{"id":292,"date":"2025-07-06T08:09:21","date_gmt":"2025-07-06T08:09:21","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=292"},"modified":"2025-07-06T08:09:21","modified_gmt":"2025-07-06T08:09:21","slug":"meni-tushungan-kafka","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=292","title":{"rendered":"Meni tushungan Kafka"},"content":{"rendered":"\r\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Nodirabegim IBROHIMOVA<\/strong><\/p>\r\n<p style=\"text-align: left;\"><br \/><br \/>Oltinchi qavatdan tashqariga boqaman: uzoqdan qorli cho\u2018qqilar ko\u2018zga tashlanadi. O\u2018pkamni o\u2018rab turgandek his beruvchi yupqa pardani olib tashlagim kelib qo\u2018lim bilan ko\u2018ksimni g\u2018ijimlayman, bu g\u2018alati parda doim to\u2018yib nafas olishga halal beradi. Ko\u2018nglim, ham o\u2018pkam toza havolarni istayapti. Tog\u2018larni, adirliklarni, kengliklarni, yashillikni sog\u2018inyapti. Har yilgi odatimga ko\u2018ra lolaqizg\u2018aldoqlar ochilgach tog\u2018lar sari otlanaman. Bir-ikki kunga bo\u2018lsa-da, qish bo\u2018yi yig\u2018ilib qolgan g\u2018uborlarim toza havoda erib yo\u2018q bo\u2018layotganini teran his qilaman. Bu safar kun isishini kutolmadim. Bahorning yengil shabadasini sezgach, ayniqsa uyimiz yonidagi gulzorda mitti binafshalarni ko\u2018rgach, sayohat tadorigini ko\u2018ra boshladim. Farg\u2018ona meni kutyapti. Bolaligimda yo\u2018taldan xalos bo\u2018lavermasam meni doim vodiyga jo\u2018natishardi. U yerdan ikki yuzimga qon kirib, hayotga tashna nigohlar bilan qaytardim. Oylab yurardim u yerda. Ulg\u2018ayishning jazosi shu ekan \u2013 safarlar, ta\u2019tillar, dam olishlar qisqarib boraverarkan.<\/p>\r\n<p style=\"text-align: left;\"><br \/>Doim sayohatim uchun sherik sifatida qo\u2018limda, albatta biror kitob bo\u2018ladi. Vaqtni o\u2018ldirish uchun menga bu gal Kafka hamrohlik qiladi. Men uning \u201cEvrilish\u201d degan katta hikoyasini o\u2018qiganman, xolos. Shu birgina asar Kafkani sevimli yozuvchilarim qatoriga kirishiga, uning ijodiga qalban yaqinlik his qilishimga sabab bo\u2018lgan. \u201cEvrilish\u201d haqda to\u2018xtalib o\u2018tmayman, meni ko\u2018proq Kafkaning bunday noodatiy asar yozishiga nima majbur qilgani qiziqtirardi. Sevimli mualliflarimning shaxsiy hayotiga qiziqish \u2013 odatimga zid. Ko\u2018pincha ularning turmush tarzi, kamchiliklari, umuman taqdiri \u2013 sevgan asarlarimga bo\u2018lgan ishtiyoqimga soya soladigandek tuyuladi. Qo\u2018limdagi \u201cDunyo adiblari\u201d kitobidan 146-betni \u2013 Kafkani belgilab qo\u2018yganman. Bugun uning hayot yo\u2018li bilan tanishishni istadim.