{"id":272,"date":"2025-06-24T09:18:01","date_gmt":"2025-06-24T09:18:01","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=272"},"modified":"2025-07-02T10:26:09","modified_gmt":"2025-07-02T10:26:09","slug":"yuksak-poeziya-va-alp-odam","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=272","title":{"rendered":"Yuksak poeziya va alp odam"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>Mixail EPSHTEYN<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>TARAQQIYOT VA POEZIYA<\/strong><\/p>\n<p>Insoniyat taraqqiyotining xos vektorlari mavjudmi? Ushbu savolga turli va ishonarli javoblar ko\u2018p: nufus o\u2018sishi, iqtisodiy taraqqiyot, mehnat unumdorligi oshishi va ijtimoiy farovonlik yuksalishi, erkin bozorning yoyilishi, intellektual va texnologik kuchning ortishi, axborotni jadal ishlab chiqarish, noosferaning kengayishi, siyosiy tizimlarning demokratlashuvi, jug\u2018rofiy va kosmik ekspansiya, etnik va iqtisodiy mahdudlikni yengib o\u2018tish \u2013 globallashuv\u2026 Ushbu vektorlarning barchasi bir-biriga mos keladi va tarixi umumiy dadil odimlar bilan hamohangdir. Biroq har doim ham ushbu qatorda sanalmaydigan yana bitta vektor bor: koinot, hayot, jamiyat, texnika va odamning poetiklashuvi. Bu taraqqiyotni poezis (yunoncha \u201cpoezis\u201d (poiesis) \u201cijod\u201d degan ma\u2019noni beradi) deb tasavvur qilish bo\u2018lib, bir qarashda oldin belgilab olingan tamoyillarga zidday tuyuladi. Iqtisodiy, texnik, axborot taraqqiyoti mif, ertak va afsonalarning oltin asri sari tobora chekinib borayotgan poetik ibtidoning zaiflashuviga olib kelmayaptimi? Dunyoni poetik idrok qilish tamaddunning dastlabki bosqichlarida hukmronlik qilgan edi, keyinchalik uni ilm-fan, texnika, orzu qilishdan ko\u2018ra bilish va tadqiq qilishga moyil ziyrak va rasional aql tarzi siqib chiqardi, degan qarash mavjud.<\/p>\n<p>Ushbu \u201cpoeziyadan qochish\u201d (depoetizatsiya) butun insoniyat tarixidan o\u2018tib, ayniqsa, sanoat asrida kuchayib borayotganday tuyuladi. Ye.Baratinskiy \u201cSo\u2018nggi shoir\u201d (1835) she\u2019rida qayg\u2018uli xulosaga keladi:<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong><em>Asr qadam tashlar temir yo\u2018lidan;<\/em><\/strong><\/p>\n<p><strong><em>Yuraklarda tama, havas barchasi<\/em><\/strong><\/p>\n<p><strong><em>Faqat zarur, nafli narsalar bilan<\/em><\/strong><\/p>\n<p><strong><em>Banddir soat sayin, uyatsizlarcha.<\/em><\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong><em>Ma\u2019rifat nurida yitdi ko\u2018lkaday,<\/em><\/strong><\/p>\n<p><strong><em>She\u2019rga xos beg\u2018ubor tushlar sira ham<\/em><\/strong><\/p>\n<p><strong><em>Sanoat tashvishi ortgan o\u2018lkada<\/em><\/strong><\/p>\n<p><strong><em>Avlodlar yodiga kelmaydi bir dam.<\/em><\/strong><\/p>\n<p>Poeziya inqirozini faqat shoirlar e\u2019tirof qilayotgani yo\u2018q. K.Marks \u201cSiyosiy iqtisod tanqidiga doir\u201d kitobining (1858\u20131859) so\u2018zboshisida bu haqda faqat iqtisodiyot faniga xos tilda mana bunday deb yozgan edi:<\/p>\n<p>\u201c\u2026Miltiqdori va qo\u2018rg\u2018oshin davrida Axilles bo\u2018lishi mumkinmi? Yoki chop qilish dastgohi va bosmaxona mashinasi bor joyda \u201cIliada\u201d yozilishi mumkinmi? Chop qilish dastgohi paydo bo\u2018lishi bilan rivoyat, qo\u2018shiq va muzalar, binobarin, epik poeziya uchun zarur shart-sharoit muqarrar ravishda yo\u2018qolib ketmaydimi?\u201d<\/p>\n<p>Marksning nekbinligiga qarama-qarshi o\u2018laroq, M.Haydeggerning ommaviy ishlab chiqarish individual buyumlarni yasash poeziyasini parokanda qilishi va binobarin, poezisning (\u201cgenezis\u201d \u2013 unib chiqishga qarindosh) o\u2018tmishda qolib ketishi haqidagi fikri moziyni qo\u2018msash bilan yo\u2018g\u2018rilgan. Kosa yoki skripka daraxt o\u2018sishi yoki bolani tarbiyalash singari shoshilmasdan yasaladi. Zamonamizga kelib, poezisdan tor ma\u2019nodagi poe\u00adziya, she\u2019rlar va poetik olamning boshqa orolchalari: rassomlik, badiiy hunarmandchilikkina saqlanib qolmoqda, lekin ular ham ilm-fan, texnika va iqtisodiyot dengiziga g\u2018arq bo\u2018lmoqda. \u201cKompozitorlar zamoni intihosi\u201d, shuningdek, \u201cadabiyot zamoni intihosi\u201d haqida bong urgan kompozitor Vladimir Martinov ham poeziyaning bugungi kuni va kelajagiga ayni qadar tushkunlik bilan qaraydi[1].<\/p>\n<p>She\u2019riyat tanazzuliga sabab bo\u2018layotgan tarix yo\u2018nalishidan quvonish kerakmi yoki dahshatga tushish? Bu haqda bahslar ko\u2018p, lekin negadir muqarrar narsa deb qaraladi.<\/p>\n<p>Lekin men XXI asrning hissiz texnisizmi va pragmatizmi tasavvur qilishga moyilligimizdan ko\u2018ra kengroq ma\u2019nodagi poeziya asri bo\u2018ladi, deb o\u2018ylayman. She\u2019riyat inson hayotidan hech qayerga ketayotgani yo\u2018q, aksincha, tamaddunning megatrendlari (yetakchi tamoyillari) darajasida eng ulkan miqyosda qayta tug\u2018ilmoqda. U harf va qofiya asirligidan qutulib, kitob muqovalaridan tashqarida voqelikning yangi shakllarini topib bormoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>\u00a0<\/strong><strong>POEZIYA NIMA DEGANI?<\/strong><\/p>\n<p>Poeziya deganda nimani tushunamiz? U dunyoni idrok qilishning alohida, ijodiy usuli bo\u2018lib, har bir hodisada boshqa hodisalar obrazi, aksi, aks sadosini tutib oladi. Masalan, tashqi makon ichki olamning obrazi yoki aksincha bo\u2018lishi mumkin:<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><em><strong>Ushbu yagona va botiniy olam<\/strong><\/em><\/p>\n<p><em><strong>Borliqni bog\u2018laydi. Ichimda yovqur<\/strong><\/em><\/p>\n<p><em><strong>Qushlar uchar. Olis cho\u2018qqiga shaxdam<\/strong><\/em><\/p>\n<p><em><strong>Chiqaman. Yaproqday solaman shovqin.<\/strong><\/em><\/p>\n<p><strong>R.-M. Rilke<\/strong><\/p>\n<p>Shu bilan birga poeziya nutqning o\u2018ziga xos shakli bo\u2018lib, so\u2018z va bo\u2018g\u2018inlarning ohangga solib takrorlanishi ma\u2019no o\u2018xshashliklarini kuchaytiradi. Poeziya yashirin o\u2018xshashliklarni izlash, buyumlarni o\u2018xshashligi yoki turdoshligiga (majozlar, istioralar va boshqa yo\u2018llar) qarab birlashtirishdir. Ohangdoshliklar, jumladan, qofiyalar assosiativ aloqalarni kuchaytirish, bir-biridan uzoq hodisalarni o\u2018zaro birlashtirish shakli sifatida namoyon bo\u2018ladi. Vasiliy Nalimovga ko\u2018ra, \u201cbu yerdagi [poeziyadagi] matn so\u2018zlar bir-birini cheklashi uchun emas, aksincha, ma\u2019nosini kuchaytirish, silliq tarzda umumiy oqimga o\u2018tib, qo\u2018shilib ketishi uchun tashkil etiladi\u201d[2]. Poeziya bir narsani boshqa narsalarning nomi bilan ataydi, ularning boshqa narsalarda gavdalanishi, metamorfozasi \u2013 evrilishiga sabab bo\u2018ladi:<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><em><strong>Oy tinch oqar suvda, uzala<\/strong><\/em><\/p>\n<p><em><strong>Tushar oltin qurbaqa misol.<\/strong><\/em><\/p>\n<p><em><strong>Olma guli yanglig\u2018 kuzalar<\/strong><\/em><\/p>\n<p><em><strong>Otam qo\u2018ygan shu oppoq soqol.<\/strong><\/em><\/p>\n<p><strong>S.Yesenin<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>She\u2019riyat hamma narsadagi Hamma narsadir, u narsalarning bir-biriga kirib borishi o\u2018lchovidir.