga hokimlik qilish istagini esa \u201cxaloskorlik\u201d deb baholaydi.<\/p>\n<p>Ulug\u2018 yozuvchining bu saltanatparastlik mayllarini qanday tushuntirish, qanday izohlash mumkin? Ulun yozuvchilar avvalo umuminsoniy g\u2018oyalari bilan ulug\u2018 deb hisoblanadilar-ku?!<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-486\" src=\"https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/486226107_0_358_1468_1184_1920x0_80_0_0_8d21c6a119eaeebedf79df7510bb4f99-e1768507465158.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"675\" \/>Dostoyevskiy avvalo juda katta millatparvar edi. U o\u2018z xalqini cheksiz sevardi. Ehtimol, shu boisdan ham o\u2018z xalqini hech kim Dostoyevskiychalik achchiq va ayovsiz, muttasil tanqid qilmagandir. Uning tanqidi shafqatsiz. Lekin bu shafqatsizlikning manbai muhabbat.<\/p>\n<p>\u201cAqlimiz oz\u201d, deydi yozuvchi.<\/p>\n<p>\u201cBizda madaniyat yo\u2018q\u201d, deydi yozuvchi.<\/p>\n<p>\u201cIkki yuz yildan beri o\u2018rnimiz bo\u2018m-bo\u2018sh\u201d, deydi yozuvchi.<\/p>\n<p>Yozuvchi ko\u2018z ochgandan beri atrofida xorlik, zorlik va tuganmas qashshoqliklarni ko\u2018radi. U to\u2018xtovsiz o\u2018z xalqini bu qashshoqlik va og\u2018ir qoloqlikdan xalos etish yo\u2018lini o\u2018ylaydi. Xalqning oriyatini qo\u2018zg\u2018atish uchun barcha asarlarida uni ayovsiz rost va ochiq bo\u2018yoqlar bilan tasvirlaydi. Millatning o\u2018ta ayanchli qiyofasini yaratadi. \u201cTavrot\u201d qissalarini o\u2018qib, qadim-qadim zamonlarda yahudiylar Muso yetakchiligida fir\u2019avn azobidan qutulib o\u2018z muqaddas vatanlarini topish uchun azm qilganliklarini eslaydi. Yevropa Amerika qit\u2019asini egallab tobora boyib, gullab, taraqqiy etib borayotganiga havas qiladi. Shunda u umrining oxirida o\u2018z xalqi uchun yangi prinsip, yashash uchun yangi bir g\u2018oya kerakligini anglaydi. U rus xalqi ham \u201cxaloskorlik\u201d qilishi va Yevropaga emas, Sharqqa va Osiyoga qarab yurishi kerak degan qarorga keladi.<\/p>\n<p>Dostoyevskiy nazarida ana shu yangi prinsip xalqni qashshoqlikdan, qoloqlikdan, o\u2018z kuchiga ishonchsizlikdan qutqaradi.<\/p>\n<p>Yahudiylar yurish qilib xalqqa aylandilar, biz ham yurish qilib xalqqa aylanamiz va dunyodan o\u2018z o\u2018rnimizni topamiz, deb o\u2018ylaydi.<\/p>\n<p>Yozuvchi Yevropadan mustaqil bo\u2018lishni xayol qiladi. Yevropaga biz qashshoq qarindosh va qul bo\u2018lib keldik. Yevropa yo\u2018llarida shapkamizni tutib turgandan ko\u2018ra o\u2018zimizni Sharqqa urganimiz afzal degan fikrni o\u2018rtaga tashlaydi.<\/p>\n<p>Rossiya o\u2018zi uchun Osiyoni ochsa, deydi Dostoyevskiy, u ikki yuz yillik tanballik va mahmadanagarchiliklardan qutuladi. Yevropada agar bizni tatar deb bilishgan bo\u2018lsa, Osiyoda bizni yevropalik deb topishadi. Osiyoni madaniylashtirishga kirishsak, oxir-oqibatda bu bizning ruhimizni ko\u2018taradi va biz o\u2018zimizning kim ekanligimizni anglab yetamiz. Biz o\u2018z yerimizda ilmlar sohasida chalasavodmiz va taqlidchimiz. Osiyoga kirib borsak, biz u yerlarda arboblarga aylanamiz, bizda mustaqil ish yuritish ruhi uyg\u2018onadi, biz uddaburon xalq bo\u2018lib qolamiz. Yevropaga dum bo\u2018lgandan ko\u2018ra Osiyoga bosh bo\u2018lgan afzal, deb aytadi Dostoyevskiy.