{"id":365,"date":"2025-07-15T16:00:46","date_gmt":"2025-07-15T16:00:46","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=365"},"modified":"2025-07-15T16:00:46","modified_gmt":"2025-07-15T16:00:46","slug":"daraxtga-aylangan-odam","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=365","title":{"rendered":"Daraxtga aylangan odam"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>Sevara ALIJONOVA<\/strong><\/p>\n<p>Shoirning tavallud kuni. Uning endi oramizda yo\u2018qligini eslatib yubordi. O\u2018sha mash\u2019um xabarni eshitganimdagi titroqni qayta vujudga soldi. Salkam bir yildan buyon miyamda g\u2018ujg\u2018on aylanayotgan alg\u2018ov-dalg\u2018ov hislarimning jilovini qo\u2018lga tutqazdi. Qog\u2018ozu qalamga yaqinlasholmay qolgan qo\u2018limga kuch berdi. Shoirni she\u2019rlaridan qidirdim. Kamtar-qamsuqum, madhiyabozligu xushomadni bilmaydigan, o\u2018zining kimligini-da atrofga ko\u2018z-ko\u2018zlamay, yurakka she\u2019rlari bilangina kirib boradigan shoir qoldimikan, degan o\u2018yga toldim. Bordir. Qurib ketmagandir. Ammo Usmon Qo\u2018chqor she\u2019riyati, samimiyati necha ko\u2018ngillar qatori meni-da cho\u2018llatib, quritib qo\u2018ygani yo\u2018q. She\u2019rlari tilga quyilib-quyilib kelayotir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Tinmay oqayotgan<\/p>\n<p>nima bu o\u2018zi \u2013<\/p>\n<p>Daryomi,<\/p>\n<p>umrmi,<\/p>\n<p>ko\u2018zyoshmi \u2013 nadir?<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bilmadim. Shoirning bu so\u2018rog\u2018iga ayni dam javob bermoqqa ojizman. Balki tinmay oqayotgani ustozi, otasiday yaqin bilgan kishisini yo\u2018qotgan kimsaning unsiz faryodidir?.. 098Esimda. Talabalik davrimda o\u2018zining sehrli dunyosiga chorlagan \u201cJahon adabiyoti\u201dga ilk bor kelganim. Otalarcha mehr bilan kutib olgan inson \u2013 shoirning o\u2018zlari edi. Rizq-nasiba qo\u2018shilib, orzu armonga aylanmay, bir muddat bu muqaddas dargohda ishladim, o\u2018rgandim. Tahrir, tarjima san\u2019atidangina emas, hayot maktabidan ham ilk muallimim \u201cJahon adabiyoti\u201d bo\u2018ldi. Hamkasblik yorlig\u2018i yopishtirilib, nuqul ishdan so\u2018zlovchi biz sho\u2018rliklarga shoirni kashf qilishga, borida qadriga yetishga vaqt topilgan deysizmi? Yo\u2018q. Usmon Qo\u2018chqor-chi? Hammasiga ulgurgan. Biz havaskorlarga muxlislik qilib, \u201cYangi asaringizni qachon o\u2018qiymiz endi?\u201d deguvchi edi. Iymanibmi, tortinibmi yo \u201carzandalik kasali\u201dga chalinibmi, ustozning o\u2018ziga hech shu savolni bermabman. Axir, ko\u2018rga hassa bo\u2018lib, shoirning she\u2019rlari \u201cKitob dunyosi\u201d sahifalarini yoritib chiqmagunicha, hamkasb nazari bilan qarab yuraverganman-da. Yildan-yil go\u2018zallashib borayotgan shoir she\u2019riyati suyunishdan ko\u2018ra uyalish hissi bilan yuzimni o\u2018n chandon qizartirardi. Sokin oqqan dengizda po\u2018rtana turgandek edi. Balki quyidagi she\u2019rini biz kabi havasmandlarga atab yozgan bo\u2018lsa, ne ajab:<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Sen doim qaygadir shoshib yashaysan,<\/p>\n<p>Qalbingda bir dunyo orzu va umid.<\/p>\n<p>Bahor daryosiday toshib yashaysan,<\/p>\n<p>Men esa daraxtday saqlayman sukut.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>\u201cShoirning ham sukut saqlaydigani bo\u2018larkanmi?