{"id":473,"date":"2026-01-03T15:27:47","date_gmt":"2026-01-03T10:27:47","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=473"},"modified":"2026-01-03T15:27:47","modified_gmt":"2026-01-03T10:27:47","slug":"ayollar-uchun-kasblar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=473","title":{"rendered":"Ayollar uchun kasblar"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>VIRJINIYA VULF<\/strong><\/p>\n<p>Kotibangiz meni bu yerga taklif etar ekan, jamiyat ayollarining mehnat bilan band bo\u2018lish masalalari bilan shug\u2018ullanishini aytdi va mendan o\u2018zimning kasbiy tajribalarim haqida so\u2018zlab berishimni so\u2018radi. Rost, men ayolman; rost, men mehnat qilaman; lekin qanday kasbiy tajribalarim bor? Buni aniq aytish oson emas. Mening kasbim \u2013 adabiyot. Bu sohada (sahna san\u2019atidan tashqari) ayollar uchun o\u2018zlariga xos tajribalar boshqa sohalarga nisbatan ancha kam. Chunki bu yo\u2018l mendan ancha oldin Fanni Byorni, Afra Ben, Harriyet Martino, Jeyn Ostin, Jorj Eliot kabi mashhur adibalar, hozir ismlari unutilgan, ammo o\u2018z vaqtida qalam tutgan ko\u2018plab boshqa ayollar tomonidan ochilgan. Ular men uchun yo\u2018lni yumshatib, iz qoldirib ketganlar. Shuning uchun yozishni boshlaganimda moddiy yoki ma\u2019naviy to\u2018siqlar yo\u2018q edi. Yozish obro\u2018li va bezarar mashg\u2018ulot sanaladi. Qalamning tiqirlashi oila tinchligini buzmaydi. Oila byudjetidan pul ham so\u2018ramaydi. Hatto o\u2018n shillingu olti penniga Shekspirning barcha asarlarini yozishga yetadigan qog\u2018oz sotib olish mumkin, agar kishida shunday istak bo\u2018lsa, albatta. Yozuvchi bo\u2018lish uchun pianinolar, modellar, Parij, Vena va Berlinga sayohatlar, ustozlar yoki murabbiylar shart emas. Ana shu arzon qog\u2018oz ayollar nima uchun boshqa sohalarda emas, avvalo yozuvchilikda muvaffaqiyat qozonganining asosiy sababidir.<\/p>\n<p>Endi o\u2018z hikoyamni so\u2018zlab bersam: u juda oddiy. Tasavvuringizga shunday bir manzarani keltiring: qo\u2018lida qalam tutgan bir qiz yotoqxonada o\u2018tiribdi. U qilishi lozim bo\u2018lgan yagona ish \u2013 qalamni soat o\u2018ndan birgacha qog\u2018oz ustida chapdan o\u2018ngga harakatlantirish, xolos. Shundan keyin u juda jo\u2018n va kamchiqim bir yumush qilishni o\u2018ylab topdi: yozilgan sahifalardan bir nechtasini konvertga soldi, burchagiga bir pennilik marka yopishtirdi va uni ko\u2018chadagi qizil pochta qutisiga tashladi. Mana shunday qilib, men jurnalist bo\u2018ldim. Va bu mehnatim juda tez mukofotlandi, keyingi oy men uchun beqiyos bir quvonchli kunda muharrirdan xat oldim. Xat bilan birga bir funt o\u2018n shillingu olti pennilik chek bor edi. Biroq sizga kasbli ayol sifatida hayotim qanchalik yengil bo\u2018lganini, shunday hayot kechirgan ayollar duch keladigan qiyinchiliklardan qay darajada bexabar ekanimni ko\u2018rsatish uchun bir narsani tan olishim kerak: men o\u2018sha pulni non, yog\u2018, uy ijarasi, poyabzal yoki go\u2018sht uchun emas, balki boshqacha narsaga \u2013 mushuk sotib olishga ishlatdim. Yoqimtoy fors zotli bir mushuk. Ammo u tez orada qo\u2018shnilar bilan o\u2018rtamizda jiddiy nizolar chiqishiga sabab bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Nima oson bo\u2018lishi mumkin edi \u2013 maqolalar yozish va ulardan tushgan foydaga fors mushuklari sotib olishdan boshqa? Lekin bir daqiqa. Maqolalar haqida gapirishim kerak-ku. Mening maqolam, eslashimcha, mashhur