{"id":399,"date":"2025-09-14T10:14:52","date_gmt":"2025-09-14T10:14:52","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=399"},"modified":"2025-09-14T10:20:19","modified_gmt":"2025-09-14T10:20:19","slug":"hukmdor","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=399","title":{"rendered":"Hukmdor"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\">NIKOLLO MAKIAVELLI<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>I bob<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Mamlakatlarning necha turdaligi va ularning egallanish yo\u2018llari<\/strong><\/p>\n<p>Avom ustidan hokimiyati mavjud barcha mamlakat, barcha davlatlar o\u2018tmishda-da, hozirda-da mohiyatan tuzumi yoki respublika bo\u2018ladi, yoki yakka hokim tomonidan boshqariladi. Yakka hokimchilik \u2013 agar hokimning sulolasi uzoq davr taxt surgan bo\u2018lsa, merosiy bo\u2018ladi yoki yangi egallangan bo\u2018ladi. Yangi hokimiyat to\u2018liq bir davlat ustidan yoki boshqa davlatning bir bo\u2018lagi ustidan o\u2018rnatiladi. Birinchi toifaga Franchesko Sforsa qo\u2018liga o\u2018tgan Milanni; ikkinchi toifaga Ispaniya istilo etgan Neapolitan qirolligini misol qilib keltirish mumkin. Yangi viloyat va davlatlar \u2013 o\u2018z qurol kuchi bilan yoki birovning qurol kuchi bilan olinadi. Shuningdek, taqdir tuhfasi sifatida ham tegishi yoki shaxsiy jasorat tufayli qo\u2018lga kiritilishi mumkin. Ularning hokimlarga bo\u2018ysunishga odatlangan yoki, aksincha, qadimdan erkinlikda yashashga o\u2018rgangan bo\u2018lishini albatta, hisobga olmoq kerakligini ta\u2019kidlash joiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>V bob<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Bosib olinguncha o\u2018z qonun-qoidalari bo\u2018yicha yashagan mamlakatlar va shaharlarni boshqarish haqida<\/strong><\/p>\n<p>Avvalroq aytilganidek, agar bosib olingan yurt, shahar qadim-qadimdan erkinlikda o\u2018z urf va qonunlari bilan yashab kelgan bo\u2018lsa, uni saqlab qolishning uchta yo\u2018li bor. Birinchisi \u2013 batamom buzib tashlash; ikkinchisi \u2013 u yerga ko\u2018chib o\u2018tish; uchinchisi \u2013 shaharning do\u2018st sifatida qolishini saqlab, belgilangan o\u2018lponni to\u2018lashini kafolatlovchi bir to\u2018da odamga topshirib, o\u2018z urf-odatlari bo\u2018yicha yashashga imkon berish. Kafolat olgan to\u2018da o\u2018zining shoh tomonidan qo\u2018yilganini, shohning marhamati va qudrati bilangina mansabda o\u2018tirganini bilib, shohning yo\u2018lidan hech qachon toymaydi. Shaharni buzmasdan o\u2018z xohishi bo\u2018yicha yashashga ruxsat bergan ekansan, uni tobelikda saqlashning eng oson yo\u2018li \u2013 aytilgan rahbar to\u2018dani shu shaharning odamlaridan saylashdir.<\/p>\n<p>Sparta bilan Rim misolini olib ko\u2018raylik. Spartaliklar Afina bilan Fivani o\u2018zlari tuzgan zodagon to\u2018da yordamida tobelikda ushlagan bo\u2018lsalar-da, oxir-oqibatda ikkala shahardan ham ajralganlar. Rimliklar Kapuya, Karfagen, Numansiyani tamom buzib tashlab, u yerlarni qo\u2018llarida saqlab qolganlar. Gretsiyada esa sparta usuliga o\u2018xshash usulda, ya\u2019ni zodagonlar to\u2018dasini tuzib, aholini ozod, qonunlarini buzmay yashatib ushlab turishga uringanlar. Biroq bu usul o\u2018zini oqlamagach, Gretsiyaning ko\u2018p shaharlarini buzib tashlashga majbur bo\u2018lganlar.<\/p>\n<p>Aslida ham shaharni batamom buzibgina hokimlikni saqlashdan boshqa ishonchli usul yo\u2018q. Qadimdan erkin yashagan shaharni egallab, uni ayaydigan odamni shahar ayamaydi. Ozodlik uchun, eski tartib-qoidalar uchun ko\u2018tarilishga sabab hamisha topiladi. Zamona o\u2018tishi-da, istilochining yaxshiliklari-da ularni hech qachon unuttirolmaydi. Florensiyaliklar istibdodida yuz yil yashab ham baribir o\u2018zini tiklagan Pizadek ular ozodlikka intilaveradilar. Ming yaxshilik, ming harakat qilganing bilan shahar ahli ozodlikni, eski tartiblarni qo\u2018msayveradi, intilaveradi. Ularni parchalab har yoqqa tarqatib tashlamaguncha maqsadga erisholmaysan.