{"id":384,"date":"2025-08-18T08:16:23","date_gmt":"2025-08-18T08:16:23","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=384"},"modified":"2025-08-18T08:16:23","modified_gmt":"2025-08-18T08:16:23","slug":"rauf-parfi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=384","title":{"rendered":"Rauf Parfi"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>USMON AZIM<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"http:\/\/i76.fastpic.ru\/big\/2015\/1213\/84\/c94acd3bbcb0e33c1d3d162007c5ec84.jpg\" alt=\"666\" width=\"42\" height=\"41\" \/><\/p>\n<p>Rauf Parfining bir dasta she\u2019rlari ilk bor Boysunni qor bosgan payt, 1966 yili \u201cSharq yulduzi\u201d jurnalining yanvar sonida Asqad Muxtor \u201coq yo\u2019l\u201di \u2013 so\u2019zboshisi bilan chop etilgan edi.<br \/>\nMen o\u2019shanda o\u2019ninchi sinfda o\u2019qirdim.<br \/>\nBunday ajibtovur she\u2019rlarni birinchi bor o\u2019qishim. Rauf akaning she\u2019rlari birpasda menga va she\u2019rxon do\u2019stlarimga yod bo\u2019lib ketdi.<br \/>\nQor yog\u2019sa, \u201cAylanib tushar qor qo\u2019limga\u201d derdik ohista\u2026<br \/>\nYomg\u2019ir yog\u2019sa, \u201cYomg\u2019ir yog\u2019ar, shig\u2019alab yog\u2019ar\u201d, deb hayqirar edik\u2026<br \/>\nYaxshi ko\u2019rgan sinfdoshimning ortidan \u201cKo\u2019zlarimni yumay, va lekin Yoshday oqib ketma, sevgilim\u201d, deb shivirlaganman\u2026<br \/>\nKo\u2019zlarimni yumganim yo\u2019q, ammo u kunlar yoshday oqib ketdi.<br \/>\nKetdi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"http:\/\/i76.fastpic.ru\/big\/2015\/1213\/84\/c94acd3bbcb0e33c1d3d162007c5ec84.jpg\" alt=\"666\" width=\"39\" height=\"39\" \/><\/p>\n<p>Talabalik paytimda Toshkentdagi biror bir gazeta-jurnal tahririyatining eshigini ochib kirmaganman. Keyin armiyaga ketdim. Harbiydaligimda esa birgina she\u2019rim chop etildi, xolos.<br \/>\nArmiyadan qaytganimda, yigirma to\u2019rtga kirgan bo\u2019lsam-da, adabiy davralar mendan juda yiroqda edi. Ko\u2019pgina yozuvchi-shoirlarni olisdan tanisam ham, ular menga e\u2019tibor berishmas, ko\u2019cha-kuyda duch kelib qolganimizda,mehru-e\u2019tiqod bilan bergan salomimga viqor bilan aliq olib, yonimdan beparvo o\u2019tib ketishar edi.<br \/>\nAmmo bu hol juda tez o\u2019zgardi.<br \/>\nUniversitetdosh do\u2019stlarim allaqachon turli-tuman tahririyatlarda faoliyat yuritishar, asarlari tufayligina menga tanish ko\u2019pgina adiblar bilan yaqinlashib ketishgan edi. Do\u2019stlarim bilan diydor ko\u2019rishish asnosida, ular orttirgan shoir-yozuvchi birodarlar asta-sekin mening ham tanish-bilishimga aylana boshladi.<br \/>\nMana shu jarayonning ilk kunlaridayoq yaqindan tanishganim \u2013 Rauf Parfi edi.<br \/>\nMana, biz Navoiy ko\u2019chasidagi nashriyot binosiga shundoq ro\u2019baro\u2019 tushgan \u2013 sho\u2019rolar davridagi har qanday oshxona kabi allaqanday sirli bir udumga ko\u2019ra mayxonaga aylangan \u2013 rosa ko\u2019ngilochar yemakxonada o\u2019tiribmiz.<br \/>\nRauf aka meni tanidi.<br \/>\n\u2014 O, \u201cMen seni hech kimga bermayman!\u201d \u2013 U Toshkentda chop etilgan yagona she\u2019rimdan bir satr o\u2019qidi. \u2013 Halima\u2026 Xudoyberdieva aytgan\u2026 Siz uning kursdoshisiz!..<br \/>\nU meni maqtashga tushdi.<br \/>\nKeyin bilsam, Rauf aka hammani maqtar ekan.<br \/>\nMen ham darhol uning she\u2019rlarini yoddan ayta boshladim. Unga va she\u2019rlariga hurmatimni birpasda izhor etdim.<br \/>\nOra-sirada Rauf aka \u201cQani\u2026 qani\u2026\u201d der va biz piyolalarga oz-ozdan quyilgan, allaqachonlar \u201co\u2019zbek milliy taomi\u201dga aylanib qolgan ichimlikdan no\u2019sh etar edik.<br \/>\nOdamlar bilan bir ko\u2019rishgandayoq chiqishib ketadigan yoki urishib qoladigan odatim bor. Rauf aka dastlabki uchrashuvdayoq, hayolimdagi \u201cshoir\u201d degan obrazga shundoq mos tushdi va men uchun aziz bir odamga aylandi.<br \/>\nU hamon ko\u2019nglimning to\u2019ridagi eng aziz inson.<br \/>\nMen uni sog\u2019inaman.<br \/>\nUsiz dunyo to\u2019liq emasday.<br \/>\nXudoyim!..