{"id":405,"date":"2025-09-25T08:26:22","date_gmt":"2025-09-25T08:26:22","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=405"},"modified":"2025-09-25T11:23:57","modified_gmt":"2025-09-25T11:23:57","slug":"abdulla-qahhor-jasorati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=405","title":{"rendered":"Abdulla Qahhor jasorati"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>Ibrohim HAQQUL<\/strong><strong><br \/>\n<\/strong><strong><br \/>\n<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">I<\/p>\n<p>Gapning indallosini aytsak, adabiyotimizning mustaqillikdan keyingi qiyofasini men boshqacha tasavvur qilganman. Istiqlol adabiyoti \u2013 haqiqat adabiyoti, shijoat adabiyoti, havasga arzigulik hurriyat va ma\u2019rifat adabiyoti o\u2019laroq shakllanadi deb o\u2019ylaganman. Yurti ozod, tili, dili erkin ijodkor nega mutelik va ojizlikka ko\u2019nsin? Yolg\u2019on va tilyog\u2019lamalikka ne hojat? Sayozlik, maddohlik, ofarinbozlikdan ijod ahli har qalay xalos bo\u2019lar deb umid qilganman. Iste\u2019dodsiz ijodkorlar, yaroqsiz asarlarning yo\u2019li to\u2019silishiga ishonch bo\u2019lgan menda. Qarangki, xayol boshqa \u2013 hayot boshqa ekan\u2026<\/p>\n<p>Adabiyot taqdiri yurt va millat taqdiri bilan uzviy bog\u2019liq. Millat ruhi butun murakkabligi va ziddiyatlari bilan avvalo adabiyotda aks etmog\u2019i lozim. Millatning qalb dardlariga ham dastlab adabiyot malham topadi. Chunki xalqning yashash zavqi susaysa \u2013 g\u2019ayrati susayadi. Ma\u2019naviy-ruhiy g\u2019ayrat pasaysa \u2013 fikr va tashabbus to\u2019xtaydi. Bunga birinchi navbatda adabiyot mas\u2019ul. Abdulla Qahhor aytganidek, \u201cAdabiyot atomdan kuchli\u2026\u201d Agar uning kuchi \u201co\u2019tin yorish\u201dga sarf qilinmasa, adabiyot pokiza va muqaddas ish bo\u2019lib qolsa, hech shak-shubha yo\u2019qki, badiiy so\u2019zning kuch-quvvati ortib boradi.<\/p>\n<p>Mustaqillik arafasida, ma\u2019lum bir muddat undan keyin ham G\u2019afur G\u2019ulom, Oybek, Abdulla Qahhor kabi buyuk adiblar ijodiga bir oz bepisand, shubha bilan qaraganlar ham bo\u2019ldi. Ularning ijodiy yutuqlari, milliy adabiyotning haqiqiy adabiyot bo\u2019lishi uchun chekkan zahmat va azoblarini nazarga ilmaganlar ham maydonga chiqa boshladi. Ammo bunday noto\u2019g\u2019ri munosabat natijasida adabiyotimiz rivojlanib qolgani yo\u2019q. Aksincha, ikki jumla fikrni eplab yozolmaydigan, ijod mohiyatini nihoyatda yuzaki tushunib qog\u2019oz qoralaydiganlar safi kengayib ketdi. O\u2019quvchilar oldida adabiyotning qadr-qimmati, yozuvchining obro\u2019-e\u2019tibori pasaydi. Agar badiiy ijodga Abdulla Qahhor yoki Oybek nigohi bilan qarab, ularning badiiyat maktabidan ta\u2019lim olib, tajribalaridan xulosalar chiqarilganida shunday bo\u2019larmidi? Menimcha, ahvol nisbatan boshqacha bo\u2019lur edi. E\u2019tibor bergan bo\u2019lsangiz, keyingi vaqtlarda yozuvchilar yangi asarlari necha sahifadan iborat ekanidan ham g\u2019ururlanib gapiradigan bo\u2019lib qoldi: \u201cMen falon betlik hikoya yozdim, yuz ellik betlik essemni tugatdim\u201d va hokazo. Yozuvchining asar badiiyati haqida emas, hajmi to\u2019g\u2019risida so\u2019zlashi nimani anglatadi? Beixtiyor Abdulla Qahhorning so\u2019zlari xotirga keladi: \u201cAdabiy asar yozish uchun, hech shubhasiz, talant kerak. Lekin yozilgan narsani o\u2019chirish, kitobxonga zarur narsanigina qoldirish uchun talantning o\u2019zigina kifoya qilmaydi, insof ham kerak\u00bb. Taassufki, hozirgi paytda insofli iste\u2019dodlar kam, iste\u2019dodsiz beinsoflar ko\u2019proq. Aytishlaricha, Mirtemir domlaga bir tavsiyanoma zarur bo\u2019lib qolganida Abdulla Qahhorga murojaat qilgan ekan. Shunda Abdulla Qahhor Mirtemirga \u201cZiyod va Adiba\u201d kabi badiiy jihatdan bo\u2019sh asarlarga muharrirlik qilganini eslatib, tavsiyanoma bermasligini bildirgan ekan. O\u2019zingiz ayting, Abdulla Qahhor adabiyot manfaatini hatto iste\u2019dodli ijodkor manfaatidan ham yuksak qo\u2019ymaganida, Mirtemirday shoirning ra\u2019yini qaytararmidi? Yoki beg\u2019arazlik, bag\u2019rikenglik Abdulla Qahhorning bosh fazilati bo\u2019lmaganida, Mirtemirning aslida o\u2019sha ishidan pushaymon ekanini bilgach, uni huzuriga chorlab tavsiyanoma berarmidi?<\/p>\n<p>Abdulla Qahhorning \u201cYoshlar bilan suhbat\u00bb kitobi Said Ahmadning \u201cTortiq\u201d nomli hikoyalar to\u2019plamiga bag\u2019ishlangan tanqidiy maqola bilan boshlanadi. Maqola 1940 yilda yozilgan. Abdulla Qahhorning shundan keyingi adabiy-tanqidiy fikr-mulohazalari ham biri biridan o\u2019tkir, biri biridan ahamiyatli va qimmatlidir. \u201cYozuvchining vazifasi yaxshi asarlar yozish, xalq dilining tarjimoni bo\u2019lish bilangina cheklanmaydi, uning vazifasiga adabiyotni har qanday balo-qazodan qo\u2019riqlash, adabiyotning sergak, jasur posboni bo\u2019lish ham kiradi\u201d degan so\u2019zlariga o\u2019zi qanday amal qilganini bilish uchun munaqqid-yozuvchi Abdulla Qahhor faoliyati bilan tanishish kifoya.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">II<\/p>\n<p>Talabalik yillarimda Abdulla Qahhorni yaqindan ko\u2019rish, ikki og\u2019iz gapini eshitishni orzu qilganman. Ammo bu orzum amalga oshmagan. Abdulla Qahhorni faqat televizorda ikki marotaba ko\u2019rib, so\u2019zlarini eshitganman. Ikkalasi ham menda kuchli taassurot uyg\u2019otgan.<\/p>\n<p>Oltmishinchi yillarning o\u2019rtalari. Paxta yakkahokimligi avjiga chiqayotgan kezlar. O\u2019zbekning yetti yoshidan yetmish yoshigacha paxta dalasida. Yoshu qari go\u2019yo egatlarga sochilib ketgan. Qilcha bo\u2019lsin, norozilik bildirish mumkin emas. Maskovdan belgilangan yillik rejani bajarmaguncha na qiz-juvon, na bolalarda tinim bor. Kuzning vujudni junjiktiruvchi izg\u2019irin va sovuqlarini yengib, nihoyat, viloyatlar birin-ketin ko\u2019zlangan marralarni egallay boshlaydi. Qo\u2019lga kiritilgan ulkan g\u2019alaba bilan paxtakorlarni qutlab yozuvchi, shoir va olimlar ham televizorga chiqadi. Tabrik so\u2019zlari nihoyatda ko\u2019tarinki, biri biridan silliq va yaltiroq. Ittifoqo, Abdulla Qahhor ham yurtdoshlari \u2013 Farg\u2019ona mehnatkashlarini televizor orqali qutlaydi. Lekin uning qutlovi hech kimnikiga o\u2019xshamasdi: so\u2019z ham, gap ham juda oddiy va tabiiy. Dehqonning quvonchiga sherik bo\u2019lish, ko\u2019nglini ko\u2019tarish niyatida aytilayotgan fikrlar ham toshday og\u2019ir. Men o\u2019sha davrda paxtakorni tabriklash uchun radio yoki televizorga chiqqan biron bir ijodkorning jur\u2019at bilan \u201cMashina paxtakorning mehnatini naqadar yengillatgan, uni mashaqqatdan naqadar qutqargan bo\u2019lsa ham, hanuz qiz-juvonlarimizning husn-latofati paxtazor jo\u2019yaklarida qolib borayotipti, studentlarimiz hanuz to\u2019liq tahsil ko\u2019rmayotipti, qishloq bolalari hanuz maktabdan chalamulla bo\u2019lib chiqayotipti\u201d deganini eslay olmayman\u2026<\/p>\n<p>Yov qochsa, botir ko\u2019payar, deganlaridek, qayta qurish va oshkoralik zamonlarida qo\u2019liga qalam ushlagan zot borki, paxtakorning ahvoliga qayg\u2019uradigan, paxta ishining og\u2019irligidan bong uradigan bo\u2019lib qoldi. Bu \u201cqaltis\u201d masalada shu qadar ko\u2019p gapirildiki, oxiri tinglashga ham toqat qolmadi. Ayniqsa, ayrim jurnalist va yozuvchilarning biyronligi, chechanligi andishasizlikkacha yetib bordi. Holbuki, g\u2019amkashlik va muhofizlik kayfiyatidagi o\u2019sha fikr-mulohazalarni bir joyga jamlasangiz, ularning ma\u2019no salmog\u2019i Abdulla Qahhorning yuqoridagi uch jumlasiga yaqin ham yo\u2019lamaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">III<\/p>\n<p>Abdulla Qahhor hayotda ham, badiiy ijodda ham o\u2019z haqiqatlarini topgan, shu haqiqatlar uchun sabot bilan kurashgan san\u2019atkordir. Bu haqiqatlar uni qattiq qiynagan, qalbida og\u2019ir-og\u2019ir tebranish va tortishuvlar paydo qilgan. Ammo u ongli hayoti va iste\u2019dod quvvatini aynan shu haqiqatlarga bag\u2019ishlagan. Ko\u2019nglini nurafshon aylagan shu haqiqatlarga suyanib, Abdulla Qahhor ma\u2019nan ulg\u2019aygan, ma\u2019nan ulg\u2019aygan sayin esa shu haqiqatlarning boqiyligidan ilhomlangan. Abdulla Qahhorning cho\u2019ng mehnat va zargarlik bilan yaratilgan har bir asarida boqiy haqiqat muhri va shukuhi bor. Abdulla Qahhorning ijodiy shaxsiyati behad boy va favqulodda saxovatli. Shuning uchun, rus olimasi I.Barolina to\u2019g\u2019ri qayd etganidek, \u201cAbdulla Qahhor ijodiga qiziqish uning shaxsiyatiga, insoniy mohiyatiga qiziqish bilan bevosita bog\u2019langan. Uning shaxsiy fazilatlari \u2013 fikrlash tarzi, xarakteri, g\u2019ayrat-shijoati, ma\u2019naviy dunyosi asarlarida shu qadar yorqin aks etganki, yozuvchi Abdulla Qahhor bilan uning shaxsi ichdan ajralmas aloqada bo\u2019lib ko\u2019rinadi\u201d.<\/p>\n<p>Bu hammaga nasib etadigan va hamma yozuvchidan talab qilsa bo\u2019ladigan xususiyat emas. Barcha buyuk yozuvchilardek, Abdulla Qahhorning ham shaxsi \u2013 ijodiga, ijodi \u2013 shaxsiga bir ko\u2019zgudir. Adib ijodini sevganlar albatta uning shaxsiga maftun bo\u2019ladi, shaxsini bilganlar esa \u2013 uning ijodidan ayri yashayolmaydi.