<\/p>\n<p>Biroq, shahar yoki o\u2018lka yakkahokimlik ostida yashagan bo\u2018lsa va istilodan so\u2018ng hokimning zoti qirib tashlansa, shahar aholisi qurol olib qo\u2018zg\u2018ololmaydi. Chunki bir tomondan u qullikka ko\u2018nikkan, ikkinchi tomondan esa hokim yo\u2018qotilgani uchun yangisini topishga imkonlari bo\u2018lmaydi va ular yangi qullikka tez ko\u2018nikadilar. Ularni o\u2018ziga ko\u2018niktirish va xavfsizligini ta\u2019minlash uchun istilochida imkon ancha ko\u2018pdir. Respublika sharoitida esa hayot qaynoq bo\u2018lganligidan nafrat va qasos olish hislarida ko\u2018p bo\u2018ladi; u yerda burungi ozodlik xotirasi hech qachon o\u2018lmaydi va o\u2018lishi ham mumkin emas. Shuning uchun bunday o\u2018lka yoki shahar ustidan hokimiyatni saqlab qolishning aniq yo\u2018li \u2013 ularni vayron qilish yoki u yerga ko\u2018chib o\u2018tishdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>X b o b<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Davlatlar qudratining mezoni<\/strong><\/p>\n<p>Davlatlarning xususiyatlarini o\u2018rganarkanmiz, davlat boshlig\u2018i talab etilgan paytda o\u2018zini o\u2018z kuchi bilan himoya eta oladimi yoki uning himoyasiga chetdan kuch kerak bo\u2018ladimi degan masalani ko\u2018zdan qochirmaslik lozim. O\u2018z kuchi yetarli deganda men, keragicha odami va puli bo\u2018lib, zarur paytda keraklicha qo\u2018shin to\u2018plab, qanday dushmanligidan qat\u2019i nazar, qarshi jangga kirib g\u2018alaba qila oladimi, yo\u2018qmi, degan ma\u2019noni o\u2018ylayman. Yordamga muhtoj ma\u2019nosiga esa, dushmanga qarshi maydonga chiqolmay, shahar qo\u2018rg\u2018oni ichida himoyalanishga majbur bo\u2018lganlarni kiritaman. Birinchi holda qanday ish tutishligini, avvalroq biroz gapirgan bo\u2018lsam-da, keyin yana batafsil to\u2018xtalaman. Ikkinchi holda esa shahar tashqarisidagi fuqaro tashvishidan voz kechib, qo\u2018rg\u2018onni mustahkamlash, ichkari uchun kerakli narsalarni ta\u2019minlash eng asosiy masaladir. Agar hukmdor qo\u2018rg\u2018onni yaxshi mustahkamlab, ra\u2019iyat bilan burunroq aytilganidek va keyinroq yana aytiladigandek yaxshi munosabat o\u2018rnatsa, qo\u2018shnilar unga hujum qilishdan hayiqadilar. Chunki odam \u2013 uzoq qiyinchilik talab etiladigan ishni yomon ko\u2018rib, oson bitadigan ishni yaxshi ko\u2018radi. Qo\u2018rg\u2018oni mustahkam, xalqida hukmdorga adovati bo\u2018lmagan shaharga hujum qilishni esa oson ish deb hech kim hisoblamasa kerak.<\/p>\n<p>Germaniya shaharlari dunyodagi eng ozod shaharlar sirasiga kiradilar. Atroflaridagi mo\u02bbjazgina ma\u2019mur tumanlari bilan birgalikda imperatorga o\u2018zlari xohlagan paytdagina bo\u2018ysunadilar. Na imperatordan, na atroflaridagi boshqa kuchliroq qo\u2018shnilaridan qo\u2018rqmaydilar. Shaharlari juda mustahkam devorlar, suv to\u2018la zovurlar bilan o\u2018ralgan, keraklicha to\u2018plari bor, jamoat omborlarida bir yillik oziq-ovqat, suv va yonilg\u2018i zahira hamisha saqlanadi; bundan tashqari, xazinaning sillasini quritmay xalqni boqishni mo\u2018ljallab, shaharning asosiy faoliyati sohasida, hamda oddiy fuqaroning kasb-kori xususida bir yillik ishni ham g\u2018amlaydilar, harbiy urush san\u2019atlarni hamisha rag\u2018batlantiradilar. Bunday shaharga bosqin uyushtirish og\u2018ir mashaqqat ekanini barcha aniq ko\u2018radi va hech kim unga bel bog\u2018lamaydi.