{"id":457,"date":"2025-12-13T14:50:29","date_gmt":"2025-12-13T09:50:29","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=457"},"modified":"2025-12-13T15:02:03","modified_gmt":"2025-12-13T10:02:03","slug":"xudoga-maktublar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=457","title":{"rendered":"Xudoga maktublar"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>HILOLA JO\u2019RAQULOVA<\/strong><\/p>\n<p>Ko\u02bbkka bulut chiqsa ikkita odam gunohkor bo\u02bblar ekan. Biri \u2013 yomg\u02bbir yog\u02bbadi degan, ikkinchisi \u2013 yomg\u02bbir yog\u02bbmaydi degan. Xudo biladi, degan odam haq bo\u02bblar ekan. Buni ammamdan bir necha marta eshitganman.<\/p>\n<p>Esimda, bola paytim katta otam kichkina mato (joynamoz) to\u02bbshab, namoz o\u02bbqirdi. Azon chaqirishlari ham esimda \u2013 Allohu akbar! Katta enam esa har kun uxlashdan avval aytib yotadigan kalimasini bizga ham yodlatgan.\u00a0 Albatta, bular nima uchun kerakligini so\u02bbraganmiz. Va sen haqingdagi ilk tasavvurlar o\u02bbsha paytlardan boshlangan.<\/p>\n<p>O\u02bbsha paytlar bilib-bilmay biror yomonroq ish qilib qo\u02bbysam, osmonga qarashdan qo\u02bbrqar edim. Chunki Xudo tepada kuzatib turibdi, degan gaplar-u, tepamda xudo bor, degan qasamlarni bir-ikki marta eshitgandim. Bola tasavvurimdan Xudo hamma vaqt, hamma yerda tepadan turib bizni kuzatadi, degan tushunchani chiqarib tashlolmas, shuning uchun kiyinayotgan paytim uyalar, yolg\u02bbiz qolgan paytim qo\u02bbrqar edim. Chunki doim meni taqib qilib yurganday tuyilar eding.<\/p>\n<p>O\u02bbsha paytlar eshitganlarimga ko\u02bbra sen hammadan buyuk, qudratli va yaratuvchi eding. Sen haqingda bu kabi gaplarni eshitar ekanman, odamlar nega Xudoga sen deb murojaat qiladi, degan savol sira tinchlik bermay qo\u02bbydi. Keyinchalik ma\u2019lum muddat seni sizlashga o\u02bbtdim. Har qalay bitta-yarimta gunohim kamayadi, deb o\u02bbylagandirman-da. Axir sen men uchun buyuk qo\u02bbrquv timsoli ham eding. Qo\u02bbrquv esa, sen berajak jazolarni o\u02bbylaganda kuchayib ketardi. Keyin yana qanday qilib senlashga o\u02bbtib olganimni eslolmayman.<\/p>\n<p>Hayotimda \u201cParvoz\u201d (tuman gazetasi huzuridagi) to\u02bbgaragining paydo bo\u02bblgani eng yaxshi voqealardan biri bo\u02bblsa kerak. U yerda yaxshi jurnalist, yaxshi ustoz va yaxshi akalar ishlar edi. Bir kuni Orif aka \u201cAlkimyogar\u201dni o\u02bbqishni tavsiya qildi. Bilasanmi\u2026 Uzr, bilasan\u2026 shu kitobni o\u02bbqigach sen haqda tasavvurlarim umuman o\u02bbzgardi. Endi sendan qo\u02bbrqish emas, nimalardir so\u02bbrash, so\u02bbraganda ham chin dildan so\u02bbrash kerakligini bilardim. Asarda Nyutonning butun olam tortishish qonuni sal boshqacharoq qilib tushuntirilganday tuyilgan. Lekin unda butun olam ruhi \u2013 Alloh ruhidir deyilgan edi. Tasavvurlarimni o\u02bbzgartirgan ham ayni mana shu gap.<\/p>\n<p>Oradan vaqtlar o\u02bbtib chin dildan xohlagan narsalarim ham amalga oshmagan kunlar bo\u02bbldi.\u00a0 Bu orada \u201cSo\u02bbna\u201dni o\u02bbqidim. Bildimki, odam o\u02bbziga muqaddas bo\u02bblgan narsalarni ham barbod qilishi, xudoga ishonmasligi mumkin ekan. Axir asar qahramoni sanamni sindirib tashlaydi. Asardagi bu parchani o\u02bbqish davomida ichimdan nimalar o\u02bbtgani faqat o\u02bbzimga va senga ayon. Doim xudoni katta harflar bilan yozgan bo\u02bblsam, endi kichik harflarda yoza boshlagandim. Ammo shunday bo\u02bblsa ham hech narsa o\u02bbzgarmagan edi.