<\/p>\n<p>1967 yili Abdulla Qahhor oltmish yoshga to\u2019lgan edi. O\u2019sha sanaga bag\u2019ishlab sentyabr oyida Toshkentda o\u2019tkazilgan katta anjuman televizorda butun jumhuriyatga namoyish etildi. Bu adabiy yig\u2019inni ko\u2019rish talabalik davrimning aslo o\u2019chmaydigan xotiralaridan biri bo\u2019lib qolgan. Buyuk adibning qorday oppoq sochlari, nuroniy chehrasi, vazmin va salobatli qaddu qomati, o\u2019ziga yarashiqli bir ohangda so\u2019zlashlari tasavvurimda hali-hanuz tez-tez jonlanib turadi.<\/p>\n<p>Abdulla Qahhorga xos sokinlik, mulohazakorlik va teranlikka yetishmoq uchun qancha bilim, mushohada, qancha hayotiy tajriba va dard zarurligini keyinroq \u2013 ancha vaqt o\u2019tgach angladim. Mana, yosh ham ellikdan o\u2019tib oltmishga qarab chopayotir. O\u2019ttiz yildan ortiq vaqtdan buyon poytaxtda yashayman. Qancha-qancha yozuvchi, shoir, san\u2019atkor va olimlar bilan uchrashdim, yaqindan tanishdim, muloqotda bo\u2019ldim. Ayrimlarining yubiley tantanalarida ishtirok etdim. Ammo ular orasida Abdulla Qahhorga o\u2019xshab o\u2019zining So\u2019ziga o\u2019zi hokim bo\u2019lgan, har qanday vaziyatda ham mustaqil fikrlaydigan ijodkor insonni kam uchratdim. Haq va haqiqat qarshisida tili qisiq, yuzi shuvut bo\u2019lmagan yozuvchi borki, barchasi o\u2019z so\u2019ziga o\u2019zi hokimdir. Abdulla Qahhor shunday benazir yozuvchi edi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">IV<\/p>\n<p>Olamning o\u2019zgarishi \u2013 odamning o\u2019zgarishiga bog\u2019liq. Odamning ongi, fikr-qarashlari yangilanmas ekan, hech qachon olam yangilanmaydi. Abdulla Qahhor mustabid xonlar, sultonlar hukmronlik qilgan eski zamon insonning qo\u2019l-oyog\u2019i bilan birga ongi, aqli va qalbini ham kishanlab tashlaganini bolaligidayoq ko\u2019rgan, o\u2019sha chirkin qullik muhitida yashab ulg\u2019aygan edi. Abdulla Qahhorning o\u2019nlab asarlari, xususan, \u201cO\u2019tmishdan ertaklar\u201d qissasida tasvirlangan voqea-hodisa va ijtimoiy manzaralar \u2013 asrlar mobaynida xalqni yanchib, ta\u2019qib etib kelgan musibat, g\u2019am-anduh va fojialarning o\u2019ziga xos haqqoniy talqinidir. \u201cXalqning ko\u2019zi bog\u2019lansa, qulog\u2019iga qo\u2019rg\u2019oshin quyilsa, taqdir hukmi o\u2019limdek haq, degan aqidani uning zehniga singdirish osonroq bo\u2019ladi\u201d. Bu fikr \u2013 xalqning ko\u2019zi bog\u2019lanib, qulog\u2019iga qo\u2019rg\u2019oshin quyilganda uning og\u2019ir alam va sitamlarga yo\u2019liqishiga bevosita guvoh bo\u2019lgan, bu hayotda inson tasavvuriga sig\u2019maydigan balo-qazolar qo\u2019pishini o\u2019z ko\u2019zi bilan ko\u2019rgan, ko\u2019nglidan o\u2019tkazgan yozuvchining, ya\u2019ni Abdulla Qahhorning fikri. To\u2019g\u2019ri, adib oktyabr inqilobi xalqimizning ko\u2019zini, qulog\u2019i va ongini ochadi, endi taqdir hukmiga o\u2019limga ishongandek ishonishlar barham topadi, deb umid qilgan, davlat va partiya belgilagan mafkuraviy chiziqlardan chetga chiqmaslik niyati bilan yashab, ijod etgan. Shu ma\u2019noda Abdulla Qahhorni ayblashga yoki qoralashga dalil bo\u2019ladigan fikr-mulohazalarni uning asarlaridan ko\u2019chirma olib, qatorlashtirish qiyin emas. Ammo buning bilan Abdulla Qahhorning asl badiiy olami, yozuvchilik qiyofasi xiralashib qolmaganidek, san\u2019atkorlik maqomi ham pasaymaydi.<\/p>\n<p>Abdulla Qahhor bir suhbatida \u201cMen adabiyotga uning mohiyatini bilmasdan, adabiyot propaganda quroli ekanini yuzaki, juda ham yuzaki tushunib kirganman\u201d, deydi. Tavalludiga oltmish yil to\u2019lganda esa \u201cMen qirq yillik ijodiy faoliyatim davomida ko\u2019p ish qilganim yo\u2019q, chunki bu qirq yilning ko\u2019pini tajriba orttirishga sarf qildim\u201d, degan edi. Tabiiyki, adabiyotning mohiyatini bilmasdan qilingan ish \u2013 adabiyot namunasi sifatida yashay olmaydi. Abdulla Qahhor bunday asarlarini ko\u2019p jildligiga kiritmagan. Va bu ishi bilan haqiqiy yozuvchi nainki boshqalarning, balki o\u2019zining ijodiga ham tanqidchi ko\u2019zi bilan xolisona qarashga qodirligini isbotlagan. Demoqchimizki, agar Abdulla Qahhorning sho\u2019ro davlati va kommunistik partiyaga munosabati oddiy odamlar ishonchidan farq qilmasa edi, o\u2019zini siyosat va adabiyot rahnamosi deb bilgan \u201cdohiy\u201d va \u201cdohiycha\u201dlarni vahimaga solgan o\u2019sha mashhur fikrni u hech vaqt aytmagan bo\u2019lardi.<br \/>\nUstoz Ozod Sharafiddinov bunday hikoya qiladi: \u201cBa\u2019zan do\u2019stlarim \u2013 deydi Abdulla Qahhor yubiley kechasidagi nutqida, menga ta\u2019na qilib, \u201ckatta\u201dlarga chest` berib turmaysan, deyishadi. Men chest berolmayman. Chunki men partiyaning oddiy soldati emas, ongli a\u2019zosiman\u201d. Avvalo shuni aytish kerakki, bu gaplar birdan, majlis vaqtidayoq yozuvchining esiga kelib qolgan, hayajon ichida og\u2019zidan chiqib ketgan gaplar emas, Abdulla Qahhor besh kun avval ikki-uch shogirdiga tantanali kechada gapiradigan gapini o\u2019qib bergan edi. Shunda shogirdlari yuqoridagi iborani aytmaslikni, agar bu ibora aytiladigan bo\u2019lsa, adabiy muhitga yomon ta\u2019sir qilishini ta\u2019kidlashdi\u2026\u201d<\/p>\n<p>Shogirdlar ham oddiy kishilar bo\u2019lmagan, albatta. Ularning har biri el-yurtga tanilgan, hayotning past-balandini yaxshi bilguvchi iste\u2019dod sohiblari edi. Shunga qaramasdan, Abdulla Qahhor shogirdlarining fikrini olmasdan, gapirishi shart deb o\u2019ylagan gapini aytgan. Unga munosabat keskin o\u2019zgarishini bilsa-da, \u201cMen partiyaning oddiy soldati emas, ongli a\u2019zosiman\u201d deyishdan o\u2019zini cheklay olmagan. Chunki zamonasozlik, xushomadgo\u2019ylik, madhiyabozlik avj olgan va partiyaga yaltoqlanish, uning har bir da\u2019vatiga \u201clabbay\u201d deya javob qaytarish umumiy udumga aylangan muhitda \u201congli a\u2019zolik\u201d huquqi ham katta gap hisoblangan. Ongli a\u2019zo bo\u2019lmoq \u2013 hech bir narsaga ko\u2019r-ko\u2019rona sig\u2019inmaslik, bo\u2019lar-bo\u2019lmasga sadoqat izhoriga berilmaslik, har qanday vaziyatda ham o\u2019zining aql-idroki va salohiyatiga suyana bilish deganidir. Ong va fikr mustaqilligiga erishgan kishi \u2013 qalbi va ruhoniyati hur inson bo\u2019ladi. Faqat shunday insongina umumiy betamizlik, hech kimdan hisob talab etilavermaydigan \u201culgurji\u201d riyokorlikka bosh qo\u2019shmaydi.<\/p>\n<p>Abdulla Qahhor odamning Odam bo\u2019lib kun kechirishini, inson o\u2019z ahvolini bilishda adashmasligini, tosh chaynasa ham haqiqatga xiyonat qilmasligini istagan. Agar o\u2019tmishda qullik, qaramlik, zabunlik hukm surgan bo\u2019lsa, kelajakda erkinlik, tenglik, baxtiyorlik qaror topadi, deb umid qilgan Abdulla Qahhor. Agar moziyda mehnatkash xalq ko\u2019zidan qonli yoshlar oqib, ajdodlarimizning boshi musibat va kulfatdan chiqmagan bo\u2019lsa, sho\u2019ro zamonida yig\u2019i \u2013 shodlikka, kulfat \u2013 quvonch va xotirjamlikka o\u2019rin bo\u2019shatar deb ishongan Abdulla Qahhor. Vaqt o\u2019tishi bilan buyuk adib bu ishonch aslida ulkan adashish, aldanish ekanini bilgan, shirin orzu va umidlar bag\u2019ridan umidsizlik va dilni cho\u2019ktirguvchi ishtibohlar ulg\u2019ayayotganiga iqror bo\u2019lgan.<\/p>\n<p>Abdulla Qahhorning hikoyalarini o\u2019qigansiz. Uning qahramonlarini yaxshi bilasiz. Ularning orasida ibrat olish va namuna etib ko\u2019rsatishga arziydigan nechta erkak bor? Xayolan bir joyga ularni to\u2019plang: fikri, saviyasi, maqsadi, munosabati va holini birma-bir tahlildan o\u2019tkazing. Ko\u2019nglingiz cho\u2019kib ketadi. Lekin Abdulla Qahhorning realistligidan, jonli obraz yaratish san\u2019ati va samimiyatidan dil ravshanlashadi. Abdulla Qahhor nuqtai nazarida ijobiy qahramon \u2013 yasama qahramon emas. U obraz yaratishda sun\u2019iylik va soxtakorlikka toqat qilolmagan. Shuning uchun hikoyalaridagi har bir detal`, har bir badiiy to\u2019qima hayot haqiqatiga o\u2019ta mos va ular inson taqdirini haqqoniy shaklda yoritishga xizmat ettirilgan. Abdulla Qahhor oddiy insonni sevgan, uning ahvol-ruhiyasini teran tushungan, qismatiga kuyingan. Adib oddiy odamlar to\u2019g\u2019risida yolg\u2019on yozishdan, ularni soxta va yasama qiyofada ko\u2019rsatishdan hazar qilgan. Bundan tashqari, Abdulla Qahhor hikoyalarini o\u2019qisangiz, jasurlik va matonat nafaqat erkaklarga, balki ayolga ham xos ekaniga tan berasiz. Nega shunday? Bu haqda har kim o\u2019zicha o\u2019ylasa, o\u2019zicha bir xulosaga kelsa, menimcha, foydadan xoli bo\u2019lmaydi. Men bu o\u2019rinda faqat bir narsaga \u2013 Abdulla Qahhorning qahramon tanlash va xarakterni tipiklashtirishdagi talabiga e\u2019tibor qaratishni istar edim. Yozuvchi asarlarida ibratli obraz va qahramon bor, lekin ideal obraz ham, qahramon ham yo\u2019q. Bu san\u2019atkorning tom ma\u2019nodagi realist ijodkorligi va haqparastligi ham, yo\u2019qni \u2013 bor demagani, soxta va so\u2019xtasi sovuq kitobiy qahramonlarni bino qilib siyosat \u201ctegirmoni\u201dga suv quymagani, kitobxonni aldamaganida yaqqol namoyon bo\u2019ladi.