{"id":389,"date":"2025-08-31T15:45:23","date_gmt":"2025-08-31T15:45:23","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=389"},"modified":"2025-08-31T15:45:23","modified_gmt":"2025-08-31T15:45:23","slug":"qadimiy-baqtriya-tuprogida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=389","title":{"rendered":"Qadimiy Baqtriya tuprog&#8217;ida"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>Shukur XOLMIRZAYEV<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Qizim Sayyoraga<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>\u201cMen Oxura-Mazda shafqat-himoyatim ostida olamning to\u2018rtinchi mamlakati qilib tug\u2018i baland erlar yurti Baqtriyani yaratdim\u201d.<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>\u201cAvesto\u201d.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018rta Osiyo!..<\/p>\n<p>Xorazm, Baqtriya, So\u2018g\u2018diyona, Dovoniy va Choch \u2013 mana, bu mamlakatning qadimiy o\u2018lkalari, skiflar, surlar, massagetlar toxarlar \u2013 qo\u2018shonlar va turklar \u2013 mana, bu qadimiy mamlakatda yashagan qadimiy xalqlar. O\u2018zbekiston, Qirg\u2018iziston, Tojikiston, Qoraqalpog\u2018iston hamda Turkmaniston va Qozog\u2018istonning bir necha viloyati \u2013 mana o\u2018sha o\u2018lkalarning bugungi nomlari. O\u2018zbeklar, tojiklar, qirg\u2018izlar, turkmanlar, qoraqalpoqlar va bir qism qozoqlar \u2013 mana, o\u2018sha mamlakatda yashagan xalqlarning bugungi nomlari.<\/p>\n<p>O\u2018rta Osiyo.<\/p>\n<p>Uni Eron shohlari zabt etdi. Bu o\u2018lkada ularning ming-minglab sipohlari qolib ketdi. Bu o\u2018lkani Iskandar zabt etdi, uning ham son-sanoqsiz lashkarlari o\u2018z yurtiga qaytolmay, qolib ketdi. Bu o\u2018lkani Chingiz bosib oldi, lak-lak mo\u2018g\u2018il soldatlari ham qolib ketdi. Lekin bosqinchilar yo\u2018q bo\u2018ldi, ularning lashkarlari esa bu xalqlar orasisingib, o\u2018zlashib ketdi.<\/p>\n<p>O\u2018rta Osiyo.<\/p>\n<p>Bu o\u2018lka xalqlari tabiatga sig\u2018inishgan edi bir vaqtlar, so\u2018ngra xudolarni to\u2018qib chiqardi. Zardo\u2018shtiylik kabi dinni yaratib, o\u2018ziga haykal qo\u2018ydi. U bir vaqtlar Buddaparast ham bo\u2018ldi. So\u2018ngra musulmonga aylandi.<\/p>\n<p>O\u2018tmishga qarab ish tutish, moziyni salmoqlab ko\u2018rish \u2013 ko\u2018p savob ishdir, degan edi bir ulug\u2018 yozuvchimiz. Men uning savob ish ekanini bilmay, o\u2018tmishga qiziqdim, ko\u2018nglimda uni bugungi kun bilan bog\u2018lash istagi tug\u2018ildi. Odatda, kishi yoshi o\u2018tgan sari qarindosh-urug\u2018i kim ekaniga qiziqadi. Kishi yoshligida vatanini tashlab muhojir bo\u2018lib ketsa, keksayganda uning tuprog\u2018ini ko\u2018ziga to\u2018tiyo qiladi&#8230;<\/p>\n<p>Eramizdan ikki yuz yil avval o\u2018tgan yunon hajvchi yozuvchisi Lukianning quyidagi so\u2018zlari mening holatimni aniqroq ifodalab bersa kerak. U \u201cVatan sha\u2019niga\u201d degan asarida shunday yozgan edi: \u201cMening bu gaplarim g\u2018oyat eski gaplardir (Bu gap ikki ming yil burun aytilyapti \u2013 Sh.X.). Lekin haqiqat shundaki, o\u2018z otasini sevmagan farzand o\u2018zganing oatsini ham hurmat qila bilmaydi va&#8230; o\u2018z Vatanini sevmagan kishi o\u2018zgalar Vatanini ham qadrlay bilmaydi\u201d.