<\/p>\n<p>Tamaddun taraqqiyoti bizni turli mohiyatlarning aynan bir-biriga kirib borishi sari yetaklaydi. An\u2019anaviy jamiyatlarda individ etnik va ijtimoiy taniqliligi, madaniy va tabiiy muhiti (ekologiyada tutgan o\u2018rni) bilan to\u2018liq mos keladi. Tarix etnoslarni tobora qorishtirib yubormoqda va turli millat, madaniyat va tillar alomatlarini o\u2018ziga singdirib olgan \u201cbarcha odam\u201d vujudga kelmoqda. Kitoblar, filmlar, sayohatlar, tillar va tarixni o\u2018rganish \u201cmohiyatlarni ko\u2018chirish\u201d, o\u2018ziga boshqa narsalarni singdirib olishdir: rus kishisi o\u2018zini fransuz yoki yapon deb, zamondoshimiz esa \u2013 qadimgi jangchi yoki o\u2018rta asrlar rohibi deb his qilishi mumkin. Tamaddun rivojlanishi bilan kuchayib borayotgan jami ramzlar almashuvi poetik \u201cko\u2018chirish\u201dga xizmat qiladi. Poetik so\u2018z nasriy yoki ilmiy so\u2018zdan (aniq ma\u2019noga ega atama) farqli o\u2018laroq, chegaralarni kengaytirishga intiladi, boshqa so\u2018zlar ma\u2019nosini singdirib oladi. Zamon kishisi, faqat foydasini ko\u2018zlab ish yurituvchi sifatidagi urf bo\u2018lgan tasavvurlarga zid o\u2018laroq, tobora poetik shaxsga aylanib bormoqda.<\/p>\n<p>Aynan XX\u2013XXI asrlar tamadduni bir madaniyat va bitta til torlik qilib qolayotgan shaxsning ushbu yangi, transmadaniy turi \u2013 multividuumni yaratmoqda. U yangicha odam bo\u2018lib, chin ma\u2019nodagi \u201cobrazli\u201d, majoziy mavjudotdir.<\/p>\n<p>Ushbu transetnik, translingvistik individning \u201cbevosita ma\u2019nosi\u201d, azaliy taniqliligi ko\u2018chma ma\u2019nolarga yo\u2018l beradi: bir mamlakatda tug\u2018iladi, boshqasida ta\u2019lim oladi, uchinchi mamlakatda yangi ixtisos bo\u2018yicha ishlaydi\u2026 Bunday kishi \u2013 tamsil etilgan majoz, poetik shaxs; uning hayoti \u2013 ko\u2018p qatlamli matn.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>ANTROPOEYYA VA TEXNOPOEYYA<\/strong><\/p>\n<p>Qadimgi Yunonistonda she\u2019riyat, ilm-fan va san\u2019at homiysi bo\u2018lgan to\u2018qqizta muza izzatlangan: Kalliopa \u2013 epik poeziya homiysi; Evterpa \u2013 lirik poeziya homiysi; Melpomena \u2013 tragediya homiysi; Klio \u2013 tarix homiysi; Uraniya \u2013 falakiyotshunoslik homiysi\u2026 Bugungi kunda ushbu panmuseyonni (yunoncha \u03c0\u03ac\u03bd\u03c4\u03b5\u03c2 \u2013 barcha + \u03bc\u03bf\u03c5\u03c3\u03b5\u1fd6\u03bf\u03bd \u2013 homiylar ibodatxonasi) Antropoeyya, Texnopoeyya, Kosmopoeyya, Biopoeyya, Sotsiopoeyya, Ekonopoeyya, Noopoeyya\u2026 singari yangi homiylar bilan to\u2018ldirish vaqti yetdi. Ushbu ijod turlari ayni paytgacha ma\u2019lum va mashhur bo\u2018lgan san\u2019at va \u201cpozziyalar\u201d doirasiga sig\u2018maydi va insoniyat kelajagiga ma\u2019no baxsh etadi.<\/p>\n<p>Ushbu yangi homiylardan birinchisi antropoeyyadir (yunoncha anthropos, inson + poieo qilish, ijod qilish, ishlab chiqarish). Antropoeyya inson mohiyatini yaratish va qayta yaratishga yo\u2018naltirilgan barcha amaliyotlar yig\u2018indisidir. Uning eng muhim amali, Tavrotda tavsiflanganiday, odamni Xudoga \u201co\u2018xshatib\u201d yaratishdir, bu uning majoz sifatidagi poetik tiynatini namoyon qiladi. Inson o\u2018simlik yoki jonivorlarga xos ma\u2019nodagi emas, ko\u2018chma ma\u2019nodagi maxluq \u2013 yaratiqdir, chunki u Yaratuvchi timsoli, Xudoning tajallisidir: ular o\u2018rtasida murakkab belgilar o\u2018yini, ifodalovchi va ifodalanuvchi munosabatlari mavjud. Inson Xudoga aynan o\u2018xshash emas, lekin u Xudoning majozidir, ya\u2019ni uning ayrim alomatlari: fikrlash, ijod qilish, narsalarga nom berish, iroda erkinligiga ega. Insonga majoz sifatida munosabatda bo\u2018lish, ya\u2019ni uni poetik jihatdan qabul qilish lozim. Lekin bundan inson zimmasiga Yaratuvchining timsoli sifatida o\u2018rab turgan muhitda majozlar yaratish, timsollari va o\u2018xshashliklarini ko\u2018paytirish yuklangan, deb xulosa qilish mumkin. Tamaddun degani \u2013 mana shu. Mehnat qurollari, texnik ixtirolar, ilmiy kashfiyotlar, san\u2019at asarlari \u2013 barchasi dunyoni aynan emas, majoz nuqtai nazaridan madaniylashtirish usulidir. Kartina yoki bino, raketa yoki kompyuter singari tamaddun mahsulotlarida insonning tabiiy mavjudot sifatida borligini emas, uning cheksiz ko\u2018payib borayotgan timsollari, ramziy proyeksiyalari, qobiliyat va ehtiyojlari majozlarini ko\u2018ramiz.<\/p>\n<p>\u201cTexnikaga faqat ko\u2018ngildan kelib chiqib, ma\u2019no yuklash mumkin\u201d, deb yozgan edi O.Shpengler[3]. Texnikaning barcha mo\u02bbjizalari: tezlikka, parvozga, yuksakka ko\u2018tarilishga, ko\u2018ngillarning bir-biriga payvasta bo\u2018lishiga intilish mohiyatan ko\u2018ngil ehtiyojlari majozlaridir. Ko\u2018zga tashlanib turganlaridan uy \u2013 tana majozi; ko\u2018zoynak va zarrabin \u2013 ko\u2018z majozi; kompyuter \u2013 axborotni qayta ishlaydigan miya majozi; lazer \u2013 yorug\u2018lik ortidan intilish majozi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><em><strong>Hech kim xayol qilmagan<\/strong><\/em><\/p>\n<p><em><strong>Yerlarga uchgim kelar,<\/strong><\/em><\/p>\n<p><em><strong>Nur ortidan, bilmagan<\/strong><\/em><\/p>\n<p><em><strong>Joylarni quchgim kelar!<\/strong><\/em><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><em><strong>Davralarga bergin zeb \u2013<\/strong><\/em><\/p>\n<p><em><strong>Olamda baxt yo\u2018q o\u2018zga.<\/strong><\/em><\/p>\n<p><em><strong>Nur qadri nimadir deb<\/strong><\/em><\/p>\n<p><em><strong>Savol bergin yulduzga.<\/strong><\/em><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Mandelshtam, <\/strong><strong>\u201cMening bir istagim bor\u2026\u201d<\/strong><\/p>\n<p>Ko\u2018ngil nur ortidan uchishga intiladi va bu ehtiyojdir, u rasional, ixtirolarga xos sinayotib, nurni maqsadli yo\u2018naltirishga mo\u2018ljallangan lazerni bunyodga keltiradi.<\/p>\n<p>Majoz sifatida yaratilgan inson majozlar olamini yaratishni davom ettiradi. Antropoeyya texnopoeyyaga (technopoeia; yunoncha \u2013 techne \u2013 san\u2019at, hunar) do\u2018nadi. Aslida butun texnik tamaddun inson timsollari, uning qiyofalari va qayta gavdalanishlari ko\u2018pligidir. Axborot texnologiyalari ko\u2018rinib, tushunilib, anglab turilgan sohani ulkan masofalarga kengaytirishga qobil idrok etuvchi va fikrlovchi inson timsolidir. Kommunikatsiya texnologiyalari til timsoli, o\u2018z fikrini ifoda va boshqalar bilan muloqot qila oladigan kishi qobiliyatidir. Ulov texnologiyalari harakatdagi odam timsoli, uning yugurish, sakrash va suzish qobiliyatining mubolag\u2018ali kuchayishidir. Ishlab chiqarish texnologiyalari mehnat qurollari va iste\u2019mol buyumlarini yaratayotgan kishi timsolidir. Tamaddunlar Yaratuvchisidan qadam-baqadam uzoqlashib borayotgan va tobora undan mustaqillashayotgan kishi timsolidir.