{"id":373,"date":"2025-08-06T06:06:12","date_gmt":"2025-08-06T06:06:12","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=373"},"modified":"2025-08-06T06:06:12","modified_gmt":"2025-08-06T06:06:12","slug":"yolg%ca%bbizlik-anatomiyasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=373","title":{"rendered":"Yolg\u02bbizlik anatomiyasi"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>TOMAS VULF<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">I<\/p>\n<p>Mening hayotim boshqalarnikiga qaraganda ko\u02bbproq yolg\u02bbizlik va sargardonlik ichida o\u02bbtgan. Nega shunday bo\u02bbldi \u2013 buni aytish qiyin, ammo shunday bo\u02bbldi \u2013 tamom vassalom. O\u02bbn besh yoshimdan beri, oradagi bir muddatlik tanaffusni hisobga olmasa, men yolg\u02bbiz yashab kelmoqdaman. Menimcha, bu hozirgi zamon kishisi uchun unchalik noodatiy hol emas. Tarkidunyochilikda kechayotgan hayotimning hisobi yo\u02bbq \u2013 bu zohidonalikning daqiqalari, kunlari va oylari cheksiz, chegarasizdir.<\/p>\n<p>O\u02bbzim boshdan kechirgan yolg\u02bbizlik tajribasi haqida yozishga qaror qilar ekanman, bu albatta faqat uni boshqalardan ko\u02bbra yaxshiroq tushunaman degan o\u02bbydan emas. Yolg\u02bbizlik ba\u02bczi odamlar uchungina xos bo\u02bblgan alohida hodisa emas, balki u borliqning asosiy, muqarrar voqeligidir. Men aynan mana shu haqida yozmoqchiman.<\/p>\n<p>Hayotning turli vaziyatlarini \u2013 faqat shon-shuhratga burkangan shavkatli shoirlar shon-u shuhratini emas, sodda qalblarning ulkan baxtsizligini, ko\u02bbchadagi odamlarning nafrat to\u02bblib toshgan ming\u02bbir-ming\u02bbiri, haqoratli koyinishlarini, badgumon qiyofasini kuzata turib, biz hammamiz yolg\u02bbizlikdan azob chekishimizni anglayman. Yolg\u02bbizlik jamiki iztirobimizning yagona manbasi. Mendagi yolg\u02bbizlik hissi mohiyatan boshqalarnikidan ko\u02bbp farqlanmasa-da, u menda o\u02bbta qaqshatqich kechgani bilan ajralib turadi. Demak, men uni hammadan ko\u02bbra yaxshiroq bilaman, shunday ekan bizning asosiy og\u02bbrig\u02bbimiz, azobimiz haqida yozishga eng haqli odamman deb bilyapman o\u02bbzimni. To\u02bbg\u02bbri, bu takabburlik yoki manmanlik bo\u02bblib ko\u02bbrinishi mumkin. Lekin bunday shubhaga borishdan oldin o\u02bbylab ko\u02bbring: uzoq vaqt yolg\u02bbiz yashagan odam takabbur bo\u02bblsa, aqlga to\u02bbg\u02bbri keladimi?! Buning ustiga, shuhratparastlik va manmanlikni yengishning eng yaxshi yo\u02bbli \u2013 yolg\u02bbizlik. Aslida biz \u2013 yolg\u02bbizlar o\u02bbz-o\u02bbziga bo\u02bblgan shubhaning qurbonlarimiz. Mutassil tanholikda yashash norasoligidan uyalish hissini tug\u02bbdiradi, xavotirning shiddatiga dosh berib bo\u02bblmaydigan toshqini mudom ustingga yoprilib kelaveradi, qarovsizliging, e\u02bctibordan olisliging salomatligingni yemirib, o\u02bbzingga bo\u02bblgan ishonchni yakson etadi.