<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"http:\/\/i76.fastpic.ru\/big\/2015\/1213\/84\/c94acd3bbcb0e33c1d3d162007c5ec84.jpg\" alt=\"666\" width=\"39\" height=\"39\" \/><\/p>\n<p>Har bir tilda lirik nazmning o\u2019z leksikasi bo\u2019ladi. Har bir shoir o\u2019z leksikasi bilan she\u2019riyatga kirib keladi. Abdulla Oripovning ilk qadamlarini eslang. U ishlatilmaydigan va qachonlardir (masalan, Navoiy tomonidan) foydalanilib, esdan chiqib ketgan so\u2019zlarning qanchasini zamonaviy lirikaga olib kirdi.<br \/>\nBir kuni yozgan she\u2019rimni do\u2019stlarga o\u2019qib berdim:<\/p>\n<p>\u2014 Tong titraydi kech kuzakning quchog\u2019ida,<br \/>\nYulduzlarni o\u2019chirmoqda gulgun shafaq.<br \/>\nJonim, qalbim she\u2019riyatning pichog\u2019ida,<br \/>\nOsmon \u2013 tilsim, Zamin \u2013 tilsim, She\u2019r \u2013 beshafqat\u2026<\/p>\n<p>Rauf akaga negadir \u201cpichoq\u201d so\u2019zi yoqmadi.<br \/>\n\u2014 Shuni \u201cxanjar\u201d desa bo\u2019lmaydimi? \u2013 dedi u menga qattiq tegmaslikka urinib, tabassum qilar ekan. \u2013 \u201cPichoq\u201d she\u2019rga tushmaydi\u2026<br \/>\nMen u kishini darhol tushundim. Chunki \u201cxanjar\u201d so\u2019zi allaqanday sururli ruh olib kiradi. Pichoq esa bor-yo\u2019g\u2019i ro\u2019zg\u2019orda ishlatiladigan buyum-da\u2026<br \/>\nAmmo men tilimizda \u201cxanjarlamoq\u201d degan so\u2019z yo\u2019qligini, ammo \u201cpichoqlamoq\u201d degan dahshatli so\u2019z borligini ham nazarda tutgan edim.<br \/>\n\u2014 O\u2019ylab ko\u2019rish kerak ekan, \u2014 dedim bahsga kirishmay, garchi so\u2019z o\u2019z o\u2019rniga tushganini his qilib turgan bo\u2019lsam-da.<br \/>\nBir necha yillardan keyin Rauf akaning \u2013 estet Rauf Parfi ham she\u2019rida \u201cpichoq\u201d so\u2019zini ishlatganining guvohi bo\u2019ldim.<br \/>\nYuragi fojiallarga to\u2019la Rauf aka bir qarashda hazillashib yashayotganday taassurot qoldirar edi.<br \/>\nUning hazil-mutoyibalari adabiyot ahli orasida hozirgacha takrorlanib keladi.<br \/>\n\u201cQaerdasiz?\u201d degan juda nodon savolga tabassum bilan \u201cShu\u2026 shu\u2026 Xalq eshigida\u2026\u201d deb javob berardi. Hamma kulardi. Ammo bundan dahshatli realistik ma\u2019no borligini kamdan-kam odam tushunardi. Demak, \u201cIshlamayapman\u2026 Pulim yo\u2019q\u2026 Uyga sig\u2019mayapman\u2026Birovlarga ergashib yuribman\u2026\u201d<br \/>\nBechora Rauf aka!<br \/>\nBilmadim, u qanday yashashni orzu qilgan ekan?<br \/>\nUning hayotini faqat Mashrabning bexonumonligiga o\u2019xshatish mumkin.<br \/>\nDunyo Rauf Parfini udda qilolmadi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"http:\/\/i76.fastpic.ru\/big\/2015\/1213\/84\/c94acd3bbcb0e33c1d3d162007c5ec84.jpg\" alt=\"666\" width=\"39\" height=\"39\" \/><\/p>\n<p>Pulni pisand qilmaydigan yagona odam Rauf Parfi edi. pul nima, xazon nima \u2013 unga baribir edi. Har qancha pulni birpasda sarflashi, birovlarga tiqishtirishi, \u201cbazmi jamshid\u201dga xarjlashi va har bir balolarga sovurishi mumkin edi. Atrofida esa har kun ko\u2019rishadigan birodarlari va shoir hozirgina \u201cixtiro etgan\u201d ulfatlari; tanishlar va notanishlar; o\u2019tkinchilar va hech qachon o\u2019tmaydiganlar; shu o\u2019tirishdan keyin unut bo\u2019ladiganlar va unutilmaydiganlar\u2026<br \/>\nZahmat chekib topgan kattagina qalam haqini bir necha kunda sarflab yuborganiga ichimiz achib, guvoh bo\u2019lganmiz.<br \/>\nU yolg\u2019on dunyo o\u2019ylab topgan allaqanday pul degan hiyla-nayrangga juda bepisand edi.<br \/>\nShuning uchunmi, dunyo undan muttasil qasos oldi.<br \/>\nDunyo o\u2019zining yo\u2019liga yurmaganlarni yomon ko\u2019radi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"http:\/\/i76.fastpic.ru\/big\/2015\/1213\/84\/c94acd3bbcb0e33c1d3d162007c5ec84.jpg\" alt=\"666\" width=\"40\" height=\"39\" \/><\/p>\n<p>O\u2019sha paytlar taksida yurish juda katta xarajat degani edi.<br \/>\nAmmo Rauf aka faqat taksida yurar, biror-bir sabab bilan avtobusga chiqsa, kayfiyati buzilib, allaqanday asabiylikka cho\u2019kkan ko\u2019yi, kamgap bo\u2019lib qolardi.<br \/>\nU so\u2019nggi pulini sarflab, bemalol taksidan tushib ketaverardi.