<\/p>\n<p>Texnika poeziyadan ko\u2018ra kamroq majoz yoki ramz emas, lekin u ushbu quvvatni so\u2018zlar qolib, poetik jihatdan evrilgan materiyada gavdalantiradi, uning har bir unsuri tabiat bilan \u201co\u2018ynashadi\u201d, tortish kuchi, uzoq masofalar, tananing cheklangan imkoniyatlarini yengib o\u2018tadi. Aviatsiya, raketasozlik, elektronika, internet va eng zamonaviy aloqa vositalarini tamsil qilgan texnopoeyya ko\u2018rinmaydigan narsani ko\u2018rish, eshitilmaydigan narsani eshitish, turli tillarda so\u2018zlashish, inson lablaridan yangragan so\u2018zni koinot cheksizliklariga yetkazish imkonini beradi. U Pushkinning \u201colti qanotli malagi\u201dga o\u2018xshab, Yer va osmon kengliklarini ochadi. Texnopoeyya texnikaning inson ijodiy intilishlari va dunyoni ramziy ko\u2018rishni faoliyat sifatida tamsil etuvchi poetik jihatidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>POEZIYA<\/strong> <strong>FIZIKASI<\/strong><\/p>\n<p>Tamaddunning barcha jarayonlarini nafaqat koinot, texnika, jamiyatning poetiklashuvi, qolaversa, poeziyaning koinotlashuvi, texniklashuvi va ijtimoiylashuvi, uning borliqning barcha sohalariga kirib borishi deb qarash mumkin. Andre Breton \u201cOb\u2019yekt inqirozi\u201d (1936) maqolasida \u201cSyurreal obyektlar\u201d ijodi, Pol Elyuarning fikricha, haqiqiy \u201cshe\u2019riyat fizikasi\u201d ehtiyojlarini qondiradi\u201d, deb yozgan edi[4]. Darhaqiqat, syurrealizm og\u2018zakilik va ikki o\u2018lchamli (rasm) vizuallik chegaralaridan tashqariga chiqadi va uch o\u2018lchamli ob\u2019yektlar yaratadi. Ayni holatda absurdning syurreal mantig\u2018i ustuvorlik qiladi: obyektlar pragmatik funksiyalardan qanchalik mahrum bo\u2018lsa, shunchalik poetiklashadi. Masalan, Man Reyning (1921) \u201cSovg\u2018a\u201dsini olaylik: ostiga zich qilib mix qoqilgani bois dazmol foydalanishga yaroqsiz bo\u2018lib qoladi. Meret Oppenheymning (1936) \u201cMo\u2018ynali nonushta\u201dsida bordoq, likopcha va qoshiqcha Xitoy ohusining mo\u2018ynasi bilan qoplangan.<\/p>\n<p>Biroq obyekt poetikligi undan foydalanish funksiyasini har doim ham istisno qilavermaydi. Syurrealizm poetik go\u2018zallik absurdligini, o\u2018z vazifasi \u2013 ratsionallikni tanqid qilish va g\u2018ayrishuuriylikni madh etishdan kelib chiqqan holda, bo\u2018rttirib ko\u2018rsatar edi. A.Breton \u201cSyurrealizm manifesti\u201dda (1924) shaxs jamiyat bosim o\u2018tkazadigan intuitiv ruhiy amallardagina erkin bo\u2018ladi, deb hisoblar edi. Breton nafaqat Freyd va uning tush ta\u2019birlari, qolaversa, XIX asrda \u201cgo\u2018zallik tikuv moshini bilan shamsiyaning anatomiya stolida tasodifan uchrashib qolishi\u201d, degan ta\u2019rifni ilgari surgan Lotreamondan ham iqtibos olar edi. Ushbu fikr syurrealizm shioriga aylanib qoldi.<\/p>\n<p>Biroq tikuv moshini bilan shamsiyaning anatomiya stolida uchrashib qolishi hech qanday tasodif emas, chunki ko\u2018z oldimizda uchta uchli narsa namoyon bo\u2018ladi: tikuv ignasi, shamsiya kegayi va jarrohlik tig\u2018i. Shamsiya kegaylarining yoyilishi, tikuv ignasining vertikal harakati tikish jarayonida bir-birining harakatini, xuddi moshin g\u2018ildiragi \u2013 shamsiyaning yumaloq shakli singari, takrorlaydi. Binobarin, tasodif emas, ob\u2019yektlar va ular birikuvining yashirin qonuniyligi poetikdir. Shu ma\u2019noda poeziya tarixdan rasionalroqdir va falsafa bilan yaqinlashadi. \u201cPoeziya tarixdan ko\u2018proq falsafiy va jiddiy unsurga ega: u umumiyroq narsani, tarix esa juz\u2019iy narsani tamsil qiladi\u201d (Arastu, Poetika, IX)[5].<\/p>\n<p>Uchoqlar, poyezdlar, raketalar, telefonlar, kompyuterlar \u2013 barchasi syurreal emas, zamonaviy tamaddun voqeligidan iborat poetik ob\u2019yektlardir. Bu so\u2018zlar chegarasidan tashqariga chiqqan poeziya, chin ma\u2019nodagi poeziya fizikasi, uning texnik va ijtimoiy jismlaridir. Ularda na absurd va na mubolag\u2018a bor, lekin shu holicha majoz yoki istioradir, chunki inson tanasi xususiyatlari va ko\u2018ngil intilishlarini (aslida, majoz \u2013 \u201cmetafora\u201d \u2013 ko\u2018chirish yoki bir joydan ikkinchi joyga tashish degani, Yunonistonda yuk moshinlari \u201cmetafora\u201d deb ataladi) materiyaga ko\u2018chirishdir. Shunday qilib, telefon eshitish majozi va quloq istiorasidir (ya\u2019ni eshitish moslamasi alomatlarini turdoshlik bo\u2018yicha apparatga ko\u2018chiradi). Syurreal ob\u2019yektlardan farqli o\u2018laroq, telefon yoki raketada foydalanishga yaroqlilik va poetiklik bir-biriga zid kelmaydi, aksincha, bu o\u2018rinda foydalanishga yaroqlilikka poetik vositalar bilan erishiladi.<\/p>\n<p>Texnopoeyya texnikaning butun tarixiga poetiklikning foydalilik bilan chatishib ketishi sifatida qarash imkonini beradi. Masalan, pishangning foydalilik funksiyasiga hech kim shubha qilmaydi, uning poetikligi esa qo\u2018llanadigan texnologiya ko\u2018rsatib turganiday, yelka va qo\u2018l majozi, ular mubolag\u2018asidan (kuchaytirish, uzaytirish) iboratdir.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><em><strong>Tirsak qadar<\/strong><\/em><\/p>\n<p><em><strong>Moyga botar,<\/strong><\/em><\/p>\n<p><em><strong>Pishang \u201co\u201dlab<\/strong><\/em><\/p>\n<p><em><strong>\u201cA\u201dlab yotar.<\/strong><\/em><\/p>\n<p><strong>E.Bagriskiy, \u00a0\u201cBahor\u201d<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bu gapni istalgan texnik moslama haqida aytish mumkin. Xalq xayoloti ko\u2018pgina texnik ixtirolardan ularga, masalan, \u201cgilam-uchoq\u201d, \u201cochildasturxon\u201d, \u201csehrli qalpoqcha\u201d singari oldindan poetik ma\u2019no berib, ilgarilab ketgani bejiz emas[6].<\/p>\n<p>Zamonaviy texnika mehnat qurollari ishlab chiqarish barobarida dunyoni idrok qilishimiz va muloqot usullarini tobora kengaytirmoqda, shuningdek, har kimga fe\u2019liga yarasha hayot tarzini tanlash imkoniyatini beradigan yangi, muqobil va virtual olamlar yaratmoqda. Poetik ertak, fentezi (mif va ertaklarga asoslangan fantastika adabiyoti) bugungi kunning eng mahsuldor janri bo\u2018lib, u adabiyot va kino bilan cheklanib qolmaydi: atrofimizdagi dunyo ko\u2018proq fentezini eslatadi, unda xayolot o\u2018zgarishlarning harakatlantiruvchi kuchi va yangi dunyolarni yaratish mantig\u2018i bo\u2018lib qolmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>KOSMOPOEYYA VA BIOPOEYYA<\/strong><\/p>\n<p>Texnopoeyya koinotning bundan buyongi evrilishlari, kosmopoeyyaning (yunoncha kosmos) debochasidir. Kosmopoeyya barcha ta\u2019sir ko\u2018rsatuvchi sensor, jumladan, hid bilish va sezish vositalariga ega san\u2019atdir. Kosmopoeyya voqelikni qayta ishlab chiqarishning barcha texnik vositalarini o\u2018zlashtiradi hamda rassom fantaziyasini shunday hissiy aniqlik bilan gavdalantirib, uni real olam ob\u2019yektlaridan mutlaqo farqlanmaydigan qilib qo\u2018yadi. Biz vaqt o\u2018tishi bilan nafaqat tasviriy yoki musiqa, qolaversa, barcha hissiyot a\u2019zolariga qaratilgan va voqelikning o\u2018zi singari ko\u2018p o\u2018lchamli bo\u2018lgan universal, koinot san\u2019atini yaratishni o\u2018rganib olamiz.