{"id":392,"date":"2025-09-06T23:21:57","date_gmt":"2025-09-06T23:21:57","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=392"},"modified":"2025-09-06T23:29:49","modified_gmt":"2025-09-06T23:29:49","slug":"sahnadan-keyingi-sahna","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=392","title":{"rendered":"Sahnadan keyingi sahna"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>Iqbol QO\u2018SHSHAYEVA<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em>San\u2019at asarlari murosasozlik, behad xotirjamlik emas, balki bitmas-tuganmas g\u2018am-tashvish va hayajon, o\u2018z-o\u2018ziga ishonchsizlik yog\u2018ida qovurilish, kurash, omad yoki boy berish, kashfiyot yoki xatolar evaziga yaraladi. Hammayog\u2018i badastir, har jihatdan mukammal, qorni to\u2018q, qayg\u2018usi yo\u2018q mutafakkir va san\u2019atkor hayotda yo\u2018q.<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em>Lev Tolstoy<\/em><\/p>\n<p>Yillar nainki inson umrini balki uning armonlarini ham ulg\u2018aytiradi. Agar siz Ijodkor dunyosini sinchiklab kuzatsangiz, uning odamlarga yetkazishi kerak bo\u2018lgan, lekin&#8230; sahnaga sig\u2018may qolgan haqiqatlari ummon qa\u2019riga cho\u2018kkan javohirdek, ko\u2018nglining tub-tubiga yashirinib yotganiga guvoh bo\u2018lasiz. Bu sara sirlar hayot nog\u2018orasining shovqin-suronlari bilan tillashib, uning dag\u2018al ranglariga moslashib, hozirjavob kuyga aylanmaganligi bois ham qadrlidir. Aslida Iste\u2019dod o\u2018z umrini mana shu ichki haqiqatlarning sarkashligi evaziga uzaytiradi&#8230; shu bois bunday san\u2019atkorlarni hayotda qanday bo\u2018lsa shundaligicha, bor mavjudligi, butun bo\u2018y-basti, barcha murakkabliklari bilan qabul qilish kerak, deb o\u2018ylayman.<\/p>\n<p>Hayratomuz sahna asarlari bilan tetar san\u2019ati tarixida o\u2018z muhirini qoldirib ulgurgan rejissyor Bahodir Yo\u2018ldoshev nigohi endilikda urinib-surinib san\u2019at dunyosiga kirib kelayotgan yoshlarga qaratilganligi San\u2019atkor muxlislarini o\u2018ylantirishi tabiiy. Shu o\u2018y meni ham tinglovchilar qatorida \u201cDiydor\u201d teatr-studiyasining mashg\u2018ulotlariga yetakladi. San\u2019atkordan o\u2018rganayotgan ilmning ilk xulosasi \u2013 o\u2018zingni \u201cdiletant\u201d ekanligingni, hanuz xomligingni anglash. Bugun nainki san\u2019at dunyosida, balki yakrang matbuotimizda ham yuzakilik bilan o\u2018zing tushunmagan narsa haqida ortiqcha va o\u2018rinsiz so\u2018zbozlik qilish urfga aylangan (nazarimda, bu kemtiklik nasliy kasallikka o\u2018xshaydi). Negaki, biz qalamkashlar, tanlagan shaxsimizga ko\u2018pincha qotib qolgan, zaif salohiyatimizdan kelib chiqib yondashamiz va bu bilan suhbatdoshimizni ham o\u2018zimizning nochor darajamizga tushiramiz. Natijada maqolamiz qahramoni ham azbaroyi sayqallashlarimiz bois, jo\u2018n va qiyofasiz kimsaga aylanadi.<\/p>\n<p>Ahyon-ahyonda \u201cBahodir Yo\u2018ldoshev nima ish bilan band ekan?