{"id":357,"date":"2025-07-11T06:42:59","date_gmt":"2025-07-11T06:42:59","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=357"},"modified":"2025-07-11T06:44:41","modified_gmt":"2025-07-11T06:44:41","slug":"sarhisob","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=357","title":{"rendered":"Sarhisob"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>Somerset MOEM<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">I<\/p>\n<p>Bu kitob \u2013 tarjimai hol ham, yodnoma ham emas. Hayotda nimaiki boshimdan o\u2018tgan esa, yozgan asarlarimda foydalanganman. Bir paytlar allaqaybir kechinmalarim turtki berib, ulardan badiiy asar yaratish uchun voqealar, ishtirokchilar o\u2018ylab topardim, ko\u2018pincha o\u2018zimga yaqin yoki jilla qursa tanish bo\u2018lgan odamlarni obraz qilib olar va shular asosida o\u2018sha asarim qahramonini yaratardim. Hayotda ro\u2018y bergan hodisalar bilan o\u2018zim to\u2018qigan voqealar shunchalar aralashib ketganki, ortimga o\u2018girilib qarar ekanman, o\u2018tmish hayotimda ulardan qaysi biri bo\u2018lib o\u2018tganu qay birini to\u2018qiganman \u2013 aytib berishim qiyin. Ularni eslab, ajratgan taqdirimda ham, ilgari har qancha samarali foydalangan bo\u2018lsam-da, takror qalamga olishning hech qizig\u2018i yo\u2018q. Buning ustiga ular siyqa taassurot uyg\u2018otishi mumkin. Hayotim bir xilda kechmagan, vaqti-vaqti bilan qiziq holatlar ham bo\u2018lib turardi, ammo sarguzashtlarga u qadar ko\u2018p emas. Xotiram chatoq. Latifalarni eshitayotganda durustgina eslab qolgandek bo\u2018lamanu bitta-yarimtasiga aytib berishga chog\u2018lansam, asti eslay olmayman. Hattoki o\u2018z hazil-huzullarim yodimda turmaydi, shu sababli ularni takroran aytib berolmayman. Tushunaman, bu kamchiligim men bilan oshnachilik qilganlarga ham malol keladi.<\/p>\n<p>Hech qachon xotira daftari tutganim yo\u2018q. Endi, ilk bor dramaturg sifatida muvaffaqiyat qozongach, shunday qilmaganimga ko\u2018p afsuslanyapman: o\u2018sha yillar ko\u2018pdan-ko\u2018p qobiliyatli, dunyo bilgich kishilar bilan tanishgandim, o\u2018shanday daftar tutganimda edi, xotiralarim qiziqarli yodnoma bo\u2018lib qolardi. O\u2018sha paytlar zodagonlar va zamindorlar, ayniqsa, Janubiy Afrika Respublikasida sharmanda-yu sharmisor qilgan layoqatsizliklari sabab xalq nazaridan qolganiga qaramay, buni hali sezishmas va o\u2018zlariga bino qo\u2018yib yurishardi.<\/p>\n<p>O\u2018zim tanigan ayrim siyosiy arboblarning oilalari davrasida shunday suhbatlar bo\u2018lardiki, go\u2018yo hamon Britaniya imperiyasini boshqarish ular qo\u2018lida qolgandek osmondan kelishardi. Esimda, umumiy saylovlardan keyin ham ularning \u201cIchki ishlar vazirligini Tomga bersak\u201d, \u201cDik Irlandiyani boshqarishga rozi bo\u2018larmikan\u201d, degan mulohazalarini eshitganimda, to\u2018g\u2018risi, quloqlarimga ishonmagandim. Hozir Xemfri Uord xonimning romanlarini o\u2018qiydiganlar anqoning urug\u2018i bo\u2018lsa kerak, biroq bu asarlar har qancha zerikarli bo\u2018lmasin, o\u2018sha davr hukmron sinf vakillari hayoti haqida durustgina tasavvur bera oladi. Bu hayot deyarli barcha ijodkorlarni, ayniqsa, romannavislarni o\u2018ziga ohanrabodek tortar, umri davomida aqalli bir marta bo\u2018lsin lord bilan suhbatlashish u yoqda tursin, u bilan umuman uchrashish nasib etmagan yozuvchilar ham kiborlar jamiyatining vakillari haqida yozishni o\u2018zlarining muqaddas burchi deya bilardi. O\u2018shandagi teatr afishalarini ko\u2018rgan kishi faxriy nomdagi personajlarning ko\u2018pligidan lol qolardi. Teatr direktorlarining fikricha, bunaqa qahramonlar tomoshabinlar e\u2019tiborini tortardi, aktyorlar shu rollarini ijro etishga talpinardi.<\/p>\n<p>Biroq imtiyozli sinf namoyandalarining siyosiy rutbasi nest-nobud bo\u2018lgani sari tomoshabinlarning ularga bo\u2018lgan qiziqish-mayllari ham susayib borardi. Tomoshabin o\u2018zi mansub tabaqa vakillarini qiynayotgan davr muammolarini hal qila olishga qobil badavlat savdogarlar, sarmoyador ziyolilar obrazini sahnada ko\u2018rishga ko\u2018nika boshladilar, zero, agar mavzu talab qilmasa, badiiy asarga nomdor zodagonlar obrazi kiritilmasin, degan qoida sekin-sekin yozilmagan qonun kuchiga kira boshladi. O\u2018sha paytda quyi tabaqa vakillari hayotini tasvirlash bilan tomoshabinni hali qiziqtirib bo\u2018lmasdi. Ular hayoti aks etgan roman va pyesalarni mensimay, kalondimog\u2018lik bilan kutib olishardi. Endi ko\u2018raylik-chi, bu sinf siyosiy kuchga aylangach, uzoq zamonlardan buyon oqsuyak zodagonlaru sarmoyador a\u2019yonlar hayotiga havas bilan qarab kelgan omma, dunyoga kelgan bu sinf vakillari turmushi aks etgan asarlarga qiziqish bilan qararmikan?!<\/p>\n<p>O\u2018sha vaqtlar nasl-nasabining sharofati, mashhurligi yoki jamiyatdagi mavqei tufayli o\u2018zlarini tarixiy shaxs rolini bajarish qismatiga noil, deya hisoblashlari mumkin bo\u2018lgan birtalay kishilar bilan tanishishga muyassar bo\u2018ldim. Ular men kutganchalik benazir fazilatlar sohibi emas ekan. Inglizlar \u2013 siyosiy jarayonlarga qiziquvchan millat, meni jamiki narsalardan ko\u2018ra siyosatni afzal biluvchi xonadonlariga tez-tez taklif etib turishardi. O\u2018sha yerda uchratganim taniqli davlat arboblaridan havas qilarli fazilatlarni \u2013 zakovat, jo\u2018mardlik sifatlarini izlab topolmadim. Shundan kelib chiqqan holda, o\u2018zimcha, mamlakatni boshqarish uchun odam judayam zakiy bo\u2018lishi shart emas ekan, deya xulosa chiqardim, ehtimol, bu fikrim noo\u2018rindir, kim biladi yana. Keyinchalik yuksak mansablarga erishgan turli siyosiy arboblar bilan tanish-bilishchilik qildim, ularga ham men kutgan aql-zakovatdan yuqtirmaganligini ko\u2018rib, yoqamni ushlab qolgandim. Ular oddiygina hayotiy masalalarni hal qilolmas, umuman, ularni yaxshi tushunolmasdilar, kamdan-kam hollardagina o\u2018tkir aql yoki boy tasavvurlaridan boxabar bo\u2018lib qolardim, xolos. Bir zamonlar men, ular notiqlik iqtidori, gapga chechanliklari sabab jamiyatda shu mavqeni egallaganlar, shu salohiyatlaridan minnatdor bo\u2018lishlari kerak, deya o\u2018ylardim, axir, demokratik jamiyatda inson, omadi gapni aytganda, agarda ommani mahliyo qilolmasa, hokimiyatni egallolmaydi, so\u2018zamollik qobiliyati esa, ma\u2019lumki, odamning tafakkur qudratiga doimam muvofiq bo\u2018lavermaydi. Lekin masala bunga bog\u2018liq emas, shekilli, negaki men o\u2018rtacha aql egasi deb hisoblagan ayrim arboblar davlat ishlarini muvaffaqiyatli bajarishardi. Bundan mamlakatni idora qilish uchun odamning umumiy qobiliyatiga zarracha aloqasi bo\u2018lmagan o\u2018ziga xos xususiyatga ega iste\u2019dodi bo\u2018lishi kerak, degan fikr tug\u2018iladi. Men juda katta boylik orttirish barobarida gullab-yashnayotgan yirik korxonalarni boshqarayotgan tadbirkor, ishbilarmon kishilar bilan yaqin edim, ana o\u2018shalar ham o\u2018zlarining kasbi-korlariga taalluqli bo\u2018lmagan ishlarni bajarish zarurati tug\u2018ilib qolsa, qo\u2018llaridan hemiri kelmaydigan, noshud, uquvsiz kishilarga aylanishardi-qo\u2018yardi.<\/p>\n<p>O\u2018shanda ularning gurunglariga quloq solib, hafsalam pir bo\u2018lar, og\u2018izlaridan chiqayotgan betayin gap-so\u2018zlarga hang-mang bo\u2018lib o\u2018tirardim. Ularning suhbati, kamdan-kam hollarni aytmasa, aqlga ozuqa berolmasdi. Bunday yig\u2018ilishlar garchi ko\u2018ngildagidek bo\u2018lmasa ham, doimo juda yengil o\u2018tar, yuzaki kechardi. Jiddiy mavzularga o\u2018tishmas \u2013 ularni ulfatchilikda muhokama qilish odobdan emas, deya hisoblashardi. Holbuki, o\u2018z sohalariga oid masalalarni qo\u2018zg\u2018ash chog\u2018ida ehtiyotkorlik bilan odob doirasidan chiqmaslikka urinishar, shu bois o\u2018zlarini haddan ziyod qiziqtirgan narsalar haqida og\u2018iz ochishmasdi. Aytishim mumkinki, suhbat odob doirasidan chiqmagan holda beixtiyor fisq-fujur, g\u2018iybatga aylanar, biroq shunda ham bir marta bo\u2018lsin esda qolarli va keyinchalik takrorlashga arziydigan, kiftini keltirib aytilgan o\u2018tkir iboralar eshitishga to\u2018g\u2018ri kelardi. Ba\u2019zida, san\u2019atning yagona vazifasi \u2013 odamlarni jiddiy qiyofada bema\u2019ni gaplarni vaysab o\u2018tirishga o\u2018rgatishmikan, deya o\u2018ylab qolasan kishi. Men uchratgan eng dilkash, gaplarini bir kun eshitmasang sog\u2018inib qoladigan suhbatdosh, ehtimol, Edmund Tossedir. U garchi jiddiy mutolaa qilmagan bo\u2018lsa ham, ko\u2018p o\u2018qigan, gap-so\u2018zlaridan bama\u2019ni, ziyrak va fikrchan odamligi sezilib turardi. Nimasini aytasiz, aqli raso kishi edi. Xotirasiga qoyil qolardingiz, hazilkash, gapga chechan, quv. Suinbernni yaqindan tanir va u haqda zavq bilan hikoya qilar, hech qachon ko\u2018rishishi mumkin bo\u2018lmagan Shelli haqida ham xuddi u bilan qadrdon do\u2018st bo\u2018lgandek zo\u2018r hayajon-la aytib berishni xush ko\u2018rardi. U uzoq yillar turli-tuman atoqli odamlar bilan oshna-og\u2018aynichilik qilgan. Menimcha, u juda mag\u2018rur odam bo\u2018lgan, shuning uchun ularning ojizliklari, g\u2018alati, kurakda turmaydigan injiqliklarini kuzatishdan huzurlangan. Ishonchim komilki, bu musharraf kishilar uning hikoyalarida hayotdagidan ko\u2018ra maroqliroq tasvirlangan.