<\/p>\n<p>\u201cBiz mansub bo\u2019lgan millat, \u2013 deydi Amerika yozuvchisi Rolf Emerson, \u2013 olomonga aylanib qoldi. Biz hanuzgacha komil insonni ko\u2019ra olganimiz yo\u2019q. Uning ma\u2019naviy-ruhiy holatini ham hali to\u2019g\u2019ri tasavvur etolmaymiz. Komil shaxsni faqat orzu qilamiz. Lekin u haqidagi xabardan nari o\u2019tolmaymiz. Unga xos bo\u2019lgan quvvat va sehrli qobiliyat biz uchun mubham va noma\u2019lumdir\u2026\u201d<br \/>\nTaxminan mana shunday fikr Abdulla Qahhorning qalbida ham zildek armon bo\u2019lib cho\u2019kib yotgan. U hayotda uchratmagani \u2013 komil shaxsni tasavvurda yoki xayol kuchi bilan bino qilishga umuman rag\u2019bat sezmagan desa, xato bo\u2019lmaydi.<\/p>\n<p>Abdulla Oripov Abdulla Qahhorga bag\u2019ishlangan xotiralarida \u201cAbdulla akaning lafzidan uchgan so\u2019zlar nechog\u2019liq shafqatsiz bo\u2019lmasin, uning ko\u2019zlarida doimo qandaydir bir mung yashirinib yotardi\u201d, deydi. Ehtimol, bu mung \u2013 hasrat va armon mungi bo\u2019lgan. Ehtimol, bu \u2013 anglash azobi va chorasizlik hissi bo\u2019lgandir. Ehtimol, boshqa narsadir. Nima bo\u2019lganda ham, o\u2019sha xosiyatli Mungda kuchli Shaxs sog\u2019inchi yashiringaniga shaxsan men shubha qilmayman.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">V<\/p>\n<p>\u201cVatandosh bo\u2019lmasa, vatan bo\u2019lmaydi\u201d, deydi Ibn Arabiy. Demak, har qanday vatanning tarixi, buguni va kelajagi vatandoshlik tuyg\u2019usining qanday shakllangani, nechog\u2019liq kuch-qudratga ega ekaniga bog\u2019liq. Haqiqiy vatandoshlikdan doimo maslakdoshlik tug\u2019iladi. Bunday maslakdoshlik esa o\u2019zni anglash va o\u2019ziga ishonishga, hech narsadan cho\u2019chimay, qo\u2019rqmay yashashga ruhlantiradi. Har qanday o\u2019tkinchi hislar, g\u2019arazli muddao va da\u2019volar vatandoshlik tuyg\u2019usi ta\u2019sirida juda xunuk va past, bag\u2019oyat so\u2019nik ko\u2019rinadi. Chinakam vatandoshlik tuyg\u2019usigina ko\u2019ngildan ko\u2019ngilga yo\u2019l ochadi, el-yurt dardini vijdon dardiga, hurriyat ishqini hayot mazmuniga aylantiradi. Mana shunga erishilmasa, vatandoshlik hissi quruq gap bo\u2019lib qolaveradi. Natijada avomlik, nodonlik va soxtakorliklar avj oladi.<\/p>\n<p>Avom kim? Odamday erkin fikr yuritish, erkin yashash shavqidan mahrum kimsa. Qorni to\u2019q, ust-boshi but bo\u2019lsa, oromini hech kim buzmasa \u2013 avomning \u00abozodligi\u00bb ana shu bo\u2019ladi. Avomlik bu \u2013 gushnalik, laqmalik, ko\u2019r-ko\u2019rona ergashish, ixtiyoriy ravishda qullikka chidash deganidir. Shuning uchun avomni aldash, laqillatish oson. Uning haqiqati qornidan boshlanib, bo\u2019g\u2019zida tugaydi. Ayniqsa, mustamlakachilik sharoitida, bosqinchilik mafkurasi qilichga aylangan zamonlarda avomni uyg\u2019otish, olomonni hurriyatga boshlash boshni kundaga qo\u2019yish bilan teng bo\u2019ladi. Chunki donishmand Abdulla Qahhor haqqoniy ta\u2019riflaganidek, \u201cMustamlakachilik faqat mamlakatni g\u2019orat qilmaydi, undan ham yomonrog\u2019i \u2013 odamlarni, xalqni ruhan g\u2019orat qiladi, shunday qiladiki, qul hayotini kechirayotgan, insonga nomunosib hayot kechirayotgan odamda shu hayotga qarshi norozilik, isyon ruhi butkul so\u2019nadi\u201d.<\/p>\n<p>Abdulla Qahhor bu gapni hind mustamlakachiligini nazarda tutib aytgan. Lekin yurtimizda yuz yildan ziyod davom etgan mustamlakachilik birinchi galda xalqimizning ruhini, jasoratini g\u2019orat qilib, turli hiyla-nayranglar bilan uni kishanda, qullik qafaslarida saqlashga urinmaganmidi? Elimizni dinidan, tili va tarixidan ajratib tashlash uchun bor kuch, bor imkoniyatini sarflamaganmidi?<\/p>\n<p>O\u2019zini qaysi din, qaysi mazhabga mansub bilmasin va o\u2019zini kim deb hisoblamasin, baribir avomning dini, mustahkam e\u2019tiqodi bo\u2019lmaydi. U Xudodan emas, boshida qilich qayrab turgan bandasidan qo\u2019rqadi. Xoliqni sharaflab, maxluqning poyiga bosh egadi. Uning qoshu qabog\u2019i va hukmiga qarab yuguradi, yeladi. Mamlakat boshiga bosqin ofati, mazlumlik kulfatlari yog\u2019ilganda, nomusu or uchun maydonga chiqish zarurati yuzaga kelganda nodon dindor ham, g\u2019ofil dahriy ham adolatni emas \u2013 zulmni, odillikni emas \u2013 zolimlikni, haqiqatni emas \u2013 yolg\u2019on va qalloblikni yoqlaydi. Chor bosqini zamonlarida ham xuddi shunday bo\u2019lgan. Kelgindilarga yurtimizning qo\u2019l-oyog\u2019ini bog\u2019lab berishda peshqadamlik qilganlar kimlar? Peshvo bo\u2019lganlar kim? Faqat siyosat arbobi va amaldorlarmi?..<\/p>\n<p>Ozarboyjonning buyuk farzandi va mutafakkiri Husayn Jovid masjid va minbarlarda jamoatni jannat huzur-halovati ila aldab, avom musulmonlarga oxirat saodatini va\u2019da qilib, ularni g\u2019aflat, kulfat va baxtsizliklarga ko\u2019niktirishga jon-jahdi bilan uringan shariat sohiblarining qilmishlaridan bahs yuritib, bunday deb yozgan edi:<\/p>\n<p><em>Agar musulmonlik budurki, bizim musulmonda bor,<\/em><\/p>\n<p><em>Voy uning ertasigaki, bu kunning ortidan kelur.<\/em><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Turkistondagi diniy mahdudlik va g\u2019ofillik esa Kavkazdagiga nisbatan ming karra ziyodroq va ayanchliroq bo\u2019lganini tarixiy misollardan yaxshi bilamiz. Qullikni \u2013 hurlik deya fatvo berish, xalqni bosh egish, hayvonnikidan ham yomonroq hayotga ko\u2019niktirishda ba\u2019zi shariat namoyandalari yalovbardorlik qilgan. Shu tufayli erkin fikr qafasga solingan, insondagi tabiiy mayllar ayovsiz ta\u2019qib etilgan. Islomning ilg\u2019or, nihoyatda hayotiy va insonparvar din ekaniga shubha qilmagan holda, Abdulla Qahhor din bilan dindorlik ayni bir tushuncha emasligini yoritishga intilgan. U bir o\u2019rinda yozadi: \u201cIngliz mustamlakalarida nima qilgan bo\u2019lsa, hammasi qon so\u2019riladigan naychalardan iborat bo\u2019lgan: temir yo\u2019l, har xil imoratlar, xomashyo ishlanadigan korxonalar, dinga rivoj, odamlarda qullik raftori va psixologiyasi. Din ham shu naychalardan biri\u2026\u201d<\/p>\n<p>Bu hukm bir oz keskin emasmi? Kufr va dahriylik mayli sezilmaydimi unda? Menimcha, kosa tagidagi nimkosani payqagan kishi adibning xulosasiga qo\u2019shiladi. Axir, e\u2019tiqod erkinligi cheklangan va taqiqlangan muhitda, qoloqlik, savodsizlik va gumrohlik tantana qilgan sharoitda dinning ma\u2019no-mohiyati qattiq \u201ctahrir\u201dga uchrashi, qonun-qoidalar esa ancha-muncha zamonaviylashtirilishi mumkin, albatta. Modomiki shunday ekan, ma\u2019lum davrlarda dindan ham \u201cqon so\u2019riladigan bir naycha\u201d o\u2019rnida foydalanilganini aslo inkor etib bo\u2019lmaydi.<\/p>\n<p>Din nomi bilan dunyoda juda ko\u2019p yaxshi va xayrli ishlar qilingan. Shu bilan birga, dunyodagi ko\u2019pdan-ko\u2019p yomon ishlar, aql bovar etmas qabohat va yovuzliklar ham bir zamonlar din va shariat nomi ostida amalga oshirilganini inkor etib bo\u2019lmaydi. Buni unutmaslik va bundan zinhor-bazinhor ko\u2019z yummaslik kerak. Men Abdulla Qahxorning dinga munosabatini, din va dindorlik xususida ilgari surgan fikr-mulohazalarini to\u2019la-to\u2019kis yoqlamayman. Shuningdek, adibning din va jamiyat rivoji, din va inson erki, din va shaxs kamoliga doir fikrlarining bugungi kunda ahamiyati qolmadi, degan gaplarga ham aslo qo\u2019shilmayman.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">VI<\/p>\n<p>Ulkan yozuvchi, agar haqiqatan ham san\u2019atkor bo\u2019lsa, mayda hissiyotlarga berilmaydi. Bunga jahon adabiyotidan ko\u2019plab misollar keltirish mumkin. Mana, buyuk rus adibi Lev Tolstoyni olaylik. Uning boy-badavlat kishi bo\u2019lganini hamma biladi. Lekin yozuvchining atrofidagi qashshoqlik, kambag\u2019allik unga behad yomon ta\u2019sir o\u2019tkazgan, uning ko\u2019nglini ezib, ruhini yanchgan. Ellik yoshlarida Tolstoy ongida kutilmagan evrilish sodir bo\u2019ladi: u hayotidan, qilayotgan ijodiy ishlaridan qoniqmay qoladi. Atrof-muhitni aqlga sig\u2019mas kulfat, baxtsizlik qurshab yotgan bir zamonda o\u2019tirib olib roman yozish \u2013 g\u2019irt bema\u2019nilik, degan qarorga keladi. Va badiiy ijodni vaqtincha to\u2019xtatib, xalqning og\u2019ir ahvoli haqida otashin publitsistik maqolalar yoza boshlaydi. Bu maqolalar jamiyatdagi ijtimoiy adolatsizlikka nisbatan nafrat va g\u2019azab hissi bilan to\u2019liq edi.<\/p>\n<p>Abdulla Qahhor \u201cTolstoy san\u2019atkor sifatida biz uchun bitmas-tuganmas mahorat xazinasi, maktab, butun boshli bir akademiyadir\u00bb deganida bu buyuk siymodan xalq taqdiri, shaxs erki uchun kurash jasoratini o\u2019rganishni ham nazarda tutgan. Axir, tog\u2019day talantga Olloh tariqdek shijoatni ravo ko\u2019rmasa \u2013 bu ham bir tolesizlik. Bunaqa iste\u2019dod havasga arzimaydi: u yonib-yonolmaydi, kuyib kuyolmaydi, ehtiyotkorlik \u201cqonun-qoida\u201dlarini chetlab, mardona qadam tashlayolmaydi. Odatda bunday ijodkorlar o\u2019zlarining ichki kuchiga emas, allaqanday tashqi kuchga taslim bo\u2019lib yashaydi.<\/p>\n<p>Biz istaymizmi, istamaymizmi, haqiqiy yozuvchining shaxsiyati \u2013 ochiq shaxsiyat. Shuning uchun u har qanday yopiq jamiyat bilan chiqisholmaydi. U hamma narsada ochiqlik, aniqlik bo\u2019lishini xohlaydi. Bunday ijodkor hatto ortidan bolta ko\u2019tarib yugurganlarida ham o\u2019z so\u2019zi va jur\u2019atiga sodiq qoladi. Shu haqda so\u2019z ochilganda Abdulla Qahhorni xotirlamasdan bo\u2019ladimi? Hayotda ham, ijodda ham Abdulla Qahhorning mardligi ibrat bo\u2019lib qolgan. Jamol Kamol \u201cAbdulla Qahhor xotirasiga\u201d she\u2019rida xayolan ustozga murojaat etib bunday deydi:<\/p>\n<p><em>Kim ham kiya olur endi to\u2019ningni,<\/em><br \/>\n<em>Kim ham bog\u2019lay olur sening belbog\u2019ing?