{"id":369,"date":"2025-08-01T07:18:59","date_gmt":"2025-08-01T07:18:59","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=369"},"modified":"2025-08-01T07:21:59","modified_gmt":"2025-08-01T07:21:59","slug":"hayotning-yozuvchilik-falsafasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=369","title":{"rendered":"Hayotning yozuvchilik falsafasi"},"content":{"rendered":"<h4 style=\"text-align: right;\">JEK LONDON<\/h4>\n<p>Umrining so\u2019ngiga qadar yengil-yelpi yozilgan bitiklarni yetkazib berishni o\u2019ziga kasb qilib olgan adabiy \u201ckosib\u201d yaxshisi, ushbu maqolani o\u2019qimay qo\u2019ya qolsin: vaqtini behuda sarflab, kayfiyatini buzgani qoladi, xolos. Maqola qo\u2019lyozmani qanday joylashtirish, materialni qanday ishlash haqidagi maslahatlar, muharrir qalami \u201cinjiqliklari\u201d tahlili hamda ravishu sifatlarning azaldan qolgan makru hiylalari borasidagi \u201ctanbehlari\u201ddan xoli. Tuzalmas chobukqalamlar, maqola sizlar uchun yozilmagan! Maqola yuksak maqsadlari bo\u2019lgan (mayli, hozircha u o\u2019rtamiyona mahsulot yetkazib berib turgan bo\u2019lsin), chinakam san\u2019atga intilayotgan hamda qishloq xo\u2019jaligi gazetalari yoki \u201coilaviy\u201d jurnallarga ortiq qatnamaydigan zamonlar kelishini orzulayotgan yozuvchiga bag\u2019ishlangan.<\/p>\n<p>Qadrdon janob yoki xonim, siz tanlagan sohada qanday qilib mashhurlikka erishish mumkin? Daholik bilanmi? E, yo\u2019q, siz daho emassiz-ku. Basharti daho bo\u2019lganingizda, ushbu satrlarni o\u2019qib o\u2019tirmagan bo\u2019lardingiz. Daho barcha kishanlaru bid\u2019atlarni bir chetga surib qo\u2019yadi, uni na jilovlab, na bo\u2019ysundirib bo\u2019ladi. Daho, raraavis , sizu bizga o\u2019xshab, qachon qarama, yallo qilib yurmaydi. Lekin bu holatda siz iqtidorlimisiz? Ha, albatta, hamma gap yashirin imkoniyatda. Yo\u2019rgakda yotgan Herkulesning mushaklari nimjon edi. Sizning holatingizda ham xuddi shu: iqtidoringiz to\u2019la-to\u2019kis shakllanmagan. Agar u yetarlicha ozuqa olib, tarbiyalanlanganda, ushbu maqolani o\u2019qib, vaqtingizni zoe ketkazmasdingiz. Magarki, iqtidoringiz kamolotga yetganligiga ishonchingiz komil bo\u2019lsa, to\u2019xtang, ortiq bularni o\u2019qimang! Biroq kamolot pog\u2019onasiga yetmagan deb hisoblasangiz, u holda sizning fikringizcha, qay tarzda u kamolot cho\u2019qqisini zabt eta oladi?<\/p>\n<p>Ayricha, deb javob berasiz o\u2019ylab o\u2019tirmasdan, so\u2019ng qo\u2019shib ham qo\u2019yasiz: o\u2019ziga xoslikni muntazam rivojlantirgan holda. Juda soz. Ammo gap bunda emas \u2013 buni, hatto yosh bola ham biladi \u2013 hamma gap qanday qilib ayricha bo\u2019lishda. Qanday qilib o\u2019quvchida asarlaringizga ishtiyoqmandlik uyg\u2019otish, noshirlarni esa yozganlaringizning payiga tushirish mumkin? Kimningdir izidan borib, o\u2019zga originallikning nurlarini taratib original bo\u2019lish mumkin emas. Axir Valter Skott va Dikkens, Edgar Po va Longfello, Jorj Eliot va Xemfri Uord xonim, Stivenson va Kipling, Entoni Xoup, Meri Korelli, Stiven Kreyn va boshqa ko\u2019plab yozuvchilar uchun \u2013 ro\u2019yxatni to\u2019xtovsiz davom ettirish mumkin \u2013 kimdir yo\u2019l ko\u2019rsatib turmagan. Hozirgacha noshirlar va o\u2019quvchilar ularning kitoblarini ayyuhannos solib talab qilib yotishibdi. Ular originallikka erishib bo\u2019lganlar. Qanday deysizmi? Yengil esgan