{"id":293,"date":"2025-06-30T09:29:41","date_gmt":"2025-06-30T09:29:41","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=293"},"modified":"2025-07-02T10:28:07","modified_gmt":"2025-07-02T10:28:07","slug":"shuhrat-domla","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=293","title":{"rendered":"Shuhrat domla"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>Omon MUXTOR<\/strong><\/p>\n<p>Qo\u2018limda Shuhrat domlaning 1984 yilda olingan bir surati&#8230; Yuzida, ayniqsa, ko\u2018zlarida shunday azob-iztirob muhrlanganki! Ishonmaslik mumkin, hatto qalin tugik qoshlari uning og\u2018ir ichki holatini aks ettirgan. Jussasi yirik, odatda, ishonch bilan ko\u2018ksini mag\u2018rur ko\u2018tarib bosiq, dadil yuradigan bu kishi yoshi oltmishdan o\u2018tib yetmishga borayotganida, shu Shuhrat akami, deydigan darajada bexos cho\u2018kib, charchab qolgan edi. U yana o\u2018n yildan ko\u2018proq yashasa-da, o\u2018shandayoq bir umrlik uqubatlar natijasida sog\u2018ligiga putur yetib, umr shami so\u2018na boshlagandi. Xasta jismini domla, keyin ma\u2019lum muddat \u201ctashib\u201d yurdi, xolos.<\/p>\n<p>Surat menga eslatdi&#8230; O\u2018sha yillar orasi bir kuni, Shuhrat aka xalq yozuvchisi bo\u2018libdi, degan xabarni eshitib, tabriklagani Oloy bozorining orqa tarafida, 2-tramvay yo\u2018lida joylashgan uyiga bordim. Uyda, dasturxon atrofida oqsoqol yozuvchilar \u2013 Hakim Nazir, Rahmat Fayziy, Turob To\u2018la, Asqad Muxtorlar o\u2018tirishardi. Dam o\u2018tmay, Hamid G\u2018ulom, Said Ahmad akalar kelishdi.<br \/>\nKelib-ketayotgan ko\u2018p edi. Lekin men ustozlar suhbatini qizg\u2018anib sal tutildim. Butun adabiyot ahli Shuhrat akaga yuksak unvon berilishini anchadan buyon kutayotgandi. Uning o\u2018zi ham&#8230; Men, Shuhrat domlaning tengdoshlaridan yoshi kichik, xizmati kam ijodkorlargacha bu unvonga sazovor bo\u2018lishgani-yu, yozuvchi ham ojiz banda, e\u2019tiborga muhtoj ekanligi, davr notantiligini hali tushunmay, hozir shu unvon Shuhrat akaga shart ekanmi, deb o\u2018ylar edim. O\u2018sha kuni tushundim&#8230; Domlaning yuz-ko\u2018zida sevinchdan ko\u2018ra ko\u2018proq qanoat ifodasi bor edi. Yana uning qiyofasida taskinga o\u2018xshash kayfiyat sezilardi. Gap shundaki, Shuhrat aka uchun bu unvon \u2013 bir umr halol yashab, ishlab, turli \u201co\u2018yin\u201dlar tufayli Sho\u2018rodan nuqul dakki yeb, jafo chekkan kishining \u201coqlanish\u201di edi. U bokschilarga o\u2018xshab qo\u2018llari ko\u2018ksi qarshisida musht bo\u2018lib tugilgan, ular goh-goh titrayotgan holatda, bir joyda o\u2018tirolmay hadeb o\u2018rnidan turib, o\u2018g\u2018illari shu yerda, xizmat qiladiganlar yetarli bo\u2018lganiga qaramay, o\u2018zi ham shaxsan nimadir qilishi kerakdek kuyunayotgan edi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">* * *<\/p>\n<p>Shuhrat akani elliginchi yillar oxiri \u2013 oltmishinchi yillar boshlanishi, talabalik davrimdan bilardim. Dastlab u haqda eshitganimiz, yaqinda