{"id":452,"date":"2025-12-05T10:53:17","date_gmt":"2025-12-05T05:53:17","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=452"},"modified":"2025-12-05T10:53:17","modified_gmt":"2025-12-05T05:53:17","slug":"shoshayotgan-odam","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=452","title":{"rendered":"Shoshayotgan odam"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>ASHURALI JO\u2019RAVEY<\/strong><\/p>\n<p>Har qadamda shoshayotgan, shoshilayotgan odamga duch kelasiz. Ro\u2018parangizdan nuqul qayoqqadir shoshayotgan yo shoshilishga shay turgan odam chiqib qolaveradi, qolaveradi\u2026 U shoshib yoningizdan o\u2018taveradi, o\u2018taveradi\u2026 Siz esa hayron bo\u2018lib turaverasiz, turaverasiz\u2026<\/p>\n<p>Qay tomonga qaramang, shoshayotgan odamni ko\u2018rasiz. U turfa xayollar girdobiga g\u2018arq bo\u2018lib, atrofingizda yuguradi: yo taniysiz, yo tanimay qolasiz. Chunki yo\u2018lingizni kesib, ba\u2019zan to\u2018sib, ba\u2019zan turtib ketayotgan odam haqiqatdan ham qaygadir shamolday yelayotgan bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Darvoqe, ey odam bolasi, bunchalar qayoqqa shoshasan? Nega shoshasan? Nima uchun? Mening shoshilib berayotgan savollarim havoda varrakday osilib qoladi. Havoda. Ular haqiqatan ham yerdagi odamga yetib bormaydi.<\/p>\n<p>Shoshayotgan odam bu savollarni mutlaqo eshitmaydi. Eshitsa ham javob bergisi kelmaydi. Chunki ulardan biri shoshyapti, yana biri shoshilyapti, biri shoshmoqda, boshqasi shoshayotir, shoshib-shoshqaloqlik qilib noma\u2019lumlik sari ketayotir. Xayolingizga keltirsangiz, Gyote yozganidek: \u201cShoshqaloqlik \u2013 barcha adashishlarning onasi\u201d, ekan\u2026<\/p>\n<p>Sen ham odatdagiday erta tongda shoshib uyg\u2018onasan. Ko\u2018zlaringni ochasanu tok urganday shoshilib o\u2018rningdan turasan. Yoningda yotgan yoringga qayrilib yo yolchitib qaramaysan. U ham sen kabi shoshilib uyg\u2018onadi. Uyg\u2018onadiyu vannaga shoshadi. Azbaroyi shoshilganidan yuz-qo\u2018liga hatto suv tegmaydi. Tishlarini yuvishga ham ulgurmaydi. Sen kabi u ham ishga shoshayapti. Aslida, xotining bozorga oshiqayapti. Bozor ham zo\u2018r va gavjum ishxona-da! Xuddi korxonaday gavjum!<\/p>\n<p>Nonushta ham shoshilish notalari ostida o\u2018tadi. Og\u2018zingdagi ovqatni shoshib chaynaganingdan nima yeganingni ham bilmaysan. So\u2018ng, shoshib kiyinib, ko\u2018chaga otilasan. Va ko\u2018chani, yo\u2018laklarni to\u2018ldirib oshiqayotganlar safiga qo\u2018shilib, suvdagi baliqday \u201csuzib\u201d ketasan. Shoshayotganlar to\u2018dasi yana bir shoshqaloq bilan boyiydi, xolos.<\/p>\n<p>Uydan ishga, ishdan bozorga, bozordan bog\u2018chaga, bog\u2018chadan do\u2018konga, do\u2018kondan shifoxonaga, shifoxonadan dorixonaga, dorixonadan oshxonaga, oshxonadan boshqa\u2026 xonalarga shoshasan. Aslida, bozorga ham jonsarak borib, shoshqaloq o\u2018rdak kabi boshingni to\u2018kin rastalarga urib, arzonroq mahsulot izlaysan. Bozor qiziq: bittasi shoshib sotadi, bittasi shoshilib oladi. Lekin mashhur she\u2019rda aytilganidek, \u201cMolim yomon degan kimsani ko\u2018rmaysan\u201d. Sen faqat bozorda emas, balki yo\u2018lda, ko\u2018chada, bekatda, hatto tor yo\u2018lakda ham shoshib ketayotgan bo\u2018lasan. Turfa avtolarda, metroda shoshasan. Xudo asrasin, gavjum chorrahada, katta-kichik mashinalar suvday oqayotgan tig\u2018iz ko\u2018chalarda shoshasan. Ayt, yana qayoqqa shoshasan? Shoshqaloqliging boisi ne? Bundan maqsad nima o\u2018zi, birodar?