{"id":479,"date":"2026-01-08T17:38:51","date_gmt":"2026-01-08T12:38:51","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=479"},"modified":"2026-01-08T17:38:51","modified_gmt":"2026-01-08T12:38:51","slug":"nur-kotargan-sizif-yoxud-quyosh-odam","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=479","title":{"rendered":"Nur ko&#8217;targan Sizif yoxud Quyosh-odam"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>SEVARA ALIJONOVA<\/strong><\/p>\n<p>\u2013 Ijod siz uchun nima? \u2013 auditoriyada savol yangradi.<\/p>\n<p>\u2013 Mashaqqatli mehnat, iztirob, dard, huzur, ehtiyoj\u2026 o\u2018ttiz besh xil javob aytildi. Ammo savol egasining javobi bir umrga xotirimda muhrlanib qoldi: Ijod, bu \u2013 mubtalolik!<\/p>\n<p>Ixcham, o\u2018rta bo\u2018y, soch-soqoliga qirov qo\u2018ngan, yuzidan hamisha nur yog\u2018ilib turadigan bu inson auditoriya eshigidan xatlashi bilanoq, xonaga quyosh kirib kelgandek bo\u2018ladi. Yuziga yarashiq nim tabassumi tanimagan-netmagan odamning ham yurak yutib, ko\u2018ngil tortib muloqot qilishiga, o\u2018rtadagi pardaning ko\u2018tarilishiga ishoradek tuyuladi. Yaratgan suyukli bandalariga boshqalarga ham suyukli bo\u2018lishi uchun yuziga shunday nur ato etib qo\u2018yganmikin, deb o\u2018ylab qolaman. Qaysi izdihom, qay majlisga kirmasin, o\u2018zidan mehr, issiqlik, nur taratadi. Qarab turasizu, quyosh-odam emasmikan, degan xayolga borasiz. Ustozning vazmin qadam olishlari, ba\u2019zan yuzini yerga tikib, ba\u2019zan ikki qo\u2018lini orqaga juftlab o\u2018ychan nigoh, ma\u2019yus chehra bilan yurishlari shu ketishida ko\u2018nglida tinimsiz g\u2018alayon, tafakkurida cheksiz o\u2018yni bosib, ortmoqlab, miyasida yangi asarni pishitib ketayotgani tasavvurini beradi.<\/p>\n<p>Dars jarayonida bir joyda tek turmay, xona aro aylanib, birimizga hazil, birimizga so\u2018roq bilan yuzlanganida, shoshib, taraddudlanib qolardik. Soatlab qilingan ma\u2019ruza soniyada o\u2018tib ketgandek bo\u2018lardi. Hech kimning xayoliga kelmas tashbeh, zakiy nigoh, topqirlik, har kimga ham nasib etavermaydigan tug\u2018ma did, farosat, beadoq tasavvur, samimiyati bilan talabalarni yaxshi ma\u2019noda o\u2018ziga mubtalo qilib qo\u2018ygan bu muallim \u2013 O\u2018zbekiston Jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti o\u2018qituvchisi Xurshid Do\u2018stmuhammad edi.<\/p>\n<p>\u201cJurnalist bor sharoitdan kamchilik topmasa, jurnalist emas. Har qanaqa jamiyatga ijodkor, ziyoli nimaga kerak? Sergak torttirish, ogoh etish, nuqsonini ko\u2018rsatish uchun. Olqishlaydiganlar topiladi, juda ko\u2018p. Olqishlar jamiyatni rivojlantirmaydi, muammolarni hal qilmaydi, olqishlar odamni bezamaydi. Olqish jamiyatning rivojiga ishlamaydi\u201d. Bu so\u2018zlariga jurnalist faoliyati davomida, ayniqsa respublikada ilk tashkil qilingan \u201cHurriyat\u201d mustaqil gazetasiga muharrirlik qilgan kezlari (1997\u20132002) sodiq qoldi, o\u2018tli, o\u2018tkir maqolalar bosildi, ko\u2018plari hodisaga aylandi, rivojlanish berdi.<\/p>\n<p>Avvaliga \u201cMuallim degani shunday bo\u2018lsa-da!\u201d deya bu insonga birgina shu nisbatni qistirganimga keyinchalik ko\u2018p uyaldim. Uyaltirganiga, shunday inson bilan zamondosh etganiga shukurlar qilaman. Xurshid Do\u2018stmuhammad nafaqat pedagog, balki haq so\u2018zni, haqiqatni aytishdan qo\u2018rqmaydigan jurnalist, xalq dardi bilan yonib-kuyib yuradigan deputat, ko\u2018z ilg\u2018amas ma\u2019nolarni ilib oluvchi nuktadon olim, \u201chazmi og\u2018ir\u201d yozuvchi, eng muhimi va mushkuli, yaxshi inson ham.