{"id":413,"date":"2025-10-15T04:24:33","date_gmt":"2025-10-15T04:24:33","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=413"},"modified":"2025-10-15T04:29:43","modified_gmt":"2025-10-15T04:29:43","slug":"buenos-ayres-ikki-tarjima","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=413","title":{"rendered":"Buenos-Ayres. Ikki tarjima"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>\u00a0 \u00a0XORXE LUIS BORXES<\/strong><\/p>\n<p>Buenos-Ayres nima?<\/p>\n<p>Bu \u2013 qit\u2019adagi urushlardan sillasi qurigan bo\u2018lsa-da, chehrasi baxtiyor odamlarga to\u2018lgan Plaza de Mayo maydoni.<\/p>\n<p>Bu \u2013 samolyotdan kuzatganimiz son-sanoqsiz yog\u2018dular og\u2018ushidagi yo\u2018laklar va qaydadir bizga xotirjamlik baxsh etuvchi qadrdon kulba.<\/p>\n<ol>\n<li>Bu \u2013\u00a0 ajdodlarimdan biri otib tashlangan Rekoleta[1] devori.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Bu \u2013 beminnat salqinlik va soya beruvchi Xunin ko\u2018chasidagi ulkan daraxt.<\/p>\n<p>Bu \u2013 pastak uylari kun botarga cho\u2018zilib, ufq manzarasiga tutashib ketgan uzun ko\u2018cha.<\/p>\n<ol>\n<li>Bu\u00a0 \u2013 suzib ketishga tayyor Koinot va Saturn[2] langar tashlagan Janubiy bandargoh.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Bu \u2013 Kintananing[3] yo\u2018lida yulduzlarni boshqa ko\u2018rolmasligini o\u2018ylab faryod urgan so\u2018qir otam.<\/p>\n<p>Bu \u2013 men o\u2018nlab kecha-kunduz yonidan jilmagan, hech xotiramdan o\u2018chmagan tanish raqamli eshik.<\/p>\n<p>Bu \u2013 kunga qarab soyasi o\u2018zgarib turuvchi bahaybat cho\u2018yan chavandoz.<\/p>\n<p>Bu \u2013 yomg\u2018ir yoqqanda ham otida sobit o\u2018tirgan o\u2018sha ulkan metal suvori.<\/p>\n<p>Bu \u2013 Xulio Sezar Dabove[4] insonning eng og\u2018ir gunohi bolani dunyoga keltirib uni taqdir zulmiga tashlab qo\u2018yish ekanligini bizga uqtirgan Peru[5] ko\u2018chasidagi bir burchak.<\/p>\n<p>Bu \u2013 Elvira de Alvearning[6] asrab-avaylagan daftarlaridagi avvalboshi o\u2018qishli, xotimasi tushuniksiz uzundan uzoq romani.<\/p>\n<p>Bu \u2013 pokiza dugonasining yuzini siypalagan malaksiymo Noraning qo\u2018li.<\/p>\n<p>Bu \u2013 xotiralarda urush parchasi bo\u2018lib qolgan jangovor qilich.<\/p>\n<p>Bu \u2013 o\u2018z zamonasining ranggi uniqqan puli-yu, o\u2018sha davr eskirib qolgan suratolgichi[7].<\/p>\n<p>Bu \u2013 biz ayoldan voz kechgan bir kun va, xuddi shunday ayol bizni tashlab ketgan kun.<\/p>\n<p>Bu \u2013 Bolivar ko\u2018chasidagi kutubxona ko\u2018rinib turadigan Ark.<\/p>\n<p>Bu \u2013 biz 1957-yillarda saksonlarning[8] dag\u2018al tilini, jasorat va qayg\u2018u tilini o\u2018rgangan Kutubxonadagi maskan.<\/p>\n<p>Bu \u2013 Pol Grussak[9] dafn etilgan joy.<\/p>\n<p>Bu \u2013 otamning yuzi aks etgan eng oxirgi ko\u2018zgu.<\/p>\n<p>Bu \u2013 Najot kemalarining birida yuziga g\u2018ubor qo\u2018ngan va parchinlangan Masih haykali.<\/p>\n<p>Bu \u2013 hali-hamon quloqlarimda sado berayotgan Uitmenning[10] ulug\u2018vor she\u2019rlarini rafiqam va men birgalikda tarjima qilgan Janubdagi baland uy.<\/p>\n<p>Bu \u2013 poyezd oynasidan suzib borayotgan manzaralarni kuzata turib, ularni so\u2018zga ko\u2018chirishga imkoniyatim bo\u2018larmikan, balki bu so\u2018nggi safarimdir, deb o\u2018ylayotgan Lugones[11].<\/p>\n<p>Bu \u2013 Oncye ko\u2018chasining bir burchagida, huvillagan kecha edi o\u2018shanda, o\u2018limning yolg\u2018onligini menga tushuntirishga urinayotgan marhum Masedonio Fernandes[12].<\/p>\n<p>Buenos Ayresni ta\u2019riflovchi shaxsiy xotirotlarim juda ham ko\u2018p, ammo bunday davom etishni xohlamayman.