{"id":422,"date":"2025-10-25T22:30:53","date_gmt":"2025-10-25T17:30:53","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=422"},"modified":"2025-10-25T22:30:53","modified_gmt":"2025-10-25T17:30:53","slug":"mahmud-sadiy-marifat-va-kamina","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=422","title":{"rendered":"Mahmud Sa\u2019diy, \u201cMa\u2019rifat\u201d va kamina"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>Suhrob ZIYO<\/strong><\/p>\n<p>Bu voqealarni biron o\u2018n yillar o\u2018tgach yozsam kerak, deb o\u2018ylagandim. Yodga tushganda goh ko\u2018ngil yorishib, goh tundlashib, ba\u2019zan kulib, ba\u2019zan mahzun bo\u2018lib eslanadigan o\u2018sha kunlar chorak asrlik hayotimda alohida bir davr bo\u2018lib qoldi.<\/p>\n<p>Mahmud Sa\u2019diy, \u201cMa\u2019rifat\u201d va kamina\u2026 Bu bog\u2018lanishda, albatta, \u201cMa\u2019rifat\u201d o\u2018rtada bo\u2018ladi. Chunki bu gazeta bo\u2018lmaganda, o\u2018zbek tahrir san\u2019atining mumtoz vakili Sa\u2019diy domlaning suhbatida bo\u2018lolmasdim. Balki bir kuni bu gigant insonning qarshisidan chiqardim, lekin buning ustoz uchun hech ahamiyati bo\u2018lmasdi. Abdulla Orif aytganidek, \u201czarra buyuklikka urilar, ammo buyuklik zarraga urilmas ekan\u201d.<\/p>\n<p><strong>\u201cKuryer\u201d filmini ko\u2018rganmisiz?\u201d<\/strong><\/p>\n<p>U kunlar xalqaro jurnalistika fakultetining biror tilni bilmaydigan, qo\u2018lidan qog\u2018oz qoralashdan boshqa hech narsa kelmaydigan, hatto shuginani ham eplab bajara olmaydigan talabasining shahri Toshkanda kun ko\u2018rib qolish xayoli zamonaviy Don Kixot haqidagi biron rivoyatga yaxshi boshlanma bo\u2018lardi. Albatta, uni tarbiya qilsa, biron nima chiqarish mumkin. Lekin qani bir himmati baland tarbiyachi? Bir kuni qaysidir o\u2018qituvchi bilib yo bilmay, haqiqatni anglatib qo\u2018ydi. \u201cUniversitet senga ta\u2019lim berishga majbur emas, seni yo\u2018naltiradi,\u00a0xolos\u201d. Shundan keyingina izillab yo\u2018l izlash boshlandi.<\/p>\n<p>Matbuotchilar ko\u2018chasidagi 32-binoning kiraverishida ro\u2018yxatxonasidan o\u2018tib, liftda 4-qavatga ko\u2018tarilganimda bu o\u2018sha \u2013 izillab izlangan yo\u2018l ekanini bilgandim, desam lof bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u201cNega \u201cMa\u2019rifat\u201dga ishga kirmoqchisiz?\u201d<\/p>\n<p>\u201cMatbuotga qiziqaman\u201d.<\/p>\n<p>\u201cTalabalar odatda televizorda chiqishga ishqivoz bo\u2018lardi\u2026<\/p>\n<p>Bosh muharrir suhbatidan chiqqan kaminaga gazeta mas\u2019ul kotibi ilk so\u2018zini: \u201cKuryer\u201d degan filmni ko\u2018rganmisiz?\u201d \u2013 deb boshlagandi. \u2013 Ko\u2018rish kerak!\u201d<\/p>\n<p>Darsga borishdan oldin yarim tunda nashrdan chiqqan gazetaning bir necha nusxasini muassis bo\u2018lmish vazirlikka eltaman. Keyin xatlar, tashkilotlarga murojaatlar degandek\u2026 Xullas, ishim uncha qiyin emas. Bo\u2018sh vaqtlarda gazeta taxlamlarini varaqlayman, kitob o\u2018qiyman, hushimga kelgan narsani yozaman.\u00a0Xullas, bir talaba uchun bu sharoit \u2013 komfort!<\/p>\n<p>O&#8217;shanda \u201cMa\u2019rifat\u201dning jurnalistlar orasida obro\u2018si ancha yuqori, bu yerda ishlash darslarda ham biroz yengillik berardi. \u201cMa\u2019rifat\u201d haqida gapirilganda \u201cmaktabi bor\u201d degan ta\u2019rif ko\u2018p ishlatiladi. Aynan shu maktab meni o\u2018ziga tortgani, oliy ta\u2019limdan izlagan narsalarimni o\u2018sha maktabdan topganim unga ixlosimni oshirganini his qilaman. Bu maktab to\u2018g\u2018ri kelgan talabani qabul qilavermas, u yerga tayyor jurnalist bo\u2018lib borib, yana ham yuksalish mumkin edi. Shu sabab \u201cyugurdaklik\u201dka ham jurnalistik qiziqishi bor bo\u2018lgan, \u201cgazeta qog\u2018ozini hidlab maza qiladigan\u201d xodimni ishga olib, \u201cqozonida pishirib\u201d, ijodkor mutaxassis sifatida o\u2018zida olib qolardi. Xullas, bu dargohga kaminaning kirib kelishi matbuotning kuchga to\u2018lgan, lekin chegaralari aniq belgilangan davriga, ketishi esa uning nufuzi pasayib, ammo so\u2018z erkinligi kengroq berilgan davrga to\u2018g\u2018ri keldi.