<br \/>\nErtagacha xudo podshoh!<br \/>\nHa, Rauf akada faqat so\u2019nggi pul bo\u2019lar, cho\u2019ntagida ortiqcha pul turishiga hech qachon yo\u2019l qo\u2019ymasdi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"http:\/\/i76.fastpic.ru\/big\/2015\/1213\/84\/c94acd3bbcb0e33c1d3d162007c5ec84.jpg\" alt=\"666\" width=\"39\" height=\"39\" \/><\/p>\n<p>Rauf aka negadir, o\u2019zining ta\u2019biri bilan aytganda, \u201celliginchi yillar\u201d \u2013 mening tengdoshlarim bilan yaqin edi.<br \/>\n\u2014 Bu elliginchi yillar!.. \u2013 derdi u hammamizni qo\u2019shib, bizdan birvarakay achchig\u2019i chiqqanda.<br \/>\nBiz \u2013 kurashuvchan avlod \u2013 majlisu-yig\u2019inlarda \u201chaqiqat\u201d talashaverardik. Bu taloshlarning shashti, albatta, Rauf aka ishtirokidagi davralarimizda ham davom etar, kimningdir reaktsion chiqishiga qarshi shu zahotiyoq javob yozish taraddudini ko\u2019ra boshlardik, kimningdir po\u2019stagini qoqib qolardik\u2026<br \/>\n\u2014 Qo\u2019yinglar! \u2013 derdi xunob Rauf aka, u-bu narsa qo\u2019yilgan stol atrofida \u201cmajlis\u201d boshlanganidan asabiylashib.<br \/>\n\u2014 Nega qo\u2019yar ekanmiz? \u2013 derdik biz, nazarimizdagi haqiqatning bir qarichini birovga berish xiyonatga teng ekaniga qattiq ishonib. \u2013 U odamni bilasiz-ku!..<br \/>\n\u2014 Qo\u2019yinglar, \u2014 derdi Rauf aka va bizning hamma haqiqatimizdan juda katta bir haqiqatni aytardi: \u2014 Baribir bir kuni o\u2019lib ketadi\u2026<br \/>\nChindan ham\u2026 o\u2019lib ketadi.<br \/>\nXudoga shukr!<br \/>\nO\u2019limni yaratganga shukr!<br \/>\nHammamiz o\u2019lib ketamiz!..<br \/>\nFaqat bu haqiqat negadir esimizdan chiqib qoladi.<br \/>\nBu tez-tez eslamoqqa arziydigan, hayot kabi ulkan haqiqatdir.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"http:\/\/i76.fastpic.ru\/big\/2015\/1213\/84\/c94acd3bbcb0e33c1d3d162007c5ec84.jpg\" alt=\"666\" width=\"39\" height=\"39\" \/><\/p>\n<p>\u201cBoladay beg\u2019ubor\u201d degan jumla Rauf Parfi haqida o\u2019ylab topilgandek edi. U juda samimiy, odamlarning hurmat-izzatini joyiga qo\u2019yadigan inson edi.<br \/>\nAmmo obro\u2019parastlarni, mansabparastlarni va \u201cVatan dushmanlari\u201dni juda yomon ko\u2019rardi.<br \/>\nBu toifadagi kaslar, shoir nazarida, insoniyatga xiyonat qilgan kimsalar edi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"http:\/\/i76.fastpic.ru\/big\/2015\/1213\/84\/c94acd3bbcb0e33c1d3d162007c5ec84.jpg\" alt=\"666\" width=\"39\" height=\"39\" \/><\/p>\n<p>Rauf Parfidan ozodlik ruhi ufurib turardi.<br \/>\nShoira Qutlibeka Rahimboeva bilan ko\u2019rishib qoldim. Rauf akani esladik.<br \/>\n\u2014 Rauf aka ozodlik edi, \u2014 dedi u.<br \/>\nShuning uchun bo\u2019lsa kerak, ozodlikni qo\u2019msaganlar Rauf Parfiga intilgan.<br \/>\nMen yoshligimda, xususan, talabaligimda g\u2019irt \u201ckommunist\u201d bo\u2019lganman. \u201cStalin davridan boshlab bular Leninning to\u2019g\u2019ri yo\u2019lini buzib kelayapti\u201d, deb o\u2019ylardim o\u2019sha paytdagi rahbarlar haqida.<br \/>\nBu tuturiqsiz xomxayollar miyamdan chiqib ketishida Rauf akaning yonida yurganim ham katta yordam bergan. Mustamlakachilar haqida ham, O\u2019zbekiston mustaqil bo\u2019lishi kerakligi haqida ham ilk bor uning davrasida eshitganman.<br \/>\nRauf Parfi buyuk vatanparvar edi.<br \/>\nUning hech narsasi yo\u2019q edi: martabaga, mansabga, pulga, uy-joyga va yana hamma uchun muhim bo\u2019lgan allabalolarga qayrilib ham qaramagan.<br \/>\nAmmo uning Vatani bor edi.<br \/>\nVatan ozodligi uchun kurash umumruhining ulg\u2019ayishida Rauf Parfining nihoyatda ulkan tarbiyasi bor.<br \/>\nYo\u2019q, bu yo\u2019ldagi amaliy ishlarga u bosh-qosh bo\u2019lgani yo\u2019q. Fe\u2019l-atvoriga ko\u2019ra bosh bo\u2019lolmasdi ham. Ammo unda ozodlikka cheksiz bir intilish bor edikim, shoirning bu halol qalb harakati ko\u2019plarga yuqadi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"http:\/\/i76.fastpic.ru\/big\/2015\/1213\/84\/c94acd3bbcb0e33c1d3d162007c5ec84.jpg\" alt=\"666\" width=\"39\" height=\"39\" \/><\/p>\n<p>Ba\u2019zi bir ichkilik saqlanadigan idishlarda \u201cYotqizilgan holda saqlansin!