{"id":275,"date":"2025-06-24T09:19:09","date_gmt":"2025-06-24T09:19:09","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=275"},"modified":"2025-07-02T10:30:57","modified_gmt":"2025-07-02T10:30:57","slug":"ost-indiya-tarixi-va-hozirgi-holatiga-nazar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=275","title":{"rendered":"\u041est-Indiya tarixi va hozirgi holatiga nazar"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>Nikolay DOBROLYUBOV<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Ost-Indiya hayrati (ajablanishi) mana necha oydan beri butun Yevropa e\u2019tiborini jalb qilmoqda. Uning hozirga qadar tinmayotgani ing\u00adliz qurolining siboylarga qarshi kurashda ayrim muvaffaqiyatlari butun mamlakat bo\u2018ylab tarqalmoqda[1].<\/strong><\/p>\n<p>Kutilmaganda Hindiston Angliya bosqinidan xalos bo\u2018lishi ham, shubhasiz, hozirgi qo\u2018zg\u2018olon Ost-Indiya kompaniyasining mamlakatdagi ahvoliga o\u2018zgartirishlar kiritishi ham mumkin. Yevropadan Hindistonga bir necha o\u2018n minglab jangchi va million funt-sterling yuborilishining o\u2018zi ingliz hukumatining xavfsizlik choralari ko\u2018rayotganining isbotidir. Go\u2018yoki, \u201cTayms\u201d iborasi bilan aytilgan \u201cHindiston hozir yana kurashga chog\u2018lidir\u201d so\u2018zlari ushbu holat haqiqatiga yaqin keladi[2]. Shunga qaramay, shubha yo\u2018qki, endi qo\u2018zg\u2018olonni oxiriga qadar bosdirish uchun Ost-Indiya kompaniyasining yerlashishiga qaraganda ham ko\u2018proq kuch kerak bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Hayratli xabarlar ingliz hukumatini cho\u2018chitib va xavfga solib qo\u2018ydiki, ingliz matbuotida hindlarga qarshi maqolalar kuchayib ketdi. Bu holat kutilmaganda hayratlanarli tus oldi. Angliyaning davlat odamlari, amaldorlari, Ost-Indiya kompaniyasining xodimlari, hatto qiziquvchan sayohatchilar ham Hindistondagi voqealar haqiqatidan yaqindan xabardor bo\u2018lib, allaqachonlardir ingliz hokimiyati mahalliy qo\u2018zg\u2018olonchilar tomonidan xavf ostiga olinganini bashorat qilmoqdalar. Ular boshqaruvdagi tartibsizliklarni, aholiga zulm qilinayotganini ko\u2018rdilar, ularda soqov norozilik paydo bo\u2018lganini va bu ertami-kechmi ochiq ko\u2018rinishga kelishi mumkin, chunki har qanday insoniy sabru bardoshning ham o\u2018lchovi bo\u2018ladi. Endi hozir aytilayotgan havfli bashoratlar, ingliz gazetalari tan olayotgan haqiqat, bu qo\u2018zg\u2018olon tasodifan o\u2018z-o\u2018zidan vujudga kelmaganini, bu holat Hindistondagi ingliz boshqaruvining azal-oqibati ekanini tan olmoqdalar. Omma fikriga ko\u2018ra, sipohiylarning hozirgi isyoni, bu ogohlantiruvchi to\u2018lqin bo\u2018lib, ertami-kechmi Hind \u2013 Britaniya mulklarida kuchayishi mumkinligi, u holda tarixan voqealarning borishi bu buyuk qo\u2018zg\u2018olonga debocha bo\u2018lib xizmat qilishi aytilmoqda. Haqiqatan ham, aholining tinchlikparvar xarakteri, zamonlar davomida har qanday zulmga ko\u2018nikuvchanligi oxirgi vaqtda Ost-Indiya kompaniyasining nisbatan oson boshqaruviga sabab bo\u2018la olmagani, kelib chiqqan qo\u2018zg\u2018olon Ost-Indiya munosabatiga qarshi norozilik qo\u2018zg\u2018oloni bo\u2018lgani bu tarixiy zarurat ekani ayon bo\u2018ldi[3]. Uning sabablarini u yoki bu hodisadan emas, balki Hindistonning butun davomli tarixidan va bugungi hisob-kitobidan kelib chiqqan tarixiy harakatdir. Bu nuqtai nazar Ost-Indiya voqealariga ilova ravishda shunchalar zarurki, u yerda inglizlar hukmronligining o\u2018rnatilishi bu tarix haqiqati bir necha kichik voqealardan iborat emasligini ko\u2018rsatmoqda. Ost-Indiya kompaniyasining Hindistonda joylashuvi dastlabki paytda va fransuz ta\u2019siri bilan kurashayotgan davrda inglizlar qo\u2018lidan chiqib ketgan joy va mulklar bunday ta\u2019sirlarni yo\u2018q qilishi mumkin edi. Bularga qaramay, u yerda joylashib olib, butun Hindistonga hukmronlik qilmoqchi bo\u2018lgan taqdirda fransuzlar bunday tasodiflardan naf ko\u2018rmagani holda ayrim yo\u2018qotishlarga uchradi va buning sababini noqulay vaziyatdan ko\u2018rgan edilar. Bunda ayrim