bir erkak yozgan roman haqida edi. Bu taqrizni yozayotgan chog\u2018imda shunga amin bo\u2018ldimki, agar kitoblar haqida yozishni xohlasam, mavhum soyadagi bir kimsa bilan jang qilishimga to\u2018g\u2018ri kelardi. Bu soya \u2013 bir ayol edi, yaxshiroq taniganim sari uni mashhur bir she\u2019r qahramoni nomi bilan atadim \u2013 \u201cUy farishtasi\u201d. Har safar qog\u2018ozni qo\u2018limga olganimda, u men bilan qog\u2018oz orasiga tushardi. U meni bezovta qilardi, vaqtimni yo\u2018qotardi, shunchalik azob berardiki, oxiri men uni o\u2018ldirdim. Sizlar keyingi, baxtliroq avlod vakillari ehtimol, u haqda eshitmagansiz. Balki \u201cUy farishtasi\u201d deganda nimani nazarda tutganimni ham bilmassiz. Qisqacha aytaman. U beqiyos darajada hamdard edi. U go\u2018zal edi. U mutlaqo fidoyi edi. U oilaviy hayotning murakkab san\u2019atlarini mukammal egallagan edi. U har kuni o\u2018zini qurbon qilardi. Agar dasturxonda tovuq bo\u2018lsa, u oyog\u2018ini tanovul qilardi; agar xonada yelvizak essa, u aynan o\u2018sha yerda o\u2018tirardi. Qisqasi, u shunday yaratilganki, hech qachon o\u2018z fikri yoki xohishiga ega bo\u2018lmasdi, balki har doim boshqalarning istaklariga hamdard bo\u2018lishni afzal ko\u2018rardi. Eng avvalo, buni aytish shart emasdir, u sof edi. Uning pokligi asosiy go\u2018zalligi hisoblanardi: yuzi qizarishi uning buyuk nafisligi edi. Viktorian davrining oxirlarida har bir uyning o\u2018z farishtasi bo\u2018lar edi. Va men yozishni boshlaganimda aynan birinchi satrlarimdanoq uni uchratdim. Uning qanotlari soyasi sahifamga tushdi; xonada uning yubkalari shitirlaganini eshitdim. Aniqrog\u2018i, mashhur bir erkak yozuvchining romanini ko\u2018rib chiqish uchun qalamni qo\u2018limga oldimmi, u orqamdan suzilib kirib shivirladi: \u201cAjab-o, sen yosh ayolsan. Bir erkak tomonidan yozilgan kitobni tahlil qilyapsan. Hamdard bo\u2018l; muloyim bo\u2018l; maqta; alda; jinsingning barcha san\u2019at va makkorliklarini qo\u2018lla. Hech kim o\u2018z fikring borligini anglamasin. Eng muhimi, sof bo\u2018l.\u201d Va u qalamimni boshqarmoqchi bo\u2018lganday harakat qildi. Men esa hozir sizlarga o\u2018zim faxrlanadigan bir amalni aytaman, garchi bu sharaf aslida menga muayyan miqdorda meros qoldirgan buyuk va oqil ajdodlarimga tegishli bo\u2018lsa-da. Deylik, bu yillik besh yuz funt atrofidagi daromadim edi. Shu bois tirikchilik qilish uchun o\u2018z jozibamgagina suyanishga muhtoj emas edim. Men u tomonga o\u2018girilib bo\u2018g\u2018zidan ushlab oldim. Uni o\u2018ldirishga bor kuchim bilan urindim. Agar sud oldida aybim so\u2018ralsa, o\u2018zimni o\u2018zim himoya qilishga uringanimni aytar edim. Agar uni o\u2018ldirmaganimda, u meni o\u2018ldirgan bo\u2018lardi. U maqolamning yuragini sug\u2018urib olardi. Chunki angladimki, qalamni qog\u2018ozga tekkizishim bilanoq roman haqidagi tanqidni o\u2018z fikringsiz yozib bo\u2018lmaydi, inson munosabatlari, axloq, jins haqida haqiqat deb bilganingni bayon qilmasdan bo\u2018lmaydi, deb o\u2018ylardim. Ammo \u201cuy farishtasi\u201d deb atalgan o\u2018sha mavhum ayolning ta\u2019limotiga ko\u2018ra, ayol kishi bu haqda erkin va ochiq yoza olmaydi; u go\u2018zal bo\u2018lishi, murosali bo\u2018lishi, to\u2018g\u2018risini aytganda, muvaffaqiyat qozonish uchun yolg\u2018on gapirishi kerak. Shuning uchun uning qanoti soyasi sahifamga tushganini his qilsam, siyohdonni olib u tomon otar edim. U osonlikcha o\u2018lmadi. Uydirma