{"id":265,"date":"2025-06-24T09:14:05","date_gmt":"2025-06-24T09:14:05","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=265"},"modified":"2025-07-02T11:03:12","modified_gmt":"2025-07-02T11:03:12","slug":"uliss","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=265","title":{"rendered":"\u201cUliss\u201d"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>Karl Gustav YUNG<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Essening sarlavhasida ayyorlik va ustamonlik bilan ilohlarning ham, odamlarning ham dushmanligiyu qasoskorligidan o\u2018zini ehtiyot qila bilgan va mashaqqatli sayohatini yakunlab, tug\u2018ilgan go\u2018shasiga qaytib kelgan qadim Gomer zamonining\u00a0 elkezar topqir qahramoni emas, balki Jeyms Joys nazarda tutilgan. Antik zamondagi adashining butkul aksi bo\u2018lgan Joysning Ulissi faoliyatsiz, o\u2018ziga faqat tashqi ta\u2019sirlarni yuqtiradigan ongni namoyon etadi, bizning ko\u2018z oldimizda shunchaki ko\u2018z, quloq, burun, og\u2018iz, sezuvchan asab namoyon bo\u2018ladi, ular tinim bilmay va farqlab o\u2018tirmay qariyb fotografik aniqlikda ruhiy va jismoniy mavjudlikning mavj urib yotgan, tartibsiz va ma\u2019nisiz ta\u2019sirlariga javob qaytaradi, xolos.<\/strong><\/p>\n<p>\u201cUliss\u201d <strong>1<\/strong> \u2013 735 sahifaga cho\u2018zilgan kitob; ko\u2018z o\u2018ngimizda 1904 yilning o\u2018n oltinchi iyunida Dublinda kechgan shunchaki oddiy, bekorchi bir kundangina tarkib topgan vaqt oqimi gavdalanadi, uning qancha davom etishi \u2013 735 soatga, kun yoki yilga cho\u2018ziladimi, ma\u2019lum emas, unda aslida biror-bir jiddiy hodisa ro\u2018y bermaydi ham. Bu oqim Hech narsa bilan boshlanib, Hech nimasiz yakun topadi. Nima o\u2018zi bu? Birdan-bir, behad\u00a0 cho\u2018zilgan, aqlga sig\u2018maydigan darajada chuvalashgan, gap nima haqdaligi oxirigacha aytilmay kitobxonning es-hushini qochiradigan inson hayotining mohiyati haqidagi strindbergcha haqiqatmi? Hayot \u201cmohiyati\u201d haqidaligi rost. Ha, aftidan shunday, biroq hayotning o\u2018n minglab tomonlari va yuz minglab mayda ko\u2018z ilg\u2018amas farqu tafovuti haqida. Bu 735 sahifada, men qanchalik ilg\u2018ay bildim, na biror-bir yaqqol qaytariq, na kitobxon ko\u2018ngli taskin topadigan biror-bir orolcha borki, u bir zum nafasini rostlab, o\u2018tgan, deylik, bundoq yuz sahifaga cho\u2018zilgan yo\u2018lga bir qayrilib qarab olsa va, mayliga, qandaydir siyqa, jo\u2018n bo\u2018lsa-da, nimanidir eslasa, koshki. Yo\u2018q, sizning nigohingiz qarshisida hali-hamon o\u2018sha oqim tinimsiz va tutqich bermay oqib o\u2018taveradi, uning tezligi yoki tinimsizligi shu darajaga borib yetadiki, muttasil ezayotgan, bo\u2018g\u2018ayotgan, chidab bo\u2018lmas darajada zo\u2018rayib borayotgan bo\u2018shliqni o\u2018ta vahimali tarzda ifodalashda asarning oxirgi qirq sahifasida tinish belgilari ham yo\u2018qoladi. Hamma yoqqa yoyilib ketayotgan, zig\u2018ircha umid qoldirmayotgan bu bo\u2018shliq butun bir kitobning leytmotividir. Oqimning nainki ibtidosiyu intihosi Hech nima bilan xotima topadi, balki kitobning o\u2018zi Hech nimadan iborat <strong>2<\/strong>. Bu yerda hammasi haddan tashqari arzimas va kitob bus-butunicha, agar unga san\u2019atshunoslik nuqtai nazaridan yondashilsa, o\u2018zida chindan ham do\u2018zaxning dabdabali oqibatini namoyon etadi <strong>3<\/strong>.<\/p>\n<p>Mening bir amakim bor edi, qochiriq-uchiriqlarni yoqtirmasdi. Bir safar, keksaygan chog\u2018ida, meni ko\u2018chada to\u2018xtatib olib: \u201cSen bilasanmi, jahannamga tushgan jonlarni shayton qanday qilib azoblashini?