epkinga ham g\u2019irillab aylanadigan flyugerga o\u2019xshamaganliklari tufayli ular shu darajaga erishganlar. Ular ham alal-oqibat omadsizlar qatorida e\u2019tirof etila boshlashgan. Ammo ularni omadsizlardan bir jihat ajratib turgan: ular o\u2019zgalar qo\u2019lidan o\u2019tgan materiallardan voz kechib, asl manbaga murojaat etishgan. Ular o\u2019zgalar xulosasiga, o\u2019zga ishonchli fikrlarga ham shubha bilan qarashgan. Ishga ular mualliflik huquqidan ko\u2019ra muhimroq bo\u2019lmish o\u2019z tiynatlarini muhrlashgan. Dunyo va uning an\u2019analaridan (boshqacha aytganda \u2013 bashariyat madaniyati va bilimidan) shaxsiy hayot falsafasi uchun zarur material yaratish, ilk manba sifatida foydalanishgan.<\/p>\n<p>\u201cHayot falsafasi\u201d jumlasiga keladigan bo\u2019lsak, u aniq bir qolipga sig\u2019maydi. Avvalo, hayot falsafasi alohida masalalarni hal etmaydi. U nuqul o\u2019tgan va kelajak qalb jafolari, jinslar uchun turli yoki umumiy ahloq kodeksi, ayollarning iqtisodiy erkinligi, egallangan xususiyatlarni meros qilib olish imkoniyati, spirtli ichimliklarga bo\u2019lgan munosabat va h.k. va h.k. masalalarga diqqat qaratib o\u2019tirmaydi. Lekin shunday esa-da, u shu masalalar, qolaversa, hayot yo\u2019lida shubhasiz, uchraydigan jarligu g\u2019ovlarni ham chetlab o\u2019tmaydi \u2013 bu real hayotdan uzoq, mavhum emas, har kungi hayot falsafasidir.<\/p>\n<p>Bunday falsafa har bir muvaffaqqiyatga erishgan yozuvchida bo\u2019lgan. O\u2019sha yozuvchida voqea-hodisalarga o\u2019zining xolis nuqtai nazari, mezoni mavjud. Bu falsafaga tayangan holda u xarakterlar yaratadi va u yoki bu darajada umumiy xulosalar chiqaradi. Bu falsafa sharofati ila uning asarlari haqqoniy, jarangdor chiqadi, odamlar eshitishni istagan yangi yaratiqlarni kashf etadi. Bu uning asl, chiylanmagan, allaqachonlar boshidan kechirgan haqiqatidir.<\/p>\n<p>Xato qilishdan qo\u2019rqmang. Bunday falsafaga ega bo\u2019lish o\u2019zingni butunlay didaktikaga bo\u2019ysundirish degani emas. Har qanday bahona sabab o\u2019z nuqtai nazarini bildirish pand-nasihat romanlari bilan ommani ranjitishga vaj-karson bo\u2019lolmaydi, garchi buni taqiqlab bo\u2019lmasa-da. Qayd etib o\u2019tish kerakki, bu yozuvchilik falsafasi kamdan-kam hollarda o\u2019quvchini biron masalani u yoki bu tomondan hal etishga og\u2019dirish istagida paydo bo\u2019ladi. Ba\u2019zi bir yirik yozuvchilargina ochiqchasiga didaktik yozishgan, ayni vaqtda ba\u2019zilar, masalan, dangal va nafosatli yozgan Robert Luis Stivenson, o\u2019zini butunlay ijodda namoyon etarkan, pand-nasihatga shama qilishdan qochgan. Ko\u2019pchilik o\u2019zining falsafasidan maxfiy qurol sifatida foydalangan. Uning yordamida barchasini o\u2019ziga singdirgan tugal asarda o\u2019sha falsafa tashqariga chiqib ketmasligi uchun ham fikr, ham syujet, ham xarakterni ifodalashgan.<\/p>\n<p>Bunday ishchi falsafa yozuvchiga yozganlarini nafaqat o\u2019ziga singdirishiga imkoniyat berishini, balki uning ko\u2019magida asarlari ko\u2019rib chiqilib, baholanganligini, yozuvchining \u201cmen\u201di orqali singdirilganligini anglash zarur. Yuqorida aytilgan gaplar buyuk zakiylar, mashhur uchlik \u2013 Shekspir, Gyote, Balzaklar misolida yorqin namoyon bo\u2019ladi. Ularning har biri shu darajada mustaqilki, hatto uchalasini taqqoslab ham bo\u2019lmaydi. Har biri o\u2019z omborxonasidan, o\u2019z falsafasidan foydalangan. Shunga muvofiq, o\u2019zlarining oliy maqsadlari bilan asarlar yaratishgan. Yoshliklarida, balki boshqa bolalardan ajralib turishmagandir, shunga qaramasdan, tengdoshlari o\u2019zlashtirolmaganlarni o\u2019zlashtirib olganlar. Aynan dunyoga aytish kerak bo\u2019lgan narsani o\u2019zlashtirishgan.