<\/p>\n<p>Olti yilcha avval tushimda she\u2019r yozganimni ko\u02bbrgan edim. Shu she\u2019rdan faqat bir qatorini eslab qololganman \u2014 kiprigida elanar navhalar. Umuman eshitmagan, o\u02bbqimagan so\u02bbzim qanday tushimga kirishi mumkinligini o\u02bbylab uyg\u02bbondim. Uyg\u02bbonganim hamon \u201cnavha\u201d degan so\u02bbzning ma\u2019nosini so\u02bbrab mumtoz adabiyotni yaxshi tushunadigan Alisher Sabriyga xabar yozdim. Chunki uning Navoiygacha tishi o\u02bbtadi. Sal o\u02bbtmay javob keldi \u2013 bunaqa so\u02bbz yo\u02bbq. Qiziq, hech qanday ma\u2019no anglatmasa, mavjud bo\u02bblmasa tushimda nima qiladi bu so\u02bbz. Oradan bir soatlar o\u02bbtgach Alisher akadan yana xabar keldi. U uyqusirab o\u02bbqigani uchun xabarni boshqacha o\u02bbqiganini, bu so\u02bbzning ma\u2019nosi ko\u02bbz yosh, yig\u02bbi ekanligini yozgan edi. Shu kun bir opam bilan ko\u02bbrishganda tushim haqida aytib berdim. U Ichimizda xudo bor, Hiloljon, dedi.\u00a0 Indamadim. Lekin ichimda &#171;Anal Haq&#187; deb qo\u02bbydim. Chunki \u201cAnal Haq\u201d men uchun ichimda haq bor, degan ma\u2019noni anglatadi.<\/p>\n<p>Bir kun qishloqqa borib ammamning qiziga bir mulla ro\u02bbmol o\u02bbrab yurish haqida gapirganini eshitdim. Ko\u02bbp o\u02bbtmay bir yangamga ham qo\u02bbshni qishlog\u02bbimizdagi qarindoshi shu mazmunda gapirganmish. Vaqti kelganda bular haqida Biroz asabiylashib ammamga aytib berdim. \u201cMullaning qo\u02bblida tatiurovkadi bor deyishadi, tatiurovka bilan qilgan tahorati o\u02bbtarmikan? Anavinisini-ku xotinini olib qochib ketyotganda boshqalarga o\u02bbrgatyotgan aqli qayerda bo\u02bblgan ekan\u201d, deb gapimga qo\u02bbshimcha qildim. Ammam ularning tavbasidan bexabar bunday dema, xudo bilan ularning o\u02bbrtasida nima borligini bilmaysan-ku, dedi. Jim bo\u02bbldim.<\/p>\n<p>Bu haqiqatan jim qiladigan javob edi. Shunday bo\u02bblsa ham ichimda \u201cunday bo\u02bblsa ular ham xudo bilan bandalarining orasiga tushmasin\u201d dedim.<\/p>\n<p>Ro\u02bbza kunlari edi. Ijtimoiy tarmoqlarda Xonzodabegim Jamolovaning olamdan o\u02bbtgani haqida xabarlar tarqaldi. Tanish-bilishlardan surishtirdim \u2013 qon bosimi tushib ketgan ekan. Ichimdan kuchli bir narsa toshib kela boshladi. Bu \u2013 savol, achinish, yig\u02bbi\u2026 hamma narsa edi. Deyarli o\u02bbzim tengi bo\u02bblgan qizning o\u02bblimi qattiq ta\u2019sir qildi. Bir haftacha o\u02bbzimga kelolmadim. Va shu bir hafta Xonzodaning<\/p>\n<p>\u201cXudo dedim, yarashamizmi,<\/p>\n<p>Bismillohir rahmoni rahim\u201d,<\/p>\n<p>degan misrasini takrorlab yurdim. O\u02bbshanda chindan ham senga yaqinroq bo\u02bblgim kelgandi.<\/p>\n<p>Bora-bora mendagi ma\u2019lumotlar rang-baranglashib, kengayib bordi. Shu bilan birga hayotimda ateist, deist va shunga o\u02bbxshash odamlar paydo bo\u02bbldi. Va ko\u02bbpchilik suhbatlarda gapni asosan din va xudoga olib borardim.