\u201d \u2013 deb so\u2018radi. Men bilmayman, deb javob berganimdan so\u2018ng u: \u201cShayton ularni kuttirib qo\u2018yib tinkasini quritadi\u201d dedi va burilib o\u2018z yo\u2018liga ravona bo\u2018ldi. \u201cUliss\u201dni birincha marta o\u2018qishga bel bog\u2018lab kirishganimda ana shu fikr xayolimga keldi. Bu kitobda har bir gap o\u2018quvchini kutishga majbur etadi, biroq bu kutishlar esa samarasiz bo\u2018lib chiqaveradiki, ko\u2018nikib, bosimga bo\u2018ysungan o\u2018quvchi endi nafaqat boshqa hech narsani kutmay qo\u2018yadi, boz ustiga, uning achinarli holati haqiqatan ham nimanidir kutish befoydaligini anglagani sayin zo\u2018rayib boraveradi. Haqiqatan ham, bu yerda hech nima ro\u2018y bermaydi va qandaydir sabab bilan bir nima sodir bo\u2018lmaydi <strong>4<\/strong>, biroq shunga qaramay sahifadan sahifaga o\u2018tganingiz sayin, umidga o\u2018rin qoldirmaydigan itoatkorlikka zid tarzda sizni allaqanday tushunarsiz kutish holati hech tark etmaydi. Hech qanday ma\u2019no, mazmun tashimaydigan bu 735 sahifa shunchaki oppoq, top-toza qog\u2018ozdan iborat emas, balki bu tig\u2018iz bosma harflar bilan qoplangan varaqlardir. Siz o\u2018qiyverasiz, o\u2018qiyverasiz, o\u2018zingizcha go\u2018yo o\u2018qiganlaringizni tushunasiz. Kutilmaganda bo\u2018shliqqa qulaysiz va buni keyingi gapga kelganingizda payqab qolasiz, biroq sizni, muayyan darajada itoatkorlikka erishgan odamni endi hech nima hayron qoldirmaydi. Men ham \u201cUliss\u201dni shunday o\u2018qidim, orada ikki marta mizg\u2018ib olishga ulgurib, 135-sahifaga yetib, umidsizlikka tushgunimcha o\u2018qidim. Joys o\u2018zining uslubi yordamida erishgan haddan tashqari ko\u2018pma\u2019nolilik\u00a0 bir ohangda zerikarli va gipnozdek ta\u2019sir qiladi. O\u2018quvchi ushlaydigan biror-bir narsa yo\u2018qligini payqaydi, matn esa o\u2018quvchini o\u2018qiganlarini tushunishga urinishlari bilan yolg\u2018iz qoldirib, ko\u2018zidan qochadi. Uning oldida hayot o\u2018zini namoyon etadi, bir to\u2018lib oqadi, bir sayoz tortadi, biroq hech o\u2018ziga o\u2018zi mahliyo bo\u2018lishga rag\u2018bat sezmaydi, o\u2018ziga kinoya va achchiq istehzo, umidsizlik, nafrat va anduh bilan qaraydi, o\u2018quvchida o\u2018ziga hamdard munosabatni uyg\u2018otadi, bunday munosabat, agar kuchini behudaga sarflashni to\u2018xtatish uchun uyqu yordamga shoshilmasa, o\u2018quvchini butkul yutib yuborish xavfini tug\u2018dirishi mumkin.<\/p>\n<p>135-sahifaga yetgunimcha fikru zikrimni kitobdan uzmaslik maqsadida bir necha marta jasorat ko\u2018rsatishimga, kitobning \u201cobro\u2018sini saqlash\u201dimga to\u2018g\u2018ri keldi, oxir-oqibat men yiqildim, qattiq uyquga ketdim <strong>5<\/strong>. Uzoq uxlab uyg\u2018onganimdan so\u2018ng, mening bu kitobni tushunganim oydinlashdi va men endi uni oxiridan boshlab o\u2018qishga qaror qildim. O\u2018qishning bu usuli hammaga ma\u2019qul odatdagi kitob o\u2018qishdan ko\u2018ra yomon tuyulmadi, ya\u2019ni Joysning kitobini oxiridan boshiga tomon o\u2018qish mumkinligi ma\u2019lum bo\u2018ldi, chunki unda, ochig\u2018ini aytganda, boshi ham, oxiri ham, tepasi ham, pasti ham yo\u2018q. Har bir sahifada nimaiki ro\u2018y bergan bo\u2018lsa, shubhasiz, o\u2018tmishga ham, kelajakka ham taalluqli bo\u2018lishi mumkin <strong>6<\/strong>. Masalan, kitobni boshidan yoki oxiridan o\u2018qib bir xil zavq olish mumkin, chunki ular mohiyatdan hech qanday bir qat\u2019iy fikr tug\u2018dirmaydi. Yaxlit olganda esa, ular mazmundan xoli, biroq har qaysi gap, fikr-mulohaza alohida olib qaralganda o\u2018zicha ma\u2019nili ko\u2018rinadi. Yoki bir gapni o\u2018qiyotib o\u2018rtasida to\u2018xtash mumkin, zero, uning yarmi yetarli darajada raison d\u2019etre , yashashga yaroqli yoki shunday bo\u2018lib ko\u2018rinadi. Butun kitob esa chuvalchangni eslatadi, agar bo\u2018lib-bo\u2018lib tashlansa, boshidan dumi o\u2018sib chiqadi, dumidan \u2013 boshi.<\/p>\n<p>Joys uslubining bu o\u2018ziga xos xususiyati, g\u2018alatiligi va qo\u2018rqinchli ekani uning ishini bir qadar sovuqqon, masalan, chuvalchanglarga yaqin qilib qo\u2018yganki, agar chuvalchanglar badiiy ijod bilan shug\u2018ullanishga qobiliyatli bo\u2018lganida edi, bosh miyasi yo\u2018qligi bois ajoyib nerv sistemasini ishga solgan bo\u2018lardi <strong>7<\/strong>. Men Joysni ro\u2018paramizda turgan aynan ichki a\u2019zolari bilan fikrlaydigan odam sifatida tushunish mumkinligiga shubha bilan qarayman <strong>8<\/strong>, bu odamning bosh miyasi faoliyati shu qadar sustlashganki, u mohiyatan faqat turli sezgilargagina diqqatini qaratgan, xolos. Joysga ko\u2018ra, odam doimo o\u2018zining sezgi organlari faoliyatidan: u nimani va qanday ko\u2018rayotganidan, qanday eshitayotgani, ta\u2019mni, hidni qanday bilayotganidan va ushlab-paypaslab sezayotganidan zavq tuyishi kerak&#8230; Sezgi yoki