<\/p>\r\n<p style=\"text-align: left;\"><br \/>Oq mashina baland tog\u2018lar bag\u2018riga kirib kelguncha Kafkaning biografiyani o\u2018qish, so\u2018ng tog\u2018 manzaralaridan bahra olish, soylarni tomosha qilish, yangi maysalar isini tuyishni dilimga tugib qo\u2018ydim. Uning ko\u2018pchilikka tanish bo\u2018lgan vasiyati: \u201co\u2018limimdan so\u2018ng barcha yozganlarimni yoqib yuboring\u201d deb do\u2018stiga iltimos qilishi meni o\u2018ylantirardi. Yaxshi hamki, farosatli do\u2018st vasiyatni bajarmay, Kafka muxlislariga katta marhamat ko\u2018rsatgan. O\u2018z asarlarini xurmat qilgan, unga yurak qo\u2018rini berib yozgan, uyqusiz kechalarda yangi g\u2018oyalarini mashaqqat bilan qog\u2018ozga tushirgan yozuvchi nega bunday qarorga kelgan bo\u2018lishi mumkin? Uning sirli hayoti tubiga yeta olmagan adabiyotshunoslar singari men ham shu haqda o\u2018y sura ketaman.<\/p>\r\n<p style=\"text-align: left;\"><br \/>Oilasida o\u2018zini doim yolg\u2018iz sezgan, ayniqsa otasi bilan kelishmovchiliklar girdobida qolgan hissiyotli Fransning yoshlik yillarini o\u2018qirkanman, \u201cEvrilish\u201dning mohiyatini yanada anglay boshlayman. Qolgan asarlarini ham topib o\u2018qishga qaror qilaman. O\u2018limi tufayli yakunlanmay qolgan uchta romani agar bitganida adabiyot dunyosida qanday muhokama bo\u2018lishini tasavvur qilaman.<\/p>\r\n<p style=\"text-align: left;\"><br \/>Menga alam qilgani Kafka otasining taxmini o\u2018z isbotini topgani: Frans omadsiz taqdir sohibi edi. Biror kasbga bo\u2018yin egmadi, oila ham qurmadi. Ammo sevdi! Ijod qildi! Nazarimda, u faqat adabiyot va ko\u2018ngil uchun tug\u2018ilgandi. Kitobdagi qotma yuzi, g\u2018alati turmagi, kichik jussasiga qararkanman, bu surat ortida berkinishga shay, hech yerdan qo\u2018nim topolmaydigan, ammo mehr-muhabbatga tashna qalbni ko\u2018raman. Kafkaning Praga qabristonlaridan biriga ko\u2018milgani, hozirda uning ko\u2018plab muxlislari u yerni ziyorat qilib turishini o\u2018qib, otasiga nisbatan alamim tarqagandek bo\u2018ldi. Yo\u2018q, Kafka omadsiz emas. Omadsiz bo\u2018lsa shu kungacha yam-yashil daraxtzor qo\u2018ynidagi qumrang qabrtoshi atrofi gullar bilan bezatilmagan bo\u2018lardi.<\/p>\r\n<p style=\"text-align: left;\"><br \/>Uning navqiron yoshda sil kasalligiga chalinishi, 41 yoshida dunyoni tark etishi dilimni larzaga soladi. U payt silning davosi bo\u2018lmagani tufayli bu hastalikka chalinganlar erta o\u2018lib ketganliklari rost. Shunchaki toza havo, yaxshi ozuqa, xushkayfiyat bilan bu dardni yengib bo\u2018lmagan. Beixtiyor tortmamda uyulib yotgan dorilar ko\u2018z oldimga keladi: ularni Kafkaga ilinaman, dorilarni ichsa va o\u2018lmasa, qolgan asarlari ni ham bitirsa, ehtimolki sevgan ayoli bilan oila qursa, o\u2018zini baxtli his qilsa, yolg\u2018izlik azobidan qutulsa deyman&#8230; <br \/>Bir payt deraza ortidagi adirliklar o\u2018rnini Kafkaning o\u2018lim to\u2018shagida yotgan lahzalari egallaydi.<\/p>\r\n<p style=\"text-align: left;\"><br \/>Ayollarga bo\u2018lgan qo\u2018rquvni yenggan Frans nihoyat 40 yoshida uylanishga qaror qildi. Vena chetidagi sil kasalliklari shifoxonasida yotgan Kafkadan 19 yoshli Dora tez-tez xabar olardi. Yozuvchi qizning otasidan to\u2018yga oq fotiha berishini so\u2018rab maktub bitar, biroq tez orada o\u2018limi ma\u2019lum erkakni yosh qiziga munosib ko\u2018rmagan ota bunga sira izn bermasdi. <br \/>Iltijolar ichra oradan oylar o\u2018tdi. Ozib to\u2018zib ketgan Kafka shifoxonaning fayzsiz palatalaridan birida ochlikdan azoblanardi. U tomog\u2018idagi kuchli og\u2018riq tufayli bir luqma ham yeya olmay qoldi. Oqibatda ochlik va kasallikka taslim bo\u2018ldi.