\u201d, o\u2018ylayman o\u2018zimcha. Saqlay-saqlay butun sukunatini, ichidagi g\u2018am-anduh, nafratiyu sevgisi \u2013 bari-barini \u201clop\u201d etib oshkor etadigan ham shoir emasmi, axir? Shu misralaridan ham shoirning ko\u2018nglini, allanechuk dardini anglagandek bo\u2018laman. Ammo baribir Usmon Qo\u2018chqorning chindan sukut saqlay olishiga ko\u2018p bora guvoh bo\u2018lganman. Ozarbayjon madaniyat markazining har tadbirida baholi qudrat qatnashardi. Ana shunday tadbirlarning birida yig\u2018ilganlarning ortida, panada, ko\u2018zdan nari turibdi. Taniganlar qo\u2018l berib so\u2018rashgach, o\u2018z o\u2018rinlarini bilib, to\u2018rdan joy qidirish bilan band. Ozar adabiyotini o\u2018zbek kitobxoniga tanishtirishda ko\u2018p xizmati singgan taniqli tarjimon esa tadbir yakuniga qadar joyidan jilmay, maroq bilan kuzatib, sinchkovlik ila tinglab, jimgina iziga qaytdi. O\u2018sha uchrashuvdan ko\u2018p o\u2018tmay, O\u2018zbekiston milliy kutubxonasi katta zalida ozarbayjonlik taniqli adib va dramaturg Yunus O\u2018g\u2018uzning \u201cMalika va jodugar\u201d asari taqdimoti bo\u2018lib o\u2018tdi. Tarjimon \u2013 Usmon Qo\u2018chqor. Tadbirda Yunus O\u2018g\u2018uzning o\u2018zi ham ishtirok etdi. Muallifning ham, tarjimonning ham sha\u2019niga iliq gaplar aytildi, o\u2018rni kelganda tanqid toshlari bilan ham siylandi. Usmon Qo\u2018chqorda na xursandchilik, na xafalik alomati seziladi. Kamchiliklarini diqqat bilan tingladi-yu, \u201cto\u2018y tarqab\u201d ketar chog\u2018da ko\u2018pchilik qatori qo\u2018limga tilaklar bitilgan kitobni tutqazdi-da: \u201cSevaraxon, asarni o\u2018qib, fikringizni aytarsiz. Tarjimada xatolar bo\u2018lsa, aybga buyurmaysiz. Sizlar tuzatasizlar, endi\u201d, dedi kulimsirab.<\/p>\n<p>Yo\u2018l-yo\u2018lakay o\u2018ylab ketaman: \u201cQanaqa odam ekan-a, bu odam? Men kim bo\u2018libmanki, u kishining xatosini aytsam\u201d. Ammo adabiyotimizda shunday to\u2018g\u2018ridil odamlar borligidan, ularning suhbatini olganimdan ich-ichimdan sevindim.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Termilishar falakka bot-bot,<\/p>\n<p>Bot-bot ko\u2018kda bir ot kishnaydi \u2013<\/p>\n<p>Kahkashonga chiqib ketgan ot,<\/p>\n<p>Endi yerga qaytib tushmaydi\u2026<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Dunyoda insonning kimligini ko\u2018rsatuvchi vijdon masalasi bor. U shoh bo\u2018ladimi yo shoir, vijdoni oldida sof ketganlar kam bo\u2018lsa kerak. Bu baxt hammaga ham nasib etavermaydi. Vijdonni sof saqlash \u2013 baxt, bu baxtga yetish yo\u2018li esa bir umrlik mashaqqat. Usmon Qo\u2018chqorning televideniyedan ketishiga ham ana shu vijdoni sabab bo\u2018lganini eshitgandim. Eshitganimdayoq hurmatim, ixlosim yanada ortgandi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Shu qadar yaqinsan\u2026<\/p>\n<p>Shu qadar yiroq\u2026<\/p>\n<p>Sendan zarra nari o\u2018tolmagaylar.<\/p>\n<p>Borligingni anglab yetgaylar, biroq<\/p>\n<p>Kimligingni anglab yetolmagaylar\u2026<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Rost so\u2018zlagan ma\u2019qul. Usmon Qo\u2018chqorning borligini bildik, ammo o\u2018zi aytganidek, kimligini bilolmay, g\u2018aflatda qoldik. Yonginamizdagi durni toshga qiyoslab, ko\u2018pam e\u2019tibor bermadik. Bugun amin bo\u2018lyapmanki, U sezdirmaygina bizlarni o\u2018ziga sehrlab, mehrlab qo\u2018ygan ekan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Hurmat bilan tilga olishar<\/p>\n<p>O\u2018tgan zamon fe\u2019lida seni.