<\/p>\n<p>Universitetda birinchi kursda o\u02bbqib yurgan paytlarim uchinchi kurslar bilan darsga kirdim. Chunki bu darsni va bu o\u02bbqituvchini xonadoshim tilidan tushirmay maqtardi. Fanning nomi axborot urushiga aloqador edi. Hozir nomini aniq eslolmayman. Xullas, darsda o\u02bbqituvchi diniy mavzularda gapirib o\u02bbtirar ekan. Men darsga kirgan paytimda ham shunday bo\u02bbldi. Bu safar u taqdir va duo bilan taqdirni o\u02bbzgartirish mumkinligini aytib berdi. Keyin o\u02bbqituvchiga savollar bera boshladim. Lavhul mahfuzda hamma narsa yozib qo\u02bbyilgan bo\u02bblsa, biz yerga kelib nima qilib yurganimiz, duo bilan taqdirni o\u02bbzgartirib bo\u02bblsa, Lavhul mahfuz nimaga kerakligi, kofirning ham taqdirini xudo bitib qo\u02bbygan bo\u02bblsa nega biz unga kofir deb qarashimiz kerakligi va shunga o\u02bbxshash gaplardan iborat edi savollarim. O\u02bbqituvchi bu savollarga hamin qadar javob berdi. Hamin qadarligi shundaki, ichimdagi hovur bosilmadi, isyon tinmadi. Aslida bu dars va o\u02bbqituvchidan ko\u02bbp narsa kutib kirmaganim haqida o\u02bbylab, o\u02bbzimni tinchlantirdim. Keyin o\u02bbqituvchining mavzusi birovning haqqiga xiyonat qilmaslikka burilib ketdi. Ichimda umuman boshqa fandan darsga kirib, boshqa narsalar haqida gapirib o\u02bbtirish ham birovning haqqiga xiyonat-ku, derdim. Chunki shu voqeadan bir-ikki oy avval bir o\u02bbqituvchi hatto svetoforning qizil chirog\u02bbidan o\u02bbtib ketish ham birovning haqqiga xiyonat, degan gapni aytgan edi.<\/p>\n<p>O\u02bbtgan yili vikipediadagi foydalanuvchi sahifamga kimdir ateist deb yozib ketibdi. Shu odamning kimligiga juda qiziqdim. Kimligini bilsam, ko\u02bbrishib ham olaman deb o\u02bbyladim o\u02bbzimcha. Axir, mening e\u2019tiqodim haqida mendan yaxshiroq biladigan odam bilan gaplashib, o\u02bbzimni qiynaydigan savollarga javob topishim kerak. Unga Xudosizning ham, dindorning ham, kofirning ham yaratuvchisi bitta ekanligini ham aytmoqchi edim.<\/p>\n<p>Osmonni bulut qoplabdi, xudo biladi hademay yomg\u02bbir yog\u02bbsa kerak.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>HILOLA JO\u2019RAQULOVA Ko\u02bbkka bulut chiqsa ikkita odam gunohkor bo\u02bblar ekan. Biri \u2013 yomg\u02bbir yog\u02bbadi degan, ikkinchisi \u2013 yomg\u02bbir yog\u02bbmaydi degan. Xudo biladi, degan odam haq bo\u02bblar ekan. Buni ammamdan bir necha marta eshitganman. Esimda, bola paytim katta otam kichkina mato (joynamoz) to\u02bbshab, namoz o\u02bbqirdi. Azon chaqirishlari ham esimda \u2013 Allohu akbar! Katta enam esa har [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":461,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[24,31,19],"tags":[54,94,93],"class_list":{"0":"post-457","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-adabiy-esse","8":"category-bosh-sahifa","9":"category-falsafiy","10":"tag-esse","11":"tag-hilola-joraqulova","12":"tag-xudoga-maktub"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/457","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=457"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/457\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":463,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/457\/revisions\/463"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/461"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=457"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=457"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=457"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}