<\/p>\n<p><strong>\u201cSen \u201cjontoq\u201d ham nimadir yozsang kerak\u2026\u201d<\/strong><\/p>\n<p>U paytda Mahmud Sa\u2019diy degan nomnigina bilardik,\u00a0xolos. Bir kuni qo\u2018limga domlaning 70 yillik yubileyi arafasida tayyorlangan \u201cQadr\u201d nomli kitob tushib qoldi. Unda Mahmud Sa\u2019diyga berilgan qator e\u2019tiroflar orasidan \u201ctahrir san\u2019atining so\u2018nggi mogikani\u201d degani shuurimda qolib ketdi.<\/p>\n<p>Omadsizlikni qarang, ustoz xalqaro jurnalistika fakultetidan ketgandan so\u2018ng o\u2018qishga kirdik. Omadni qarangki, ustoz \u201cMa\u2019rifat\u201dga ishga kelganlarida shu yerda edik.<\/p>\n<p>Niyatim \u2013 gazetaning adabiyot bo\u2018limiga ishga o\u2018tish. Shu sabab ham boshqa bo\u2018limga o\u2018tishni paysalga solib, \u201ckuryerlik\u201d xurjunini bo\u2018yinga ilib uzoq qolib ketdim. Aslida bunga ayrim sarkashliklarim ham sabab bo\u2018lgan. O\u2018sha kunlarda Sa\u2019diy domla adabiyot bo\u2018limiga muharrir bo\u2018lib keldi. Shunday qilib, \u201cSa\u2019diyli\u201d kunlar boshlandi.<\/p>\n<p>Ustoz meni bir kuryer deb bilar, lekin yozganlarimni ko\u2018rsatishga botinmasdim, deyolmayman. Sa\u2019diy domlaning yonidan odam arimas, o\u2018zi ham qaysidir nimalarningdir tahriri bilan band bo\u2018lardi. Keyin bilsam, ularning aksari ishi tushganda bir kelib-ketuvchi \u201cshogirdlar\u201d ekan.<\/p>\n<p>Bir kuni menga \u201csen \u201cjontoq\u201d ham nimadir yozsang kerak\u201d deganidan quvongandim. Balki, birov aytgandir, lekin o\u2018shanda ustoz nazdida \u201cnimadir yozadigan odam\u201d deb atalish kaminaga xush yoqqani rost.<\/p>\n<p>Keyin bir voqea bo\u2018ldi-yu, Mahmud Sa\u2019diyga otning qashqasidek tanilib oldim\u2026<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-424\" src=\"https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/photo_2025-01-11_18-38-15.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"720\" srcset=\"https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/photo_2025-01-11_18-38-15.jpg 1280w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/photo_2025-01-11_18-38-15-300x169.jpg 300w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/photo_2025-01-11_18-38-15-1024x576.jpg 1024w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/photo_2025-01-11_18-38-15-768x432.jpg 768w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/photo_2025-01-11_18-38-15-696x392.jpg 696w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/photo_2025-01-11_18-38-15-1068x601.jpg 1068w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/photo_2025-01-11_18-38-15-747x420.jpg 747w\" sizes=\"auto, (max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/p>\n<p>Ba\u2019zan gazeta chiqadigan kunlari musahhihlarga yordam berish chekimga tushardi. \u201cAdabiyotga bag\u2018ishlangan sahifada ustozning \u201cGurung\u201d degan rukni bo\u2018lib, unda kishini bir o\u2018qishda o\u2018ziga tortib oladigan kichik-kichik hikoyalar, ibratli voqealar, adabiy ma\u2019lumotlar o\u2018rin olgan. Qo\u2018limga shu sahifa tushdi. Boshidan o\u2018qiy ketdim. Sahifa oxirrog\u2018idagi bir mumtoz asardan berilgan parchani o\u2018qib, ikkilanib qoldim. Misralar tanish \u2013 asar nomi boshqa. Abituriyentlikda test degan marosimga tayyorlanish uchun yodlagan ma\u2019lumotlarimga tayanib, uni o\u2018zgartirib qo\u2018ydim va tuzatishga berib yubordim.<\/p>\n<p>Birozdan so\u2018ng musahhihlar xonasiga ustozning yaqin shogirdi jiddiy qiyofada kirib keldi: \u201cBu sahifani kim o\u2018zgartirdi?