<\/p>\n<p>Odam yolg\u02bbiz yashay olishi uchun dilida ruhoniyning komil e\u02bctiqodi yanglig\u02bb Xudoga astoydil ishonchi bo\u02bblishi lozim. Ko\u02bbnglida shunday ishonchi bo\u02bblmagan odamga yolg\u02bbizlik lahzalarini yashab o\u02bbtish nihoyatda og\u02bbir. Men bu dahshatni o\u02bbz boshimdan kechirganim uchun aytyapman. Shunday daqiqalarda birorta tasodifiy so\u02bbz, odatiy voqea ham ham shashtimni susaytirib, qo\u02bblimni falajlar; yuragim tarasha qotgandek dahshatdan siqilib, zaiflikdan larzaga keladigan kulrang titrog\u02bb bilan to\u02bblardi ichim. Istalgan narsa \u2013 hamma narsa yoki hech narsa ham \u2013 masalan yorug\u02bblikdagi oddiy bir soya yoxud avgust kunlaridagi qattiq jazirama, Bruklin ko\u02bbchalarida o\u02bbrmalab yurgan nochor ayanch va yalang\u02bboch majruhlik ko\u02bbnglimni iztirobga solar, tasavvurda o\u02bbtmishning doim takrorlanadigan manzaralari paydo bo\u02bblib, nom-nishonsiz taqdir haqida chidab bo\u02bblmas azob uyg\u02bbotardi. Ba\u02bczida esa borliqning ko\u02bbrimsiz realligi oldidagi qo\u02bbrquv, avtoturargoh maydonlarining g\u02bbarib kimsasizligi, zaminga g\u02bbazab bilan uloqtirib yuborilgan insonning maqsadsiz va sarson kezishlari, biror tanbeh yo dakki, hatto mashinalarning o\u02bbqday vizillab o\u02bbtishi ham yurakdagi ojizlik hissini zo\u02bbraytirib yuborishga turtki bo\u02bblardi. Hatto biror so\u02bbz, biror nigoh, biror ishora bu azobni boshdan kechirishga sabab bo\u02bblishi mumkin. Park-avenyudagi xushbichim, kalandimog\u02bb janob seni barmog\u02bbi bilan nuqib ko\u02bbrsatar ekan, go\u02bbyo \u201cSen hechkimsan\u201d degandek bo\u02bbladi, obro\u02bbli jurnaldagi istehzoga to\u02bbla fikr-mulohazalar ham og\u02bbriq qo\u02bbzg\u02bbaydi. Tanish ayol maktubida notavon va nokerakliging, yozishdan chiqib qolganing bitiladi, bundan o\u02bbzingni hech narsaga arzimas, chorasiz, his-tuyg\u02bbudan mahrum, erishganlari ham sarobga aylangan odamdek his etasan \u2013 qolganlar esa har borada sendan to\u02bbkisu, bekamu ko\u02bbst.<\/p>\n<p>Ba\u02bczan bu og\u02bbriq vaqtida qondirilmagan, endi g\u02bbazabga aylangan istaklarning ko\u02bbngilda uyg\u02bbotgan mubham, ezg\u02bbin kayfiyati ta\u02bcsirida ham paydo bo\u02bblishi mumkin. Kembrijda kechgan qisqa qish kunlari, yakshanbalarda bo\u02bbladigan qizg\u02bbin suhbatlar va o\u02bbsha suhbatlarning birida mening barcha bolalik orzularim puchligini aytishgani, bundan tomirlarimdagi navqiron jo\u02bbshqinlik lahzaga muzlab, yuzimda ojizlikning betaskin iztirobi mart kunining so\u02bbnayotgan yog\u02bbdusi bilan akslangani haqidagi nogahoniy xotira ham yolg\u02bbizlikda juda xavflidir. O\u02bbtgan kunlarning qiyofasi, ob-havosi, manman kimsalarning mazaxona so\u02bbzlarini yodga tushiradigan xotiralar o\u02bblgan nur yanglig\u02bb kunlarimni qorong\u02bbulashtirib, men qachondir o\u02bbzim kashf etgan va chippa-chin ishongan haqiqatlarimni chilparchin qilib tashlardi. Bunday daqiqalarda faqat o\u02bbz hissiyotlaringgina haqiqatligi, olamda boshqa mutlaq haqiqatning o\u02bbzi yo\u02bbqligi, Yer yuzi qalbi yopiq, pushti kuygan tirik murdalar makoniligi va bu manzaraning so\u02bbnayotgan mart shomi ostida, nursiz yakshanbalarda mangu takrorlanishini tushunib yetasan.<\/p>\n<p>Yolg\u02bbiz kimsaning qalbi hamisha og\u02bbir shubha-gumonlar, tushkunlik va sarosima iskanjasida o\u02bbrtanadi, u esa nigohi va aqlidan yashirin qutulish yo\u02bblini topolmay ovvorayi sarson bo\u02bbladi. Na partiya uni qo\u02bbllab yordam bera oladi, na din yupata oladi, umuman anglagan haqiqatlaridan bo\u02bblak biror e\u02bctiqodning o\u02bbzi qolmaydi. Sababi e\u02bctiqod tayanchsiz va taskinsiz qoldirgancha uni tez-tez tark etib, ruhini larzaga keltiradi, holdan toydiradi. Shunda hayot yo\u02bbqlik aro yo\u02bbqlik tomon harakatlanish ekanini tuyadi; haqir va xarobligi, mahkumligiga iymon keltiradi \u2013 unga umidlar va\u02bcda qiladigan xaloskor tong endi hech qachon otmaydi.