<\/p>\n<p>Bunday holatda oldimizda bir savol ko\u2018ndalang bo\u2018ladi: koinotning o\u2018zi kosmopoeyya asari, ya\u2019ni ijod namunasi emasmi? Qadimgi dunyo va Uyg\u2018onish davrining Aflotun, Plotin va boshqa mutafakkirlari Borliq olamni shunday tasavvur qilgan. Mabodo shunday bo\u2018lsa, fizika, biologiya va boshqa tabiiy fanlar, taraqqiyotning dastlabki bosqichlarida bo\u2018lgani kabi, yana ilohiyotshunoslik va estetika bilan qayta birlashadi. Fizika moddiy dunyo tuzilmasini o\u2018rganib qolmasdan, fantaziya, mahorat, kompozisiya, obrazlilik, plastik til singari ushbu dunyoni universal san\u2019at asari sifatida yaratgan ilohiy kosmopoeyya qonunlarini tushunish hamdir.<\/p>\n<p>Kosmopoeyya keng ma\u2019noda insonning fizik dunyoni go\u2018zallik va uyg\u2018unlik qonunlariga mos ravishda o\u2018zgartirish borasidagi barcha faoliyat turlaridir. Biroq ushbu ulkan soha ichida mavjudot va insonning o\u2018zini o\u2018zgartiruvchi biotexnologiyalar majmui \u2013 biopoeyya (yunoncha bios \u2013 hayot) alohida ajralib turadi. Biopoeyya organizmlarning yangi turlarini yaratishdan tortib, tana a\u2019zolari va ularning o\u2018zgartirilgan ko\u2018rinishlarini uch o\u2018lchamda chop qilishgacha turli ko\u2018rinishlarda namoyon bo\u2018ladi. Hayotga oid eng ko\u2018p ta\u2019sir kuchiga ega nazariyalardan biri \u201cavtopoezis\u201d deb atalishi bejiz emas: XX asrning 70-yillari boshida biologlar: U.Maturana va F.Varela mavjudotlarning o\u2018zini tuzishi va qayta ishlab chiqarishini shunday tavsiflagan edi. Hayot bilan poeziya o\u2018rtasida til, genetik va og\u2018zaki umumiylik bor. Hujayralardan organizmlar va ekotizimlargacha bo\u2018lgan tiriklikni barcha darajalarda tashkil etishning alomatli jarayonlari kechmoqda. Biosemiotika bo\u2018yicha tadqiqotlarning shahodat berishicha, genetika tilida sinonimiya, omonimiya, majozlar, ya\u2019ni poetik obrazlarni qurish usullari mavjud.<\/p>\n<p>Duragaylash tabiatdagi eng ko\u2018zga ko\u2018rinarli majoz jarayonidan biri bo\u2018lib, har xil biologik turlarning genetik materiali bitta hujayrada birlashadi. Bir-biridan uzoq turlar, hatto o\u2018simliklar va jonivorlarning genlari alohida viruslar yordamida ko\u2018chirib o\u2018tqazilishi natijasida yangi turlar vujudga kelishi gorizontal ko\u2018chirish deb ataluvchi tabiiy gen injeneriyasidir. Sun\u2019iy seleksiya jarayonidagi ushbu ko\u2018chirib o\u2018tqazishlar asosida madaniy o\u2018simliklarning yangi navlari yaratiladi \u2013 bular mohiyatan jonli, o\u2018sadigan majozdir, chunki bir turdagi o\u2018simliklar boshqa turdagi o\u2018simliklarning xossalariga ega bo\u2018ladi. Amerikalik seleksioner Lyuter Byorbank yaratgan navlarning poetik nomlariga bir e\u2019tibor bering-a: ananas hidli behi, magnoliya hidli georginlar, moviy ko\u2018knor, xushbo\u2018y georgin, xo\u2018jamunjon (xo\u2018jag\u2018at va maymunjon duragayi; asliyatda yejemalina (yejevika + malina)\u2026 N.Zaboloskiy \u201cMevalar bilan nikohlash\u201d she\u2019rida she\u2019r yozishga muqoyasa qilingan yangi o\u2018simliklar yaratishni ulug\u2018laydi: \u201cMichurin mevalari, Berbank qumanjirlari, quyosh bankasi misol shaffof, bormi sirlari\u2026\u201d<\/p>\n<p>Tabiat kuchlarini shaxslantirish, xususan, hayvonlarni (ertak va masallardagi singari) gapirtirish poetik obrazlilikning eng qadimiy usullaridan biridir. Ayni paytda \u201caql ato etish\u201d fantaziyagina bo\u2018lib qolmasdan, poeziyaning eng yangi turlaridan biri \u2013 zoopoeyya urf bo\u2018lib bormoqda. Vositachi tillar yordamida jonivorlar (avvalo, shimpanze) bilan muloqot qilishning real imkoniyatlari yaratilmoqda va bu insonning mavjudotlar bilan teran muloqotga asoslangan munosabatlariga sabab bo\u2018lishi mumkin[7]. Yana N.Zaboloskiyning \u201cDehqonchilik g\u2018alabasi\u201d poemasidagi aqlli va qayta tarbiyalangan tabiat obrazi esga tushadi:<\/p>\n<p><strong><em>O\u2018rgatilar kapalak ishga,<\/em><\/strong><\/p>\n<p><strong><em>Qo\u2018lqop yoki shim tikish, yana<\/em><\/strong><\/p>\n<p><strong><em>Sopol yasash, ip yigirishdan<\/em><\/strong><\/p>\n<p><strong><em>Saboq olar suvilon, mana.<\/em><\/strong><\/p>\n<p><strong><em>Zarrabinni tutgancha ma\u2019yus<\/em><\/strong><\/p>\n<p><strong><em>Bo\u2018ri kuylar yulduz haqqinda.<\/em><\/strong><\/p>\n<p><strong><em>Suhbat qurar ot rediskayu<\/em><\/strong><\/p>\n<p><strong><em>Shivit bilan uzoq-yaqindan.<\/em><\/strong><\/p>\n<p>Poetik usul \u2013 tabiatning tajassumli obrazi \u2013 biopoeyyada uni amaliy jihatdan o\u2018zgartirish uchun tajriba vazifasini o\u2018tamoqda.<\/p>\n<p>Tor ma\u2019noda Ars Chimaera yoki ximeralar (yunon mifologiyasida o\u2018t purkovchi, og\u2018zi sherniki, dumi ajdarhoniki va tanasi echkiniki bo\u2018lgan maxluq \u2013 tarj.) san\u2019atining poetik tajribalarini ham biopoeyyaga kiritish mumkin. Dmitriy Bulatov bergan ta\u2019rifga ko\u2018ra, bu \u201ctabiatda mavjud bo\u2018lmagan genlar birikmasidan muayyan estetik xususiyatlarga ega organizmlarni yaratish imkonini beruvchi yangi genlarni aniq maqsadni ko\u2018zlab hosil qilishdir\u201d[8]. Genetik va biokimyoviy usullardan foydalanish, masalan, hech qanday foydalanishga yaroqlilik xususiyatiga ega bo\u2018lmagan, ammo estetik ta\u2019sir ko\u2018rsatishga mo\u2018ljallangan nur taratuvchi o\u2018simliklarni yaratish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Gender inqilobi ham poeziya belgisi ostida kechmoqda. \u201cShunday qilib, Xudo odamni O\u2018z suratida, ilohiy suratda yaratdi: ularni erkak va xotin qilib yaratdi\u201d. Agar ilgari erkak va ayolning ijtimoiy, professional, maishiy vazifalari aniq taqsimlangan bo\u2018lsa, bugun erkaklarning ayollashuv, ayollarning esa erkaklashuv jarayoni \u2013 ularning o\u2018zaro evrilishi ro\u2018y bermoqda. Aniq ma\u2019no ustiga ko\u2018chma ma\u2019no qatlanib tushmoqda: muayyan jinsning fiziologiyasi hamda ijtimoiy va professional vazifalari o\u2018rtasida majoziy keskinlik vujudga kelmoqda: masalan, ayol azaldan erkakning ishi bo\u2018lib kelgan siyosatchi, diplomat va yuristlik qilsa, erkak kishi chaqaloqni parvarishlash uchun ta\u2019til olmoqda. Bu jinslarning aralashib ketishi, ikkala jins uchun ham xos bo\u2018lgan betaraf xususiyatlarni vujudga keltirishi barobarida jinslararo va transjins evrilishlari uchun, biologik va ijtimoiy jinsning o\u2018zaro munosabatlaridagi ijodiy dinamika uchun, tabiiy aniqligini tanlash yoki undan voz kechish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Gender inqilobi mohiyatan androgenez, ya\u2019ni o\u2018zida ikkala jins xususiyatlarini biriktirgan androginlar, ikki jinsli mavjudotlar qaror topishidir, tashqi ko\u2018rinish, xulq-atvor va ijodning duragay shakllari vujud keladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>SOTSIOPOEYYA VA EKONOPOEYYA<\/strong><\/p>\n<p>Biopoeyyadan sotsiopoeyya (sociopoeia) \u2013 ijtimoiy hayot, ijtimoiy ijodning poetik tarafiga o\u2018tamiz. Biz jamiyat zimmamizga yuklagan rolni oddiygina ijro etib qolmasdan, botinimizda funksiyamiz taniqliligimizdan uzoqlashib va uni majoz sifatida idrok etib, o\u2018sha rolga tobora qattiqroq kirishamiz. Bu ijtimoiylikning karnaval-teatr, shartli o\u2018yin tarafidir: Shekspirga ko\u2018ra, dunyo \u2013 teatr, unda barchamiz aktyorlarmiz. Shunday qilib, zamonaviy jamiyatni muallif bilan uning personaji o\u2018rtasidagi munosabat shartli va obrazli bo\u2018lgan ijtimoiy tarmoqlar