\u201d degan yo\u2019riqnoma bo\u2019lardi.<br \/>\n\u2014 Qalaysiz? \u2013 deb so\u2019rab qolardik, ba\u2019zan Rauf akaga qo\u2019ng\u2019iroq qilib.<br \/>\nRauf aka:<br \/>\n\u2014 Yotqizilgan holda saqlanayapman, \u2014 deb javob berardi.<br \/>\nIchilayotganda esa o\u2019ta kamtarin bir ohangda qadah so\u2019zi aytardi:<br \/>\n\u2014 Qolgan umrimiz rohat-farog\u2019atdan o\u2019tsin!<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"http:\/\/i76.fastpic.ru\/big\/2015\/1213\/84\/c94acd3bbcb0e33c1d3d162007c5ec84.jpg\" alt=\"666\" width=\"39\" height=\"39\" \/><\/p>\n<p>Rauf aka she\u2019rlarini yondaftariga chiroyli qilib ko\u2019chirib yurar, joyiga kelganda, yangi she\u2019rlarini shu daftarga qarab o\u2019qirdi. Birov bundan chin samimiyat bilan hayajonlansa, darhol shu she\u2019rni unga bag\u2019ishlar \u2013 \u201cFalonchiga\u201d deya yozib ham qo\u2019yardi.<br \/>\nAmmo shoirning kitoblarida bag\u2019ishlovlardan juda kami qolgan. Nazarimda, she\u2019r bag\u2019ishlangan odamlar to\u2019plam chiqquncha, o\u2019sha samimiyatni unutgan bo\u2019lsalar kerak. chunki yaxshi she\u2019r eshitayotganda yoxud o\u2019qiyotganda paydo bo\u2019ladigan samimiy tuyg\u2019ular odamni bir lahzaga yuksaltiradi. Biroq hamisha bu yuksaklikda yashash juda kamdan-kam odamga nasib etadi. Ba\u2019zilar bir dumalab, yuksaklikdan pastga tushib ketadi. Ayrimlar borib-borib she\u2019r hazar qiladigan kimsalarga aylanadi. She\u2019rga arzimay qoladilar. Rauf aka qachonlardir she\u2019rdan entikkan odamlardagi mudhish bu o\u2019zgarishni ko\u2019rgan. Bag\u2019ishlovlardan she\u2019rning qiynalayotganini ham allaqanday ongorti hushyorligi bilan anglagan. Oqibatda, ularning ism-sharifini shartta o\u2019chirganda, she\u2019rni qiynoqdan ozod etgan. U hatto she\u2019rning erkin nafas olganini ham his qilgandir\u2026<br \/>\nBuyuk shoirlar hayotining har lahzasi she\u2019rga o\u2019xshaydi. Ularning umri yuksak, teran va fojialidir.<br \/>\nUlar mudom hozirgina she\u2019r eshitib hayajonlanayotgan odamdek yashaydilar.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"http:\/\/i76.fastpic.ru\/big\/2015\/1213\/84\/c94acd3bbcb0e33c1d3d162007c5ec84.jpg\" alt=\"666\" width=\"39\" height=\"39\" \/><\/p>\n<p>Rauf aka eng savodxon shoirlarimizdan biri edi. Uning she\u2019riyatimiz yangilanishidagi xizmatlari juda ulkan. Shoir ijodda ma\u2019no, shakl va ohangni o\u2019zgacha bir injalikda yuksaltirdi. U she\u2019riyatimizning intellektini ko\u2019tardi. Jaydarilikdan xalos etib, zamonaviy jahon adabiyoti darajasiga olib chiqishda ulug\u2019 xizmatlar qildi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"http:\/\/i76.fastpic.ru\/big\/2015\/1213\/84\/c94acd3bbcb0e33c1d3d162007c5ec84.jpg\" alt=\"666\" width=\"39\" height=\"39\" \/><\/p>\n<p>Rauf Parfining hayoti muammolardan iborat edi.<br \/>\nBirovlar nazarida, muammolarga ko\u2019milib qolgan Rauf Parfini boshpanali qilish masalasi katta idorada qo\u2019zg\u2019olganda o\u2019sha joyda ishlayotgan Murod Muhammad Do\u2019st:<br \/>\n\u2014 Tavba! Toshkentga kelganimga yigirma besh yil bo\u2019ldi. Yigirma besh yildan buyon Rauf Parfiga uy olib berishi masalasi ko\u2019ndalang turadi, \u2014 deb hammani kuldirgani esimda.<br \/>\nRauf aka hech qachon uy so\u2019rab, birovning oldida mo\u2019ltirab o\u2019tirgan emas. Bu vazifa xayrixoh do\u2019stlar zimmasida edi.<br \/>\nRauf aka boshpanali bo\u2019lgach, uyni navbatdagi xotiniga tashlab, hech narsa bo\u2019lmaganday \u201cxalq eshigi\u201dga chiqib ketaverardi.<br \/>\nHammani yengil torttirib yechilgan zil-zambil muammo esa yana Rauf akaning yelkasiga gurs etib tushardi. Do\u2019stlarning ko\u2019ngli xira, ammo shoir sirtida hech narsani ko\u2019rmaganday yashar, faqat u tobora ko\u2019zda arang tutilib turgan bir tomchi yoshga mengzab qolayotganini his qilar edim\u2026<br \/>\nOqibat, bu tomchi yosh uzilib tushdi.<br \/>\nOqibat, buyuk shoir oxirgi yo\u2019lga o\u2019z uyidan chiqmadi.<br \/>\nUning tobuti birovning uyidan ko\u2019tarildi.