<\/p>\n<p>Ulug\u2018 yozuvchi shu tariqa o\u2018z xalqining qaddini ko\u2018tarish, tiklanish, qashshoqlik va xor-zorlikdan qutulish yo\u2018lini Osiyoni egallashda ko\u2018radi. Dostoyevskiy asarlarida har qadamda buyuk fikrlar, aqlning javohirlari sochilib yotadi. \u201cKundaliklar\u201d bu jihatdan ayniqsa, qimmatbaho fikrlarga juda boy. U noto\u2018g\u2018ri, adolatsiz g\u2018oyani isbotlash uchun ulug\u2018 fikrlarni o\u2018rtaga tashlaydi. Bu ulug\u2018 fikrlar o\u2018z navbatida bosh maqsad adolatsiz bo\u2018lgani bois yana teskari fikrlarni uygotadi. Bu yerlarda hech narsaga yaramagan, layoqatsiz kimsalar u yerlarga borib o\u2018z o\u2018rinlarini topishlari turgan gap, chunki ko\u2018pincha, deydi adib, bir joyda tamomila layoqatsiz bo\u2018lgan kimsa boshqa bir yerda salkam daho bo\u2018lib ko\u2018rinishi mumkin. Shu yerda ilmiy mulohazadan bir oz to\u2018xtab suyukli adibga, to\u2018g\u2018rirog\u2018i, uning ruhiga bevosita murojaat qilgim keladi.<\/p>\n<p>Hazrat Dostoyevskiy! Siz bu so\u2018zlarni yozgandan beri mana bir yuz o\u2018n yil o\u2018tdi. Lekin layoqatsiz odam hech qachon, hech qayda layoqatli bo\u2018lib qolmasligini tarix va insoniyat tajribalari to\u2018la isbotladi. Xuddi shuningdek, bir xalqning baxti-iqbolini boshqa xalqlarning baxt-iqboli hisobiga, ularni ezish va ozodlikdan mahrum etish evaziga qurib bo\u2018lmasligi cheksiz fojialardan so\u2018ng endi barcha xalqlarga, barcha mamlakatlarga ayon bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Keyingi ikki yuz yillik saboqlaridan shunday xulosalar chiqadi: bir millatning qadr-qimmatini hech qachon boshqa millatlarni kamsitish hisobiga ko\u2018tarib bo\u2018lmaydi. Millatni boshqa yerlarga turli niqoblarda yurish hisobiga boyitish va ulug\u2018 qilishga urinish oxir-oqibat shu millat uchun tuganmas fojialarga sabab bo\u2018ladi. Hech kim jahonga hokim bo\u2018lolmadi. Hokim bo\u2018laman degan shohlar ham, hokim bo\u2018laman degan xalqlar ham yana o\u2018z asil holatlariga, Yaratgan tomonidan ajratilgan o\u2018z muqaddas yerlari va makonlariga qaytdilar. Birovning yeriga, xazinasiga ko\u2018z tikish hech kimga sharmandalikdan boshqa narsa keltirmadi. Chunki inson hayotida hamma hamma narsa mutlaqo hisobli bo\u2018lgani kabi xalqlar va mamlakatlar taqdirida ham barcha-barcha narsalar tugal tarixiy hisobga egadir.<\/p>\n<p>O\u2018z xalqini razolatdan qutqarish uchun boshqa xalqlarni razolatga botirishni yoqlab bo\u2018ladimi? Razolatga botirganda ham, bu qancha davom etishi mumkin. Axir zamon aylanib turadi-ku! Uni Sharqda bekorga \u201ccharxi kajraftor\u201d demaydilar.