<\/p>\n<p>Darvoqe, men yaqin yillargacha Vatanim tarixi, xalqimizning urf-odatlari va ular tpoingan dinlar haqida nimalarni bilardim? Albatta, maktabda, universitetda o\u2018qitilgan narsalarni bilardim&#8230;<\/p>\n<p>Lekin boshqa ba\u2019zi bir narsalarni ham bilardim: avvalo, Vatanim \u2013 O\u2018zbekiston. Tug\u2018ilgan joyim \u2013 Surxondaryoning Boysun rayoni.<\/p>\n<p>Boysunning shimolida Teshiktosh degan g\u2018or bor, u yerda ibtidoiy odamlar yashagan. 1939 yilda rus olimi Okladnikov o\u2018sha g\u2018ordan ikki yuz million yil avval yashagan neondertal odamining suyaklarini topgan. Sherobod rayoniga qarashli Zarautsoydan esa ibtidoiy odamlar chizgan suratlar topilgan. \u201cSurxon\u201d sovxoz yaqinidan g\u2018alati sopol tobutlar chiqqan, ichi odam suyaklariga to\u2018la ekan&#8230;<\/p>\n<p>Biz bolalikda g\u2018alati o\u2018yinlar qilar edik. Yomg\u2018ir yog\u2018may qurg\u2018oqchilik bo\u2018lgan kezlari bir to\u2018p bolalar bilan uyma-uy yurib, qo\u2018shiq aytar edik. Ba\u2019zi baytlari yodimda:<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><em>So\u2018z xotin, so\u2018zma xotin,<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><em>Ko\u2018lankasi maydon xotin.<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><em>Yomg\u2018ir yog\u2018sin, ho\u2018l bo\u2018lsin,<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><em>Yeru jahon ko\u2018l bo\u2018lsin,<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><em>Arpa-bug\u2018doy bosh tortsin,<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><em>Kayvonilar osh tortsin.<\/em><\/p>\n<p>Shu qo\u2018shiqni aytib, uyma-uy yurgan kezlarimizda oramizda bitta yalang\u2018och bo\u2018lib olgan sherigimiz ham bo\u2018lardi. Uy egalari ashulamizni eshitib bo\u2018lgach, o\u2018sha yalang\u2018och bolaning ustidan satil suv quyib, so\u2018ng qo\u2018limizga besh-to\u2018rt tanga pul berishardi.<\/p>\n<p>Momom rahmatli qiziq hikoyalar aytib berardilar-da. Bittasi mana, mundoq. Tog\u2018da Tiniqoy degan bir kampir bo\u2018larkan. U o\u2018limi oldida ham tomga chiqib olib bunday deb kuylarkan:<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><em>Ayuv\u00a0 bo\u2018lsayam boyim edi,<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><em>Ayuv bo\u2018lsayam bolam edi..<\/em>.<\/p>\n<p>Ashulaning davomi yodimda yo\u2018q. Lekin mazmuni yodimda tiniqoy bir kuni toqqa rovoch tergani chiqqanida bitta katta ayiqning qo\u2018liga tushadi. Ayiq uni ko\u2018tarib qochib qoladi. G\u02bboriga eltib. O\u2018ziga xotin qiladi. Oydan-oy, kundan-kun o\u2018tib, kelinchak o\u2018g\u2018il tug\u2018ib beradi. Ayiq ovga ketar ekan, Tiniqoy g\u2018or og\u2018zida urchiq yigirib o\u2018tirar ekan. Bir kuni shunday o\u2018tirganida, qo\u2018lidan kalavasi tushib ketibdi. Kalava o\u2018lgur dumalay-dumalay soy bo\u2018yiga yetibdi. Bu payt Tiniqoyning tug\u2018ishgan akasi sohilda yantoq o\u2018rib yurgan ekan. Yigit kalavani qo\u2018liga olib: \u201cNima sir bor ekan tepada?