<\/p>\n<p>Buenos Ayres \u2013 bu, haligacha qadam izlarim yetib ulgurmagan boshqa go\u2018shalar, shaharning maxfiy markazi, devorlari fasadlarini yashirgan qolgan-qutgan hovlilar, bu \u2013 mening, agar bor bo\u2018lsa, dushmanim, mening she\u2019rlarim yoqmagan odam (o\u2018zim ham ularni yoqtirmayman), bu \u2013 bir paytlar biz kirgan va bizni unutgan oddiygina kitob do\u2018koni, bu \u2013 biz raqsga tusha olmaydigan va diltortar Milonga[13] kuyining sadolari, bu \u2013 shafqatsiz yillar asta-sekin tortib olayotgan xotiralarim, bu \u2013 nazarimizga ilmasak-da, jondan sevgan, mendan ham, sendan ham qolguvchi MAKON.<\/p>\n<p><em>[1] Buenos Ayresdagi shu nomdagi ko\u2018cha va qabriston (qabriston devori nazarda tutilgan).<\/em><\/p>\n<p><em>[2] Koinot, Saturn \u2013 Argentina dengiz xizmatiga qarashli kema nomlari<\/em><\/p>\n<p><em>[3] Buyenos Ayresdagi bir ko\u2018cha.<\/em><\/p>\n<p><em>[4] Xulio Sezar Dabove \u2013 Argentinalik shifokor va yozuvchi<\/em><\/p>\n<p><em>[5] Buenos Ayresdagi shu nomli ko\u2018cha.<\/em><\/p>\n<p><em>[6] Elvira de Alvear \u2013 Argentinalik yozuvchi ayol, Borxesning ilhom parisi.<\/em><\/p>\n<p><em>[7]\u00a0 X.L.Borxes 19 asrga tegishli mana shu fotoapparatni nazarda tutgan.<\/em><\/p>\n<p><em>[8] Saksonlar (nem. Sachsen) \u2013 qadimgi olmon qabilasi..<\/em><\/p>\n<p><em>[9] Pol Fransua Grussak (1848, Tuluza, Fransiya \u2013 1929, Buyenos Ayres, Argentina) \u2012 yozuvchi, tarixchi, adabiy tanqidchi va kutubxonachi.<\/em><\/p>\n<p><em>[10] Uolt Uitmen(1819 \u2013 1892) \u2012 amerikalik mashhur shoir va publisist.<\/em><\/p>\n<p><em>[11] Leopoldo Antonio Lugones (1874 \u2014 1938) \u2012 argentinalik shoir, hikoyanavis, dramaturg, jurnalist, pedagog, tarjimon, filolog, diplomat va siyosatshunos.<\/em><\/p>\n<p><em>[12] Macedonio Fernandes (1874 \u2014 1952) \u2012 argentinalik yozuvchi, advokat, bir qancha roman, hikoya va falsafiy esselar muallifi.<\/em><\/p>\n<p><em>[13] Milonga \u2013 Argentina va Urugvayning tangoga monand milliy folklor kuy va raqsi.<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Ispan tilidan Dilrabo BAHRONOVA tarjimasi<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-414\" src=\"https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/Borges-1.webp\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/Borges-1.webp 1200w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/Borges-1-300x200.webp 300w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/Borges-1-1024x683.webp 1024w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/Borges-1-768x512.webp 768w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/Borges-1-696x464.webp 696w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/Borges-1-1068x712.webp 1068w, https:\/\/esselar.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/Borges-1-630x420.webp 630w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p>Buenos-Ayres nima?<\/p>\n<p>Bu bizning kurashimiz tufayli o\u2018zimizga qaytarilgan mung\u2018aygan va saodatpesha Plasa de Mayo.<\/p>\n<p>Bu olov labirinti va oldindan kutilgan xotirjamlik, bu so\u2018nggi damda qayerda bo\u2018lsak ham yetib keladigan kulbamiz, biz uchib keladigan shahar, uning ko\u2018chalari va muyulishlari.<\/p>\n<p>Bu qachonlardir mening ajdodlarim qatl qilingan joy.<\/p>\n<p>Bu salqin va soyalar to\u2018shalgan Xunin ko\u2018chasidagi ulkan daraxtlar.<\/p>\n<p>Bu uzun xaroba ko\u2018chalar, unda har doim injiq g\u2018arb shamoli esib turadi.<\/p>\n<p>Bu Kosmosni tutib turgan janub prichali.<\/p>\n<p>Bu o\u2018n kunlar va tunlar men oldidan ketmagan eshik. O, men uni har doim eslayman.<\/p>\n<p>Bu mening yerimga soyalari chayqalib turgan bronza bog\u2018lar. Kunning aylanishiga qarab yer uzra o\u2018rmalayotgan soyalar.<\/p>\n<p>Bu o\u2018sha haykal ustiga yog\u2018ayotgan yomg\u2018irlar.<\/p>\n<p>Bu Peru ko\u2018chasining qayrilma yo\u2018llari, Xulio Kesar Daboning ona qornidagi bolalarga aytayotgan gaplari: Tug\u2018iling mayli, ammo bu yerda sizni jinoyatchilik hayoti kutayotir.