<\/p>\n<p>Qayon ketmoqdasan, ey Allohning shoshqaloq bandasi? Nega sabr qilmaysan, qanoatni bilmaysan, shukrona aytmaysan?.. Birim ikki, ikkim o\u2018n, o\u2018nim yuz, yuzim ming, mingim esa million bo\u2018lsin, deb, halloslab chopasan, qoplab yig\u2018asan, yig\u2018ib aslo to\u2018ymaysan. Ochko\u2018z yuhoga o\u2018xshaysan. \u201cYeb to\u2018ymagan, yalab to\u2018yarmidi\u201d, degan naql borku xalqimizda! Daqiqalar, lahzalar, kunlar, oylar shoshib o\u2018tmoqda. Yillar ham poygachilar misol shoshayotir. Xuddi tob solingan soat millariday tez o\u2018tayotir. Go\u2018yo bularning barchasini vaqt kushandasi yutib yuborayotganday.<\/p>\n<p>Hoy, chopib ketayotgan odam, bir lahza to\u2018xta, nafas rostla, atrofingga boq. Aks holda, hovliqib ketayotib, o\u2018zingni bexosdan biror-bir devorgami, daraxtgami yoki temir panjaragami urib olasan. Eng yomoni, o\u2018zing kabi shoshib, shoshilib ketayotgan yana bir shoshqaloqqa urilasan. Bundan yo boshing yoriladi, yo peshonang g\u2018urra bo\u2018ladi, yo burning qonaydi\u2026<\/p>\n<p>Esingdami, beshikdan chopqillab tushganing?! Shundan buyon tinim, orom neligini bilmaysan. Shiddat bilan o\u2018tayotgan umring davomida, yelib-yugurib, chopib, oshiqib, shoshiqib qo\u2018lga kiritganing shu birgina aso bo\u2018ldimi? Butun umring davomida yelday shoshib erishganing shu bir quloch yog\u2018och bo\u2018ldimi? Hissiz, zabonsiz yog\u2018och?!.<\/p>\n<p>\u2026Nima, hayotning mazmuni faqat shoshilishdan, shoshqaloqlikdan iboratmi? Mundoq bir pas o\u2018tirib, qilayotgan ishlaring, o\u2018tayotgan umring haqida chuqurroq o\u2018ylab ko\u2018rdingmi, jiddiy bosh qotirdingmi? Jonsarakliging boisini tushunib yetdingmi? Chopachopdan, hansirab yugurishdan maqsad neligini bildingmi? Birov ota-onam, deydi, birov bola-chaqam, deydi, yana birov nabiramning holi ne kechadi, deb qayg\u2018uga botadi? Ularni dunyoga keltirgan alloh rizqini ham berar\u2026<\/p>\n<p>Zamon o\u2018zgarishlari shiddat bilan kechayotir. O\u2018tish davrining zalvorli g\u2018ildi\u00acraklari aslo tinmay aylanayotir. Obodlik avjiga chiqqan palla. Yurt bilan birga o\u2018zimiz ham, qalbimiz va turmush tarzimiz ham keskin o\u2018zgarib borayotir. Afsus\u00acki, \u201csholi kurmaksiz bo\u2018lmagandek\u201d, bu jarayonda ba\u2019zan ko\u2018zbo\u2018yamachilik, ba\u2019zan buyruqbozlik qilib o\u2018z shaxsiy manfaatlari uchun shoshayotgan ayrim g\u2018alamis va cho\u2018ntakparast kimsalarning nojo\u2018ya, nopok ishlarini ko\u2018rib ranjiysan. Ey badnafs va ochko\u2018z banda shoshilib, shoshib ariq qazasan, imorat qilasan, nihol ekasan. Sen qazigan ariqning torligidan suv tiqilib yo toshib ketayotir. Qurgan imorating tez orada ta\u2019mirtalab bo\u2018lib borayotir. Ekkan niholing ildiz otmasdan qurib, so\u2018liyotir. Sababi \u2013 shoshqaloqlik! Shoshilinch yoki shoshqaloqlik bilan bajarilgan ishda unum va baraka bo\u2018lmaydi. \u201cShoshgan qiz\u2026\u201d degan xalq maqolini eshitmaganmisan?..