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">II<\/p>\n<p>Odamlarning mashhur kishilar bilan tanishishga bunchalar intilishlari meni doimo hayratga soladi. Mashhur odamlar bilan tanishchilik qilishingiz oshno-og\u2018aynilaringiz oldida sizga obro\u2018 keltiradi. Sizning o\u2018zingiz ham chakana odam emasligingizni tasdiqlaydi, xolos. Nomi chiqqan kishilar xom sut emgan bandalar bilan muomala qilishning o\u2018ziga xos usullarini shakllantiradilar. Ular banibasharga, ko\u2018pincha, ishonarli niqoblarini taqdim etishadi, biroq haqiqiy qiyofalarini zo\u2018r hafsala bilan yashiradilar. Ular o\u2018zlarini qanday ko\u2018rishni istayotganlariga qarab, xuddi shunday qiyofada namoyish etishga harakat qilishadi, ya\u2019ni shunday rolga kirishadi va asta-sekin bu rolni quling o\u2018rgilsin qilib ijro etishni o\u2018rganib olishadi, lekin aktyor o\u2018zini o\u2018zi o\u2018ynayapti, deb tasavvur etish ayni hamoqat bo\u2018lurdi.<\/p>\n<p>Hayotimda bir qancha odamlar bilan, haddan tashqari desam yanglishmayman, yaqin bo\u2018lganman, biroq odamlar bilan fe\u2019l-atvorlaridan kelib chiqib emas, balki kasbim sabab, ijodimga foydasi tegib qolar degan maqsadda yaqinlashishga harakat qilaman. Har bitta insonga yozuvchi nigohi bilan, menga asqatib qolishi mumkin bo\u2018lgan \u201cxomashyo\u201d sifatida qarayman. Shuning uchun noma\u2019lum kishilar mashhur odamlardan ko\u2018ra ko\u2018proq e\u2019tiborimni jalb etadi. Ular kamdan-kam hollarda o\u2018zligini boy berishadi.<\/p>\n<p>O\u2018zlarini himoya qilish yoki dunyoni lol qoldirish uchun o\u2018zlarini allakim qilib ko\u2018rsatishlari shart emas. Tor, cheklangan faoliyatlari davomida ham ularning o\u2018zlariga xos xususiyatlari osongina taraqqiy etishi mumkin, hammaning diqqat markazida bo\u2018lmaganliklari bois, nimanidir yaratishlari kerakligi xayollariga ham kelmaydi. Ular jinni-sang\u2018i qiliqlarini oshkora namoyish etaveradilarki, o\u2018zlarida biron karomat borligi haqida o\u2018ylab ham ko\u2018rmaydilar. Qolaversa, alaloqibat, biz, qalam ahli ana shunday oddiy odamlar, ularning hayoti, o\u2018y-xayollari, intilishlari bilan yashaymiz-ku! Qirollar, mustabidlar, yirik san\u2019at magnatlari, bizningcha, nima karomat ko\u2018rsata olardi ijod ahliga?! Qanchadan-qancha yozuvchilar necha-necha zamonlar ularning hayotini qalamga olish vasvasasiga yo\u2018liqqan edilar, biroq bunday urinishlarning muvaffaqiyatsiz yakuni shuni ko\u2018rsatadiki, bunday shaxslar hech kimga o\u2018xshamasdi, binobarin, ular adabiy asar qahramoni bo\u2018lolmasdi. Ularni tirik, jonli odamlar sifatida aks ettirishning iloji yo\u2018q. Bunday qarasang, oddiy odamlar hayoti yozuvchi uchun bitmas-tuganmas manba: boyroq, serqatlam va mazmunliroq. Ularning kutilmagan, betakror, cheksiz-chegarasiz, hech qanday qolipga tushmagan rang-barang voqea-hodisalarga to\u2018la hayoti bebaho dafinadek gap. Kalonposhsholarning turmushi nihoyat darajada rangsiz, har xil nogahoniy hodisalardan yiroq va shu vajdan \u2013 zerikarli. Kichkina odam ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar tugunidek gap. U tegirmondan butun chiqadi. U har xil voqealardan tegishlicha xulosalar chiqarib olishga shoshilmaydi, ko\u2018ngilchan, telba-teskari odatlar manbai, eng muhimi, yashovchan. Siz uchun asrab qo\u2018ygan syurprizlarining adog\u2018i yo\u2018q. Shaxsan o\u2018zim odam oyog\u2018i yetmagan olis orolda Angliya Bosh vaziridan ko\u2018ra oddiy baytar bilan bir oy qolishga bajonidil rozi bo\u2018lardim.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">IV<\/p>\n<p>Mazkur kitobda ilgari ham eslab o\u2018tishimga to\u2018g\u2018ri kelgan ko\u2018pgina mulohazalarim, kechinmalar uchrashi mumkin. Shuning uchun uni \u201cSarhisob\u201d deb nomladim. Sudya ko\u2018rib chiqayotgan ishga yakun yasarkan, u maslahatchilar o\u2018rganib chiqqan voqealar xususida to\u2018xtalib o\u2018tadi hamda qorolovchi bilan oqlovchilarning nutqini izohlab beradi. Yangi dalillar keltirmaydi. Shunga o\u2018xshab, men ham butun hayotimni kitoblarim qatiga jo qilgan ekanman, aytmoqchi bo\u2018layotgan gaplarimning ko\u2018pi, tabiiyki, ulardan joy oladi. Hozir men qarashlarim va mulohazalarimga imkon qadar ozmi-ko\u2018pmi tartib berishim mumkin, xolos. Ehtimol, qaysidir qismlarida, ilgari nasr va dramaturgiyaning yozilmagan qoidalari taqozo etgan cheklashlar vajidan faqatgina ishora qilib o\u2018tilgan joylarda, u yoki bu fikrni yanayam batafsilroq, kengroq tahlil qilib berishimga to\u2018g\u2018ri kelar.<\/p>\n<p>Ushbu kitob tabiatiga ko\u2018ra xudbinona yozilgan bo\u2018lishi mumkin. Unda o\u2018zim uchun muhim bo\u2018lgan narsalar xususida, yana tag\u2018in mening o\u2018zim haqimda so\u2018z boradi, negaki men bularni qanday qabul qilgan va ularning tabiatini qanday tushungan bo\u2018lsam, shunga qarab talqin etaman. Ammo bu mening tarjimai holim yoki hayotimning in\u2019ikosi degani emas. Ko\u2018nglimni dasturxon qilish niyatim yo\u2018q, qolaversa, kitobxon bilan ham dillashmoqchi emasman. Shunday narsalar borki, ularni sir saqlashni lozim ko\u2018raman. Hech qaysi odam, ming qilsa ham, o\u2018zi, ko\u2018ngli, xayollari, orzulari, xohish-istaklari haqidagi bor haqiqatni aytib berolmaydi. Russo o\u2018zining \u201cTazarru\u201dsida dunyodagi jamiki ko\u2018ngli nozik kishilarning izzat-nafsini tahqirlagan voqealar haqida yozadi. Odam bolasi tilga olishga uyaladigan bunday hodisalarni shunchalik ham oshkora bayon qiladiki, hayotda ro\u2018y berishi dargumon, hattoki aytib bo\u2018lmaydigan bu voqealarga kitobda takror-takror urg\u2018u berilganiga odam ajablanadi. Bular hayotda yuz beradigan minglab voqealar orasida unutilib ketadigan, eslab o\u2018tirishga arzimaydigan lavhalar edi. Hayotda shunday kishilar bo\u2018ladiki, o\u2018zlarining yaxshi amallariga ortiqcha ahamiyat bermaydilar, biroq nojo\u2018ya xatti-harakat qilib qo\u2018ysalar, qiynalib yuradilar. Aynan shu toifa odamlar o\u2018zlari haqida ko\u2018proq yozadilar. Ular maqtovga sazovor fazilatlari haqida og\u2018iz ochmaydilar, shu sababli ular bizga ojiz, betayin hamda odobsiz bo\u2018lib tuyulsa ajab emas.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">V<\/p>\n<p>Miyamga mahkam o\u2018rnashib olgan, tinchimni buzayotgan ba\u2019zi bir fikrlardan xalos bo\u2018lish uchun ushbu kitobni yozayapman. Niyatim birovga aql o\u2018rgatish yoki bitta-yarimtani tarbiyalash emas. Murabbiylik qilishga uquvim yo\u2018q, shu vajdanmi biron nimaga o\u2018rgansamu boshqalarga o\u2018rgatsam, ular bilan bilimimni bo\u2018lishsam, degan xayolga bormayman. O\u2018zgalar fikrimga qo\u2018shiladimi-yo\u2018qmi \u2013 bunga ortiqcha qiziqmayman ham. Tabiiyki, men o\u2018zimni haq deb bilaman \u2013 aks holda bunday fikrga kelmagan bo\u2018lardim \u2013 ular nohaq, lekin ularning nohaqligi menga zarracha ta\u2019sir qilmaydi. Shaxsiy fikr-mulohazalarim ko\u2018pchilikning fikru mulohazasiga zid ekanini sezgan taqdirimda ham tashvishlanmayman. Men ma\u2019lum darajada g\u2018ayriixtiyoriy his-tuyg\u2018ularimga \u2013 ko\u2018nglimga ishonaman.<\/p>\n<p>Men bamisli ulug\u2018vor, mo\u02bbtabar zotdek yozishim darkor, rostdanam men o\u2018zim uchun shunday mo\u02bbtabar odamman. O\u2018zimga qolsa, men olamdagi eng hurmatli va e\u2019tiborga sazovor insonman. Abadiy Ruh ta\u2019limoti haqida aytmay qo\u2018yaqolay, oddiygina sog\u2018lom aql bilan baholaganda mening bir zarrachalik ahamiyatim yo\u2018qligini unutmagan holda aytishim mumkinki, o\u2018zimning nazarimda, men dunyodagi eng sharif insonman. Holbuki, men bo\u2018lmasam ham dunyo qanday bo\u2018lsa shundayligicha qolaveradi, bor-yo\u2018qligim hech narsani o\u2018zgartirolmaydi. Bunday yozayotganimdan ayrim asarlarimni juda yomon deb hisoblashlarini taklif etayotganga o\u2018xshayman go\u2018yo; aslida esa ular men uchun juda qadrli, shuning uchun ham mulohazalarim orasida o\u2018qtin-o\u2018qtin eslatib turishimga to\u2018g\u2018ri keladi. Nazarimda, vafotidan so\u2018ng yozgan asarlarining holi nima kechishiga mutlaqo beparvo qarovchi jiddiy yozuvchilar kam topilsa kerak. Sen mangulikka daxldor asarlar yozib qoldirganing haqida emas (adabiy asarning boqiyligi nari borsa bir necha asrlar bilan o\u2018lchanadi, shunda ham bu, odatda, faqat maktab programmasidagi boqiylikdir), balki bir qancha avlodlar yozganlaringni sevib o\u2018qishi va sen o\u2018z mamlakatingning adabiyoti tarixida loaqal kamtarona iz qoldirganing haqida o\u2018ylashning o\u2018zi odamga huzur bag\u2018ishlaydi. Menga kelsak, men bunday imkoniyatga ham ishonchsizlik bilan qarayman. O\u2018z vaqtida adabiyot olamida katta shov-shuvga sabab bo\u2018lgan ayrim yozuvchilar butunlay unutilib ketgani hali esimda. Yoshligimda Jorj Meredit bilan Tomas Xardi kitoblari uzoq davrlarga qadar o\u2018qiladi, deb ishonardik. Biroq bugungi yoshlar ular haqida deyarli hech narsa bilmaydi. Vaqti-vaqti bilan biron-bir munaqqid qiziqarli mavzu axtarib ular haqida maqola yozar va shunda bir qancha kitobxon kutubxonadan ularning u yoki bu romanini olib o\u2018qir, biroq ming qilganda ham ular yaratgan asarlardan birortasi \u201cGulliverning sayohatlari\u201d, \u201cTristram Shondi\u201d yoki \u201cTom Jons\u201dchalik o\u2018qilmaydi, desam xato bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>Mazkur kitob hech qanday e\u2019tirozga yo\u2018l bermaydigan qat\u2019iy ohangda yozilgandek tuyulishi mumkin, buning sababi har gapning birida o\u2018rinli-o\u2018rinsiz \u201cmenimcha\u201d, \u201cbu mening shaxsiy fikrim\u201d qabilidagi izohlar beraverish jonimga tegib ketganidan bo\u2018lsa kerak. Nimaiki degan bo\u2018lsam \u2013 mening, faqat o\u2018zimning shaxsiy fikrim, birovniki emas. Qolaversa, o\u2018zgalar fikrini aytish orqali hurmat qozonishga hali o\u2018rganmaganman. Kitobxon xohlasa mulohazalarimga qo\u2018shilar, xohlamasa qo\u2018shilmas, bu uning ixtiyorida. Basharti kitobni oxiriga dovur o\u2018qib chiqishga sabri yetsa, u faqatgina bir narsaga: bu yorug\u2018 olamda ishonch bilan qat\u2019iyan tasdiqlash mumkin bo\u2018lgan narsalarning o\u2018zi anqoning urug\u2018i, degan fikrni ishonch ila bot-bot tasdiqlayotganimga amin bo\u2018ladi, xolos.