<\/p>\n<p>Dostoyevskiy insoniylik uchun, o\u2018z xalqiga saodat istab, g\u2018ayriinsoniylikka yo\u2018l qo\u2018yishi mumkin emas, deyman. Ulug\u2018 adib Osiyo xalqlariga past nazar bilan qaragan bo\u2018lishi mumkin emas. Odam bolasiga nazar-pisandsiz qarash unga mutlaqo yot edi. Unda bu nima? O\u2018z podshohiga sadoqatmi? Uning yovuz siyosatini yoqlash, qo\u2018llab-quvvatlashmi?<\/p>\n<p>Lekin Osiyoga yurish haqidagi so\u2018zlarni ulug\u2018 yozuvchi o\u2018z qo\u2018llari bilan yozgan-ku! Aytish mumkinki, bu favqulodda so\u2018zlarni u o\u2018lim yoqasida turib yozgan. \u201cKundaliklar\u201dning oxirgi daftarini nashrga topshirib unga tuzatishlar kiritayotgan chog\u2018da Dostoyevskiy o\u2018pkasining qon tomirlari yorilib ketib, og\u2018zidan to\u2018xtovsiz qon kelgan holda vafot etdi. U o\u2018g\u2018liga o\u2018lik uylarda yurgan chog\u2018laridan beri asrab kelgan o\u2018zi uchun behad aziz \u201cInjil\u201d kitobini so\u2018nggi damda tortiq qildi. Xudoga va uning ma\u2019rifatiga shunchalar e\u2019tiqod qilgan zot boshqa xalqlarning zulm iskanjasida yashashiga tarafdor bo\u2018lishi sira aqlga to\u2018g\u2018ri kelmaydi. Daholarning ojizliklari ham behad og\u2018ir bo\u2018ladi, deyishadi. Nahot, ulug\u2018 adib o\u2018z davrining imperiyachilik vasvasasiga shunchalar berilib ketgan? Ulug\u2018 adib asarlarini qanchalik sevmaylik, uning bu saltanatchilik g\u2018oyalarini aslo oqlab bo\u2018lmaydi. Adib uning mutlaq zararli qarashlariga nisbatan ko\u2018z yumish degani emas. Bunday \u2013 nima deb atasak ekan \u2013 \u201colg\u2018irchilik\u201d g\u2018oyalarining qanchalar zararli ekanligini tarix isbotlagan. Lekin ularning zarari-miqyosini tasavvur etish uchun bir misol keltiraylik. \u201cJinoyat va jazo\u201d romanida Raskolnikov puldor kampirni bolta bilan chopib o\u2018ldirganligini bilasiz. Raskolnikov kampirning pullarini olib, adolatli va olijanob hayot qurishni xayol qilganidek, Dostoyevskiy ham o\u2018z qahramoni kabi \u201cOsiyoga yurish\u201d vositasida o\u2018z xalqini ulug\u2018 va mashhur, farovon va mag\u2018rur, jahonni qutqaruvchi xalq sifatida ko\u2018rishni ko\u2018zlaydi. Mohiyatan Dostoyevskiy va Raskolnikov g\u2018oyalari o\u2018rtasida farq yo\u2018q. Bu g\u2018oyalarning harakati tufayli erishilgan natijalar ham o\u2018shanday juda og\u2018ir adolatsizliklarga qorishib yotadi.<\/p>\n<p>Dostoyevskiy \u201cKundaliklar\u201dida antiqa gaplar ko\u2018p. Chunonchi, u axir Angliya, Avstriya bosib olayapti-ku, nega biz bosib olmasligimiz kerak? \u2013 deb savol beradi.<\/p>\n<p>Ko\u2018rdingizmi, bosib olish, yurish qilish azaldan bor. U alohida bir odamning xatosi emas. Ikkinchi ming yillik mamlakatlar va xalqlar taqdirlarida ana shunday yurishlar va bosib olishlar davri bo\u2018ldi. Ikkinchi ming yillik oxirida xalqlar bu yo\u2018llar xato va undan mutlaqo qaytmoq kerak, degan qat\u2019iy fikrga keldilar. Saltanatlar yemirilib xalqlar taqdirida adolat qaror topadigan pallalar keldi. Aqlli xalqlar bu yo\u2018lga ilgariroq kirdilar. Biz bu yo\u2018lga endi-endi kirib borayapmiz.