\u201d, deya rejissyor san\u2019atidan mutaassir bo\u2018lgan ixlosmandlarning haqli savollari quloqqa chalinadi. U faqat hamma ko\u2018rib turgan binoni \u2013 suratnigina tark etgan, xolos. Ya\u2019ni \u201cfalon teatrni tark etdi degani, bu \u2013 sahnadan voz kechdi, degani emas, aslo! Muhabbati, iztiroblari uni hech qachon tark etmaganidek, urib turgan yuragi \u2013 Teatri ham u bilan birga. Butun U mana shu yuragini asrash dardi bilan ovora&#8230; Muhimi, San\u2019atkor bu ezgu yo\u2018lda yolg\u2018iz emas! Uni tushunuvchi-qadrlovchi maslakdoshlari atrofida. Ular ko\u2018magida san\u2019at dunyosining ostonasida turgan yoshlar nigohini sahna haqiqatlari-ideallariga qaratish bilan band.<\/p>\n<p>Uning saboqlari qisqa va ravshan: \u201c<em>Bolalar birinchi navbatda tomoshabin sifatida shakllanishlari lozim. Mutolaasiz hech kim emassan. O\u2018zingni atrofingdagilar bilan qiyoslab, o\u2018tkinchi narsalarga aldanib qolma. Odamning tug\u2018ilishi bilan bog\u2018liq gap: u dunyoga keldi, deymiz, falon mamlakatga keldi demaymiz-ku! Senlarga tengdosh Lermontov dunyoga o\u2018z so\u2018zini aytib ulgurgan edi. Bugun yosh bolakay Raxmaninovni pianinoda chalyapti. Holbuki Raxmaninovning musiqasi nihoyatda murakkab.<\/em><\/p>\n<p><em>Haqiqiy kitobxon uchun adabiyot \u2013 she\u2019riyat hech qachon muammo bo\u2018lmagan. Sizlar uchun Navoiy, Bobur, Mashrab, Oybek, Pushkin, Lermontov, Tolstoy kabilar ijod qilib qo\u2018ygan. Pushkin bu dunyoni tark etganiga ikki yuz yil ham bo\u2018lagni yo\u2018q. Abadiyat oldida ikki yuz yil \u2013 lahza ham emas. Demak, ular bizning zamondoshlarimiz. Boshimiz ustida mo\u2018ltirab turgan oy va quyoshni hamma buyuklar ko\u2018rgan, ayni damda biz ham ko\u2018rmoqdamiz. Aleksandr Makedonskiy, Amir Temur, Hazrat Navoiy ham xuddi sizga o\u2018xshab mana shu osmonga tikilgani haqida bi-ir o\u2018ylab ko\u2018ring! Bu samoviy jismlar hech qachon o\u2018zgarmaydi, turlanmaydi. Birgina Navoiyni tushunish uchun ham bu dunyoda yashasang arziydi.<\/em><\/p>\n<p><em>San\u2019atda uning o\u2018z odamlari bo\u2018lishi shart. Teatr ruhi Shaxslar san\u2019ati evaziga yashaydi, yasharadi. Yo\u2018qsa, uning binosi zamonning eng old talablariga har qancha javob bermasin, undagi hayot turmush tashvishlaridan toliqqan, munkayib qolgan cholni eslataveradi&#8230; Sozandalar, misol uchun Abduhoshim Ismoilov, ishonchim komilki, dag\u2018al narsani ushlamaydi, barmoqlaridagi sezgi tolalarini o\u2018ldirmaslik uchun. Birov haqida yomon xayollarga borishdan o\u2018zini tiyadi. Negaki, qalbni asrab qolish kerak. Men nima uchun kuyunaman? To\u2018ylar, har qanaqangi konsertlar, havaskorlar tomonidan faqat cho\u2018ntakni o\u2018ylab suratga olinayotgan xaltura filmlar qalbni kemirib tashlaydi&#8230; Qalb Ollohniki \u2013 uni sotgan tovonini to\u2018lashga mahkum. Axir, skripka bilan mix qoqilmaydi-ku! Rol o\u2018ynashdan maqsad \u2013 dardni o\u2018zingniki qilish. Otelloning iztirobiga aktyor sherik bo\u2018ladi. Qahramonining dardini ochish uchun ham u sahnaga chiqadi. Teranlashgan tuyg\u2018ular yordamidagina obraz kechinmalarini qadrlab-avaylab o\u2018zidan o\u2018tkazish kerak. <\/em><\/p>\n<p><em>Xuddi hayotdagidek pyesa qahramonining ham o\u2018z dardi bo\u2018ladi, uning taqdiri esa aktyorning qo\u2018lida. Uning taqdirini juvonmarg qilishga sizning haqqingiz yo\u2018q. Og\u2018riqni tushuna olmaganingiz uchun esa tomoshabin aybdor emas. Inson qanchalik o\u2018zgaga hamdard bo\u2018la olsa, dardini ololsa, u o\u2018shanchalik yaxshi ijodkor bo\u2018ladi. Unutmang, \u201cAlisher Navoiy \u201cBog\u2018 ko\u2018p, gulzor ko\u2018p, lekin sen o\u2018z gulingni uzib chiq\u201d deydi. Bu hayot bo\u2018stonidan har bir ijodkor o\u2018z gulini uzishi shart. To\u2018rtta atirgulni uzib taskin topishingiz bu juda kulgili, ayanchli, chunki bu gullarni sizdan oldin ham uzishgan&#8230; \u201d.