{"id":378,"date":"2025-08-15T08:48:38","date_gmt":"2025-08-15T08:48:38","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=378"},"modified":"2025-08-15T09:50:07","modified_gmt":"2025-08-15T09:50:07","slug":"skeptiklikning-ahamiyati-haqida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=378","title":{"rendered":"Skeptiklikning ahamiyati haqida"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>BERTRAN RASS\u0415L<\/strong><strong><br \/>\n<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sirtdan qaraganda xiyla paradoksal va zararlidek tuyulishi mumkin bo\u2018lgan ta\u2019limotni muhokama uchun o\u2018quvchi e\u2019tiboriga havola etish istagidaman. Uning mohiyati shunday: to\u2018g\u2018ri deb hisoblash uchun hech qanday asos bo\u2018lmagan mulohazaga (propozitsiya) ishonish nomaqbuldir. Biroq bu kabi qoidaga barcha birdek amal qilishi ijtimoiy hayotimiz va siyosiy tizimimizni \u2013 ular hatto mukammal shakllangan bo\u2018lsa ham \u2013 o\u2018zgartirib yuborishi mumkin. Bu esa ushbu ta\u2019limotni rad etishga imkon beradi. Yana shunga aminmanki (bunisi yanada jiddiyroq), mazkur qoida \u2013 xoh hozir, xoh kelajakda bo\u2018lsin \u2013 taqdirlanishga arzigulik ish qilmagan sodda kishilarning irratsional orzu-umidlaridan foyda undirib kun ko\u2018ruvchi bashoratgo\u2018ylar, bukmeykerlar, yepiskoplar va boshqalarning nonini yarimta qilishi mumkin. Ana shu kabi muxolif argumentlarga qaramay, o\u2018z nuqtai nazarimni himoya qilishga urinib ko\u2018raman.<\/p>\n<p>Avvalo, meni keskin mavqeni tutganlikda ayblaydiganlarga javob bersam. Men murosasozlik va mo\u2018tadillikka inglizlarga xos sevgisi bo\u2018lgan britan vigiman (liberaliman). Pirronizm (skeptitsizm avvallari shunday nomlanardi) asoschisi Pirron ta\u2019kidlaydiki, bir xatti-harakat boshqasidan yaxshiroq ekanini hech qachon bila olmaymiz. U haqda shunday hikoya bor. Bir kuni kechki sayrga chiqqanida, falsafa muallimi (u shu muallimdan ta\u2019lim olgan edi) ariqqa yiqilib, chiqolmay yotganini ko\u2018rib qolibdi. Bir oz mulohaza qilib, uni ariqdan tortib olish yaxshi ishligiga hech qanday asos yo\u2018qligini o\u2018ylab, yo\u2018lida davom etibdi. Nisbatan mo\u2018tadilroq skeptiklar esa, muallimni ariqdan chiqarvolib, Pirronni berahmlikda ayblashibdi. Biroq shunda ham o\u2018z prinsiplariga sodiq qolgan muallim Pirrondagi fikr va amal birligini maqtabdi. Men bu kabi \u201cqahramonona\u201d skeptitsizmni yoqlamayman. Men oddiy kundalik sog\u2018lom fikrga tayangan ishonchni, nazariy jihatdan bo\u2018lmasa-da, amaliy jihatdan ma\u2019qullayman; fanning mukammal asoslangan xulosalarini shubhadan xoli haqiqat deb bilmasam-da, ular xatti-harakatimizni ratsional yo\u2018lga solishimiz uchun yetarlicha to\u2018g\u2018ri deyman. Agar falon kuni oy tutiladi deyilsa, bu bashorat o\u2018sha kunni kutishga arziydi. Pirron esa boshqacha o\u2018ylagan bo\u2018lardi. Ayni shu nuqtai nazardan o\u2018rtaliqdagi mavqeni himoya qilishimni oqlash mumkin.<\/p>\n<p>Ba\u2019zi masalalarda, deylik, Oyning tutilish vaqtini aniqlashda mutaxassislar qiyinchiliksiz bir to\u2018xtamga kela oladi. Yana shunday masalalar borki, ular haqida mutaxassislar xulosalari bir joydan chiqishi dushvor. Hatto barcha mutaxassislar fikri bir joydan chiqqanda ham ular xato qilayotgan bo\u2018lishlari mumkin. Eynshteynning gravitatsiya yorug\u2018lik nuri yo\u2018nalishini o\u2018zgartirishi haqidagi xulosasini bir necha yil avval deyarli barcha mutaxassislar inkor qilgan edi. Biroq u bu borada haq bo\u2018lib chiqdi. Shunga qaramay, mutaxassislar muayyan masala yuzasidan yagona xulosaga kelsa, o\u2018sha sohaga aloqasi bo\u2018lmagan kishilar ularning xulosasini nisbatan haqiqatga yaqinroq deb qabul qilishi maqsadga muvofiq. Binobarin, men yoqlaydigan skeptiklik quyidagichadir: 1) mutaxassislar yakdil fikrda bo\u2018lishsa, unga qarama-qarshi fikr shubhasiz to\u2018g\u2018ri deb qaralmaydi; 2) agar ular yakdil bo\u2018lishmasa, hech bir fikrning haqiqatligi aniq emas; 3) agar ular xulosa chiqarish uchun yetarli asos yo\u2018q deya yagona to\u2018xtamga kelsa, mutaxassis bo\u2018lmaganlar ham bu borada xulosa chiqarishga shoshilmay, uni ortga suradi.