qamoqdan qaytgan yozuvchi, deyishardi&#8230; Eski san\u2019at muzeyi binosi pinjida bir qavatli mo\u2018\u2018jaz imorat tiklangan, bu yerda \u201cYosh ijodkorlar klubi\u201d tashkil etilgan edi. Erkin Vohidov, Husniddin Sharipov, Gulchehra Jo\u2018raeva, Razzoq Abdurashid, rahmatli Xayriddin Saloh, Yusuf Shomansur, Aziz Abdurazzoq, Anvar Eshonov, O\u2018ktam Usmonov va boshqalar hafta-o\u2018n kunda bu klubdagi mashg\u2018ulotlarda qatnashishardi. Mashg\u2018ulotlar, asosan, taniqli adiblar bilan uchrashib, ularning hayot va ijod tajribalarini o\u2018rganishdan iborat edi.<\/p>\n<p>Bir gal ustoz Mirzakalon Ismoiliy bilan uchrashganimizni eslayman. Ikkinchi gal Shuhrat domla bilan. Hech unutmayman, Shuhrat domla:<\/p>\n<p>\u2013 Shohning dushmani shoh, gadoning dushmani gado ekan, \u2013 deb so\u2018zini xalq iborasi bilan boshlagan. U ochiq-oshkor shaxsga sig\u2018inish siyosatining odamxo\u2018rligini aytib, o\u2018ttizinchi yillar ilk qatag\u2018on shamoli xurujiga uchrasa-da, qutulib qolgani, ammo urushga borib qon kechib qaytganidan so\u2018ng, yangi ko\u2018tarilgan shamol uni nohaqlik, birovlarning tuhmati oqibatida \u201cuchirib\u201d ketganini burro tilda, allaqanday yonib-jo\u2018shib gapirib bergani ham yodimda. Domla \u201cshoh\u201d va \u201cgado\u201d to\u2018g\u2018risidagi iborani boshqa ibora \u2013 zolimlar \u201cpichoqning sopini o\u2018zidan chiqargan\u201d, degan ma\u2019noda keltirganini biz yoshlar uncha tushunmaganmiz. Keyin tushunib yetdim.<\/p>\n<p>Yillar davomida bot-bot menga Qodiriy, Fitrat, Cho\u2018lpon, Usmon Nosirlar qamab yo\u2018q qilingach, ularda bo\u2018lgan xalq, millat ruhi \u201cuzilib\u201d qolgan, so\u2018ngandek tuyulardi. Ulg\u2018aya boshlab his etdim. Bu ruh ustoz Oybekda \u201cdavom\u201d etib saqlangan ekan. Yana domla To\u2018xtasin Jalolov bilan Shuhrat domlada! Bular ikkisi \u2013 boshqa adiblarni aytolmayman, bilmayman \u2013 qamalganda ham shu ruh, xalq, millat uchun qamalgan&#8230; Shu o\u2018rinda aytay. Umuman, To\u2018xtasin aka bilan Shuhrat akani ajabki, bir necha \u201cnuqtalar\u201d yaqinlashtiradi. Bular ikkisining ham afti-angorida ko\u2018rgan birovda ishtiboh tug\u2018ilmaydigan olijanoblik barq urardi. Ikkisi ham atrofdagilarga yoshi, mavqei emas, odamiy xislatlariga qarab baho berardi. Jismi-jonida ma\u2019rifat nurini tashigan va shiddatli qaysarlik bilan himoya qilgan g\u2018ayratli, jasur kishilar edi. Faqatgina o\u2018ylagani, bilganini, mehribonlik, xayrixohlik bilan, sal hayajonlanib, biroq erkakcha qat\u2019iy gapirardi. Davr kamsitgan bu insonlarning odamlar orasida obro\u2018-e\u2019tibori katta edi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">* * *<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">Shuhrat aka bilan yaqindan tanishib (u, keyinchalik men ham ko\u2018p yil ishlagan) \u201cSharq yulduzi\u201d jurnali redaktsiyasida, adabiy davralaru yig\u2018inlardan tortib Navoiy ko\u2018chasidagi Mahmud akaning choyxonasigacha \u2013 har yerda, har xil sharoitda ko\u2018rishib yurib, bir kuni uning aytgan gapi xotiramda qattiq o\u2018rnashib qolgan.