\u201d deb toqqa chiqib boribdi. Qarasa, singlisi o\u2018tirganmish. Quchoqlasha ketibdi. Keyin akasi sirnglisini qishlog\u2018iga olib ketibdi. Aytmoqchi, Tiniqoyning ayiqdan bo\u2018lagn bolasini shu yerda o\u2018ldiribdi. Ayiq xotinini izlab qishloqqa tushganida uni ham o\u2018ldiribdilar. Tiniqoy qishloqda yashayveribdi. Lekin uni hech kim olmapti. Ayiqqa xotin bo\u2018lganni kim olardi. Bechora Tiniqoy dunyodan toq o\u2018tibdi. Shuning uchundirki, har kuni tomga chiqib, urchuq yigirib o\u2018tirarkan-da, boyagi qo\u2018shig\u2018ini aytar ekan.<\/p>\n<p>Momom bechoraning shunga o\u2018xshagan cho\u2018pchaklari ko\u2018p edi. Ko\u2018pi xotiramda ko\u2018tarilgan. Lekin yana bittasi esimda. Emishki, qadimgi odamlar xudoga emas, allaqanday cho\u2018plarga yoki cho\u2018plardan odam suratini yasab, o\u2018shalarga sig\u2018inishar ekan. Bu qo\u2018lda yasalgan odamlar ichiga shayton kirib olar ekan-da, gapirar ekan. Ana shunda deng qayoqdandir Hazrati Ali degan bir kishi paydo bo\u2018lib, \u201ckofir\u201dlarni musulmon qila boshlabdi. Bizning Surxondaryodagi kofirlarni ham musulmon qilib bo\u2018lgach, shimoldagi baland toqqa chiqibdi. U yerda yashovchi bir toifa Hazrati Ali bilan uning lashkarlarini ko\u2018rishi hamono g\u2018orlarga kirib berkinishibdi. Hazrat Ali kutib-kutib zerikibdi. Axiri: \u201cE, shunchasi musulmon bo\u2018ldi, bular ham bo\u2018lar-ketar\u201d, deb izlariga qaytishgan emish. Keyincha g\u2018orlarga yashiringan o\u2018sha tog\u2018liklar \u201cketar&#8230; katari\u201d atalib ketgan emish. Darhaqiqat, shu kunlarda ham Boysuntog\u2018dagi bir necha qishloqda \u201ckatari\u201d urug\u2018i yashaydi.<\/p>\n<p>Boysunning markazidagi men katta bo\u2018lgan mahalla ahlini ham katarilar deyishadi. (Momom \u2013 onamning onasi ham o\u2018shalardan).<\/p>\n<p>U kishining sumalak pisharganlari yodimda. Bahor kirayotgan payt, momom omborxonadagi tancha ustida bug\u2018doy undirgan. Har kun ertalab unga shakarob qilib suv separdi. Muddati yetganda taxtadek bo\u2018lib qolgan maysani olib burdalar, biz bo\u2018lsak uni o\u2018g\u2018irda tuyishga momomizga yordam berardik. Sumalak pishirilgan oqshom hovlimizda bayram bo\u2018lib ketardi. Butun mahallaning xotinlari to\u2018planib, sakkiz quloqli qozon atrofida qur tutib o\u2018tirib suhbat, kulgi bilan tong ottirishar edi.<\/p>\n<p>Navro\u2018zga yaqin qolgan bir oylik muddatni &#171;hut&#187; deyishardi, buning ham sha\u2019niga to\u2018qilgan ashula bor edi:<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><em>Hut yaxshi kelsa, kadi-kadi sut,<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><em>Hut yomon kelsa, soylar to\u2018la but.<\/em><\/p>\n<p>Yana ba\u2019zi bir urf-odatlar ham borki, bular hamon amalda. Boysunda birov kasalga chalinib, boshini ko\u2018tarolmay qolsa, guzarda shivir-shivirlar boshlanadi: \u201cE, uzoq yili o\u2018tib ketgan Eshmatboy bilan oralari yaxshi edi. Yoniga chaqiryapti buni!