<\/p>\n<p>Bu qoidalar bir qarashda qat\u2019iy tuyulmasa-da, amalga tatbiq etilsa, inson hayotini butunlay o\u2018zgartirib yuborishi mumkin.<\/p>\n<p>Odamlar astoydil ishonadigan va, kezi kelganda, o\u2018zgacha fikrdagilarning ta\u2019qib etilishiga sabab bo\u2018ladigan ta\u2019limotlar skeptitsizmning mazkur uch qoidasidan biriga tushadi. Agar yetarlicha dalillangan bo\u2018lsa, odamlar fikrni shunchaki ifodalash va u amalda qanchalik to\u2018g\u2018ri chiqishini tekshirish bilan kifoyalanadi. Bunday fikrlar kuchli his-tuyg\u2018uga berilmay himoya qilinadi. Ularga bo\u2018lgan ishonch hissiz, asoslar esa xotirjamlik bilan keltiriladi. Kuchli ehtiros-la ishoniladigan fikrlar esa odatda asossiz bo\u2018ladi. Ehtiros ishonchning noratsional ekaniga dalolat qiladi. Siyosat va dinga daxldor fikrlar amalda doimo hissiyotga qorishib ketadi. Xitoyni istisno qilganda, boshqa yerlarda insonning din va siyosat borasida qat\u2019iy qarashga ega bo\u2018lmasligi uning ojizligini ko\u2018rsatadi deb hisoblaydilar;[1] odamlar o\u2018z e\u2019tiqodlariga muxolif ta\u2019limotlarning mutaassib tarafdorlaridan ham ko\u2018proq skeptiklardan nafratlanadi. Ular real hayot bu kabi masalalarda aniq mavqega ega bo\u2018lishni talab qiladi, har bir narsada aqlga tayansak, jamiyat hayoti izdan chiqadi, deb ishonishadi. Men bu kabi gaplarga qo\u2018shilmayman.<\/p>\n<p>1920-yillardagi ishsizlik masalasini olaylik. Bir taraf buni kasaba uyushmalarining buzg\u2018unchiligidan ko\u2018rdi. Boshqa taraf uni qit\u2019adagi beqaror vaziyat bilan bog\u2018ladi. Uchinchi taraf esa, avvalgi ikki taraf keltirgan sabablarni tan olgan holda, asosiy aybdor sifatida funt sterling qadrini oshirishga uringan Angliya Bankini ko\u2018rsatardi. Uchinchi taraf, menga bildirishlaricha, asosan mutaxassislardan iborat edi. Siyosatdonlar partiya bayonotlariga kiritib bo\u2018lmaydigan fikrlarga qo\u2018shila olmasdi. Oddiy odamlar esa aybni dushmanlarning hiyla-nayrangiga taqaydigan tomonni ma\u2019qullardi. Oqibatda kimdir nomuvofiq chora-tadbirlarni yoqlash, yana kimdir ularga qarshi kurashish bilan ovora bo\u2018ldi. Nisbatan ratsional nuqtai nazarni tutgan ozchilikni hech kim eshitmasdi, chunki ular aytayotgan gap hissiyot uyg\u2018otmas edi-da! Ular odamlarni o\u2018z fikrlariga ishontirishlari uchun Angliya Bankini buzg\u2018unchi qilib tasvirlashlari kerak bo\u2018lardi. Leyboristlarni ishontirish uchun Bank direktorlarini kasaba uyushmalariga dushman deb, London yepiskopini ishontirish uchun esa ularni \u201caxloqsiz\u201d deb ayblashlari lozim bo\u2018lardi. Shundan keyingina Bank valyuta masalasida xatoga yo\u2018l qo\u2018yganiga ularning e\u2019tiborini qaratish mumkin edi.<\/p>\n<p>Boshqa bir misolni olaylik. Sotsializmning inson tabiatiga zidligi haqida ko\u2018p gapiriladi. Bu fikr qanchalik hissiyot bilan himoya qilinsa, sotsialistlar ham uni o\u2018shanday qizg\u2018inlik bilan inkor qiladi. Doktor Rivers \u2013 uning vafotidan qayg\u2018umni so\u2018z bilan ifodalash qiyin \u2013 hayotining so\u2018nggi damlarida mazkur masala borasida Kollej Universitetida o\u2018qigan ma\u2019ruza u vafot etgach \u201cPsixologiya va siyosat\u201d nomi bilan kitob bo\u2018lib bosilib chiqdi. Bu hozircha men bilgan yagona ilmiy tahlildir. Unda sotsializm inson tabiatiga zid emasligini ko\u2018rsatuvchi melaneziyaliklar hayotidan antropologik ma\u2019lumotlar keltirilgan. Shuningdek, muallif melaneziyalik va yevropalik insonning tabiati bir xil yoki turlichaligi bizga noma\u2019lumligini ta\u2019kidlaydi. So\u2018ngida shunday xulosa chiqaradi: sotsializm yevropalik inson tabiatiga muvofiq keladimi yoki yo\u2018q \u2013 buni amalda sinab ko\u2018rgachgina bilamiz. Bu xulosasi bilan doktor Rivers leyboristlarning nomzodi bo\u2018lishga jazm qilsa, ajabmas. Biroq siyosiy bahslarda alangalangan hissiyotlar olovini aytarli kuchaytira olmasligi tayin.