<\/p>\n<p>Shoshib uylanganing yodingdami, birodar? Keyin tirikchilik, degan olis va yetib bo\u2018lmas manzil sari yelkangga \u201colaxurjun\u201dni ilib, hovliqib chopib ketding. Hamon to\u2018xtashni bilmaysan. Sen intilayotgan manzilning, aslida, manzili bormi? Oqibatda, bola-chaqalaringni ham hovliqib tarbiya qilding. Halovat neligini bilmagan sargardon umring hamisha yelib-yugurish lahzalaridan iborat bo\u2018ldi. Shoshganingdan sochlaringga erta oq tushdi. Peshonangga ajinning mashaqqat chiziqlari ayovsiz muhr bosdi. Ko\u2018zlaringdan nur, belingdan quvvat ketdi. Yuragingdan cho\u2018g\u2018, umringdan qo\u2018r ketdi, lekin sen shoshilishdan aslo to\u2018xtamading. To\u2018xtash nimaligini bilmading. Endi o\u2018rni keldi, yana bir tashvishli shoshqaloqlikdan ogoh etmasak bo\u2018lmaydi. Agar bilsang, izingdan bolalaring shamolday shoshib kelmoqda. Ularni bir lahza to\u2018xtatish, tin oldirish o\u2018rniga, aksincha, ularni ham shoshqaloqlikka o\u2018rgatyapsan. Masalan, bittasi bolam she\u2019r yozadi, deb, bir dasta almoyi-ajmoyi yozilgan, havaskorlik darajasidan ham past mashqlarni tahririyatdan tahririyatga olib yugurgani- yugurgan. Bular she\u2019r emasligi, she\u2019rning yozilish qoidalari haqida sho\u2018rlik muharrir kuyunib gapirdi. Uning jon kuydirib tushuntirishlari behuda ketdi. Chunki bo\u2018lajak \u201cshe\u2019riyat yulduzi\u201dning kitobi allaqachon chop etilibdi. Kitobga taniqli shoirlardan biri jimjimador \u201coq yo\u2018l\u201d yozib, yosh \u201ctalant\u201dning \u201cpiligini\u201d rosa ko\u2018taribdi.<\/p>\n<p>\u2013 Bolani shoshirib nima qilasizlar? \u2013 degan savolga ota-onalari:<\/p>\n<p>\u2013 Ko\u2018rik-tanlovda qatnashadi. Kerak bo\u2018lsa, g\u2018olib bo\u2018ladi, \u2013 deyishadi ishonch bilan.<\/p>\n<p>Shoshilib \u201cshe\u2019rlar\u201d yozgan, shoshilib \u201ckitobi\u201d chop etilgan \u201ctalant\u201d atrofida nimalar bo\u2018layotganini bilolmay hayron edi, lol edi, garang edi\u2026<\/p>\n<p>Bunday soxta shoshqaloqlik kimga kerak, nimaga kerak?.. Axir, shundoq ham yosh talantlarga, yosh iste\u2019dodlarga keng yo\u2018llar ochilyapti-ku! Bolani chalg\u2018itgandan ko\u2018ra, unga hunar o\u2018rgatsangiz bo\u2018lmaydimi?<\/p>\n<p>Umring go\u2018yo telba shamolday, tezoqar soyday o\u2018tdiyu ketdi. Nega bu dunyoga keldingu, qanday umrguzaronlik qilding? Qanday ezgu amallarga bosh-qosh bo\u2018lding, qanday xayrli, ibratli, savobli ishlarni amalga oshirding? Shoshilinch ketayotib beozor chumolini bosib olmadingmi? Endigina qad rostlayotgan niholni to\u2018satdan sindirib ketmadingmi? Yoningdan o\u2018tayotgan go\u2018dakni bexosdan turtib yubormadingmi? Yam-yashil maysalarga ozor bermadingmi?..<\/p>\n<p>Kimga mehr ko\u2018rsatib, kimga yaxshilik qilding? Kim bilan do\u2018st bo\u2018lib, kimga sadoqat, vafo ko\u2018rsatding? Kimning og\u2018irini yengil qilib, dardiga malham bo\u2018lding? Kimning qanday mushkulini oson qilib, qanday og\u2018ir yumushiga madadkor bo\u2018lding? Qaysi dilozorning diliga malham bo\u2018lding? Aqalli, birorta huriliqoni sevdingmi, o\u2018zing ham sevildingmi? Sevgining shirin-shirin dardlariga mubtalo bo\u2018ldingmi?..<\/p>\n<p>Shos hqaloqlik bilan o\u2018tgan o\u2018z umringdan qanday ma\u2019no-mazmun topding? Kim va nima uchun shoshilding?<\/p>\n<p>Shoshilayotib boshingni sajdaga qo\u2018ydingmi, bilib-bilmay qilgan gunohlaring oldida tavba-tazarru qildingmi? Oxiratingni o\u2018yladingmi? Qabr azoblari haqida bosh qotirdingmi? Aziz avliyolar va ota-bobolaring qabrlarini ziyorat etdingmi, ruhlariga duo-fotiha qildingmi?.. Shoir deydiki:<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Avlod-ajdoding kim? Shoshmay fikr qil,<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Shoshmay so\u2018z degilu shoshmay zikr qil.