<\/em><\/p>\n<p>Abdulla Qahhor yelkasiga olgan \u00abqo\u2019qoniy to\u2019n\u201dni kiyish osonmi? Abdulla Qahhorning \u201cbelbog\u2019i\u201dni belga bog\u2019lashga kimning qudrati yetadiyu kim jur\u2019at topadi?<\/p>\n<p>Zamon sinovlaridan o\u2019tgan, e\u2019tiqod va irodasi mustahkam ijodkorlarimiz bor. Ehtimol shular ham kurashchanlik va matonatda, haqgo\u2019ylik va jasoratda Abdulla Qahhorga havas qilsa ajab emas. Lekin unga tenglashishni xayolga keltirmasalar kerak. Taniqli rus adibi Konstantin Simonovning yozishicha, u Qahhor bilan tanishmasidan oldin \u201cSarob\u201d romanini o\u2019qigan. Va kitob muallifining hayot, uning murakkabliklariyu ziddiyatlari haqida teran, dadil fikrlay olishiga tan bergan. Shaxsan tanishuvdan so\u2019ng esa, \u201cMen nafaqat teran va dono insonga, balki harakatlari mardonavor, qat\u2019iyatli, mulohazalari keskin, hatto dag\u2019alga o\u2019xshab ketadigan, xijolat bo\u2019lar darajada keskin bir insonga to\u2019qnash keldim\u201d, deydi u.<\/p>\n<p>Xo\u2019sh, Qahhorning jasorati nimadan oziqlangan? Avvalo, to\u2019g\u2019rilik va haqiqatdan. To\u2019g\u2019rilik va rostlik Abdulla Qahhorning tarbiyachisi, yo\u2019lboshchisi bo\u2019lgan. Shuning uchun uning ohista va vazmin fikrlari ham o\u2019zgalarni cho\u2019chitgan, tahlikaga solgan. O\u2019zlarini adabiyot peshvolari deb bilgan, haqiqatga yuzma-yuz kelishdan qochib yashaydigan farmonbardorlarning fikr va talablarini Abdulla Qahhor e\u2019tiborga loyiq ko\u2019rmagan. Va hech ikkilanmay ularga qarshi so\u2019zini aytgan. Bu so\u2019zlar yozuvchi sha\u2019ni va martabasini muhofaza etish jihatidan hamon qimmatlidir.<\/p>\n<p>\u201cKult davridagi vahimachilikdan hanuz qutulmagan shubha bandalari, \u2013 deb yozadi Abdulla Qahhor bir maqolasida, \u2013 tuxumdan tuk qidiradi, maydonga kelgan har bir asarni tirnoqlab, hidlab, iloji bo\u2019lsa yozuvchining boshiga chertib ko\u2019rishni, bulardan albatta nuqson topishni, loaqal asarni shubha ostida qoldiradigan har xil imo-ishoralar qilishni, chala-yarim gaplar aytib, mish-mishlarga oziq berishni o\u2019zining kasbi hisoblaydi\u201d. Ma\u2019lumki, vahima va shubhabozlikdan adabiyotimiz katta zarar ko\u2019rgan. Bu illat qulay sharoit tug\u2019ilishi bilan darrov o\u2019zining jirkanch basharasini namoyon etib kelgan. Uzoqqa bormasdan, saksoninchi yillarning o\u2019rtalarini xotirlaylik. O\u2019shanda qator yosh iste\u2019dodlardan g\u2019oyaviy xatolar topish uchun asarlari \u201ctirnoqlab\u201d ham, \u201chidlab\u201d ham o\u2019qildi. Kimlardir \u201ctuxumdan tuk\u201d qidirib, palag\u2019da iddao bilan adabiy jamoatchilikni chalg\u2019itishga, ijodida milliy ruh kuchli bo\u2019lgan yoshlarning kitoblariga millatchilik tamg\u2019asini bosishga urindi. Xayriyatki, zamon nafasi o\u2019zgardi, xayriyatki, Qodiriy va Qahhor kabi ulug\u2019larimizning ruhlari adabiyotimizning navqiron avlodini qo\u2019lladi \u2013 yovuzlik, zo\u2019ravonlik maqsadiga erisholmadi. Qo\u2019rqoqlik naqadar jirkanch narsa ekaniga, yozuvchi uchun qo\u2019rquvdan ortiq tavqila\u2019nat bo\u2019lmasligiga men o\u2019shanda aniq ishonch hosil qilganman.<\/p>\n<p>Qo\u2019rquv hayotning oddiy muammosi emas, juda katta \u2013 bahaybat muammosi ekan. Hind faylasuflaridan biri aytganidek, qo\u2019rquvga tobe, qo\u2019rquv domida qolgan aql shubha va ziddiyat ichida yashar ekan. \u201cAna shuning uchun bunday aql buzuq va tajovuzkor, zo\u2019ravonlikka moyil bo\u2019ladi\u201d. Demak, qanday yuksak tog\u2019ni ko\u2019zlab, qanday ma\u2019budga sig\u2019inmaylik, sho\u2019ro davrida qon-qonimizga singdirilgan qo\u2019rquvdan qutulmasak, hayotimizni, jur\u2019at va jasoratimizni yemiradigan, majruh aylaydigan dahshatli ofatdan hech vaqt xalos bo\u2019la olmaymiz. Yovuzlik, jaholat va zulmni qoralovchi qalamkashlar har qadamda uchraydi. Bu ishni qog\u2019ozda bajarish oson. Qiyini \u2013 yovuzlik va adolatsizlikni kamaytirishga amaliy hissa qo\u2019shishdir. Shu ma\u2019noda Abdulla Qahhorning so\u2019zi bilan amali orasida tafovut yo\u2019q edi. K. Simonov buni juda yaxshi anglagan, yaxshigina izohlab ham bergan. U yozadi: \u201cAbdulla Qahhor yovuzlik, jaholat, razillik yonidan xotirjam o\u2019tib ketaveradigan odam emasdi, aftidan, bu hol uni qayg\u2019uga solardi, xuddi mana shu qayg\u2019u uning aqlli ko\u2019zlarida hamisha sezilib turardi\u2026 bundan o\u2019zgacha munosabatda bo\u2019lish uning qo\u2019lidan kelmasdi, u boshqacha munosabatda bo\u2019lishga intilmasdi ham\u201d. \u201cTobutdan tovush\u201d yozilganidan buyon poraxo\u2019rlik, yulg\u2019ichlik shu qadar keng va chuqur ildiz yozib, rivoj topdiki, jamiyatni tubidan kemirib, yemirib yotgan bu ofatga qarshi kurashish mumkinligiga endilikda odamlarni ishontirish ham oson bo\u2019lmay qoldi. Holbuki, mazkur asar e\u2019lon qilingan vaqtda ba\u2019zi yozuvchilar Abdulla Qahhorning bu masalada haqligiga shubha bildirgan, adabiyotshunos va munaqqidlar esa uni voqelikni buzib ko\u2019rsatishda ayblagan edi.<\/p>\n<p>Odamning erkin yashashi, erkin fikrlab, erkin so\u2019zlashi qiyin bo\u2019lgan, chor atrofda hadik, qo\u2019rquv, vahima sharpasi o\u2019rmalab yurgan tahlikali bir sharoitda haqgo\u2019y, kurashchan shaxs qanday ozod, qanday mardona yashagan bo\u2019lsa, Abdulla Qahhor ham shunday umr kechirgani hayratlanarlidir. Millati, yurti, adabiyoti ravnaqiga bir ulkan adib nechog\u2019liq beg\u2019araz hissa qo\u2019shgan bo\u2019lsa, Abdulla Qahhor ham shunday mehnat qilgani, o\u2019zini ayamasdan o\u2019lmas asarlar yaratishga erishgani ham havas qilishga munosibdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">VII<\/p>\n<p>Iste\u2019dodli ijodkor iste\u2019dodsizlik bilan aslo chiqisha olmaydi. Chunki haqiqiy iste\u2019dod \u2013 adabiyotning sergak posboni. Adabiyotni iste\u2019dodsizlar xurujidan iste\u2019dod sohiblari muhofaza etmasa, boshqa hech kim himoya qilolmaydi.<\/p>\n<p>Bizning nazarimizda, o\u2019tgan asrda yashab ijod qilgan hech bir o\u2019zbek ijodkori adabiyotimizning taqdiri, tozaligi va daxlsizligi uchun Abdulla Qahhor kabi qat\u2019iyat bilan kurashmagan, bu yo\u2019lda Abdulla Qahhorchalik aziyat ham chekmagan. Insof yuzasidan buni tan olish lozim.<\/p>\n<p>Abdulla Qahhorning borligi \u2013 tirikligining o\u2019zi o\u2019rtamiyonachilik, iste\u2019dodsizlik, kitobxonni nazar-pisand etmaslikka qarshi bir qalqon bo\u2019lgan. Faqat yaxshi asar yozishni emas, g\u2019oyaviy nochor, badiiy yaroqsiz asarlarga yo\u2019l bermaslikni u o\u2019zining muqaddas burchi deb hisoblagan. Unga ko\u2019ra, yozuvchi adabiyotga ikki xil yo\u2019l bilan \u2013 biri tutab, ikkinchisi yashnab kirib keladi. \u201cTutab kirgan yozuvchi uzoq tutaydi, ko\u2019nglidan chiqarib emas, qornidan chiqarib asar yozadi, yozuvchilik umrining oxirigacha tutaydi\u2026 Yozuvchilikka cho\u2019g\u2019day yashnab kirgan ijodkor asardan-asarga yashnay beradi, oxirda abadiy so\u2019nmas o\u2019tga aylanadi\u201d.<\/p>\n<p>Yana bir toifa qalamkashlar bo\u2019ladiki, ular adabiyotga \u201co\u2019g\u2019ri mushukday tuynukdan\u00bb tushadi. Bular uchun adabiyot san\u2019at emas \u2013 kasb, tirikchilik manbai. Adabiyotga tutab yoki o\u2019g\u2019ri mushukday tuynukdan kiradigan yozuvchilarning eng oliy a\u2019moli mahalliy va \u201cmahalla klassiklari\u00bb bo\u2019lishdir. Adabiyot shularning dastidan jabr ko\u2019radi. Shular badiiy so\u2019z, obrazli fikr zavqidan kitobxonni benasib etish bilan mashg\u2019ul bo\u2019ladi. Hozirgi kunda yozish-chizishga bo\u2019lgan havasni iste\u2019dod deb o\u2019ylaydiganlarning soni shu qadar ko\u2019payib ketdiki, ular adabiyotda o\u2019zlarini suvdagi baliqday erkin sezadigan bo\u2019lib qoldi.<\/p>\n<p>Shunday ahvolga Abdulla Qahhor chidarmidi? Loqayd qaray olarmidi? Dushman orttirish yoki qandaydir imtiyozlardan ayrilib qolishdan cho\u2019chirmidi? Keling, uning o\u2019limi oldidan sodiq shogirdi Shuhratga aytgan mana bu so\u2019zlarini o\u2019qiylik: \u201cOdamlar meni dushmani ko\u2019p deb o\u2019ylaydi. Vaholanki, mening dushmanim yo\u2019q. Men hech kimga dushmanlik qilgan emasman. Mabodo biror odamga qattiq gapirgan yoki u haqda yozgan bo\u2019lsam, adabiyotimizning ravnaqini ko\u2019zlab, jonim achiganidan, o\u2019sha odamning talantsizligi yoki yomon asar yozgani uchun shunday qilganman\u2026\u201d Bunday deyishga Abdulla Qahhor haqli edi. Bunday qiyin ishni bajarishga Abdulla Qahhor qodir edi. Vafotidan keyinoq hayotda ham, adabiyotda ham uning o\u2019rni bilindi. Abdulla Qahhordan keyingi adabiyotimiz to\u2019g\u2019risida o\u2019ylab, bunday mulohazalar paydo bo\u2019ladi: albatta, Abdulla Qahhor bo\u2019lish qiyin. U tanlagan yo\u2019ldan odim tashlab, katta adabiyot dardi bilan yashash bundan-da dushvor. Biz Abdulla Qahhorni sevamiz, deymiz. Uning asarlarini e\u2019zozlab, ko\u2019zga surtib o\u2019qiymiz, deymiz. Izdosh va shogirdlari xususida endi bemalol gapiramiz. Do\u2019ppi tor kelganda, \u201cMen Abdulla Qahhorga safdoshman, xolos\u2026\u201d deya shogirdlikdan tonishlar ham unutildi. Lekin ayting: haqiqat va adabiyot istiqboli uchun Abdulla Qahhor tortgan mashaqqatlarning, boringki, o\u2019ndan birini yelkasida ko\u2019tara oladigan biror yozuvchining nomini nega dadil tilga ololmaymiz? Abdulla Qahhorga ishongandek ishonadigan, unga suyangandek suyanadigan adabiy shaxsiyat qaerda? Ishonchim komilki, obro\u2019-e\u2019tiborli qaysi bir ijodkorga hozir \u201cSiz \u2013 adabiyotimizning Qahhorisiz, ya\u2019ni posbonisiz\u201d, deb so\u2019zlamang, u yo noqulaylik sezadi yoki \u201cQo\u2019ysangiz-chi\u2026\u201d deya e\u2019tiroz bildiradi. Aslida, holatlarning ikkalasi ham to\u2019g\u2019ri. Shuning uchun ham bizda Abdulla Qahhorni sog\u2019inish, ich-ichdan qo\u2019msash hissi bor. Yuksak cho\u2019qqilarni ko\u2019zlagan yo\u2019lchi muazzam toqqa suyangandek, biz ham bugun Abdulla Qahhorga suyanamiz, hayotga, adabiyotga, iste\u2019dodga ustoz nigohi ila qaray olsak, ijod olamidagi ofarinbozlik, soxta dahochilik, maydakashlik va didsizlik illatlaridan xalos bo\u2019lish muqarrarligiga ishongimiz keladi.