<\/p>\n<p>Odamlar bosiqlik bilan munosabat bildirishi qiyin bo\u2018lgan nikoh mavzusini olaylik. Har bir yurt aholisi o\u2018zinikiga o\u2018xshamagan nikoh shaklini axloqsiz deb biladi. Ba\u2019zilar o\u2018zlarining tiyiqsiz hayot tarzlarini oqlash uchun hukmron qarashlarga qarshi kurashadilar. Hindlar bevaning qayta turmush qilishi haqidagi o\u2018ydanoq dahshatga tushadi. Katolik mamlakatlarida nikohdan chiqishni buzuqlik deb bilsalar-da, biroq ba\u2019zida juftiga xiyonat qilishga, yo\u2018q deganda bu erkak tomonidan sodir etilsa, toqat qilinadi. Amerikada ajralish erkin, biroq nikohdan tashqari munosabatlar qattiq qoralanadi. Musulmonlar esa biz zararli hisoblaydigan ko\u2018pxotinlikka ijobiy qaraydi. Bu kabi turfa fikrlar taassub-la himoya qilinadi, taqiqlarni buzganlar og\u2018ir jazoga duchor etiladi. Biroq bu davlatlardagi biror kimsa o\u2018z xalqining udumlari o\u2018zga xalqlarning udumlariga nisbatan insonni ko\u2018proq baxtliroq qila olishini asoslashga urinmaydi.<\/p>\n<p>Ushbu masala yuzasidan ilmiy adabiyotlarni, deylik, Uestermarkning \u201cNikoh tarixi\u201dni varaqlasak, ommaning xurofiy ishonchidan mutlaqo farqli manzaraga duch kelamiz. Inson tabiatiga mutlaqo zid deb o\u2018ylaganimiz odatlar insoniyat tarixida ko\u2018plab bo\u2018lganini ko\u2018ramiz. Biz ko\u2018pxotinlikni zolim erkaklar ayollarga majburlab o\u2018tkazgan deb o\u2018ylaymiz. Biroq Tibetdagi \u201cbir xotinga ko\u2018p erkak\u201d odatini qanday izohlash mumkin? Tibetga sayohat qilganlar u yerdagi oilalar Yevropadagidek bir maromda, uyg\u2018un hayot kechirishini aytishadi. Bu kabi adabiyotlar bilan tanishish xolis fikrlovchi har qanday insonni skeptikka aylantirib qo\u2018yadi. Zero bir nikoh shakli boshqa biridan yaxshi yoki yomonroqligini asoslash uchun aftidan dalil yo\u2018q. Jamiyatdagi deyarli barcha kishilar umumqabul qilingan me\u2019yorlarga itoat etmaydiganlarga nisbatan shafqatsiz va toqatsiz munosabatda bo\u2018ladi. Shuni hisobga olmaganda, ularni bog\u2018lab turuvchi boshqa umumiy jihatlar yo\u2018q. Aftidan gunoh ham jo\u2018g\u2018rofiy hududga bog\u2018liq, ya\u2019ni nisbiydir. Ana shu xulosadan \u201cgunoh\u201d ham bir illyuziya ekan, uni sodir etganlarni shafqatsiz jazolash esa ortiqcha, degan xulosaga tomon bir qadam qoladi. Aynan ana shu xulosani ko\u2018pchilikning ongi qabul qila olmaydi. Shafqatsizlik bilan jazolash va ayni damda vijdonni \u201ctoza\u201d saqlab qolish moralistlarga zavq bag\u2018ishlaydi. Mana shuning uchun ular do\u2018zaxni o\u2018ylab topishgan.<\/p>\n<p>Mujmal masalalar qatoriga kiruvchi o\u2018ta kuchli e\u2019tiqodlarning yorqin namunasi millatchilikdir. Dangal aytish mumkinki, Jahon urushi haqida ilmiy asar yozayotgan tarixchi hozir chiqarayotgan xulosalarini o\u2018sha davrda aytganda bormi, urushayotgan qaysi davlatda bo\u2018lmasin, uni shubhasiz qamoqqa tiqishardi. Xitoyni hisobga olmaganda, o\u2018zi haqidagi haqiqatga chidab beruvchi birorta xalq yo\u2018q. Tinchlik vaqtida haqiqatni ro\u2018yi-rost aytish shunchaki odobsizlik, urush davrida esa jinoyat deb hisoblanadi. O\u2018zaro qarama-qarshi e\u2019tiqodlarning yolg\u2018onligini ularning faqat mushtarak milliy manfaatlarga ega kishilargagina ma\u2019qul kelganidan ham bilsa bo\u2018ladi. O\u2018tmishda diniy e\u2019tiqodlarni mantiqan tahlil qilish qanchalik buzg\u2018unchilik deb hisoblangan bo\u2018lsa, bugun millatchilik ruhidagi e\u2019tiqodlarga \u201ctosh otgan\u201dlarga shunday ayb qo\u2018yilmoqda. Agar