shaxslarga ayb qo\u2018yilishi ham mumkin: xalq qudrati, asrlar davomida xalq orasida yetilib kelgan quvvat, kuch bu inglizlarning to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri muvaffaqiyatlarining garovi sifatida baholandi. O\u2018sha xalq qudrati, o\u2018sha xalq ruhi tarixiy jarayonda hozirgi qo\u2018zg\u2018olonga sabab bo\u2018lgan bosh omil sifatida tushuniladi. Faqat bu yerda masala murakkabroq edi, chunki hind xalqi turlicha taraqqiyotni boshdan kechirdi. Uning boshiga o\u2018z xalqining boshqaruvidan tashqari, islom va nasroniylik, sharqona despotizm va ingliz savdo boshqaruvi, brahmanlik inonchi va Yevropa tamadduni kabilar ham qo\u2018shildi. Boshboshdoqlarcha taraqqiy etgan xalq haqida, uning tanbal sajiyasi va doimo bosim ostida bo\u2018lishi, har bir yangi ta\u2019sirning qorong\u2018i jihatlari va so\u2018nggida voqealar chigalining xavfli tus olishi xalq ongi o\u2018zgarishiga sabab bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Bu voqea qanday kelib chiqdi, qanday qilib Ost-Indiya kompaniyasi sekin-asta bugungi holga tushib qoldi \u2013 to\u2018g\u2018rirog\u2018i, uning bugungi qismatini yaxshiroq ko\u2018rsatish uchun bu tarixiy ocherk orqali kitobxonlarga ingliz boshqaruvidagi Hindistonning hozirgi holatini izohlamoqchimiz.<\/p>\n<p>Hozir Angliya qo\u2018li ostida bo\u2018lgan hind qabilalari juda katta hududni egallaydi (1400000 ingliz km\/mili), bu ulkan hududda 160 million kishi hayot kechiradi, ularning oltidan biri islomga e\u2019tiqod qiladi, qolganlari hindlarning o\u2018zak dinlari va odatlari bo\u2018yicha yashaydilar. Bu yerda yashayotgan yevropali aholi mahalliy xalqqa nisbatan sezilarsiz darajadadir. Ular hammasi bo\u2018lib 30 mingdan iborat yevropalik lashkarlar va bir necha o\u2018n minglarcha ingliz amaldorlari, savdogarlari va sanoatchilaridir.<\/p>\n<p>Aholining yarimorolda yashayotgan nufuzi juda zich holda turmush kechiradi. Avvalgi vaqtlarda bunday zichlik u qadar katta emas ediki, Hindiston azaldan tarixan aholi yashab kelgan o\u2018lkalardan biridir. Uning tabiiy boyliklari doimiy suratda Hindistonni o\u2018rab turgan tog\u2018larning shimolidan kelganlar tomonidan talangan, tabiat saxovati bilan bu yerda yaratilgan ne\u2019matlar bo\u2018lingan. Hindistonda dastlab yashagan aholi haqidagi ma\u2019lumot saqlanmagani uchun bu qabilalar hozirgi yarimorolga qayerdan kelib qolganini\u00a0 aytish qiyin. Qadimgi Hindiston o\u2018z tarixchisiga ega emas ediki, biz u haqdagi ilk ma\u2019lumotlarni Gerodotdan olamiz. Lekin Hindistonning boshqa xalqlarga nisbatan qadimgiroq bo\u2018lgan adabiy va huquqiy yodgorliklari uning boy va taraqqiy etgan tamadduni bo\u2018lganini isbotlaydi. Lekin taassufki, bunday taraqqiyotdagi tamaddun bizning eramizdan besh asr oldin, Doroyu Gishtasplar va Iskandar Maqdunlilar davrida rivojlanishdan to\u2018xtagan edi. Buyuk taraqqiyotdan keyingi bunday turg\u2018unlikning sababi hind tamadduniga asoslanadi. Bu tamaddun tamoyillarini harakatga keltirgan ruh shunda ediki, ular o\u2018zlarining ilk boshlang\u2018ichi bilan kurashishlari va bu yo\u2018lda to\u2018xtamasliklari lozim edi. Ular tezdan joriy etilishi bilan Sharqqa xos fanatik qiziquvchanlik rivojlanib, o\u2018zining so\u2018nggi natijalarini berdi \u2013 qiziquvchanlik ruhida boshlangan bunday harakatlarning hammasi faqirlikda aks etgan edi. Turli tomonlardan tog\u2018 va dengizlar orasida tashqi dunyodan ajralgan hind o\u2018zicha alohida hayotda yashar, boshqa xalqlarnikiga o\u2018xshamagan o\u2018z dunyoqarashini ishlab chiqqan edi\u2026<\/p>\n<p>Hindistonning shunday sokin va turg\u2018un hayoti ming yildan ko\u2018proq davom etdi. Aholi yerga tinchgina ishlov berdi, yer egalari hukumat oldida o\u2018z vazifalarini sokin bajardi, hukumat o\u2018z soliqlarini tinchgina qabul qilib oldi va onda-sonda bo\u2018lib turgan o\u2018zgarishlar tufayli ham hech kim tinch hind hayoti haqida qayg\u2018urmadi. Turg\u2018unlik bu\u00a0 sokin mamlakatga tashqaridan kuchlar kirib kelgunga qadar bu turg\u2018unlik davom etdi. To\u2018qnashuv VIII asrda musulmonlar Hindistonga kirib kelib, o\u2018zlarining diniy e\u2019tiqodlarini singdirishlaridan boshlandi. Lekin bu masalada ham ularga diniy fanatizm xalaqit berdi: o\u2018z e\u2019tiqodi himoyasi uchun minglab kishilar qo\u2018zg\u2018oldilar. Musulmonlar Hindistonning shimoliy qisminigina egallab, u yerda Afg\u2018on hokimiyatini o\u2018rnatdilar. Oradan uch yuz yil o\u2018tib (1004), Hindistonning shimoliy qismini Mahmud G\u02bbaznaviy[4] egalladi.