idrok masalalari bo\u2018yicha o\u2018rtamiyona mutaxassislar \u00ad\u2212 bundaylar minglab topiladi\u00a0 \u2212 e\u2019tiborlarini yo sezgi organlariga yoki idrokka qaratishadi. Joysda esa ikkalasi ham osongina amalga oshadi. Qator sub\u2019yektiv assosiatsiyalardan tuzilgan gulchambaraklar Dublin ko\u2018chalarining ob\u2019yektiv ko\u2018rinishlari bilan chirmashib ketadi. Ob\u2019yektiv va sub\u2019yektiv, tashqi va ichki ta\u2019sirlar tinimsiz bir-biriga qorishadiki, alohida olib qaralgan bir tasvir nechog\u2018li aniq-ravshan bo\u2018lmasin, oxir-oqibat ko\u2018z oldingizda eshilib-buralayotgan tasma chuvalchanglarning nimaligi: jismoniy mavjudotmi yoki transsendental\u00a0 mavjudotligi noma\u2019lumligicha qoladi <strong>9<\/strong>. O\u2018zida hayotni butun mahobati bilan namoyon etadigan va g\u2018aroyib serpushtlik qobiliyatiga ega tasma chuvalchanglar \u2013 mening nazarimda, garchi bu chiroyli o\u2018xshatish bo\u2018lmasa-da, biroq umuman nomuvofiq, deb aytmasa ham bo\u2018ladi \u2212 Joys kitobini tashkil etgan boblarning ko\u2018rinishi. Joys, umuman, qandaydir muhim gapni aytmoqchi bo\u2018lganmi. Bu o\u2018rinda urfdan qolgan ushbu eski da\u2019vo qanchalik o\u2018rinli? Oskar Uayldning aytishicha, san\u2019at asari qandaydir naf keltirishdan mahrum. Bizning zamonda o\u2018zini ilmli sanaydigan tor fikrli kishilar \u2013 filistyorlar ham bu fikrga e\u2019tiroz bildirmagan bo\u2018lardi, biroq ular baribir qalban san\u2019at asaridan qandaydir \u201cmohiyat, ma\u2019no\u201dni kutishadi. Bu to\u2018g\u2018ri, biroq qani u Joysda? Nega u o\u2018quvchiga o\u2018sha \u201cmohiyat, ma\u2019no\u201dni ochiq-oydin ifodalab bermadiki, kitobxon adashmasin, uning oldida \u201csemita sancta ubi stulti non errent\u201d <strong>10<\/strong> bo\u2018lsin?<\/p>\n<p>Mana, men kitobni o\u2018qiyotibmanu kitob meni laqillatayotganini, sabr-toqatimdan mosuvo qilayotganini his etayapman. Kitob menga peshvoz chiqishni \u2013 mutolaaga yordam berishni istamaydi, o\u2018zining mazmunini tushunib olishni yengillatishga zig\u2018ircha urinayotgani sezilmaydi, bu esa kitobxon sifatida menda kamsitilganimni, o\u2018zimning qadrsizlanganimni tuygan his-tuyg\u2018ularni uyg\u2018otadi. Mening o\u2018zimda, aftidan, qonimda o\u2018zini ilmli deb biladigan tor fikrli \u2013 filistyorga xos tuyg\u2018u bordek, bu tuyg\u2018u menda go\u2018llarcha: o\u2018qiyotgan kitobim menga nimanidir aytadi va men uchun tushunarli bo\u2018ladi, degan ilinjni uyg\u2018otadi; biroq bu, ehtimol, mifologiyada chuqur ildiz otgan olamga antropomorf\u00a0 munosabatning ob\u2019yektga, ayni holatda esa kitobga ko\u2018chirilishidir! Umuman aytganda, bu kitobni o\u2018qib o\u2018zing uchun muayyan fikr-xulosalarga kelishning iloji yo\u2018q, bu kitob \u2013 ziyoli kitobxonning alamli mag\u2018lubiyati timsoli, axir, oxir-oqibat, u ham&#8230;\u00a0 (deyman men Joysning suggestiv\u00a0 uslubiga tayanib). Kitob, albatta, mazmunsiz bo\u2018lmaydi, unda nimadir tasvirlangan bo\u2018ladi, biroq men Joysning nimanidir \u201ctasvirlash\u201dni xohlaganiga judayam shubhalanaman. Pirovard natijada asarda uning o\u2018zi tasvirlangan emasmikan \u2013 va, ehtimol, kitobdagi bu rostakam yolg\u2018izlik, guvohlarni istisno etadigan bu amal, g\u2018ayratli kitobxonni quyushqondan chiqaradigan hurmat-ehtiromning bu begonaligi sababi shunda emasmikan? Joys o\u2018zini mening e\u2019tirozlarimga duchor qildi. (Hech qachon o\u2018quvchiga uning shaxsan ahmoqligini ko\u2018rsatishga urinmaslik kerak, biroq ayni shu narsa \u201cUliss\u201dda amalga oshirilgan.)<\/p>\n<p>Menga o\u2018xshagan psixoterapevt o\u2018zining psixoterapiyasisiz, xususan, uni o\u2018zida tatbiq qilmay, yashay olmaydi. Agar odam jahl otiga minsa, uning nuqtai nazaricha, bunday holatda u o\u2018ziga: \u201cSen shunday bir nuqtaga keldingki, undan naryog\u2018iga hali qaraganing yo\u2018q\u201d, demoqchi bo\u2018ladi. Ushbu holatda uning kayfiyati buzilishi oqibatida yuz beradigan ko\u2018ngilsizliklarni kutish tabiiy; mana, muallifning solipsistlarcha\u00a0 betakalluf, iltifotsiz munosabati mening \u2013 kitobxonlar ommasining ilmli, ziyoli vakilining, bosma matnga xayrixoh, xolis qaraydigan va unda nima borligini bilish, tushunish maqsadida zo\u2018r berib qilayotgan ezgu niyatdagi sa\u2019y-harakatlari adolatli tarzda taqdirlanishini kutayotgan odamning asablariga ta\u2019sir qilayotir <strong>11<\/strong>.