<\/p>\n<p>Yolg\u02bbiz odam vaqtning ulkan oqimlari ichidan oqib o\u02bbtayotganini sezib turadi. To\u02bbrt tarafida esa yolg\u02bbizlikning sovuq, soqov devori. Bu devorning zilday bosimi yelkalarini ezadi. U yolg\u02bbizlikning shu to\u02bbrt devori ichida hibs etilgan\u2026 hech qayoqqa qochib ketolmaydi. Yo\u02bbqotilgan behisob kunlar va unutilgan yuzlab chehralar yodini yana qayta uyg\u02bbotadigan xotiraning xavfli o\u02bbsmasi ichini yeb bitiradi. Vaqt esa botinidan daryo yanglig\u02bb oqib o\u02bbtaveradi, u bo\u02bblsa katalakdek xonasida mutassil nimanidir kutadi\u2026 kutaveradi\u2026 Uzoqlarda guvillayotgan hayotning bo\u02bbg\u02bbiq ovozini, g\u02bbovurlarini tinglaydi; tinglay turib tushunadiki, taqdir uni unitib qo\u02bbygan, quvvat tark etgan, hayoti esa allaqachon sop bo\u02bblgan. Qismat bu kimsani yolg\u02bbizlik bag\u02bbriga manguga surgun etgan. O\u02bbz yolg\u02bbizligining hibsida o\u02bbtiraverib, noshud odamdek aqli gangigan, sillayi madori qurigan, bor imkonlar ham allaqachon boy berilgan.<\/p>\n<p>Shunday mahzun kunlarning birida unda yana o\u02bbz-o\u02bbzidan, hech qanday sababsiz hayotga ishonch va e\u02bctiqod paydo bo\u02bbladi, tomirlarida jo\u02bbshqinlik mavj uradi. Bu hislar yengib bo\u02bblmas qudrat bilan quyilib keladi, deraza oynasidan yoprilib kirib, dunyosini so\u02bbnmas nur bilan yoritadi. Xotirjamlik, uyg\u02bbunlik hislari uyg\u02bbonib, ko\u02bbngli yana g\u02bbolibona tashnalik bilan ijod sari talpinadi. Uning avvalgi ishonchi boz hamrohiga aylanadi: avval nimani bilgan bo\u02bblsa, hozir ham biladi, u qanday mavjud bo\u02bblgan bo\u02bblsa, hozir ham shundayligicha\u2026<\/p>\n<p>Endi u o\u02bbz haqiqati haqida so\u02bbzlaydi; mayli, butun dunyo og\u02bbzini yopmoqchi bo\u02bblib, \u201cyolg\u02bbon aytyapsan\u201d desin \u2013 baribir o\u02bbz haqiqatini ishonch bilan so\u02bbzlayveradi. Mustahkam ishonchning tantanavor daqiqalarida shuni e\u02bctirof etishim kerakki, men Yolg\u02bbizlikni dunyodagi har qanday odamdan ko\u02bbra yaxshi bilaman va teran his etaman. Uni mening tug\u02bbishgan jigarim deb atamoqqa haqqim bor, axir haqiqatda shundayku!!!<\/p>\n<p>Yolg\u02bbizlikning asl qiyofasini shu qadar tiniq tasvirlashga ahd qilganmanki, toki yozganimni o\u02bbqiganlar Yolg\u02bbizlikka duch kelganda, uni darrov tanib olsinlar.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">II<\/p>\n<p>Inson yolg\u02bbizligi haqidagi eng fojeviy va yorqin ta\u02bcrifni men Iov kitoblarida va falsafiy ruhdagi ekkleziast (1) xutbasida o\u02bbqiganman. Shu o\u02bbrinda teran bir hikmatga e\u02bctibor qaratmoqchiman. To\u02bbg\u02bbri, bu hikmat boshqalarga yolg\u02bbiz qolgan g\u02bbamgin bolakay va borliqning fojeviy mohiyati orasida hech qanday muvofiqlik yo\u02bbqligi kabi ziddiyatli tuyilishi mumkin. Kitobdagi hikmatga ilk marta duch kelganimda o\u02bbzimni yo\u02bbqotib, dilgir