<\/p>\n<p>Xullas, qo\u2018rg\u2018oni metindek mustahkam, xalqiga adovat ekmagan hukmdorga hech kim hujum qilmaydi. Hujum qilingan taqdirda ham dushman sharmandalarcha chekinishga majbur bo\u2018ladi. Chunki bu dunyoda barcha narsa shunchalik tez o\u2018zgaradiki, shahar atrofida bekor yotgan qo\u2018shin intizomini chiritmasdan bir yil ushlab turishni kim ham uddalardi? Shahar tashqarisidagi uy-joy va ekinlarning yonayotganini ko\u2018rgan xalq uzoq qurshovga dosh berolmaydi, hukmdorga sadoqatdan ko\u2018ra o\u2018zining tashvishlarini ustun qo\u2018yadi, deb menga e\u2019tiroz bildirishlari mumkin. Agar hukmdor kuchli va jasur bo\u2018lsa, gohida ra\u2019iyatga bu balolarning tez tugashini uqtirib, gohida dushmanning shafqatsizligini tushuntirib, haddan oshiq norozilarni tinchitib tursa, barcha qiyinchiliklarni yenga oladi deb aytaman. Buning ustiga, odatda dushman birinchi kunlari hali odamlari shijoatga to\u2018lib, himoyalanuvchilarning qattiq turganidan g\u2018azablanib ekin va uy-joylarga o\u2018t qo\u2018yib toptaydi. Sal o\u2018tmay esa shijoatlar so\u2018nadi. Himoyalanuvchilar uchun bo\u2018lar ish bo\u2018lib, bo\u2018yog\u2018i singan, zarar yetkazilgan bo\u2018ladi. Qabohat yuzaga chiqqanda zarar ko\u2018rganlarning hukmdorlariga sadoqat ko\u2018rsatishdan bo\u2018lak iloji qolmaydi. Uni himoya qilish yo\u2018lida o\u2018zlarini o\u2018tga, mol-mulklarini talon-tarojga berib qo\u2018ygan ekanlar, endi ular hukmdordan minnatdorchilik kutadilar. Insonning fe\u2019li-xuyi shundayki, o\u2018ziga yaxshilik qilgan kimsaga qanchalik bog\u2018lanmasin, o\u2018zi yaxshilik qilgan kimsaga undan ko\u2018proq bog\u2018lanib qoladi. Shu tafsilotlarni mushohada qilarkanmiz, shaharni boqish va himoyalashga narsasi yetarlik bo\u2018lsa aqlli hukmdor qamal paytida fuqarosining ruhini ko\u2018tarish yo\u2018llarini qiynalmay topa oladi deb, ishonch bilan ta\u2019kidlayman.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>XVII bob<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Shafqatsizlik va shafqatlilik haqida<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Raiyat senga mehr tuyishi kerakmi yo qo\u2018rqqani yaxshimi?<\/strong><\/p>\n<p>Burunroq aytilgan hukmdorlarning boshqa xislatlariga o\u2018tarkanman, har bir hukmdorning shafqatsiz emas, shafqatli degan nom qozongisi kelishini tan olamanu, biroq hammaga shafqat ko\u2018rsataverishdan ogohlantiraman. Hammaga shafqatsiz deb nom chiqargan Chezare Borja xuddi ana shu shafqatsizligi bilan Romanyani birlashtirib, itoatga keltirib, u yerda juda yaxshi tartib o\u2018rnatdi. Agar o\u2018ylab ko\u2018rilsa, shafqatsiz degan nomdan qochib, Pistoyani buzib tashlatishga olib borgan florensiyaliklardan ko\u2018ra, Chezare Borja o\u2018z shafqatsizligi bilan xalqqa ko\u2018proq yaxshilik qilgan bo\u2018lib chiqadi. Shuning uchun raiyatni itoatgo\u2018ylikda ushlab turmoqchi bo\u2018lgan hukmdor shafqatsizlikda ayblanishdan qo\u2018rqmasligi lozim. Bir necha odamni bahridan o\u2018tib, tartib o\u2018rnatgan odam, rahmdillik oqibatida mamlakatni tartibsizlikka mubtalo qilgandan ko\u2018ra ko\u2018p rahmdillik ko\u2018rsatgan bo\u2018ladi. Chunki, talonchilik va odamkushliklarni keltirib chiqaruvchi tartibsizlikdan butun aholi jafo chekadi, hukmdor esa faqat bir guruh odamlarnigina jazolab tartib o\u2018rnatadi. Ayniqsa boshqalarga qaraganda ham yangi hukmdor shafqatsiz degan dashnomdan qo\u2018rqmasligi lozim, chunki yangi hokimiyatga tajovuzlar bisyor bo\u2018ladi. Vergiliy \u2013 Didona tilidan shunday deydi:<\/p>\n<p><em>Res dura, et regni novitas me talia cogunt<\/em><\/p>\n<p><em>Motiri, et late fines custode tueri.