<\/em><\/p>\n<p>Rejissyorning ichki salohiyatidan darak beruvchi o\u2018y-kechinmalari tinglovchini mushohadaga chorlaydi. Bugun, afsuski, aksariyat aktyorlarimiz kitobxon bo\u2018lmaganlaridek, qalam ahli ham tom ma\u2019nodagi tomoshabin emas. Menimcha, shu boisdan jiddiy teatrlarimiz sahnasida qishloq klublarida havaskorlar tomonidan qo\u2018yiladigan tomoshabinlarni eslatuvchi spektaklnamo nimarsalar qo\u2018yilayotgandir. Bunda faqat \u201cTomoshabinni zeriktirmaslik uchun bo\u2018shashmay o\u2018ynayver!\u201d aqidasiga amal qilinayotgani aniq.<\/p>\n<p>Gazetamiz mualliflaridan biri milliy teatr sahnasida qo\u2018yilgan o\u2018rtamiyona spektaklni himoya qila turib, \u201cMen bu spektakl rejissyorini Bahodir Yo\u2018ldoshevdan-da istedodli ekanligini bildim, negaki Bahodirda bu rejissyordagidek milliy iftixor tuyg\u2018usi yo\u2018q!\u201d, dedi. Bu endi uning shaxsiy fikri. Ammo har qanday fikrda shu fikr muallifining darajasi ham oshkor bo\u2018ladi. Unga biz: \u201cQora kamar\u201d-chi?\u201d deymiz. \u201cEy, u Ergash Masafayevniki-ku!\u201d deydi suhbatdoshimiz. Izohga hojat yo\u2018q. San\u2019atkorning bedor dunyosini o\u2018zimdan o\u2018tkazish asnosida ich-ichimdan bir haqiqat sirqirab chiqadi: yigirma yil oldin Abror Hidoyatov sahnasida millat og\u2018rig\u2018i \u2013 milliy dard bilan o\u2018rtangan qo\u2018rboshi Xurrambekning murakkab qismati talqinida Bahodir Yo\u2018ldoshevning tirnalgan qalbi qalqib turardi. Raj Kapur \u201cmening har bir kartinam \u2013 avtobiografik asardir\u201d, deb aytgan. Shu mezondan turib qarasak, men ham negadir \u201cQora kamar\u201d spektaklini Bahodir Yo\u2018ldoshevning avtobiografik asari sifatida ko\u2018raman.<\/p>\n<p>\u201cDiydor\u201d teatr-studiyasidagi ijodiy muhitning shakllanishida B.Yo\u2018ldoshev bilan yelkama-yelka turib xizmat qilayotgan ikki ziyoli insonning xizmatidan ko\u2018z yumib bo\u2018lmaydi. Rus akademik drama teatrining adabiy emakdoshi Vladimir Leonidovich Ostrovskiy! Qiyofasidayoq teatr ruhi aks etgan bu nurli siymoning nomi teatr muxlislari uchun begona emas, chunki u tirik teatr ensiklopediyasi. Vladimir Leonidovichning saboqlarini tinglaganingda, u muayyan muassasaninggina emas, balki umuman san\u2019\u2019at olamining adabiy emakdoshi bo\u2018lsa kerak, degan o\u2018yga borasiz. Rus teatri binosining birinchi qavatida uning shinamgina xonasi bor. Bu mo\u02bbjaz dargohda ijodiy kayfiyat hukmron&#8230; Javonda kitoblar qalashib yotibdi. O\u2018zigagina xos bo\u2018lgan allalovchi ohangda jahon teatr san\u2019atidagi eng sara sahna asarlar tarixini hikoya qilib berarkan, uning so\u2018zlarini ma\u2019qullagandek javondagi suratlardan o\u2018tgan asrning buyuk teatr rejissyorlari Efros, ko\u2018zoynagi ortidan Tovstonogov qarab turadi&#8230;<\/p>\n<p>Bir voqeani eslasam, hanuz ichimni uyat hissi yemiradi. Studiya yangi tashkil etilgan kunlari. Milliy bog\u2018da Navro\u2018z tantanasiga