<br \/>\nBunga hech kim aybdor emas.<br \/>\nU eplanishi qiyin odam edi.<br \/>\nUning hatto pasporti ham yo\u2019q, bu hujjatni olish uchun allaqanday mayda-chuyda idoralarga borish, yugurib-yelish \u2013 shoir uchun o\u2019limdan battar azob ish edi. Idoralarda ham ishlay olmas, tartib-intizom deganning uyini hadeb kuydiravergandan keyin, har qanday xayrixoh rahbar ham u bilan xayrlashishga majbur bo\u2019lardi.<br \/>\nRauf aka qaysidir bir teran tuyg\u2019u bilan idoralar, aslida, ozodlik dunyoda erkin yurmasligi uchun qo\u2019yilgan katta-kichik, ochiq-yashirin tuzoqlar ekanini juda aniq fahmlardi. Unga qorin to\u2019yg\u2019azish tashvishida ertadan-kechgacha allaqanday ishxonalarda aylanib yurish erish tuyulardi.<br \/>\nU mutlaq erkinlikni istardi.<br \/>\nShe\u2019riyatdan boshqa ish uning uchun nojiddiy edi.<br \/>\nRauf Parfi mangu parvoz uchun yaratilgan qushga o\u2019xshardi.<br \/>\nAmmo yerga qo\u2019nmasdan bo\u2019ladimi?<br \/>\nRauf akaning o\u2019zi ham anglab-anglamagan fojiasi mana shunda edi.<br \/>\nShoirning yonida paydo bo\u2019lgan, uni yaxshi ko\u2019rgan ayollar, albatta, parvozdan ertami-kechmi charchab, yerga qo\u2019nishni, ozgina hordiq olishni, biror-bir oshyonda hamma qatori yashashni istab qolardi.<br \/>\nUlarning istagini bajo keltirishga uringan noyob qush esa andak qo\u2019nim topgach, oshyonning qafasga o\u2019xshashligini sezib, yuragi siqilar, yana uchishni sog\u2019ina boshlar, oxir-oqibat bir silkinib, qanot qoqardi-da, yana erkin parvozga aylanardi.<br \/>\nDunyo bu odamning odamlarga o\u2019xshamagan fe\u2019liga g\u2019ashi kelib qarar, qo\u2019lidan keladigani \u2013 osmonini pasaytirgani-pasaytirgan edi.<br \/>\nOqibat, Rauf Parfi osmoni yerga qapishdi.<br \/>\nNazarimda, u o\u2019lgani yo\u2019q, halok bo\u2019ldi.<br \/>\nEsiz, Rauf aka!..<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"http:\/\/i76.fastpic.ru\/big\/2015\/1213\/84\/c94acd3bbcb0e33c1d3d162007c5ec84.jpg\" alt=\"666\" width=\"39\" height=\"39\" \/><\/p>\n<p>Rauf akaning vafotidan bir yilcha avval nashriyotlar uyi \u2013 \u201cNavoiy, 30\u201dning ko\u2019cha zinalaridan ko\u2019tarilayotsam, tanishlardan biri eshikdan shoshilib chiqib qoldi. Buncha oshiqib qayoqqa ketayotganini surishtirgan bo\u2019ldim.<br \/>\n\u2014 Rauf akaning \u201cishxona\u201dsiga-da\u2026<br \/>\nU biz qarshisida turgan bahaybat binoning o\u2019ng tomoniga ishora qildi.<br \/>\nRauf Parfi allaqanday kafechada \u201csoat falonchadan soat falonchagacha\u201d ulfatlari bilan o\u2019tirishini eshitgandim, ammo bu manzilni shu atrofdaligini bilmagan ekanman. Shoirni ko\u2019rmaganimga ham ancha bo\u2019lgani bois ishimni yig\u2019ishtirib, haligi tanishga ergashdim.<br \/>\nRauf aka beo\u2019xshovroq ikki ulfati bilan, \u201cdasturxon\u201dning ahvoliga qaraganda, \u201cnochor bazm\u201d qilayotgan edi. Biz quchoqlashib ko\u2019rishdik. Ochig\u2019i, Rauf aka ham, men ham, hech kimga bildirmasak-da, ozgina yig\u2019loqimiz. Ko\u2019zimizga qalqib kelgan yoshdan zo\u2019riqib, suhbatni boshladik\u2026<br \/>\n\u2014 \u201cIsh\u201dga chiqibsiz-da, \u2014 dedim, boshqa iloj qolmaganidan hazilga o\u2019tib.<br \/>\n\u2014 Ha, \u201cishxona\u201dmizda tartib-intizom juda kuchli. Soat o\u2019n yarimda shu yerga yetib kelamiz, soat beshgacha qattiq mehnat qilamiz. Xo\u2019sh\u2026 Dushanbada dam olamiz\u2026<br \/>\nKulishdik.<br \/>\n\u2014 Ishlamay o\u2019tiribsizlar?<br \/>\n\u2014 \u201cRahbar\u201d yo\u2019q, \u2014 dedi Rauf aka xuddi jiddiy ishxonada o\u2019tirgan mas\u2019ul xodimday vazmin qiyofada. \u2013 Bir \u201crahbar\u201d kelgan edi. Bo\u2019shashga ariza ham yozmasdan darhol ketib qoldi. Ish to\u2019xtab turibdi\u2026<br \/>\nRauf aka ko\u2019p so\u2019zlar qatori \u201crahbar\u201dga ham yangi ma\u2019no kiritgan edi. U \u201cbazmi jamshid\u201dning xarajatini ko\u2019taradigan \u201cqurbon\u201dni misli ko\u2019rilmagan \u201cmansab\u201dga ko\u2019tarar va o\u2019tirishga kelib qo\u2019shiladigan navbatdagi mehmonlarga uni alohida hurmatlab, \u201crahbar\u201d deb tanishtirar edi. Shoir hech kimni bu martabaga qo\u2019yarda-qo\u2019ymay ko\u2019tarmas, aksincha, odamlarning o\u2019zi negadir bir ishoradanoq jon-jon deb rozi bo\u2019lardi.