\u00a0 Mana u, sovuqqon odamlar uchun xos bo\u2018lgan, Joysning fikrlash tarziga singib ketgan beparvolikning ta\u2019siri; bu sovuqqonlar, aftidan, o\u2018z ildizlari bilan kaltakesaklarga va yana-da quyiga qarab ketadi, go\u2018yo u o\u2018zining ichida \u2013 ichak-chavoqlarida turganday va ular bilan ko\u2018ngilxushlik qilayotganday \u2013 o\u2018sha tosh odam aynan o\u2018sha Moiseyning o\u2018zginasi, tosh shoxlari, tosh soqoli va toshga aylangan qorinu ichak-chavoqlari \u2013 ichi bilan qoyaday xotirjam turib Misrning go\u2018sht solingan doshqozonlariga ham, ilohlar qavmiga ham orqasini o\u2018giradi va bir yo\u2018la xayrixoh o\u2018quvchining tuyg\u2018ularini shafqatsiz jarohatlaydi.<\/p>\n<p>Toshdan iborat ichki a\u2019zolar olamining bu do\u2018zax qa\u2019ridan sizning ko\u2018z o\u2018ngingizda oshqozon, ichaklarning to\u2018lqinsimon kerilishi va siqilishiga monand to\u2018lg\u2018anib, bir maromda o\u2018zining barcha a\u2019zolarini ishga solib va o\u2018zining azaliy ozuqasini hazm qilayotgan, cho\u2018zilib-qisqarayotgan tasma chuvalchanglar chiqib keladi. Garchi bu a\u2019zolar bir xilda bo\u2018lmasa-da, ular o\u2018zaro shunchalik o\u2018xshashki, adashtirmaslikning o\u2018zi mushkul. Kitobning, mayli, juda kichik bo\u2018lsin, qaysidir bir parchasini olib qaramang unda siz Joysni ko\u2018rasiz, taniysiz va shu bilan birga ushbu parchada shu parchaning o\u2018zigagina tegishli mazmuni bo\u2018ladi. Hammasi bu yerda birinchi bor, boshidan boshlab va to oxirigacha bir xilligicha paydo bo\u2018ladi. Axir, bu yuksak darajadagi o\u2018zaro bog\u2018liqlikki, faqat tabiatdagina shunday bo\u2018lishi mumkin! Yana qanaqangi to\u2018kislik va biroq ayni paytda qanday diqqatbozlik bu! Joysni o\u2018qiyotganimda men juda zerakaman, xunob bo\u2018laman, yig\u2018lagudek holatga tushaman, boz ustiga bu zerikish xosiyatsiz, oqibati xatarli, bunday holatni hatto holdan toydiradigan fisqu fujurlar ham yuzaga keltira olmaydi. Bu zerikish Tabiatning o\u2018zida bor, Gibraltar qoyalarida shamolning mudom sarosar uvillashi, Sahroning kimsasiz, ovloq joylarida quyoshning mudom bir zaylda chiqishi va botishi, dengizning bir zum tinim bilmaydigan shovqini \u2013 bu Kurtius mutlaqo to\u2018g\u2018ri aytganidek, \u201cvagnercha poyonsiz musiqa\u201d; shu bilan birga, bu asrlar osha kelayotgan takror, bir xillik. O\u2018zining hayratlanarli serqirra bilimiga qaramay Joys, garchi buni u, ehtimol, anglamagandir, muayyan ohanglarga ergashadi. Ehtimoldan xoli emaski, uni umuman hech qanday musiqa qanoatlantirmaydi, chunki uning dunyosining na sababiyatga, na oldindan tayin etilgan maqsadlarga, qolaversa, qandaydir qadriyatga bog\u2018langan joyi ham, mazmuni ham yo\u2018q. Biroq gap shundaki, hech kim musiqalardan xoli bo\u2018lolmaydi, ular ma\u2019naviy hayotda ro\u2018y beradigan voqealarning o\u2018zagini tashkil etadi, kimdir qay yo\u2018sinda bo\u2018lmasin ro\u2018y berayotgan voqealardan ruhini tozalashga qanchalik urinmasin \u2013 hatto bu Joysnikidek jiddu jahd bilan qilinsa-da \u2013 befoyda. Uning kitobida hammasi qandaydir ruhsiz gavdalanadi, barcha tomirlarda qaynoq qon o\u2018rnida to\u2018nglagan suyuqlik oqadi, voqealar allaqanday sovuq xudbinlik ichida bekingan holda birin-ketin sodir bo\u2018ladi \u2013 ha, yana qanday voqealar deng! Har qanday holatda ham bu yerda hech qanday diltortar, hech qanday ruhni ravshan qiladigan, umid uyg\u2018otadigan narsani uchratmaysan, aksincha, ro\u2018y berayotgan voqealarga nisbatan zulmat, dahshat, qo\u2018rqinchli, ehtirosli, fojiali va istehzoli kabi aniqlovchilar mos keladi; bu yerda hammasi \u2013 hayotning ichki, mayda tashvishlaridan, boz ustiga, tartibsiz, mantiqsiz turmush urinishlaridan iboratki, voqealarni bog\u2018lab turadigan musiqiy asoslarni ko\u2018zoynak taqib izlashga to\u2018g\u2018ri keladi.