bo\u02bblib yurganman. Uning isboti naqadar asosli bo\u02bblmasin, odamni shubhaga solardi. Hikmatning o\u02bbzi esa qoyaday mustahkamki, unga hech qanday putur va inkor zaha yetkazolmaydi. Hikmatdagi haqiqat mening hayotiy qarashlarimdan qat\u02bciy o\u02bbrin olgan. Mana o\u02bbsha hikmatning o\u02bbzi: yolg\u02bbiz odam \u2013 aslida tragik odam. U hamisha, hech og\u02bbishmay, vafodorlarcha hayotni sevgan, xursanchilikni sevgan odamdir. Bunday da\u02bcvo aslo mantiqqa zid emas, zero, bir shartning mavjudligi yana bir boshqa shartning ham mavjudligini taqozo etadi.<\/p>\n<p><em data-redactor-tag=\"em\">[1] Iov kitobi va Ekkleziast xutbasi yahudiylikning qadimgi muqaddas kitobi sanaluvchi Tanaxning uchinchi qismi \u2013 Ktuvim tarkibiga kiradi. Ktuvim falsafiy va axloqiy-ma\u02bcnaviy qarashlar bayoniga bag\u02bbishlangani bilan Kitobning boshqa qismlaridan alohida ajralib turadi<\/em><\/p>\n<p>Inson tragediyasining mohiyati teatr qonunlariga xos bo\u02bblgan konfliktlarda emas, yolg\u02bbizlikda jamlangandir. Aniq bilamanki, buyuk tragik yozuvchilar (men tragediya yozuvchilari haqida gapirmayapman. Ko\u02bbp xalqlarning peshanasiga bitmagan \u2013 jumladan, fransuzlar va rimliklarga ham nasib etmagan (Vergiliy va Rasin bor-yo\u02bbg\u02bbi tragediyaning ulug\u02bb ustalari, xolos) \u2013 tragik yozuvchilar xususida so\u02bbzlayapman. Misol uchun: Iov, Sofokl, Dante, Milton, Svift, Dostoyevskiy) doimo yolg\u02bbiz bo\u02bblgan, ular hayotsevar va baxt qadrini chuqur his qiladiganlardan edi. Shodlikning haqiqiy ma\u02bcnosi va qiymatini faqat ulug\u02bb tragik yozuvchilarning ijodidagina ko\u02bbrish mumkin. Boshqa manbalarda uning haqiqiy va samimiy tasvirini topish dushvor. Isbot sifatida ishonchli bir dalil keltirishni xohlardim.<\/p>\n<p>Bolaligimda Iov kitoblaridagi har qanday fikr mendagi assotsiativ xotirani uyg\u02bbotib yuborar, xotiramga najotsiz va ma\u02bcyus tuyg\u02bbularning, hodisalarning ulkan oqimini boshlab kelardi. Boshqalarda ham shunday hol bo\u02bblganiga iymonim komil. \u201cIovning tasallisi\u201d, \u201cIovning matonati\u201d, \u201cIovning musibati\u201d dagi iboralar bizning hayotimizga shu qadar chuqur singgan ediki, adoqsiz musibatni boshdan kechirayotgan, iztirobini uzoq vaqt jim ichiga yutgan odamlar haqida gap ketsa, beixtiyor o\u02bbsha iboralar yodga kelardi. Bir-birini yetaklab keluvchi bu xayollar xotiramda ustma-ust taxlanib, ko\u02bbz oldimda Iov kitoblarining qayg\u02bbuli, dilni g\u02bbashlaydigan manzarasini paydo qiladi. Biroq kimki bu kitoblarni tajribasi oshib, aqli rasolashgan paytda o\u02bbqisa, bolalikda anglaganidan ko\u02bbra ko\u02bbproq, to\u02bbg\u02bbriroq tasavvurga erishadi.<\/p>\n<p>Iov Kitoblari faqat xazin ohang, qop-qora rangdangina iborat emas. U buyuk poyeziyaning g\u02bboyat barkamol, o\u02bbta hissiy va yorqin namunasi ekanidan tashqari, ko\u02bbngilda mangu g\u02bbamlarning diltortar kuyini uyg\u02bbotishi bilan ham qadrlidir. Mangu g\u02bbamlarning xazin musiqasi mangu quvonchlarning ko\u02bbtarinki kuyi bo\u02bblib mavjlanadi. Bu fikrda hech qanday kitobiylik yo notabiiylik yo\u02bbq, aksincha haqqoniylik va muqarralik mavjud. O\u02bblim va yolg\u02bbizlik hissi, mudom zo\u02bbrayib