<\/p>\n<p>Abdulla Qahhor oltmishinchi yillarning boshlarida yozilgan \u201cShijoat haqida\u201d nomli maqolasida bunday degan edi: \u201cAgar yozuvchining axloq kodeksi tuziladigan bo\u2019lsa, men halollik bilan shijoatni birinchi modda qilib qo\u2019yar edim, chunki yozuvchining boshqa hamma xislatlari uning qay darajada halol, naqadar shijoatli zehniga bog\u2019liqdir\u201d.<\/p>\n<p>Yozuvchi halol bo\u2019lmog\u2019i uchun, birinchi galda, iste\u2019dodli bo\u2019lishi shart. Chunki qitmirlik, baxillik, pismiqlik \u2013 bunday noqisliklarning bari iste\u2019dodsizlikning hosilasidir. Iste\u2019dod va shijoat esa qariyb egizak tushunchalardirki, talant shijoatni, shijoat talantni qo\u2019llabgina qolmasdan, biri ikkinchisini qanoatlantirib boradi. Buning eng yorqin misoli Abdulla Qahhorning iste\u2019dodi va shunga munosib shijoatidir. Men gapni aylantirib biron bir yozuvchi yoki shoirning shijoatsizligini pisanda qilmoqchi emasman. Bu \u2013 besamar ish. Besamarligi shundaki, ta\u2019na, tanqid yoki malomat bilan olchoqni oqil, qo\u2019rqoqni jasurga aylantirib bo\u2019lmaydi. Malomatda salomat bor, deganlaridek, ijodkor o\u2019zini o\u2019zi malomat qilishni juda yaxshi bilmog\u2019i kerak. Abdulla Qahhorga o\u2019xshab shafqatsizlikni o\u2019zidan boshlamog\u2019i lozim. Ana shundagina u o\u2019zini aldamasligi, o\u2019ziga o\u2019zi chap berib yashamasligi mumkin.<\/p>\n<p>Tiriklikdagi sinovlar kamlik qilganidek, hayot Abdulla Qahhorni o\u2019limidan keyin ham sinovdan o\u2019tkazdi. Adibning yuragi urishdan to\u2019xtashi hamon bir qancha shogirdlar qalbida \u201cjo\u2019sh urgan\u201d mehr, sadoqat, e\u2019tiqod ham go\u2019yo ma\u2019lum bir muddat to\u2019xtadi. Adabiy yig\u2019in va anjumanlarda uning nomi va xizmatlari kamdan-kam tilga olinadigan bo\u2019ldi. Qahhorshunos sifatida tanilgan ba\u2019zi olimlar tadqiqot mavzularini butunlay o\u2019zgartirdi\u2026 Adibning yetmish yillik yubileyi xo\u2019jako\u2019rsinga \u2013 juda sovuq bir munosabat bilan o\u2019tkazildi. Buning sabablari keyinchalik ayrim kitob va maqolalarda izohlab ham berildi.<\/p>\n<p>Vaqt chopaverarkan. Hayotda o\u2019zgarishlar bo\u2019laverarkan. Ana-mana deguncha Abdulla Qahhor tavalludiga 80 yil ham to\u2019ldi. Ushbu sanaga bag\u2019ishlab yozilgan maqola, xotira va chiqishlarni oldingi yubileyniki bilan umuman qiyoslab bo\u2019lmasdi. Mana, izzat va ehtirom. Mana, sodiqlik va haqgo\u2019ylik. Bundan kimlardir hayratlandi. Kimlardir ajablandi. \u201cShuncha gap bor ekan, nechun shu paytgacha sir saqlandi?\u201d deguvchilar ham bo\u2019ldi. Chunki ko\u2019p mulohazalar uydirma-yolg\u2019onning yuzini pardozlash uchun to\u2019qilgan edi. Xo\u2019sh, Abdulla Qahhorning asl qiyofasini soxtalashtirish va haqiqatni buzib-bejab ko\u2019rsatishdan muddao nima edi? Yozuvchi Tohir Malik so\u2019zlarini eshiting: \u201cAtoqli adib Abdulla Qahhorning 80 yilligi munosabati bilan ayrim odamlar uni xorlik ko\u2019rgan, jabr chekkan, ta\u2019qib etilgan bir bechoraga chiqarib qo\u2019ydilar. Uyalmay-netmay, \u201cAbdulla Qahhor haqida gapirish mumkin emas edi\u201d, deb da\u2019vo qildilar. Ular o\u2019zlarining qo\u2019rqoqligini, ta\u2019magirligini yashirish uchun shunday gaplar tarqatdilar. Abdulla Qahhor \u2013 bechora odam emas, KURASHCHI(!) edi. O\u2019zining shaxsiy fikri bor edi va bu fikrni himoya qila olardi. U birovning fikri bilan yashamagan, birovga qulluq qilmagan, biron nimaning ta\u2019maida yurmagan. Uni bechoraga chiqarib qo\u2019yganlar, aksincha, Abdulla Qahhorni maqtasam falonchi akamga ma\u2019qul kelmasa-chi, hozir katta unvonga, katta mukofotga navbatda turibman, yana navbatdan chiqarib tashlamasinlar\u201d, deb qo\u2019rqib yashashgan. Ana endi, \u201cAbdulla Qahhor ustozingiz ekan, nima uchun shuncha yil indamadingiz? \u201d degan savolga mana shunday da\u2019volar to\u2019qib chiqarishdi\u2026\u201d<\/p>\n<p>Bu so\u2019zlar yuqorida o\u2019rtaga tashlagan savolimizga to\u2019g\u2019ri va eng odil javobdir. Haqiqat \u201cta\u2019qibi\u00bbda yashagan ijodkor bora-bora odamlar ta\u2019qibiga parvo qilmaydigan bo\u2019ladi. Tashqi zo\u2019ravonlik, bedodlik va nayrangbozliklar uni qiynashi mumkin, lekin ruhini so\u2019ndirolmaydi. Negaki, hech vaqt uning MOHIYATIGA yetib borib bo\u2019lmaydi. Mohiyati teran SHAXSga achinish kerak emas \u2013 undan o\u2019rganish, ibrat olish lozim. Chunki mahrumiyat va mag\u2019lubiyat uning qismatida zohiran nechog\u2019liq keng quloch yozmasin, baribir u haq va g\u2019olibdir. Shuning uchun uning dardi, g\u2019am-g\u2019ussalari va ko\u2019z yoshlaridan shodlik, nekbinlik, ishonch chechaklari unib chiqadi\u2026<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">VIII<\/p>\n<p>Yozuvchining tayanadigan tog\u2019i, ishonadigan bog\u2019i uni so\u2019zlashga, o\u2019ylash va dunyoni anglashga o\u2019rgatgan ona tilidir. Milliy tilining go\u2019zalligini idrok qilolmagan ijodkor boshqa hech bir go\u2019zallikni teran idrok etolmaydi. Nafosat tuyg\u2019usi \u2013 til tuyg\u2019usidan boshlanadi. Ona tilining tabiatini yaxshi bilgan kishi o\u2019z millatining tabiati, milliy zavqini ham yaxshi anglaydi. Tilning ruhi \u2013 xalqning ruhi ekani buyuk bobolarimiz tomonidan bejiz ta\u2019kidlanmagan. Ijodkorni sayoz fikrlash, bachkana his-tuyg\u2019ularni qog\u2019ozga ko\u2019chirishdan eng avvalo til muhofaza qiladi. Tilga javobgarlik \u2013 so\u2019z, tasvir, uslubga javobgarlik demak. Bir ma\u2019noda iste\u2019dod \u2013 so\u2019zga jon bag\u2019ishlash, o\u2019lik so\u2019zni ham tiriltirishdir. Iste\u2019dodsizlik esa buning aksi \u2013 hatto tirik so\u2019zni ham o\u2019ldirish.<\/p>\n<p>Abdulla Qahhorni nega buncha e\u2019zozlaymiz? Mahoratiga nechun bunchalik tahsin o\u2019qiymiz? U so\u2019z bilan mo\u2019jiza yarata bilgan, til mehnatini zargarlik san\u2019ati darajasida yuksaltira olgan yozuvchi edi. Abdulla Qahhor hikoya va qissalaridagi har bir so\u2019z, har bir iboraning o\u2019rni shu qadar muqim va mustahkamki, ularni boshqa so\u2019z, boshqa ibora yoxud jumla bilan o\u2019zgartirish deyarli imkonsiz.<br \/>\n\u201cMen tajriba uchun, \u2013 deydi Said Ahmad, \u2013 ustozning \u201cO\u2019g\u2019ri\u201d, \u201cBemor\u201d, \u201cAnor\u201d hikoyalaridan ba\u2019zi so\u2019zlarni olib tashlab ko\u2019rdim. Bo\u2019lmadi. Hikoya bir ustuni olib tashlangan ayvonga o\u2019xshab lapanglab qoldi\u201d.<\/p>\n<p>Axir, har bir sahifa o\u2019rta hisobda 15-16 marta ko\u2019chirilsa, har safar jumlalarga sayqal berilsa, boz ustiga bir sahifadagi gapni bir jumlaga, o\u2019n sahifa mazmunini birgina sahifaga sig\u2019dirish uchun qunt va ilhom ila mehnat qilinsa \u2013 so\u2019z nari tursin, tinish belgisini ham qimirlatib bo\u2019lmaydi.<\/p>\n<p>Aziz birodar, ona tilimizning xotirasi to\u2019g\u2019risida hech o\u2019ylab ko\u2019rganmisiz? Tilimiz xotirasida nimalar saqlanib qolgani va nimalar bizgacha yetib kelganini bilishga uringanmisiz? O\u2019zbek tili dunyodagi xotirasi eng boy tillardan. Uning xotirasida juda qadim bir dunyo bor \u2013 ana shu dunyoning qayg\u2019usi, alami va armonlari joylashib qolgan unda. Bu tildagi ko\u2019p so\u2019zlar kurashlar guvohi, mag\u2019lublik va g\u2019oliblik, yo\u2019qotish va ayriliqlarning xabarchisi erur. Ularning botinida g\u2019ussa va hasrat, musibat va nadomat pinhon yotibdi. Abdulla Qahhor \u2013 mana shunday so\u2019zlarning sirlarini kashf etgan yozuvchi. Shuning uchun ham unga so\u2019z bilan yuzma-yuz kelish, so\u2019z xotirasidan taralgan sadolarni tinglash qiyin bo\u2019lgan. Umuman, u so\u2019zning yuragiga quloq tutishni ham, uyg\u2019oq so\u2019z bilan ish yuritishni ham nihoyatda teran egallagan.<\/p>\n<p>Bir donishmand olim \u201cSo\u2019zning tomirlarida qon oqsa, yuragi urib tursa, ko\u2019zi ko\u2019rib, qulog\u2019i eshitsa \u2013 so\u2019z tirikdir\u201d, deydi. Faqat shunday so\u2019zlargina badiiy matnda tiriklik ruhini aks ettiradi, o\u2019quvchini haqiqatga iqror qiladi, hayotning ochilmagan ziddiyatlari, biri biridan murakkab hodisotlari sirini ochadi.