<\/p>\n<p>Uchratib boz hayron qolishar<\/p>\n<p>Kelajakning yo\u2018lida seni.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bu misralarni o\u2018qiganki bor, ko\u2018nglidan o\u2018z hayot yo\u2018li, qadr-qimmati haqidagi xayollar o\u2018tsa, ne ajab. Nazarimda, bu misralarga hammadan ham ko\u2018proq shoirning o\u2018zi munosib. Munosiblikni tan olish, haqiqatni anglash uchun esa shuncha ko\u2018p vaqt kerak bo\u2018ldimi bizga? Vaqtni qo\u2018ya turaylik, jon kerak bo\u2018ldi! Ruhi tanidan chiqqan jon!<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Atrofga jovdirab boqursan hayron,<\/p>\n<p>Hayron suyanasan yolg\u2018iz daraxtga.<\/p>\n<p>Bilmassan \u2013<\/p>\n<p>Bu daraxt nega jim qotgan,<\/p>\n<p>Bilmassan \u2013<\/p>\n<p>Bu qayg\u2018u qaydanligini.<\/p>\n<p>Bilmassan \u2013<\/p>\n<p>Seni kuta-kuta ildizlar otgan<\/p>\n<p>Bu daraxt \u2013 daraxtmas, odamligini\u2026<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Usmon Qo\u2018chqor na shuhrat, na amalga intilmadi. Nazarimda, o\u2018zi buni istamadi. Xurshid Davron ta\u2019biri bilan aytganda, hech nima da\u2019vo qilmasdan, indamasdan ijod qildi. Garchi yuragida dardi ko\u2018p bo\u2018lsa-da, uni hammaga ochavermadi, faqat va faqat she\u2019riga ishondi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Orzu qilmagandik bu xor jasadni,<\/p>\n<p>Ruh ila ko\u2018klarga bog\u2018langan edik.<\/p>\n<p>Tangri anglamabdi bizning maqsadni,<\/p>\n<p>O\u2018zga olamlarga chog\u2018langan edik.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Hayot yo\u2018limda ustozlarim ko\u2018p, yana bo\u2018lar, inshaalloh. Sizdek kamtar, vijdonni pok saqlay olsam, ustoz demakka haqqim bo\u2018lar. Bizdan rozi bo\u2018ling.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Erk desam\u2026<\/p>\n<p>boshimga bu shisha qozon \u2013<\/p>\n<p>Osmonni to\u2018ntarib qo\u2018yding, Xudoyim.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sevara ALIJONOVA Shoirning tavallud kuni. Uning endi oramizda yo\u2018qligini eslatib yubordi. O\u2018sha mash\u2019um xabarni eshitganimdagi titroqni qayta vujudga soldi. Salkam bir yildan buyon miyamda g\u2018ujg\u2018on aylanayotgan alg\u2018ov-dalg\u2018ov hislarimning jilovini qo\u2018lga tutqazdi. Qog\u2018ozu qalamga yaqinlasholmay qolgan qo\u2018limga kuch berdi. Shoirni she\u2019rlaridan qidirdim. Kamtar-qamsuqum, madhiyabozligu xushomadni bilmaydigan, o\u2018zining kimligini-da atrofga ko\u2018z-ko\u2018zlamay, yurakka she\u2019rlari bilangina kirib boradigan shoir [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":366,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[31,26,28],"tags":[],"class_list":{"0":"post-365","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-bosh-sahifa","8":"category-portret-esse","9":"category-xotira-esse"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/365","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=365"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/365\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":367,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/365\/revisions\/367"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/366"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=365"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=365"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=365"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}