<br \/>\n\u2013 Hayotda inson har narsaga chidarkan. Chidashi kerak ekan! \u2013 degan edi Shuhrat aka. \u2013 Urushda qatnashganlar necha soatlab sovuq xandaqda o\u2018tirganini eslashadi. Xandaq nima?! Bir gal tun bo\u2018yi botqoqda tik turganmiz. Suv bo\u2018lsa go\u2018rda edi, bo\u2018g\u2018zimizgacha balchiq-loy, kishini ana-mana domiga tortib yutadigan holat&#8230;<br \/>\nShuhrat domlani hayotdagi mashaqqatlar, kulfatlar o\u2018zi mard, matonatli qilib tarbiyalagan edi.<\/p>\n<p>Adiblar orasida Shuhrat aka darajasida yoshlarga beminnat-beg\u2018araz mehribonlik ko\u2018rsatgan kam topiladi. Ijoddan boshlab hayotdagi jumboqlargacha unga bemalol suyanish, dardingni aytish, maslahat olish mumkin edi. Har qadamda, birovni ajratmay barcha yoshlarni qo\u2018llab-quvvatlar, izchil kuzatib borar, gohida ozor yetkazmay nasihat ham qilar edi.<\/p>\n<p>\u2013 Kitob o\u2018qishga erinmanglar. Katta kitoblarga og\u2018rinib-zerikib qaramanglar, \u2013 degan edi bir kuni. \u2013 Men urushni ko\u2018rgan kishi \u201cShinelli yillar\u201dni yozishdan oldin baribir \u201cUrush va tinchlik\u201dni to\u2018rt marta o\u2018qib chiqqanman. Adabiyotni o\u2018rganmay qo\u2018liga qalam olishning ma\u2019nosi yo\u2018q.<\/p>\n<p>Ko\u2018pincha yonida to\u2018planib qolganimizda, yoshlar qatnashgan yig\u2018inlarda:<br \/>\n\u2013 Bir-birlaringni suyanglar, asranglar, bir-birlaringga yordam beringlar. Eslaringda tursin! \u2013 deb ham nasihat qilardi.<\/p>\n<p>Uning o\u2018zi iqtidori, mavqei, fe\u2019l-atvori turlicha katta va tengdosh adiblarning barchasi bilan bir xilda, yaxshi munosabatda bo\u2018lardi&#8230; Vali G\u2018afurov Shuhrat akadan jilla yosh (to\u2018rt yosh kichik), lekin urushda qatnashib ko\u2018zini yo\u2018qotgan kishi edi. To\u2018la ishonch bilan aytamanki, agar Shuhrat aka \u201cVafodor\u201d romanini jiddiy tuzatib-tartibga solib, \u201cIgna bilan yozilgan roman\u201d deb atab \u201cSharq yulduzi\u201d jurnalida bostirmasa, Vali aka yozuvchi bo\u2018lib tanilmas edi. Bu adibga e\u2019tibor berib, mehr ko\u2018rsatish menga Shuhrat akadan \u201cyuqqan\u201d. Yoshi ulug\u2018 avlod-chi? Abdulla Qahhordek hayotga, ijodga talabchan kishi, ehtimolki, bu gaplarni bilganidan, umrining so\u2018nggi kunlarida boshqa biron adib emas, Shuhrat domlaga ishongan, suyangan edi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">* * *<\/p>\n<p>Ba\u2019zan adabiyotshunoslarga keskinroq e\u2019tiroz bildirgan paytlarim bo\u2018ladi. Bundan men bu adabiyot zahmatkashlariga yomon ko\u2018z bilan qarayman, degan xayolga bormaslik kerak. Ustoz Hamid Sulaymonni ko\u2018rganim, ozgina so\u2018zlashib, menda shubha uyg\u2018otgan, tariximiz, jumladan, adabiyot tarixiga tegishli savollarga javob olganimni baxt deb bilaman. Bu ulug\u2018 inson menga olislanib borayotgan tog\u2018dek