<\/p>\n<p>XIII asrdan boshlangan mo\u2018g\u2018ul istilosi sekin-astalik bilan yarim orolni qamrab oldi. XIV asrning oxirida (1399) (Hindiston shimolidagi) afg\u2018on sulolasining boshqaruvi Amir Temurni qoniqtirmadi va yuz ming lashkari bilan Dehliga kirib keldi. Shu vaqtdan e\u2019tiboran Hindistonda Temuriylar sulolasi o\u2018rnatila boshladi. XV asrdan bu hukumatni afg\u2018on qo\u2018zg\u2018olonlari va rahbarlarning o\u2018zaro urushlari parokanda qila boshladi. Lekin Bobur davridan boshlab, uning Panipatdagi (Dehlining shimolida) g\u2018alabasidan so\u2018ng butun Hindiston hokimiyatini qo\u2018lga oldi va bu saltanat mustahkam qaror topdi.<\/p>\n<p>Musulmon temuriylarning intilishlari shundayki, ular hindlarning milliy talablariga osongina moslashdi. Muhammad payg\u2018ambardan ke\u00adyingi arablardan farqli ravishda XIV asrdan diniy tashviqot usuli o\u2018zgartirildi. Ichki boshqaruvlarga befarq bo\u2018lgan avvalgilar faqat o\u2018z hokimiyati manfaatini o\u2018ylab, ularni kengaytirish yo\u2018lini tutdilar\u2026 Lekin zamindorlar[5] ko\u2018proq mustaqillikka erishib, yuqori lavozimdagi amaldorlarning tazyiqidan uzoqlashdilar. Ularning harakatlari oldindan yuqoridan belgilab qo\u2018yilgan qonunlar bilan emas, bevosita o\u2018zlarining ishlab chiqarishi bilan bog\u2018liq bo\u2018ldi. Ular hukumat oldida faqat to\u2018layotgan soliqlari uchungina javobgar bo\u2018lib qoldilar. Shunday qilib, xalq zamindorga bevosita o\u2018zining egasi sifatida qarashga odatlandi, ularning mulklari hind odatlari bo\u2018yicha nasldan naslga o\u2018tib bordi, ular belgilangan soliqni hukumatga to\u2018lash bilan cheklanib, nihoyat boburiylar saltanati davrida o\u2018z yerlarida egalik qila boshladilar. Shunday qilib, hind zaminida azaliy odatlardan tashqari, yerga egalik huquqi shakllandi.<\/p>\n<p>Bunday o\u2018zgarishlarga qaramasdan, xalq o\u2018z ta\u2019limoti tamoyillariga sodiq qoldi, ya\u2019ni ularning hammasi o\u2018zlarining avvalgi sokin hayotini saqlab qoldilar. Hatto hind xalqi mamlakatni kim boshqarayotganiga befarq bo\u2018lib qoldi. Agar hukumat yaxshi bo\u2018lsa, bu Braxmaning donishmandligi va qudratining ifodasi sifatida qabul qilindi. Avvalgidan boshqacha yangi hokimiyat paydo bo\u2018ldi, biroq bu ham Brahmaning irodasi bo\u2018lib, u o\u2018z qudratini namoyon qilishning yangi boshqaruvchisini topgani edi. Bu holatlarda hindlar shaxsiyat masalasida izchil bo\u2018lib, shaxs ularni unvondan ayriltirdi. Bu holat, ayniqsa, mashhur sarkarda Bobur davrida ham kuzatilgan ediki, u o\u2018z asarida quyidagilarni yozadi: \u201cHar qaysi yerda tobi\u2019 va muti\u2019 navkar va chokar va jam\u2019i muayyan va muqarrardur. Podshohning nasb va azli xotiri (271 b) tilasa, har kimnikim birovning yerig\u2018a o\u2018lturg\u2018uzdi, ul yerga tobi\u2019 va muti\u2019 navkar va chokar tamom bu kishining bo\u2018lur, balki podshohining taxtida ham bu xosiyattur. Har kim podshohini o\u2018lturub, taxtg\u2018a chiqquncha fursat topsa, ul podshoh bo\u2018lur. Umaro va vuzaro va sipohiy va raiyat barcha anga itoat va inqiyod qilurlar. Burung\u2018i podshohidek podshoh va farmonravo bilurlar\u201d.