<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Shoshqin daryoman, deb, vaqt-bevaqt toshma,<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Ummon bo\u2018lmoqlikka, ayniqsa, shoshma!<\/strong><\/p>\n<p>Sening shoshilib yurganingga ko\u2018p bora guvoh bo\u2018ldim. Sen negadir so\u2018nggi paytlarda ma\u2019naviyat gavhari bo\u2018lgan \u2013 kitob do\u2018konlari yonidan loqayd o\u2018tib ketadigan yomon odat chiqarding. Do\u2018kon oldidagi rastalarda yoyib qo\u2018yilgan turfa kitoblarga aqalli bir qarab ham qo\u2018ymaysan. Hatto kitobning nomiyu muallifiga mundoq ko\u2018z yugurtirmaysan. Chunki sen shoshasan. Faqat kitoblar olamidan emas, balki ilmdan, ma\u2019naviyat va ma\u2019rifat dunyosidan o\u2018zing bilmagan tarzda uzoqlashib boryapsan.<\/p>\n<p>Sen hatto ibratxona bo\u2018lgan \u2013 teatrlar yonidan ham beparvo o\u2018tib ketayotganingni bilmaysan. Azbaroyi tez yurganingdan teatr afishasiga ham yolchitib qaramaysan. Shoshqaloq birodarim, kutubxonalarni allaqachon unutib yuborganingni aytmay qo\u2018yaqolay. Bilaman, bir marta berilgan umringni ko\u2018proq to\u2018ylarga, ziyofatlarga, choyxonalarga bag\u2018ishlaysan. To\u2018ydan-to\u2018yga shoshasan, oshdan-oshga chopasan. Ziyofat, desa, yelib-yugurasan. Bir gal do\u2018stingni to\u2018yiga shoshib kirib, chiqib ketganingni ko\u2018rdim. Chunki boshqa bir to\u2018yga shoshayotgan eding-da! Seni yana bir azada ko\u2018rgandim. Shoshib kelib, shosha-pisha fotiha qildingu darhol jo\u2018nading. Azadorlardan tuzukroq ko\u2018ngil so\u2018rashga fursating yetmadi. Shundoq yon qo\u2018shning qazo qilganida, tobutni ham birrov ushladingu yana qayoqqadir darhol oshiqding. Bilsang, u ham senga o\u2018xshab shoshgan edi. Mana, endi, \u201cto\u2018rt oyoqli cho\u2018bin ot\u201dda mutlaqo shoshilmay ketayotir. Endi, u, aslo, shoshmaslar, shoshilmaslar olamiga borayotir. Ahmad Yassaviy yozganidek:<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Gunohingga tavba qilib, yig\u2018lab yurg\u2018il,<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Ketarman deb, yo\u2018l boshig\u2018a borib turg\u2018il,<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Ketganlarni ko\u2018rib san ham ibrat olg\u2018il,<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Ibrat olsang, yotmish yering bo\u2018lar gulzor\u2026<\/strong><\/p>\n<p>Oxir-oqibat shoshqaloqlik bilan o\u2018tgan umring so\u2018nggida seni ham shoshilib kuzatdilar, farzandlaring, yaqinlaring ham shoshilib ko\u2018zyosh to\u2018kdilar. So\u2018ng qabring ustiga shoshilib tuproq tortdilar. Shoirning o\u2018tli misralari yodga tushadi:<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Uyum tuproq bo\u2018ldi quvonchi-g\u2018ami,<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Kimdir boqib dedi: \u201cShunga shunchami?!.\u201d<\/strong><\/p>\n<p>Qabrlarda qulf bo\u2018lmaydi, lekin ulardan chiqib ketishning aslo iloji yo\u2018q. Shoshishning ham zarracha foydasi yo\u2018q.<\/p>\n<p>Qabr \u2013 umrning so\u2018nggi bekati, shoshayotgan odamning oxirgi manzili. Chunki shoshayotgan, shoshilayotgan odamni to o\u2018zi to\u2018xtamaguncha, uni hech kim to\u2018xtatolmaydi. Yelib-yugurib, horib-tolib, oxiri o\u2018zi to\u2018xtaydi. To\u2018xtaganida esa kech bo\u2018ladi\u2026<\/p>\n<p>Oxirating obod bo\u2018lsin, shoshilgan odam! Toki, sening shoshqaloqlik bilan o\u2018tgan umring, boshqa shoshayotganlarga ham saboq bo\u2018lsin.