tuyuladi. Ustoz Izzat Sultonni \u2013 bevosita domlam Matyoqub Qo\u2018shjonov uzoq davr birga ishlaganidan \u2013 doim ko\u2018rib turar, bu odamning har bir so\u2018zini \u201ctarozida tillaga teng\u201d tortgim kelardi. Ustoz Abduqodir Hayitmetov bilan bir oz qadrdonligim bor edi, suhbatlaridan bahramand bo\u2018lgan, goho birga non-tuz totganman. Olimning umri oxirida \u201cshunchaki havas\u201d deb yozgan hayotiy g\u2018aroyib hikoyalari nashr etilishida ishtirokim bo\u2018lganidan mamnuniyat sezaman. Ustoz Ozod Sharafiddinov qo\u2018lida o\u2018qiganim, shogirdlaridan bo\u2018lganimdan faxrlanaman&#8230; So\u2018zni davom ettirib, yana aytishim shart. Ustoz Aziz Qayumovni har gal uchratganimda, bag\u2018rim qandaydir nurga to\u2018ladi. Betakror bu samimiy, xokisor inson timsolida adabiyotga chinakam shaydolik va bu tufayli butun hayotga oshuftalikni ko\u2018raman. Ustoz Suyima G\u2018anieva opamizga hurmatim cheksiz. To\u2018ra Mirzaev, Naim Karimov, Umarali Normatov, Abdug\u2018afur Rasulov, Yo\u2018ldosh Solijonovni, yoshlari mendan juda katta bo\u2018lmasa-da, domlalar qatoriga qo\u2018shaman. Mendan sal kichik yoshdagi Baxtiyor Nazarov, Ibrohim Haqqul, Suvon Meli, Qozoqboy Yo\u2018ldoshev, Nurboy Jabborlarni faqat qadrlab qolmay, o\u2018zimcha bir oz yaxshi ham ko\u2018rib yuraman. Gap Shuhrat domla ustida borayapti.<\/p>\n<p>Ko\u2018rkam olimlari bo\u2018lgan bir yurtda u qamoqdan qaytgach ham tugal himoyaga olinmagani (buni olimlar eplasholmagani) nima \u2013 beparvolikmi yoki \u201cbir yoqadan bosh\u201d chiqarolmaslikmi? Tushunmayman. Davrni ayblash, gunohni to\u2018nkash oson. Lekin buyuk Alisher Navoiy zamonidan, balki ilgariroqdan kelgan \u2013 ijodkor mehnatiga hurmat, uning hayotdagi o\u2018rnini bilish, yozganlarini anglashga urinish, lutf so\u2018nggi asrlarda yo\u2018qolib ketgani faqat davrga bog\u2018liq emas, asriy jaholat belgisidir. Mumtoz adabiyot tadqiqotiga nisbatan so\u2018nggi davr adabiyotiga baho berish (ayniqsa, Mustaqillikka erishguncha) ancha orqada qolgan, sayoz, aksar yolg\u2018onchi, adolatsiz va shafqatsiz namoyish kasb etgani menga alam qiladi. Sho\u2018ro davrida shakllanib \u201cadabiy tanqid\u201dga aylangan adabiyotshunoslik HALOL va HAROMni ajratmaslik holiga tushgan edi. Ayrim adabiyotshunoslar to hamon hayot va adabiyotning aniq (real) manzarasini chizishga qobil emas ekan, bu \u2013 Kechagi ruhiy kasallikning asoratidir.<\/p>\n<p>Shuhrat akaning she\u2019rlaridan \u201cJannat qidirganlar\u201d, \u201cOltin zanglamas\u201d singari romanlarigacha \u2013 qaysi asari bosilmasin, albatta, biron adabiyotshunosning (himoyat qayoqda, aksincha) o\u2018z tazyiqini o\u2018tkazgancha, \u201caql o\u2018rgatib\u201d pisillagani har qachon mening g\u2018ashimga tekkan. Ana, esimda, domlaning she\u2019rlari bir gal bosilganida qaysidir adabiyotshunoslar \u201csoch oqi haqida she\u2019r ko\u2018p\u201d deb ayb qidirishgan. \u201cBadiiy mahorat\u201d bobida uni \u201ctarbiyalash\u201dga