tayyorgarlik ayni avj pallada. Studiya tinglovchilari bilan birgalikda tadbir repetitsiyasini Bahodir aka boshqaryapti. Darvoqe, o\u2018tgan yili yozda bo\u2018lib o\u2018tgan \u201cSharq taronalari\u201d xalqaro musiqa festivali repetitsiyasiga ham mana shu tinglovchilar jalb etilgandi. Xullas, Navro\u2018z arafasi&#8230; Bolalar tushgacha maydonda, quyosh tig\u2018i ostida ishlab, tushdan so\u2018ng darsga yetib keldilar. Ostrovskiy bolalar bilan muhokama qilishi niyatida atayin shular uchun \u201cKultura\u201d telekanalidan yozib olgan Sankt-Peterburgdagi mashhur teatr rejissyori Lev Dodinning ijodiga bag\u2018ishlangan ko\u2018rsatuv videotasmasini qo\u2018ydi&#8230; Toliqqanlarning ayrimlari konditsioner ishlab turgan salqin darsxonadagi yumshoq o\u2018rindiqqa cho\u2018kkancha pinakka ketadi&#8230; O\u2018shanda bu holat qalbi nozik bu insonga shu qadar yomon ta\u2019sir qiladiki, xuddi bolasi bedavo dardga chalingandek \u201cNahotki?!\u201d deya og\u2018ringan edi.<\/p>\n<p>\u201cFaizi Cinema\u201d kinostudiyasining rahbari, taniqli aktyor va kinorejissyor Furqat Fayziyevning studiya tinglovchilari bilan bo\u2018ladigan muloqotini kuzata turib, uning shaxsiyatida sharqona qadriyatlarga nisbatan ichki ehtiromning g\u2018arbcha erkin dunyoqarash bilan uyg\u2018un talqinini ko\u2018raman.<\/p>\n<p>Darvoqe, studiyadagi tahsilning dastlabki kunlarida Bahodir aka tinglovchilarga jahon klassikasining mulkiga aylangan bir qancha badiiy asarlar va teatr san\u2019atiga doir adabiyotlarni tavsiya etgan edi. Ular bilan qisman tanishgach, vujudingni xijolat hissi egallamasdan iloj yo\u2018q. Eh-he, ajab qoyalar borki, ular qarshisida o\u2018zingni bir hovuch tuproq ham emasligingni sezasan&#8230;<\/p>\n<p>Xizmat taqozosi bilan san\u2019atkorlar safida ijodiy safarlarda bo\u2018lishga ham to\u2018g\u2018ri keladi. Ularni o\u2018zingcha turli nuqtalarda kuzatasan. Sirtdan qaraganda turfa xil, lekin aslan bir-biriga egizak dunyoqarashlar&#8230; Tasodiflar tufayli ommaning umumiy saviyasiga mos kelgan tengdoshlarimning o\u2018z \u201ce\u2019jod\u201dlaridan mamnun qiyofalari&#8230; Shunday safarlarning birida O\u2018zbekistonda xizmat ko\u2018rsatgan artist Farhod Abdullayev shunday deb qoldi: \u201cBahodir Yo\u2018ldoshev maktabini ko\u2018rganingdan keyin o\u2018zingga talabchan bo\u2018lmasdan iloj yo\u2018q. Shuning uchun ham boshqa rejissyorlarga moslashish qiyin kechadi\u201d. Men aktyorning iqrorini va ayni damda Bahodir aka qo\u2018lida tahsil olayotgan yigit-qizlarning o\u2018ychanligini tushunaman. Birgina Gogolning \u201cUylanish\u201d asari ustida ishlash jarayonida Podkolyosin (Jo\u2018rabek Arziyev), Kochkaryov (Jamil Azlyarov), Agafya Tixonovna (Gulruh Yo\u2018ldosheva) va Anuchkin (G\u02bbofir Mardonov) rollarini ijro etayotgan studiya tinglovchilari Gogol asarlarining ekran va sahna talqinlarini bir necha xil variantini ko\u2018rishdan tashqari, yozuvchining hayoti va ijodiga tegishli adabiyotlarni o\u2018qib chiqishlariga to\u2018g\u2018ri keldi. Har bir mashg\u2018ulotda rejissyor \u201cMenga sizning qo\u2018g\u2018irchoqnikidek pirpirab turgan bo\u2018m-bo\u2018sh siniq ko\u2018zlaringiz kerak emas. Nigohda qalb aks etadi. Qalbingizni kitob nuri bilan to\u2018ldiring!