<br \/>\nMana, bir misol.<br \/>\nYozuvchilar uyushmasida ishlaganimda koridorga chiqsam, uch-to\u2019rt yosh shoir, Rauf aka ta\u2019biri bilan aytganda, \u201cdarvesh\u201dlar u yoqdan bu yoqqa yurib turishardi, uning o\u2019zi esa \u201crahbar\u201d topish yo\u2019lida jiddiy izlanayotgan ekan. Qachonlardir \u201crahbar\u201dlik qilganlarning bugun cho\u2019ntagi quruq va shu bois, albatta, bu mas\u2019ul vazifaga aslo da\u2019vogar bo\u2019lolmasdi.<br \/>\nKo\u2019chadan Turob To\u2019la kirib keldi. Rahmatli ko\u2019p yaxshi odam edi. Yozuvchilar uyushmasida har o\u2019n besh kunda erinmay yoshlarning she\u2019riyat kechasini olib borar, shu sababdanmi, fe\u2019li navqiron \u2013 yoshlar bilan juda chiqishib ketardi.<br \/>\n\u2014 Mana\u2026 Mana\u2026 Turob akam keldilar! \u2013 Rauf aka yarashimli tabassum bilan peshvoz chiqdi.<br \/>\n\u2014 Ha, Rauf? \u2013 dedi Turob aka gap nimadaligini allaqachon payqab, jilmaygancha.<br \/>\n\u2014 \u201cRahbar\u201d yo\u2019q, \u2014 dedi Rauf aka kuyinib. \u2013 Hech topilmayapti. Izlayapmiz\u2026<br \/>\n\u2014 Topilmayaptimi?<br \/>\n\u2014 Yo\u2019q-da! Shunga\u2026 O\u2019zingiz\u2026 Lekin \u201crahbar\u201dlik\u2026 yaxshi ish\u2026<br \/>\n\u2014 Mening vaqtim yo\u2019qroq-da\u2026<br \/>\nU kishi kostyumining cho\u2019ntagidan bitta yuztalik olib, Rauf akaga uzatdi.<br \/>\n\u2014 Mana!<br \/>\nRauf aka pulni qo\u2019liga olgach, yuztalikning obro\u2019sidan andak dovdirab qoldi:<br \/>\n\u2014 Ko\u2019p-ku!..<br \/>\nU pulni nima qilishini bilmay turar: qaytarib bermay desa, ancha katta pul, beray desa\u2026 Turob aka \u201cha, mayli\u201d deb cho\u2019ntagiga solib ketsa, nima bo\u2019ladi!<br \/>\nRauf aka yo\u2019lini topdi.<br \/>\n\u2014 Biz yigirma so\u2019mini sarflaymiz, \u2014 dedi u chin vijdon bilan. \u2013 Qolganini o\u2019zingizga qaytaramiz\u2026<br \/>\n\u2014 Hammasi sizlarga! \u2013 dedi Turob aka va tepa qavatga eltadigan zina tomon yurdi. U ham negadir bu pulni berganidan rosa xursandday edi.<br \/>\n\u2014 Obbo! \u2013 dedi Rauf aka bunday saxiylikdan hamon o\u2019ziga kelmay. \u2013 Ko\u2019p-ku\u2026<br \/>\nU zinadan chiqib ketayotgan Turob akaga chin ko\u2019ngildan yana bir bor va\u2019da berdi:<br \/>\n\u2014 Qolganini qaytarib beramiz!<br \/>\nTurob aka hotamtoylikda qat\u2019iy turib oldi:<br \/>\n\u2014 Hammasi o\u2019zlaringniki!..<br \/>\nRauf aka va \u201ckomanda\u201dsi bo\u2019lajak buyuk ishlarga chog\u2019lanib, sumkalarni ko\u2019targancha ko\u2019chaga \u2013 ozodlik sari chog\u2019lanib turardi.<br \/>\nMen hazillashdim:<br \/>\n\u2014 \u201cRahbar\u201d ketib qoldi. O\u2019tirishlaring endi qanday kechadi?<br \/>\nRauf aka shu zahotiyoq javob topdi:<br \/>\n\u2014 Turob akam besh kun davomida o\u2019tirishning faxriy raisi bo\u2019ladilar\u2026<br \/>\nAna hurmat-u, mana hurmat!..<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"http:\/\/i76.fastpic.ru\/big\/2015\/1213\/84\/c94acd3bbcb0e33c1d3d162007c5ec84.jpg\" alt=\"666\" width=\"39\" height=\"39\" \/><\/p>\n<p>\u201cKuz\u201d kitobim chop etilayotganda yozuvchi-shoirlar o\u2019zaro \u201ctsenzura\u201d deb yuritadigan tashkilotning qag\u2019riga uchradi.<br \/>\nAmmo buni eshitganim yo\u2019q: fe\u2019limning charsligini bilgan nashriyotdagilar meni avaylagilari kelganmi, boshqa rejalari bo\u2019lganmi, har holda, muallifga bildirishni lozim topmagan.<br \/>\nO\u2019sha kezlari nashriyotda ishlaydigan bir shoira bilan uchrashib qoldim.<br \/>\n\u2014 Voy, kitobingizdan xabar olmaysizmi? \u2013 dedi u. \u2013 She\u2019rlaringizni bosh muharrir o\u2019zicha tahrir qilib yotibdi.<br \/>\nBir lahzada ichimdan g\u2019azabli g\u2019ashlik qo\u2019zg\u2019alib, vujudimda nimadir qilichdek tikka bo\u2019ldi.<br \/>\nBu holning oqibati o\u2019zimga ayon: ko\u2019zimga hech narsa ko\u2019rinmaydi. Keyin, qaerdaligidan qat\u2019i-nazar, aytadiganimni aytib, deydiganimni deyman. Na birovning yuzini xotir qilaman, na birovning ko\u2019zini. Aybdor deb o\u2019ylaganim kas eshitolmay yurgan o\u2019zi haqidagi hamma haqiqatni bir zumda bilib olishi hech gap emas.