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">VI<\/p>\n<p>Kun chiqib, kun botishi qanchalar tabiiy bo\u2018lsa, yozish boshidanoq men uchun shunday edi. Haligacha o\u2018zimning yozuvchi ekanimga ajablanib qo\u2018yaman; buning uchun yengib bo\u2018lmas mayl-rag\u2018batdan bo\u2018lak hech qanaqa sabab yo\u2018q, lekin bunaqa havas qayerdan paydo bo\u2018ldi \u2013 tushunmayman. Yuz yildan ziyod vaqt mobaynida oilamizdagi erkaklar huquqshunoslik bilan shug\u2018ullanib kelishgan. Agar \u201cBiografik lug\u2018at\u201dga ishonsam, buvam Huquqshunoslar jamiyatining asoschilaridan biri bo\u2018lgan. Britaniya muzeyi kutubxonasi katalogida uning huquqshunoslik asoslariga bag\u2018ishlangan qator ilmiy ishlari qayd etilgan.<\/p>\n<p>Qisqasi, men maktab ko\u2018rmaganman, ya\u2019ni adabiyot sohasida ta\u2019lim olmaganman, shunga qaramay, mustaqil ravishda o\u2018qib, o\u2018rganib yozuvchi bo\u2018ldim. Yaqinda yoshligimda yozgan hikoyalarimni ko\u2018rib chiqdim: maqsadim, menda tug\u2018ma moyillik bormidi, bo\u2018lsa qay daraja edi, qo\u2018limga qalam olganimda imkoniyatim qanaqa edi \u2013 shularni aniqlab olish edi. Hikoyalarning mensimaslik ohangida yozilgani bilinib turar, bu yoqimsiz tuyg\u2018uni faqatgina yoshga yo\u2018yish mumkin edi, yana odamni o\u2018qishdan bezdiradigan, ixlosini qaytaradigan yomon fe\u2019l-atvorli kishiga xos jizzakilik sezilardi, ammo men hikoyada o\u2018z fikrimni ifodalay olgandim. Menimcha, aytilmoqchi bo\u2018layotgan fikrning aniq ifodaga egaligi, dialoglar tuzishdagi mahorat avvalboshdan mening iste\u2019dodimga xos xususiyatlar bo\u2018lgan. O\u2018sha paytda yashagan dongdor dramaturg Genri Artur Jons birinchi romanimni o\u2018qib chiqib, allaqaysi tanishiga, yillar o\u2018tib, mana ko\u2018rasiz, bu yigitcha o\u2018z davrining mashhur dramaturgiga aylanadi, degan ekan. U kitobimda samimiy va aniq ifoda namunasini ko\u2018rgan bo\u2018lsa kerakki, bu sahnani his qila bilishning asosiy omillaridan biri ekanligidan shunday bashorat qilgandir. Asarlarimning tili jo\u2018n, iboralar o\u2018rniga tushmagan, siyqasi chiqqan, lug\u2018at boyligim cheklangan. Biroq yozmasam turolmasdim, ijod \u2013 men uchun suv bilan havodek zarurat edi, shuning uchun yozayotganlarim yaxshimi-yomonmi, bu haqda bosh qotirib o\u2018tirmasdim. Faqat bir necha yillardan keyingina bu juda nozik san\u2019at ekani, unga yolg\u2018iz mashaqqatli mehnat tufayli erishish mumkinligini anglab yetdim. Buni xohlagan narsangni so\u2018z orqali ifodalash oson emasligini tanamda his qilgachgina kashf etganman.<\/p>\n<p>Ikki kishi o\u2018rtasidagi suhbatni osongina ifodalay olardim, biroq tasvirlashga kelganda tajribasizligim, til sohasidagi uquvsizligim pand berardi. Ikkita-uchta ibora ustida bir necha soatlab qiynalib o\u2018tirar, shunda ham ko\u2018nglimdagidek yozolmasdim. Qanday bo\u2018lmasin yaxshi yozishni o\u2018rganaman deb o\u2018zimga-o\u2018zim so\u2018z berardimu biroq buning uddasidan chiqishning o\u2018zi bo\u2018lmasdi. Ko\u2018p xatolarga yo\u2018l qo\u2018yardim. Yuqorida nomini tilga olib o\u2018tganim dramaturg singari murabbiy yonimda bo\u2018lganda edi, ravon, obrazli yozish uchun bunchalik qiynalmagan bo\u2018lardim, shunchalar ko\u2018p vaqt yo\u2018qotmas ham edim.<\/p>\n<p>O\u2018sha kezlar jimjimador uslubda yozish urf bo\u2018lgan yillar edi. Aksar adiblar asarlarini shunday uslubda yozar, kitobxonlar ham mana shu yo\u2018l bilan yozilgan kitoblarni o\u2018qishdan bahra olishardi. Adabiy asarlar nafis, jimjimador iboralaru bejalgan sifatlashlardan iborat bo\u2018lib qolgandi. Ziyoli yoshlar Uolter Paterni qo\u2018ldan qo\u2018ymay o\u2018qishardi. Ko\u2018ngil esa bu lanj adabiyot derdi, unda jo\u2018shqin hayot asari sezilmas, hafsala bilan sayqal berilgan naqshinkor iboralar, nafaqat iboralar, sahifalar, hatto boblar ortida go\u2018yo majolsiz, qonsiz, shalviragan odamning qiyofasi ko\u2018rinardi. Navqiron, avji kuchga to\u2018lgan va hayotni zo\u2018r bir ishtiyoq bilan sevuvchi edim, erkinlikka, faoliyatga tashna edim, kutilmagan xavf-xatar, yangidan-yangi tuyg\u2018ular orzusi bilan yashardim, shuning uchun bu jonsiz, diqqinafas, faqatgina shivirlab gapirish lozim bo\u2018lgan xonada bo\u2018g\u2018ilardim. Biroq ko\u2018nglimga quloq solish xayolimga kelmasdi. Mana shu san\u2019atning cho\u2018qqisi, deya ishontirmoqchi bo\u2018lishar va men odamlar qaynab toshgan, qiyqirgan va og\u2018zidan bodi kirib-shodi chiqadigan, o\u2018zlarini jinnilikka soladigan, razolatga botgan, ichkilikka ruju qo\u2018ygan zohiriy hayotdan yuz o\u2018girgan edim. Men \u201cKo\u2018ngildagi xayollar\u201d bilan \u201cDorian Greyning portreti\u201dni bosh ko\u2018tarmay o\u2018qirdim. \u201cSalomeya\u201d sahifalarini chulg\u2018agan yorqin, jilvagar so\u2018zlarning latofatidan mast bo\u2018lib yurardim . So\u2018z boyligimning qashshoqligidan dahshatga tushib, qalam va qog\u2018oz ko\u2018targancha Britaniya muzeyi kutubxonasiga yugurar, bebaho noyob javohirlarning nomlarini, Vizantiyaning qadimiy moy bo\u2018yoqlari turlarini esimda saqlab qolar, keyin esa shu so\u2018zlar qatnashgan jimjimador yoki balandparvoz iboralar tuzishga harakat qilardim. Baxtimga, bu iboralarni qo\u2018llashning mavridi kelmadi, ular bugun ham eski yondaftarchamda saqlanib turibdi, bo\u2018lmag\u2018ur narsalarni yozishga chog\u2018langan kishi topilsa, marhamat, in\u2019om qilib yuborishim mumkin. O\u2018sha paytlar eng mukammal, go\u2018zal namuna sifatida Bibliyaning ingliz tilidagi \u201cerkin tarjimasi\u201d ko\u2018rsatilardi. Ayniqsa, Sulaymon podshohning munojotlarini qunt bilan o\u2018qib chiqqandim, qoyil qoldirgan, shu bilan birga foydalanish mumkin bo\u2018lgan iboralar hamda chiroyli so\u2018zlarni o\u2018sha zahoti daftarchamga yozib qo\u2018ygandim. Jeremi Teylorning \u201cMo\u2018minning o\u2018limi\u201d asarini sinchiklab o\u2018rgandim. Uning uslubini yanayam chuqurroq his qilish uchun katta-katta parchalarni ko\u2018chirib yozar, keyin esa, xuddi o\u2018shanday, faqat yodaki tarzda xayolan takrorlashga urinardim.<\/p>\n<p>Shu mehnatlarimning ilk samarasi o\u2018laroq \u201cTabarruk ayollar yurti\u201d deb nomlanuvchi Andalusiya haqidagi jajjigina kitobcham bosilib chiqdi. Shu kunlarda o\u2018sha asarning ba\u2019zi o\u2018rinlarini qayta o\u2018qishga to\u2018g\u2018ri keldi. Endilikda Andalusiyani o\u2018sha paytdagidan ko\u2018ra yaxshiroq bilaman, qolaversa, nima haqda yozgan bo\u2018lsam, hozir o\u2018shani ko\u2018proq bilaman. Bu kitobchaga Amerikada haliyam talab bor ekan, shu bois uni balki qayta ko\u2018rib chiqish kerakdir, deya o\u2018yladim. Ammo buning sira iloji yo\u2018qligiga tez orada ishonch hosil qildim. U men butunlay unutib yuborgan yozuvchining ijod namunasi edi. Boz ustiga kitobcha haddan ziyod zerikarli bo\u2018lib tuyuldi. Gap matnning sifati haqida borayapti, axir, men uni qandaydir uslub jihatdan mashq sifatida yozgan bo\u2018lsam. Bu \u2013 ma\u2019yus va ko\u2018chma ma\u2019nolarga to\u2018la, zo\u2018rma-zo\u2018raki yozilgan nasr edi. Unga ravonlik, kenglik yetishmaydi. Ohangdor sifatlashlar deyarli har jumlada ishlatilgandi. Tili chuchmal, yaltiroq. U xuddi Italiyada tayyorlangan zarrin naqsh solib to\u2018qilgan kimxobni emas, balki Bern-Jons chizgan suvrat asosida Morris tayyorlagan dag\u2018al matoni eslatardi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">X<\/p>\n<p>O\u2018zimni majburlabmikin, yo bolaligimdan rejali bo\u2018lganim uchunmi, xullas, keyinchalik XVIII asrning mumtoz adabiy namunalariga murojaat qildim. Svift ijodi meni o\u2018ziga rom etdi. Mana shu san\u2019atkor mening uchun tom ma\u2019noda namuna bo\u2018larlik yozuvchi, degan qarorga keldim-da, bir paytlar Jeremi Teylor asarlarini qanday o\u2018zlashtirgan bo\u2018lsam, xuddi shu taxlit Svift ijodiga sho\u2018ng\u2018idim.<\/p>\n<p>Dastlab \u201cBochka haqida rivoyat\u201dni tanladim. Aytishlaricha, Svift keksaygan choqda shu hikoyasini qayta o\u2018qib: \u201cO\u2018sha paytda bunchalar daho bo\u2018lgan ekanman-a!