urinishgan. Bunday \u201colim\u201dlar Shuhrat aka uchun \u201csoch oqi\u201d umrning zoe ketganidan O\u2018KINISh ramzi ekanligini tushunmaydi-da! Bu kichik bir misol&#8230; Adabiyot \u201cnonini yegan\u201d olim yozuvchining hayoti, qismati, yashagan muhitdagi sharoit, imkoniyatni o\u2018ylashi kerak. To\u2018g\u2018ri, qamoqdan qaytganidan keyin, u tez va ko\u2018proq yozishga uringan. Bunga sabab, hayotidagi bardam yillar sovurilganidan, uning xayolida birgina ULGURISh degan so\u2018z turar edi.<\/p>\n<p>Men aytmoqchiman, shu davrda Shuhrat domla urush va qamoq davridan kam azoblangani yo\u2018q. Bir tomondan, boshingdan kechirganingni qayta \u201cyashab\u201d, yozish mashaqqati. Ikkinchi tomondan, mehnating qadrsizligi, hujumlar. U bitta-yarimta \u201cyaqinlar\u201dni aytmaganda, doim o\u2018zi-o\u2018zini himoya qilishga majbur edi.<\/p>\n<p>* * *<\/p>\n<p>O\u2018sha, unvon tekkan kun bir necha yozuvchilar safida, nihoyat, Shuhrat domlaning uyidan ko\u2018chaga chiqdim. Asr bilan shom orasi edi. Hamrohlarimdan birov:<br \/>\n\u2013 Shu pallaning nomi nima? Bilasizlarmi? \u2013 deb so\u2018radi va darhol o\u2018zi javobni ham aytdi: \u2013 Zavol payti&#8230;<\/p>\n<p>Ko\u2018chada yolg\u2018iz qolgach, xayolga botganimcha bu gapga ramziy ma\u2019no berib, qodir Xudodan yurtimiz, xalqimiz hayotida, qachondir tarixda qalqib, uzoq hukm surgan qaramlik, johillik, parokandalik (\u201cpichoqning sopini o\u2018zidan chiqarish\u201d) mangu barham topishini tiladim.<\/p>\n<p>Yana qodir Xudodan yurtimiz, xalqimiz hayotida hech qachon zavol payti bo\u2018lmasligini tiladim&#8230;<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Omon MUXTOR Qo\u2018limda Shuhrat domlaning 1984 yilda olingan bir surati&#8230; Yuzida, ayniqsa, ko\u2018zlarida shunday azob-iztirob muhrlanganki! Ishonmaslik mumkin, hatto qalin tugik qoshlari uning og\u2018ir ichki holatini aks ettirgan. Jussasi yirik, odatda, ishonch bilan ko\u2018ksini mag\u2018rur ko\u2018tarib bosiq, dadil yuradigan bu kishi yoshi oltmishdan o\u2018tib yetmishga borayotganida, shu Shuhrat akami, deydigan darajada bexos cho\u2018kib, charchab qolgan [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":294,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[28],"tags":[],"class_list":{"0":"post-293","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-xotira-esse"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/293","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=293"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/293\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":330,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/293\/revisions\/330"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/294"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=293"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=293"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=293"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}