\u201d. Ular meni ko\u2018rsatishgach, ustozning yoniga birga kirdik.<\/p>\n<p>\u201cBuni sen o\u2018zgartirdingmi?\u201d<\/p>\n<p>\u201cHa, lekin\u2026\u201d<\/p>\n<p>\u201cSen o\u2018zgartirdingmi?\u201d<\/p>\n<p>\u201cMen\u201d.<\/p>\n<p>\u201cNega o\u2018zgartirasan?\u201d<\/p>\n<p>\u201cShunday o\u2018qiganman\u201d.<\/p>\n<p>\u201cQayda o\u2018qigansan?\u201d<\/p>\n<p>\u201cDarslikda\u201d.<\/p>\n<p>\u201cUni yozganlarning ham ahvolini bilaman\u201d.<\/p>\n<p>\u201cLekin&#8230; ustoz, shunday yozilgan\u2026\u201d<\/p>\n<p>Odamzod o\u2018zi ishongan bir burda haqiqatdan boshqasini tan olmaydigan mavjudot emasmi, aybginamni tan olavermadim. Domla tortmadan eski bir kitobni oldi. Muallifi \u2013 \u201cHayitmetov\u201d.<\/p>\n<p>\u201cShu odamdan bilimdonmisan?\u201d<\/p>\n<p>\u201cLekin\u2026\u201d<\/p>\n<p>\u201cXo\u2018p, ko\u2018p o\u2018qigan ekansan, men bilmas ekanman, shu kitobning muallifiga ishonarsan\u2026\u201d<\/p>\n<p>\u201cUzr, ustoz, adashibman\u2026\u201d<\/p>\n<p>Bu yerda ustozning qaysarligi bilan kaminaning qaysarligi to\u2018qnashgan edi. Taslim bo\u2018lganim bilan ichimda o\u2018zimning haqligimga ishonchim komil, buni ustoz yuzimdan sezib turardi.<\/p>\n<p>Hammasi shu bilan tugasa, qaniydi. Ertasiga bir para darsga xayr-ma\u2019zurni nasiya qilib, milliy kutubxonaga yo\u2018l oldim. \u201cO\u2018zbek adabiyoti tarixi\u201d degan 3 tomlik kitobdan kechagi bahsga sabab bo\u2018lgan muallif va asarlardan parchalardan nusxa oldim. Mualliflar ro\u2018yxati, taqrizchilar ham qolmadi. Haqligimga isbot topganimdan xursand bo\u2018lib, tahririyatga yo\u2018rg\u2018aladim.<\/p>\n<p>Sa\u2019diy domlaning xonasiga odob bilan kirib, qo\u2018limdagi qog\u2018ozlarni stolga qo\u2018ydim. Kechagi o\u2018zgarishlarni atay qilmaganimni, ishonganim uchun qilganimni tushuntirmoqchi bo\u2018ldim. Ustozning avzoyi buzildi, lekin gaplarimni diqqat bilan eshitib bo\u2018lib, sekin so\u2018z boshladi:<\/p>\n<p>\u201cSenga maslahatim, ilm yo\u2018lidan\u00a0ket \u2026\u201d<\/p>\n<p>Bu maqtovmi, biror narsaga sha\u2019mami, bilolmay qoldim. Ustoz so\u2018zini yana takrorladi:<\/p>\n<p>\u201cSendan yaxshi olim chiqadi, \u201ckavlash\u201dga juda usta ekansan\u2026\u201d<\/p>\n<p>Adabiyot bo\u2018limidan suvga tushgan mushukday chiqib, kechga qadar boshqa mashg\u2018ulotlar bilan band bo\u2018ldim. Ertasi kuni ishxonaga kelsam, hamma menga boshqacha qarash qilyapti. Bosh muharrir o\u2018rinbosari kulib qarshi oldi:<\/p>\n<p>\u201cTabriklaymiz, buyuk Mahmud Sa\u2019diy bilan jangdan omon chiqibsiz\u201d.<\/p>\n<p>Ustoz men bilan bo\u2018lgan voqeadan keyin mas\u2019ul kotib, bosh muharrir o\u2018rinbosari va bosh muharrirning yoniga kirgan. \u201cNega gazeta an\u2019anasini, xodimlarning vazifasini bilmaydigan bolani bu yerga olib kelgansizlar\u201d, deb norozi bo\u2018lgan.<\/p>\n<p>Bunga asos shuki, musahhih bo\u2018lim muharriridan chiqqan sahifani tahrirlashga haqqi yo\u2018q, u faqat texnik xatolar uchun mas\u2019ul. Aksiga olib, kamina o\u2018zgartirgan o\u2018sha mash\u2019um sahifani muharrir o\u2018rinbosari ham, bosh muharrir ham o\u2018qigan. Mahmud Sa\u2019diy mas\u2019ul bo\u2018lgan sahifaga hech kim qalam tekkizishga haddi sig\u2018mas ekan (albatta, kaminadan bo\u2018lak).<\/p>\n<p>Shunday qilib, adabiyot bo\u2018limida Sa\u2019diy domla bilan ishlash orzusi bir muddat ortga surildi.<\/p>\n<p>Bu voqealar menga darsliklarda va boshqa kitoblarda faqat haqiqat yozilmasligi, dars va ma\u2019ruzalardan tashqarida beriladigan muhim bilimlar ham borligini, ijodkor o\u2018z haqiqatini topish uchun ularning barchasini mustaqil tahlil qilishi shart ekanini o\u2018rgatdi.<\/p>\n<p><strong>Vazirlar ko\u2018p, Mahmud Sa\u2019diy bitta!