\u201d deya xitob qilgan ekan. Fikrimcha, uning dahosi boshqa asarlarida ko\u2018proq ko\u2018zga tashlanadi. \u201cBochka haqida rivoyat\u201d \u2013 zerikarli allegoriya bo\u2018lib, undagi kinoya u qadar zo\u2018r emas. Lekin uslubi beqiyos. Ingliz tilida bundan ham yaxshiroq yozishni tasavvurimga sig\u2018dirolmayman. Na balandparvoz jumlalar, na buralgan og\u2018ir, qavat-qavat bayon, na dabdabali obrazlar bor. Bu saviyasi baland, tabiiy vazmin holda sayqal topgan proza. Kitobxonni hayratga solish uchun g\u2018ayritabiiy so\u2018zlar topishga urinish yo\u2018q. Go\u2018yo Svift duch kelgan so\u2018zlar bilan qanoatlanib yozaverganga o\u2018xshaydi, biroq u mantiqiy fikr yuritish va o\u2018tkir aql egasi bo\u2018lgani tufayli, o\u2018sha tasodifan ishlatilgan so\u2018z hamisha eng to\u2018g\u2018ri va ayni kerakli, o\u2018rnida ishlatilgan so\u2018z ekani sezilib turadi. Ravon hamda izchil bayon, pishiq iboralar muallifning yuksak did egasi ekanidan darak beradi. Xuddi bir paytlardagidek, yirik, ta\u2019sirchan parchalarni ko\u2018chirib oldim, keyin esa xotiramda qanday qolgan bo\u2018lsa, xuddi shunday tiklashga urinib ko\u2018rdim.<\/p>\n<p>Men so\u2018zlarni o\u2018zgartirishga yoki ularning o\u2018rnini almashtirishga harakat qilib ko\u2018rdim. Amin bo\u2018ldimki, birdan-bir joiz bo\u2018lgan so\u2018zlar o\u2018sha Svift ishlatgan so\u2018zlar, yagona mumkin tartib \u2013 o\u2018sha adib topgan tartib ekan. Undan boshqacharoq qilib yozish asarga putur yetkazardi. Bu \u2013 benuqson nasr namunasi edi.<\/p>\n<p>Har to\u2018kisda bir ayb bo\u2018ladi, deganlaridak, bunday mukammallikning bitta kamchiligi bor \u2013 u zeriktirib qo\u2018yishi mumkin. Obrazli qilib aytadigan bo\u2018lsak, Svift nasri ikki qirg\u2018og\u2018i yoqalab teraklar ekilgan xushmanzara va so\u2018lim yaylovdan oqib borayotgan fransuz kanalini eslatadi. Uning maftunkor sokinligi huzur bag\u2018ishlaydi, ammo hissiyotni qo\u2018zg\u2018atmaydi, tasavvurni uyg\u2018otmaydi. Uning bag\u2018rida suzib-suzib, nihoyat, joningga tekkanini sezib qolasan. Svift nasrining hayratangiz musaffoligi, qisqaligi, tabiiyligi, hech qanday jazavaga solmasligidan zavqlanar ekansan, baribir vaqti kelib, agarda faqatgina mazmuni e\u2019tiboringni jalb qilib turmasa, diqqating susayadi yoxud chalg\u2018iydi. Boshqatdan boshlash imkonim bo\u2018lganda edi, men, ehtimol, bunchalar sinchkovlik bilan Sviftni emas, Draydenni o\u2018rgangan bo\u2018lardim. Nachora, uning ijodiga yetib kelganimda, bunaqa ilmiy ishlarga bo\u2018lgan moyillikmi, havasmi meni tark etgandi. Drayden nasri tahsinga loyiq. U yaratgan proza Sviftnikichalik mukammal, Addisonnikiga o\u2018xshash nafis emas, lekin undagi allanechuk bahoriy farah, jonli tilga xos jo\u2018shqinlik, hayotbaxsh samimiyat maftun qiladi. Drayden juda yaxshi shoir edi, biroq uni lirik deya tilga oladigan mard topilmasdi, taajjublanarlisi shuki, uning ipakdek mayin prozasi aynan shundan \u2013 hissiyotga boy, chinakam lirika edi. Nasrda uning oldiga tushadigani yo\u2018q edi, shu choqqacha bunaqa jozibali tilda hech kim yozmagan, keyin ham birontasi shunday uslubda yozgan-yozmaganini bilmayman. Drayden ijod qilish uchun qulay davrda yashab o\u2018tdi. Holbuki, u hali butun jismiga singib borayotgan Iakov I zamoniga xos til ruhidagi musiqiylik va hashamatdorlikdan ozuqa olardi, fransuzlardan tajriba sifatida o\u2018zlashtirgan turlanuvchanlik bilan topqirlik bu tilni faqatgina ko\u2018tarinki mavzular uchun emas, balki har qanday ongli va o\u2018tkinchi fikrlarni ifodalashga yaraydigan vositaga aylantira oldi. U birinchilardan bo\u2018lib rokoko uslubida yozgan ijodkorlardan edi. Agar yana tamsil qo\u2018llasak, Svift ijodini fransuz kanaliga o\u2018xshatish mumkin ekan, u holda Drayden ijodi tepaliklararo sharqirab, sokin va gurkiragan shinamgina qishloqlarga oshiqayotgan va birdan sekinlashib, yoyilib oqayotgan, so\u2018ng o\u2018rmonlar bag\u2018riga singib ketay otgan ingliz irmoqlarini eslatardi. Uning she\u2019riyatida hayot qulf urar, rang-barang olam, soflik, namchil xushbo\u2018y havolar gurkirar va bu manzumalardan ingliz tabiatining ko\u2018rkam tarovati ufurib turardi.<\/p>\n<p>Mening o\u2018rganish va saboq olish yo\u2018lida chekkan zahmatlarim, tabiiyki, bejiz ketmadi. Oqibatda, maktabga loyiq darajada bo\u2018lmasa-da, ancha yaxshi yozadigan holga keldim, ta\u2019bir joiz bo\u2018lsa, qalamim charxlandi. Zo\u2018riqib, lekin tirishqoqlik bilan yozardim. Men aniq bir shaklda iboralar tuzishga urinardimu mazmun qolib, shakl e\u2019tiborni jalb etar va bu soxtalikni chaqirardi. So\u2018zlarni qay tartibda joylashtirish to\u2018g\u2018risida qayg\u2018urardimu XVIII asr boshlari uchun tabiiy bo\u2018lgan uslub XX asrga kelib notabiiy tuyulishini tushunib yetmasdim.<\/p>\n<p>Svift ijodidagi hammasidan ko\u2018ra ko\u2018proq maftun etgan narsaga \u2013 benuqson taassurotlarga men erisholmadim, shu sababli vaqtinchalik bo\u2018lsa ham unga taqlid qila boshladim. Besh yildan keyingina yana roman yozishga o\u2018tirdim. Ammo bu payti kelib uslub jihatdan yangiliklar qilaman, deya vazifa qo\u2018ymadim. Men hech qanaqa usullar qo\u2018llamay, imkoni boricha quruq va bejamasdan yozishga ahd qildim. Ko\u2018nglimda dardlarim, kitobxonlarga aytadigan gaplarim shunchalik ko\u2018p ediki, so\u2018zlarni behuda isrof etishga yo\u2018l qo\u2018yolmasdim.<\/p>\n<p>Men faqat voqealarni aks ettirmoqni istadim. Shunga bog\u2018liq holda, o\u2018z oldimga o\u2018ta og\u2018ir \u2013 umuman sifat ishlatmaslik vazifasini qo\u2018ydim. Menga, agar ma\u2019noni to\u2018g\u2018ri ifoda etishga xizmat qiladigan aniq so\u2018z topilsa, sifatlashlarsiz ham yozish mumkindek tuyulardi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">XI<\/p>\n<p>O\u2018sha yozmoqchi bo\u2018layotgan kitobim, ma\u2019nosini ifodalash u qadar zarur bo\u2018lmagan barcha so\u2018zlar tushirib qoldirilgani tufaylimi, tasavvurimda uzundan-uzun telegrammadek tuyulardi. Imlo xatolarini ko\u2018rib berish uchun jo\u2018natishganda qayta o\u2018qimadim, shu bois bu urinishim qanchalar muvaffaqiyatli chiqdi, bilmayman. Mazkur kitob, yanglishmasam, shu choqqacha yozgan asarlarimga qaraganda harqalay tabiiyroq chiqqandek, ammo uning ba\u2019zi yerlari bo\u2018sh-bayov yozilgan, buning ustiga grammatik xatolar ham yetarlicha bo\u2018lsa ehtimol.<\/p>\n<p>O\u2018shandan buyon yana bir qancha asarlar yozdim. Garchi tajribali, mohir adiblarning (ruhan tetik, jisman zaif!) ijodini tinmay o\u2018qib, ulardan ta\u2019sirlanib, o\u2018rganib yurishdan biroz cheklangan bo\u2018lsam-da, doimo imkon qadar yaxshiroq, gapirishga arzigulik darajada yozishga harakat qilardim. O\u2018z imkoniyatlarim chegarasini aniqlab olganim vajidan, nazarimda, shu imkoniyat doirasida mukammallikka erishishdek yagona to\u2018g\u2018ri yo\u2018lni tanlagandim. Mendan hech qanaqa hassos adib chiqmasligini bilardim. So\u2018z boyligim nochor, ta\u2019bir joiz bo\u2018lsa, qashshoq edi, eng yomoni, har qancha urinmay, buni deyarli o\u2018zgartirolmasdim. Ko\u2018ngildagidek majoz topishim qiyin kechardi, xayolimga o\u2018ziga xos, esda qolarli tashbehlar kelavermasdi. Yuksak shoirona xayollar, tasavvurning poyonsiz dunyosi, afsuski, menga nasib etmagandek edi. Boshqa yozuvchi, shoirlardagi bunday fazilatlarini ko\u2018rib havasim kelar, shuningdek, ularning murakkab ijodiy yo\u2018liga hamda asarlarining g\u2018oyasini yo\u2018rgaklagan benazir, va shu bilan birga g\u2018alati, chiyratma tiliga qoyil qolardim. Taassufki, bunaqa \u201cbadiiy injular\u201dni inkishof etishga qurbim yetmas, qo\u2018limdan kelmaydigan bu urinishlar esa meni charchatib qo\u2018yardi. Boshqa tomondan, ziyrak kuzatuvchilik qobiliyatidan Xudo meni siqmagandi, bu yo\u2018lda uncha-muncha adib ham oldimga tusholmasdi, nazarimda, boshqalarning e\u2019tiboridan chetda qolgan, soddaroq aytganda, o\u2018zgalar sezmagan, ko\u2018rmagan narsalar mening nigohlarimdan qochib qutulolmasdi. Ko\u2018rganlarimni aniq-ravshan bayon qilib berish qo\u2018limdan kelardi. Men mantiqan fikr yuritardim, nafis, g\u2018ayrioddiy so\u2018zlar topib ishlatishga alohida qobiliyatim yo\u2018qligini aytmasa, har holda, so\u2018zlarning jarangi (musiqiyligi)ni eshita olardim. Hech qachon o\u2018zim xohlagan darajada yaxshi yoza olmasligimga ko\u2018zim yetardi, biroq tug\u2018ma kamchiliklarimdan imkon qadar xalos bo\u2018lib ijod qilishdan umidimni uzmasdim. Uzoq mushohadalardan so\u2018ng aniqlik, soddalik va ohangdorlikka erishishni o\u2018z oldimga maqsad qilib qo\u2018ydim. Sanab o\u2018tilgan bu badiiy xislatlar, men ularga bergan tartib bo\u2018yicha ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n<p>Yozganlarini katta qiyinchiliklar evazigagina tushunish mumkin bo\u2018lgan yozuvchilar zardamni qaynatardi. Har qanday fikrning behad nozik ma\u2019nolarini mutlaqo ravshan ifodalab berish mumkinligiga ishonch hosil qilish uchun buyuk faylasuflarning kitoblarini o\u2018qish kifoya. Men Yum nazariyasining mag\u2018zini chaqish oson emasligini yaxshi tushunaman, ayrim jumlalar mazmunini har qanday savodxon odamning tushunishi esa boshqa masala, ammo falsafa bobida yetarli tayyorgarlikka ega bo\u2018lmasdan, asarning asosiy ma\u2019nosini va sertarmoq mundarijasini anglash imkonsiz. Ingliz tilida Berklidek nozik yoza olish har kimning qo\u2018lidan kelavermaydi. Yozuvchilar ikkita sababga ko\u2018ra \u2013 birlari beparvolik tufayli, boshqalari atayin tushunarsiz yozadi. Ko\u2018pchilik odamlar fikrini qiyomiga yetkazib tushuntirib berolmaydi, buning sababi \u2013 