\u201d Shu gaplan keyin bemorning davosi ham topila qoladi: uning yaqin qarindoshalri bir kechasi, el yotgandan keyin qo\u2018llarida ketmon-bel, bolta-tesha ko\u2018tarib mozorga borishadi. O\u2018sha Eshmatboyning go\u2018rini ochishadi. Murdani bu yoqqa olishib, bolta-tesha bilan maydalashadi-da, tagiga o\u2018tin qalab, ustidan yog\u2018 quyib, yondirib yuborishadi. Keyin, albatta, el bilmaydigan qilib qaytishadi. Boysundagi \u201cOtam tortsin!\u201d, \u201cOnam tortsin!\u201d degan qarishning ham ildizi shunda bo\u2018lsa kerak.<\/p>\n<p>Yana shunday odat ham bor: marhumni ko\u2018mib kelishgach, zikr tushadilar (uni \u201csadr tepish\u201d deb ham atashadi). Ayollar o\u2018lik chiqqan uy oldida doira qurib, aylana boshlashadi. O\u2018rtada bitta aytuvchi xotin turadi. Aytuvchi boyagi ko\u2018mib kelingan marhumga moslab, an\u2019anaviy marsiyani boshlaydi. Marhumning nomi, ota-onasi, urug\u2018larining nomigacha qo\u2018shib, o\u2018ziga xos sifatlarini ham unutmay kuylashga tushadi. Kuyning hazin \u201chuv\u201d degan naqoratini aytuvchini o\u2018rab olgan ayollar bajarishadi. Ijro etish paytida ayollar tinmay chapak chalib, aylanib turishadi.<\/p>\n<p>Bahor kelganda boychechak tergani Boysuntog\u2018 yonbag\u2018irlariga chiqardik. Yer betiga tilla-zarday sochilgan boychechaklarni avaylab uzib, guldasta qilardik. So\u2018ng qishloqqa qaytardik-da, yana uyma-uy qo\u2018shiq aytardik:<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><em>Boychechagim boylandi,<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><em>Qozon to\u2018la ayrondir,<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><em>Ayroningdan bermasang,<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><em>Qozonginang vayrondir&#8230;<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><em>Qattiq yerdan qaltirab chiqqan boychechak,<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><em>Yumshoq yerdan yugurib chiqqan boychechak&#8230;<\/em><\/p>\n<p>Uy egalari yuizga ayron emas, chaqa berib, boychechaklardan olib qolishar, ko\u2018zlariga surib, tavof qilishardi.<\/p>\n<p>Yana bir narsa yodimda:<\/p>\n<p>Boysundagi to\u2018y-ma\u2019rakalarda bo\u2018ladigan kurashlar ham g\u2018alati. Mana, ikkita polvon gulxan atrofida asta aylanishadi. Birdan to\u2018xtashadi, bir-biriga qarashadi va qo\u2018llarini oldinga cho\u2018zib yaqin kela boshlashadi. Ana, bir-birini yulqishdi-da, yana orqalariga o\u2018girilib, o\u2018ynab-o\u2018ynab ketishdi. Bittasining jazavasi tutib, kattakon davrani uch-to\u2018rt marta aylanib ham chiqdi. So\u2018ng yana bir-biriga duch kelishdi. \u201cHoy, o\u2018ynab-o\u2018ynab olishinglar! Barakallo!\u201d deb qo\u2018yadi davrada xivich ushlab aylanib yurgan keksa polvon. Yana shunisi qiziqki, yiqitgannigina emas, yiqilgan bo\u2018lsa-da, ko\u2018proq o\u2018yin ko\u2018rsatgan polvonni ham maqtab ketishardi tomoshabinlar.