<\/p>\n<p>Biroq baribir uni topish mumkin, dastlab shunday ko\u2018rinishda, ya\u2019ni o\u2018ta shaxsiy xususiyatni g\u2018ijinib mug\u2018ombirona so\u2018z va iboralar shaklida g\u2018azab bilan namoyon etganida, tahqirlangan yoshlikning sirqindisida, muvaffaqiyatli intiho topgan ruhning umumiy tarixi xarobalarida, bayramona kayfiyatdagi olomonga faqirona hayot boricha ko\u2018z-ko\u2018z qilinganida ko\u2018rish mumkin. O\u2018tmish o\u2018zini diniy, erotik va intim qirralari bilan hodisalar oqimining jilosiz sathida namoyon etadi; kitobxonning ko\u2018zidan hatto oriyatsiz ishbilarmon, o\u2018zining tabiiy mayllariga berilgan Blum va qariyb samarasiz ma\u2019naviy izlanishlar bilan mashg\u2018ul Stefan Dedal (boz ustiga ayon bo\u2018ladiki, birinchisining o\u2018g\u2018li yo\u2018q, ikkinchisining otasi) ham o\u2018quvchi ko\u2018zidan yashirinib qolmaydi, ular muallifning o\u2018z shaxsini ikki tarkibiy qismga ajratganini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p>Kitobning boblari orasida qandaydir bog\u2018liqlik yoki muvofiqlik borday tuyuladi va buni yetarlicha asoslarga ko\u2018ra ta\u2019kidlasa bo\u2018lar <strong>12<\/strong>, biroq agar bu shunday bo\u2018lsa, unda ular shu qadar puxta yashirilganki, men boshida hatto ularning borligi ehtimolini ham payqamagan edim. Yana shuki, ularni bilib olish uchun kitobxon sifatida juda ko\u2018p bosh qotirishimga to\u2018g\u2018ri keldi, buni esa, aftidan, muallif \u2212 xuddi o\u2018rtamiyona odam hayotining yengil-yelpi manzaralari bizni mutlaqo qiziqtirmagani kabi \u2212 umuman inobatga olmagan.<\/p>\n<p>Bugun ham \u201cUliss\u201d meni o\u2018sha, 1922 yili, men uni dastlab qo\u2018lga olib, ozroq o\u2018qib hafsalam pir bo\u2018lib va ranjib bir chetga surib qo\u2018yganimdagiday zeriktiradi. Xo\u2018sh, unda men nima uchun u haqda yozayapman? Men o\u2018z-o\u2018zimcha u bilan xohlagan boshqa bir, tushunchamni boyi\u00adtadigan \u201csurrealism\u201d shakli (bu yana qanday surrealism bo\u2018ldi?) bilan shug\u2018ullangandan ortiq shug\u2018ullanmagan bo\u2018lardim. Biroq men, mana, Joys haqida yozayapman, zero, bir noshir dabdurustdan u haqda va yana \u201cUliss\u201d haqida qanday fikrda ekanimni so\u2018rab qoldi; sir emas, \u201cUliss\u201d haqidagi fikrlar hozirgacha turli-tuman. Hech shubhasiz, \u201cUliss\u201d \u2013 bu\u00a0 allaqachon o\u2018n martalik nashrga bardosh bergan kitob va uning muallifini birovlar ko\u2018kka ko\u2018tarib maqtasa, birovlar yerga urib tanqid qiladi. Shu bilan birga, u bahs-munozaralar markazida, uni misli ko\u2018rilmagan voqea sifatida ko\u2018rsatishadi, har qanday psixologning bu asarni chetlab o\u2018tishi mushkulligini aytishadi. Albatta, Joysning o\u2018z zamondoshlariga ta\u2019siri favqulodda kuchli va \u201cUliss\u201dga o\u2018zimning e\u2019tiborim tushganidan, birinchi navbatda, mening o\u2018zim ko\u2018proq manfaatdor bo\u2018ldim. Agar bu kitob unutib yuborilganida, o\u2018zidan biror-bir iz qoldirmaganida, u holda balki men unga hech qachon qaytmagan bo\u2018lardim: u dastlab nihoyatda mening alamimni keltirdi, menda arang qiziqish uyg\u2018otdi, eng muhimi, meni shu qadar ma\u2019yus ahvolga solib zeriktirdiki, hatto o\u2018zimning ijodiy qobiliyatimdan ham xavotirlana boshladim, umuman aytganda, u menga faqat salbiy ta\u2019sir ko\u2018rsatdi.<\/p>\n<p>Albatta, mening ham o\u2018zimga xos xususiyatlarim bor. Men psixiatrman, bu deganim, psixik faoliyatning har qanday ko\u2018rinishiga men professional sifatida yondashaman. Shu bois o\u2018quvchini ogohlantirmoqchiman: odamning o\u2018rtamiyonaligining ham qayg\u2018uli, ham kulgili holati \u2013 tragokomediyasi, tiriklikning sovuq zulmat chulg\u2018agan ters tomonlari, umidsizlikka tushgan ruhiyatining qayg\u2018uli holati \u2013 bularning bari mening odatdagi kundalik ishim \u2013 oshi halolim, bu menda eskirib ketgan, siyqasi chiqqan, o\u2018zining jozibasini yo\u2018qotgan motivdan ko\u2018ra ortiq ko\u2018ngilchanlik uyg\u2018otmaydi. Inson ruhiyatining achinarli holati mendan izchil tarzda tibbiy yordamni ko\u2018rsatishimni taqozo qiladi, bu jarayonda men hayajonni yoki allaqanday his-tuyg\u2018ularni boshimdan kechiraman. Ruhiy kasallik \u2013 bu men uchun shunday narsaki, unga men doimo qarshi turishim kerak, deb hisoblayman; bemor mening yordamimga qattiq ishonayotganini