<\/em><\/p>\n<p>Biroq, yangi hukmdor ishonuvchan, badgumon, zudlikda jazo bervoraverishdan ogoh bo\u2018lishi kerak. Mulohazakorlik bilan ish yuritish, ehtiyotsizlikka olib bormaydigan darajada rahmdil bo\u2018lishi, raiyatni g\u2018azablantiradigan darajada gumondor bo\u2018lmasligi lozim.<\/p>\n<p>Shu xususda, hukmdorni sevishlari kerakmi yoki undan qo\u2018rqib turganlari yaxshimi, degan bahs tug\u2018ilishi mumkin. Bunga, ham sevishsa, ham qo\u2018rqishsa yaxshi bo\u2018lardi, deb javob berishadi. Lekin sevgi va qo\u2018rquv bir yerda yasholmaydi. Shuning uchun, ikkovidan birini tanlash lozim bo\u2018lsa \u2013 raiyatning seni sevganidan ko\u2018ra qo\u2018rqib turgani ishonchliroqdir deb aytish joiz. Chunki, yaxlit baho berilsa, odam zoti \u2013 beoqibat, beburd va aynimachidir, ikkiyuzlamachi va aldamchilikka moyildir, ozgina xavfdan ham qochadigan, boylik orttirishga o\u2018ch bir mavjudotdir: toki yaxshilik qilarkansan, ular butun vujudi bilan seniki; qonim-da, jonim-da, molim-da, bolamning joni-da sizniki deb qasam ichadi; biroq ozgina qiyinchilik tug\u2018ilib, ularning senga keragi bo\u2018lgan zahoti teskari o\u2018girilishadi. Bularning qasamiga ishonib, qiyin kunlarning ehtiyotini qilmagan hukmdorning holiga voy! Chunki, yurakning ulug\u2018vorligi, ruhning olijanobligi bilan emas, pulga topilgan do\u2018stlikni har doim topish mumkin-u, lekin qiyin kunlarda ulardan foydalanish mumkin emas. Bundan tashqari, odamzot o\u2018ziga mehribonlarni xafa qilishdan tiyinolmaydi, sababi \u2013 mehrning ildizi oqibatdan suv ichadi. Odamzot asli tagi chirkin bo\u2018lgani uchun o\u2018z foydasi oldida oqibat ko\u2018rsatmaydi. Lekin o\u2018zi qo\u2018rqadigan kishini xafa qilishga botinolmaydi, chunki qo\u2018rquvning ildizi jazodan suv ichadi, demak, u jazodan qo\u2018rqadi.<\/p>\n<p>Biroq, hukmdor odamlarning yuragiga qo\u2018rquv solarkan, uning aks ta\u2019sirini hamisha esda tutmog\u2018i lozim. Qo\u2018rqitishdan mehr qaytadi deb umid qilmasdan-da, raiyatning g\u2018azabini qo\u2018zitmaslikni hisobga olmog\u2018i darkor. Zeroki, g\u2018azab va nafratni qo\u2018zitmaydigan darajada qo\u2018rqitish mumkin. Bunga erishish uchun hukmdor raiyat va boyonlar mol-mulki va xotin-qizlariga tajovuz qilishdan o\u2018zini mutlaqo tiyishi kerak. Jinoyatchi shaxslarning aybi aniq isbotlangach, ularni jazolab jonini olish mumkin-u, ammo mol-mulkiga ko\u2018z olaytirish mumkin emas. Chunki odam zoti otasining o\u2018limini kechirib yuboraveradi-yu, mol-mulkini olib qo\u2018yganni hech qachon kechirmaydi. Boz ustiga, ayniqsa hukmdorning ko\u2018nglida bosqinchilikka rag\u2018bat tug\u2018ilsa, mol-mulkni tortib olish uchun bahonalar juda ko\u2018p topiladi; lekin jon olishga sabab juda kam bo\u2018ladi, bahona topish uchun ancha qiynalish kerak. Ana shu vajdan ya\u2019ni bahonasi ko\u2018p, tortib olish oson bo\u2018lganidan, hukmdor raiyat va boyonlarning mol-mulkiga ko\u2018z olaytirishdan nihoyatda ehtiyot bo\u2018lishi lozim.<\/p>\n<p>Ko\u2018p minglik qo\u2018shin boshida o\u2018zga yurtlarga ketayotgan hukmdor shafqatsiz degan nom chiqarishdan ayniqsa qo\u2018rqmasligi kerak. Chunki, shafqatsiz degan nomsiz qo\u2018shindagi yakdillik va jangovarlikni saqlashning iloji yo\u2018q. Gannibalning zo\u2018r xislatlari va ishlari ichida; juda katta va juda ko\u2018p elatlardan tuzilgan qo\u2018shin bilan begona va olis yurtlarga yurish qilib, g\u2018alaba kunlarida-da, mag\u2018lubiyat kunlarida-da, askarlarida metin intizomni saqlab qolganini, g\u2018alayonlarga yo\u2018l qo\u2018ymaganini tarixchilar ta\u2019kidlashadi. Bu holni faqat uning o\u2018ta va o\u2018ta shafqatsizligi va qattiqqo\u2018lligi bilan izohlash mumkin. Ha, uning o\u2018ta shafqatsizligi \u2013 albatta o\u2018zining dovyurakligi va jangchilik san\u2019atining zo\u2018rligi va boshqa mahoratlari bilan qo\u2018shilgan holda \u2013 askarlari ko\u2018ngliga topinish darajasida hurmat va dahshat solgan. Lekin bularning ichida shafqatsizligi bo\u2018lmaganda boshqa xislatlari qo\u2018shindagi intizomga kor qilmas edi. Taassufli joyi shuki, tarixchilar Gannibalning jasorati va qahramonligini maqtab, bunga asos bo\u2018lgan shafqatsizligini qoralaydilar.