<\/p>\r\n<p style=\"text-align: left;\"><br \/>Frans yoz faslining ilk kunlarida Doraning qo\u2018llarida jon berdi. Yetti yil davom etgan og\u2018ir hastalik uni yengdi. Sevgani bilan birga oila qurolmay dog\u2018da qolgan yozuvchi alamdan o\u2018limi oldidan barcha asarlarini yoqib yuborishlarini so\u2018ragan bo\u2018lsa ehtimol. <br \/>Mashinamiz bo\u2018lsa bu paytda Farg\u2018ona degan katta yozuvga yaqinlashib qolgan bo\u2018ladi. Bir on Kafkadan uzilib, qalbim entikadi&#8230;<\/p>\r\n<p style=\"text-align: left;\"><br \/>Tog\u2018lar, yashil adirlar, soylar allaqachon ortda qolgan, men esa Kafka bilan bo\u2018lib go\u2018zal manzaradan bebahra qolgandim. Lekin achinmayman: ertaga qaytishda tabiatdan zavqlanishni rejalayman. Shunda birdan Kafka hayoti bilan tanishuv ikki hafta burungi dilxiralikni yodimga soladi. Labimni tishlagancha, yana tushkunlikka tushaman. <br \/>\u2013 Sen dorilarni ichmayapsan, tuzalmaysan, \u2013 tund yuzli hamshira yonimga tap etib dorini qo\u2018yadi. \u2013 Vaqtida kelmayapsan.<\/p>\r\n<p style=\"text-align: left;\"><br \/>Ikki yildan beri uning qo\u2018pol muomalasi va ko\u2018nglimni ozdiradigan qiyofasiga chidab kelayotgan \u2013 mendek bosiq va sabrli odam dorilar yakuniga yetishiga bir oy qolganda portlaydi. Portlash \u2013 unga qarata qahru g\u2018azab sochish emas. Portlash \u2013 o\u2018tgan og\u2018ir yillar uchun alamdan yig\u2018lash. Va albatta ko\u2018ngildan o\u2018tganlarini shu beminnat qog\u2018ozga bitish. Men u ayolga shunchaki achinaman. Bergan dorilarini bo\u2018lsa ko\u2018z ko\u2018rmaydigan tortmaga yashirib tashladim&#8230; Shu dorilarga qarasam, o\u2018zimni juda ojiz sezaman, ularsiz yaxshiroq yashashimga ichimdan ishonaman.<\/p>\r\n<p style=\"text-align: left;\"><br \/>Eng yomon cho\u2018chiganim xastalik qaytalanib yana uning yoniga borishim, undan dori olishim, \u201cmen senga nima degandim, tuzalmaysan baribir\u201d, deb tirjayib turishini tasavvur qilishim&#8230; Bu tasavvur shu kunlarda \u2013 yo\u2018tal yana qiynayotganda, meni zaiflashtiradigan bahor fasli yaqinlashayotganda yanayam oydinlashib borayapti.<\/p>\r\n<p style=\"text-align: left;\"><br \/>Xayollardan chalg\u2018ish uchun hali barg chiqarmagan quruq tokzorlarga qarayman. Kuzda ular qandayin chiroy ochadi. Baribir Farg\u2018onadan ruhim ko\u2018tarilib, o\u2018pkam ham yengillashib kelishiga ishonaman. Manzilga yaqinlashib qolay deganda kitobni yana qo\u2018limga olaman. Maktublar bo\u2018limiga ko\u2018zim tushgach, sergaklanaman. To\u2018liq o\u2018qishga kirishaman. E\u2019tiborimdan chetda qolgan bu maktub menga ayni vaqtida berilgan dalda, eng kerakli tasalli edi. Kafkaning chex jurnalist dugonasi Milenaga yozgan xati (Ne\u2019mat Arslon tarjimasida) go\u2018yo menga atalgandek edi. O\u2018qirkanman, yana ko\u2018zlarim yoshlanadi.