ko\u2018rganimda unga jonim achiyotganini his etaman. \u201cUliss\u201d esa mendan najot kutmaydi. Men unga kerakmasman; unga o\u2018zining bitmas-tugamas xirgoyisini tinimsiz davom ettirish yoqadi (bu menga naf\u00adratimni qo\u2018zg\u2018aydigan darajada tanish xirgoyi), bir zaylda va tinim bilmay o\u2018zining ichki a\u2019zolari orqali fikrlash va miyaning bevosita his-tuyg\u2018ularni idroklash faoliyatini cheklash sistemasini takror ishga soladiki, bu doimo bir xil, xuddi arqondan to\u2018qilgan narvondagi harakatday o\u2018ziga o\u2018zi bog\u2018langan va o\u2018zgarishga chog\u2018langan biror-bir belgini namoyon etmaydigan sistema. (Bu jarayonda o\u2018quvchi anchayin nochor ahvolga tushadi, chunki u o\u2018zini butkul ojiz his etadi.) Umidlar barbod bo\u2018lish ibtidosi shu yerda, shu tarzda, yagona maqsad sifatida boshlanadi.<\/p>\n<p>Bularga matnning xarakteristikasi sifatida emas, balki muallifning simptomatikasi \u2013 shaxsiy xususiyatlarining alomatlari sifatida qarash mumkin! Zero, kitobni o\u2018qiyotib, aynan ruhiy xastalarning bir qancha qo\u2018lyozmalarida ham aqliy faoliyat uzuq-yuluq ifodalanganini, mantiqiy xulosalar, arzirli maqsad-muddaolar umuman uchramasligini ta\u2019kidlamaslikning iloji yo\u2018q. Boz ustiga tez-tez sezgi idroki keskin tarzda zo\u2018rayadi; kuzatuvchanlik nihoyatda kuchaygan bo\u2018ladi; o\u2018ta aniqlik bilan xotiradagi idroklanadigan predmetlar eslanadi; his-tuyg\u2018u eng mayda ichki va tashqi o\u2018zgarishlarni qayd etishga qaratiladi; o\u2018tgan voqealar xotirasi va yashirin ranj-alamlar xulq-atvordan ustun keladi; dovdirash holati ro\u2018y beradi; sub\u2019yektiv tarzda yo\u2018naltirilgan iztiroblar ob\u2019yektiv voqelik bilan qorishadi; biror narsani tasvirlab, ta\u2019riflab berish, yangi so\u2018z yasashga, uzuq-yuluq iqtiboslar keltirish, taqlid qilib yasalgan tovushlar (masalan, qiyqiriq, vaqillash va hokazo) va bir tasavvurdan keskin tarzda boshqa tasavvurga o\u2018tish hamda diqqatning bir sezgi a\u2019zosidan boshqalariga beixtiyor ko\u2018chib o\u2018tishi bilan xarakterlanadiki, bularning barchasi kitobxon uchun tushunarli bo\u2018lishi kerakligi inobatga olinmaydi; ruhiy kechinmalarni boshdan kechirish qobiliyatining zaiflashuvi shundayki, odam eng bema\u2019ni va behayo harakatlardan ham tiyilmaydi <strong>13<\/strong>. Shizofrenik psixikasi bilan \u201cUliss\u201d muallifining ruhiy holati o\u2018rtasidagi o\u2018xshashlikni ko\u2018rish uchun psixiatr bo\u2018lish shart emas. Biroq shunga qaramay, bu holda xayolga keladigan o\u2018xshashliklarni hech bo\u2018lmaganda shuning uchun ham bo\u2018rttirish kerak emaski, aks holda biror-bir qoniqmagan kitobxon chuqur mulohaza yuritib o\u2018tirmay kitobni chetga surib, unga \u201cshizofreniya\u201d deb tashxis qo\u2018yishi mumkin. Psixiatriyaning o\u2018zidan kelib chiqadigan bo\u2018lsak,\u00a0 bu o\u2018xshashliklar, albatta, mutaxassislarning nazariga tushmay qolmaydi, biroq aynan ular Joysning asarida ruhiy bemorlarning shunchaki yozuv-chizuvlariga xos bo\u2018lgan bir xillikning uchramasligi e\u2019tiborni tortishini qayd etishgan bo\u2018lardi. \u201cUliss\u201dda, xohish bo\u2018lsa, hamma narsani, bayonning mazmunan bir narsaning takroriga aylanishidan boshqa hamma narsani topish mumkin. (Bu yuqorida ta\u2019kidlangan fikrlarga umuman zid emas. \u201cUliss\u201dni tushunishda ziddiyat g\u2018oyasi umuman to\u2018g\u2018ri kelmaydi.) Kitobning mazmun-mundarijasi izchil va ravon tarzda ifodalangan, bu yerda hammasi harakatda va bir joyda depsinib turish kuzatilmaydi.