<\/p>\n<p>Abdulla Qahhorning so\u2019zga munosabati, so\u2019z qo\u2019llash san\u2019ati ko\u2019pchilikka ma\u2019lum: u so\u2019zga behad xasis. So\u2019zni haddan ziyod tanlab, chertib-chertib ishlatadi. Undan bizga meros qolgan asarlarning aksariyati tomirida qon yugurayotgan, ko\u2019zi, qulog\u2019i, shuuri ochiq so\u2019zlardan yaralgani bilan ham alohida ahamiyatga ega.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">IX<\/p>\n<p>Ma\u2019lumki, Abdulla Qahhor mahoratining ildizlari nafaqat milliy adabiyotimiz zamini, balki mumtoz rus adabiyoti namoyandalari \u2013 Tolstoy, Turgenev, Gogol, eng avvalo, Chexov ijodiy tajribalari bilan ham chambarchas bog\u2019liq. Sirasini aytganda, Abdulla Qahhor jahon adabiyotidagi yutuqlarni imkon darajasida ijodiy o\u2019zlashtirib, milliy nasrimizda yangi sahifalar ochgan. Bu sahifalarda muhrlangan so\u2019zlar, tuyg\u2019u va xarakterlarga takror-takror nigoh tashlagan sayin insonning so\u2019z vositasida mo\u2019jiza yaratish salohiyatiga bo\u2019lgan ishonch shuncha ortadi.<br \/>\nMen, barcha tengdoshlarim qatori, Abdulla Qahhor asarlarini o\u2019qishni bolalikda \u2013 maktab darsliklaridan boshlaganman. Abdulla Qahhorning meni dastlab juda qiziqtirgan asari \u201cAnor\u201d hikoyasi edi. Shu hikoyadan keyin birin-ketin adibning yupqa-qalin kitoblarini topib o\u2019qishga kirishib ketganman. Bolalik olislarda qoldi. Yigitlik shamolday o\u2019tdi-ketdi\u2026 Lekin men hamon qahhorxonlikdan to\u2019xtaganim yo\u2019q. O\u2019qish ishtiyoqi ham, taassurot va mushohada ham endi nisbatan o\u2019zgacha. Bultur \u201cSarob\u201dni qayta o\u2019qidim. Qanday ajoyib roman! Yigirma uch yoshli o\u2019spirin yigit shunday ko\u2019rkam, shunday baquvvat kitob yozganiga aql bovar qilmaydi.<\/p>\n<p>\u201cSarob\u201dda sirli-sehrli bir ruh bor. Ana shu ruh asar qahramonlari taqdiriga biryoqlama qarashga imkon bermaydi. Ilk o\u2019qishda romanning tub mohiyatini yetarli darajada tushunmaganman. Lekin Saidiy ham, Munisxon ham menga yoqqan. Negadir ularni ayblashga, dushman deyishga tilim bormagan. Boshqa obrazlarga nisbatan Saidiy, Munisxon va Murodxo\u2019ja domla xarakterlari juda pishiq ishlanganday tuyulgan. Ma\u2019lumki, \u201cSarob\u201d sho\u2019ro tuzumi dushmanlari \u2013 o\u2019zini millat homiysi, millatchi deb atagan guruhga qarshi, \u201cburjua millatchiligining sinfiy mohiyatini fosh etish&#187; maqsadida yozilgan. Adibning e\u2019tirofi bo\u2019yicha, u \u201cSarob\u201dda bolaligida qalbini yaralagan o\u2019tmish hayotni \u201cqaytarishga bel bog\u2019lagan dushmanlarning boshiga\u201d qalbidagi \u201cg\u2019azab o\u2019tini yog\u2019dirishga\u201d tirishgan. Ammo nechundir romanda g\u2019azab o\u2019ti sezilmaydi: uning sahifalaridan xolislik shu\u2019lasi taralib turadi. Salimxon, Munis, Saidiy, Murodxo\u2019ja kabi obrazlar, albatta, salbiy tiplar. Yozuvchi ularning hayot tarzi, fikr-qarashi, psixologiyasi va dunyoqarashini ich-ichidan inkor etadi. Ularning nainki maishiy hayoti, balki ma\u2019naviy olamiga ham dadil kirib boradi. O\u2019quvchi mutolaa jarayonida ularning har biri go\u2019l, laqma va anoyi kishilar emasligini sezib, shunga iqror bo\u2019lib boradi. Sho\u2019ro mafkurasi \u201cko\u2019zgu\u201dsida qaraladigan bo\u2019lsa, bu qahramonlar haqiqatan ham adashgan, xudbin, makkor va g\u2019anim, bir so\u2019z bilan aytganda, zararkunanda kimsalar. Biroq ularga adolat va xolislik mezoni bilan baho berilsa-chi?<\/p>\n<p>Iniga cho\u2019p suqilsa, ari ham odamga yopishadi, talaydi. Yurt bosib olinsa, vayron etilsa, elning qoni to\u2019kilsa, hokimiyat zo\u2019ravonlikka, qaramlikka asoslansa, odam farzandi ari qadar qarshilik ko\u2019rsatmasinmi?! Arichalik ham qahri yo\u2019qmi uning?! Ha, Saidiy xudbin, meshchan va shuhratparast. U millatchi va sho\u2019ro siyosatining dushmani. Nima qilib bo\u2019lsa ham odamlarni \u201cbolshevizm zulmidan dod\u201d degizishni ko\u2019zlaydi. Boshqa davr, boshqa bir zamon bo\u2019lganda, ehtimolki, uning qismati butunlay o\u2019zgacha bo\u2019lar, \u201cichki hayoti bilan tashqi hayoti orasidagi kundan-kun o\u2019sib borgan qarama-qarshilik\u201d joniga qasd qilarli darajaga yetmasdi. Saidiy badiiy ijodda katta bir muvaffaqiyatlarga erishmagan bo\u2019lsa-da, umrining oxirlarigacha yozuv-chizuvdan o\u2019zini cheklay olmaydi. Agar u do\u2019sti Ehsonning \u201cSiz o\u2019zbek adabiyotini butun dunyo ko\u2019radigan yuksaklikka ko\u2019tarishda qatnashasiz. Bu faoliyatni siz sho\u2019ro hukumatini nima mustahkamlasa, nima sotsializm qurilishiga yordam bersa, shu \u201cmening mavzuim\u201d deb boshlang\u2026\u201d degan fikrlarini qabul aylab, amalda shuni ko\u2019rsatishga jahd etsa, hayotda ham, ijodda ham qandaydir yutuqlarni qo\u2019lga kiritarmidi? Shubhasiz, shunday bo\u2019lardi. Unda u \u2013 Saidiy emas, ixtiyoriy ravishda sho\u2019ro bosqini va qirg\u2019inlarini qo\u2019llab-quvvatlagan ijodkorga aylanardi.<\/p>\n<p>Romanning sakkizinchi qismida bir lavha bor. Saidiy ilk bor Salimxonlarnikiga kelganida Munisxon royalda unga bir kuy chalib bermoqchi bo\u2019ladi va deydi: \u201dBu juda keksa mashq. Harbiy mashq\u2026 Arablar Undulusni olganda chalingan mashq. Kishini shunday g\u2019ayratlantiradiki, buni eshitganda o\u2019lik ham tirilib jangga otlanadi. Eshiting, Rahimjon\u2026<\/p>\n<p>Mashqni eshitganda Saidiyning ko\u2019z oldiga gijinglagan arab otlari, nayza, qalqonlar kelib, qulog\u2019iga kurash va qondan xabar beruvchi tovushlar eshitilib ketdi\u201d.<\/p>\n<p>Avvalo, Munisxon kishini g\u2019ayratlantiruvchi, o\u2019lik ham tirilib, kurashga otlanadigan qadimiy bir g\u2019alaba kuyini Saidiyga bejiz chalib bergani yo\u2019q. Ikkinchidan, uni tinglagan Saidiyning ko\u2019z oldiga gijinglagan arab otlari, nayza, qalqonlar gavdalanib, qulog\u2019iga kurash va qon tovushlari eshitilganday bo\u2019lishi mutlaqo tasodifiy emas. Bunda qizil bayroq baland ko\u2019tarilgan bir yurtdagi mag\u2019lubiyatga ham, ayni paytda, hali so\u2019nib bitmagan umid, omonsiz kurash va janglarda tug\u2019ilajak g\u2019alabaga ham ishorat bor. Saidiy \u201cerk ertaklari\u00bbga ishonmaydi va ishonishni ham istamaydi. U \u201co\u2019z doirasidagi kishilarning hammasini aqlli, hammasining miya mexanizmlari but\u201d va \u201ctushunadigan odamlar\u201d deb bilgani bois boshqa bir \u201certak\u201dning qurboni bo\u2019ladi. Saidiy va atrofidagilarning fojiasi \u2013 faqat adashish fojiasi emas, kurashish fojiasi ham.<\/p>\n<p>Murodxo\u2019ja xonadonidagi o\u2019zaro bir suhbatda kelajagiga bildirilgan ishonchga javoban Saidiy: \u201cAdiblik mening kasbim bo\u2019lishiga ishonaman, domla\u2026 Arximed: \u201cMenga tayanch nuqtasini beringiz, richagim bilan yerni ko\u2019taraman&#187;, degan. Men ham yerni ko\u2019taraman, domla, menga ham tayanch nuqtasi kerak, bu \u2013 sharoit\u201d, deydi. Na turmushda, na siyosiy harakatda, na ijodda \u201ctayanch nuqtasi\u201dni topish sho\u2019rlik Saidiyga nasib etmaydi. \u201cNorozilikdan ko\u2019ra kelajakda rozi bo\u2019lish umidining\u201d kundan-kunga yo\u2019qolib borishi uni toliqtiradi, aql-idrokini kishanlaydi, ichkilikka g\u2019arq etadi, halokat yoqasiga sudraydi. Saidiyni maslaksizlik yoki e\u2019tiqodsizlikda ayblab bo\u2019lmaydi. Shu gapni uning Salimxon, Murodxo\u2019ja, Abbosxon va boshqa davradoshlariga nisbatan ham aytish mumkin. Odam tanish, ilm-madaniyatni qadrlash, xalqdan kuchli shaxslar chiqishini orzu etish, kishidagi zakovat va qobiliyatni anglash, tadbirkorlik va uddaburonlikda Murodxo\u2019ja domla Salimxondan ilgarilasa ilgarilaydiki, ortda qolmaydi.<\/p>\n<p>Sho\u2019ro saltanatini qulatib, yangi bir davlat barpo etish maqsadida tuzilgan tashkilot a\u2019zolari yig\u2019inida asosiy mavzu bir chetda qolib izhori hasrat boshlanganda Murodxo\u2019ja domla qat\u2019iyan norozilik bildirib bunday deydi: \u201cHammalaring o\u2019z dardlaringni aytasizlar. Bunday hol jami xalqning boshida bor. Shundan qutulish yo\u2019li to\u2019g\u2019risida gapiringlar-da! Bu yerga nahot hasrat qilgani to\u2019plangan bo\u2019lsak! Har qaysimiz buyuk bir g\u2019oyaning egasi. Bu nima maydagaplik!\u201d<\/p>\n<p>\u201cBuyuk g\u2019oya\u2026 buyuk g\u2019oya\u2026\u201d deyishdan murod hosil bo\u2019lmaydi. Pana-pastqamlarda to\u2019planib hasrat to\u2019kish bilan, buyuk g\u2019oyani hayotga joriy qilish va oliy bir natijalarga erishish orasidagi farq yerdan osmon qadardir. Xullas, sho\u2019ro davlatining totli va\u2019dalariga ishonib, uning ortidan ergashgan omma aldanishga mahkum bo\u2019lganidek, najot markazi xorijda, deya o\u2019z millatining kuch-quvvati, milliy ruhi, ijtimoiy-siyosiy talab va imkoniyatlarini to\u2019g\u2019ri baholay olmasdan, yangi davlat qurishga uringan mulkdorlar, ziyolilar, din va shariat namoyandalari ham ojizlik botqog\u2019iga botgan edilar. Bu botqoq ularni birin-ketin domiga tortardi. Ammo ular ham \u201ckishan kiymay, bo\u2019yin egmay\u201d, g\u2019ayriinsoniy siyosat oyoqlantirgan zo\u2019ravonlik va qo\u2019rquvlar domiga tushmay yashashi, xatolardan kechishi, fikriy chalg\u2019ishlardan qutulishi mumkin edi-ku! Ularning hayoti, taqdirini sho\u2019ro davlati bir chaqaga ham arzitmagani rost. Ammo o\u2019zining o\u2019qimishliligi, hushyor, ziyrak va kamtarlik kabi fazilatlari bilan xotirada yashab qoladigan Saidiy ham, tashqi go\u2019zalligi bilangina emas, farosati, didi, ichki latifligi bilan kishini maftun aylaydigan Munisxondek dilbar bir qiz ham shu millatning farzandi emasmidi? Munisxon joniga qasd qiladi \u2013 to\u2019pponcha bilan o\u2019zini otadi. U nimaga o\u2019zini otganini ko\u2019plar bilmaydi. Jumladan, Saidiy ham. Munisxon \u2013 ishq va go\u2019zallik tantanasi uchun tug\u2019ilgan qiz. U ishqsiz va baxtsiz yashashga ko\u2019nikolmaydi. Taqdir unga Saidiyni nega ro\u2019baro\u2019 qilganini keyin anglaydi. Kechikib bo\u2019lsa-da, xatosini tushunadi. Baxtsizligi uchun olamga la\u2019nat yog\u2019dirmaydi. O\u2019lim oldidan bitib qoldirgan xatini \u201cOlam to\u2019la baxt, faqat men baxtsiz edim\u201d, deb tugatadi.