<\/p>\n<p>Xudo qodir qilsa, bir inson jussasi shuncha sifat, \u201cog\u2018ir yuk\u201dni Sizifning xarsangidek ko\u2018tarib yura olar\u00a0ekan-da! \u201cKo\u2018ngil kishisi \u201coromkursi\u201d bilan chiqisha olarmikin? Ijodga, ruhiyatga ta\u2019siri yo\u2018qmi deputatlikning?\u201d o\u2018rni kelganida so\u2018raganim bu savolga \u201cMutlaqo! Kuniga besh-olti odam murojaat bilan keladi. Hayotni, odamlarni ko\u2018rasiz. Voqelikka yaqinroq bo\u2018lasiz. Ular dardini aytadi, men xayol surib o\u2018tiraman. Deputatlik ham ijodkordek gap. Zarari bo\u2018lmaydi\u201d, \u2013 degandi Respublika Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Xurshid Nabiyevich.<\/p>\n<p>Insonning ismi taqdirini belgilaydi, deganlari haqiqat bo\u2018lsa, Xurshid \u2013 odamlar orasidagi quyosh bo\u2018lib, shu missiyada bu dunyoga kelgani ayni haqiqat. Quyosh isitadi, Yerni yashnatadi va o\u2018z o\u2018rnida zimistonda ko\u2018zga ko\u2018rinmagan nuqsonlarni fosh etib qo\u2018yadi. Xurshid Do\u2018stmuhammad inson, sinaluvchi, sinovlardan o\u2018tuvchi sifatida bu vazifalarni to\u2018la-to\u2018kis ado eta oldi, deya ikkilanmay ayta olamiz.<\/p>\n<p>\u201cHaqiqatni pana qilgan bulutlar tarqab, yana quyosh charaqlaydi. Vaqti kelsa, garchi ko\u2018zimizdan tirqirab yosh chiqsa ham o\u2018sha quyoshga \u2013 haqiqatga tik qarashga majburmiz. Voqelikni qanday bo\u2018lsa, boricha gapirish \u2013 haqiqatni aytish, adolatni tiklash degani. Bu \u2013 odamlar orasidagi, munosabatlardagi quyoshdir!\u201d.<\/p>\n<p>Xurshid Do\u2018stmuhammadning suhbatini tinglab, anglaymanki, insonning botinida ne bo\u2018lsa, vujud nima bilan to\u2018yingan bo\u2018lsa, zohirga, so\u2018zga o\u2018sha chiqadi. Aylanib-o\u2018rgilib, bu insonning tili nur, haqiqat, odamiylik degan so\u2018zlarga tutilib qolaveradi.<\/p>\n<p>\u201cKo\u2018ngilning aslida rasmi, suvrati yo\u2018q. Agar uning rasmini chizish mumkin bo\u2018lsa, u nurdan iborat bo\u2018ladi. Ko\u2018zni oladigan, ko\u2018zga qadaladigan nur emas, mayin nur\u2026 Ko\u2018pincha ko\u2018ngilchan, ta\u2019sirchan, ko\u2018ngli nozik odamlarni boshqacha ataymiz-a? Yo\u2018q, bu odamga berilgan ulug\u2018 mukofot. Qarang, har narsaga tebranib, titrab turadi-ya! San\u2019at, bu \u2013 ana shu noziklik, ana shu mo\u02bbjizaning mevasi\u201d.<\/p>\n<p>Adabiyot, musiqa, tasviriy san\u2019at, kino \u2013 qo\u2018yingki, san\u2019atning barcha turlarini munaqqidlardan qolishmas darajada sinchkovlik, noziklik, puxtalik bilan tahlil qiladi, o\u2018rganadi, o\u2018rganishdan to\u2018xtamaydi. Sevimli yozuvchisi F.Dostoyevskiy asarlariga qayta-qayta murojaat qiladi, Tengiz Abuladze filmlaridan bemisl zavq tuyadi, Kazimir Malevichning \u201cQora kvadrat\u201diga tikilib, hayot haqida xayolga beriladi, musiqa tinglab qog\u2018oz qoralaydi\u2026 Va deydi: \u201cO\u2018tkan kunlar\u201d romanining episentri qayer? \u2013 Xo\u2018ja Ma\u2019oz qabristonining tasviri. Butun voqeaning hammasi o\u2018sha ikki-ikki yarim sahifalik tasvirda mujassam\u201d.<\/p>\n<p>Yoki F.Dostoyevskiyning \u201cJinoyat va jazo\u201d romaniga to\u2018xtalib, deydi: \u201cJinoyat va jazo\u201dni hammamiz o\u2018qiganmiz. Voqea bunday: talaba boshi aylanib, gangib, opa-singillarni o\u2018ldirib qo\u2018ydi. Bo\u2018ldi. Endi yostiqdek kitob ana shu qotillikning mulohazasiga bag\u2018ishlangan. To\u2018g\u2018ri qildimmi, yo\u2018qmi? Men haqmanmi boshqami?.. Asar oxirigacha iztirob chekadi, o\u2018ylaydi. Ammo javob topilmaydi. Asar tugaydi. Dostoyevskiy aytadi, voqealar tugab, ana shu voqealar haqida iztiroblar boshlangan nuqtada badiiy adabiyot boshlanadi, deb\u201d.