[6] Bunday qarashlari orqali Bobur nega endi xalq mutlaqo hukumatning boshqaruviga beparvo ekanini izohlamoqchi bo\u2018lgan, o\u2018zi bilan hukumat oldidagi ishlarga aralashishdan tiyilgan. Xalqning quyi sinflari oldidagi vazifa faqat uni boshqarayotgan unvonli kishini bilish, u bilan yaqin munosabatga kirishish, ayni shu holdagina ularning tirik jon ekanliklari namoyon bo\u2018ladi\u2026<\/p>\n<p>Sekin-astalik bilan Hindiston zaminida hind e\u2019tiqodi bilan birga muhammadiylik shakllana boshladi: mulkdor va zamindorlar islomni qabul qildilar yoki musulmon boshliqlari bilan almashdilar. Butun Hindistonni uzoq yillar boshqargan Dehli imperatoridan tashqari, amaldor musulmonlar ham ajoyib kishilar bo\u2018lgan: Dekan (shahri) nozimi, Ud (hududi) qiroli, Misor (viloyati) sultoni va Bengal nabobi (boshqaruvchisi) shular jumlasidan. Qur\u2019on talablari bo\u2018yicha davlat boshqaruvi hindlarning avvalgi rahbarlik tizimidan keskin farqlanmadi. Brahmaning sabr-qanoat haqidagi donishmandona hikmatlari hayotda o\u2018z tasdig\u2018ini topdi, har holda hindni kelishuvchilik bilan yashash sharoitiga ko\u2018niktirdi. Hind tasavvurida Brahma irodasiga ko\u2018ra, aslida Qur\u2019onda belgilangan tarzda hukmdorning soliq olishi hindistonlik uchun qonuniy holday ko\u2018rindi: u o\u2018zini doimo yerdan vaqtincha foydalanuvchi deb his qildi, unga egalik esa yuqori unvonli kishilarga tegishli edi. Shuning uchun ham musulmonlar solig\u2018i \u2013 hiroj[7]\u00a0 avvalgi soliqlarga qo\u2018shimcha bo\u2018lsa ham, lekin u doimo zamindor tomonidan tartibli ravishda yig\u2018ildi va yerga to\u2018liq egalik huquqini saqlagan kishilarga yetkazilib turildi.<\/p>\n<p>XVI\u2013XVII asrlar boburiylar saltanati Hindiston uchun o\u2018zining donishmandona davlat boshqaruvi tizimini meros qilib qoldirdi. XVI asrning 2-yarmida hukmronlik qilgan Akbarshoh, 1707 yilda vafot qilgan Avrangzeb shunday donishmand va ajoyib hukmdorlar sifatida xotirlanadi. Haqiqatan ham Akbarshoh amaldorlar boshqaruvi uchun juda ko\u2018p ijobiy islohotlarni qonunlashtirdi, soliq yig\u2018ishning eng yaxshi tizimini joriy qildi, davlat kirimlarini ko\u2018paytirdi, yo\u2018llar qurdirdi, pochta harakatini to\u2018g\u2018ri yo\u2018lga soldi, qo\u2018shinda yaxshi intizom o\u2018rnatdi, go\u2018zal inshootlar qurdirdi, hozir saqlangan xarobalar ham sayohatchilarga ularning asl mahobatini ko\u2018rsatib turibdi. Avrangzeb, ayniqsa, o\u2018zining muhtasham va qulay me\u2019moriy inshootlari bilan shuhrat qozondi. U hokimiyatga kelgunga qadar qo\u2018liga qurol olib, Dekan shahrida o\u2018z hokimiyatini o\u2018rnatish uchun kurashishi kerak edi. Bu janglar ham mo\u2018g\u2018ullarning avvalgi vayronagarchilik urushlaridan farq qilgan. Bundan keyin Avrangzeb o\u2018z zimmasiga juda ko\u2018p ijtimoiy vazifalar oldi, bu orqali o\u2018zi erishgan zaminni qo\u2018lda saqlab turish iqtidorini ko\u2018rsatdi, urush oqibati tufayli ishsiz qolganlarga ish berdi. Shuning barobarida ko\u2018plab buyuk inshootlar: masjidlar, saroy va xonaqohlar qurdirdi. Bu bunyodkorlik bir fransuz yozuvchisining ta\u2019biricha, xalq uchun mahobat manbai nima ekanini ko\u2018rsatdi.<\/p>\n<p>Shuningdek, bu qudrat va mahobat haqiqatan ham buyuk boburiylar saltanatiga betimsol ulug\u2018vorlik keltirdi. Lekin hind jamiyati shunday qurilgan ediki, hukumat boshlig\u2018ining shuhrati va uning hududining kengligi muhim emas edi. Buyuk boburiyning boyligi va ajoyibligi uni soliqdan butunlay ozod qilmadi. Aksincha, sekin-asta soliqlar ortib bordi. Akbardan avval o\u2018tgan Shershoh Suriy, masalan, hosilning to\u2018rtdan birini talab qildi. Akbarshoh hamma kichik soliqlarni bekor qilib, yagona soliq tizimini barpo qildi. Ishlab chiqaruvchilar bilan soliq yig\u2018uvchilar orasida o\u2018rtachi amaldorlar paydo bo\u2018lmasligi uchun mas\u2019ul bo\u2018lgan amaldorlar tizimini shakllantirdi. Musulmon amaldori bilan ishlash yoki o\u2018z jamoatidagi amaldor bilan yashashdan osonroq bo\u2018lganmi bilmadik, biroq bundan qonuniy soliq va uning hukumatga tez yetib borishi yutdi. Akbarshoh davrida musulmon amaldorlarining soni ortdi, sipohsolor yoki subador (voliy \u2013 tarj.) kabi yangi muovinlar belgilanib, ularga lozim bo\u2018lganda urush ochish va o\u2018lim jazosiga hukm qilish huquqi berildi. Akbarshoh ulkan mamlakatni 12 hududga bo\u2018lgani kabi bunday subadorlar soni ham 12 ga yetkazildi. Shu bilan birga subodar yonida qo\u2018shimcha vazifalar joriy qilindiki, bu vazifalarga ko\u2018proq kiborlar tayinlandi. Akbarshoh