<\/p>\n<p>Lashkarboshiga dovyuraklik bilan jangchilik mahoratining o\u2018zi yetarli emasligiga, nafaqat zamondoshlari orasida, balki keyingi davrlarda ham o\u2018zgachaligi bilan dong taratgan Sipion ham misol bo\u2018la oladi. O\u2018ta yumshoqko\u2018ngilligi va soldatlarga harbiy intizomda ko\u2018rsatilgandan ko\u2018ra ortiqroq erk bervorgani uchun Ispaniyada uning qo\u2018mondonligidagi qo\u2018shin ichida g\u2018alayon ko\u2018tarilgan. Bu voqea Fabiy Maksim uni butun boshli Senat oldida, rim askarlarini maishatparastga aylantiruvchi deb ayblashiga sabab bo\u2018lgan. O\u2018sha qattiqqo\u2018llik va shafqatsizlik yetishmasligidan ham lokrlarni talagan legatlaridan birini ham jazolamagan va lokrlarning yoniga tushmagan. Shuning uchun ham yana Senatda, endi uning yonini olmoqchi bo\u2018lganlardan biri: bu odam o\u2018zi xato qilmaydi-yu, xato qilganlarni jazolay olmaydiganlar toifasiga kiradi, deb baho bergan. Ehtimol, keyinroq Sipionning shu xususiyati tufayli pok nomi va shuhrati ham zamon osha parokanda bo\u2018lardi-yu, lekin yakkahokim emasligi, Senatga bo\u2018ysungan odamligi nomu shuhratini tarixga saqlab qolgan. Saqlab qolish bilan chegaralanmay, unga abadiy shon-shuhrat keltirgan.<\/p>\n<p>Xullas, hukmdorga mehr qo\u2018yganlari yaxshimi yoki undan qo\u2018rqqanlarimi, degan bahsga qaytib shuni ta\u2019kidlaymanki, hukmdorlarni odamlar o\u2018z xohishlaricha yaxshi ko\u2018radilar; lekin qo\u2018rqish masalasi \u2013 hukmdorning izmida. Shu sababdan aqlli hukmdor birovga emas, o\u2018ziga bog\u2018liq bo\u2018lgan tarafni ushlagani ma\u2019qulroq. Eng asosiysi, yuqorida aytilganidek, raiyatning g\u2018azabini qo\u2018zitmasa bas.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>XXIV bob<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Nega Italiya hukmdorlari o\u2018z davlatlaridan ayrilgani haqida<\/strong><\/p>\n<p>Agar yangi hukmdor aytilgan qoidalarga aql bilan rioya etsa, taxtga meros yo\u2018li bilan erishganlardan ko\u2018ra ham o\u2018zini mustahkam va erkin his qila boshlaydi. Chunki, odamlar yangi hukmdorga merosiy hukmdordan ko\u2018ra kattaroq qiziqish bilan qaraydilar. Harakat va ishlarida jasorat shijoat sezilsa merosiy hukmdor shajarasining qadimiyligidan ko\u2018ra ziyodroq maftunkorlikka ega bo\u2018ladi. Chunki odamlar o\u2018tmishdan ko\u2018ra bugungi kunlari bilan ko\u2018proq bandlar. Bugun manfaat ko\u2018ra boshlasalar, xursand bo\u2018lib boshqa narsani o\u2018ylamay, yangi hukmdorga kerak bo\u2018lsa ko\u2018ksilarini qalqon qiladilar. Yangi davlat tuzgan, uni yaxshi qonunlar bilan muhofazalagan, yaxshi ittifoqchilar topgan, yaxshi qo\u2018shin tuzgan yangi hukmdor o\u2018zini ikki karra shuhratga chulg\u2018aydi. Aksincha, hukmdor unvonida tug\u2018ilib, kaltabinligi tufayli merosiy taxtidan ajralgan hukmdor ikki karra nafrat va hazar nazariga loyiqdir.