\u201d deya qayta-qayta ta\u2019kidlaydi.<\/p>\n<p>Shunday bo\u2018ladiki, ayrim sohalarning yaralishi, umuman qismati faqat manfaatu xohishlar to\u2018qnashuvidan iboratdek. Ba\u2019zan nahotki hayotning qonuni shu bo\u2018lsa, deb o\u2018ylab qolasan. Afsus&#8230; Maqsad qanday qilib bo\u2018lmasin, tezroq pog\u2018onama-pog\u2018ona o\u2018sish, borish kerak bo\u2018lgan manzil esa, zamonaviy til bilan aytganda, bor-yo\u2018g\u2018i \u201ckaryera\u201d. Biroq O\u2018zbekiston xalq artisti Bahodir Yo\u2018ldoshevning hassos olami bu so\u2018z bilan aslo kelisholmaydi! Yillar uning tim qora qaysar sochlarini o\u2018z izmiga bo\u2018ysundirsa-da, San\u2019atga muhabbat borasida u ham baayni dardkashlari \u2013 suyukli qahramonlaridek murosasiz. \u201cMeni yong\u2018oq ichiga solib qo\u2018yib, sen ozodsan desangiz men o\u2018zimni butun dunyoning hoqoni deb sezaman&#8230;\u201d. Bu zalvorli jumlalar uning og\u2018zidan ayricha hayrat bilan titrab chiqayotganda donish nigohida bir o\u2018t paydo bo\u2018ladiki, bu hikmat to\u2018rt yuz yildirki millionlar dardini chekib kelayotgan Hamletlarnikigina emas, degan o\u2018yga borasan. Hayrat \u2013 iztirobning sarxush farzandi&#8230;<\/p>\n<p>Muallimning o\u2018zgachaligi ham shundaki, qandaydir yodlab olingan quruq ilmiy, o\u2018zining ijodi yoki shoirnamo, xullas hammalashgan nasihatnamo narsalar haqida ma\u2019ruza o\u2018qish unga mutlaqo yot. Menimcha, Bahodir aka faqat ko\u2018ngil ko\u2018zi bilan ko\u2018rgan, idrokida azob uyg\u2018otib, ruhini to\u2018lqinlantirgan, xullas O\u2018zi yetib borgan narsalar borasidagina mulohaza yuritadi, shularnigina \u2013 o\u2018zi \u201cmazasini totgan taomnigina\u201d odamlarga ilinadi. Balki ma\u2019lum bir lahzalarda ruhiy yashaganligi boisdir, har bir aytayotgan haqiqati qalbga to\u2018siqlarsiz yetib kelar. U menga hayotning dog\u2018uli haqiqatlaridan bir zum ko\u2018z yummaydigan, har qancha og\u2018ir bo\u2018lmasin, uning kemtik tomonlariga qat\u2019iyat aks etgan nigohini qaday oladigan va ayni chog\u2018da, tuyg\u2018u, ehtiros, xayol odamiday tuyuladi. Ish jarayonida ba\u2019zan nainki uning o\u2018zi, balki bo\u2018lajak aktyor-rejissyorlar ham ustozning ajabtovur xayollari bilan yayrayotganiga guvoh bo\u2018lasan. U kishining tesha tegmagan hayotiy latifalarini tinglay turib, ko\u2018z o\u2018ngingizda faqat kosmik miqyoslarda fikr yurituvchi yirik mutafakkirgina emas, o\u2018ta xalqchil inson, sodda-chapani o\u2018zbek namoyon bo\u2018ladi. Bu ikki xil xususiyatning bir nuqtada kesishishi tomosha san\u2019ati bilan shug\u2018ullanayotganlar uchun juda muhim, deb o\u2018ylayman. Hayot o\u2018zining dag\u2018al va jo\u2018n savollari bilan qarshisiga har qancha ko\u2018ndalang turmasin, Ustoz-san\u2019atkor bularning barini teranlik bilan \u201cHayot \u2013 boshqacha, unga mug\u2018ombirlik bilan boqmang, nihoyatda go\u2018zal insonlar bor ekanligiga ishoning\u201d, deya inkor etadi.<\/p>\n<p>Shundaylar borki, sahna ular uchun go\u2018yo musobaqa maydoni. \u201cBu maydonda o\u2018zingni boshqalardan ustun ekanligingni, nelarga qodirligingni ko\u2018rsatib qo\u2018yishing shart. Bu yerda Men va mening raqiblarim bor!