boruvchi og\u02bbriq, ruhiy qiynoqlarning og\u02bbir yuki inson uchun aslida go\u02bbzal va fojeli, nihoyatda qadrli bir Sevinchdir. Go\u02bbzallik lahzalardagina sodir bo\u02bbladigan g\u02bbanimat hodisa. U seniki bo\u02bblgan onlarning umri nihoyatda qisqa, bir umr yoningda olib qololmaysan. Yo\u02bbqotishlar alami yetaklab kelgan go\u02bbzallikning achchiq zavqqa qorishgan, fojeaning salobati bilan og\u02bbirlashgan lahzalarida asl tragik shoir Quvonch qo\u02bbshig\u02bbini ijod etadi. Go\u02bbzallikni o\u02bbzing bilan mangu olib qololmasangda, go\u02bbzallikdan yaralgan bu qo\u02bbshiqni mangu asrashing mumkin. Quvonch qo\u02bbshig\u02bbI ko\u02bbtarinki emas, aksincha, ma\u02bcyusdir. Chunki baxt degani unga ega chiqqan lahzangdanoq tugaydi. Biroq o\u02bbtkinchi baxt aynan uni barbod qiluvchi ta\u02bcsirdan go\u02bbzallik va ulug\u02bbvorlik yaratadi \u2013 shoirga uning azizligi ham mana shunda.<\/p>\n<p>Tragik shoir asl sevinch g\u02bbamdan, yolg\u02bbizlikdan ko\u02bbrk olishini yaxshi tushunadi, og\u02bbriq qancha taxir bo\u02bblsa, quvonchning yuzi ham shuncha charog\u02bbon. Ko\u02bbngildagi sevinch yo masrurlik hissi hamisha o\u02bblim muqarrarligi, o\u02bblim zulmati bilan birga yashaydi. Baxt ham foniylik va hechlik tuyg\u02bbusi bilan qorishgan. Shu sabab Iov kabi tragik shoir ijod etgan g\u02bbam kuyi alal-oqibat baxt qo\u02bbshig\u02bbi bo\u02bblib jaranglayveradi. Bu qo\u02bbshiq boshqa qo\u02bbshiqlardan ko\u02bbra dilbar va xazin, mash\u02bcum va go\u02bbzaldir.<\/p>\n<p><em data-redactor-tag=\"em\">Senmi arg\u02bbumoqqa kuch bergan?<\/em><br \/>\n<em data-redactor-tag=\"em\">Senmi bo\u02bbynini bo\u02bbron bilan belagan?<\/em><br \/>\n<em data-redactor-tag=\"em\">Senmi uni chigitkaday sakratgan,<\/em><br \/>\n<em data-redactor-tag=\"em\">dahshat bilan burnini pishqirtirgan?<\/em><\/p>\n<p><em data-redactor-tag=\"em\">Adir aro tuyoqlari yer tepadi shiddatkor,<\/em><br \/>\n<em data-redactor-tag=\"em\">Vujuddagi kuch-quvvatdan rohatlanib, shodlanib,<\/em><br \/>\n<em data-redactor-tag=\"em\">Hali qo\u02bbrquv nimaligin bilmasdan,<\/em><br \/>\n<em data-redactor-tag=\"em\">Hali qilich zarblariga bepisand,<\/em><br \/>\n<em data-redactor-tag=\"em\">Janggoh sari shiddat ila talpinar.<\/em><\/p>\n<p><em data-redactor-tag=\"em\">Qarshisida shaqillaydi o\u02bbqdonlar,<\/em><br \/>\n<em data-redactor-tag=\"em\">Yaltillaydi qalqon ila nayzalar.<\/em><br \/>\n<em data-redactor-tag=\"em\">Janggoh aro ko\u02bbtarilgan tuproqni<\/em><br \/>\n<em data-redactor-tag=\"em\">Ichga yutar g\u02bbazabu shiddat bilan.<\/em><br \/>\n<em data-redactor-tag=\"em\">Jangsurnaylar sasi aro,<\/em><br \/>\n<em data-redactor-tag=\"em\">Lashkarboshi hayqirig\u02bbi,<\/em><br \/>\n<em data-redactor-tag=\"em\">Qo\u02bbshin urhosi aro<\/em><br \/>\n<em>Shiddat bilan battar olg\u02bba talpinar\u2026<\/em> (Xurshid Davron tarjimasi)<\/p>\n<p>Bu quvonch ham shavq bilan to\u02bblib toshgan, ham yurakni o\u02bbrtaydigan quvonchdir. U o\u02bbzida shikastanafas, mo\u02bbmin odamning ulkan borliq oldidagi tavozesini, hayrat va qo\u02bbrquvini ifoda etadi. Dahshatli ingroq o\u02bbsha taqvodor odamning lablaridan sirqirab chiqar ekan, biz hozir o\u02bbqigan satrlarga aylanadi. She\u02bcrni