<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018sha kunlari \u201cmajburiy obunaga qarshi kurash\u201d bahonasida boshlangan harakatlar sabab o\u2018zbek matbuotida bir silkinish bo\u2018lgandi, chamamda.<\/p>\n<p>Aslida \u201cMa\u2019rifat\u201d kabi nashrlarning obunasi ortidan pul ishlashga o\u2018rganib qolgan rahbarchalar nashr narxi ustiga o\u2018z narxini ham qo\u2018yib olishi, butun matbuotni el ko\u2018ziga, hatto matbuotdan tashqaridagi jurnalistlar ko\u2018ziga ham olabo\u2018ji ko\u2018rsatib qo\u2018ygan.<\/p>\n<p>Xullas, o\u2018sha paytda yangi kelgan rahbar ta\u2019lim tizimidan majburiy obunani yo\u2018q qilishga bel bog\u2018ladi. Buning chorasi sifatida esa ta\u2019lim nashrlarining yagona boshqaruv ostida birlashishini ko\u2018rdi. Bu bir qarashda soha nashrlarini qo\u2018llashga o\u2018xshar, lekin uning tagida, ehtimol, rahbarga ham ayon bo\u2018lmagan manfaatlar bor edi. Unga ayrim tahririyatlar qarshi bo\u2018ldi, chunki bu shundoq ham haminqadar bo\u2018lgan erkinlikni to\u2018la-to\u2018kis bo\u2018g\u2018ib qo\u2018ya qolardi.<\/p>\n<p>Asli \u201cinternet kishisi\u201d bo\u2018lgan\u00a0yangi rahbar bu o\u2018zboshimchalikka qarshi \u201cMa\u2019rifat\u201d o\u2018z kunini o\u2018zi ko\u2018rsin unda, degan qarashda bo\u2018ldi.\u00a0Hatto \u201cMa\u2019rifat\u201dga obuna uyushtirgan maktab direktorlarini ishdan olishgacha bordi.<\/p>\n<p>Tahririyatga esa o\u2018qituvchilardan \u201cnega bizning maktabimizga \u201cMa\u2019rifat\u201d kelmay qo\u2018ydi\u201d degan savollar, hatto aybnomalar kelardi. Buning sababi esa ularning shunchaki gazetaga obuna bo\u2018lmagani, ularga hech kim \u201cobuna bo\u2018lmasang gazeta kelmaydi\u201d deb aytmagani. Xullas, bu yog\u2018i \u2013 yashab qolish uchun kurash. Mamlakatning eng nufuzli 3 ta nashridan biri bo\u2018lgan gazeta tiraji shu taxlit kamayib ketdi.<\/p>\n<p>Shunday paytda ustoz Mahmud Sa\u2019diy imzosi bilan \u201cXXI asr\u201d gazetasida bir maqola chop etildi. Unda chet elda tahsil olgan rahbarning gazeta o\u2018qimasligi, holbuki, birorta rivojlangan mamlakatda gazeta eskilik belgisi deb qaralmasligi, aksincha, madaniy hayotning ajralmas qismi sifatida davlat tomonidan qo\u2018llab-quvvatlanishi haqida so\u2018z borardi.<\/p>\n<p>Demokratligi e\u2019tirof etilgan yangi rahbar \u201cMahmud Sa\u2019diy deganlari mening ishchanlik obro\u2018yimga putur yetkazdi\u201d deya sudga murojaat qildi. Bu yoqda esa vazir komandasidagilar matbuotchilarga qarshi kampaniyani boshlab yubordi. Hatto muhokamalar chog\u2018ida \u201cmatbuotda obuna orqali oila boqayotganlar bolasiga harom luqma olib boryapti\u201d deb yozgan hamkasblarimiz ham bo\u2018ldi&#8230;<\/p>\n<p>\u201cFacebook\u201d tarmog\u2018ining ajoyib funksiyasi bor. Yillar avval yozilgan fikrlaringizni bot-bot eslatib turadi.\u00a0Uning eslatishicha, kamina voqealar boshlanishiga sabab bo\u2018lgan tahririyatni davlat unitar korxonasi(DUK)ga aylantirish taklifiga kinoya qilib \u201cDuk!\u00a0Duk! Duk! Matbuotga yana bir hujum!\u201d degan allambalo chiqishlar qilgan ekanman.<\/p>\n<p>Bo\u2018layotgan hujumlarga qarshi internetda \u201cjangga\u201d kirishib ketdik. O\u2018sha paytlari ustozning menga munosabati biroz iligandek tuyuldi. Ustozning yaqin shogirdi: \u201cBu bola falon narsani yozib chiqibdi kecha, ijtimoiy tarmoqda sizga tosh otayotganlar bilan bahslashib yuribdi\u201d, deb yonimni olib ko\u2018rganda, Sa\u2019diy domla: \u201cMenga qara, polvon, bu avval sening joyingni, keyin mening o\u2018rnimni egallamoqchi\u201d, deganini kulib aytib bergandi. O\u2018shanda kaminaning surbetligi ustozning qalbiga qanchalik og\u2018ir botganini his qilganman\u2026<\/p>\n<p>Sud jarayoni arafasida Sa\u2019diy domla shifoxonada davolanishiga to\u2018g\u2018ri keldi. O\u2018shanday holatda ham: \u201cVazir sudda yutib chiqsa, jurnalist bilan sudlashgan vazir degan nom oladi, men nari borsa 2-3 mln jarima to\u2018layman. Agar yengilsa, jurnalistdan yengilgan amaldor bo\u2018lib sharmanda bo\u2018ladi\u201d, degandi.