<\/p>\n<p><strong>Alvido, shoshgan odam!..<\/strong><\/p>\n<p>Sen bilan vidolashdimu, afsuski, bu dunyoni qanday tark etganingni, mutlaqo bilmay ketganingga juda-juda achindim. Bu kutilmagan dahshatli hodisa bir lahzada ro\u2018y berdi. Mashhur qo\u2018shiqda aytilganidek: \u201cChapingdan o\u2018ngingga boqqancha bo\u2018lmas\u201d, ekan. Agar vaqti-soati yetib, ajal quvib kelsa, tamom, hech qanday iloj topilmas, na boylik, na mansab, na kuch-qudrat uni to\u2018xtatib qolaolmas ekan\u2026<\/p>\n<p>Haqiqatan sen ham ko\u2018plar qatori oddiy tasodif tufayli qazo qilganingni bilmay, bilolmay ketding, shoshgan odam. O\u2018sha kuni xarxasha qilaverib holi-joningga qo\u2018ymagan o\u2018g\u2018ilchangga o\u2018yinchoq olib kelish uchun \u201cBolalar dunyosi\u201d do\u2018koniga oshiqayotgan eding. Yo\u2018l-yo\u2018lakay, xotining aytgan qandaydir yumushni bajarish uchun, odatdagidek yelib-yugurib \u201cSuper market\u201d tomon chopqillab ketayotganingni bilmay qolding. Ha, har safargiday yelib-yugurib!.. Tekis ko\u2018chadan tizginsiz xayollar girdobida shoshib borayotib, kutilmaganda o\u2018ng oyog\u2018ing bilan sirpanib ketding. Ketdingu ikki oyog\u2018ing havoda o\u2018ynab, boshing bilan beton yo\u2018lga yiqilib tushding. Ko\u2018z olding qorong\u2018ulashib, qanday dahshatli voqea sodir bo\u2018lganini anglab-anglamay hushingni yo\u2018qotding. Kasalxonada ham o\u2018zingga kelmading. Tiling kalimaga kelmay, biror og\u2018iz so\u2018z aytolmay, bu yorug\u2018 olamni tark etding. Aslida, sen mevasi yeyilib, yo\u2018lakka tuflab ketilgan oddiy o\u2018rik danagiga sirpanib ketganingni bilmading. Ha, shoshib ketayotib arzimagan kichik bir danakni bosib olgan eding. Poshnang bilan, qattiqroq bosganingdan danak chaqilib ketgan edi. Danak puch ekan\u2026<\/p>\n<p><strong>Manba: \u201cSharq yulduzi\u201d jurnali, 2012\/2<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ASHURALI JO\u2019RAVEY Har qadamda shoshayotgan, shoshilayotgan odamga duch kelasiz. Ro\u2018parangizdan nuqul qayoqqadir shoshayotgan yo shoshilishga shay turgan odam chiqib qolaveradi, qolaveradi\u2026 U shoshib yoningizdan o\u2018taveradi, o\u2018taveradi\u2026 Siz esa hayron bo\u2018lib turaverasiz, turaverasiz\u2026 Qay tomonga qaramang, shoshayotgan odamni ko\u2018rasiz. U turfa xayollar girdobiga g\u2018arq bo\u2018lib, atrofingizda yuguradi: yo taniysiz, yo tanimay qolasiz. Chunki yo\u2018lingizni kesib, ba\u2019zan [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":453,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[19,22],"tags":[],"class_list":{"0":"post-452","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-falsafiy","8":"category-psixologik"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/452","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=452"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/452\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":455,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/452\/revisions\/455"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/453"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=452"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=452"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=452"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}