odamlardan bunday masalalardagi skeptitsizmga salbiy munosabati boisi nimadaligini so\u2018rasangiz, javob bitta \u2013 mif urushlarda g\u2018alaba qozonishga yordam beradi, aqlga tayangan millatlar o\u2018ldirmaydilar, aksincha, o\u2018ldiriladilar. Xorijliklar haqida turli yolg\u2018on-yashiq uydirmalarni tarqatish orqali o\u2018z nuqsonini yashirishga urinish sharmandalik ekanligini, bilishimcha, kvakerlarni istisno qilsak, professional moralistlar hozircha tan olmayapti. Oqil millat baribir urushdan tiyilish yo\u2018lini topadi, degan fikr olg\u2018a surilsa, haqoratli javoblar yangraydi, xolos.<\/p>\n<p>Xo\u2018sh, oqil skeptitsizmning odamlar orasida keng yoyilishi qanday oqibatlarga eltishi mumkin? Insonning xatti-harakatlari ehtiroslar va ularga esh bo\u2018lib keluvchi miflar ta\u2019sirida bo\u2018ladi. Psixoanalitiklar lunatiklarda ushbu jarayonning ochiq va yashirin namoyon bo\u2018lishini o\u2018rganishgan. Hayotida qattiq tahqirlangan, xo\u2018rlangan inson turli uydirma farazlarni o\u2018ylab topadi. Masalan, o\u2018zini Angliya qiroli deb ataydi va o\u2018z maqomiga munosib e\u2019tibor berilmayotganini asoslashga urinadi. Biroq yaqinlari uning illyuziyasiga ishonmaydi va bir xonaga qamab qo\u2018yadilar. Agar u o\u2018zining emas, o\u2018z millati, sinfi yoki e\u2019tiqodining buyukligini ta\u2019kidlaganda edi, hattoki uning gaplari xolis kuzatuvchida jinnixona ahlining bema\u2019ni valdirashidek tuyulsa ham, sanoqsiz tarafdorlarga ega bo\u2018lar, siyosiy yoki diniy rahnamoga aylanardi. Shu tarzda jamoaviy aqldan ozish individual shaxsning aqldan ozishida ko\u2018rinadigan qonuniyat asosida pishib yetiladi. O\u2018zini Angliya qiroli sanaydigan lunatik bilan tortishish xavfli ekanini hamma biladi, juda bo\u2018lmaganda uni bir xonaga qamab yengish mumkin. Agar butun boshli xalq shunday yolg\u2018onga ishonib qolgan bo\u2018lsa-chi, da\u2019volari inkor qilinsa, o\u2018sha lunatik g\u2018azablangandek g\u2018azablansa-chi \u2013 bunaqa vaziyatda urushdan boshqasi bu xalqning aqlini kiritib qo\u2018yolmaydi.<\/p>\n<p>Inson fe\u2019l-atvorida intellektual omil qanchalik rol o\u2018ynashi masalasida psixologlar orasida yagona bir qarash yo\u2018q. Ikki tur savol bor: 1) e\u2019tiqodlar xatti-harakatlarga qanchalik ta\u2019sir etadi? 2) e\u2019tiqod qanchalik mantiqan izchil dalillarga tayanadi yoki umuman dalilga tayanishi mumkinmi? Har ikki savolga javob berar ekan, psixologlar intellektual omil ta\u2019siri o\u2018ylaganimizdan kuchsiz ekanini ta\u2019kidlaydilar. Ushbu omilning ta\u2019siri ozligi masalasida umumiy qarash mavjudligiga qaramay, umumiylik manzarasida turlicha munosabatlar ham bor. Keling, bu ikki savolni ketma-ket ko\u2018rib chiqaylik.<\/p>\n<p>1) E\u2019tiqod xatti-harakatlarga qanchalik ta\u2019sir etadi? Savolni nazariy tahlil qilmayin-da, oddiy insonning kundalik hayotidan so\u2018z ochay. U biror narsaga ishongani uchun emas, balki odat bo\u2018lib qolgani uchun ham ertalab o\u2018rnidan turadi, nonushta qiladi, poyezdga shoshiladi, gazeta o\u2018qiydi, ishiga boradi. Hammasi odatga muvofiq bo\u2018ladi. Qachonlardir bu odatlar shakllanayotganda, kamida ish joyini tanlayotganida e\u2019tiqodi rol o\u2018ynagan. Ehtimol, u o\u2018sha damda unga taklif qilinayotgan ish o\u2018zi istagandek ekaniga ishongan. Aksariyat kishilarda ishonch ilk bor kasb tanlayotganda o\u2018zini namoyon qiladi. Qolganlari shu tanlovning hosilasi o\u2018laroq kelaveradi.