<\/p>\n<p>Dostoyevskiyning Osiyo va Sharq haqidagi so\u2018zlari va g\u2018oyalarini qayg\u2018ulanib o\u2018qib o\u2018tirib, ularni sog\u2018lom aql bilan tushuntirib bo\u2018lmasligini angladim. Bu ulug\u2018 imperiyachilik kasalligi edi. Og\u2018ir o\u2018ylarim ichida qattiq betob adib satrlari orasidan xasta bir nido eshitdim:<\/p>\n<p>\u2013\u00a0 Bolam, sen tushun! Sen angla! Meni razolatga chaqirdi, deb gunohkor etma! So\u2018zlarimga yaxshilab quloq sol! Yana yaxshilab quloq sol! G\u02bbazablanma, kaxringni sochma. Mana, men o\u2018sha sen bilgan Ruxman! Qarshingda turibman. Boshdan-oyoq o\u2018qi. Qayta-qayta o\u2018qi mening kundaliklarim, yon daftarlarimdagi yozuvlarni. Bu kon ichiga kir. Senga bu vasvasa ichiga kir, demayman. Meni yoqla, demayman. Faqat so\u2018zlarim senga bosqinchiliklar ustidan ashaddiy kinoya bo\u2018lib eshitilmaydimi? Hech kim ularning zamirida kinoya yotganligini anglashni istamadi. Ehtimol, ularni xato deb bilgandirlar. Lekin hech kimsa ular boshidan-oxiriga qadar alamli, achchiq kinoya ekanligini tan olmadi. Ayt, yana qayda uchratgansan bunchalar alamangiz zardalarni! Mening changak bo\u2018lib yotganlarim esingdadir. Meni kechir. Balki u fikrlarni yozayotganda men Raskolnikovga aylangandirman.<\/p>\n<p>Kechirish? Hazrat Dostoyevskiy! Siz axir o\u2018z xalqingizga yaxshilik istagansiz. Siz Rossiyaning o\u2018sha paytdagi birinchi millatparvari edingiz. Millatparvarlik esa doim yaxshi. Faqat&#8230; Faqat boshka xalqlarni kamsitish va ezish, ularni turli insoniy haq-huquqlardan mahrum qilish evaziga bo\u2018lmasligi kerak.<\/p>\n<p>Lekin mana hozir shu narsa mutlaqo ravshan bo\u2018ldiki, agar bir millat o\u2018zga xalqlar yerlarini egallash ruhida tarbiyalansa va bu odatlarni unga yuz yillar davomida xaloskorlik, madaniylashtirish va yana boshqa shunga o\u2018xshash gaplar deb tushuntirilsa, bosqinchilikni oqlash uchun ming turli bahonalar to\u2018qib chiqarilsa, bu oxir-oqibat xalqni chalg\u2018itishga, uning ijodiy va hayotiy olijanob kuchlarini so\u2018ndirishga olib boradi. Xalq o\u2018z yurtiga muhabbat qo\u2018yolmaydi, uni gullatib-yashnatolmaydi. Bir chekkadan ko\u2018chmanchiga aylanadi. Lekin bosib olingan yerlarda ham tugal tomir otolmaydi. U yuza ildiz otishga o\u2018rganadi. Yolg\u2018on har qancha urinmang, hech qachon chinga aylanmaydi. Yolg\u2018on bilan yovuzlik bir narsa emas. Lekin yolg\u2018on doimo yovuzlikni himoya qiladi. Yovuzlik yolg\u2018onning panohidagina urchib kuch oladi. Yolg\u2018onchilik hokim bo\u2018lgan mamlakatlarda yovuzlik odatdagi bir holga aylanadi va hech kim yovuzlikdan ajablanmaydi.