<\/p>\n<p>Polvonlarning kurash hadislarining o\u2018z nomi bor, hammasiini esa \u201cchil\u201d deyishadi. Chilni ko\u2018p biladigan polvonni \u201cilmi ko\u2018p, amali ko\u2018p\u201d deb ham atashadi. Chillarning ba\u2019zi birlari tojikcha ataladi, ba\u2019zi birlari o\u2018zbekcha. Masalan, \u201cpushbardor\u201d degan chil bor, bu \u2013 yelkadan oshirib otish usuli. \u201cMorpech\u201d chili \u2013 raqibning oyog\u2018ini o\u2018z oyog\u2018ing bilan ilondek chirmab olib, burab yiqitish. O\u2018zbekcha chillardan, \u201ctuya chil\u201d \u2013 mayda-chuyda harakat qilib o\u2018tirmay raqibini to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri oyoq qo\u2018yib ag\u2018darish usuli. Chilning \u201cildirish\u201d, \u201cqoqma\u201d, \u201csiltov\u201d, \u201cyotib otar\u201d, cho\u2018nqaytma degan usullari ham bor&#8230;<\/p>\n<p>Mening tarix, yurtimiz tarixi deganda yoki xalqimizning urfu odatlari, uning topingan qadimiy dinlari haqida bilganlarim shular edi.<\/p>\n<p>Yana ikki og\u2018iz so\u2018z: Surxonda haliyam urug\u2018 surishtirish odati bor. Ba\u2019zi qariyalar kishining aft-basharasiga, qilig\u2018iga qaraboq, uning qaysi urug\u2018dan ekanini bexato aytib beradi. Masalan, \u201cbu qo\u2018ng\u2018irot\u201d deydi. \u201cAnavi juz (yuz), bunisi qatag\u2018an\u201d, deydi. Boshqasini \u201cqora qo\u2018ng\u2018irot\u201d, \u201cto\u2018g\u2018iz\u201d deydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Qatag\u2018an qattiq el, o\u2018rtada juz bo\u2018lmasa.<\/strong><\/p>\n<p>Boysun tog\u2018larida yurganingda g\u2018alati-g\u2018alati lahjalarda so\u2018zlashuvchi odamlarni uchratib hayron qolasan. Masalan, tog\u2018ning ichkarisida Qo\u2018yroq deb atalgan qishloq borki, xalqi toshkentliklarga o\u2018xshab \u201cvotdi, votdi\u201d deb gaplashadi. Machayliklar \u201cborgon, kelgon\u201d deb \u201cgon\u201d qo\u2018shimchasiga urg\u2018u berib so\u2018zlashadi. Omonxona darasidagi bir necha qishloq qadimiy turk tilida so\u2018zlashadi. O\u2018ylashimcha, O\u2018rta Osiyoda yashagan xalqlarni bilmoqchi bo\u2018lgan tilshunos uchun Surxondaryo cho\u2018llari, tog\u2018lari ajoyib bir xazina bo\u2018lsa kerak.<\/p>\n<p>Bolalik vaqtidagi xotiralarimdan yana nimalar saqlanib qolgan ekan.<\/p>\n<p>Ha-ya. Paxta terimiga ko\u2018pincha \u201cSurxon\u201d sovxozi tomonga borardik. U yerda paxtazorning o\u2018rtasida do\u2018ppayib turgan tepalar ko\u2018p. Bittasini Dalvarzintepa deyishadi. Uning ustiga chiqib chillak o\u2018ynayotgan, kurash tushayotganimizda, g\u2018alati chuqurlar labiga borib qolardik. Tikilibroq qarasak pishiq g\u2018isht siniqlari, sochilib yotgan sopol parchalariga nazarimiz tushardi.<\/p>\n<p>Termizda bir akam yashaydi. Shuning uyiga borganimda shahar muzeyiga ham kirardim. Muzeyda bir narsa meni cho\u2018chitardi: oq supa ustida o\u2018tirgan kattakon haykal! Xuddi odamning o\u2018zi! Oq ganchdan yasalgan&#8230; Lekin boshi yo\u2018q. So\u2018ngra muzeyda oynavon qilib ishlangan qutichalar ichida g\u2018alati tangalar turardi. Ularni zang bosgan-u, ammo antiqa basharali odamlarning rasmi ko\u2018zga chalinadi. Termizdan Boysunga qaytayotganimda bo\u2018lsa Eski Termiz degan joydan o\u2018tardik. Uning orqasida Amudaryo oqarib ko\u2018rinar, daryo sohilida qad kerib turgan qiziq minoralar, devorlar, vayronalar ko\u2018zga tashlanardi. Ulardan beridagi past-baland tepaliklarda esa Dalvarzinda ko\u2018rganimdek, sopol siniqlari, g\u2018isht parchalari sochilib yotardi.