shakllantirmoqda. Biz tarmoq hamjamiyatlarida boshqa odamlar rolini o\u2018ynaymiz, o\u2018zimizni \u201co\u2018zimiz emas\u201d yoki \u201cnafaqat o\u2018zimiz\u201d timsolida shakllantiramiz, bu esa yangi majoziy hamjamiyatlar va ijtimoiy-poetik muhit yaratishda kuchli omil bo\u2018lib xizmat qiladi. Biz tarjimai holimizdagi taniqlilikdan uzoqlashib, shoirlar lirik qahramonlari yaratuvchisi bo\u2018lganidek, o\u2018zimiz, timsolimiz yaratuvchisiga aylanamiz. Mualliflik va avatarlik tarmoq sotsiopoeyyasining ikki timsolidir. Har bir bloger (blog yurituvchi \u2013 tarj.), avvalo, \u201cyuzi\u201d, \u201ckitobiy shaxsi\u201dni (facebook) yaratadi, ayrim hollarda esa muallif sifatidagi o\u2018zi bilan niqoblari o\u2018rtasidagi oraliq masofani ta\u2019kidlab ko\u2018rsatish uchun bir necha personaj, laqab (taxallus, geteronim (muallif asarlarining bir qismi uchun qo\u2018llaydigan taxallus \u2013 tarj.) qiyofasida namoyon bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Sotsiopoeyya roldan rolga ko\u2018chib yuruvchi kezgindining boshqa holatga xuddi \u201cobraz obrazga kirganday, buyum buyumni kesganday\u201d (Pasternak) o\u2018tishidir. U shizofreniyaga chalinib bo\u2018linib ketmagan, boy, ko\u2018p rolli, ko\u2018p \u201co\u2018z\u201dga ega shaxs bo\u2018lib, unga bitta \u201cmen\u201d torlik qiladi. \u201cMen\u201dning bunday ko\u2018pligi har doim shaxs sahnada va romanda har xil obrazlarda gavdalanadigan badiiy ijodda ko\u2018zga tashlanadi. Buyuk shoirlar o\u2018z \u201cmen\u201dining ko\u2018pyuzligi haqida yozib ketgan:<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\"><em>Men shohman, \u2013 men qulman, \u2013 men qurtman, \u2013 men Xudoman!<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0G.Derjavin<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: left;\"><em>Men o\u2018zimga qarshi chiqyapmanmi? Zo\u2018r, demak, men o\u2018zimga qarshiman. Men ko\u2018paydim, men \u2013 ko\u2018pchilikman (multitudes).<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Uolt Uitmen<\/strong><\/p>\n<p>Bunday dunyoqarash rolli o\u2018yinni, niqoblarni almashtirishni siquvga olish o\u2018rniga rag\u2018batlantiradigan demokratik jamiyatlarda tobora quloch otmoqda. Sotsiopoeyya odam taniqliliklari, \u201co\u2018z obrazlari\u201dni ijtimoiy va professional rivojlanishga qarab ko\u2018paytirishdir. Ilgari odam faqat hunariga bog\u2018lanib qolgan bo\u2018lsa, endi uning professional safarbarligi umri uzayishi singari o\u2018sdi. U boshqa kasbga o\u2018qishi, mashg\u2018ulotlarini o\u2018zgartirishi, yangi ko\u2018nikmalar hosil qilishi, o\u2018zini ko\u2018p obrazlarda gavdalantirishi mumkin. U evrilish san\u2019atini egallamoqda hamda ijtimoiy va professional jihatdan polimorf (ko\u2018p shaklli) bo\u2018lib bormoqda. P.Valeri yozganiday, \u201co\u2018z hayoti barobarida ko\u2018plab hayotlarni yashash imkoniyatidan mahrum qilingan odam o\u2018z hayotini ham yashay olmas edi\u201d[9] (\u201cShe\u2019riyat va mavhum fikr\u201d). Poetikaning asosini boshqa ko\u2018plab odamlar bo\u2018la olish imkoniyati natijasi o\u2018laroq, o\u2018zligiga ega bo\u2018lish imkoniyati tashkil qiladi. XXI asr odami poetikdir, chunki u ichiga oldingi davrlar odamlaridan ko\u2018ra ko\u2018proq ijodiy qiyofalarni sig\u2018dira oladi.<\/p>\n<p>Ayniqsa, inson ilgari mehnat taqsimotining pragmatik tizimida qo\u2018llash imkoni bo\u2018lmagan qobiliyatlarini ro\u2018yobga chiqarish uchun hayotining kam-ko\u2018stini butlab olgandan so\u2018nggi pensiya yoshidagi bosqichi ancha ko\u2018p vaqtni tashkil qilmoqda. Seneka 2 ming yil avval \u201clavozimni egallash, sayohat va savda-sotiq qilish uchun tish-tirnog\u2018i bilan yopishib olgan qariyalar\u201dga hamla qilgan edi. \u201cHayotini yangidan boshlamoqchi bo\u2018lgan qariyadan ham razil odam bormi?\u201d[10].\u00a0 Lekin bugun qarilik aksariyat odamlar uchun yangi \u2013 poetik ibtido bo\u2018lib qolmoqda. Oltmishdan keyingi bu yoshni qarilik ham deb bo\u2018lmaydi, chunki odam jismoniy kuchga to\u2018la, shu bilan birga tanlash erki, o\u2018zini namoyon qilishning turli-tuman usullariga egadir. U o\u2018zini turli kasblarda sinab ko\u2018rishi, rassom, jurnalist, polig\u00adlot \u2013 ko\u2018p til biluvchi bo\u2018lishi, dunyo bo\u2018ylab sayohat qilishi, turli an\u2019ana va madaniyatlardan bahramand bo\u2018lishi mumkin. Bu hayot akmesi (qadimgi yunon tilida \u03b1\u03ba\u03bc\u03ae \u2013 yuksak nuqta, cho\u2018qqi; shaxs rivojlanishining yuksak holati \u2013 tarj.), ikkinchi balog\u2018at bo\u2018lib, rivojlangan mamlakatlarda sakson-sakson besh yoshgacha davom etadi. Bu hayotning eng poetik bosqichi bo\u2018lib, \u201cevrilish\u201d jihatidan odam hali professional taniqliligi va ijtimoiy rollarini aniqlab olmagan bolalik va yoshlik davriga tengdir. Endi u mana shu biryoqlamalikdan va foydani ko\u2018zlab mehnat qilishdan ozod bo\u2018ladi. Bu taniqlilikning yo\u2018qolish (deidentifikatsiya) yoshidir.<\/p>\n<p>Zamonaviy jamiyatda narsaning borlig\u2018i ham o\u2018zgaradi, u ham poetiklashib, \u201cekonopoeyya\u201d (yunoncha oikonomos \u2013 uy boshqaruvchisi, boshqaruvchi) tushunchasini iste\u2019molga kiritishni oqlaydi. Sanoatlashishdan so\u2018nggi davr kapitalizmi iste\u2019molchi ruhiyatini o\u2018zgartirib, uni mulk qulligidan o\u2018zini yaratuvchiga aylantiradi. Ilgari inson pishiq-puxta, uzoq turuvchi narsalar olamida yashar, ular insondan uzoq umr ko\u2018rib, evaralarga [meros bo\u2018lib] o\u2018tar edi. Endi tovar yig\u2018ish, ularning moddiy qiymatini avlodlarga o\u2018tkazish uchun emas, o\u2018z ustida tajriba o\u2018tkazish uchun xarid qilinadi. Tovar \u201cmen\u201dning majozi, uning o\u2018xshashliklaridan biri bo\u2018lib, boshqasi bilan almashadi. Men bugun raketka sotib olsam, sportchiman, \u201cmen\u201dligim \u2013 to\u2018pning sakrovchanligi, zarba shodligi. Botinimda mana shu elastiklik, siltash shiddati va nishonga olish aniqligi bor; men eng yaxshi sifatlarimni namoyon qilish uchun raketka sotib olaman. Yangi kostyumlar, telefonlar va avtomobil hali o\u2018zim bo\u2018lib ko\u2018rmagan boshqa odam bo\u2018lishim uchun turli imkoniyatlardir.<\/p>\n<p>Osonlikcha chiqindiga chiqariladigan narsaning bu qadar tez ma\u2019naviy va ruhiy eskirishi sababi shunda \u2013 istiqboldagi poetik shu\u2019lada mutlaq tovar mohiyati jilvalanadi, lekin u mening botiniy ongim, qodir-Menim singari tutqich bermaydi. Xarid qilishim uchun taklif etilayotgan narsa \u201cmen\u201dning yo\u2018qolib ketgan ko\u2018plab zarralaridan bittasi, xolos, tovar menga uni eslatib turadi, cheksiz qudratim, cheksiz bilimim, har yerda hoziru nozirligim haqidagi romantik shirin orzular olamiga g\u2018arq qiladi. Reklama kim bo\u2018lishingga ishora va boshqacha mavjudlikning oniy shirin orzusi, narsalarni aql bilan idrok qilishga chorlov sifatida poetikdir. Zamonaviy kapitalizm, hammaning badiga urgan \u201ciste\u2019mol jamiyati\u201d mustahkam moddiy zamini yo\u2018q, o\u2018zgarayotgan imkoniyatlar, bugungi men bilan kelgusi men o\u2018rtasidagi harakatchan \u201cmunosabatlar alomatlariga aylanib qolgan narsalar pozziyasidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>NOOPOEYYA. ILM-FAN YUKSAK POEZIYA SIFATIDA<\/strong><\/p>\n<p>J.