<\/p>\n<p>Qalbning hayotbaxsh qa\u2019ridan tug\u2018ilgan butunlik oqim shaklida, yaxlit, qat\u2019iy tartibga solingan tarzda namoyon bo\u2018ladi, bu esa, shubhasiz, yagona, shaxsiy iroda ibtidosi bilan sug\u2018orilgan va aniq maqsadga yo\u2018naltirilgan harakatga ishora qiladi. Bu yerda ong tuyqusdan va tartibsiz ishlab turmaydi, balki u qat\u2019iy nazoratga bo\u2018ysundirilgan. Kitobning boshidan oxirigacha zehnga, tuyg\u2018ularga va intuisiyaga keng imkoniyat beriladi, ular afzal ko\u2018riladi, ayni paytda fikr-mulohaza, tafakkur va hissiy idrok faoliyati muttasil tiyib turiladi. Keyingilariga kitobda ahamiyatsiz, muhim bo\u2018lmagan jihatlar yoki muallifning shunchaki idroklash predmeti roli beriladi. Ta\u2019kidlash joizki, muallif inson ruhiyati ichki va tashqi hayotining yashirin, ters tomonlarini ko\u2018rsatishdek maqsadda qat\u2019iy turadi, garchi shunga qaramay u tuyqusdan namoyon bo\u2018lgan, ko\u2018ngil sust ketadigan go\u2018zallikka qiziqishni boshdan kechirsa-da. Biroq bularning bari ruhiy xastalarga xos xususiyatlar emas. Mabodo siz bu haqda boshqa fikrda bo\u2018lsangiz, u holda buni endi oldimizda turgan psixiatriya doirasidan tashqaridagi holat, deb ta\u2019kidlash lozim bo\u2018ladi. Sog\u2018lom odamga har xil ruhiy og\u2018ishlar xos bo\u2018lishi mumkin, bunday og\u2018ishlar ruhiy kasallik vositasi sifatida yuzaga keladi.<\/p>\n<p>Shaxsan mening xayolimga hech qachon \u201cUliss\u201dning muallifiga shizofrenik sifatida yondashish fikri kelgani yo\u2018q. Har qanday holatda ham, agar biz \u201cUliss\u201dning kuchli ta\u2019sir ko\u2018rsatgani sababi nima bilan izohlanishini bilmoqchi bo\u2018lsak, uning yaratuvchisi\u00a0 u yoki bu darajada shizofreniyaga duchor bo\u2018lganmi, degan fikr ish bermaydi. \u201cUliss\u201d \u2013 zamonaviy san\u2019at singari nosog\u2018lom xayolning mahsuli. U to\u2018la ma\u2019noda \u201ckubistik\u201d, zero, voqelik obrazini aql bovar qilmaydigan darajadagi murakkab manzaralarga qorishtirib yuboradi va uning asosiy ohangi, rang-tusi mavhum predmetlar olamiga bog\u2018liq melanxoliya, ya\u2019ni dilgirlik, g\u2018amginlik va hazinlik. Kubizm esa, bu kasallik emas, san\u2019atning bir yo\u2018nalishi, garchi u voqelikni groteskli usulda \u2013 o\u2018ta mubolag\u2018a bilan bo\u2018rttirib tasvirlangan predmetlar yoki groteskli mavhumlik orqali ko\u2018rsatsa-da. Bularning bari, albatta, biz shizofreniyada kuzatadigan holatlarga juda o\u2018xshab ketadi \u2013 bunday holatlarda bemor, aftidan, xuddi o\u2018sha bosim ta\u2019siri ostida bo\u2018ladi: u voqelikni o\u2018zidan begonalashtiradi yoki,\u00a0 xuddi shu tarzda, voqelikka begonasirab qaraydi. Biroq shu bilan birga, odatdagidek, shunday ongsiz holatda harakat qiladi va biz bu holatda muayyan alomatlarga, tashqi belgilarga guvoh bo\u2018lamiz; ular shaxs butunligining beixtiyor alohida (mustaqil, o\u2018zini-o\u2018zi boshqaradigan komplekslar deb ataladigan) fragment (parcha, qism)larga bo\u2018linib ketishi oqibatida ro\u2018y beradi. Zamonaviy san\u2019atkorlarga kelsak, ularning ijodida ushbu tendensiya o\u2018zida zamon belgilarini aks ettiradi, biroq bu ularning har birining shizofreniya kasalligiga chalingani oqibati emas. Bu yerda muhimi qandaydir o\u2018z-o\u2018zicha yuzaga keladigan individual turtkiga taalluqli emas, balki aynan jamoaviy intilishlarga, istak xohishlarga tegishli bo\u2018lib, bu intilishlar o\u2018zining to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri manbalariga ega; bunda, albatta, biror-bir odamning ongi emas, balki xiyla katta miqyos \u2013 bizning zamonamizning jamoaviy ongsizligi (psych) nazarda tutiladi. Modomiki, gap jamoaviy ruhiy holatning namoyon bo\u2018lishi haqida borarkan, bu shuni anglatadiki, jamoaviy ruhiy holat turli sohalarga: tasviriy san\u2019atga qanday ta\u2019sir ko\u2018rsatsa, adabiyotga ham, haykaltaroshlikka qanday ta\u2019sir ko\u2018rsatsa arxitekturaga ham shunday ta\u2019sir ko\u2018rsatadi. (Darvoqe, biz so\u2018z yuritayotgan san\u2019at yo\u2018nalishining ma\u2019naviy otalaridan biri Van Gog chindan ham ruhiy kasal edi va buni ta\u2019kidlash o\u2018rinli.)<\/p>\n<p>Ruhiy kasal odam bilan bog\u2018liq holatda go\u2018zallik va mazmunni predmetlarning moddiyligiga alohida urg\u2018u berib, bo\u2018laklarga bo\u2018lish orqali yoki ularni asl ko\u2018rinishlaridan bir qadar mahrum etish orqali buzib ko\u2018rsatish, noto\u2018g\u2018ri aks ettirish o\u2018sha bemorning shaxsi buzilgani oqibatida yuzaga keladi; san\u2019atkorni esa bu yo\u2018lga aniq maqsadga qaratilgan kuch yetaklaydi. San\u2019at asari yaratish jarayoniga o\u2018z shaxsi buzilishining turli ko\u2018rinishlarini boshdan kechirish va ularga bardosh berishga mos usul sifatida qarashdan yiroq bo\u2018lgan zamonaviy san\u2019atkor aynan ular orqali o\u2018zining