ular aniq-ravshan yozishni o\u2018rganish uchun zahmat chekishga qunt qilmaganligidan. Bunaqa tushunib bo\u2018lmaydigan mubhamlik zamonaviy faylasuflar, olimlar va hatto munaqqidlarning asarlarida o\u2018qtin-o\u2018qtin uchrab turadi. Keyingilariga odam chindanam hayron bo\u2018ladi. Zohiran, bunday qaraganda, bir umr adabiyot olamining darg\u2018alari asarlarini o\u2018qib, ulardan o\u2018rganib yurgan kimsalar, so\u2018z nafosatini, nozikligini boshqalarga qaraganda chuqurroq his qilishlari lozimdek, ular fikr\u00adlarini chiroyli bo\u2018lmasa ham, loaqal tushunarli ifodalab berishlari kerakdek tuyuladi. Shunga qaramay, ularning asarlarida shunday g\u2018aliz jumlalar uchraydiki, azbaroyi ularni tushunib olish uchun bir necha marta o\u2018qish lozim bo\u2018ladi. Ba\u2019zan muallif nima demoqchi bo\u2018layotganini taxmin qilishdan boshqa ilojingiz qolmaydi, negaki aytmoqchi bo\u2018lgan gapi qolib, butunlay boshqa narsani ifodalayotgan bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Goho yozuvchi o\u2018zi aytadigan fikriga uncha ishonmaydi, bunga ishonchi komil emas. Yo uddasidan chiqolmaydi, yo yalqovligi tufayli fikrini ham xayolida pishitib olmagan bo\u2018ladi. Bunaqa chalkash fikrni aniq-tiniq ifodalash esa, turgan gapki, mumkin emas. Buning sababi \u2013 adiblarning yozishga o\u2018tirishdan oldin o\u2018ylab olish o\u2018rniga, yozayotganlarida o\u2018ylay boshlashlari bo\u2018lsa kerak. Qalamdan fikr tug\u2018iladi. Buning xavfli tomoni shuki, yozuvchi doim undan ehtiyot bo\u2018lishi kerak, qog\u2018ozga tushgan fusunkor so\u2018z joduga o\u2018xshaydi, u sehrlab qo\u2018yadi. Ko\u2018z bilan ko\u2018rish mumkin shaklga kirgan fikr moddiylashdimi, tamom, uning ma\u2019nosini anglash qiyinlashadi. Biroq bunaqa mavhumlik osonlik bilan atayin qilingan noaniqlikka aylanadi. Aniq fikrlashga noqobil ayrim yozuvchilar asossiz ravishda o\u2018zlarining fikrlarini anchayin ma\u2019noli deb hisoblashga moyil bo\u2018ladilar. Ular fikrlarim favqulodda teran va qamrovli, shuning uchun ularni duch kelgan odam tushunib ketadigan tarzda ifodalash mumkin emas, deb maqtanishni yaxshi ko\u2018radilar. Shunaqa yozuvchilarning butun fojiasi \u2013 o\u2018zlarining aniq fikrlashga noqobil ekanliklarini xayollariga ham keltirmasliklarida. Shu o\u2018rinda, boya aytib o\u2018tganimizdek, yana qog\u2018ozga tushgan \u2013 moddiylashgan so\u2018zning sehr-jodusi ta\u2019sir o\u2018tkazadi. Vaholanki, yetarlicha tushunilmagan ibora, jumla aslida bag\u2018oyat ifodali va serma\u2019no fikrning in\u2019ikosi, deya odam o\u2018zini osongina ishontirishi mumkin. Bu esa taassurotlarini azaliy mavhumlikda qog\u2018ozga tushirish odatini mustahkamlashga xizmat qiladi. Ulardan yashirin ma\u2019no izlab topadigan ovsarlar hamisha topilgan, topiladi. Ataylab tushuniksiz yozishning yana bir turi borki, bunisi avvalgisidan ham o\u2018tib tushadi, u go\u2018yo nazokatli uslubga burkangandek ko\u2018rinish kasb etadi. Muallif ommaning fahmi yetmasligi uchun o\u2018zining g\u2018oyasiga mavhumlik libosini kiydiradi. Shu tariqa, go\u2018yo bir qancha qaltis to\u2018siqlarni yengib o\u2018tolgan mumtoz kishilargina sirli boqqa kira oladi. Biroq bunaqa mavhumlik nafaqat ohangjamadan, balki kaltabinlikdan ham darak beradi. Zero, davr shamollarida ne ko\u2018ylarga tushmaydi u. Agar asar ma\u2019nosiz so\u2018zlar bo\u2018tqasiga o\u2018xshagan bo\u2018lsa, Davr uni hech kim o\u2018qimaydigan keraksiz so\u2018zlar uyumiga aylantirib qo\u2018yadi. Giyom Apolliner izidan bormoqchi bo\u2018lib, hiyla-nayranglar qilgan fransuz yozuvchilarining deyarli hammasi shunday qismatga duchor bo\u2018lishdi. Ba\u2019zan bunday bo\u2018lishi ham mumkin: Vaqt teran va haqqoniydek tuyulgan asarlarni o\u2018tkir, ko\u2018zni qamashtiruvchi nuri bilan yoritadi, ana shunda bu g\u2018alati so\u2018z o\u2018yinlari zamirida jo\u2018n, arzongarov fikrlar yashiringani ma\u2019lum bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Mallarmening she\u2019rlari, ayrimlarini aytmasa, hozir hamma uchun tushunarli, uning bir vaqtlar ommani hayratga solgan g\u2018oyalari nihoyatda oddiy, siyqa ekanligini sezmaslik mumkin emas. Go\u2018zal iboralari bor, biroq o\u2018sha zamonlardan buyon hammaga ma\u2019lum bo\u2018lgan shoirona fikrlar uning she\u2019rlari uchun manba bo\u2018lib xizmat qilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">XII<\/p>\n<p>Soddalik \u2013 ravshan yozishchalik ro\u2018yi-rost ko\u2018rinib turuvchi fazilat emas. Men hamisha shunga intilganman, chunki dabdabali, serhasham tilda yozish qo\u2018limdan kelmaydi, ta\u2019bir joiz bo\u2018lsa, bunga noqobilman. Boshqa ijodkorlarning shunday yoza olishlariga havas qilaman, lekin yashirib nima qildim, juda tez ko\u2018nglimga uradi, hazm qilishga qiynalaman. Reskinni bir sahifa o\u2018qisam, dilim yayraydi, qoyil qolaman, yigirma betdan keyin me\u2019damga uradi, toliqaman. Jumlalar ravon, tahsinga loyiq sifatlashlar, o\u2018zaro bog\u2018langan shoirona tashbehlar, iboralarga salmoq va salobat baxsh etuvchi ergash gaplar, bir maromda mavjlanayotgan to\u2018lqinlardek ulug\u2018vor ohang \u2013 bularning hammasi qandaydir yuksak tuyg\u2018ularga yo\u2018g\u2018rilgan. Shu taxlit birlashib uyg\u2018unlik kasb etgan so\u2018zlar ajib bir musiqa singari ko\u2018ngilni rom qiladi. Odamda aqliy emas, ko\u2018proq hissiy taassurot uyg\u2018otadi, go\u2018zal so\u2018zlar bu iboralarning ma\u2019nosini o\u2018ylab, mulohaza qilish zaruriyatidan xalos qiladi. Natijada, so\u2018z o\u2018yinlariga mahliyolik mazmun haqida qayg\u2018urmaslikni keltirib chiqadi, bu esa o\u2018z-o\u2018zidan butunlay asarning asosiy mehvari bo\u2018lgan g\u2018oyani anglash, tushunish istagini yo\u2018qqa chiqaradi. Fikrsizlik nazariyasi paydo bo\u2018ladi. Biroq so\u2018zlar shafqatsiz mustabid, ular o\u2018zlari ifodalayotgan ma\u2019noning quvvati bilan belgilanadi, ma\u2019no yo\u2018qoldimi, tamom, so\u2018zlardan, umuman, adabiy matndan uzoqlashib ketasan. Fikr tarqoq holga keladi. Bunaqa usulda yozish o\u2018ziga munosib mavzularga ehtiyoj sezadi, hatto shuni talab qiladi, arzimagan narsalar haqida dabdabali usulda yozib bo\u2018lmaydi. Undan Tomas Braunchalik hech kim mahorat bilan foydalana olmagan, lekin u ham doimo shu tuzoqqa tushishdan saqlanolmagan. \u201cGidriotafiya\u201d \u2013 \u201cXok solingan ko\u2018zachaning dafn etilishi\u201d kitobining so\u2018nggi bobida inson qismati barokko adabiyotining dabdabali tilida bayon qilinganki, har jihatdan uslubga muvofiq \u2013 tilla uzukka olmos ko\u2018z qo\u2018ygandek. Nasrda shunday go\u2018zal sahifalar yaratilganki, bizning adabiyotda uning oldiga tushadigani yo\u2018q, biroq u ko\u2018zchalar qanday topilganini ham xuddi shunday dabdabali usulda beradiki, buning ta\u2019sir kuchidan (hech bo\u2018lmaganda men shunday deb o\u2018ylayman) asar ham qolmaydi, demak, o\u2018quvchiga bu fojiali lavhalar ta\u2019sir qilmaydi. Zamonaviy yozuvchi oddiygina suyuqoyoq xotinning hech bir jihati bilan e\u2019tiborga arzimaydigan yigit to\u2018shagida yotgan-yotmaganini balandparvoz uslubda, buning ustiga tantanavor ohangda bayon qilib bersa, haqli ravishda ensangiz qotadi.<\/p>\n<p>Serhasham uslub yaratish uchun iste\u2019dod zarur ekan \u2013 axir, bu har kimga ham nasib etavermaydi, soddalik bo\u2018lsa, tug\u2018ma xususiyat emas. Unga erishmoq uchun temirdek intizom zarur. Bilishimcha, bizning tilimizdagina nasrning alohida turi \u2013 purple patshni\u00a0 yaratishga to\u2018g\u2018ri kelgan. Basharti, u haddan ziyod o\u2018ziga xos bo\u2018lmaganda edi, bunga hojat qolmasdi. Ingliz nasri tili sodda emas, aslida u hashamdor. Ammo har doim ham bunaqa bo\u2018lmagan. Shekspir nasridan ko\u2018ra shiddatliroq, cho\u2018rtkesar va jonliroq uslub yo\u2018q, lekin unutmaslik lozim, bu og\u2018zaki nutqqa mo\u2018ljallab yozilgan dialog. Biz Shekspir Kornel singari o\u2018z pyesalariga so\u2018zboshini qanday yozgan bo\u2018lardi, bilmaymiz. Ehtimol, bu muqaddimalar Yelizavetaning nomalariga o\u2018xshash g\u2018aliz, g\u2018ayritabiiy chiqarmidi. Lekin undan avvalroq ijod qilgan, deylik Tomas Mor nasrini oladigan bo\u2018lsak, u dag\u2018al ham, bejamdor ham, tumtaroq ham emas. Undan ingliz tuprog\u2018ining hidi kelib turadi. O\u2018ylashimcha, qirol Iakov Bibliyasi ingliz nasriga zarar yetkazgan. Men uning go\u2018zalligini inkor qiladigan darajada nodon emasman. U juda ulug\u2018vor. Biroq Bibliya \u2013 sharqona kitob. Uning obrazliligi bizga butunlay begona. Bu mubolag\u2018alar, bu shirali majozlar ruhimizga to\u2018g\u2018ri kelmaydi. Menimcha, Bibliya uzoq paytgacha inglizlarning kundalik, hattoki yagona mutolaa qilinadigan kitobi bo\u2018lgani kasri bu. Bibliyadagi so\u2018z boyligi, ohangdoshlik, balandparvoz iboralar millatning qon-qoniga singib ketdi. Oddiy, toza ingliz tili har xil, bo\u2018lar-bo\u2018lmas bejama ziynatlardan tug\u2018ildi. O\u2018zining ko\u2018rkini yo\u2018qotdi. Befarosat inglizlar yahudiylarning payg\u2018ambarlariga o\u2018xshab gapiraman deb, tillari tanglayiga yopishgudek bo\u2018ldi. Aftidan, bunga inglizlarning tabiatidagi qandaydir o\u2018ziga xos alomatlar: balki aniq mushohada yuritishga noqobillik yoki chiroyli, yaltiroq so\u2018zlarga bolalarcha mahliyo bo\u2018lish yoki bunaqa jimjimador bezaklarga tug\u2018ma ishqibozlik va muhabbat sababdir \u2013 bilmadim. Lekin bitta narsaga ishonchim komil, o\u2018shandan buyon ingliz adabiy tili ortiqcha so\u2018zbozlik illati bilan kurashib keladi. Vaqti-vaqti bilan bamisli Drayden asarlari yoki qirolicha Anna hukmdorlik qilgan davrda yashagan adiblarning ijodidagi kabi tilning burungi qudrati qaror topgan bo\u2018lsa-da, ko\u2018p o\u2018tmay yana Gibbon yoki doktor Jonsonning yuzaki, dabdabali uslubi bosib ketardi. Xezlitt tadqiqotlari, Shelli maktublari, Charlz Lemning eng yaxshi asarlaridagi til evaziga ingliz nasri yana soddalikka erishsa \u2013 de Kvinsi, Meredit, Karleyl hamda Uolter Paterning kitoblari shu fazilatni yo\u2018qqa chiqarardi. Dabdabali uslub, tabiiyki, oddiylikka nisbatan odamni lol qoldiradi. Bu ham yetmagandek, aksar kishilar odamlarni hayratga solmaydigan uslub umuman uslub emas, deb hisoblaydilar. Shunaqalar Uolter Paterni o\u2018qib, tasannolar aytadilar-u, Metyu Arnold badihasini o\u2018qish u yoqda tursin, hatto uning o\u2018z fikrlarini naqadar nozik, go\u2018zal va tabiiy ifodalayotganini sezmaslikka harakat qiladilar.