qiroat qilar ekanmiz, ichimizda yakkash va g\u02bbalat, yovvoyi va motamzada sevinchni his etamiz. Bu sevinch o\u02bblimga o\u02bbxshab ketadi. Biroq u Teokrit va Xerrik kabi buyuk shoirlar kuylagan sevinchdan ko\u02bbra balandroq va nafisroqdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">III<\/p>\n<p>Iov Kitoblari, shuningdek, Ekkleziast xutbasi \u2013 har biri o\u02bbz holicha insoniyat yolg\u02bbizligi tarixining ulug\u02bb yodgorligi sifatida namoyon bo\u02bbladi. Umuman, eski Ahdning barcha kitoblari inson yolg\u02bbizligi tatqiq etilgan teran va mukammal asarlar tajassumidir. Ularda yolg\u02bbizlik tushunchasi deyarli bir xil ta\u02bcrif etiladi. Ushbu muqaddas kitoblar, shuningdek, diniy qasidalar, munojatlar, ash\u02bcor va karomatlar, solnomalar qatidagi rang-barang va shaxsiy kechinmalar har biri o\u02bbz holicha yolg\u02bbiz qalbning turli asrorlarini kashf etadi. Kashf etilgan asrorlarning birikuvidan yolg\u02bbizlikning umumiy polotnosi paydo bo\u02bbladi.<\/p>\n<p>Qadimgi Ahdda ifodalangan yolg\u02bbizlik g\u02bboyasining qamrovi juda keng. Bu qamrov mohiyatini Yangi Ahdnni o\u02bbqigach, yanada ko\u02bbproq tushunish mumkin. Eski Ahd borliq yolg\u02bbizligining solnomasi bo\u02bblsa, Yangi Ahd hayotga muhabbat xabari bo\u02bblib akslanadi. Mana qarang, Iso ming marta, ming xil uslub bilan faqat bir gapni takrorlaydi : \u201cMen \u2013 o\u02bbz Otamning o\u02bbg\u02bbliman, sizning barchangiz \u2013 birodarlarimsiz!\u201d Bunday birodarlik yer yuzini bir oilaga aylantiradi, barcha odamlar \u2013 yaratganning bolalaridir, demakdir bu. Ushbu da\u02bcvatda insonlarga nisbatan muhabbat yashirin.<\/p>\n<p>Isoning bosh maqsadi \u2013 yolg\u02bbizlik dunyosini tag-tugi bilan barbod qilish, insonlararo uyg\u02bbunlikka erishish bo\u02bblib, uyg\u02bbunlikning asosi muhabbat bo\u02bblishi kerak edi. Iso \u201cFaqirlar mas\u02bcuddirlar, zero ularga raxmat bor\u201d, \u201cKo\u02bbzi yoshlilar mas\u02bcuddirlar, zero ularga xursandchilik bor\u201d, \u201cMarhamatlilar mas\u02bcuddirlar, zero ularga avf bor\u201d deganida azob tortishni, tavoze va shafqat ko\u02bbrsatishni olqishlashni emas, oliyhimmat kimsalarga mukofot borligi haqidagi xabarni yetkazishni niyat qilgan. Mazkur yo\u02bbnalish Iso ta\u02bclimotining asosidir. Chuqurroq razm solsak, bu ta\u02bclimot mohiyati yolgi\u02bczlik dunyosi istalgan daqiqada muhabbat dunyosi ustidan g\u02bbalaba qilishi mumkinligini nazarda tutadi. Tanholikda kechgan so\u02bbnngi yillarimda men Iso pandlarini va ularning nozil bo\u02bblishi sabablarini qayta-qayta o\u02bbqib chiqdim. Ilinjim \u2013 ular orqali o\u02bbzimga hayotiy yo\u02bbl, ibrat, maslak topish edi. Shubhasiz, men taqvodorlik vajidan, yo vaqt o\u02bbtkazishu, gunohlarimga tavba qilish, samoviy marhamatga erishish uchun takror-takror o\u02bbqiganim yo\u02bbq. Men Iso pandlariga ham boshqalarni qanday o\u02bbqisam \u2013 masalan, Gomer, Jon Donn, Uolt Uitmen yoki ekkleziast muallifini \u2013 xuddi shunday yondashdim. Tirg\u02bbalmasdan, yengil o\u02bbqib chiqdim. Biroq ulardan men topgan ma\u02bcno unchalik ham chuqur emas; va\u02bczlardagi mohiyat, nazarimda, bachkana, o\u02bbta jo\u02bbn edi. Shaksiz, mendagi tasavvur millionlab odamlarning bu haqdagi tasavvuridan farq qilmaydi. Qolaversa, nimani ko\u02bbrgan, qanday his qilgan bo\u02bblsam, shuni tasvirlayapmanki, bunda hech qanday qo\u02bbshib-chatish yo mubolag\u02bba mavjud emas.