-J.Russo, M.Haydegger, R.Genon va \u201cYuksak an\u2019ana\u201dning izdoshlari, taraqqiyot dushmanlari va o\u2018tmishni qo\u2018msash mafkurachilari ilm-fan va texnikani hali tabiatdan uzilib ketmagan birlamchi poeziya, insoniyat bolaligining maftunkorligini buzib yuborganlikda ayblaydi. Tabiat mavjudotlar bilan to\u2018lib-toshgan, har bir ko\u2018lda iloha (nayada), har bir daraxtda pari (driada) yashar, momaqaldiroq oliy iloh Zevs yoki Perunning ovozi edi. Ilm-fan va texnika go\u2018yo insonni borliqdan begonalashtiradi, sub\u2019yekt bilan ob\u2019yektni o\u2018zaro qarama-qarshi qo\u2018yadi, shaxs atrofida sovuq, jonsiz makon hosil qiladi.<\/p>\n<p>Ilm-fanda pozitivizm, materializm, rekduksionizm\u2026 ustunlik qilgan sanoatlashgan jamiyatda bunday ayblovlarga asos bor edi. Biroq ilm-fan ushbu hazin \u201cizm\u201dlardan uzoqlashib, paradoksal, portlovchi va urib turgan, tahliliy mulohazadan ko\u2018ra, she\u2019r yoki koanga (yaponcha, qisqa paradoksal fikr \u2013 tarj.) mengzalgan borliqni kashf etuvchi poetik aql dadilligini o\u2018rganib o\u2018zgardi. Yana bir yuksak poeziya \u2013 noopoeyya (yunoncha noos \u2013 aql) \u2013 eng yangi fanda aqlning poetikligi sifatida namoyon bo\u2018layotgan atama haqida ham fikr yuritish mumkin. Ilm-fan va texnikaning darajasi qancha yuqori bo\u2018lsa, uning poetikligi shuncha terandir. A.Eynshteynning taxminicha, \u201cilmiy tafakkurda har doim poeziya unsuri mavjud. Haqiqiy ilm-fan va haqiqiy musiqa bir xil fikrlash jarayonini talab etadi\u201d[11].<\/p>\n<p>Elementar mikroob\u2019yektni ham zarra, ham to\u2018lqin sifatida tamsil etuvchi kvant fizikasi poetikdir. Kvant chigalligi nazariyasiga ko\u2018ra, ulkan masofalarga tarqatib yuborilgan ob\u2019yektlar ham bir-biriga (mahalliy bo\u2018lmagan tarzda) bog\u2018liq bo\u2018lib qolar, kvant holati ularning biridan ikkinchisiga makon va zamon qonunlariga bog\u2018liq bo\u2018lmagan holda o\u2018tar ekan. Bu empirik aql mantig\u2018ini buzuvchi teran poetik g\u2018oyadir. Nisbiylik nazariyasi poetikdir: materiyaning har bir bo\u2018lagida unga joylangan atomlar parchalanishining ulkan quvvatini ko\u2018rish mumkin \u2013 bu teran majoziy qarashdir.<\/p>\n<p>Materiyaning axborot tabiatini zamonaviy tushunish ham shu qadar poetikdir. \u201cBorliq mohiyatan ulkan kompyuterdir, undagi har bir atom, har bir elementar zarrada axborot bitlari (inglizcha, bit \u2013 uzatilayotgan axborotning eng kam miqdor birligi \u2013 tarj.) mavjud\u2026\u201d[12] (Set Lloyd).\u00a0 Borliq va uni tashkil etuvchi zarralar kvant darajasida tinimsiz hisoblashlarni amalga oshirishi to\u2018g\u2018risidagi tasavvur zamonaviy axborot nazariyasi konsepsiyasi bo\u2018lishi barobarida eng hayratlanarli majozlardan biri hamdir.<\/p>\n<p>Fikrlarimiz va qiyofalarimizni ham zum o\u2018tmay istalgan masofaga yetkazib beradigan Butun jahon to\u2018ri poetikdir. Internetdagi qidiruv tizimlari ishiga \u201cbarchasi barchasining ichida\u201d poetik prinsipi ta\u2019riflab bo\u2018la oladi. Muayyan so\u2018z va iborani izlayotib, shu paytgacha yozilgan barcha matnlarni soniyalar ichida yig\u2018amiz hamda yagona leytmotiv bilan yo\u2018g\u2018rilgan yangi matn butunligi, ma\u2019nolar simfoniyasini yaratamiz. Shu tariqa assosiativ aloqaga kirishadigan matnlarni qofiyali matn deb nomlash mumkin, chunki ularda umumiy so\u2018z unsuri bor, o\u2018ziga xos ichki qofiya bor. Qidiruv tizimlari matn qofiyalarini, leytmotiv-assosiatsiyalar bilan yo\u2018g\u2018rilgan yangi so\u2018z massivlarini yaratuvchi mexanizmlardir.<\/p>\n<p>Har bir zarrada, qanchalik mayda bo\u2018lmasin, \u201codamlar yashaydigan shaharlar, ishlov berilgan yerlar bor, xuddi bizdagi singari quyosh va oy, boshqa yulduzlar nur sochadi\u201d, deya ta\u2019kidlagan edi miloddan oldingi V asrda yunon faylasufi Anaksagor. Gomeomeriya aynan \u201co\u2018xshash zarra\u201d bo\u2018lib, zarrasi butunga o\u2018xshash narsani anglatadi. Ushbu ko\u2018hna poetik intuisiya elementar zarralar boshqa olamlarga yo\u2018l ochishi mumkinligi to\u2018g\u2018risidagi fraktallar nazariyasi (B.Mandelbrot) va farazlar bilan tasdiqlanmoqda[13]. Har qadamda mo\u02bbjizaga borib taqaluvchi evrilish va paradoksga ko\u2018zimiz tushadi: katta va mayda narsalarning bir-biriga o\u2018tishi, massaning quvvatga, zarraning to\u2018lqinga aylanishi \u2013 bu Borliqning poetik ishi bo\u2018lib, fundamental fan darajasida kashf qilinadi.<\/p>\n<p>Ayni chog\u2018da ilm-fan bilish amallari: kuzatuvlar, tavsiflar, tajribalar, miqdor o\u2018lchovlari, qayta ishlab chiqariluvchi natijalar qayd etilishi va hokazo doirasida ham ilm-fanligicha qoladi. Biroq ilm-fan eng yuksak umumlashtiruv darajasida poeziya bilan tutashadi. Dunyoning tuzilishi tavsiflanadigan formulalar go\u2018zalligi va xushbichimligi olimlarni hayron qoldiradi \u2013 ular nafaqat fizika, qolaversa, estetika qonunlari bo\u2018lsa ajab emas. Fizik Brayan Grin mashhur kitobini bejiz \u201cXushbichim borliq\u201d (1999) deb nomlamagan bo\u2018lsa kerak. Aslida ulkan ilm-fan zamonamizning asosiy poeziyasidir.<\/p>\n<p>\u201cInson \u2013 yaratuvchi\u201d majozi har doim insondagi ilohiylikni va Xudodagi insoniylikni kashf qilish yo\u2018llarini izlayotgan tamaddunning bosh vazifasi bo\u2018lib kelgan. Lekin bizning zamonga kelib, uning qatoriga yana bir qancha fundamental majozlar qo\u2018shildi: Borliq \u2013 kompyuter; sayyora \u2013 tirik organizm; kompyuter \u2013 miya; internet \u2013 asab tizimi; yuqumli viruslar \u2013 kompyuter viruslari ham; genlar \u2013 til; hayot \u2013 xat yozish jarayoni\u2026 Ushbu majozlarning ma\u2019nosini fan tasdiqlaydi yoki texnika hayotga tatbiq qiladi, lekin bundan ularning poetik ahamiyati pasayib qolmaydi. Shunday qilib, poeziya ilmiy dunyoqarash tarkibiga kiradi va yangi kashfiyotlarning harakatlantiruvchi kuchi bo\u2018lib qoladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>MAROM VA CHEKLOVLAR TIZIMI<\/strong><\/p>\n<p>Tamaddun rivojlanib borgani sari inson borlig\u2018i maromi tobora tezlashadi va bu hol uning o\u2018sib borayotgan poetikligida aks etadi, chunki poeziya barcha darajalarda maromga ega bo\u2018lgan nutq, musiqa va ma\u2019noning qo\u2018shilib ketishidir. Globallashuv Yer yuzida ro\u2018y berayotgan jarayonlarni sinxronlaydi va sayyorani musiqa asbobiga aylantiradi, uning sadosi axborot oqimlarini tashkillashtiradi. Jahon taraqqiyotining ushbu tarang va har joyda hoziru nozir maromiga ko\u2018ra, tarix har bir satri qofiyalanadigan poetik asarga aylanib bormoqda. Tamaddun musiqasi, ko\u2018plab voqea-hodisalarning ma\u2019no ohangdoshligini tinglash chin ma\u2019nodagi poetik kechinmadir. Musiqa ritmlari va axborot jarayonlari bir-biriga qo\u2018shilib, kuchli poetik taassurot qoldiradi.