<\/p>\n<p>Xo\u2019sh, siz-chi, yosh yozuvchi, aytishga biron gapingiz bormi? Agar bo\u2019lsa, gapirishga yoki yozishga nima halal beryapti? Basharti, insonlar tinglashni istagan g\u2019oyalarni rivojlantira olarkansiz, ularni qanday o\u2019ylasangiz, shunday ifoda eting. Agar siz toza va ravshan fikrlasangiz, yozgan asaringiz-da bebaho bo\u2019lur. Binobarin, bayoningiz qiziqarsiz bo\u2019lsa, demak, fikringiz qiziqarli emas, agar bayoningiz chegaralansa, demak, o\u2019zingiz chegaralangansiz. Agar g\u2019oyalaringiz aralash-quralash bo\u2019lsa, bayoningiz qayoqdan ham ravshan bo\u2019lsin? Agar bilimlaringiz taqchil, betartib bo\u2019lsa, bayoningiz erkin va mantiqiy bo\u2019la oladimi? Pishiq-puxta asossiz, ishchi-falsafasiz xaosdan tartib yasab bo\u2019ladimi? To\u2019g\u2019ri anglab, kelajakni ko\u2019ra bilish mumkinmi? Sizning zarradek bilimlaringizni o\u2019lchab, qiymatini aniqlab bo\u2019ladimi? Busiz, ya\u2019ni shaxsiy falsafasiz o\u2019zligingizcha qola olasizmi? Hayot tashvishlari bilan yelib-yuguraverib tinka-madori qurigan odamlarga nedir bir ko\u2019ngil taskini beroldingizmi?<\/p>\n<p>Bunday falsafani yagona yo\u2019l bilan \u2013 bilimlar xazinasidan, jahon madaniyatidan olingan materiallarni shakllantirish, izlanish yo\u2019li bilan ishlab chiqish mumkin. Qozon tagida biqirlab qaynayotgan kuch-quvvatni bilmay turib, bug\u2019 pufakchalari haqida nimani bilasiz o\u2019zi? Musavvir tarix va mifologiyani tasavvur etmay, yaratayotgan siymosining ishonch-e\u2019tiqodini, orzu-xayollarini, his-tuyg\u2019ularini, mehr-muhabbatini, umidlarini, qo\u2019rqinchlarini tushunmay-anglamay turib, \u201cEcceHomo\u201dni chiza olarmidi?! Bastakor qadim german eposini bilmay turib, \u201cVal`kiriya parvozi\u201dni yarata oladimi? Siz ongli ravishda hayotning yuziga tik qarashni o\u2019rganishingiz kerak. U yoki bu harakatning tabiati va fursatini bilish uchun Jon Braunni dorga, Iso Masihni Golgo\u2019taga boshlab borgan buyuk g\u2019oyalarni uyg\u2019otuvchi, shaxs va ommani harakatga keltiruvchi sabab-boislarni anglash lozim. Yozuvchi degani hayot sur\u2019ati bilan tengma-teng yurishi kerak, ana shunda hayotning o\u2019zi unga ishchi, qaysiki, yozuvchi uning yordamida dunyoga hayotni baholab, tarozi pallasiga qo\u2019yib, taqqoslab, tushuntirib beradigan falsafani hadya etadi.<\/p>\n<p>Tarix, biologiya, evolyutsiya ta\u2019limoti, etika va fanning boshqa ming bir sohasidan nimalarni bilasiz? \u201cLekin, \u2013 deya e\u2019tiroz bildirasiz, \u2013 bularning barchasi menga roman yoki doston yozishimga qay yo\u2019sinda yordam berishi mumkin?\u201d Baribir bu sizga yordam beradi. To\u2019g\u2019ridan-to\u2019g\u2019ri emas, bilvosita ta\u2019sir ko\u2019rsatadi. Bilimlar dunyoqarashingizni oshiradi, saviyangizni ko\u2019taradi, faoliyatingiz doirasini kengaytiradi. Ular sizda original fikrlar uyg\u2019otadigan falsafa bilan qurollantiradi.