<\/p>\n<p>Hazrat Dostoyevskiy! Ne qilay, men sizning ko\u2018p asarlaringiz qatori \u201cBobok\u201d degan hikoyangizni ham yaxshi ko\u2018raman. Bu hikoyaga siz o\u2018rtamiyona bir yozuvchini kahramon qilib tanlagansiz va hikoyani \u201cKundaliklar\u201dingizga kiritgansiz. Hikoyani hikoya qahramoni o\u2018zini o\u2018zi inkor etishdan boshlaydi: \u201cBu men emas, deydi u, bu butunlay boshqa odam&#8230; \u201d Shunda men o\u2018ylanib qoldimki, balki Osiyo siyosati haqidagi so\u2018zlarni ham yozgan balki siz emasdirsiz. U butunlay boshqa bir zotdir. Axir sizning asarlaringizda odamlar to\u2018xtovsiz suratda ikkilanadilar. Bir qiyofaning ichida bir nechalab qiyofalarga ega bo\u2018ladilar. Bir Raskolnikovning o\u2018zida qancha kiyofa bor. Rogojinda-chi? Nastasya Filipovnada-chi? Karamazovlarda-chi?<\/p>\n<p>\u201cBobok\u201dning qahramoniga: ayt-chi, biron kun sog\u2018 yurasanmi o\u2018zi? \u2013 deb so\u2018rasalar, unga bu juda g\u2018alati gap bo\u2018lib eshitiladi. Men xafa bo\u2018lmayman, men juda jur\u2019atsiz odamman, biroq shunga qaramasdan meni jinni qilib qo\u2018yishdi, deydi.<\/p>\n<p>Sizning asarlaringiz, hazrat, shunday tom ma\u2019nodagi g\u2018alati qahramonlarga to\u2018la. G\u02bbalatilik ularning tabiatiga, g\u2018alatilik ularning faoliyatiga, g\u2018alatilik ularning taqdiriga aylangan. Sizni bemor onglarning adibi ham deydilar. Bu bemorlar kasalxonalarda yotadigan bemorlar emas. Kasalxonalarda yotadigan bemorlarda tuzalish umidi yo\u2018q emas. Sizning bemorlaringiz yo\u2018qchilik va adolatsizlik bemorlaridir. Bu bemorlar ijtimoiy hayotni to\u2018ldirib yuradilar. Siz ularni tuzatish qiyinligini bilasiz. Ularni tuzatishga urinmaysiz ham. Siz, ta\u2019bir joiz bo\u2018lsa, ularni yalang\u2018och holda, qanday bo\u2018lsalar shunday chizasiz. Siz ijtimoiy hayot chuvrindilaridan yuksak san\u2019at yaratasiz. Chuvrindi ichida yombi oltin yashirinib yotganini ifodalamoqchi bo\u2018lasiz. Yozuvchingizning qiyofasini kasalmand, aft-basharasi telbanamo ko\u2018rinardi, deb yozasiz. Bu yozuvchining asarlarini turli bahonalar bilan bosmaydilar. U tarjimachilik qilib kun ko\u2018radi. Atrofdagilarga u savdoyiroq bo\u2018lib ko\u2018rinadi. Holbuki, u atrofini qanday olam qurshaganini yaxshi biladi. Bizda aqldan ozdirishlari hech gap emas. Lekin shu paytgacha hech kimni aqlli qilganlari yo\u2018q. Ilgari tentak yilda bir marotaba bo\u2018lsin, o\u2018zining tentakligini bo\u2018yniga olardi. Endi xamma o\u2018zini aqlli deb biladi. Ishlarni shunchalar chalkashtirib yuboradilarki, aqllini ahmoqdan ajratib bo\u2018lmay qoldi. Birovni jinnixonaga qamab qo\u2018ygan bilan odam aqlli bo\u2018lib qolmaydi, deydi \u201cBobok\u201dning yozuvchi qahramoni. Haqiqatan ham, menga nimadir g\u2018alati bir narsa bo\u2018layapti. Ko\u2018zimga g\u2018alati narsalar ko\u2018rinadi, qulog\u2018imga g\u2018alati saslar eshitiladi. Xuddi birov yonimda turib: \u201cBobok, bobok, bobok!