<\/p>\n<p>Uslub, bu \u2013 insonning o\u2018zidir, degan jumla juda mashhur bo\u2018lib ketgan. Ushbu hikmat shunchalar ko\u2018p ma\u2019noda ishlatiladiki, shundan deyarli hech nimani anglatmaydi. Gyote inson sifatida qaysi asarlarida ko\u2018proq namoyon bo\u2018ladi \u2013 nazokatli lirik she\u2019rlaridami yoki qo\u2018poldan-qo\u2018pol asarlaridami? Xezlitt-chi? Biroq, menimcha, inson fe\u2019li injiq bo\u2018lsa, u shak-shubhasiz mavhum yozadi, agar uning fe\u2019l-atvori miyang\u2018i bo\u2018lsa, yozganlari ham injiq, jizzaki, agarda uning idroki, qabul qilish qobiliyati o\u2018tkir bo\u2018lsa va buyumlar yuzlab boshqa buyumlarni eslata olsa, u holda, o\u2018zini idora qilish qolib ketib, yozganlarini o\u2018xshatishlar va metaforalar bilan bejab tashlaydi. Yaqin orada tilga qo\u2018shilgan yangi so\u2018z boyliklari bilan sarxush yurgan XVII asr adiblarining balandparvoz uslubi bilan betayin nazariyaning qurboni bo\u2018lgan Gibbon va doktor Jonsonning dabdabali uslubi o\u2018rtasida katta farq bor. Doktor Jonson ishlatgan so\u2018zlarning har biri menga huzur baxsh etadi, chunki u gapning kiftini keltirib yozish bilan birga dilbar uslub sohibi va bama\u2019ni ijodkor edi. Ko\u2018ra-bila turib, bunaqa dabdabali uslubda yozmaganda edi, uning oldiga tushadigan yozuvchi bo\u2018lmasdi. U sof, yaxshi ma\u2019nodagi ingliz tilini qadrlay bilardi. Drayden nasrini ishning ko\u2018zini biladigan bironta munaqqid jiddiy ravishda maqtamagan edi. U Drayden san\u2019atining mohiyati \u2013 teran fikrga ravshan ifoda topa bilishda, deya ta\u2019riflagan edi. \u201cTarjimai hol\u201dlaridan birini esa shunday yakunlagan edi: \u201cKimki qo\u2018pol bo\u2018lmagan, nafis, lekin ko\u2018zni qamashtirmaydigan, tabiiy inglizcha hijo topishni istasa, kecha-kunduz Addison asarlarini o\u2018qisin\u201d. Lekin o\u2018zi peroni qo\u2018lga olar ekan, maqsadi o\u2018zgarib qolardi. Dabdabali uslubni ulug\u2018vor deya hisoblardi. Ulug\u2018vorlikning birinchi belgisi, bu \u2013 tabiiylik va soddalikdan iborat ekanini anglash uchun unga ta\u2019lim-tarbiya yetishmasdi.<\/p>\n<p>Barkamol nasr tarbiya tufayli vujudga keladi. She\u2019riyatdan nasrning farqi shuki, u tartibga keltirilgan san\u2019atdir. She\u2019riyat, bu \u2013 barokko. Barokko \u2013 fojiaviy, poyonsiz, sir-sinoatlar uslubi. U \u2013 tartibsiz. U teranlik bilan hurlik talab qiladi. U bamisli po\u2018rtana, olov, chaqmoq, ibtidosi yo\u2018q intiho. U teranlik, hurlik va ziyraklik! Menga hamon barokko davrining nosirlari \u2013 Bibliyaga e\u2019timod qilgan qirol Iakov, Tomas Braun, Glenvillar \u2013 yo\u2018lidan adashgan shoirlar bo\u2018lib tuyuladi. Nasr, bu \u2013 rokoko. U nafaqat qudrat, balki did, nafaqat ilhom, balki izchillik, mantiq, faqatgina salobat emas, balki aniqlik talab qiladi. Shoir uchun shakl \u2013 baayni jilov bilan suvliq, ularsiz, agar sirk ustasi bo\u2018lmasangiz, otda yurolmaysiz, lekin nosir uchun bu shassi \u2013 usiz mashinangiz yo\u2018q degani.<\/p>\n<p>Mazmundor nasr tarbiya ko\u2018rgan odamning suhbatiga monand bo\u2018lishi kerak, deyishadi. Qachon shirin suhbat qilinadi, qachonki turmush tashvishlaridan ozod bo\u2018linsa! Ularning hayoti iloji boricha xavf-xatarsiz, beg\u2018alva, xotirjam bo\u2018lmog\u2018i, xayolini buzmasligi lozim. Ular ko\u2018proq dunyo mohiyatining takomiliga ahamiyat berishlari darkor. Ular xushmuomalalikni qadrlashlari, o\u2018zlarining tashqi qiyofalariga ahamiyat berishlari, birovlarni zeriktirib qo\u2018yishdan istihola qilishlari, haddan ziyod shodumon ham, haddan ziyod jiddiy ham bo\u2018lmasliklari, doimo me\u2019yorni saqlashlari, zavq-shavqqa tanqidiy ko\u2018z bilan qarashlari kerak. Mana shu nasr uchun behad qulay, ko\u2018ngildagidek holat. Mana shu zamonamizning eng barkamol nosiri \u2013 Volterni dunyoga keltirdi. U bamisli o\u2018z-o\u2018zidan erishgandek tuyulayotgan kamolotga bizning yozuvchilar, ehtimol, ingliz tilining shoirona xususiyatiga ko\u2018ra erisha olgandirlar. Ular ravon uslubi, g\u2018oyaning shakl bilan muvofiqligi, ifodaning ravshanligi bo\u2018yicha buyuk fransuzlarga taqriban ijod qilganlari bois tahsinga sazovordirlar.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">XIII<\/p>\n<p>Men ingliz nasri haqida ancha-muncha kitoblar o\u2018qiganman, biroq ularning nafi tegmagan, desa ham bo\u2018ladi. Ularning aksari mujmal, nazariy jihatdan xom va badxohlik bilan yozilgan edi. Faulerning \u201cJonli ing\u00adliz tili lug\u2018ati\u201d kitobi haqida bunday deb bo\u2018lmaydi. U yuksak darajada foydali kitob. Odamning har qancha qalami o\u2018tkir bo\u2018lsa ham bu kitobdan ko\u2018p o\u2018rgansa bo\u2018ladi. Uni o\u2018qish maroqli. Fauler soddalikni, jiddiylik va fikrchanlikni yaxshi ko\u2018radi. Ohangjama qilishni yoqtirmaydi. U turg\u2018un birikmalar \u2013 tilning negizi, deb hisoblardi, jarangdor iboralarni qadrlardi. U mantiq, izchillikka ko\u2018r-ko\u2018rona amal qilmas va hamisha birinchi o\u2018rinda chandirdek qattiq grammatik to\u2018siqlar aro jonli tilga yo\u2018l berishga tayyor turardi. Ingliz tilining grammatikasi haddan ziyod og\u2018ir, grammatik jihatdan bexato yozish hammaning ham qo\u2018lidan kelavermaydi. Hatto Genri Jeymsdek ijodkorlar orasida ham kam uchraydigan, grammatik qoidalarni havas qilarli darajada biladigan savodxon yozuvchi goho beparvolikdanmi, shunday xatolarga yo\u2018l qo\u2018yar ediki, har qanday maktab muallimi o\u2018quvchining inshosida shunaqa xatolarni ko\u2018rsa, achchiqlanar edi. Grammatikani bilish kerak, g\u2018aliz jumlalar tuzgandan ko\u2018ra, orfografik xatoga yo\u2018l qo\u2018ygan ma\u2019qul, biroq grammatika nari borsa jonli qoidaga solingan og\u2018zaki nutq ekanini unutmaslik lozim. Yagona mezon, bu \u2013 jonli tildir. Har qanday jiddiy, tartib bilan tuzilgan jumladan ko\u2018ra, men oqar suvdek ravon va tabiiy jumlani afzal ko\u2018raman. Ingliz va fransuz tillarining bitta farqi, fransuz tilida grammatik qoidalarga amal qilingan holda samimiy yozsa bo\u2018ladi, ingliz tilida esa bunga doim ham erishish amrimahol. Ingliz tilida yozishning qiyinligi shundaki, jonli so\u2018zlashuvning ovozi bosma \u2013 qog\u2018ozda yozilgan yozuv ustidan go\u2018yo hukmronlik qiladi. Men uslub muammolari haqida juda ko\u2018p fikr yuritganman va bunga ancha mehnatim singgan. Yozganlarim ichida tuzatishga kuchim yetmagan sahifalar kam uchraydi, ming zo\u2018r berganim bilan tuzatolmay qo\u2018l silkib qo\u2018yganlarim esa haddan tashqari ko\u2018p. Men o\u2018zim haqimda Jonson Pop xususida aytganidek: \u201cU jumlalarni hech qachon loqaydlik bilan tuzatmasdan tashlab ketmaydi, tuzatmay o\u2018tib ketgan chog\u2018larida noshud bo\u2018lganidan shunday qiladi\u201d, \u2013 deyolmayman. Men xohlaganimcha emas, qo\u2018limdan kelganicha yozaman.