<\/p>\n<p>Agar biz davlatidan mahrum bo\u2018lgan Neapolitaniya qiroli, Milan gersogi va boshqa shu singari italiyalik hukmdorlar misoliga murojaat qilsak, ularning eng bo\u2018sh yeri qo\u2018shin bo\u2018lgan. Qo\u2018shinning yaramas xillarini esa yuqorida batafsil gapirdik. Bundan tashqari ularning ba\u2019zilari o\u2018z xalqlari bilan dushmanlikda turganlar, ba\u2019zilari esa xalq bilan yaxshi bo\u2018lib, boyonlar tarafidan himoyalanishni eplolmaganlar. Bu kabi nuqsonlardan xoli mamlakatning hukmdori, yana qo\u2018shin ham bajolasa hech qachon taxtidan mosuvo bo\u2018lmaydi. Filipp Maqidunli, men Buyuk Iskandarning otasini emas, Tit Kvinsiy tomonidan mag\u2018lubiyatga uchratilgan Filippni nazarda tutayapman, o\u2018ziga hujum qilgan Rim va Gretsiyaga nisbatan juda kichkina mamlakat hukmdori edi. Biroq o\u2018zi zo\u2018r jangchi ekanligidan, boz ustiga xalq mehrini qozonolgani va zodagonlar kirdikorlaridan o\u2018zini himoyalashni uddalagani uchun rimliklar va greklarga qarshi ko\u2018p yillik urushga chidab turoldi. Garchi, oxirida, bir necha shaharlaridan ajrasa-da, podsholigini saqlab qoldi.<\/p>\n<p>Shuning uchun ko\u2018p yillar taxt surib, keyin saltanatidan ayrilgan bizning hukmdorlarimiz taqdirdan nolimay aybni o\u2018zlarining beg\u2018amliklaridan qidirsinlar. Osoyishta ob-havoda bo\u2018ronni xayoliga keltirmaydigan hamma oddiy odamlardek, ular ham tinchlik zamonida \u2013 ertaga yog\u2018ilishi mumkin bo\u2018lgan balolarning oldini olmadilar. Qiyin zamon kelishi bilan esa mudofaa uyushtirishning o\u2018rniga, g\u2018olib bosqinchining jafolaridan bezgan xalq ularni yana chaqirib oladi, degan umid bilan qochib qolishni afzal bildilar. Boshqa iloj yo\u2018qligida bunday umid qilish ham yaxshi, biroq faqat shu umidni deb boshqa choralarni inkor etish \u2013 juda yomon. Bu ish, bari bir kimdir ko\u2018tarib olar, deb ataylab o\u2018zini yerga tashlab yotish bilan barobar. Bordiyu, balo-qazodan kimdir qutqarib qolganda ham sen nihoyatda xavfli, minnatli va tuban ahvolda qolasan. Faqat o\u2018zingga, o\u2018z jasoratingga asoslangan mudofaagina yaxshi, ishonchli va mustahkamdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>XXV bob<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Taqdirning odamzot ishlari ustidan hukmronligi va unga chora topish yo\u2018llari<\/strong><\/p>\n<p>Odamning zakovati hech narsani hal etolmaydi, hech narsaga qarshi turolmaydi, dunyodagi nimaiki sodir bo\u2018lsa, bari taqdir va Tangriga bog\u2018liq, degan fikrning ilgari zamonlarda ham, hozir ham ko\u2018p gapirilishini men juda yaxshi bilaman. Lekin buni gapiradiganlar uchun jamiyatning tashvishlari bilan boshingni og\u2018ritma, taqdiringga tan berib jimgina yuraver, deb bundan chiqaradigan xulosalari ular uchun muhimdir. Keyingi paytlarda dunyodagi voqealarning juda tez o\u2018zgarayotganligidan, inson aqli tomonidan qilinayotgan har qanday karomatlarning chippakka chiqayotganligidan, bu xulosaga ishonuvchilarning soni juda oshib ketgan. Ba\u2019zi paytlarda, dunyoning hozirgi ahvoliga qarab turib, o\u2018zim ham ko\u2018pchilikning shu fikriga bo\u2018ysungim kelib qoladi.<\/p>\n<p>Biroq inson irodasining, istaklarining erki haqqi: balki taqdiri azal odamzot ishlarining yarmini boshqarib, boshqa yarmini yoki shunga yaqin qismini odamlarning o\u2018zlariga topshirib qo\u2018ygandir, degan umid bildiraman. Taqdirni men ayqirgan daryoga o\u2018xshataman. U toshadi, qirg\u2018oqlarni o\u2018yib, daraxtlarni qo\u2018poradi, uylarni yiqadi, yerlarni yuvib ketadi, yangi yerlarni barpo qiladi. Jilovlashni eplolmaydigan odamzot esa uning jo\u2018shqin bosqinidan har yoqqa tumtaraqay qochadi. Mayli, shunday bo\u2018la qolsin, inson qo\u2018rqib qochadi ham deylik. Lekin daryo toshmagan paytda ehtiyot choralari ko\u2018rishni, dambalar, to\u2018g\u2018onlar qurishni insonga hech kim taqiqlamaydi-ku?! Daryo toshganda uni kanallarga burib yuboradigan, dambalarga borib to\u2018silib to\u2018xtaydigan qilib qo\u2018yish mumkin-ku!?