tabiati unga katta kuch bergandi. Chunki mavhumotni o\u2018ldirish tirik jonnikidan ko\u2018ra ancha qiyin. Men uni butunlay yo\u2018q qildim, deb o\u2018ylagan lahzamda ham yana sekingina qayta paydo bo\u2018lardi. Garchi oxir-oqibat uni yengdim, deb o\u2018zimga tasalli bersam-da, bu jang og\u2018ir kechdi; u mening juda ko\u2018p vaqtimni olib qo\u2018ydi: o\u2018sha vaqtni yunon tili grammatikasini o\u2018rganishga yoki sarguzasht izlab dunyo kezishga sarflashim mumkin edi. Lekin bu haqiqiy tajriba edi; bu o\u2018sha davrdagi har bir ayol ijodkor boshidan kechirishi tabiiy bo\u2018lgan jarayon edi. \u201cUy farishtasi\u201dni o\u2018ldirish adibalar mehnatining bir qismi edi.<\/p>\n<p>Keling, hikoyamni davom ettiray. Farishta o\u2018ldi; endi nima qoldi? Siz aytasizki, faqat jo\u2018n va odatiy manzara qoldi \u2013 qo\u2018lida siyohdoni bor yosh ayol xonada o\u2018tiribdi, xolos. Ya\u2019ni u yolg\u2018onlardan xalos bo\u2018lgach, endi faqat o\u2018zi qolishi kerak edi. Lekin \u201co\u2018zi bilan o\u2018zi bo\u2018lish\u201d nima degani? Ya\u2019ni, ayol nima o\u2018zi? Rostini aytsam, bunga javobni bilmayman. Siz ham bilmasangiz kerak, deb o\u2018ylayman. Hatto, menimcha, hech kim bilolmaydi, to ayol o\u2018zini inson qobiliyati yetadigan barcha san\u2019at va kasblarda ifoda etmaguncha. Ana shundan kelib chiqib, men bu yerga hurmat ila keldim: chunki sizlar o\u2018z tajribalaringiz bilan bizga \u201cayol nima\u201dligini ko\u2018rsatyapsiz; o\u2018z muvaffaqiyat va xatolaringiz bilan bizga juda muhim bir narsani \u2013 ayolning haqiqiy mohiyatini anglash imkonini beryapsiz.<\/p>\n<p>Endi kasbiy tajribalarim haqidagi gapimni davom ettiraman. Ilk taqrizim orqali bir funt o\u2018n shillingu olti penni pul ishladim va bu pulga fors mushugi sotib oldim, dedim. Keyin menda havas uyg\u2018ondi. Fors mushugi yomon emasu, lekin yetarli emas. Menda mashina bo\u2018lishi kerak. Shu tarzda romannavis bo\u2018ldim, zero, bu juda ajib holat: shunchaki hikoya aytib bersangiz, odamlar sizga mashina berishi mumkin. Yanada g\u2018alati narsa shuki, dunyoda hikoya so\u2018zlashdek lazzatli narsa yo\u2018q. Bu mashhur romanlarga taqriz yozishdan ko\u2018ra ancha zavqli. Ammo agar kotibangizning so\u2018ziga itoat etib, sizni romannavis sifatidagi tajribalarim bilan tanishtirmoqchi bo\u2018lsam, unda boshimdan kechgan noodatiy bir voqeani ham aytib berishim kerak bo\u2018ladi. Uni to\u2018liq anglash uchun esa avval romannavisning ruhiy holatini tasavvur qilishingiz lozim. Buni aytsam, kasbiy sirni oshkor etmasman deb umid qilaman: romannavisning eng katta orzusi mumkin qadar o\u2018z ongidan voz kechishdir. U o\u2018zini doimiy harakatsizlik, latif uyqu holatiga solishi kerak. U hayot jimjit va tartibli kechishini xohlaydi. U bir xil yuzlarni ko\u2018rishni, bir xil kitoblarni o\u2018qishni, bir xil ishlar bilan shug\u2018ullanishni xohlaydi, kundan-kunga, oydan-oyga shunday tinch va o\u2018zgarishsiz hayot kechirishni orzu qiladi. Chunki aynan shundagina u yashayotgan illyuziya buzilmaydi; hech narsa uning ongini bezovta qilmaydi, u tasavvur deb atalmish uyatchan, qochqoq, biroz sirli ruhning yurish-turishlarini, sezimlarini, to\u2018satdan kelgan ilhom va kashfiyotlarini shovqinsiz kuzatishi mumkin bo\u2018ladi. Menimcha, bu holat erkak va ayol yozuvchilar uchun bir xildir. Qanday bo\u2018lmasin, sizdan so\u2018rayman: meni roman yozayotgan, go\u2018yo trans holatidagi