<\/p>\n<p>Fauler esa so\u2018z ohangiga quloq solmaydi. U goho ohangdorlik oldida oddiylikdan voz kechsa bo\u2018laverishini tushunmaydi. Menimcha, biroz sun\u2019iy yo eskirgan yoki hatto diltang so\u2018zni, magarki yaxshiroq jarang\u00adlayotgan bo\u2018lsa, jumlaga izchillik, mahzunlik bag\u2018ishlayotgan so\u2018z o\u2018rnida qo\u2018llash mumkin. Biroq izoh berish zarurga o\u2018xshaydi: bunaqa so\u2018zlarning bemalol bahridan o\u2018taverish mumkin, lekin zinhor-bazinhor fikrning aniq ifodasi evaziga emas. Mavhum yozishdan ko\u2018ra yomonroq narsa yo\u2018q. Ravshanlikni rad qilib bo\u2018lmaydi, oddiylikka esa faqat shirasiz bo\u2018lib qolibdi, deya e\u2019tiroz qilish mumkin. Xuddi jingalak ulama soch taqqandan ko\u2018ra, kal bo\u2018lib yurish afzalligiday. Biroq ohangdorlikning o\u2018ziga yarasha xatarli jihati bor: u osongina bir xillikdan iborat bo\u2018lib qoladi yoki shuni kasb etadi. Jorj Mur ijodini boshlagan paytda tili qashshoq edi, xuddi uchi to\u2018mtoq qalamda narsa o\u2018raydigan qog\u2018ozga yozilganday tuyulardi. Shunday bo\u2018lsa-da, sekin-asta ohangdor ingliz tilida qoyilmaqom qilib yozadigan bo\u2018ldi. U bora-bora sokin, ruhsiz jumlalar yozishga o\u2018tdiki, shunchalar o\u2018ziga ma\u2019qul kelganidan bu usuldan voz kecholmasdi. U bir xillikdan saqlanishni xayoliga keltirmadi. Uning jumlalari toshloq sohilga urilayotgan to\u2018lqinlar singari bir maromda edi \u2013 allalardi, afsuski, bu ohangdorlik kitobxon esidan juda tez chiqib ketardi. Ular shu darajada xushohang ediki, azbaroyi dag\u2018alroq, mana shu ipakdak mayin ohanglarni buzadigan allaqanday keskin, badhazm, tumtaroq nimagadir zarurat borligi sezilib qolardi. Bundan qanday saqlanish mumkin \u2013 bilmayman. Ehtimol, kitobxonlardan ko\u2018ra sening o\u2018zingda shu o\u2018zgarmas, bir xil ohangli jumlalarga munosabat bo\u2018lishi kerakdir, ana o\u2018shanda, sening o\u2018zing kitobxonlardan avvalroq joningga tegarsan, ammo o\u2018zing topgan sermazmun vositalar kutganingchalik samara bermayotganini vaqtida sezish juda-juda qiyin. Doktor Jonson aytganidek: \u201cKimdir kun kelib o\u2018z uslubiga zo\u2018r g\u2018ayrat va intilish bilan erishadi. Ammo oxir-oqibat kamdan-kam hollardagina yetarlicha erkin yoza oladi\u201d. Metyu Arnold uslubi amalga oshirmoqchi bo\u2018layotgan maqsadlarga qanchalik muvofiq bo\u2018lmasin, ochig\u2018ini aytishim shart, u xush ko\u2018rgan, unga ma\u2019qul usullar ko\u2018pincha mening asabimga tegardi. Uslub adibning o\u2018zi uchun bir umrga uzil-kesil yasab olgan quroli \u2013 har xil ishlarni bajarishga qodir inson qo\u2018llari emas!<\/p>\n<p>Agar aniq, oddiy, xushohang yozish mumkin bo\u2018lsaydi, bu mukammallik kasb etardi: bu Volterga o\u2018xshab yozish bo\u2018lardi. Vaholanki, ta\u2019sirli yozish ortidan quvish xavfli ekanini bilamiz: u Mereditning diqqinafas, zerikarli mashqlariga olib kelishi mumkin. Makoley bilan Karleyllarning har biri o\u2018ziga yarasha ijodkor, biroq bu faqatgina bebaho xususiyati \u2013 tabiiyligi tufaylidir. Ularning yorqin ta\u2019sirchanligi diqqat-e\u2019tiborni bir yerga to\u2018plashga xalal beradi. Ularning shu xususiyati o\u2018zlariga bo\u2018lgan ishonchni yo\u2018qqa chiqaradi. Agar bir odam qat\u2019iy ravishda omoch bilan yer haydash, egat ochishni niyat qilib, qadamda temir chambarakni sudragancha uning ustidan sakrab yuraversa, uning egat ochishni niyat qilganiga ishonish mumkinmi? Yo\u2018q, albatta. Yaxshi uslub mashaqqatli mehnatga zo\u2018r berganlikning oqibati ekani sezilmasligi kerak. Nimaiki yozgan bo\u2018lsangiz, baxtli tasodif mahsuli bo\u2018lib ko\u2018ringani ma\u2019qul. Fransiyada bironta yozuvchi Kolettdan yaxshiroq yozolmasa kerak, u shunchalar yengil, o\u2018ynab yozgandek taassurot qoldiradiki, o\u2018qigan odam uning zarracha bo\u2018lsin qiynalganiga ishongisi kelmaydi.<\/p>\n<p>Shunday tug\u2018ma ijrochilar bor, aksari pianinochilar bunga tinimsiz mehnat evaziga erishiladi, deydi, men yozuvchilar orasida ham shunday baxti kulib boqqanlar borligiga ishonaman. Kolettni ana shundaylar toifasiga mansub, deya tasdiqlashga moyilman. Men undan bir kuni shu to\u2018g\u2018rimi, deb so\u2018radim. Vo ajabo, u ba\u2019zan ertalabdan tushgacha tinim bilmay ter to\u2018kkani bilan bir sahifagina yozishga muyassar bo\u2018larkan. Oson va yengil yozgandek taassurot qoldirishga qanday erishishi muhim emas. Men, aytaylik, shunga erishsam ham, faqatgina mashaqqatli mehnat evaziga yolg\u2018iz qiynalishlar orqali erishaman. Kamdan-kam hollardagina to\u2018g\u2018ri fikr, shuningdek, haqqoniy va chaynalmagan so\u2018z yoki ibora qog\u2018ozda osongina aks etib qolishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">XIV<\/p>\n<p>Qayerdadir o\u2018qigandim, Anatol Frans faqatgina o\u2018zi tan bergan XVII asrda yashab o\u2018tgan yozuvchilarning til boyligi va usullarini o\u2018zlashtirishga intilar ekan. Chindanam shundaymi, bilmayman. Uslubida oddiylik, hayotiy ohangdorliklar, ta\u2019sirchanlik yetishmasligining sababi shundandir balki. Biroq yozuvchi ko\u2018nglidagini, aytish lozim bo\u2018lgan gaplarni aytmasa yoki yozmasa, bunday oddiylik soxta, qalbaki bo\u2018ladi. O\u2018z zamonasining uslubida yozish shart. Til yashaydi va shu bilan birga o\u2018zgarib boradi, o\u2018tmish zamondagilarga o\u2018xshab yozishga harakat qilish faqatgina sun\u2019iylikka olib kelishi mumkin. Uslubning jonli bo\u2018lishi va zamonaviylikka erishish uchun, garchi bugun avji rasmga kirgani bilan o\u2018n ikki yildan keyin unutilib ketishi mumkin bo\u2018lgan so\u2018zni hech ikkilanmay ishlatganman. Asarning umumiy qiyofasi yetarli darajada jiddiy va qat\u2019iy bo\u2018lsa, mahalliy yoki vaqtinchalik qiymatga ega til me\u2019yorlaridan foydalanishga monelik qilmaydi. Men qiyshanglaydigan yozuvchidan ko\u2018ra, beadab yozuvchini afzal ko\u2018raman. Hayotning o\u2018zi beadab, buzuq, shu hayotni yozuvchi aks ettirishga harakat qilayotgan ekan, shunday bo\u2018lmog\u2018i tabiiy, adib oydagi yoki boshqa sayyoralardagi hayotni tasvirlashga bel bog\u2018lamagan-ku!<\/p>\n<p>Nazarimda, biz ingliz adiblari, amerikalik hamkasblarimizdan ko\u2018p narsani o\u2018rganishimizga to\u2018g\u2018ri keladi. Zero, Amerika adabiyoti qirol Iakov Bibliyasining zararli ta\u2019siridan uzoq bo\u2018lgan, shu bilan birga bizdagidek yozish uslublari madaniy hayotimizning bir qismiga aylanganidek eski darg\u2018alarning ijodi Amerika yozuvchilariga juda kam darajada ta\u2019sir ko\u2018rsatgan. O\u2018zlarining uslublarini yaratayotganlarida ular balki o\u2018ylamasdan, ixtiyorsiz ravishda atroflarida yangragan jonli tildan namuna olishga intilgandirlar; ana shu uslubning eng go\u2018zal namunalarida haqqoniylik, hayotiylik va kuch-qudrat baralla namoyon bo\u2018ladi, uning oldida bizning madaniyatliroq bo\u2018lib ko\u2018ringan adabiyotimiz nimjon, tinkasi qurigan adabiyot bo\u2018lib qoldi. Qaysidir davrda reportyorlik qilgan aksar amerikalik yozuvchilarga bu soha juda katta foyda bergan. O\u2018zining gazetadagi faoliyati davomida ular lo\u2018nda, o\u2018tkir va ta\u2019sirchan tilda yozish mashqini oldilar, bizda esa bunday tajribaga panja orasidan qaralardi. Ajdodlarimiz Bibliyani qanday o\u2018qigan bo\u2018lsa, hozir biz gazetani shunday o\u2018qiymiz. Gazeta juda arzon. Biz uchun tajriba maktabi vazifasini bajarishi lozim bo\u2018lgan yozuvchilar esa hamon bunga e\u2019tiborsizlik bilan qarayaptilar. Chunki bu \u2013 to\u2018ppa-to\u2018g\u2018ri kushxonadan kelayotgan xomashyodek gap, agar biz yozuvchilar qon va go\u2018ng hidi bor, deb undan yuz o\u2018girsak, noma\u2019qul buzoqning go\u2018shtini yegan bo\u2018lamiz. Nima bo\u2018lgan taqdirda ham bu kundalik prozadan bo\u2018yin tovlamaslik lozim. Ammo uslub jihatdan hamma davrdagi matbuot bir xil bo\u2018ladi. Xuddi barcha materiallarni bir kishi yozayotgandek, u qiyofasiz. Uning ta\u2019siriga o\u2018zgacha mutolaani qarshi qo\u2018ya bilish kerak. Buning bitta yo\u2018li bor: muntazam ravishda boshqa adabiyot bilan aloqada bo\u2018lish shart, faqat u haddan ziyod uzoq o\u2018tmish adabiyoti bo\u2018lmasin. Ana o\u2018sha adabiyot siz uchun bamisli o\u2018z uslubingiz va ideallaringizni taqqoslash, bugungi kun yozuvchisi bo\u2018laturib unga intilish imkonini beradi. Shu ma\u2019noda Xezlitt bilan kardinal Nyumen singari yozuvchilar men uchun mayoq vazifasini o\u2018tadi. Men ularga taqlid qilgan emasman. Xezlitt ba\u2019zan keragidan ortiq dabdabali yozardi, ba\u2019zan uning Viktoriya davri gotik uslubiga monand latofati siyqasi chiqqandek yoki eskirgandek taassurot uyg\u2018otardi. Nyumen esa ba\u2019zan balandparvoz yozishda me\u2019yorni unutardi. Biroq ikkovida tengsiz sahifalar bor. Vaqt asarlarining tiliga unchalik ta\u2019sirini o\u2018tkazmagan \u2013 ular shu zamonda yaratilgandek edi. Xezlitt juda ishonarli, baland ruhda, g\u2018ayrat bilan yozardi, uning asarlaridan hayot va qudrat ufurib turardi. Jumlalarida u yaxshi bilgan maydakash, janjalkash, o\u2018shshaygan, badxulq inson aks etardi. (Axir, bizning botiniy menimiz o\u2018sha nochor, bir umr qoqilib-suqilib yuradigan odam kabi noreal emas-ku!) Nyumen, bu \u2013 nafosat, bu musiqa \u2013 goh yengil, goh zalvorli; bu tilning maftunkorligi, oliyjanobligi va xilma-xil timsolidir. Ular ikkovi mumkin qadar aniq-ravshan yozishardi. Ularning oddiyligi talabchan didlariga mos darajada oddiy emasdi. Bu jihatdan ular, nazarimda, Metyu Arnolddan orqada edilar. Ikkalasi g\u2018aroyib darajada mavzun jumlalar tuzishga mohir edi, ularni o\u2018qigan kitobxonning ko\u2018zi quvnardi. Ikkovi tabiatan juda nozikfahm edilar. Kimki ularning til sohasidagi fazilatlarini zamonaviy uslub bilan birga qo\u2018shib o\u2018rgansa yoki unga taqlid qilsa, undan a\u2019loroq yozadigan odam topilmasdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">XV<\/p>\n<p>Goho-goho o\u2018zimga, mabodo, hayotimni boshdan-oyoq adabiyotga baxsh etganimda, yaxshiroq yozarmidim yoki yo\u2018qmi, deya savol beraman. Bir zamonlar, aniq eslolmayman necha yoshda ekanman, hayotga bir marta kelar ekanman, iloji boricha hayotning barcha lazzatlaridan totib ko\u2018rishga qaror qilgandim, faqat ijod qilishning o\u2018zi menga kamdek tuyulardi. Men hayotimni shunday dastur asosida yo\u2018lga qo\u2018yishim kerakki, unda ijod asosiy va eng muhim o\u2018rinni egallasin, deya o\u2018ylardim. Hayotda ko\u2018p narsalardan benasib edim. Bo\u2018yim past edi, tengdoshlarimga