<\/p>\n<p>\u201cBiroq bu ulkan vazifa, \u2013 deb e\u2019tiroz bildirasiz. \u2013 Bunga vaqtim yo\u2019q\u201d. Biroq bosh-qalarni uning ulkanligi cho\u2019chitmadi-ku. Ixtiyoringizda hali qancha yillar bor. To\u2019g\u2019ri, hamma narsani bilavermaysiz, lekin qancha ko\u2019p bilim olsangiz, shunga yarasha yozuvchilik mahoratingiz ham oshib boraveradi, yaqinlaringizga bo\u2019lgan ta\u2019siringiz ham oshadi. Vaqt! Vaqt yetishmasligi haqida gap ketganda, uni to\u2019g\u2019ri sarflay olmaslikni nazarda tutishadi. Mutolaa qilishni o\u2019rgandingizmi? Hikoya yozish san\u2019atini o\u2019rganaman yoki tanqidchilik iqtidorimni chiniqtiraman, deb yil davomida nechta sayoz hikoya va romanlarni yutoqib o\u2019qiysiz? Boshidan oxirigacha qancha jurnallarni o\u2019qidingiz? Esiz, sizning shuncha qimmatli vaqtingiz, siz uni bekorga havoga sovuryapsiz, axir uni ortga qaytarib bo\u2019lmaydi-ku! Mutolaa uchun sinchiklab material tanlashni, asosiy mag\u2019zini \u201cyulib olib\u201d, ko\u2019z yugurtirib o\u2019qishni o\u2019rganing. Siz e\u2019lonlarga qo\u2019shib har kungi gazetalarni ipidan ignasigacha o\u2019qib chiqadigan keksalarning siqib suvi ichilgan aql-idroki ustidan kulasiz. Ammo o\u2019zingizning bir dunyo behuda urinishlaringiz zamonaviy adabiyotning sersuv oqimiga qarama-qarshi turgan holda nochor bo\u2019lib qolmayaptimikin? Lekin baribir mana shu oqimdan o\u2019zingizni olib qochmaysiz. Eng yaxshisini, eng sarasini o\u2019qing. Boshlab qo\u2019ygan hikoyangizni o\u2019qimay, chala tashlab qo\u2019yishdan cho\u2019chimang. Yodingizda tuting, avvalo, siz yozuvchisiz. Doimo yodingizda bo\u2019lsinki, o\u2019zgalar ijodini o\u2019qish bilan siz ularni chiylaysiz, xolos, o\u2019zingiz esa hech vaqo haqida yozolmaysiz. Vaqt! Agar vaqt topolmasangiz, inoningki, olam-jahon ham sizni tinglashga vaqt topolmaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em><strong>Saidjalol SAIDMURODOV tarjimasi<\/strong><\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>JEK LONDON Umrining so\u2019ngiga qadar yengil-yelpi yozilgan bitiklarni yetkazib berishni o\u2019ziga kasb qilib olgan adabiy \u201ckosib\u201d yaxshisi, ushbu maqolani o\u2019qimay qo\u2019ya qolsin: vaqtini behuda sarflab, kayfiyatini buzgani qoladi, xolos. Maqola qo\u2019lyozmani qanday joylashtirish, materialni qanday ishlash haqidagi maslahatlar, muharrir qalami \u201cinjiqliklari\u201d tahlili hamda ravishu sifatlarning azaldan qolgan makru hiylalari borasidagi \u201ctanbehlari\u201ddan xoli. Tuzalmas chobukqalamlar, maqola [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":370,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[24,30],"tags":[54,55,53,57],"class_list":{"0":"post-369","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-adabiy-esse","8":"category-muharrir-tanlovi","9":"tag-esse","10":"tag-esselar-uz","11":"tag-jek-london","12":"tag-yozuvchi"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/369","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=369"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/369\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":372,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/369\/revisions\/372"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/370"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=369"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=369"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=369"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}