<\/p>\n<p>Taqdir ham shunday. U o\u2018zining kuchini aqlli jasorat, mardlik tik turmagan yerda ko\u2018rsatadi, toshqinini to\u2018siq bo\u2018lmagan yerlarga buradi. Italiyaga bir boqing. O\u2018zi tug\u2018dirgan ijtimoiy voqealar toshqini ostida qolib ketgan. Na to\u2018g\u2018on, na damba bo\u2018lmagan sidirg\u2018a bir tekislikka o\u2018xshaydi. Agar unda Olmoniston, Farangiston, Ispaniyaga o\u2018xshab jasorat to\u2018siqlari bo\u2018lganda edi, toshqin uncha kirolmagan, kirsa ham bunchalik vayronalik keltirmagan bo\u2018lardi. Taqdirga qarshi turish haqida menimcha yetarlicha fikr bildirildi.<\/p>\n<p>Endi hukmdorlarimiz xususida gapirsak. Ko\u2018zimiz bilan ko\u2018rib turibmizki, kechagina tinchgina davru davron surib, bugun taxtlaridan mosuvo bo\u2018lib yuribdilar. Ularning fe\u2019l-atvorida, xislatlarida hech narsa o\u2018zgarmagan. Yashayaptilar. Buning yechimi mening fikrimcha, yuqorida biz batafsil tahlil etgan sabablarda. Barcha ishni butunlay taqdirga tashlab qo\u2018ygan hukmdor vaqti kelganda uning zarbalariga dosh berolmaydi. Yana mening fikrimcha, o\u2018z xatti-harakatlarini zamona talablariga javob beradigan tarzda tuzgani eson-omon yashayveradi, zamona talablariga javob bermaydigani esa baxtu taxtidan ayrilaveradi.<\/p>\n<p>Hayotni kuzatadigan bo\u2018lsak, har bir odam oldiga qo\u2018yadigan \u2013 obro\u2018 va boylik orttirish maqsadiga yetishishda turli yo\u2018llar tanlashini ko\u2018ramiz: biri ehtiyotkorlik, ikkinchisi shiddat; biri sabr, ikkinchisi tezkorlik, biri kuch, ikkinchisi \u2013 mahorat. Ularning har birini maqsadiga tanlagan yo\u2018li yetkazishi mumkin. Biroq ba\u2019zan shunday bo\u2018ladiki, ikki odam bir xil, misol uchun ehtiyotkorlik yo\u2018lini tanlaydi-yu, maqsadga faqat bittasi erishadi. Yoki ikkovi o\u2018zgacha, misol uchun biri ehtiyotkorlikni, ikkinchisi shiddatni tanlaydi-yu, ikkovi ham maqsadga bir xilda yetishadi. Buning sababi, tanlangan yo\u2018llarning zamonaning xususiyatlari va shart-sharoitlariga mos kelish-kelmasligiga bog\u2018liq. Shuning uchun ikkovi ikki yo\u2018ldan borgan maqsadga bir xilda yetishishlari, ikkovi bitta yo\u2018ldan borgandagina esa maqsadga faqat bittasi yetishishi mumkin.<\/p>\n<p>Insonning hayotining baxtli davri ham xuddi shu qonuniyatga bo\u2018ysunadi. Ehtiyotkorlik va sabr bilan ish olib borayotgan odamga zamonaning sharoiti mos kelsa, u gullab-yashnayveradi. Biroq zamonada vaziyat o\u2018zgargan zahoti uning farovon kunlari bitadi, chunki u o\u2018z xatti-harakatlarini o\u2018zgartirmaydi. Umuman olganda, odam zoti qanchalik oqil bo\u2018lmasin, zamona o\u2018zgarishiga moslashadigani topilmaydi. Birinchidan tabiiy fe\u2019li, o\u2018rgangan ko\u2018ngli bunga yo\u2018l qo\u2018ymaydi, ikkinchidan, inson bolasi shu paytgacha gullab-yashnayotgan yo\u2018lidan burilib ketishga o\u2018zini majbur qilolmaydi. Shu sababdan ehtiyotkor hukmdor ham shiddat talab etilgan paytda uddasidan chiqolmay halok bo\u2018ladi. Agar uning fe\u2019li zamonga mos ravishda o\u2018zgarganda edi, baxtli onlari davom etavergan bo\u2018lardi.<\/p>\n<p>Papa Yuliy hamisha shiddat bilan ish tutardi, sharoit ham buni ko\u2018tarardi, shuning uchun u doim zafar quchardi. Uning birinchi ishi \u2013 hali messer Jovanni Bentivoli tirikligidayoq Bolonyani bosib olishini misol qilaylik. Papaning bu niyatiga venesiyaliklar qarshi edilar, Ispan qiroli qarshi edi, Farangiston bilan shu xususdagi muzokaralar hali davom etayotgandi. Papa esa fe\u2019l-xo\u2018yiga mos, to\u2018sib bo\u2018lmas shiddat-la qo\u2018shin tortdi va hech kimning qarshiligiga uchramadi. Venesiyaliklar qo\u2018rqishdi, Ispan qiroli shu talato\u2018pda Neapolitaniya qirolligini qo\u2018shib olishdan umidvor bo\u2018ldi. Farangiston qiroli esa papaning yo\u2018lga tushganini ko\u2018rgach, venesiyaliklarga qarshi papa bilan ittifoqni afzal bilib, yordam bermasa, papani ranjitishi aniqligini sezib, qo\u2018shin jo\u2018natdi.