<\/p>\n<p>Xristian dinida Iso timsolida Xudoni odam qiyofasida aks ettirish va odamni ilohiylashtirish G\u02bbarb tamaddunining asosiy mavzusidir. Odam Xudo bo\u2018lishi, ya\u2019ni o\u2018zini o\u2018zi yaratishi uchun Xudo odam bo\u2018ladi. Nitshe odamning alp odam yaratishiga oid ushbu mavzuni yana bir marta ko\u2018tardi. Insonning dunyodagi taqdiri uning obrazlilik mohiyatini tobora teran kashf qilmoqda, chunki u nafaqat biologik tur sifatida o\u2018zgarmoqda, balki o\u2018zining yanada murakkabroq, shartli va olisdagi obrazini yaratib, bir vaqtda ularni birlashtirmoqda.<\/p>\n<p>Ayni chog\u2018da biz homo sapiens (lotincha aqlli odam \u2013 tarj.) paydo bo\u2018lgandan beri eng muhim antropologik inqilobni boshdan kechiryapmiz. Inson tur sifatida nafaqat mehnat qurollari yasay oladigan va tamaddun barpo qiladigan aql egasidir. Bugungi antropologik inqilobning ma\u2019no-mazmuni shundaki, inson uni o\u2018ziga singdirib, alp odamga aylanmoqda. U asarlar, tovarlar, mehnat mahsulotlari ko\u2018rinishidagi narsalarga aylantirgan ongi va fantaziyasini o\u2018zidan begonalashtirib, endi qayta moslashtiradi va qayta o\u2018zlashtirib oladi. Odam \u201cmalla sochli firibgar\u201d sifatida emas, o\u2018zi yaratgan, hamma narsani ko\u2018rib, eshitib turuvchi, qanotli va deyarli farishtamonand texnika qudratini singdirib olgan alp odam bo\u2018la bormoqda.<\/p>\n<p>XXI asrda tamaddun taraqqiyoti markazdan qochish yo\u2018nalishini saqlab qolgan holda tobora markazga intiluvchanlik xususiyatini kasb etyapti. Biz tamaddun insonni texnik qurilmalar, tibbiyot preparatlari va ehtimol, konstruktiv genetik o\u2018zgarishlar vositasida qaytadan bunyod eta boshlagan keskin o\u2018zgarishlar ostonasida turibmiz. Inson tanasiga o\u2018rnatilgan yoki u bilan chambarchas bog\u2018langan asboblar xotirasini keskin oshiradi, qabul qilish organlarini kengaytiradi, ishlab chiqarish qobiliyati va muhitga ijodiy ta\u2019sirini ko\u2018paytiradi. Insonning tur o\u2018laroq yaratgan narsalarini singdirib olgan qodir tabiiy mavjudot sifatida o\u2018zini bunyod qilishi Xudo insonni yaratgandan so\u2018nggi eng buyuk antropoeyya amalidir. Albatta, bu inson atrofidagi tamaddun muhitini yo\u2018q qilmaydi, ammo uning inson botinida mavjudligini mustahkamlaydi. Individ tamaddunning mikrokosmi \u2013 kichik olami bo\u2018lishi, cheksiz egiluvchan mavjudot, o\u2018zini erkin yasovchi, missiyasini ko\u2018plab amaliy va harakatchan majozlari, \u201cavatarlari\u201d orqali amalga oshiruvchi multividuum sifatida o\u2018sha tamaddunning ijodiy yashirin imkoniyatlarini ro\u2018yobga chiqarishi mumkin. O\u2018shanda poeziya ham til bilan bog\u2018liq ijod turi bo\u2018lib qolmasdan, insoniyatning o\u2018zini o\u2018zi bunyod etishiday mo\u2018ljallangan narsasiga erishadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>POEZIYA TAMADDUN CHO\u2018QQILARIDA<\/strong><\/p>\n<p>Yuksak poeziya so\u2018z chegaralaridan chiqib ketib, ya\u2019ni evrilish, bir obrazning boshqasiga o\u2018xshashlik yoki turdoshlik belgilariga ko\u2018ra aylanish san\u2019ati bilan poeziyaligicha qoladi. Poeziya og\u2018zaki holatda salmog\u2018ini yo\u2018qotmoqda, biroq o\u2018ta yirik miqyoslarda \u2013 texnik va ijtimoiy evrilishlar darajasida qudratini oshirmoqda. Bunday yuksak poeziyani tushunish uchun nafaqat so\u2018zda, qolaversa, narsalarda, texnosfera va sosiosferada ifodalangan majoz va istioralarni tadqiq qila oladigan yuksak poetika va yuksak filologiya zarur. Yuqorida zikr etilgan yuksak poeziyalarga mos ravishda yangi poetikalar qatori vujudga keladi: kosmopoetika, texnopoetika, biopoetika\u2026 Ushbu fanlar texnik ixtirolar poetikasini o\u2018rganishi, astronomiya asboblariga kuchaytirgich giperbolalar sifatida qarashi yoki qarshilantirish va oksyumoron (yo\u2018lovchi tashuvchi va harbiy aviatsiya, boshqariluvchi va portlovchi termoyadro sintezi) singari ayni texnologiyalarni yaratuvchi va buzg\u2018unchi sifatida qo\u2018llashni tahlil qilishi mumkin.<\/p>\n<p>Endi Hegel bilan Shelling o\u2018rtasidagi eski bahsga nuqta qo\u2018yish mumkin. Shelling san\u2019at va tasavvurni ma\u2019naviy taraqqiyot cho\u2018qqisi deb bilgan bo\u2018lsa, Hegel mantiqiy fikrlash va ilmiy bilishni dunyoviy Ruh taraqqiyotining eng yuksak nuqtasi deb hisoblar edi. Ayni choqda Hegel falsafasi san\u2019atni dunyoviy Ruh taraqqiyotining sodda bosqichi sifatida tarixan halokatga mahkum deb biladi. Ilmiy bilish cho\u2018qqilariga yetgan Ruh borliqning nisbatan past, \u201chissiy\u201d bosqichi bo\u2018lgan badiiy ijod darajasiga qaytib tusha olmaydi. Aqlning kelgusi taraqqiyotida poeziya va san\u2019atga o\u2018rin qolmaydi.<\/p>\n<p>San\u2019atning an\u2019anaviy shakllari: kartinalar va haykallar masalasidagi Hegelning fikriga qo\u2018shilish mumkin. Klassik san\u2019at yoki XX asrning boshi va o\u2018rtalaridagi modernizm davri bilan solishtirilsa, (XX asrning 60-yillaridan so\u2018nggi) zamonaviy san\u2019at muzeylarida tanazzul va tasavvur qashshoqligini ko\u2018ramiz. Haqiqiy zamonaviy san\u2019at texnikadir. U tafakkur va ma\u2019naviy intilishlarga to\u2018la, odamlarni bir-biri bilan bog\u2018laydi hamda muloqot va ijodga yangi yo\u2018llar ochadi. Shu ma\u2019noda Shelling haq bo\u2018lib chiqadi: dunyoni badiiy o\u2018zgartirish ilmiy bilimlar va texnik mahoratning oliy sintezi ekani ma\u2019lum bo\u2018ladi. Ilm-fan va texnika iskanjasiga tushib qolgan ko\u2018hna san\u2019at o\u2018ladi, lekin ularning yuksak cho\u2018qqilarida yangi poeziya paydo bo\u2018ladi, unga idrok etishning boshqa miqyoslari kerak bo\u2018ladi. Bu endi an\u2019anaviy ilm-fanga qarama-qarshi qo\u2018yilgan an\u2019anaviy san\u2019at emas, bu bir-biriga chambarchas bog\u2018lanib ketadigan yuksak ilm-fan va yuksak san\u2019atdir. Qadimgi asotirlarda bo\u2018y ko\u2018rsatgan poeziya yaxshi tartiblangan eng yaxshi so\u2018zlar bo\u2018lib qolmasdan tabiat ustidan hukmronlik qiluvchi afsun va duoga teng kuchdir. Orfey ashulasi bilan daraxt va qoyalarni joyida siljitgan, yovvoyi hayvonlarni qo\u2018lga o\u2018rgatgan, tabiat hodisalarini boshqara olgan. \u201cKalevala\u201d eposidagi Vyaynemyoynen karomatli runani (karel va finnlarning qadimiy qo\u2018shig\u2018i \u2013 tarj.) kuylaganda, ko\u2018llar mavj\u00adlangan, tog\u2018lar silkinib, qulab tushgan. Poeziyaning ushbu kuchi o\u2018tmishda go\u2018zal afsona bo\u2018lib, qolib ketgani yo\u2018q. Bugun ko\u2018z o\u2018ngimizda poeziya dunyoni har qachongidan ham qudratliroq va har tomonlama o\u2018zgartirmoqda. Fizika, biologiya, energetika, informatika ilgari faqat so\u2018zda erishish mumkin bo\u2018lgan taraqqiyot \u2013 poezis ma\u2019nosini oliy maqsad deb ta\u2019riflaydigan poeziyaga hamma narsada hamma narsada aks etadigan olamni poetik kompozisiya sifatida yaratishga xizmat qilmoqda. Poeziya eng kuchli evrilishlarning harakatlantiruvchi kuchi sifatida ilk so\u2018z \u2013 she\u2019r shaklidan chiqib, bir zamonlar she\u2019r va qo\u2018shiqlarda o\u2018zgartirilgan dunyoni yana o\u2018zgartirish uchun ilm-fan va texnika quvvati, barcha bilim va kasblar ashyolari bilan qurollanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong><em>FAXRIYOR tarjimasi<\/em><\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><a name=\"_ftn1\"><\/a><a href=\"https:\/\/esselar.uz\/?p=149#_ftnref1\"><sup>[1]<\/sup><\/a>\u00a0\u201c\u2026 bo\u2018lishi mumkin. Prigov she\u2019rlarida rus poetik an\u2019anasi bizga va butun dunyoga so\u2018nggi marta \u201ckechir\u201d deb aytgan so\u2018nggi rus shoiri bo\u2018lib olishi mumkin\u201d. \u0412\u043b\u0430\u0434\u0438\u043c\u0438\u0440 \u041c\u0430\u0440\u0442\u044b\u043d\u043e\u0432. \u041f\u0435\u0441\u0442\u0440\u044b\u0435 \u043f\u0440\u0443\u0442\u044c\u044f \u0418\u0430\u043a\u043e\u0432\u0430. \u2013 \u041c.: 2009. \u0421. 