{"id":476,"date":"2026-01-05T16:42:00","date_gmt":"2026-01-05T11:42:00","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=476"},"modified":"2026-01-05T16:42:00","modified_gmt":"2026-01-05T11:42:00","slug":"koprik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=476","title":{"rendered":"Ko\u2019prik"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>SAMANDAR SODIQOV<\/strong><\/p>\n<p>Shafaq. Osmon rangsizlanib, o\u2018zidan voz kechayotgan, go\u2018yo tabiat ham bugun yashash majburiyatidan charchagandek ko\u2018rinardi. Shahar tomlari ustida sukunat osig&#8217;liq. Bu shunchaki jimlik emas, balki ichida aytilmagan qop-qop gaplarni ko\u2018tarib yurgan og\u2018ir, horg&#8217;in yo&#8217;lovchini eslatardi. U shu sukunat ichida turardi.<\/p>\n<p>Atrof tumonat odam. Shoshgan, jag&#8217;i jag&#8217;iga tegmay gapirayotganu qiyqirib o&#8217;ynoqlagan olomon. Ammo bu harakatlar unga soyalar raqsiyu dala qo&#8217;riqchisidan bo&#8217;lak ma&#8217;no kasb etmasdi. Hamma uning yonidan turtib, shoshib o&#8217;tar, biroq bir og&#8217;iz gapni ep ko&#8217;rmasdi. U qulay edi. Savol bermas, talab qilmasdi. O\u2018z dardini birovning jasadiga ilmasdi. Jamiyat bunday sukutni yoqtiradi. Vijdonni bezovta qilmaydi. U doim shunday bo\u2018lgan.<\/p>\n<p>Bolaligidan beri u ortiqcha bo\u2018lib kelgan. Na juda aqlli, na juda ahmoq. Na juda baxtli, na mutlaqo baxtsiz. Jamiyat sevib qabul qiladigan aniq shaklga tushmagan. Odamlar bunday insonlarni yoqtirmaydi, ular oynadagi siniq aksga o\u2018xshaydi: qarasang, buzuq aksingni ko\u2018rasan.<\/p>\n<p>U o\u2018n yetti yoshida do\u2018kon oldidagi o&#8217;rindiqda bir soat o\u2018tgan-ketganni sanab o&#8217;tirgandi. Yuz oltinchi odamdan keyin uyiga jo&#8217;nagan. Hech kim uning na o&#8217;tirganini, na ketganini payqagan. U esa yuz olti kishining yuzini aniq-tiniq eslaydi. Hali hamon.<\/p>\n<p>U &#171;uzoq yashasam, balki bu holatdan chiqib ketarmidim&#187; derdi. Balki vaqt uni ham silliqlab, &#171;hamma qatori&#187;ga aylantirarmidi. Ammo ichida bir o\u2018y g\u2018ujg\u2018on aylanar, u suyaklarigacha singib ketgan: &#171;Men uzoq yashamayman&#187;.<\/p>\n<p>Bu qo\u2018rquv emas, sezim edi. Ba&#8217;zi odamlar taqdirni oldindan o\u2018qiy biladi, lekin uni o\u2018zgartirishga urinmaydi.<\/p>\n<p>Ba&#8217;zan ko\u2018kragini bosib turgan og\u2018irlikdan nafas ololmay qolardi. Xuddi yuragi pastga osilib qolgandek. O\u2018sha paytlarda u faqat bir narsani xohlardi: yurakka eng yaqin joyda bo\u2018lishni. Yurak urishini eshitgan odam hali tirikligini biladi. Yurak urishini eshitgan odam hali umid borligiga ishongisi keladi.<\/p>\n<p>Lekin u buni hech kimdan so\u2018ramadi. Aksincha, u ertalab quvvatlagichga telefonni ulaganini esladi. Nima uchun? Bilmadi. Shunchaki instinkt.<\/p>\n<p>Uni hech kim payqamasdi. Hatto yonidan yillar davomida birga o\u2018tganlar ham. Ularning barchasi uning tashqi qobig\u2018ini ko\u2018rgan, ichidagi muzlab qolgan bo\u2018shliqni esa sezmagan. Odamlar ko\u2018pincha shunday, ular tabassumingni tamg\u2018a deb qabul qilishadi. Jilmaydingmi, demak baxtlisan. Ammo ichkarida butunlay boshqa manzara.<\/p>\n<p>U tashqarida yasholmasdi, ichiga berkinib olgan, ammo ichidan asta-sekin bo&#8217;laklanib borardi. Har kuni oz-ozdan. Har tong uyg\u2018onarkan, yashash sirtmog\u2019ini bo\u2019yniga ilardi. Jamiyat o\u2018lishni kechirmaydi, azoblanib yashash esa oddiy hol.<\/p>\n<p>Unga ishonishmadi.<\/p>\n<p>\u2013 Senga o\u2018xshaganlardan nima chiqadi?!<\/p>\n<p>Bu savol emas, hukm edi. Va bu hukm vaqt o\u2018tib haqiqatga do\u2019nib bordi. Inson takror eshitgan gapga ishonmaslikdan o\u2018zga chora topolmaydi.<\/p>\n<p>Shunga qaramay, uning ichida bir isyon yashardi. Bu kuch emasdi. G\u2018urur ham emas. Bu shunchaki so\u2018nggi instinkt, cho\u2018kayotgan odamning suv yuziga chiqishga urinishi kabi. U o\u2018ziga bitta sabab topib yashardi. Agar shu sabab bo\u2018lmaganda, ehtimol, u allaqachon bu manzarada yo\u2018q bo\u2018lib ketgan bo\u2018lardi.