<\/p>\n<p>Keyinchalik mana nimalarni bilib oldim:<\/p>\n<p>Teshiktosh g\u2018oridan neondertal odam suyuklarining topilishida juda katta hikmat bo\u2018lib, olimlarimizning aytishicha, bu narsa O\u2018rta Osiyo tuprog\u2018ida ham qadim-qadim zamonlarda odamlar yashaganidan dalolat berar ekan. Shu nishona topilgunga qadar ba\u2019zi bir xorijiy olimlar orasida \u201cO\u2018rta Osiyoda ibtidoiy odamlar yashamagan\u201d, degan fikr hukmron ekan.\u00a0 O\u2018zbekistonimizning turli go\u2018shalaridan iqib qolgan yovvoyi odam kulbalari qoldig\u2018i, ish qurollari esa hali bu nuqtai nazarni tamoman rad etish uchun kamlik qilar ekan&#8230; Zarautsoydan topilgan ibtidoiy odamlarning chizib ketgan rasmlari bo\u2018lsa, xorijiy olimlarning bu san\u2019atga qiziqqani, binobarin \u2013 san\u2019atga ehtiyoj, ya\u2019ni kishining tashqi muhit bilan aloqasiyu o\u2018zining his-tuyg\u2018ularini biron-bir shaklda ifoda etish zarurati \u2013 odamzodning tub tabiatiga xos, degan ulug\u2018 haqiqatni ham isbotlar ekan.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong><em>Davomi bor<\/em><\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shukur XOLMIRZAYEV Qizim Sayyoraga \u201cMen Oxura-Mazda shafqat-himoyatim ostida olamning to\u2018rtinchi mamlakati qilib tug\u2018i baland erlar yurti Baqtriyani yaratdim\u201d. \u201cAvesto\u201d. O\u2018rta Osiyo!.. Xorazm, Baqtriya, So\u2018g\u2018diyona, Dovoniy va Choch \u2013 mana, bu mamlakatning qadimiy o\u2018lkalari, skiflar, surlar, massagetlar toxarlar \u2013 qo\u2018shonlar va turklar \u2013 mana, bu qadimiy mamlakatda yashagan qadimiy xalqlar. O\u2018zbekiston, Qirg\u2018iziston, Tojikiston, Qoraqalpog\u2018iston hamda Turkmaniston [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":390,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[21,23],"tags":[71,54,55,70,72],"class_list":{"0":"post-389","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-ilmiy-ommabop","8":"category-publitsistik","9":"tag-baqtriya","10":"tag-esse","11":"tag-esselar-uz","12":"tag-shukur-xolmirzayev","13":"tag-surxondaryo"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/389","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=389"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/389\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":391,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/389\/revisions\/391"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/390"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=389"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=389"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=389"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}