<\/p>\n<p>Iso hayotining mohiyati menikidan ko\u02bbp karra a\u02bclo ekanini anglagan holda aytishim kerakki, men unga ergasholmayman. Yolg\u02bbiz odam hamisha nom-nishonsiz, umidsiz, ruhan xarob; bu olamning yashirin atomi kabidir \u2013 xuddi Iov, Everyman (2), Sviftday. Men yolg\u02bbiz odamni shunday tasavvur etaman va shunday anglayman. Iso muhabbat ta\u02bclimoti asoschisi bo\u02bblsada, bilamanki, u ham xuddi bizday yolg\u02bbiz bo\u02bblgan. Men bu bilan u birodarlik va sevgi g\u02bboyasini olg\u02bba surib xato qilgan demoqchi emasman, u butun umr yolg\u02bbizlikda yashagani va yolg\u02bbizlikda halok bo\u02bblganini aytmoqchiman. Millionlab odamlar unga muxlislik da\u02bcvo qilsa-da, baribir, ta\u02bclimotiga ergasha olishmaydi. Men ham Isoning yo\u02bblini o\u02bbzimniki deb qabul qilolmayman. Zero, hayotning mohiyati muhabbatda emas, yolg\u02bbizlikdadir. Axir muhabbat o\u02bbz mazmuni bo\u02bbyicha biz yashayotgan dunyo iqlimiga mos tushmaydi. U bir noyob va nozik gul. Goh-goh gul ifori bizni sarmast qilib, umidimizni ruhlantiradi, yolg\u02bbizlikning qalin va qora devoridan tirqish yasab, tor xonamizga bostirib kiradida, birodarona kayfiyatga, yakdilikka chorlaydi. Gohida esa muhabbatdan topganing faqat ozor va azob, og\u02bbriq va zavol bo\u02bbladi. Muhabbat ko\u02bbngilni chilparchin qilib, oxir-oqibat savdoyiga aylantirishi ham hech gapmas. Muhabbat nima uchun qalbimizga tashrif buyurmoqda \u2013 hayot yo o\u02bblim uchunmi, baxt yo baxtsizlik uchunmi? ; nimani in\u02bcom etadi \u2013 muzaffariyat yo mahrumiyatnimi \u2013 afsuski, yer yuzidagi insonlarning hech biri buni oldindan aytib berolmaydi. Biroq bir narsa aniq: barchasining yakunida, mangu yakunda biz chorasiz, bevatan, bemakon va benavo kimsalarni muqarrar Yolg\u02bbizlik kutadi. U sodiq do\u02bbst misol horg\u02bbin va xayrixohona qiyofasi bilan bizga peshvoz chiqadi.<\/p>\n<p><em data-redactor-tag=\"em\">[1] XV asrga mansub ingliz pyesalaridagi allegorik obraz<\/em><\/p>\n<p>Va yana\u2026 vaqt o\u02bbtib hammasi qayta takrorlanadi: yolg\u02bbizlikda kechgan kunlar mavh bo\u02bbladi, beruh yuzimizga yana hayot nuqsi qaytadi, dovdirlik qat\u02bciyat bilan joy almashadi. Yoshlik ishonchini, ehtiros va ishtiyoqlarini, vujudidagi talantni o\u02bblimning g\u02bbamhin ruhini asrash uchun qurbon qilganlar \u2013 garchi buning evaziga ko\u02bbngilning butkul vayronligiyu, iste\u02bcdodning zavoli bilan qolganlariga qaramasdan \u2013 yolg\u02bbizlikning dardchil tunlarida mutassil kurashlar bilan yana jo\u02bbshqin hayot ruhini umidsizlik qo\u02bblidan tortib oladilar. Avval nimaga ega bo\u02bblgan bo\u02bblsak, ularning bari yana o\u02bbzimizga qaytadi. Ko\u02bbz ochib qop-qora atrofni emas, charog\u02bbon shaharning ko\u02bbzni qamashtiradigan nurlarini ko\u02bbramiz. Tunlari piyoda sayr qilib, ko\u02bbprikdan o\u02bbtib borarkanmiz, ko\u02bbz oldimizda yastanib yotgan nur oqimi beixtiyor aqlimizni oladi. Bu oqim eshilib-buralib o\u02bbzini har ko\u02bbyga solarkan, ko\u02bbprik ostidan