<\/p>\n<p>Agar u oddiy xodim bo\u2018lsa, uning faoliyati odatga ko\u2018ra, hech qanday ortiqcha istak, ishonch-e\u2019tiqodga tayanmay, avvaldan belgilangan maromda davom etaveradi. E\u2019tiroz bildirish mumkin, agar u hisob-kitob bilan shug\u2018ullansa, o\u2018zi qo\u2018llayotgan arifmetik qoidalarning to\u2018g\u2018riligiga ishonadi. Biroq bu ishonch emas, tennischining harakatlari kabi shunchaki odat, ko\u2018nikma. Bu qoidalar ularning haqiqatligiga bo\u2018lgan intellektual ishonchdan emas, muallimga yoqish istagi sababli o\u2018zlashtirilgan. Bu xuddiki kuchukning o\u2018z egasidan ovqat undirish ilinjida qanday o\u2018tirishni o\u2018rganishiga o\u2018xshaydi. Ta\u2019lim doimo shu tarzda bo\u2018ladi demoqchi emasman, lekin o\u2018qish, yozish va arifmetika ta\u2019limi asosan shunday.<\/p>\n<p>Shunday qilib, bizning do\u2018stimiz, rahbar xodimmi yoki yo\u2018q, muhim masala yuzasidan qaror qabul qilishi lozim bo\u2018lib qoldi deylik. Bunday qarorlarda ishonch rol o\u2018ynashi ehtimoli bor. U qaysi ishlar yaxshi, qaysi biri ko\u2018ngildagidek emasligi, kimlar boyib, kimlar xonavayron bo\u2018lish arafasida turganini taxmin qiladi. Shu kabi ishonchlar asosida hukm chiqaradi. U oddiy xodimdan ko\u2018ra mas\u2019uliyati yuqori bo\u2018lgani bois odatga ko\u2018ra emas, aynan o\u2018z ishonchiga ko\u2018ra harakat qilishi lozim. Basharti uning ishonchi to\u2018g\u2018ri chiqsa, mo\u2018maygina pul ishlab olishi mumkin.<\/p>\n<p>Oilada ham ishonchning fe\u2019lga ta\u2019siri ayni shu nisbatda kechadi. Uning xotini yoki bolalariga munosabati shakllangan odatga yoki odat ta\u2019sirida bir qadar o\u2018zgargan instinktga muvofiq keladi. Biroq muhim masalalar \u2013 uylanish, o\u2018g\u2018lini qaysi maktabga berish yoki xotinining sadoqatiga shubhalanganida bunga asos topish ko\u2018pincha odatga muvofiq bo\u2018lmaydi. Instinkt ta\u2019sirida yoki boy deb hisoblagani uchun biror ayolning qo\u2018lini so\u2018rashi mumkin. Agar bu instinktiv bo\u2018lsa, u o\u2018sha ayolning eng fazilatli ekaniga shubhasiz ishonadi. Ayni shu narsa o\u2018sha ayolni tanlashining asl sababidek tuyuladi unga. Vaholanki, bu o\u2018rinda ishonch instinkning navbatdagi aksidirki, uning tanlovini ishonchni o\u2018rtaga qo\u2018shmasdan bevosita instinkt orqali ham izohlash mumkin. Bolaga maktab tanlash ham muhim biznes qarorlarini qabul qilishga o\u2018xshash jarayondir. Bunda ishonch kattaroq rol o\u2018ynaydi. Agar u xotinining xiyonatiga doir biror dalil topsa, u o\u2018zini instinktlariga tobe holatda tuta boshlaydi. Biroq bunda, aksincha, instinkt ishonch ta\u2019sirida harakatga keladi.<\/p>\n<p>Demak, ishonch-e\u2019tiqod fe\u2019l-atvorimizning juda oz qismiga bevosita ta\u2019sir o\u2018tkazsa-da, u hayotimizning eng ahamiyatli daqiqalarida hal qiluvchi rolni o\u2018ynaydi. Xususan, diniy va siyosiy amallarimiz ishonch-e\u2019tiqod bilan chambarchas bog\u2018liq.<\/p>\n<p>2) Endi ikkinchi savolga o\u2018tsam. Bu savolni yana ikki qismga ajratib tahlil qilsa bo\u2018ladi: a) ishonch-e\u2019tiqod qanchalik dalilga tayanadi?<\/p>\n<ol>\n<li>b) dalilga tayanishi mumkinmi yoki bu qanchalik zarur?<\/li>\n<li>a) Ishonchning dalillanganlik darajasi ishonuvchilarning o\u2018zlari tasavvur qilganlaridan ancha past.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Nisbatan ratsional hisoblanuvchi bir holatni olaylik. London-sitilik yirik bir moliyachi muayyan bir sohaga investitsiya kiritadi. Uning, deylik, fransuz franki qiymatining tushishi yoki ko\u2018tarilishi haqidagi fikri siyosiy simpatiyasiga va katta miqdordagi mablag\u2018ini ana shunday qaltis ishga tika olishiga bog\u2018liq. Bankrotlikka olib boruvchi eng kuchli sabablardan biri odatda qay bir darajada sentimental omillardir. Siyosatga daxldor fikrlarini bildirishlari taqiqlangan davlat xizmatchilarining qarashlarini e\u2019tiborga olmasak, siyosiy fikrlar kamdan-kam hollarda dalilga tayanadi. Istisnolar bor, albatta. Bir necha yil muqaddam tariflarni isloh qilish bilan bog\u2018liq tortishuvlarda aksariyat ishlab chiqaruvchilar olayotgan foydalarini oshiruvchi tadbirlarni quvvatlab chiqishdi va o\u2018z fikrlarini, garchi aytayotgan gaplari tinglovchini u qadar ishontira olmasa ham, yetarlicha dalillangan