<\/p>\n<p>Bu Elvira de Alviarning toza daftarlarga ortiq darajada didsizlik bilan yozilgan so\u2018zlari, uning oxir-poyoni ko\u2018rinmaydigan romanlari.<\/p>\n<p>Bu ilgarigi urushlardan qolgan shpagalar, hozir hech joyda shuncha shpaga yo\u2018q, bu qancha umrlarning zavoli bo\u2018lgan xotiralar.<\/p>\n<p>Bu qaysidir kunda, biz tashlab ketgan ayollar va qaysidir kun, bizni tashlab ketgan ayollar.<\/p>\n<p>Bu Bolivar ko\u2018chasidagi haytovur ravoq va undagi Kutubxona.<\/p>\n<p>Bu rangi unniqib o\u2018chgan pullar va vaqtinchalik berilgan mulklarning so\u2018lg\u2018in ko\u2018rinishlari.<\/p>\n<p>Bu allaqachonlar vafot etgan Paul Grossasning o\u2018lmas pyesasi.<\/p>\n<p>Bu mening otamning yuz ifodasi aks etgan so\u2018ngi deraza.<\/p>\n<p>Bu Sostradaniya kemasida men anglagan Masihning parchin etilgan va g\u2018ubor qoplagan yuzi.<\/p>\n<p>Bu baland uy, unda men va xotinim Uitmenni tarjima qilgandik. U(agar Xudo xohlasa) hatto bu mamlakatda ham nufuz topa oladi.<\/p>\n<p>Bu kupe oynasidan qarab turgan Lugones, u qandaydir yo\u2018qolgan shakllarning predmetlarini o\u2018ylayotgan bo\u2018lsa kerak. Biroq so\u2018zlarga boshqa nom kerak emas, axir bu eng so\u2018ni chora.<\/p>\n<p>Bu kimsasiz kecha, xilvat xohlaganlar uchun ichkaridan berkitiladigan O\u2018n birinchi kafe, osuda Makedoniyadan kelgan Fernandes menga aytadi: o\u2018lim yo\u2018q narsa.<\/p>\n<p>Men buni bu taxlit davom ettirishni xohlamayman, chunki bular men uchun haddan tashqari shaxsiy holatlar. Shahar haqida bichib-to\u2018qimoq uchun haddan tashqari alohida tasavvurlar.<\/p>\n<p>Buenos-Ayres \u2013 bu boshqa ko\u2018cha, bir ko\u2018chaki, unda hech kim yurmaydi, u olmaning o\u2018zagi, bu mening so\u2018ngi kichkina kulbam, men uchun yopiq inshoat, mening dushmanim, umuman shunday bo\u2018lgan, mening(o\u2018z holicha) bag\u2018ishlov she\u2019rlarim, eski kitob do\u2018koni, men unga qayta-qayta kelaman, bu dam yo\u2018qolayotgan, dam paydo bo\u2018layotgan kelajakning tanilmagan nigohi.<\/p>\n<p>Bu markaz, chekka bir go\u2018sha, ko\u2018z ko\u2018rib orzu qilinmagan posyolka, ammo u na men uchun, na sen uchun.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Rus tilidan Sherzod KOMIL XALIL tarjimasi<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u00a0 \u00a0XORXE LUIS BORXES Buenos-Ayres nima? Bu \u2013 qit\u2019adagi urushlardan sillasi qurigan bo\u2018lsa-da, chehrasi baxtiyor odamlarga to\u2018lgan Plaza de Mayo maydoni. Bu \u2013 samolyotdan kuzatganimiz son-sanoqsiz yog\u2018dular og\u2018ushidagi yo\u2018laklar va qaydadir bizga xotirjamlik baxsh etuvchi qadrdon kulba. Bu \u2013\u00a0 ajdodlarimdan biri otib tashlangan Rekoleta[1] devori. Bu \u2013 beminnat salqinlik va soya beruvchi Xunin ko\u2018chasidagi ulkan [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":415,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[24],"tags":[81,83,54,82],"class_list":{"0":"post-413","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-adabiy-esse","8":"tag-borxes","9":"tag-buenos-ayres","10":"tag-esse","11":"tag-tarjima"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/413","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=413"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/413\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":417,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/413\/revisions\/417"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/415"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=413"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=413"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=413"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}