<\/p>\n<p>Papa Yuliy o\u2018zining to\u2018satdan boshlagan shiddatli bu yurishi bilan insonga berilishi mumkin bo\u2018lgan eng kuchli oqillik kasb etgan Cherkov boshliqlarining boshqa har qandayi hech qachon bajarolmaydigan ishni qildi. Agar barcha sharoitu vaziyatlarning keltirilishini kutib Rimda qolsa edi, farang qiroli yordam yubormaslikka mingta bahona topgan, boshqalari esa istiloga qarshi mingta dalillar aytgan bo\u2018lardilar. Men Papa Yuliyning boshqa amallari haqida gapirib o\u2018tirmayman, chunki ularning bari shu tahlidda qilingan va bari muvaffaqiyatli tugallangandi; uning hukmdorlik muddati qisqa bo\u2018lganligi sababli, muvaffaqiyatsizlikka uchrab ulgurmadi. Lekin uzoqroq yashaganda-yu, ehtiyotkorlik talab etiladigan zamona kelganda edi, uning omadli davri poyoniga yetardi. Chunki papa tabiatidan tug\u2018iluvchi shiddatli qarorlarni amalga oshirishdan boshqacha yo\u2018l tutolmasdi.<\/p>\n<p>Xulosa tariqasida aytmoqchimanki, taqdirning to\u2018lqinlari doimo bir xilda bo\u2018lavermaydi. Inson bolasi esa tutgan yo\u2018lini o\u2018jarlik bilan ushlab turish odati bor. Bu ikki narsa orasida uyg\u2018unlik jo bo\u2018lsa, odam safoli davron suradi; uyg\u2018unlik buzilib qolsa odamning safoli davri tugaydi. Shunga qaramay, men shiddatli harakat tarafdoriman, zeroki baxt va omad ma\u2019budasi Fortuna \u2013 ayoldir. Ayolni esa urib-tepib bo\u2018lsa-da bo\u2018ysundirish kerak. U ko\u2018pincha ehtiyotkorlarga emas, shiddatkorlarga nasib qiladi. Ayolligi uchun ham u yoshlarga moyil, chunki yoshlar \u2013 kattalardek ehtiyotkor emas, bo\u2018ysundirishga zo\u2018r dadillik bilan kirishadilar.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong><em>Zohir A\u2019<\/em><\/strong><strong><em>LAM<\/em><\/strong><strong><em> tarjimasi<\/em><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong><em>\u201cJahon adabiyoti\u201d jurnali. 2002 yil, 9-son<\/em><\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>NIKOLLO MAKIAVELLI I bob Mamlakatlarning necha turdaligi va ularning egallanish yo\u2018llari Avom ustidan hokimiyati mavjud barcha mamlakat, barcha davlatlar o\u2018tmishda-da, hozirda-da mohiyatan tuzumi yoki respublika bo\u2018ladi, yoki yakka hokim tomonidan boshqariladi. Yakka hokimchilik \u2013 agar hokimning sulolasi uzoq davr taxt surgan bo\u2018lsa, merosiy bo\u2018ladi yoki yangi egallangan bo\u2018ladi. Yangi hokimiyat to\u2018liq bir davlat ustidan yoki [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":400,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[30,20],"tags":[78,76,77],"class_list":{"0":"post-399","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-muharrir-tanlovi","8":"category-siyosiy","9":"tag-hukmdor","10":"tag-makiavelli","11":"tag-siyosiy-esse"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/399","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=399"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/399\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":403,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/399\/revisions\/403"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/400"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=399"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=399"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=399"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}