deb da\u2019vo qilishdi. Shu yerda vaziyat murakkablashadi. Froydchilar bizga o\u2018z xulqimizni \u201cratsionalizatsiyalash\u201dni, ya\u2019ni aslida irratsional bo\u2018lgan fikr va qarorlarimizga ratsional tus berish mexanizmini o\u2018rgatishdi. Shuningdek, ayniqsa, inglizzabon mamlakatlarda, buning aksi \u2013 \u201cirratsionallashtirish\u201d deb nomlasa bo\u2018ladigan jarayon mavjud. Ziyrak odam o\u2018zi anglamagan tarzda o\u2018z egoistik nuqtai nazaridan masalaning kuchli va zaif jihatlarini taqqoslashi mumkin. (Bolalariga daxldor masala bo\u2018lmasa, odam anglanmagan tarzda egoistik bo\u2018lmagan yo\u2018sinda mulohaza yuritishi kamdan-kam uchraydi.) Anglanmaganlikning qo\u2018llovi bilan maqbul egoistik qarorga kelingach, odam jamiyat uchun qanchalar katta qurbonliklar berayotganini ko\u2018rsatish uchun turli-tuman so\u2018z va iboralarni o\u2018ylab topadi yoki boshqalardan o\u2018zlashtirib oladi. Aytayotgan gapiga chindan ishonayotgan odam, hamonki uning harakatlaridan jamiyat u da\u2019vo qilayotganchalik naf ko\u2018rmayotgan ekan, dalillarni to\u2018g\u2018ri baholay olmayotganini taxmin qilishi lozim. Bu holatda kishi aslidagidan ham ko\u2018ra ko\u2018proq aqlsiz bo\u2018lib ko\u2018rinadi. Qizig\u2018i shundaki, uning irratsional jihati anglangan, ratsional jihati esa anglanmagandir. Ayni shu narsa ingliz va amerikaliklarni omadli odamlarga aylantirgan.<\/p>\n<p>Chinakam ziyraklik tabiatimizning anglangan emas, anglanmagan tarafiga taalluqlidir. Bu, menimcha, biznesda muvaffaqiyat keltiruvchi zarur fazilat. Axloqiy nuqtai nazardan esa, u xudbinlik bilan bog\u2018langani uchun maqtagulik emas. Shunga qaramay, u odamlarni juda og\u2018ir jinoyatlardan tiyadi. Agar bu xususiyat olmonlarda bo\u2018lganda edi, ular suvosti kemalaridagi janglarga asosiy e\u2019tiborni qaratmas, agarda fransuzlarda bo\u2018lganida Rurdagiga o\u2018xshash qilmishlarini qilishmas, agarda Napoleonda bo\u2018lganida Amyen shartnomasidan so\u2018ng urushni qayta boshlamasdi. Ba\u2019zi bir istisnolar bilan shunday umumiy qoidani bayon qilsa bo\u2018ladi: qachonki odam o\u2018z manfaati nimada ekani borasida xato qilsa va xatolarini tan olmay uni ma\u2019qul deb hisoblasa, bu o\u2018zgalar uchun yanada zararliroqdir. Binobarin, inson o\u2018z manfaatlari nimada ekanini bilishi faqat yaxshilikka xizmat qiladi. O\u2018z manfaatiga ters ekaniga ishonsa ham, axloqiy asoslarga ko\u2018ra biror ishga qo\u2018l urib baxtli hayotga erishgan insonlar oz emas. Masalan, avvalgi kvakerlar orasida boshqalarga o\u2018xshab xaridor bilan savdolashish o\u2018rniga, o\u2018z tovarlari uchun u bera oladiganidan ortiq haq talab qilmasdan sotib yuboradigan ko\u2018plab savdogarlar bor edi. Ular foyda olish uchun keragidan ortiq so\u2018rashni aldov deb bilishardi. Xaridorlarga qulay bo\u2018lganidan hamma ularning do\u2018koniga borardi, ular esa borgan sari boyib ketdi. (Hozir buni qayerda o\u2018qiganimni aniq eslolmayman, lekin ishonarli manbadan ekaniga aminman.) Har kim o\u2018z zakovatiga tayanib shu yo\u2018lni tutishi mumkin edi, biroq amalda hech kim bu qadar zakiy emasdi. Ong ostimiz o\u2018zimiz o\u2018ylaganimizdan ko\u2018ra bizga ko\u2018p zarar keltiradi. Shuning uchunmi, axloqiy talablardan kelib chiqib, o\u2018ziga zarar bo\u2018lishiga ishonsa ham tanlagan yo\u2018lidan qaytmaydiganlar aslida o\u2018z manfaatlariga xizmat qilayotgan bo\u2018lib chiqadi. Boshqa bir toifa odamlar ongli va ratsional fikrlashga, imkon qadar ehtiroslar olovini o\u2018chirishga urinadiganlardir. Yana boshqa bir toifa instinktiv tarzda zakovatlilardir. Yana biri o\u2018zgalarni xarob qilib, so\u2018ngida o\u2018zlari ham xonavayron bo\u2018ladigan, yovuz niyatlari zakovatlariga xalal beradiganlardir. Bu oxirgi sinf Yevropa aholisining 90 foizini tashkil etadi.