<\/p>\n<p>Aslida vazir Mahmud Sa\u2019diyni oddiy bir jurnalist deb o\u2018ylagan. Agar u suddan da\u2019vosini qaytib olmasa edi, o\u2018zbek jurnalistikasining yuzlab zabardast vakillarining ustozi bilan o\u2018chakishib qolganini yaxshilab tushuntirib qo\u2018yishgan bo\u2018lardi\u2026<\/p>\n<p><strong>\u201cYaxshilik jazosiz qolmaydi\u201d<\/strong><\/p>\n<p>Bu \u2013 donishmand xalqning donishmand vakili bizga qoldirgan maqol! Bu iqrorga ustozning \u201cyaxshilik qil, suvga ot\u2026\u201d qabilidagi fe\u2019li bilan birga sevimli hunari bo\u2018lmish muharrirlikka sadoqati ham sabab bo\u2018lgan, deb o\u2018ylayman.<\/p>\n<p>O\u2018zi yoqtirmagan, hatto o\u2018ziga yomonlik qilgan insonlarning ham yaxshi maqolasi, asari bo\u2018lsa, uni tahrir qilib, chop ettiraverardi.\u00a0Bu holat men bilan ham sodir bo\u2018lgan&#8230;<\/p>\n<p>Ustozning \u201cqora ro\u2018yxati\u201dga tushgan kezlarim<\/p>\n<p>Yoshlar orasida tilga tushgan, ustozlarning mehrini qozongan sof qalbli shoira opam Baxtiniso Mahmudova Turkiyada operatsiyadan so\u2018ng vafot etgani haqidagi shum xabar keldi. Butun tengoshlari, uni bilgan har bir inson shoiraning davolanishi uchun hissa qo\u2018shishga uringandi. Universitetlarda aksiyalar o\u2018tkazilib, hatto hofiz Shuhrat Daryo xayriya konsert tadbirlari tashkillashtirib, operatsiya uchun zarur mablag\u2018 to\u2018plangan edi. Lekin so\u2018ngida bu qora xabar\u2026 Shoiraning, uning sog\u2018ayishi uchun kurashganlarning hurmati bir xotira ocherki boshladim. \u201cXotira\u201d rukni bilan sarlavhasiga opaning o\u2018z she\u2019ridan bir misrani olib \u201cMen baxt emas, Baxtinisoman\u201d deb yozib, Adabiyot bo\u2018limiga kirib bordim. Ustoz stolga o\u2018mganini\u00a0tirab, nimanidir tahrirlardi. Niyatimni\u00a0aytib, materialni ko\u2018rsatdim. Menga biroz qarab turdi-da, yoniga o\u2018tqizdi va \u201cbirga o\u2018qiymiz\u201d dedi.<\/p>\n<p>Bir tomondan oradagi muz ko\u2018chganiga, boshqa tomondan kimsan Mahmud Sa\u2019diyning tahriridan bahramand bo\u2018lishimni o\u2018ylab xursand edim.<\/p>\n<p>\u201cRukn: \u201cXotira\u201d. Buni \u201cMarsiya\u201d deymiz\u2026\u201d<\/p>\n<p>Birdan bu maqola marsiya emas, xotira-ku, degan o\u2018y keldi. Tilginamni tiydim.<\/p>\n<p>Ustoz o\u2018ylaganimni sezgandek izoh berdi:<\/p>\n<p>\u201cMarsiya\u201d degan rukn yo\u2018qolib ketdi. Bu maqola bilan gazetada bitta ruknni\u00a0qayta tiklagan bo\u2018lasan\u2026\u201d<\/p>\n<p>Shu tarzda maqolani sabr bilan va qalam bilan chizgancha o\u2018qib chiqdi. Ba\u2019zi joylarda fikrlarini bildirdi. Umuman, aytmoqchi bo\u2018lgan hech bir fikrimga jiddiy e\u2019tiroz bo\u2018lmadi. Ocherk o\u2018sha sonda gazetada chop etildi.<\/p>\n<p>Hoynahoy, ustoz bu yaxshiligining ham jazosiz qolmasligiga ishonchi komil edi\u2026<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">***<\/p>\n<p>Sa\u2019diy domla bilan ishlash niyatimni oxiri bosh muharrir Husan Karvonliga bildirdim. Meni yetaklab ustozning yoniga olib kirdi:<\/p>\n<p>\u201cUstoz, qo\u2018l ostingizga yosh xodimimizni topshirmoqchimiz\u201d.<\/p>\n<p>\u201cYaxshi, lekin men bu bolani ishga\u00a0olmayman, buning bir odati bor \u201ckavlashga moyil\u2026\u201d<\/p>\n<p>\u201cSiz bir sinab ko\u2018ring, eplay olmasa\u2026\u201d<\/p>\n<p>\u201cBo\u2018pti, sinab ko\u2018ramiz, eplay olmasa\u2026 javobini beramiz\u201d.<\/p>\n<p>Shunday qilib ustozning qo\u2018l ostida ish boshladim.