<\/p>\n<p>\u201cKazimir\u00a0Malevich. \u201cQora kvadrat\u201d. Bir qaraganda, oppoq qog\u2018ozni qora bo\u2018yoq bilan bo\u2018yab qo\u2018ygandek. Yosh bola ham chizaveradi-ku! Dunyo san\u2019at shinavandalari nimasiga buncha hayratga tushadi? Falon million dollarga sotib oladi? Qora rang hayotga ko\u2018proq razm solishga majbur qiladi. Unga qarab, hamma o\u2018z hayotini o\u2018ylaydi, o\u2018tib ketgan umrga seki-i-i-n qayrilib qaraydi, mushohada yuritadi. Ko\u2018zni berkitib mushohada qilish ko\u2018zni ochib mushohada qilishdan ko\u2018proq samara beradi. Shuning uchun qora rangda ma\u2019no ko\u2018proq. Oq rang \u2013 sho\u2018xchanlik, shodlik, qora rangda esa mulohazakorlik, diqqat qilish ko\u2018proq. Hayot \u2013 ranglar simfoniyasidan iborat. Bitta oq yoki qora rang bilan hayot juda zerikarli bo\u2018lardi\u201d.<\/p>\n<p>Bu kabi topilmalarni har kim topa oladimi? Juz\u2019iy voqelik, ishoradan ma\u2019no chiqara oladimi?<\/p>\n<p>\u2013 Ijodkorga hamisha nima kerak?<\/p>\n<p>\u2013 Ijodiy sharoit kerak. Bu sharoitni jamiyat yaratadi, ijodkorning oilasi, o\u2018zi yaratadi. Ijodkorni kayfiyat kishisi\u00a0deydilaru, lekin ijodkor qachon kayfiyatim yaxshi bo\u2018ladi deb o\u2018tirsa, ish orqaga cho\u2018zilib ketadi. Masalan, o\u2018zim kayfiyat yaxshi bo\u2018lganda, o\u2018tirib, rohat qilib yozaman. Ba\u2019zan jahl, ba\u2019zan zarda bilan yozasiz. Ba\u2019zan betoblikda, tushkunlikda yoziladi\u2026<\/p>\n<p>Xurshid Do\u2018stmuhammad yolg\u2018izlikka, tinchlikka, sokinlikka moyil odam. Qiy-chuv, dabdabani, bazmi-jamshidni ko\u2018p ham xushlamaydi. \u201cMen bunday davralarda odamni emas, olomonni ko\u2018raman, \u2013 deydi u. \u2013 Shoshgan odamlar, fikrlamayotgan odamlar\u2026 Dunyoning o\u2018zi shiddatli tezlikning qurboniga aylanib turibdi. Ayni shunday pallalarda Kafka, M.Prust, J.Joys, G.Markes biz \u2013 shoshayotgan odamlarni tog\u2018dek mashinami, tankmi bo\u2018lib, yelkamizdan ushlab to\u2018xtatib turadi. \u201cShoshma, odamzod, shoshma!\u201d deya. Temur Po\u2018latov, anglangan daqiqalarnigina umr, deydi\u201d.<\/p>\n<p>\u2013 Armonlarimdan biri \u2013 musiqiy asboblardan, hech qursa, birini chalishni o\u2018rganmaganim, \u2013 deydi sevimli adibimiz suhbatlaridan birida. \u2013 Musiqa didni tarbiyalaydi, orom beradi, junbishga keltiradi. Musiqani tushunmagan odam ko\u2018p narsalardan bebahra qolib ketadi. Har bir asarni hali yaralmasidan o\u2018z ohangi, musiqasi bo\u2018ladi. Mana, \u201cYolg\u2018iz\u201d asarim \u201cCho\u2018li iroq\u201d sadolari ostida yaratilgan.<\/p>\n<p><em>Charxpalagim charxpalak,<\/em><\/p>\n<p><em>Aylanasan muloyim.<\/em><\/p>\n<p><em>To\u2018xtatolmay men halak,<\/em><\/p>\n<p><em>Yurgizganmi Xudoyim.<\/em><\/p>\n<p>Bu qo\u2018shiq esa \u2013 Xurshid Do\u2018stmuhammad hayotining serenadasi. U hayot manzarasini ham, mohiyatiyu hikmatini ham charxpalakda deb biladi. Charxpalakni yaxshi ko\u2018radi. Uning falsafasicha, hayot tinimsiz harakatdan iborat. Bu harakatning boshi ham, oxiri ham yo\u2018q. Charxpalak \u2013 eng dono, eng donishmand. O\u2018zbek mehnatkashiga, o\u2018zbek dehqoniga o\u2018xshaydi. Tinim bilmas, g\u2018ichir-g\u2018ichir qilib, mashaqqat bilan aylanaveradi. Shunisi bilan unda donolik, ko\u2018hnalik, abadiyat ramzi bor.