\u201d \u2013 deyotganday tuyulaveradi. Bobok o\u2018zi nimasi? \u2013 deb o\u2018z ahvolidan xabar beradi u. Bu yerda yozuvchi qisqagina bir o\u2018rinda \u201cg\u2018alati\u201d degan so\u2018zni bir necha marotaba qaytaradi. \u201cBobok\u00bb degan so\u2018zning o\u2018zi ham juda g\u2018alati. Uning hech qanday ma\u2019nosi yo\u2018q. Balki bu uning laqabidir. Balki boshqa&#8230; Bizda ko\u2018p xarxasha qilayotgan bolani tinchitish uchun: \u201cAna, bobov! Bo\u2018ldi, jim!\u201d deb vahima qiladilar. Ba\u2019zan o\u2018zi bilan o\u2018zi gaplashadigan odamlarning quloqlariga mana shunday ma\u2019nosi bo\u2018lmagan, g\u2018alati eshitiladigan so\u2018zlar o\u2018rnashib qoladi. Keyin ular bu bema\u2019ni so\u2018zni to\u2018xtovsiz takrorlab yuradilar. \u201cBobok\u201d so\u2018zi bu yerda telbanamolikning bir belgisi.<\/p>\n<p>Yozuvchi o\u2018zini bu dali-devona xayollardan chalg\u2018itmoqchi bo\u2018ladi. Ko\u2018nglini yozmoqchi bo\u2018lib u ta\u2019ziya ustidan chiqadi. Mozorga boradi. Bir emas, bir necha o\u2018liklar ustidan chiqadi. Qabristonni kezadi. Qabrlarni tomosha qiladi. So\u2018ng qabriston yonidagi restorandan ovqatlanadi va ichadi.<\/p>\n<p>So\u2018ng yana qabristonga kirib bir qabr ustiga o\u2018tiradi. Shunda uni xayol olib qochadi. Mudroq ichida nazarida qabrlardan ovozlar kelayotganday bo\u2018ladi. U uyg\u2018onib ketadi. Lekin qabrlardan xuddi yostiq bilan bosilgan og\u2018izdan chiqqanday tovushlar kelaveradi. Ko\u2018zimni ochib diqqat bilan quloq soldim, deydi yozuvchi.<\/p>\n<p>Dunyo adabiyotida menippeya deb ataladigan asarlar juda qadimdan bor. Qadimda Suriyada Menip degan yozuvchi o\u2018tgan ekan. Uning asarlarida qahramonlar ko\u2018klarga ko\u2018tarilganlar, yer osti dunyolariga tushganlar. O\u2018liklar tirikday so\u2018ylashganlar. Lekin Meninning u asarlaridan birontasi saqlanib qolmagan. Faqat adabiyotda shunday mavzudagi asarlarni menippeya deb atash rasm bo\u2018lib qolgan. Hazratning \u201cBobok\u201d asari ham ana shunday \u201cqabriston hikoyalari\u201d \u2013 menippeyalarga kiradi. Bunda qabrlardagi o\u2018liklar xuddi tirikday tiriklik va o\u2018lim ishlaridan so\u2018zlashadilar. Tiriklikda qilgan ishlari, qing\u2018irliklari, haromxo\u2018rliklari, aldam-qaldamlari bilan maqtanadilar. Yangi kelgan o\u2018liklar murdalar dunyosida bir o\u2018zgarish, antiqa bir yangilik qilmoqchi bo\u2018ladilar. Yangi ko\u2018milgan o\u2018liklardan biri: \u201cJanoblar! Men hech narsadan uyalmaslikni taklif qilaman\u201d, deydi. \u201cOh kelinglar, kelinglar, hech narsadan uyalmaymiz\u201d, deb shodon qichqirishadi barcha o\u2018liklar. \u201cHamma narsani yechib tashlaymiz va yalang\u2018och bo\u2018lamiz!\u201d deb qichqirishadi o\u2018liklar. \u201cTezroq, tezroq hech narsadan uyalmaslikka o\u2018ynaylik\u201d, \u2013 deb qichqirishadi o\u2018liklar. Ular o\u2018zaro uyalmaslik ustida tortishib turganlarida yozuvchi banogoh aksa urib yuboradi. Qabristonga birdan jimlik cho\u2018kadi. Yo\u2018q, o\u2018liklar mendan uyalishgani yo\u2018q. Ular boshqa bir narsadan jim bo\u2018lib qolishdi, deydi Bobok va ana shuning sirini o\u2018ylab qabristonni tark etadi.