<\/p>\n<p>Boshda menga berilgan topshiriqlarni qaytadan tekshirtirib olar edi. Keyinchalik ishonch paydo bo\u2018ldi, shekilli, erkin mavzularda nimalar yozmoqchiligimni so\u2018raydigan bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>\u201cBu yo\u2018lda ketmoqchi bo\u2018lsang, jiddiy ishlar boshla. Ismingni matbuotda muhrlaydigan turkum maqolalar qil\u201d, deb tavsiyalar berdi\u2026 Ammo kamina tanbal janoblari bu tavsiyalar bo\u2018yicha biror nima qoralashga hafsala qilmadim, jur\u2019at qilmadim\u2026<\/p>\n<p>Bora-bora \u201cGurung\u201d sahifasi uchun materiallar terib berish ham kaminaga\u00a0ishonib topshirila boshlandi. Bu \u2013 \u201cbuyuk muzlik davri\u201dning yakuni edi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">***<\/p>\n<p>\u201cUstoz, falonchi shoir qanday?\u201d, deb so\u2018rayman. \u201cU shoir emas, sobiq shoir! O\u2018zini tutib qolganida o\u2018zbekning zo\u2018r shoiri bo\u2018lishi mumkin edi\u201d, deb she\u2019rlarini o\u2018qib esimni tanigan ulug\u2018 shoirni \u201cshirin so\u2018zlar\u201d bilan siylay ketadi.<\/p>\n<p>\u201cUstoz, bu shoirga nima deysiz?\u201d, deyman. \u201cHa-a, u tuzuk. Lekin oxirgi yozganlarida chalg\u2018ib ketgan\u201d, deb baho beradi kamina e\u2019tiqodi butun shoir deb ixlos qo\u2018ygan zotga.<\/p>\n<p>\u201cUstoz, mana bu shoirning nimasi yaxshi?\u201d, \u201cU erkak shoir!\u00a0Hozir bunaqalar kam\u201d deydi.<\/p>\n<p>Sa\u2019diy domla ijodkorning yozganiga emas, shaxsiga qarab baho berardi. Shaxsida kemtiklik ko\u2018rgan yozguvchini adib qatoriga qo\u2018shmagan. Ijodkor shaxsiyatiga u olgan mukofotlar, egallagan lavozimlar, hatto chiqargan kitoblari-yu yozgan asarlari bilan ham baho berib bo\u2018lmasligini, ijodkorning, ustoz aytmoqchi \u201cgrajdan\u201dligi, e\u2019tiqodidan og\u2018ishmay yashashi va ijod qilishi bilangina baho berish mumkinligini Mahmud Sa\u2019diy domlaning tutumidan angladim.<\/p>\n<p>\u201cEsingdan chiqarma, eng pastkash ijodkorning ham hech bo\u2018lmasa bitta sof asari bo\u2018ladi. Chunki odam doim ham yomon bo\u2018lib yasholmaydi. Qalbiga bir lahzaga yorug\u2018lik kirib kelganda, go\u2018zal asar yozib qo\u2018yishi mumkin. Bu asarlarni inkor etib bo\u2018lmaydi&#8230;\u201d Bu \u2013 Mahmud Sa\u2019diy bergan yana bir saboq!<\/p>\n<p><strong>Duosi ham tahrir<\/strong><\/p>\n<p>Bu endi ustozning yaqin shogirdi \u201cpolvon\u201dning latifasi. Bu hangomani u aytib bergandi:<\/p>\n<p>Sa\u2019diy domlaning yoniga shogirdi, mahoratli muharrir Halim Sayid keladi. Turli mavzularda suhbatlardan keyin Halim domla \u201custoz, bir duo qiling\u201d deb ketishga izn so\u2018raydi. Sa\u2019diy domla duoga qo\u2018l ochib, so\u2018z boshlaydi va gap o\u2018rtasida bir nima esiga tushib qoladi: \u201cHa, aytgancha, \u201cQrim\u201d emas \u201cQirim\u201d deb yozilar ekan\u2026\u201d<\/p>\n<p>\u201cUstoz, sizning duongiz ham tahrir-ey\u201d, deb Halim Sayid yuziga fotiha tortadi.<\/p>\n<p><strong>\u201cDiplom qiz bolami, himoya qilasan?\u201d<\/strong><\/p>\n<p>Bakalavr diplom ishini yoqlash arafasida edim. Ilmiy ishga tashqi taqrizchi kerak, mavzu \u2013 shoirlar publitsistikasi.<\/p>\n<p>\u201cUstoz, diplom himoya qilayotgan edim\u2026\u201d<\/p>\n<p>\u201cDiplom qiz bolami, himoya qilasan, \u201cyoqlayman\u201d, de\u2026\u201d<\/p>\n<p>\u201cOpponent kerak deyishyapti\u201d.<\/p>\n<p>\u201cBo\u2018laman\u201d.<\/p>\n<p>Ishni yozdim-u, undan muhimroq ishlarga e\u2019tibor qilmagan ekanman. Ya\u2019nikim, uni qanday chop etish, muqovasining rangi qanday bo\u2018lishi, varaqning chapi-yu o\u2018ngi, tepa-yu pastidan necha santimetr joy qolishi, ishning elektron taqdimot varianti\u2026 kabilar xotirdan faromush bo\u2018lmish. Ammo pinak buzmasdan \u201cbu dargohdan hech kim norizo bo\u2018lib ketmasligiga\u201d qat\u2019iy ishonib yurgan chog\u2018im telefon jiringlaydi: \u201cQayerga borish kerak?