\u201d. Ularning yorug\u2018 olamga kelib topgan hikmati mana shu. Bir umr shu aqidaga tayanib umr kechiradilar. Va san\u2019atdagi o\u2018z o\u2018rinlarini qay darajada sevishlarini isbotlab boradilar. O\u2018ylashimcha, bu \u201colishuv\u201ddan faqatgina bir individ sifatida uning o\u2018zi nimalarnidir yutar, qo\u2018lga kiritar, biroq&#8230; aslo san\u2019at emas! Ya\u2019ni u o\u2018zininggina \u201cijodiy\u201d (?) solnomasi hajmini kengaytirishi mumkin, xolos. Aslida, ijodkor kurashishi mumkin bo\u2018lgan yagona hudud bu \u2013 uning Qalbi. Haqiqiy ayovsiz jang \u2013 g\u2018alabayu mag\u2018lubiyatlar, yo\u2018qotishlaru topishlar aynan shu yerda kechadi&#8230;<\/p>\n<p>Mazkur haqiqat Bahodir Yo\u2018ldoshev tilsimini yechishim uchun yordam beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">***<\/p>\n<p><em>&#8230;Aniq aytolmayman, biroq San\u2019atkor bosib o\u2018tayotgan bu yo\u2018llar nimasi bilandir menga Inson matonatidan hikoya qiluvchi \u201cChol va dengiz\u201d qissasidagi keksa baliqchining okeandagi kechmishini eslatadi. Balki hayron qolarsiz, \u201cnega aynan miskin qariyaga qiyoslayapti\u201d, deb. Kamdan-kam usta baliqchigagina nasib etadigan Ulkan Baliq aynan uning qarmog\u2018iga ilinadi. Poyonsiz okeanda esa cholning bardoshini yana bir karra sinovdan o\u2018tkazish uchun shuunga yarasha qismat ham kutardi: manzilga eltguncha ming bir mashaqqatlar bilan qo\u2018lga kiritilgan noyob o\u2018lja peshonasiga esa akulalarga yem bo\u2018lib borish yozilgandi. O\u2018sha damda donishmand qariya xayolidan bir o\u2018y qayta-qayta o\u2018tardi: \u201cAybim shuki, men dengizga haddan tashqari uzoq ketib qoldim&#8230;\u201d &#8230;Biroq baliqning tilka-pora jasadi ham sohilda cholning Kim ekanligini so\u2018ylardi&#8230;<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Iqbol QO\u2018SHSHAYEVA San\u2019at asarlari murosasozlik, behad xotirjamlik emas, balki bitmas-tuganmas g\u2018am-tashvish va hayajon, o\u2018z-o\u2018ziga ishonchsizlik yog\u2018ida qovurilish, kurash, omad yoki boy berish, kashfiyot yoki xatolar evaziga yaraladi. Hammayog\u2018i badastir, har jihatdan mukammal, qorni to\u2018q, qayg\u2018usi yo\u2018q mutafakkir va san\u2019atkor hayotda yo\u2018q. Lev Tolstoy Yillar nainki inson umrini balki uning armonlarini ham ulg\u2018aytiradi. Agar siz Ijodkor [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":394,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[30,26],"tags":[73,54,75,74],"class_list":{"0":"post-392","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-muharrir-tanlovi","8":"category-portret-esse","9":"tag-bahodir-yoldoshev","10":"tag-esse","11":"tag-portret","12":"tag-sahna"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/392","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=392"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/392\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":397,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/392\/revisions\/397"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/394"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=392"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=392"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=392"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}