<\/p>\r\n<p style=\"text-align: left;\"><br \/><em>\u201cNazarimda bu o\u2018pkadan. Kun bo\u2018yi shu fikrdan qutula olmadim. Miyamda aylanaverdi, boshqa hech narsani o\u2018ylay olmadim. Bu kasallikdan qo\u2018rqqanimdan emas, menimcha (umid qilaman va Sizning shama qilganingiz ham buni tasdiqlaydi) kasalingiz og\u2018ir emas. Agar jiddiy bo\u2018lganda ham (hozir G\u02bbarbiy Yevropadagilarning yarmi ozmi-ko\u2018pmi o\u2018pkasi kasallangan) mana uch yildirki, bu dard menga ziyondan ko\u2018ra ko\u2018proq foyda keltirdi. Bu uch yillar muqaddam yuz berdi \u2013 yarim tunda og\u2018zimdan qon keldi. To\u2018shakdan turdim (keyinchalik o\u2018qib bilsam, o\u2018rindan turmaslik kerak ekan) ro\u2018y bergan holat meni hayajonga soldi, chunki bu yangilik edi, shu bilan birga biroz cho\u2018chitdi ham; men tashqari tomon egildim, keyin yuvindim, xona bo\u2018ylab yurib kelib karovatga o\u2018tirdim \u2013 qon to\u2018xtamadi. Shunga qaramay men o\u2018zimni mutlaqo baxtsiz sezmadim \u2013 sababi nima uchundir bir daqiqa o\u2018tib, shuni aniq his qildimki, uch yildan keyin, e, yo\u2018q, to\u2018rt yil davom etgan bedorlikdan keyin \u2013 albatta, qon kelishi to\u2018xtasa \u2013 uxlashim mumkin. Tez orada hammasi o\u2018z o\u2018rniga tushdi (boshqa takrorlanmadi) tunning qolgan qismida tinchgina uxladim. To\u2018g\u2018ri, ertalab uy xodimasi keldi (o\u2018shanda men Pol Shyonbornda ijarada yashardim) saxovatli, qay darajadadir fidoyi, ammo behad darajada ishchan bu qiz qonni ko\u2018rib shunday dedi: \u201cPane doktore, s Vamito oflouho nerotrva\u201d (Janob doktor, siz uzoq yashamaysiz). Lekin men o\u2018zimni har doimgidan yaxshi his qilmoqda edim, ishga ham bordim, faqat tushlikdan keyin vrachga uchrashdim. Bu voqeaning davomi qiziqarli emas. Aytmoqchi edimki, meni qo\u2018rqitgan narsa sizning kasalingiz emas (o\u2018ylaganim sari sizning nozik bo\u2018lishingizga qaramay, qariyb dehqon qizlariday tetik, mustahkamligingizni xayolimga keltirib, o\u2018z fikrimni o\u2018zim bo\u2018lib, xulosa qilamanki, yo\u2018q, Siz kasal emassiz, bu shunchaki o\u2018pkaning ogohlantirishi, kasalligi emas) \u2013 ana shunday, meni qo\u2018rqitgan boshqa narsa \u2013 mana shunday ko\u2018rgulikka yetaklaydigan fikrlar qo\u2018rqityapti. Shu bois, men hozircha boshqa narsalarni hisobdan chiqaraman. Siz: cho\u2018ntakda hemiri ham yo\u2018qligi, har kun ikkidan sakkizgacha faqat choy va olma bilan qilinayotgan tirikchilik to\u2018g\u2018risida yozgansiz, ana shuni tushunmayapman. Bu narsalar yuzma-yuz gaplashib hal qilishni taqozo etadi. Shuning uchun men hozir chalg\u2018ib ketyapman (faqat xatda chalg\u2018iyapman \u2013 axir, bularni unutib bo\u2018lmaydi) va o\u2018zim boshdan kechirgan kasallikka qarshi qo\u2018llagan choralarim boshqalar uchun ham asqotishini tushuntirib berish to\u2018g\u2018risida bosh qotirayapman. Mening miyam o\u2018shanda o\u2018ziga yuklangan tashvishlar va azoblarni boshqa ko\u2018tara olmasdi. U shunday nido qildi: \u201cMen taslim bo\u2018laman, agar mening omon qolish imkoniyatim kimgadir kerak bo\u2018lsa, yukimni