tamoyiliga ko\u2018ra, kiborlar jamiyatini saqlash va ularning mamlakatdagi obro\u2018sini oshirish lozim bo\u2018ldi. Qur\u2019onga ko\u2018ra, hindlar kofir bo\u2018lsa-da, ularga nisbatan rahmli bo\u2018lish talab etilgandi. \u201cOlamning yaratuvchisi, \u2013 deb yozadi Akbarshoh o\u2018z kitoblarida, \u2013 podshohlarga shuni ishonib topshirdiki, ular o\u2018z xalqini saodatli qilishlari va ayniqsa, taniqli oilalarning nomusi va shuhrati haqida qayg\u2018urishlari lozim\u201d. Bunday dunyoqarash, ko\u2018rinadiki, hindlar uchun e\u2019tiqod muhim sanalgani kabi ular ruhiga mos kelar edi. Kuzatilishicha, har holda xalq eng yaxshi musulmon hukmdoriga qarshi chiqmagan, qaysiki, avvalgi hukmdorlar paytida sodir bo\u2018lgan telbalarcha isyonlar bo\u2018lmagan.<\/p>\n<p>Xalqning aqliy rivoji Akbarshoh oldida yuqori bo\u2018lmaganini shu narsa tasdiqlaydiki, Akbarshoh tomonidan yangitdan olib kirilgan g\u2018oyalar ham yetarli tushunib yetilmagan. Akbarshoh (1605) haqiqatan daho (genial) kishilardan edi. Uning holati o\u2018zining erkin niyatlarini to\u2018liq amalga oshirishga imkon bermasa-da, u o\u2018z aqliy qudratiga yarasha ishlar qilib ulgurdi. Muhammad va Payg\u2018ambar vorislarining qonunlari asosida tarbiyalangan Akbarshoh islomda hayotning butun qulayliklarini ko\u2018rdi, o\u2018z falsafiy mulohazalarini kengaytirish orqali doru-r-rohat uylari \u2013 ibodatxonalar qurmoqchi bo\u2018ldi. Xalqning diniy e\u2019tiqodi yuqori ekanini anglab, Akbarshoh uni qondirish maqsadida rohib Fransis Ksavye nasroniylikni targ\u2018ib qilsa ham uni qo\u2018l ostida uzoq saqladi, uning so\u2018zlariga quloq tutdi, garchi bu so\u2018zlar unga yoqmasa ham o\u2018z mamlakatida uning tomonidan nasroniylikni targ\u2018ib etilishiga qarshi turmadi. Turli dinlar tarixini yaxshi bilgan va o\u2018z e\u2019tiqodida sobit Akbarshoh deistik xarakterdagi o\u2018z diniy tizimini yaratdi[8]. U o\u2018zini Xudoning yerdagi elchisi deb atamadi va o\u2018z qarashlarini aqlga muvofiq keladigan tarzda rasmiylashtirdi. Uning ta\u2019limotiga ko\u2018ra, dunyoni ulug\u2018 Alloh boshqaradi, unga har kim o\u2018z fikri va harakat yo\u2018li bilan intiladi. Bu Iloh tashqi jihatdan alohida diniy ko\u2018rsatma talab qilmaydi: Unga e\u2019tiqod doimiy ravishda kundalik hayotda bo\u2018lishi va o\u2018zining shaxsiy manfaatu qiziqishlarini insoniyatga bag\u2018ishlashi lozim. U o\u2018z ta\u2019limotini Hindiston bo\u2018ylab yoymoqchi bo\u2018ldi. Biroq na musulmon, na brahman uni tushunmadi. Hindlarning diniy e\u2019tiqodlari allaqachon shunga kelib qolgan ediki, unga qandaydir aqliy turg\u2018unlik kerak edi. Fikrlash huquqidan mahrum bo\u2018lgan, o\u2018z erkin aqliy taraqqiyoti davomida turli to\u2018siqlarga uchragan hindlar go\u2018yoki zohiran biror diniy shakl bilan cheklanib qolishlari mumkin emas edi. Ov qilishni xohlamay, xalqning ma\u2019naviy taraqqiyotini o\u2018ylamay faqatgina odatdagi urflarning bajarilishini kuzatib yurishga o\u2018rgangan, tantanavor marosimlarga o\u2018ch va qurbonliklar qilishga saxovatli brahmanlar xalqning ma\u2019naviy taraqqiyotini o\u2018ylamas edilar.<\/p>\n<p>Bunday mamlakat va xalq orasida Akbarshohga har qanday zo\u2018rliklardan xoli bo\u2018lgan dinni belgilash lozim ko\u2018rindi, chunki podshoh zulmni istamas edi. U qandaydir istisno qilib, o\u2018z e\u2019tiqodiga sipohiylarcha dengiz va olovni kiritdi, bu bilan uning dini ko\u2018rinarliroq bo\u2018ldi. Biroq bu e\u2019tiqod Akbarshohning o\u2018limi tufayli keng yoyilmasdan to\u2018xtab qoldi.<\/p>\n<p>Xuddi Akbarshoh kabi bir qancha podshohlar Hindistonga jalb qilindi. Lekin boburiylarning holati bunday Hindiston kabi mamlakatda va uning aholisi hind xalqiga nisbatan hasad qilishida edi. Akbarning davomchilari xalqning farovonligi haqida kam bosh qotirdilar. Ularning injiqliklari hatto sulhparvar hindlarni ham qarshi harakatga chorladi\u2026<\/p>\n<p>Bularga qarshi o\u2018zini saqlab qolish saqfi tabiati bo\u2018yicha ham nihoyat qurollanishga olib keldi. Hindlarning qanchalik shaxssizlantirishlariga qaramay, ularning hayotga bo\u2018lgan muhabbati zulmlarga qarshi chiqishga olib keldi. G\u02bbayri yurtlardan kelganlarning bosqini mamlakatni kambag\u2018allashtirdi, vaziyatdan chiqish uchun qilingan harakatlar o\u2018z hukumatining susayishiga ham sabab bo\u2018ldi. 1739 yili fors shohi Nodir boburiylar saltanatini butunlay talab, Avrangzeb o\u2018g\u2018li Muhammad XIV ga meros qilib qoldirgan taxtni o\u2018g\u2018irladi.