<br \/>\n\u2014 Nega tahrir qiladi?<br \/>\n\u2014 Xabaringiz yo\u2019qmi, kitobingizni senzura chizib tashlagan\u2026<br \/>\n\u2014 Ana, xolos!<br \/>\nBosh muharrir yomon yigit emas. She\u2019rlarim chop etilishini istayotgani uchun shu ishga qo\u2019l urgan bo\u2019lsa kerak. Ammo\u2026 she\u2019r ko\u2019p nozik narsa-da! Begona birgina so\u2019z tushsa ham, she\u2019rligi qolmaydi.<br \/>\nShu kechasi uxlolmay to\u2019lg\u2019anib chiqdim.<br \/>\nO\u2019sha \u201ctsenzura\u201dning onasini ko\u2019rsatmasam\u2026 Kitobim chiqmasa chiqmabdi-da!..<br \/>\nErtasiga ham g\u2019azab otidan tushmay, nao\u2019riyotga jo\u2019nadim. Nashriyot va senzura bir binoda joylashgan. Muharrirlardan gapning nimadaligini aniq bilaman-u, \u201cerkkesar\u201dlarning oldiga tushaman!<br \/>\nNavoiy ko\u2019chasidagi 30-uyning eshigini ochdim-u\u2026 Rauf Parfiga duch keldim!<br \/>\nMenga qarab charaqlab kulib turibdi. Ko\u2019zoynak tagidan ko\u2019zlari ajib nurlanadi.<br \/>\n\u2014 Ie, ie\u2026 Jangga ketyaptilarmi?<br \/>\nO\u2019sha paytlar Rauf aka ham kitobim chop etilayotgan nashriyotda ishlagani bir zumgagina \u201cqo\u2019ngan\u201d, shu sababdan voqealardan xabardor ekan.<br \/>\n\u2014 Senzuraga bormang! \u2013 dedi u niyatimni eshitgach, jonkuyarlik bilan. \u2013 Bormang\u2026 Yaxshisi, ular chizgan she\u2019rlarni olib tashlang\u2026 Shundog\u2019am qolgani kitob bo\u2019laveradi\u2026 Ularni keyin\u2026 senzura vafot etganidan keyin boshqa kitoblarda chop ettirasiz\u2026<br \/>\nRauf aka juda jiddiy, allaqanday uqtirib, ishonch bilan gapirdi.<br \/>\nMen negadir birdan tinchlandim.<br \/>\nNashriyotga bordim-da, rad etilgan she\u2019rlarni kitobdan umuman chiqarib tashlashlarini so\u2019radim.<br \/>\nShu bilan kitob chop etilib ketdi.<br \/>\nYaxshi odamlarning gapiga farishtalar \u201comin\u201d deydi.<br \/>\nRauf aka Sho\u2019rolar dunyoni titratib turgan paytda ishonch bilan \u201cAlbatta, mustaqil bo\u2019lamiz\u201d, derdi.<br \/>\nAytgani keldi.<br \/>\nSenzura degan idora ham taxminan bir yildan so\u2019ng, haqiqatan ham, Rauf aka aytganday, \u201cvafot etdi\u201d \u2013 tarqatib yuborildi.<br \/>\nOlib tashlangan she\u2019rlarim ham, Rauf aka aytganday, keyingi kitoblarimda nashr etildi.<br \/>\nShoirlar bilan kurashmaslik kerak.<br \/>\nKurashgan odam baribir yengiladi.<br \/>\nMasalan, farishtalar har gapiga \u201comin\u201d deb turgan Rauf Parfini kim yenga oladi?!<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"http:\/\/i76.fastpic.ru\/big\/2015\/1213\/84\/c94acd3bbcb0e33c1d3d162007c5ec84.jpg\" alt=\"666\" width=\"39\" height=\"39\" \/><\/p>\n<p>Kuni kecha vafot etgan bo\u2019lsa-da, hozir unutilgan bu yozuvchining dovrug\u2019i o\u2019z vaqtida O\u2019zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tutgan edi. Oltmish yoshga yetganda, nazarida, shuhrati shu qadar yuksalgandiki, maqtanmaslikka iloj topolmadi.<br \/>\n\u2014 Men o\u2019zbek xalqining otasiman! \u2013 dedi u o\u2019zi tuzgan \u201cPablo Neruda\u201d she\u2019riyat klubiga qo\u2019l ostidagi xodimlarini yig\u2019ib.<br \/>\nOrqa qatorda o\u2019tirgan Rauf Parfi to\u2019ng\u2019illadi:<br \/>\n\u2014 O\u2019zbekistonning padariga la\u2019nat!..<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"http:\/\/i76.fastpic.ru\/big\/2015\/1213\/84\/c94acd3bbcb0e33c1d3d162007c5ec84.jpg\" alt=\"666\" width=\"39\" height=\"39\" \/><\/p>\n<p>Rauf aka oilamizga juda yaqin edi.<br \/>\nShoir haqida har xil gaplar yetib kela boshlagach, xavotirga tushdik.<br \/>\nO\u2019zimizcha \u201cUyga olib kelsak\u2026 Shu yerda yashayversalar bo\u2019lardi\u201d degan xayollargacha bordik.<br \/>\nAmmo uni qaerdan topamiz?<br \/>\nAnig\u2019ini biladigan odam yo\u2019q, \u201cishxona\u201dlariga ham ilgarigiday tartib-intizomda kelmayotganini aytishadi.<br \/>\nBir kun xotinim Ra\u2019noxon bilan Navoiy ko\u2019chasida ketayotsak, naq qarshimizdan Rauf aka chiqib qoldi.