\u201d<\/p>\n<p>Mahmud Sa\u2019diy kaminaning diplom imtihonida ishtirok etadi. Ana obro\u2018! O\u2018zi ishlagan barcha ishxonalarga butun umr peshindan keyin borishiga hammani ko\u2018ndirgan, odatlantirgan ustoz soat 13:00 da Jahon tillari universitetiga keldi.<\/p>\n<p>Elektron taqdimotlarsiz, og\u2018zaki suhbat asosida mavzuni ochib berishga harakat qildim. Savollar bo\u2018ldi, javoblar bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Taqdimot nihoyasida to\u2018rt yillik oliy ta\u2019limning oxirgi imtihonidan so\u2018ng talabalar xayrlashuv va minnatdorlik so\u2018zlarini goh hayajon, goh ko\u2018zda yosh bilan izhor qilish odati bor. Kaminaga ham bu baxt nasib qildi. Past ovozda \u201codob bilan\u201d boshlagan so\u2018zim, hay\u2019at a\u2019zolariga yoqmasligi tayin edi. Ammo nachora, har bir fikr aytilishga mahkum:<\/p>\n<p><em>\u201cHamma o\u2018qishni tugatayotganidan afsusda ekanini aytyapti. Men bu tizimdan chiqib ketayotganimdan xursandman. Bizda to\u2018rt yilda ko\u2018proq natijaga erishish, sohani chuqurroq egallash imkoni bor edi. Lekin bunga tizimning o\u2018zi to\u2018sqinlik qildi. Oliy ta\u2019limni yomon ko\u2018rishimni hamma kursdoshlarim, hatto ustozlarim ham biladi. To\u2018g\u2018ri, bu yerda ko\u2018p yaxshi insonlar bor, ularning bizga katta mehnati singdi. Men umrimizni o\u2018g\u2018irlagan tizimdan noroziman. Bu yerda kimdandir bor bilimni ololmadik, kimdir bizga kerak bilimni bera olmadi. Ularga rahmat aytish kerak. Lekin qanday qilib\u2026\u201d<\/em><\/p>\n<p>Shu joyda yig\u2018ilganlardan biri hazil aralash: \u201cBu yigit hech kimga rahmat aytmaydiganga o\u2018xshaydi\u201d, deb yubordi. Zalda kulgu ko\u2018tarildi. \u201cBiz unga ko\u2018nikkanmiz\u201d, dedi fakultet dekani\u2026<\/p>\n<p>Shu tarzdagi sarkashlikdan so\u2018ng taqrizchim \u2013 ustoz Mahmud Sa\u2019diyga so\u2018z berildi:<\/p>\n<p><em>\u201cMen bu bolani yomon ko\u2018rardim. Hatto ishga olinishiga ham qarshilik qilganman. Bosh muharrir \u201ceplolmasa javobini beramiz\u201d degach, rozi bo\u2018lgandim. Odamni yuz-ko\u2018zidan, gap-so\u2018zidan tanib bo\u2018lmaydi. Qachon u bilan yaqin bo\u2018lsang, uni bir muddat kuzatsang, uning fikr-u zikrini bilsang, \u201co\u2018sha odamni taniyman\u201d desang bo\u2018ladi. Bu bola uchta shoirning publitsistikasini o\u2018rganibdi. Uchchovini ham yaxshi bilaman. Har biri o\u2018rganishga arziydi. Bu yerda o\u2018tirganlarning ham hammasini bilaman. Shuning uchun bu talabaga eng yuqori ball qo\u2018yishlarini talab qilaman&#8230;\u201d<\/em><\/p>\n<p>Shunday qilib diplom ishi eng yuqori ball bilan yoqlandi.<\/p>\n<p>Endi butun kunni ustoz bilan ishlab o\u2018tkazishim mumkin edi. Lekin bu ham nasib qilmadi, Sa\u2019diy domla og\u2018irlashib qoldi\u2026 Ustoz bilan birga matbuotning ahvoli ham og\u2018irlashib borayotgan edi\u2026<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">***<\/p>\n<p><strong>Endi bor gapni kim aytadi?<\/strong><\/p>\n<p>2019-yil. 23-noyabr\u2026<\/p>\n<p>Sa\u2019diy domla ijodkor qanday yashashini, qanday kurashishini isbotlagan shaxs edi. Na mansab, na shon-shuhratga intildi. \u201cQullik psixologiyasi\u201d haqida yozishni taqiqlashgani uchun dissertatsiyani ham tashlab ketganini aytgandi. Ko\u2018nglidagi haqiqatdan boshqasini tilga olmagan, u haqiqat boshiga balo bo\u2018lsa ham prinsipidan og\u2018ishmaydigan \u201cqizil kitob\u201ddagi SHAXSlardan biri edi.<\/p>\n<p>Shunday, hammasi shunday.<\/p>\n<p>Vazir bilan sudlashganda ham matbuot uchun shu kurash kerakligini bilgani uchun o\u2018zini chetga olmadi. Bu jurnalistikamizning yangi davri uchun ilk qadam edi. Bu, mana, men boshladim, degani edi.<\/p>\n<p>Qancha-qancha \u201cjontoq\u201d va \u201cjonqovul\u201dlar shu insonning soyasida ijod va hayotdan dars oldi. So\u2018z xor bo\u2018layotgan, iflos tillarda toptalayotgan, yaloqxo\u2018rlik uchun adabiyot qurbon qilinayotgan zamonda yana bitta ustunning qulashi qanday og\u2018irligini anglayapmizmi?