<\/p>\n<p>Mavzudan biroz chetga chiqqandek tuyulishim mumkin. Biroq zakiylik deya atalmish anglanmagan aqlni (anglanmagan tarzda voqe bo\u2018luvchi \u2013 tarj.) uning anglangan turlaridan farqlab olishimiz lozim. O\u2018qitishning an\u2019anaviy metodlari anglanmaganlikka amalda deyarli ta\u2019sir etmaydi. Ya\u2019ni zakiylikni hozirgi mavjud ta\u2019lim usullari orqali shakllantirib bo\u2018lmaydi. Axloqni ham, uning odatlardan tashkil topgan qismini hisobga olmasak, mavjud usullarda o\u2018qitib bo\u2018lmaydi. Doimiy nasihat va undovlar inson fe\u2019lida ijobiy asar qoldirganini kuzatmaganman. Shuning uchun mazkur sohalardagi ijobiy o\u2018zgarish faqatgina intellektual vositalar orqaligina amalga oshishi mumkin. Insonni qanday qilib fazilatli va zakovatli qilib tarbiyalashni bilmaymiz, biroq uni qanday ratsional, aqlga muvofiq ish yurituvchi inson qilib tarbiyalashni bir qadar bilamiz. Ta\u2019limga munosabatni o\u2018zgartirish zarur. Balki kelajakda inson tanasidagi turli garmonlarning nisbatini manipulyatsiya qilish orqali insonlarda zarur fazilatlarni ro\u2018yobga chiqara olarmiz. Lekin hozir axloqiy fazilatni tarbiyalashdan ko\u2018ra ratsionallikni, ya\u2019ni o\u2018z qilmishimizning oqibatini avvaldan ko\u2018ra bilish malakasini kamol toptirish qulayroq.<\/p>\n<ol>\n<li>b) Yuqoridagi mulohazalardan quyidagicha savol tug\u2018iladi: inson xatti-harakati qanchalik aqlga muvofiq bo\u2018la oladi yoki bo\u2018lishi kerak?<\/li>\n<\/ol>\n<p>Keling, \u201cbo\u2018lishi kerak\u201dni avval muhokama qilaylik. Menimcha, ratsionallikda muayyan chegara bo\u2018lishi lozim. Hayotimizning ba\u2019zi jihatlari keragidan ortiq ratsionallik ta\u2019sirida zarar ko\u2018radi. Leybnis qarigan chog\u2018ida yozgan bir maktubida hayotida atigi bir marta \u2013 yoshi ellikka borganda bir ayolning qo\u2018lini so\u2018raganini aytadi. \u201cBaxtimga, o\u2018sha ayol o\u2018ylab ko\u2018rish uchun muhlat so\u2018radi. Bu orada men ham o\u2018z taklifimni yana bir bor mulohaza qilib ko\u2018rishim mumkin edi. Oqibatda fikrimdan qaytdim\u201d, deydi u. Uning bu mulohazakorligi ratsional ekaniga shubha yo\u2018q. Biroq men uning qilmishini yoqlamayman.<\/p>\n<p>Shekspir yaxlit tasavvur paydo qilish uchun \u201clunatik, oshiq va shoir\u201dni yonma-yon eslaydi. Muammo shoir va oshiqni lunatikdan ajratib, alohida saqlab qola olishimizda. 1919 yili \u201cOld Vik\u201d teatrida \u201cTroyalik ayol\u201d spektaklini tomosha qildim. Unda Astianaktning yunonlar tomonidan kelajakda ikkinchi bir Hektor bo\u2018lib yetishmasligi uchun juda ta\u2019sirli o\u2018ldirilish sahnasi bor. Tomoshabinlar orasida ko\u2018zidan yosh chiqmagan odam qolmadi. Ayni paytda auditoriya yunonlarning haddan ziyod shavqatsizligini ishonarsiz deb topdi. Teatrda ko\u2018zyosh to\u2018kkan o\u2018sha odamlar Yevripidning xayoliga ham kelmagan shavqatsizliklarga qo\u2018l urishdi. Ular urushdan so\u2018ng Germaniyani va Rossiyani blokada qilgan hukumatga ovoz berishdi. Bu blokadalar son-sanoqsiz bolalarning o\u2018limiga sabab bo\u2018ldi. Biroq dushman davlatlar aholisini kamaytirish maqbul ish deb ko\u2018rildi. Astianaktga o\u2018xshagan bolakaylar bir kun kelib otalariga taqlid qilishlari, hatto ulardan o\u2018zib ketishlari mumkin edi-da. Shoir Yevripid auditoriya qalbida muhabbatni uyg\u2018otdi, ammo odamlar teatr darvozasidan tashqari chiqishi bilan oshiq va shoir unutildi, (qotil manyak qiyofasidagi) lunatik axloqiy fazilat va ezgulik haqida o\u2018y surgan bu erkaku ayollarning siyosiy istaklarini nazorat qila boshladi.