<br \/>\nO\u2019lib tirilgan odamlarday o\u2019rtanib ko\u2019rishdik.<br \/>\n\u2014 Rauf aka, uyga keling, \u2014 dedi Ra\u2019noxon.<br \/>\nMen ham uyga kelishga da\u2019vat etdim. \u201cAgar kelsa, haligi maqsadimizni ham bafurja pishitib olamiz\u201d, deb o\u2019yladim.<br \/>\n\u2014 Agar borsam, meni juda zo\u2019r kutib olasizlar-a! \u2013 dedi ayanchning shu\u2019lasi urgan tabassum bilan Rauf aka. U allaqanday hayajonda \u2013 yuragi po\u2019rtanada qolgan egasiz qayiqday qalqinayotganini sezdim.<br \/>\nKulib turib, ko\u2019z yoshsiz yig\u2019lashni buncha chiroyli, buncha hasratli bajarmasa bu odam!<br \/>\n\u2014 Keling, kutamiz, \u2014 dedik. \u2013 Albatta keling! Esingizdan chiqmasin!..<br \/>\n\u2014 Agar borsam, meni podshohday kutib olasizlar-da, a?<br \/>\nUning ko\u2019zlarida baribir yosh halqalandi.<br \/>\nMening ham tomog\u2019imga o\u2019krik tiqilgan \u2013 faqat \u201cpodshohlardan baland kutib olish\u201dimizni aytganim aytgan.<br \/>\nU o\u2019zini tutib turishi endi maholligini sezdi. Albatta borishga va\u2019da berdi-da, barmog\u2019i bilan ko\u2019z yoshini bildirmaygina artgach, tezgina xayrlashdi-yu, burilib jo\u2019nadi.<br \/>\nBiz ham \u201cE, Rauf aka-yey\u2026\u201d qabilida nimanidir gaplashgancha, ko\u2019nglimiz to\u2019liqib, yo\u2019limidan ketdik.<br \/>\nOrtimga burilib qaradim.<br \/>\nNavoiy ko\u2019chasidan Rauf Parfi emas, allaqanday yig\u2019i boshi oqqan oqqan tarafga ketayotganday\u2026<\/p>\n<p>Bu Rauf aka bilan so\u2019nggi ko\u2019rishishimiz edi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"http:\/\/i76.fastpic.ru\/big\/2015\/1213\/84\/c94acd3bbcb0e33c1d3d162007c5ec84.jpg\" alt=\"666\" width=\"39\" height=\"39\" \/><\/p>\n<p>Ro\u2019zi aka, Shukur aka va Rauf Parfi vafot etgandan keyin hayot bir qadar zerikarli bo\u2019lib qolganday. Chunki bu aqlli, donishmand daholarning afandiliklari ham ko\u2019p edi.<br \/>\nRo\u2019zi aka bir davlat boshlig\u2019iga \u201coshno\u201d deb murojaat etgan ekan.<br \/>\nNikoh to\u2019yiga taklifnoma tarqatayotgan Rauf aka \u201cUylanayapsanmi?\u201d degan savolga \u201cOnam uylanayaptilar\u201d, deb javob bergan ekan.<br \/>\nShukur aka rashki kelib, raqibini \u201cSo\u2019yaman!\u201d deb jo\u2019sh urganda, yonidagi jilovdor ukasi oddiygina qilib, \u201cSo\u2019ying!\u201d degach, \u201cO\u2019ligini qaerga qo\u2019yamiz?\u201d deya o\u2019ylangan ekan\u2026<br \/>\nDunyo afandilarsiz ham yashayveradi.<br \/>\nLekin bu daho afandilar hayotligida dunyo g\u2019oyat chiroyli edi.<\/p>\n<p><em>Manba: www.kh-davron.uz<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>USMON AZIM Rauf Parfining bir dasta she\u2019rlari ilk bor Boysunni qor bosgan payt, 1966 yili \u201cSharq yulduzi\u201d jurnalining yanvar sonida Asqad Muxtor \u201coq yo\u2019l\u201di \u2013 so\u2019zboshisi bilan chop etilgan edi. Men o\u2019shanda o\u2019ninchi sinfda o\u2019qirdim. Bunday ajibtovur she\u2019rlarni birinchi bor o\u2019qishim. Rauf akaning she\u2019rlari birpasda menga va she\u2019rxon do\u2019stlarimga yod bo\u2019lib ketdi. Qor yog\u2019sa, \u201cAylanib [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":385,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[31,26,28],"tags":[54,69,67,68],"class_list":{"0":"post-384","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-bosh-sahifa","8":"category-portret-esse","9":"category-xotira-esse","10":"tag-esse","11":"tag-ijod","12":"tag-rauf-parfi","13":"tag-usmon-azim"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/384","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=384"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/384\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":386,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/384\/revisions\/386"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/385"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=384"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=384"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=384"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}