\u00a0 Uning Dehlini talab, olib ketgan xazinalari orasida shunday ulkan o\u2018ljalar bor ediki, uni faqat tarixgina esga oladi. Boshqa turli ashyoyu anjomlar orasida Dehlidan olib ketilgan va hozirga qadar Tehron saroylarini bezab turgan taxt tovusning qanoti tarzida butun billur va qimmatbaho toshlardan ishlangan edi. O\u2018ljani egallagach, Nodirshoh o\u2018sha ondayoq Hindistondan jo\u2018nab qoldi, lekin uning bosqini boburiylar saltanatini larzaga soldi, xalqning sabr kosasiga quyilgan so\u2018nggi tomchi bo\u2018ldi. Bu voqealar, ya\u2019ni hokimiyatning sustlashuvidan, birinchi navbatda,\u00a0 Markaziy Hindistonda Avrangzebobod bilan Berar o\u2018rtasida yashovchi maratxalar foydalanib qolmoqchi bo\u2018ldilar[9]. Bu qavm doim o\u2018zining johil va g\u2018azabnokligi bilan ajralib turar, Dehli sultonlari ularni batamom yo\u2018qotib ulgurmagan edi. Ulardan biri, o\u2018zining keng fikri va amaldagi chaqqonligi bilan ajralib turuvchi Sivojiy[10] maratxalar hokimiyatining asoschisi edi. Uning davrida kuchli Maratxa davlati Hindistondan ajralib chiqib, mustaqil davlatga aylangan va shu bilan buyuk boburiylar saltanati nurab borgan edi. O\u2018sha vaqtda o\u2018zini Nizomulmuluk atagan Shayd Qulixon Haydarobod davlatini tuzdi[11]. Birmuncha kechroq Haydar Ali[12] Misor saltanatini vujudga keltirdiki, bu davlat uning o\u2018g\u2018li Tibbu Soib davridan asrimiz boshigacha gullab-yashnadi. Bu barcha hayratlanarli voqealar kuchli urushlar tufayli yuzaga kelib, hukumatlararo urushlar yarim orolni xarob qilgan edi. Bunday boshboshdoqlik davrida hind xalqi iztirob chekdi, bir hokimiyatdan ikkinchisiga o\u2018tib talandi, o\u2018ziga yengillik tiladi\u2026<\/p>\n<p>Ingliz-hind kompaniyasi qirolicha Yelizaveta tomonidan 1600 yili ta\u2019sis etilgan edi. Inglizlarning birinchi savdo o\u2018chog\u2018i \u2013 Hindistonning g\u2018arbiy sohilidagi Surat shahri 1611 yilda barpo qilindi. So\u2018ngra\u00a0 faktoriya (kompaniyaning bir qismi \u2013 tarj.) 1654 yili Madras shahrida va 1664 yili Bombayda tashkil qilindi. Bu davrlar orasida ingliz savdo kompaniyasi alohida kengayib bordi, Surat shahridagi faktoriya Agra sultoni Shoh Jahonga o\u2018z elchiligini yubordi. Bu elchilik ichida shifokor Boufton ham mavjud bo\u2018lib, u sulton qizini o\u2018limdan saqlab qolgani uchun alohida e\u2019zoz topdi.\u00a0 Buning uchun Shohjahon erkin savdo qilish huquqini berdi. Bu huquqni Boufton o\u2018zigagina emas, kompaniyaga tegishli bilib, fursatni boy bermay, Bengaliyaning Gang sohilidagi Gugli shaharchasida savdo kontorasini ochdi. Keyinroq bu yerda Kalkutta shahri ham qad rostladi.<\/p>\n<p>Shunday qilib, Hindistonning ikki qarama-qarshi qutbida joylashib olgan kompaniya mamlakat ichkarisida o\u2018z harakat doirasini kengaytira bordi. Kompaniyaning mablag\u2018i u qadar ko\u2018p emas edi, shuning uchun u butun Hindistonni egallashni orzu qilmagandi. Tashkilotning butun sarmoyasi\u00a0 har biri 50 funtli aksiyalarga ega bo\u2018lib, uning qiymati 40 ming funt sterlingdangina iborat edi. Bu mablag\u2018 bilan kompaniya o\u2018sha paytda Dehli sultoni bo\u2018lgan Avrangzeb zamonidagi mavjud golland va fransuz kompaniyalari bilan raqobat qila olar edi xolos. Baxtga qarshi, kompaniyaning ayrim a\u2019zolarining harakati tufayli sulton bilan qarama-qarshilik kelib chiqdi. 