<\/p>\n<p>Taqdir dramasini haqqoniy yoritish, murakkab qismatli shaxs fojiasini xolis tasvirlashda, menimcha, adabiyotimizda \u201cSarob\u201d bilan bellashadigan asar yo\u2019q. \u201cSarob\u201dni o\u2019qiganda ko\u2019ngilda bir sergaklik uyg\u2019onadi. Tarix jafokash xalqimizga nechun bunday bo\u2019linish, toqat qilib bo\u2019lmas parchalanishni ravo ko\u2019rdi, deb o\u2019ylaysiz. Kecha aytilmagan bo\u2019lsa, endi bugun, keling, salbiy deb ataganimiz, dushman deb bilganimiz \u201cSarob\u201ddagi qahramonlarni oqlamasak ham, qoralamaylik, maqtamasak hamki, tahqirlamaylik. Ularni tushunmoqqa harakat qilaylik. Mulkidan ajralish, erkini boy berib, ona tuprog\u2019ida sig\u2019indi bo\u2019lib, qo\u2019rqib, begona odamday yashash qandoq azob, qandoq kulfat bu! Bugungi ba\u2019zi mulkdor va boylarning fikr darajasi, maqsad-muddaosini ham ko\u2019rib turibmiz-ku! Ular yuzlab salimxon va muxtorxonlarni dog\u2019da qoldirishi, diyonat, insof va saviyada ulardan yuz chandon tuban turishiga nima deysiz!..<\/p>\n<p>Ne yoziqki, mulk da\u2019vosi, boylik to\u2019plash psixologiyasi harislik, manmanlik, xudbinlik, shuhratparastlik, dabdababozlik hirslari bilan chambarchas bog\u2019liq ekan!<\/p>\n<p>Odam hayotni bilishi uchun, eng avvalo, o\u2019zining haqiqiy ahvolini bilishi kerak. O\u2019zining ahvolini bilish \u2013 o\u2019z millatining haqiqiy ahvolini bilish yo\u2019lidagi oltin halqadir. \u201cSarob\u201dni o\u2019qishdan tug\u2019ilajak bir hikmatli xulosa ana shu!<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">X<\/p>\n<p>Odatda haqiqat sustlik va sokinlikni yoqtirmaydi. Haqiqat ko\u2019nglidan chuqur joy olgan odam-chi? U albatta sokinlashadi. Bu sokinlik, bugun bo\u2019lmasa ertaga, uni dunyo ortidan halloslayotgan, bilib-bilmay tirikchilik tegirmonida yanchilayotganlardan ajralishga, hayot hodisotlariga juda xolis va haqqoniy qarashga majbur qiladi. Agar ijodkor shunday sokinlik qadrini bilmasa, katta bilim va mushohada ila uni shakllantira olmasa, shoshqaloqlik, havoyilik, o\u2019zni ko\u2019z-ko\u2019z qilish mayllaridan hech qachon qutula olmaydi. Bu mayllar oxir-oqibatda uni xuddi qo\u2019g\u2019irchoqdek o\u2019ynatadi. Haqiqiy san\u2019atkorning sokinligi haqdan fayz yetgan orifning xotirjamligiga bag\u2019oyat yaqin bo\u2019ladi. Qalbida fikr to\u2019foni qo\u2019zg\u2019alib, ehtiros alanga olsa ham u jo\u2019shmaydi \u2013 sukut va sokinligiga sodiq qolaveradi. Qadrini bilgan, kamtar va andishali har bir ijodkorda shu holni kuzatish mumkin. Men Abdulla Qahhor shaxsini ko\u2019klarga ko\u2019tarib, ideallashtirish fikridan butunlay yiroqman. U ham farishta emas, shu zaminda yashab o\u2019tgan bir inson edi. U haqiqat yukini ko\u2019tarish butun bir jamiyatga og\u2019irlik qilgan murakkab zamonlarda yashagan. Unda ham o\u2019ziga xos kamchiliklar, chekinish va chalg\u2019ishlar bo\u2019lgan. Gap shundaki, shular ham Abdulla Qahhorni ma\u2019nan ulg\u2019aytirishi, qalbidagi ma\u2019naviy-ruhiy teranlikni kuchaytirishga xizmat qilgan. Bir kun kelib adabiyotda vijdon timsoliga aylanishni Abdulla Qahhor, ehtimol, xayoliga ham keltirmagandir. Lekin u adabiyotimizning bedor Vijdoni bo\u2019lib tarixda qoldi.<\/p>\n<p>Abdulla Qahhorning adabiy-tanqidiy maqolalarini o\u2019qib, suhbatlaridagi fikrlarning ma\u2019nisini mulohaza qilib ko\u2019rgan bo\u2019lsangiz, demak, adabiy tanqid nima, haqiqiy tanqidchi kim, uning faoliyati qanday bo\u2019lishi haqida to\u2019g\u2019ri tasavvurga egasiz.<\/p>\n<p>Tanqidchilik bilan shug\u2019ullanish havasida yurgan kezlarimda men qaysi munaqqidning asari qo\u2019limga tushsa o\u2019qiyverganman. Ba\u2019zilarini jiddiy hafsala bilan mutolaa qilganman. Ayrimlarini o\u2019qishga qiynalganman: ifoda g\u2019aliz, aksariyat jumlalar tushunarsiz, ilmiy atamalar qalashtirib tashlangan, muallifning shaxsi va ijodiy qiyofasini aniq tasavvur etish qiyin, nochor kitoblar ham maqtalgan, ta\u2019rif va tavsiflar dalil-isbotsiz va hokazo.<\/p>\n<p>Men ham nimadir yozgim, qay bir kitoblarga munosabat bildirgim kelar, ammo yozishga qiynalardim, bordiyu yozsam ham qoniqmasdim. Shunda Abdulla Qahhorning bir necha bor o\u2019qiganim \u201cYoshlar bilan suhbat\u201d va olti jildligining oxirgisidagi o\u2019zimga juda yoqqan maqolalarni ko\u2019chirib yozishga kirishdim\u2026 Shundan so\u2019ng nainki tanqid \u2013 adabiyot, badiiylik, iste\u2019dod va haqiqat to\u2019g\u2019risidagi fikrlarim ham tiniqlashdi. Shunda men Abdulla Qahhor tanqidchilarning ham donishmand ustozi ekanini, uning saboqlariga rioya qilish, g\u2019oyaviy-estetik talablarini bajarish bag\u2019oyat qiyinligini bildim. Abdulla Qahhor deydiki, \u201cTanqid yomon asar bilan kitobxon orasida dallol, shirinkomaga vijdonini sotadigan yuraksiz dallol bo\u2019lmasligi kerak\u201d. Qani bunaqa tanqid? Yomon asar bilan kitobxon o\u2019rtasida dallollik qilmagan munaqqid topiladimi o\u2019zi? Topilsa, necha kishi ular? Gapirish noqulay.<\/p>\n<p>Did, saviya, jasorat bobda tanqidchi va adabiyotshunos, yozuvchi yoki shoirdan ildamlab ketmasa ham, keyinda yurmasligi zarur. Tanqidchi avvalboshdan \u201cO\u2019quvchining qalbiga ta\u2019sir qilmagan narsaning adabiyotga hech aloqasi yo\u2019q\u00bbligini bilishi kerak. Go\u2019zallik tuyg\u2019usi so\u2019ngan munaqqid ana shu masalada o\u2019zini fosh etadi: adabiyotga aloqasi yo\u2019q asarlarni kiprik qoqmasdan maqtashga yo mavzuning dolzarbligini dastak qilib, tahlil etishga kirishib ketadi. Bilmaydi va bilolmaydiki, \u201cTuyg\u2019usiz, ilhomsiz yozilgan asar changlanmagan gulga o\u2019xshaydi \u2013 meva tugmaydi. Ko\u2019ngil rozi bo\u2019lgan asargina kitobxonning ko\u2019ngliga yo\u2019l topadi\u2026\u201d<\/p>\n<p>O\u2019zbek tanqidchiligida noqislik tamali nima deyilsa ikki so\u2019z bilan javob bersa bo\u2019ladi: saviya va jur\u2019at. Holbuki, Abdulla Qahhor munaqqidning saviyasi va jur\u2019ati masalasida jon kuydirib so\u2019zlagan. Dardsiz va ehtirossiz yozilgan asarlarni maqtaydigan saviyasiz tanqidchilar haqida u bunday degan edi: \u201cBu toifa tanqidchilar o\u2019qib bo\u2019lmaydigan, badiiy jihatdan g\u2019oyatda g\u2019arib bo\u2019lsa ham ro\u2019y-rost \u201cg\u2019oyaviy xatosi\u201d yo\u2019q kitoblarni axtarib yurib, ular to\u2019g\u2019risida madhiyalar yozib o\u2019rgangan, shuni kasb qilib olgan\u201d.<\/p>\n<p>Tanqidchida bilim, saviya, dunyoqarash, maslak qancha teran bo\u2019lsa, u adabiyotni qancha keng his qilsa, hech bir masalaga tarafkashlik va g\u2019araz bilan yondashmasa, asarni o\u2019shancha xolis tahlil eta oladi. Aks holda, tashxisda adashgan tabibga o\u2019xshab, qilayotgan ishida faqat taxmin va g\u2019alatga asoslanadi. Bundan na yozuvchi, na adabiyot, na kitobxonga foyda tegadi. Badiiy-estetik idroki pachoq tanqidchi-adabiyotshunos javobgarlik va jonkuyarlikni jangarilik yoki botirlik deb tushunadi. Qalam o\u2019rniga nayza, bolta ko\u2019tarib yozuvchiga hamla qiladi. Abdulla Qahhor \u201cSarob\u201ddan boshlab to oxirgi asarlarigacha shunday tashlanish va adolatsiz tanqidlarga duch kelgan. Bu haqda bahs yuritgan Ozod Sharafiddinov, \u201cHozir adibning butun umri davomida tanqiddan yegan dakkilarini o\u2019ylar ekanman, uning ro\u2019paradan ham, orqavarotdan ham qilgan hujumlarini daf etishga ko\u2019p kuchi sarflanganini tasavvur qilar ekanman, bu odamning sabotiga, tog\u2019day bardoshiga qoyil qolaman\u201d, deydi. Bunda Abdulla Qahhorni suyab, muhofaza aylagan kuch, bir tomondan, o\u2019zining haqligi, xolisligiga ishonch bo\u2019lsa, ikkinchidan, haqiqiy tanqid ilmining vazifasi, huquq va xususiyatlarini anglashi edi. Shuning uchun u munaqqid iste\u2019dodini yozuvchi iste\u2019dodidan kam deb bilmagan.