<\/p>\n<p>Biror rahbarning adabiyot, jurnalistika, umuman, ziyolilar davrasi bilan tanish-tanishmasligi Mahmud Sa\u2019diyni bilish-bilmasligiga bog\u2018liq edi. Chunki u uzoqdan ko\u2018rinmaydi. U adabiy jarayonning ortida turadi. Kimning qanday yozgani, qanday xato qilgani, so\u2018zi va o\u2018zi birligi, qachondan boshlab yo\u2018ldan og\u2018a boshlaganini Sa\u2019diy domla bilardi. Ularga o\u2018xshab qolmaslikni uqtirardi.<\/p>\n<p>Adabiyotdan gap ketganda o\u2018ziga dushmanlik qilgan odamning ham yaxshi asari bo\u2018lsa, albatta, e\u2019tirof etardi: \u201cbor gapni aytish kerak\u201d. Hozirgi adabiyotning, jurnalistikaning asl konsepsiyasi shu: BOR GAPNI AYTISH KERAK. O\u2018z boshingga balo bo\u2018lsa ham, hamma yomon ko\u2018rsa ham bor gapni aytish kerak&#8230;\u00a0Endi bor gapni kim aytadi? Kim Sa\u2019diy bo\u2018ladi?<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p>\u201cMa\u2019rifat\u201dda marhum ustozning kitoblarini taxlayapmiz. Tahririyatda qolgan narsalarini uylariga eltib berishga\u2026<\/p>\n<p>Qo\u2018limga bir kitobcha tushib qoldi. Muallifi \u2013 \u201cHayitmetov\u201d. Mening Sa\u2019diy domladan bir yildan ko\u2018p ayri yurishimga sabab bo\u2018lgan kitob. Ustozning o\u2018sha ilmoqli jumlasi yodimga tushib, yuzimga tabassum yoyildi: \u201cSen bola kavlashga usta ekansan\u2026\u201d<\/p>\n<p>Taqdir aylanib, o\u2018zim ishlashni orzu qilgan Adabiyot bo\u2018limiga bir necha oy bo\u2018lim muharriri bo\u2018lish nasib qildi. Shunda ustozning o\u2018sha shogirdi bilan avvalgi hangomalarni esladik: \u201cPolvon, bu avval sening joyingni, keyin mening o\u2018rnimni mo\u2018ljallagan\u2026\u201d<\/p>\n<p>Yo\u2018q, Ustozjon, sizning o\u2018rningizni to\u2018ldiradigan odam yo\u2018q. Kim o\u2018zining\u00a0nomini butun umr kitoblar orasiga yashirib, boshqalarni mashhur qilib o\u2018tadi? Kim yoshlarga o\u2018zini topib olishi uchun, achchiq bo\u2018lsa ham rost so\u2018zlarni so\u2018zlaydi. Kim e\u2019tiqodidan qaytgan, adabiyotga xiyonat qilgan, so\u2018zni amal va mansab uchun sotganlarning yuziga qarab, bor gapni aytadi?<\/p>\n<p>Adabiyotda, matbuotda, ta\u2019limda, umuman butun ma\u2019naviy maydonda bunday odamni ko\u2018rmadim&#8230;<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Suhrob ZIYO Bu voqealarni biron o\u2018n yillar o\u2018tgach yozsam kerak, deb o\u2018ylagandim. Yodga tushganda goh ko\u2018ngil yorishib, goh tundlashib, ba\u2019zan kulib, ba\u2019zan mahzun bo\u2018lib eslanadigan o\u2018sha kunlar chorak asrlik hayotimda alohida bir davr bo\u2018lib qoldi. Mahmud Sa\u2019diy, \u201cMa\u2019rifat\u201d va kamina\u2026 Bu bog\u2018lanishda, albatta, \u201cMa\u2019rifat\u201d o\u2018rtada bo\u2018ladi. Chunki bu gazeta bo\u2018lmaganda, o\u2018zbek tahrir san\u2019atining mumtoz vakili [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":426,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[26,28],"tags":[54,84,85],"class_list":{"0":"post-422","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-portret-esse","8":"category-xotira-esse","9":"tag-esse","10":"tag-mahmud-sadiy","11":"tag-suhrob-ziyo"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/422","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=422"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/422\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":430,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/422\/revisions\/430"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/426"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=422"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=422"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=422"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}