1690 yili Avrangzeb qo\u2018shinlari kompaniyaning barcha faktoriyalarini egallab, uni tarqatib yubordi[13]. Podshoh kompaniya chinovniklarini zanjirga solib, Bombay ko\u2018chalari bo\u2018ylab badarg\u2018a qildirdi. Vaziyat keskinlashgani tufayli Surat shahridagi elchilik Avrangzeb oldiga o\u2018z vakillarini yuborib, uzrxohlik qildilar. Avrangzeb elchilarni zanjirband qildirgan holda qabul qilib, ularni tavbasiga tayantirib, ta\u2019zim qilib podshohdan kechirim so\u2018rashlikni buyurdi. Nihoyada esa kompaniyani kechirib, uning avvalgi imtiyozlarini qaytardi, ingliz kompaniyasidan jabr ko\u2018rganlarning yo\u2018qotgan chiqimlarini mukofot orqali qoplab ham berdi. Savdo kompaniyasi ishlari yanada jonlandi.<\/p>\n<p>O\u2018ttiz yil o\u2018tgach (1726), kompaniya Dehliga o\u2018z yangi elchilarini yubordi, uning tarkibida san\u2019atkorlar bo\u2018lgani uchun bu missiya muvaffaqiyat qozonib, podshoh bilan suhbatlashish sharafiga erishdi. Podshohni davolagan Kompaniya shifokori doktor Gamilton tufayli inglizlar uch nuqtada: Bombay, Madras va Kalkuttada mahkam o\u2018rnashib oldilar\u2026<\/p>\n<p>Shunday qilib, ingliz kompaniyalari Hindistonda o\u2018z so\u2018zini ayta boshladilar. Asrlar davomida qullikka ko\u2018nikkan xalq ular yeriga o\u2018rnashib olgan \u201cma\u2019rifatli\u201d kompaniyalardan noroziliklarini sekin-astalik bilan ifodalay oldilar. Agar Hindistonda kitob chop etish yo\u2018lga qo\u2018yilgan bo\u2018lsa ham, hind brahmanlarining kitoblarini chop etib, xalqni chalg\u2018itib turganiga qaramay, Angliyaning oxir-oqibat maqsadi ma\u2019rifat va sivilizatsiya emas, balki xususiy egalik qilish ekani ma\u2019lum bo\u2018lib qoldi. Avval hind amaldorlari ingliz kompaniyalaridan norozi bo\u2018lgan bo\u2018lsa, endi amaldorlardan keyin xalq bu norozilikka qo\u2018shila bordi. Va nihoyat u kompaniya va tashkilotlardagi ingliz boshqaruvining basharasini ko\u2018rib, unga qarshi isyon ko\u2018tardi\u2026<\/p>\n<p>Asrlar davomida yuqori doiralarga qurbon bo\u2018lib kelgan baxtsiz avlodlar endi bunday vahshatlarga barham bermoqchi bo\u2018ldi. Bu qo\u2018zg\u2018olondan uyg\u2018ongan hind xalqiga endi qiyin bo\u2018ladi. Bundan keyin isyonni bostirgach, ingliz sivilizatsiyasi Hindistonda uzoq yillar hukm surib, unga rahbarlik qilmoqchi bo\u2018ladi. Angliyaning o\u2018zida ham Ost-Indiya kompaniyasiga munosabat o\u2018zgaradi. Endi uning vazifasi xalqni ma\u2019rifatli qilish emas, balki ekspluatatsiya qilish ekanini har kim tushuna boradi. Buni sezgan va Hindistonni boshqarmoqchi bo\u2018lgan ingliz davlat odamlari shuni tushunishlari kerakki, Hindiston Angliya tomonidan inglizlar uchun emas, Hindiston uchun hindlar tomonidan boshqarilishi lozimdir.<\/p>\n<p>Endi sipohilar qo\u2018zg\u2018oloni tufayli inglizlar orasida qanday shov-shuvlar ko\u2018paygan bo\u2018lmasin, miting va parlamentlarda Hindistonda hukumatni suiste\u2019mol qilgan ingliz boshqaruvi haqida so\u2018z boradi. London gazetalarida Angliya hukumatiga e\u2019tirozli maqola va xatlar bosilib turibdi.\u00a0 Bu qadar kuchli to\u2018lqinlar davlat va jamiyat kamchiliklarini ochiq ayta boshlagani kabi Angliyaning buyuk kuchidan darak bermoqda. O\u2018zining davlat boshqaruvi davomida ko\u2018plab kamchiliklarni yashirib kelgan jamiyat ovozi endi baralla eshitila boshlandi. Ehtimol, bu jamoatchilik qarashlari Hindistonga xalqning ehtiyojlarini hisobga olishda, so\u2018ngsiz bojlar va soliqlarning kamayishiga yordam berishi mumkindir. Va o\u2018shanda, albatta, Ost-Indiya kompaniyasining kuchli ekani o\u2018z tasdig\u2018ini topar va ana o\u2018shandagina tamaddun sari boshqaruvi qo\u2018ldan-qo\u2018lga o\u2018tib borishini ta\u2019minlashi mumkin bo\u2018ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em>Hamidulla Boltaboyev tarjimasi<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong><em>\u201cSovremennik\u201d, 1857. \u2116 9.<\/em><\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>[1] Xalq qo\u2018zg\u2018oloni Hindistonda 1857 yil 10 mayda sipohiylar (ingliz armiyasidagi hind yollanma jangchilari)ning bir necha qo\u2018shinlarida\u00a0 Mirut shahrida boshlangan. Qo\u2018zg\u2018olonchilar Dehli qal\u2019asini egallagandan so\u2018ng ikki hafta davomida butun Shimoliy Hindiston bo\u2018ylab tarqalgan. Qolgan ingliz qo\u2018shinlari Laknauga berkinishgan. Panjobdagi umumiy qo\u2018zg\u2018olon sikhlar bilan mahalliy feodallar hamda mustamlakachi hokimiyat tomonidan bostirildi. Sikh va nepal qo\u2018shinlariga tayangan holda feodal boshqaruvchilar bu viloyatlarni inglizlar yordamida egallab oldilar.