yengillashtiraman, shundagina biz yana ma\u2019lum muddat jon saqlaymiz\u201d. Shunda o\u2018pkalar ham ovoz berdilar \u2013 ko\u2018rinib turibdi, ular hech narsa yo\u2018qotmaydilar. Mening ixtiyorimdan tashqarida ro\u2018y berayotgan o\u2018pka bilan miyaning bunday aytishuvi qo\u2018rqinchli edi. Shunday qilib endi qanday qarorga keldingiz? Fahmlashimcha, o\u2018zingizni biroz ehtiyot qilishingiz ko\u2018p narsa talab qilmaydi, bu juda oddiy. Sizni ozgina bo\u2018lsa-da, kimki sevsa, hammasi uchun ma\u2019lum savdo. Bu holda boshqacha fikr qilishga o\u2018rin yo\u2018q. Xalos bo\u2018lish imkoni shu emasmi?\u201d<\/em><\/p>\r\n<p style=\"text-align: left;\"><br \/>Mashina to\u2018xtasa ham tushishga shoshilmayman, maktubni bag\u2018rimga bosaman. <br \/>\u2013 Rahmat senga, Frans. Tushunganing, dalda bo\u2018lganing uchun tashakkur&#8230; XXI asrda ham bu dard bor. XXI asrda ham yolg\u2018izlik bor. XXI asrda ham seni tushunmaydigan hissiz insonlar to\u2018lib yotibdi. Shunga qaramay insonda bitta bo\u2018lsa-da chin do\u2018st topiladi. Dardingga malham bo\u2018luvchi odamlar qirilib ketmagan&#8230; Umid o\u2018lmaydi, to\u2018g\u2018rimi, o\u2018lmaydi, Frans.<\/p>\r\n<p style=\"text-align: left;\"><br \/>Yo\u2018ldan terib olganim \u2013 mitti binafshalarni o\u2018qib kelgan kitobim ichiga, 146-betga bostiraman \u2013 xayolan Kafkaning qabriga gul qo\u2018yaman. Yillar o\u2018tsa-da ular shu yerda chiroyli quriydi va boshqa gerbariylarim qatori asrab-avaylanadi.<\/p>\r\n<p style=\"text-align: right;\"><br \/><br \/><strong>Farg\u2018ona, 2020-yil, mart.<\/strong><\/p>\r\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nodirabegim IBROHIMOVA Oltinchi qavatdan tashqariga boqaman: uzoqdan qorli cho\u2018qqilar ko\u2018zga tashlanadi. O\u2018pkamni o\u2018rab turgandek his beruvchi yupqa pardani olib tashlagim kelib qo\u2018lim bilan ko\u2018ksimni g\u2018ijimlayman, bu g\u2018alati parda doim to\u2018yib nafas olishga halal beradi. Ko\u2018nglim, ham o\u2018pkam toza havolarni istayapti. Tog\u2018larni, adirliklarni, kengliklarni, yashillikni sog\u2018inyapti. Har yilgi odatimga ko\u2018ra lolaqizg\u2018aldoqlar ochilgach tog\u2018lar sari otlanaman. Bir-ikki [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":354,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[24,31],"tags":[],"class_list":{"0":"post-292","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-adabiy-esse","8":"category-bosh-sahifa"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/292","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=292"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/292\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":355,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/292\/revisions\/355"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/354"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=292"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=292"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=292"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}