ayol sifatida tasavvur qiling. Qo\u2018lida qalam tutib, uzoq daqiqalar, hatto soatlab uni siyohga botirmagan ayolni ko\u2018z oldingizga keltiring. Bu ayol haqida o\u2018ylasam, ko\u2018z oldimda chuqur ko\u2018l sohilida yotgan, qo\u2018lida ilgichli qarmoq tutgan, orzularga cho\u2018mgan baliqchi gavdalanadi. U tasavvurini cheksiz harakatlantirar, ong tubidagi chuqurliklar, har bir g\u2018or va tosh ostidagi makonlarni erkin aylanar edi. Va shunda tajriba boshlandi. Bu holat, menimcha, ayol yozuvchilarda erkaklarga nisbatan ko\u2018proq uchraydigan holat. Qizning barmoqlari orasidan qarmoq ilgichi tezlik bilan chiqib keta boshladi. Uning xayoli otilib ketdi: u ong tubidagi eng yirik baliqlar uxlab yotgan chuqur go\u2018shalarni izlayotgan edi. Birdan tars etgan tovush eshitildi. Portlash yuz berdi. Ko\u2018l yuzasida ko\u2018pik va sarosima ko\u2018tarildi. Tasavvur borib, qattiq narsaga urilayotgan edi. Qiz tushdan uyg\u2018ondi. U chindan ham og\u2018ir va qaltis holatga tushgan edi. Agar buni obrazsiz aytsak, u nimanidir o\u2018ylab qoldi: tana haqida, tuyg\u2018ular va shahvat haqida, ayol kishi sifatida aytmog\u2018i mumkin bo\u2018lmagan narsalar haqida. Uning aqli shunday derdi: erkaklar bu so\u2018zlardan dahshatga tushadi. Ayolning o\u2018z tuyg\u2018ularini ochiq aytganidan keyin erkaklar u haqida nima derkin, degan o\u2018y uning ongini tinimsiz qiynay boshladi va shu bilan u ijodiy ongsizlik holatidan to\u2018la uyg\u2018ondi. Endi yozishning iloji yo\u2018q edi. Ilhom uzildi. Xayol parvozi tugadi. Menimcha, bu holat ayol yozuvchilar uchun juda tanish, ularni aksar vaqt jamiyatdagi erkaklar belgilab qo\u2018ygan chegaralar to\u2018xtatib qo\u2018yadi. Chunki erkaklar bu mavzu borasida o\u2018zlariga bemalol ruxsat berishadi, ammo ayni shu erkinlikni ayollarda ko\u2018rishsa keskin tanqid qilishlarini, hatto nazorat qilishga urinishlarini, menimcha, o\u2018zlari ham anglamaydi.<\/p>\n<p>Demak, bular mening chinakam tajribam edi. Kasbiy hayotimdagi ikki sayohat, ikki sinov. Birinchisi, \u201cuy farishtasini\u201d o\u2018ldirishni hal qildim, deb o\u2018ylayman. U mavh etildi. Ammo ikkinchisi, o\u2018z tanam, o\u2018z his-tuyg\u2018ularim haqidagi haqiqatni aytishni hanuz hal qila olmadim. Menimcha, hali hech bir ayol bu muammoni to\u2018liq yecholmagan. Uning yo\u2018lidagi to\u2018siqlar haligacha kuchli, ammo ularni ta\u2019riflash ham juda qiyin. Tashqaridan qaraganda, kitob yozishdan oson narsa yo\u2018qdek. Tashqaridan qaraganda, ayol uchun erkakdan ko\u2018ra ko\u2018proq to\u2018siq bordek ham ko\u2018rinmaydi. Ammo ichki dunyoda bu mutlaqo boshqacha. Ayol hali ham ko\u2018rinmas arvohlar bilan jang qilishi, ko\u2018p xurofotlar, adolatsiz qarashlar bilan kurashishi kerak. Rostdan ham, menimcha, ayol kishi kitob yozish uchun o\u2018tirganda, hech qanday arvoh bilan to\u2018qnashmay, hech qanday toshga urilib sinmay yozishigacha hali ancha vaqt kerak bo\u2018ladi. Agar shunday holat ayollar uchun eng erkin kasb bo\u2018lmish adabiyotda mavjud bo\u2018lsa, unda sizlar endi kirib borayotgan yangi kasblarda ahvol qanday ekin? Shu savollarni sizlarga bergim kelardi. Albatta, o\u2018z kasbiy tajribalarim haqida shunchalik urg\u2018u bilan so\u2018z yuritganimning sababi shundaki, men ishonaman, bu tajribalar, boshqacha shaklda bo\u2018lsa-da sizning tajribalaringiz hamdir. Yo\u2018l nomiga ochiq bo\u2018lgan taqdirda ham ayol kishi shifokor, huquqshunos