<\/p>\n<p>Tun tushdi. Ko\u2018prik ustida shamol to\u2018xtovsiz esardi. Pastda suv oqardi \u2013 sokin, befarq, o\u2018z yo\u2018lidan og\u2018ishmay. Ko\u2018prik temirlari sovuq edi. Bu sovuqlik tashqaridan emas, ichkaridan kelayotgandek tuyulardi. U pastga qaradi. Suv qorong\u2018i edi. Unda na aks, na javob bor edi. Faqat oqim.<\/p>\n<p>U osmonga qaradi. Yulduzlar befarq. Ammo bu befarqlik endi uni ranjitmadi. Chunki u allaqachon tushunib bo\u2018lgan: tabiat tushuntirmaydi, u faqat mavjud. Inson esa ma&#8217;no izlaydi. Va aynan shu izlash uni charchatadi.<\/p>\n<p>U qimirlamadi, qochmadi.<\/p>\n<p>Qaror qabul qildi, tamom.<\/p>\n<p>Oniy lahza. Juda qisqa. Ammo juda chuqur. Go\u2018yo vaqt o\u2018zini unutib qo\u2018ygandek.<\/p>\n<p>Keyin shahar yana o\u2018z hayotiga qaytdi. Mashinalar g&#8217;izillagan. Chiroqlar yoniq. Suv esa hamon oqmoqda.<\/p>\n<p>Ertasi kuni tong odatdagidek otdi. Quyosh chiqdi, osmon moviy rangda. Shahar kechagi jimlikni eslamadi. Hech qachon eslamaydi ham.<\/p>\n<p>Telefon jiringladi.<\/p>\n<p>Uzoq vaqtdan beri xavotir olib yurgan bir odam edi bu. Ovozi ehtiyotkor, savoli qo\u2018rquv aralash yangradi:<\/p>\n<p>\u2013 Ahvoling yaxshimi?<\/p>\n<p>\u2013 \u2026<\/p>\n<p>Telefon yana jiringladi. Yana. Yana. Har qo\u2018ng\u2018iroq havoda osilib qolgan savolga o\u2018xshardi. Go\u2018shak esa jim. Bu jimlik kechagisidan ham og\u2018irroq. Kechagi jimlik ichkarida, bugungisi atrofni egallagan.<\/p>\n<p>U payt telefon egasi allaqachon boshqa holatda oqib borardi. Sovuqni ham, og\u2018irlikni ham sezmasdi. Tanasi xuddi uzoq vaqt yashab, oxiri egasiz qolgan uy singari unga begona bo\u2018lib ulgurgan. Suv esa beparvo uning jonsiz tanasini olib ketardi. Ayblamasdan, javob kutmay so&#8217;nggi manzil tomon eltardi.<\/p>\n<p>U kim edi?<\/p>\n<p>Gazeta sarlavhalariga noloyiq. Tobutga yoziladigan izoh ham yo\u2018q . U shunchaki yigirma to\u2018rt yoshli navqiron edi. Ismi bo\u2018lgan. Ovozi ham. Ichi aytilmagan gaplarga to\u2018la. Ammo endi u aniq holatga sig\u2018mas, tirik yoki yo\u2018qligini hech kim bilmasdi. Ba&#8217;zi odamlar hayotdan ketmaydi, ular shunchaki yo\u2018qoladi.<\/p>\n<p>Telefonning ovozi tindi. Savollar javobsiz qoldi.<\/p>\n<p>Shahar yashashda davom etdi. Ko\u2018prik o\u2018z vazifasini bajardi. Suv oqdi. Kun o\u2018tdi. Ammo o\u2018sha kundan boshlab nimadir o&#8217;zgargandi \u2013 ko\u2018rinmas, nomlanmas mavhumlik. Ba&#8217;zan inson ketgach, uning o\u2018rnida jasad emas, bo\u2018shliq qoladi.<\/p>\n<p>Va eng qo\u2018rqinchlisi shuki, bu bo\u2018shliq vaqt o\u2018tib odatiy holga aylanadi.<\/p>\n<p>U esa bir paytlar shu dunyoda bo\u2018lgan. Juda sokin, juda chuqur.<\/p>\n<p>Ehtimol barini o\u2018zi ila olib ketgan chiqar&#8230;<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>SAMANDAR SODIQOV Shafaq. Osmon rangsizlanib, o\u2018zidan voz kechayotgan, go\u2018yo tabiat ham bugun yashash majburiyatidan charchagandek ko\u2018rinardi. Shahar tomlari ustida sukunat osig&#8217;liq. Bu shunchaki jimlik emas, balki ichida aytilmagan qop-qop gaplarni ko\u2018tarib yurgan og\u2018ir, horg&#8217;in yo&#8217;lovchini eslatardi. U shu sukunat ichida turardi. Atrof tumonat odam. Shoshgan, jag&#8217;i jag&#8217;iga tegmay gapirayotganu qiyqirib o&#8217;ynoqlagan olomon. Ammo bu harakatlar [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":477,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[26,22],"tags":[],"class_list":{"0":"post-476","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-portret-esse","8":"category-psixologik"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/476","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=476"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/476\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":478,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/476\/revisions\/478"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/477"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=476"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=476"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=476"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}