ulkan kemalarning daf\u02bcatan seskantiradigan chinqirig\u02bbi eshitiladi. Biz esa ko\u02bbprik bo\u02bbylab boraveramiz \u2013 sokin va yolg\u02bbiz; beiltifot hamroh, hech qachon tashlab ketmaydigan va har doim jim tinglaydigan sodiq do\u02bbst biz bilan birga. Yolg\u02bbizlik bizning mangu yo\u02bbldoshimizdir. Mana, tinglang, yolg\u02bbizlik qasidasi:<\/p>\n<p>\u201cYolg\u02bbizlik abadiy, shu bilan birga o\u02bbtkinchidir. Ay, dog\u02bbuli og\u02bbajon! Sen bor ekansan, men nimadan qo\u02bbrqaman?! Ay, tun va zulmatning boqiy qiyofasi! Umrining yarmini sen bilan o\u02bbtkazgan, so\u02bbnggi kunigacha faqat sengagina iymon keltirib yashagan inson qalbiga nima ham vahm solsin?! Ay, botirim! Kun-tunimning tutingan inisi! \u2013 biz sen bilan ne-ne yo\u02bbllarni kechmadik? Darg\u02bbazab tun yo\u02bbllarida yugurgan ham, quturgan dengiz bo\u02bbyida kezgan ham, olamning kashfsiz yerlarigacha borib, Tun qit\u02bcasi uzra sang\u02bbigan, Yer sukutiga jim quloq bergan ham biz! O\u02bbzing ayt, og\u02bbayni, shunday bo\u02bblgach biz bilan sen haqiqatda dovyurak va botir emasmizmi? Shon-shavkatga arzimaymizmi? Hayotning bor quvonch va baxtini, g\u02bbalabasini birga boshdan kechirmadikmi?! Nahotki, sen meni tark etsang, nahotki men bilan birga qolmasang?! YO\u02bbq, og\u02bbajon, qayt! Uzun tunlarda yana yo\u02bbqlab kel meni! Zulmatning dog\u02bbuli va bezabon qalbi bilan qalbimga tashrif buyur. Qayt do\u02bbstim, o\u02bbtgan kunlarning beqiyos kuchini, so\u02bbnmas umidini, huzurbaxsh quvonchini olib kel! Va yana olamni zabt etishimizga yetadigan ishonchni ham! Qayt!\u201d<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em data-redactor-tag=\"em\">Rus tilidan Tillaniso Eshboyeva tarjimasi<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TOMAS VULF I Mening hayotim boshqalarnikiga qaraganda ko\u02bbproq yolg\u02bbizlik va sargardonlik ichida o\u02bbtgan. Nega shunday bo\u02bbldi \u2013 buni aytish qiyin, ammo shunday bo\u02bbldi \u2013 tamom vassalom. O\u02bbn besh yoshimdan beri, oradagi bir muddatlik tanaffusni hisobga olmasa, men yolg\u02bbiz yashab kelmoqdaman. Menimcha, bu hozirgi zamon kishisi uchun unchalik noodatiy hol emas. Tarkidunyochilikda kechayotgan hayotimning hisobi yo\u02bbq [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":374,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[30,22],"tags":[54,60,61,59,62],"class_list":{"0":"post-373","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-muharrir-tanlovi","8":"category-psixologik","9":"tag-esse","10":"tag-psixologik-esse","11":"tag-tillaniso","12":"tag-tomas-vulf","13":"tag-yolgizlik"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/373","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=373"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/373\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":375,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/373\/revisions\/375"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/374"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=373"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=373"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=373"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}