45.<\/p>\n<p><a name=\"_ftn2\"><\/a><a href=\"https:\/\/esselar.uz\/?p=149#_ftnref2\"><sup>[2]<\/sup><\/a>\u00a0\u0412\u0430\u0441\u0438\u043b\u0438\u0439 \u041d\u0430\u043b\u0438\u043c\u043e\u0432. \u0412\u0435\u0440\u043e\u044f\u0442\u043d\u043e\u0441\u0442\u043d\u0430\u044f \u043c\u043e\u0434\u0435\u043b\u044c \u044f\u0437\u044b\u043a\u0430. \u2013 \u041c.: \u041d\u0430\u0443\u043a\u0430, 1979. \u0421. 241, 242.<\/p>\n<p><a name=\"_ftn3\"><\/a><a href=\"https:\/\/esselar.uz\/?p=149#_ftnref3\"><sup>[3]<\/sup><\/a>\u00a0http:\/\/philosophy.mitht.ru\/spengler.htm<\/p>\n<p><a name=\"_ftn4\"><\/a><a href=\"https:\/\/esselar.uz\/?p=149#_ftnref4\"><sup>[4]<\/sup><\/a>\u00a0http:\/\/www.guelman.ru\/maksimka\/n5\/breton.htm<\/p>\n<p><a name=\"_ftn5\"><\/a><a href=\"https:\/\/esselar.uz\/?p=149#_ftnref5\"><sup>[5]<\/sup><\/a>\u00a0http:\/\/philosophy.ru\/library\/aristotle\/poet.html<\/p>\n<p><a name=\"_ftn6\"><\/a><a href=\"https:\/\/esselar.uz\/?p=149#_ftnref6\"><sup>[6]<\/sup><\/a>\u00a0\u0420\u0435\u0447\u044c \u0438\u0434\u0435\u0442 \u043e \u0441\u043f\u043e\u0441\u043e\u0431\u0435 \u043f\u0440\u0435\u043e\u0431\u0440\u0430\u0437\u043e\u0432\u0430\u043d\u0438\u044f \u043e\u043f\u0442\u0438\u0447\u0435\u0441\u043a\u043e\u0433\u043e \u0438\u0437\u043b\u0443\u0447\u0435\u043d\u0438\u044f. http:\/\/ria.ru\/society\/20060530\/48834009.html<\/p>\n<p><a name=\"_ftn7\"><\/a><a href=\"https:\/\/esselar.uz\/?p=149#_ftnref7\"><sup>[7]<\/sup><\/a>\u00a0\u0421\u043c. \u0417.\u0410. \u0417\u043e\u0440\u0438\u043d\u0430, \u0410.\u0410. \u0421\u043c\u0438\u0440\u043d\u043e\u0432\u0430. \u041e \u0447\u0435\u043c \u0440\u0430\u0441\u0441\u043a\u0430\u0437\u0430\u043b\u0438 \u00ab\u0433\u043e\u0432\u043e\u0440\u044f\u0449\u0438\u0435\u00bb \u043e\u0431\u0435\u0437\u044c\u044f\u043d\u044b. \u2013 \u041c.: 2006.<\/p>\n<p><a name=\"_ftn8\"><\/a><a href=\"https:\/\/esselar.uz\/?p=149#_ftnref8\"><sup>[8]<\/sup><\/a>\u00a0\u0414\u043c\u0438\u0442\u0440\u0438\u0439 \u0411\u0443\u043b\u0430\u0442\u043e\u0432. \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0430\u044f \u0440\u0443\u043b\u0435\u0442\u043a\u0430. http:\/\/www.vavilon.ru\/textonly\/issue10\/bulatov.html<\/p>\n<p><a name=\"_ftn9\"><\/a><a href=\"https:\/\/esselar.uz\/?p=149#_ftnref9\"><sup>[9]<\/sup><\/a>\u00a0http:\/\/lib.ru\/CULTURE\/VALERY\/about_art.txt<\/p>\n<p><a name=\"_ftn10\"><\/a><a href=\"https:\/\/esselar.uz\/?p=149#_ftnref10\"><sup>[10]<\/sup><\/a>\u00a0\u0421\u0435\u043d\u0435\u043a\u0430. \u041d\u0440\u0430\u0432\u0441\u0442\u0432\u0435\u043d\u043d\u044b\u0435 \u043f\u0438\u0441\u044c\u043c\u0430 \u043a \u041b\u0443\u0446\u0438\u043b\u0438\u044e, \u043f\u0438\u0441\u044c\u043c\u043e XIII. ] http:\/\/ancientrome.ru\/antlitr\/t.htm?a=1346570013<\/p>\n<p><a name=\"_ftn11\"><\/a><a href=\"https:\/\/esselar.uz\/?p=149#_ftnref11\"><sup>[11]<\/sup><\/a>\u00a0http:\/\/www.orator.ru\/einstein.html<\/p>\n<p><a name=\"_ftn12\"><\/a><a href=\"https:\/\/esselar.uz\/?p=149#_ftnref12\"><sup>[12]<\/sup><\/a>\u00a0\u0421\u0435\u0442 \u041b\u043b\u043e\u0439\u0434. \u041f\u0440\u043e\u0433\u0440\u0430\u043c\u043c\u0438\u0440\u0443\u044f \u0412\u0441\u0435\u043b\u0435\u043d\u043d\u0443\u044e. \u041a\u0432\u0430\u043d\u0442\u043e\u0432\u044b\u0439 \u043a\u043e\u043c\u043f\u044c\u044e\u0442\u0435\u0440 \u0438 \u0431\u0443\u0434\u0443\u0449\u0435\u0435 \u043d\u0430\u0443\u043a\u0438. \u2013 \u041c.: \u0410\u043b\u044c\u043f\u0438\u043d\u0430 \u043d\u043e\u043d-\u0444\u0438\u043a\u0448\u043d, 2013. \u0421. 7.<\/p>\n<p><a name=\"_ftn13\"><\/a><a href=\"https:\/\/esselar.uz\/?p=149#_ftnref13\"><sup>[13]<\/sup><\/a>\u00a0Boshqa bir \u2013 materiyaning ham kattalashib, ham maydalashib borish tomon cheksizligi, Borliq tobora kattalashib borish tartibidagi bir-biriga kiruvchi tizimlar majmui ekanligi haqidagi \u2013 faraz zamonaviy fanda hozircha isbotini topmayapti, lekin kelgusida unga qaytilishi ehtimoldan xoli emas.<\/p>\n<p><a name=\"_ftn14\"><\/a><a href=\"https:\/\/esselar.uz\/?p=149#_ftnref14\"><sup>[14]<\/sup><\/a>\u00a0\u042f\u043a\u043e\u0431\u0441\u043e\u043d \u0420.\u041e. \u041b\u0438\u043d\u0433\u0432\u0438\u0441\u0442\u0438\u043a\u0430 \u0438 \u043f\u043e\u044d\u0442\u0438\u043a\u0430 \/ \u0421\u043e\u043a\u0440. \u043f\u0435\u0440\u0435\u0432. \u0418.\u0410. \u041c\u0435\u043b\u044c\u0447\u0443\u043a\u0430 \/\/ \u0421\u0442\u0440\u0443\u043a\u0442\u0443\u0440\u0430\u043b\u0438\u0437\u043c: \u00ab\u0437\u0430\u00bb \u0438 \u00ab\u043f\u0440\u043e\u0442\u0438\u0432\u00bb: \u0421\u0431\u043e\u0440\u043d\u0438\u043a \u0441\u0442\u0430\u0442\u0435\u0439. \u2013 \u041c., 1975. \u0421. 202\u2013203. http:\/\/cyberleninka.ru\/article\/n\/parallelizm-i-poeticheskaya-funktsiya-r-yakobsona-v-teorii-povtora#ixzz35b3TQUp3<\/p>\n<p><a name=\"_ftn15\"><\/a><a href=\"https:\/\/esselar.uz\/?p=149#_ftnref15\"><sup>[15]<\/sup><\/a>\u00a0\u0420. \u042f\u043a\u043e\u0431\u0441\u043e\u043d. \u042f\u0437\u044b\u043a \u0438 \u0431\u0435\u0441\u0441\u043e\u0437\u043d\u0430\u0442\u0435\u043b\u044c\u043d\u043e\u0435, \u043f\u0435\u0440. \u0441 \u0430\u043d\u0433\u043b., \u0444\u0440\u0430\u043d\u0446. \u2013 \u041c.: 1996. \u0421. 118.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mixail EPSHTEYN &nbsp; TARAQQIYOT VA POEZIYA Insoniyat taraqqiyotining xos vektorlari mavjudmi? Ushbu savolga turli va ishonarli javoblar ko\u2018p: nufus o\u2018sishi, iqtisodiy taraqqiyot, mehnat unumdorligi oshishi va ijtimoiy farovonlik yuksalishi, erkin bozorning yoyilishi, intellektual va texnologik kuchning ortishi, axborotni jadal ishlab chiqarish, noosferaning kengayishi, siyosiy tizimlarning demokratlashuvi, jug\u2018rofiy va kosmik ekspansiya, etnik va iqtisodiy mahdudlikni yengib [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":273,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[24,31],"tags":[],"class_list":{"0":"post-272","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-adabiy-esse","8":"category-bosh-sahifa"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/272","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=272"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/272\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":328,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/272\/revisions\/328"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/273"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=272"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=272"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=272"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}