<\/p>\n<p>Hozirgi paytda adabiy tanqidning qiyofasi kundan-kunga mavhumlashib borayotir. Uning maydoni gavjumlashish o\u2019rniga tobora siyraklashib, bo\u2019shab qolmoqda. Adabiy tanqidning bir zamonlardagi obro\u2019-e\u2019tibori va nufuzi yo\u2019q endi. Abdulla Qahhor boshqa ishga yaramay o\u2019zini tanqidchilikka urganlarni \u201char narsadan cho\u2019chib shaqildoq chalaveradi\u00bbgan qo\u2019rqoq qorovulga o\u2019xshatgan edi. \u201cShaqildoq\u201dbozlikning o\u2019rnini ham haybarakallachilik, madhiyago\u2019ylik egalladi. Lekin ahvol bunday davom etishi mumkin emas. O\u2019zbek tanqidchiligi qayta qad rostlashni, necha o\u2019n yillardan buyon meros bo\u2019lib kelayotgan zamonasozlik, ehtiyotkorlik, dallollik singari illatlardan xalos bo\u2019lib, shaxdam odim tashlashni istasa, Abdulla Qahhor talab qilganidek, eng avvalo, \u201cadabiyotimizga katta adabiyot cho\u2019qqisidan\u201d qarashga bel bog\u2019lashi kerak. Ana shunda uning o\u2019zi ham yangi cho\u2019qqilarni zabt etishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">XI<\/p>\n<p>Abdulla Qahhor asarlari bir mo\u2019jiza ekanini ko\u2019pchilik e\u2019tirof etgan. Jumladan, atoqli adib Shukur Xolmirzaev \u201cO\u2019zbek adabiyotida ana shunday mo\u2019jizalarni yaratib, qoldirib ketgan insonga topinish mumkin\u201d, deydi. Men aqlimni taniganimdan buyon Abdulla Qahhorning shaxsini ham, asarlarini ham yaxshi ko\u2019rganman. Qolaversa, chinakam buyuk adibga topinishning nimasi ayb? Lekin hozir boshqa bir gapni aytishim lozim deb o\u2019ylayman.<\/p>\n<p>Yetmishinchi yillarning oxirlarida Abdulla Qahhorga mening munosabatim bir oz o\u2019zgargan edi. Bunga Toshkentga kelib yashay boshlaganimdan keyin ayrim adabiy davra va suhbatlarda Qahhor haqida murosasizlik ila aytilgan tanqidiy mulohazalarni eshitishim ham sabab bo\u2019lgandir. Endi Qahhorga muxolif kayfiyatdagi yosh ijodkorlarga ham duch kelish mumkin edi. Ulardan ba\u2019zilari Qahhorni \u201csochidan tirnog\u2019igacha sho\u2019ro yozuvchisi\u201d ekani uchun qoralasa, boshqa birlari uning Cho\u2019lpon to\u2019g\u2019risida aytgan ikki jumla gapini dastak qilib aybnoma to\u2019qir edi. Xullas, Qahhorning hatto hikoyanavislikdagi yutuqlari ham nazarga ilinmas, uning eng sara, eng o\u2019qishli hikoyalari ham past baholanardi. Kunlardan bir kun ikki-uch yaxshi hikoyasi bilan tanilib qolgan yozuvchi birodarlarimizdan biri bunday degan edi: \u201cAbdulla Qahhor hikoya yaratmaydi \u2013 to\u2019qiydi. Hikoya yasaydi. O\u2019tmish mavzuidagi hikoyalari esa tarixni ayblash, tarixga qora chaplash uchun qilingan ishlardir\u2026\u201d Oxirgi, o\u2019tmishga tegishli jumlalar menda ham e\u2019tiroz tug\u2019dirmagan. Chunki Qahhorning asarlarini o\u2019qib, tarixdan faxrlanolmaysiz, tarixga suyanolmaysiz, tarixdan ruhiy madad ololmaysiz. Ularning deyarli barchasida moziy juda nursiz, surursiz va qop-qora bo\u2019yoqlarda \u2013 qalbni g\u2019am-g\u2019ussaga chulg\u2019aydigan manzaralarda namoyon bo\u2019ladi.<\/p>\n<p>Abdulla Qahhorning o\u2019ttizinchi yillarda yozilgan \u201cBemor\u201d, \u201cO\u2019g\u2019ri\u201d, \u201cAnor\u201d, \u201cMillatchilar\u201d kabi hikoyalari menga yoqqan. Ularni o\u2019qib, \u201cXayriyat, shafqatsiz, adolatsiz, o\u2019sha tengsizlik zamonlari barham topgan. Xayriyat, xalqimiz o\u2019sha kulfat, musibat, son-sanoqsiz baxtsizliklardan xalos bo\u2019lgan\u201d, deb o\u2019ylaganman. Ammo bir kun kelib, \u201cNainki, ho\u2019kizidan ayrilgan musibatdiyda bir mo\u2019ysafidga hech kim rahm qilmasa, axir amaldor ham odam-ku!.. Nainki, bemor xotinga go\u2019dakning saharlari qiladigan duosidan boshqa davo topilmasa; nainki, sog\u2019-salomat yigit boshqorong\u2019i xotiniga ikki donagina anor olib berolmasa\u2026\u201d qabilidagi e\u2019tirozlar menda ham paydo bo\u2019lishini o\u2019ylamaganman. Ammo shunda ham negadir Qahhorni o\u2019qishdan o\u2019zimni to\u2019xtatolmaganman. Hikoyalarini bo\u2019lmasa, qissalarini, qissalarini bo\u2019lmasa, boshqa asarlarini qayta-qayta o\u2019qiyverganman. Shuni ham aytishim kerakki, men qahhorshunos bo\u2019laman, shu sohada biror ilmiy tadqiqot yarataman deb Abdulla Qahhor ijodiyotiga bog\u2019lanib qolganim yo\u2019q. Ammo Abdulla Qahhor ijodiyoti sir-asrorlaridan voqif bo\u2019lish niyatida ko\u2019p olimlarning, xususan, Ozod Sharafiddinov, Matyoqub Qo\u2019shjonov, Umarali Normatov kabi adabiyotshunoslarning tadqiqotlari bilan ham tanishganman.<\/p>\n<p>Abdulla Qahhorni saksoninchi yillarda o\u2019zimcha yangidan kashf qildim desam xato bo\u2019lmas. \u201cSarob\u201dda Saidiyning \u201cMuvaffaqiyatli chiqqan bir hikoyadagi tipni mamlakatning har burchidan yuzlab, minglab topish mumkin\u201d degan fikri bor. Qizig\u2019i shundaki, bunday tiplar ko\u2019p uchrashidan tashqari, ularning umri ham uzoq bo\u2019larkan. Zamon, makon, vaqt tushunchalarini ular ko\u2019pda tan olavermas ekan. Men ana shunda \u201cO\u2019g\u2019ri\u201d hikoyasidagi Qobil bobo bizdan ancha olis davrlarda yashab, o\u2019tib ketgan bo\u2019lsa-da, \u201cqobilbobochilik\u201d o\u2019ziga xos tarzda davom qilayotganini angladim.<\/p>\n<p>Abdulla Qahhorning o\u2019ndan ortiq hikoyasini bitta nom \u2013 \u201cBoshsiz odam\u201d nomi ostida birlashtirish mumkin\u2026 To\u2019liq ma\u2019noda Faxriddinga monand, uningdek laqma, irodasiz, mustaqil fikrdan mahrum go\u2019l kimsani,ehtimol, hayotda uchratish qiyindir. Ammo atrofga sinchkovlik bilan ko\u2019z tashlab, mushohada etilsa-chi? Hayronlar qolasiz\u2026 Beixtiyor, \u201cboshsiz odam\u201d buncha ko\u2019p-a, deysiz.<br \/>\nAbdulla Qahhor o\u2019tmish mavzuiga bejiz qiziqmagan ekan. Moziyning zamon bilan doimo bog\u2019lanadigan nozik rishta va halqalarini topib, faqat tarix bag\u2019rida qolib ketmaydigan hayot haqiqatlari va fojialarini kuyib-yonib tasvirlagan ekan. Abdulla Qahhor ijodidagi shafqatsiz realizmning tub ildizi ham balki ana shundadir.<\/p>\n<p>So\u2019nggi yillarda ayrim yozuvchi, olim jo\u2019ralarimiz bilan Abdulla Qahhor to\u2019g\u2019risida ko\u2019p gurunglashib, fikr almashdik. Endi o\u2019ylasam, \u201cAbdulla Qahhor nainki adabiyotning, yurt va millatning ham vijdoni\u201d degan mohiyatga men alohida urg\u2019u bergan ekanman. Darvoqe, marhum adibimiz O\u2019lmas Umarbekov ham ustozni millat vijdonini tamsil etgan yozuvchilardan deb ta\u2019riflagan. Ha, Abdulla Qahhor bosib o\u2019tgan hayot yo\u2019li ham, ijod yo\u2019li ham vijdon yo\u2019li edi. U so\u2019nggi nafasigacha millat dardi bilan yashadi. Shuning uchun ham unga og\u2019ir bo\u2019lgan. Mamlakatda toza fikrlaydigan odamlar kamayib ketgani, shular ham iqtidorini yangi haqiqat izlashga emas, eskilarini takrorlashga sarf aylaganiga qaramay, Abdulla Qahhor doimo ozod fikr, yangi haqiqatlar uchun kurashgan \u2013 yolg\u2019izlanish, tanqidu ta\u2019qiblarni pisand qilmasdan kurashgan. Abdulla Qahhorning ijodiy nafasidan nomardlik, har qanday g\u2019irromlik titragan, tubanlik o\u2019zini panaga tortgan. Unga tish qayraganlar esa yuzlariga niqob tortishga majbur bo\u2019lishgan. Uning borligi millatning ham davlati, ham sarvati, ham shavkati bo\u2019lgan. Mubolag\u2019asiz shunday!<\/p>\n<p>Konstantin Stanislavskiyning \u201cSan\u2019atdagi hayotim\u201d kitobida L. Tolstoy haqida aytilgan bunday bir gap bor: \u201cUning hayotligida biz \u201cTolstoy bilan bir zamonda yashash qanday baxt!\u201d der edik. Yuragimiz g\u2019am-g\u2019ussaga to\u2019lib-toshganda, hayotda qiynalganda yoki kishilar ko\u2019zimizga yirtqich bo\u2019lib ko\u2019ringanda \u201cYasnaya Polyanada Tolstoy bor-ku!\u201d degan fikr bilan o\u2019zimizga tasalli berardik\u2026\u201d<br \/>\nXuddi shu kabi, Abdulla Qahhor tirikligida o\u2019zbek ziyolilarida ham shunday bir qanoat va tasalli bor edi. Lekin, ishonchim komilki, \u201cBizning Abdulla Qahhordek benazir yozuvchimiz bo\u2019lgan, u o\u2019zining boqiy asarlari va o\u2019lmas jasorati ila doimo biz bilan birga yashayotir\u2026\u201d degan g\u2019urur-iftixor tuyg\u2019usi bugun ham ijod ahlining mahzun qalbiga umid va jasorat bag\u2019ishlab turadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Manba:<\/strong> https:\/\/kh-davron.uz<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ibrohim HAQQUL I Gapning indallosini aytsak, adabiyotimizning mustaqillikdan keyingi qiyofasini men boshqacha tasavvur qilganman. Istiqlol adabiyoti \u2013 haqiqat adabiyoti, shijoat adabiyoti, havasga arzigulik hurriyat va ma\u2019rifat adabiyoti o\u2019laroq shakllanadi deb o\u2019ylaganman. Yurti ozod, tili, dili erkin ijodkor nega mutelik va ojizlikka ko\u2019nsin? Yolg\u2019on va tilyog\u2019lamalikka ne hojat? Sayozlik, maddohlik, ofarinbozlikdan ijod ahli har qalay xalos [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":411,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[24,26,28],"tags":[79,54,80],"class_list":{"0":"post-405","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-adabiy-esse","8":"category-portret-esse","9":"category-xotira-esse","10":"tag-abdulla-qahhor","11":"tag-esse","12":"tag-ibrohim-haqqul"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/405","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=405"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/405\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":408,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/405\/revisions\/408"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/411"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=405"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=405"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=405"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}