<\/p>\n<p>\u201cDunyoda ko\u2018ngilni, vijdon, oriyatni sotmay, inson bo\u2018lib qolmoqlikning iloji bormi? Sharti, siri nimada?\u201d deya ko\u2018p o\u2018ylayman. Javobni umri ibrat olsa arzigulik insonlar o\u2018gitidan qidiraman. \u201cHayotimni o\u2018zgartirib yuborgan, jiddiy ta\u2019sir ko\u2018rsatgan kitob \u2013 \u201cOdob-axloq go\u2018zalligi\u201d bo\u2018lgan, \u2013 deydi axloq-odobi chindan ham go\u2018zal Xurshid Do\u2018stmuhammad. \u2013 Bu kitob talabalikning 3-4-bosqich paytlarida qo\u2018limga tushgan. Rus tilida edi. Men uni \u201cFarosat kitobi\u201d, \u201cNazokat kitobi\u201d degan bo\u2018lardim. O\u2018qib chiqqach, boshqacha odam bo\u2018lishim kerak, degan talab qo\u2018yganman o\u2018zimga. Yotoqxonadagilarga zo\u2018rlab, majburlab o\u2018qitganman o\u2018sha kitobni. Uchratganki insonimni o\u2018sha mezonlarga solamanu, ha endi shunaqa\u00a0ekanmiz-da, deb qo\u2018yaman. Xafa bo\u2018lib ketaman. Imkonim bo\u2018lsa, shu kitobni o\u2018zbek tiliga tarjima qilib, har bir kelinning sepiga qo\u2018shib qo\u2018yardim\u201d.<\/p>\n<p>Yozuvchi inson fe\u2019lidagi salbiy illatlardan hayratlana-siqila ko\u2018p asarlar yaratdi: \u201cJajman\u201d, \u201cBozor\u201d, \u201cDonishmand Sizif\u201d, \u201cChayongul\u201d, \u201cBeozor qushning qarg\u2018ishi\u201d, \u201cNusxakashning merosxo\u2018ri\u201d, \u201cOromkursi\u201d\u2026 Noinsof, muttaham insonlar bilan bir umr murosa qilolmadi, yulg\u2018ich, beorlarning yuziga tupurdi, yo\u2018liga yurmadi\u2026<\/p>\n<p>Xurshid Do\u2018stmuhammad haqida uning o\u2018zi gapiradi. Ijozatingiz bilan xulosani o\u2018zingizga qoldiraman, ustoz!<\/p>\n<p>\u201cHar inson o\u2018zicha bir tilsim, o\u2018zicha bir roman. Ana shu romanni qayta-qayta o\u2018qigim keladi. \u201cO\u2018tkan kunlar\u201dniki yigirma martalab o\u2018qib tushunmasangiz, bir odamni qachon tushunasiz?! Yaxshi deyishingiz mumkin, jahli tez, mehribon deyishingiz mumkin\u2026 bu hali hammasimas. Qalbiga kirib boraversangiz, turli holatlarda o\u2018rganaversangiz, yangi-yangi qirralarini kashf etaverasiz\u2026\u201d.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>SEVARA ALIJONOVA \u2013 Ijod siz uchun nima? \u2013 auditoriyada savol yangradi. \u2013 Mashaqqatli mehnat, iztirob, dard, huzur, ehtiyoj\u2026 o\u2018ttiz besh xil javob aytildi. Ammo savol egasining javobi bir umrga xotirimda muhrlanib qoldi: Ijod, bu \u2013 mubtalolik! Ixcham, o\u2018rta bo\u2018y, soch-soqoliga qirov qo\u2018ngan, yuzidan hamisha nur yog\u2018ilib turadigan bu inson auditoriya eshigidan xatlashi bilanoq, xonaga quyosh [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":481,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[31,26],"tags":[],"class_list":{"0":"post-479","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-bosh-sahifa","8":"category-portret-esse"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/479","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=479"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/479\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":482,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/479\/revisions\/482"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/481"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=479"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=479"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=479"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}