yoki davlat xizmatchisi bo\u2018lishiga hech qanday rasmiy to\u2018siq yo\u2018qdek tuyulsa ham menimcha, uning yo\u2018lida hali ham ko\u2018plab arvohlar va ko\u2018rinmas to\u2018siqlar mavjud. Bu to\u2018siqlar haqida muhokama yuritish va ularni aniq ta\u2019riflash juda muhim va qimmatli vazifadir. Chunki faqat shundagina mehnatdagi qiyinchiliklar yengilishi mumkin. Ammo buning ustiga yana bir muhim narsa bor: biz qanday maqsad uchun kurashayotganimizni, bu dahshatli to\u2018siqlar bilan qanday manzil uchun kurashayotganimizni ham muhokama qilish lozim. Bu maqsadlarni o\u2018z-o\u2018zidan ma\u2019lum deb qabul qilish mumkin emas, ularni doimo qayta-qayta so\u2018roq qilib, tahlil qilib turish kerak. Mening nazarimda, bu holat tarixda ilk bor turli kasblarda faoliyat yuritayotgan ayollar orasida, mana shu zalda turib g\u2018oyat qiziqarli va juda muhim ahamiyatga ega holatdir. Sizlar hozirgacha faqat erkaklarga tegishli bo\u2018lgan uyda o\u2018zingizga xos xonalarda yashadingiz. Endi katta mehnat va sa\u2019y-harakat bilan bo\u2018lsa-da, ijara haqini to\u2018lay olasiz. Sizlar yiliga besh yuz funt ishlab topa olasiz. Ammo bu erkinlik faqatgina boshlanishi. Xona sizniki bo\u2018lishi mumkin, lekin u hali bo\u2018m-bo\u2018sh. Uni jihozlash kerak, bezash kerak, boshqalar bilan bo\u2018lishish kerak. Uni nima bilan jihozlaysiz? Qanday bezaysiz? Uni kimlar bilan va qaysi shartlar asosida bo\u2018lishasiz? Menimcha, bu eng muhim va qiziqarli savollardir. Chunki tarixda ilk bor sizlar bu savollarni o\u2018zingizga berish imkoniyatiga ega bo\u2018ldingiz; ilk bor ularga javobni ham o\u2018zingiz belgilay olasiz. Mamnuniyat bilan bu savollar va ularning javoblarini sizlar bilan muhokama qilgan bo\u2018lardim, lekin bu oqshom emas. Mening vaqtim tugadi va so\u2018zimni yakunlashim kerak.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong><em>Ingliz tilidan Nodirabegim Ibrohimova tarjimasi<\/em><\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>VIRJINIYA VULF Kotibangiz meni bu yerga taklif etar ekan, jamiyat ayollarining mehnat bilan band bo\u2018lish masalalari bilan shug\u2018ullanishini aytdi va mendan o\u2018zimning kasbiy tajribalarim haqida so\u2018zlab berishimni so\u2018radi. Rost, men ayolman; rost, men mehnat qilaman; lekin qanday kasbiy tajribalarim bor? Buni aniq aytish oson emas. Mening kasbim \u2013 adabiyot. Bu sohada (sahna san\u2019atidan tashqari) ayollar [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":474,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[24,27,30],"tags":[98,99,100,97],"class_list":{"0":"post-473","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-adabiy-esse","8":"category-avtobiografik-esse","9":"category-muharrir-tanlovi","10":"tag-ayollar","11":"tag-feminizm","12":"tag-nodirabegim-ibrohimova","13":"tag-virjiniya-vulf"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/473","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=473"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/473\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":475,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/473\/revisions\/475"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/474"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=473"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=473"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=473"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}