<\/p>\n<p>Lunatikni yo\u2018q qilib shoir va oshiqni saqlab qolish mumkinmi? Bu uch xususiyat har birimizda turlicha darajada bor. Yoki ular bir-biriga shu qadar mustahkam bog\u2018langanki, ajratish imkonsizmi? Men bunday deb o\u2018ylamayman. Har birimizda san\u2019atda, ehtirosli muhabbatda yoki ehtirosli nafratda o\u2018zini namoyon qiladigan muayyan energiya mavjud. Obro\u2018-e\u2019tibor, davomiylik va izchillik \u2013 zamonaviy sanoatlashgan jamiyatning temir intizomi hur va yaratuvchan bo\u2018lmasligi, turg\u2018un va sirli qolishi uchun artistik impulslarni o\u2018ldirib, muhabbatni turmaga tiqdi. Ozod bo\u2018lishi kerak har soha nazoratga olindi, hasad, shafqatsizlik va nafrat yepiskoplarning uzun o\u2018rindiqlarida ham yastanib yotibdi. Bizning instinktiv qurilmamiz ikki qismdan iborat: biri, yashashga va avlod qoldirishga, ikkinchisi, dushmanlarimizni yo\u2018q qilishga yo\u2018nalgan. Birinchisi hayotdan zavq olish, sevgi va uning bir butog\u2018i bo\u2018lmish san\u2019atga, ikkinchisi esa raqobat, patriotizm va urushga undaydi. An\u2019anaviy axloq birinchisini jilovlab, ikkinchisini rag\u2018batlantirish bilan ovora. Chinakam axloq esa buning aksi bo\u2018lmog\u2018i lozim. Sevganlarimiz bilan munosabatlarimiz instinktlarimiz ixtiyorida, nafratlanadiganlarimiz bilan munosabatlarimiz esa aqlimiz nazoratida qolgani ma\u2019qul. Zamonaviy dunyoda biz juda nafratlanadiganlar asosan xorijliklardir. Ular haqidagi tasavvurlarimiz mavhumdir. O\u2018z nafratimizni esa adolat va yana qandaydir yuksak qadriyatlar yo\u2018lidagi kurash deya xaspo\u2018shlaymiz, o\u2018z-o\u2018zimizni aldaymiz. Haqiqatni ko\u2018zimizdan yashirib yotgan pardalarni yirtib tashlash uchun esa faqat skeptiklik yordam beradi. Shundagina o\u2018zga insonlar yo\u2018limizdagi to\u2018siq emasligini tushunish, to\u2018laqonli hayotga intilish asosiga qurilgan, nafrat va keraksiz cheklovlardan xoli yangicha axloqni yarata olishimiz mumkin. Shundagina hasad degan xastalikdan forig\u2018lanamiz. Bu utopiya emas. Yelizaveta davrida unga qisman erishilgan. Agar odamlar o\u2018zgalarning oyog\u2018idan chalishdan ko\u2018ra o\u2018zining baxti haqida ko\u2018proq o\u2018ylasa, ana shu orzu ertagayoq amalga oshadi. Bu axloq haddan ziyod og\u2018ir axloq emas, bunga erisha olsak, kurrai zaminimiz jannatga aylanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em>Ingliz tilidan Xurshid YO\u2018LDOSH\u0415V tarjimasi<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em>Manba: <\/em><em>www.kh-davron.uz<\/em><\/p>\n<p><em>[1] Muallifning Xitoy haqidagi fikrlari keyinchalik o\u2018zgargan. \u2013 Tarj.<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BERTRAN RASS\u0415L &nbsp; Sirtdan qaraganda xiyla paradoksal va zararlidek tuyulishi mumkin bo\u2018lgan ta\u2019limotni muhokama uchun o\u2018quvchi e\u2019tiboriga havola etish istagidaman. Uning mohiyati shunday: to\u2018g\u2018ri deb hisoblash uchun hech qanday asos bo\u2018lmagan mulohazaga (propozitsiya) ishonish nomaqbuldir. Biroq bu kabi qoidaga barcha birdek amal qilishi ijtimoiy hayotimiz va siyosiy tizimimizni \u2013 ular hatto mukammal shakllangan bo\u2018lsa ham [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":379,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[19,21,30],"tags":[54,64,66,63,65],"class_list":{"0":"post-378","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-falsafiy","8":"category-ilmiy-ommabop","9":"category-muharrir-tanlovi","10":"tag-esse","11":"tag-falsafa","12":"tag-falsafiy-esse","13":"tag-rassel","14":"tag-xurshid-yoldoshev"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/378","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=378"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/378\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":383,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/378\/revisions\/383"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/379"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=378"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=378"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=378"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}