<\/p>\n<p>\u201cBobok\u201dda o\u2018liklar o\u2018z shahvoniy hirslaridan xalos bo\u2018lmaganlar tiriklikda qanday lazzatlar qidirgan bo\u2018lsalar, o\u2018lik holda ham shunday lazzatlarni qo\u2018msaydilar. Shuning uchun ularda butunlay yechinib tashlash, yalang\u2018och bo\u2018lish fikri tug\u2018iladi va bu fikr keksa yosh barchalariga haddan ortiq ma\u2019qul tushadi.<\/p>\n<p>O\u2018liklarki uyatini yig\u2018ishtirib qo\u2018ygan hayotda tiriklardan nima kutish mumkin, deganday bo\u2018ladi hazrat Dostoyevskiy.<\/p>\n<p>Bilmadim, balki yanglisharman, lekin chamasi, siz hazratim, uyatsizlikni buyuk ramz darajasiga ko\u2018tardingiz. Uyatsizlik va yolg\u2018on hokim bo\u2018lgan jamiyatda jur\u2019atsiz boboklar dunyoga keladilar. Bobokning qabristonga yurishi bilan Osiyoga yurish o\u2018rtasida o\u2018xshashlik qidirmoqchi emasman. Lekin bular bari ulug\u2018 adib kundaliklarida yonma-yon edi. Va, nazarimda, bu g\u2018oyalarning birini ikkinchisidan ajratib bo\u2018lmas, ular bir vujud, bir ruhning haddan tashqari g\u2018alati bo\u2018lib ko\u2018rinadigan o\u2018yinlari edi.<\/p>\n<p>Og\u2018riq ongning haqiqatlari juda og\u2018ir haqiqatlardir.<\/p>\n<p>Men romanchilik dahosining ulug\u2018 Ruhi bilan sira tortishgim kelmadi.<\/p>\n<p>Daho hamma narsani o\u2018zi aytadi&#8230;<\/p>\n<p>O\u2018zi ko\u2018radi.<\/p>\n<p>O\u2018zi tavba qiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>IBROHIM G\u02bbAFUROV Dostoyevskiy juda ulug\u2018 yozuvchi. Juda qiynalgan, azob chekkan, ko\u2018p alamlar yukini tortgan inson. Hazrat Dostoyevskiy odam bolasiga behad ayovli va o\u2018ta shafqatli zot. Dostoyevskiyning barcha asarlari: \u201cJinoyat va jazo\u201d ham, \u201cTelba\u201d ham, \u201cQimorboz\u201d ham, \u201cIblislar\u201d ham, \u201cOg\u2018a-ini Karamazovlar\u201d ham, \u201cO\u2018lik uydan maktublar\u201d ham miqyosan olganda olamga sig\u2018dirib bo\u2018lmaydigan azob falsafasi bilan bitilgan. Odam [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":485,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[23],"tags":[],"class_list":{"0":"post-484","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-publitsistik"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/484","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=484"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/484\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":487,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/484\/revisions\/487"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/485"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=484"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=484"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=484"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}