\u00a0 Ingliz qo\u2018shinlari Dehliga 8 iyunda kirib kelib, uni 20 sentyabrda qamal orqali oldilar.<\/p>\n<p>[2] \u201cTimes\u201ddagi \u201cHindiston yana bosib olinsa kerak\u201d iborasiga K.Marks ham o\u2018zining 1857 yil 31 iyuldagi \u201cHindistondan axborotlar\u201d maqolasiga ishora qiladi.<\/p>\n<p>[3] N.Dobrolyubov qarashlari bu masala bo\u2018yicha K.Marks nuqtai nazariga yaqin keladi. Qo\u2018zg\u2018olon boshlanishi paytida Marks aytgan ediki: \u201cVaqt o\u2018tishi bilan boshqa faktlar ham yuzaga chiqadiki, bular Jon Bulni ishontirgan holda bu harakat harbiy isyon bo\u2018lib, u xalq milliy qo\u2018zg\u2018oloniga aylanadi\u201d (Asarlar. 2-nashri, 12-jild. B.259).<\/p>\n<p>[4] Mahmud G\u02bbaznaviy (998\u20131030) \u2013 Afg\u2018onistondagi musulmon sulolasi hukmdori. Shimoliy Hindistonga yurish qilib, uni egallagan.<\/p>\n<p>[5] Zamindor \u2013 hind vassal knyazlarining nasliy mulkdorlari.<\/p>\n<p>[6] Tarjimon izohi \u2013 Dobrolyubov bu iqtibosni \u201cBoburnoma\u201dning inglizcha tarjimasidan olgan. Biz asl matnni quyidagi nashr bo\u2018yicha keltirdik: Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma.\u00a0 \u2013 T.: \u201cSharq\u201d NMAK, 2002. B.196.<\/p>\n<p>[7] Hiroj \u2013 Hindistondagi musulmon hukumati tomonidan joriy qilingan kishi boshiga olinadigan soliq.<\/p>\n<p>[8] Akbar (1542-1605) ma\u2019muriy o\u2018zgarishlarni amalga oshirishdan tashqari, o\u2018z vaziri Abul Fazl bilan birga butun Hindiston uchun umumiy bo\u2018lgan hinduviylik, zardushtiylik va islom, hatto nas\u00adroniylik elementlarining eklektik yig\u2018indisi asosida din yaratishga erishdi.<\/p>\n<p>[9] Boburiylar hukumatining susayishiga sabab afg\u2018onlar, maratxalar, sikxlar kabi turli harakatlar natijasi ediki, ular orasida qisman bo\u2018lsa-da, g\u2018alabaga erishganlari maratxalar va sikxlar bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>[10] Sivojiy (Shivojiy) (1627\u20131680) \u2013 maratxalar davlatining asoschisi.<\/p>\n<p>[11] Dekandagi boburiy hukmdor Chin Qilichxon (Nizomulmulk ismi bilan ham mashhur bo\u2018lgan) 1724 yili o\u2018zini Haydarobod hukmdori deb e\u2019lon qilgan.<\/p>\n<p>[12] Haydar Ali (1728\u20131782) \u2013 Hindistonda Maysur viloyati hokimi.<\/p>\n<p>[13] 1685 yili inglizlar 10 kemadan iborat ekspedisiya tashkil qilib, Hindistonning g\u2018arbiy sohiliga qo\u2018shin tushirdi va mamlakat ichkarisida bir necha janglar orqali aholiga daxl qildi. Buning natijasida esa ingliz faktoriyalari tarqalib ketdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nikolay DOBROLYUBOV &nbsp; Ost-Indiya hayrati (ajablanishi) mana necha oydan beri butun Yevropa e\u2019tiborini jalb qilmoqda. Uning hozirga qadar tinmayotgani ing\u00adliz qurolining siboylarga qarshi kurashda ayrim muvaffaqiyatlari butun mamlakat bo\u2018ylab tarqalmoqda[1]. Kutilmaganda Hindiston Angliya bosqinidan xalos bo\u2018lishi ham, shubhasiz, hozirgi qo\u2018zg\u2018olon Ost-Indiya kompaniyasining mamlakatdagi ahvoliga o\u2018zgartirishlar kiritishi ham mumkin. Yevropadan Hindistonga bir necha o\u2018n minglab jangchi [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":276,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":{"0":"post-275","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-ilmiy-ommabop"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/275","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=275"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/275\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":333,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/275\/revisions\/333"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/276"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=275"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=275"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=275"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}