nisbatan chidamli bo\u2018lganim bilan jismonan zaif, tortinchoq va nimjon edim: men inglizlarning hayotida juda muhim o\u2018rin tutadigan sportga ishqiboz emasdim. Bulardan biri sabab bo\u2018libmi yoki tug\u2018ilishdan shunaqa edimmi \u2013 men mana shular bois beixtiyor odamlar bilan chiqishib ketolmasdim. Men turli davralarda har xil insonlarni ko\u2018nglimga yaqin olib yurgan bo\u2018lsam-da, umuman odam isini yoqtirmasdim. Ilk bor tanishgandanoq do\u2018st bo\u2018lib ketadiganlar toifasidan emasdim. Yillar davomida begonalar bilan muomala qilishga to\u2018g\u2018ri kelib qolganda odamoxun, dilbar shaxsdek taassurot qoldirishni o\u2018rgandim, biroq birinchi ko\u2018rishganda hech kim, hech qachon ko\u2018nglimga o\u2018tirmasdi. Yanglishmasam, hayotimda biron marta bo\u2018lsin, vagonda yoki kemada notanish kishilar bilan qadrdonlardek gaplashib ketmaganman. Salomatligim ko\u2018tarmaganligidan o\u2018zimga o\u2018xshaganlar bilan ichkilik ichib, maishat qilmaganman: ko\u2018pchilik singari shirakayf bo\u2018lib aka-uka tutinadigan darajaga yetay deb qolganimda negadir oshqozonim og\u2018rib qolar, ko\u2018nglim juda yomon behuzur bo\u2018la boshlardi. Bularning bari oddiy odamlar tugul, ijodkor uchun ham yaxshi odat emasdi. Amallab, muomala qilib ketishga to\u2018g\u2018ri kelardi. Men o\u2018zim tanlagan hayot yo\u2018lidan chetga chiqishni istamasdim, ehtimol, yashashning bunday qoidalari nomukammaldir, biroq men bundan ortig\u2018ini o\u2018sha paytda zimmamga ham ololmasdim, zero, tabiatimga ham to\u2018g\u2018ri kelmasdi.<\/p>\n<p>Arastu tabiatda faqatgina insonga xos xususiyatlar nimalardan iborat ekanligini aniqlash maqsadida juda ko\u2018p tajriba o\u2018tkazgan, kuzatgan, xulosalar chiqargan va shunday fikrga kelgan: inson o\u2018simlik singari barq urib o\u2018sishga, mavjudot kabi his qilishga moyillikdan tashqari, u ongli xilqat, demakki, uning o\u2018ziga xos, yagona vazifasi \u2013 aqliy faoliyatdir. Shundan kelib chiqqan holda u odamzod mana shu uch shakldagi faoliyatning hammasini barobar emas (holbuki, mantiq shuni taqozo etadi), balki o\u2018sha, faqat o\u2018ziga taalluqlisini rivojlantirishga harakat qilmog\u2018i kerak, degan xulosaga keladi. Faylasuflar va axloqshunoslar vujudga bepisandlik bilan munosabatda bo\u2018lishgan. Ular jismoniy lazzatning o\u2018tkinchiligiga doim urg\u2018u berganlar. Biroq lazzatlanish, hattoki qisqa vaqt davom etgan taqdirda ham baribir \u2013 lazzatlanishdir. Garchi bir daqiqadan keyin badan muzdekkina ta\u2019sirni sezmay qolishi ma\u2019lum bo\u2018lsa ham, jazirama issiqda suvda cho\u2018milish \u2013 rohat, salqin ichimliklar ichish \u2013 rohat. Negaki, oq narsa vaqt o\u2018tgani bilan yanada oqroq bo\u2018lib qolmaydi. O\u2018sha paytlarda men hissiyotlarimiz baxsh etgan barcha huzur-halovatdan bahramand bo\u2018lish kerakligini hayotiy dasturilamalimning bir qismi deb hisoblardim. Men orzu-havas bilan yashashga, har qadamda huzur-halovat baxsh etuvchi ne\u2019matlarning qadriga yetishga intilardim. Bunday hayot kechirish mo\u02bbtadillikning zerikarli odatlarga aylanib ketishiga yo\u2018l qo\u2018ymaydi. U toliqqan jismingizga tetiklik, quvvat bag\u2018ishlaydi hamda xotirjamlikka asos bo\u2018ladi. Ko\u2018pincha, odamning badani yayraganda u ruhan o\u2018zini yengil va masrur sezadi, bu yulduzlar tog\u2018 cho\u2018qqisidan emas, balki kir o\u2018raning yoqasidan qaraganda yanayam yorqinroq ko\u2018ringanga o\u2018xshaydi. Jinsiy muhabbat \u2013 dunyo lazzatlarining eng ta\u2019sirlisidir. Men borliq hayotlarini shunga bag\u2018ishlagan erkaklarni ko\u2018rganman, hozir ular keksayib qolishgan, biroq hamon hayron qolamanki, ular hayotning qadriga yetib, uning mag\u2018zini chaqib, yaxshi yashaganmiz, deb hisoblashadi. Tabiatan injiq bo\u2018lganim uchunmi, imkoniyatim bo\u2018lgani holda mening bunday huzur-halovatga ortiqcha hushim yo\u2018q edi. Men bu sohada chegaradan chiqmasdim, chunki bu narsalar ko\u2018nglimni ololmasdi.<\/p>\n<p>Ko\u2018pchilik odamlar hayot haqida yengil-yelpi o\u2018ylashadi, o\u2018ylab o\u2018tirishmaydi ham \u2013 ular dalada esgan shamolga o\u2018xshaydi. Ular bolalikdan o\u2018zlarini qurshab olgan muhit va tirikchilik zarurati orqasida to\u2018g\u2018ri yashashga o\u2018rganib qolgan bo\u2018lishadi. Bu \u201cdastur\u201d ularga tashqaridan, hayot tomonidan majburan o\u2018tkazilgan. U boshqalar ongli ravishda o\u2018ylab, mulohaza qilib, o\u2018zlari uchun joriy etgan yashash tarzi singari to\u2018la-to\u2018kis, mukammal bo\u2018lishi mumkin. Lekin ijodkorning sharoiti o\u2018zgacha, san\u2019atkorning yaratuvchiligi yoki u yaratgan badiiy asarlarning qiymatini ko\u2018klarga ko\u2018tarish uchun bunday deyotganim yo\u2018q, aslo. Oddiygina, san\u2019at sohasining odami bo\u2018lganim uchun shunday deyapman. Ta\u2019riflash uchun bundan ortiq so\u2018z topolmadim. Ijodkor \u2013 juda balandparvoz, buning ustiga kitobiy, hayotda kam ishlatiladigan so\u2018z. Usta \u2013 qoniqarsiz. Duradgor ham usta, garchi tor ma\u2019noda oladigan bo\u2018lsak, u ham ijod qiladi, biroq aslini olganda, u eng iste\u2019dodsiz, haddan ziyod no\u2018noq qalamkash darajasida ham erkin ijod qila olmaydi. San\u2019atkor ma\u2019lum paytlarda ko\u2018ngli tusaganini qilishi mumkin. Boshqa soha vakillarini, masalan, shifokor yoki huquqshunosni olaylik, ular o\u2018z faoliyati mobaynida kasblari doirasidan tashqariga xohlagan taqdirda ham chiqib ketolmaydilar. Ularni kasb-korlari qonuniyati cheklab qo\u2018yadi, u yoki bu qoidalarga, tartib-intizomga amal qilishga majbur bo\u2018ladilar. Ha, aytgancha, faqatgina jinoyatchi hech kimdan maslahat so\u2018ramay, ko\u2018ngli tusagan ishni qila oladi.<\/p>\n<p>Yoshlik chog\u2018imdanoq o\u2018z oldimga qanday yashashni belgilab olganman. Ehtimol, tabiatimdagi tartib-intizomga qat\u2019iy amal qilish mayli, balki o\u2018zim uchun kashf etgan haqiqatlar shunga majbur qilgandir. Bunaqa niyat nuqsonlidir \u2013 u samimiyatni barbod qilishi mumkin. Tirik odamlar bilan adabiy qahramonlar orasidagi jiddiy tafovutlardan biri shundan iboratki, tirik odamlar tashqi ta\u2019sirga tez beriluvchan bo\u2018ladilar. Kimdir: \u201cMavhum fikr yuritadigan odam \u2013 boshqalar o\u2018z-o\u2018zidan ishonadigan narsalardan ishonish mumkin bo\u2018lmagan sabablarni topadigan odam\u201d, degan edi. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, hayotda biz o\u2018zimizning qiliqlarimizni (amallarimizni) oqlash uchun fikrlash, muhokama qilish layoqatimizdan foydalanmoqchi bo\u2018lamiz. Ta\u2019sirga qarshi bormaslik ham shu dasturga kiradi. Fikri ojizimcha, bunaqa dasturning jiddiy kamchiligi u doim ertangi kun bilan yashashga majbur qiladi. Men bunaqa kamchiligim borligini anchadan buyon bilardim va undan qutulishga doim behuda urinardim. O\u2018zgalar fikrini doim inobatga olganman. Men nomunosib, arzimagan maqsadlar uchun qanchadan-qancha qurbonlar berganman, chunki odamlarning qalbiga og\u2018riq yetkazishga botinolmaganman. Men o\u2018ylamasdan ish qilardim. Mening vijdonim azoblanardi. Shu sababli o\u2018zimning ba\u2019zi bir ishlarimni haligacha unutolmayman. Yoshligimda men juda besabr odam edim. Esimda, kimningdir \u201cmunofiqlik, bu \u2013 aybning ezgulikka to\u2018lovidir\u201d degan tanbehini eshitib, anchagacha jahlim chiqib yurgandi. Chunki men odamzod o\u2018z aybini berkitmasligi kerak, deb hisoblardim. Men yuksak halollikka, mardlikka, haqqoniylikka intilib yashardim. Meni insonning ojizligi emas, balki uning qo\u2018rqoqligi qiynardi, hech qanday imo-ishoralaru hiyla-nayranglarga toqat qilolmasdim.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em>Rus\u00a0 tilidan Olim OTAXON tarjimasi<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong><em>Manba: \u201cJahon adabiyoti\u201d jurnali, 2017 \/ \u2116 6-7.<\/em><\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Somerset MOEM I Bu kitob \u2013 tarjimai hol ham, yodnoma ham emas. Hayotda nimaiki boshimdan o\u2018tgan esa, yozgan asarlarimda foydalanganman. Bir paytlar allaqaybir kechinmalarim turtki berib, ulardan badiiy asar yaratish uchun voqealar, ishtirokchilar o\u2018ylab topardim, ko\u2018pincha o\u2018zimga yaqin yoki jilla qursa tanish bo\u2018lgan odamlarni obraz qilib olar va shular asosida o\u2018sha asarim qahramonini yaratardim. Hayotda [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":358,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[27,31,30],"tags":[],"class_list":{"0":"post-357","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-avtobiografik-esse","8":"category-bosh-sahifa","9":"category-muharrir-tanlovi"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/357","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=357"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/357\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":362,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/357\/revisions\/362"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/358"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=357"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=357"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=357"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}