butunligini tasdiqlash maqsadida buzilish jarayoniga berilib ketadi. Mefistofelning mazmunni ma\u2019nisizlikka, go\u2018zallikni esa xunuklikka, mazmun bilan mazmunsizlik orasidagi haddan tashqari yaqin o\u2018xshashlikka, go\u2018zallik sifatida gavdalangan ma\u2019nisizlikning o\u2018ziga tortuvchi joziba kuchiga doir murojaati \u2013 bularning bari hozirgi vaqtda ijodiy harakatni shunday izchillik bilan rag\u2018batlantiradiki, unga teng keladigan kuch insoniyatning butun ma\u2019naviyati tarixida kuzatilmagan, garchi bu harakatlarning o\u2018zini alohida olib qaraganda ham ularda prinsipial jihatdan hech qanday yangilik bo\u2018lmasa-da. Shunga o\u2018xshash holatni biz, misol uchun, Amenxotep IV podshohligi davrida yagona hukmron uslubdan odatga zid tarzdagi chekinish yuz berganida, ilk xristianlik vaqtida Agns tasviridagi murakkab bo\u2018lmagan oddiy simvolikada, tanazzulga yuz tutgan barokkoning o\u2018ziga xos naqshlaridagi bejab tashlangan jimjimadorlikda kuzatamiz. Yuqorida yodga olingan zamonlar bir-biridan qanchalik keskin farq qilmasin, ular o\u2018zaro yaqin, uzviy bog\u2018langan, zero, ularning bari o\u2018zida ijodning ilk \u2013 inkubatsiya bosqichlarini aks ettiradi; ularni mohiyatini umumlashtirib bo\u2018lmaydigan tasodifiy holatlar sifatida izohlashga urinish mutlaqo qoniqarsiz natijalarni beradi. Ularni jamoaviy psixologik hodisa sifatida ko\u2018rib chiqarkanmiz, bizga shu narsa ma\u2019lum bo\u2018ladiki, faqat bir holatda: agar ularning mazmun-mohiyati kelajakni bashorat qilishda ekanini uqishga urinilsa, ya\u2019ni agar ularga teologik \u2013 ilohiyot nuqtai nazaridan yondashilsagina ularni to\u2018g\u2018ri tushunish mumkin.<\/p>\n<p>Amenxotep IV (Exnaton) davri\u00a0 \u2013 bu keyinchalik butun jahon uchun yahudiy an\u2019analarida saqlanib qolgan, monoteizm \u2013 yakkaxudolikning beshigi. Ilk xristianlikning yovvoyi infantilizmi, ya\u2019ni go\u2018daklarga xos nodonligi faqat bir sabab bilan maydonga chiqdiki, bu vaqtga kelib, Rim imperiyasining o\u2018zi davlat-xudoga aylangan edi. Ilk rafaelitlarning ibtidoiy, jo\u2018n tasavvurlari to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri ilk antik davrdan so\u2018ng unutilgan, ko\u2018z ko\u2018rib quloq eshitmagan tana go\u2018zalligi olamiga qaytishdan darak beradi. Barokko \u2013 saqlanib qolgan eng so\u2018nggi cherkov uslubi esa, o\u2018zini o\u2018zi tanazzulga duchor etib, o\u2018rta asrning aqidaga asoslangan, dogmatik ruhi ustidan ilmiy ruhning ustun kelishini darak\u00adladi. Shu yo\u2018sinda, agar Tyeopolo san\u2019atini, uning ruh uchun bexatar bo\u2018lmagan darajaga yetgan o\u2018z ijodiy shaxsini namoyon etgan san\u2019atini kuzatadigan bo\u2018lsak, gap uning o\u2018zining bo\u2018linib ketganida emasligini, balki bo\u2018linib ketish, parchalanish uning uchun o\u2018zining ijodiy individualligini, uslubining o\u2018ziga xosligini ifodalashning zarur vositasi ekanini ko\u2018ramiz. Agar ilk xristian o\u2018z zamonining san\u2019ati va fanini tan olmagan bo\u2018lsa, bu bilan u o\u2018z hayotini sarobga aylantirmagan, balki o\u2018zida insonni qaror toptirgan.<\/p>\n<p>Shu tariqa biz nafaqat \u201cUliss\u201dda, balki bu asar ma\u2019naviy qardoshlik rishtalari bilan bog\u2018langan barcha san\u2019at turlarida samarali ijodiy qadriyat va mohiyat bor, degan fikrga asoslanishimiz mumkin. Go\u2018zallik va mazmunni ifodalashning hozircha amal qilib kelingan mezonlari buzilishiga kelsak, aytish joizki, bu borada \u201cUliss\u201d eng yuqori o\u2018rinda turadi. U his-tuyg\u2018uning qaror topgan odatlarini tahqirlaydi, u odatda, kitobning har bir qismidan mohiyat va mazmunni kutishga yo\u2018l qo\u2018ymaydi, u kitobni o\u2018qish jarayonida tug\u2018iladigan fikrlardan yaxlit bir xulosaga kelish uchun qilingan har qanday harakatni masxaralaydi. Ehtimol, faqat omi odamgina \u201cUliss\u201dda qandaydir bir umumiy xulosa yoki obrazli yaxlitlikka moyillikni ko\u2018rar; negaki, agar u \u201cUliss\u201dda shuncha zamonaviy bo\u2018lmagan narsalar borligini isbotlashga erishsa, u holda o\u2018zi tasdiqlab turgan go\u2018zallik qoidalaridan jiddiy tarzda chekingan bo\u2018ladi. \u201cUliss\u201ddagi qoniqmaslik hissini uyg\u2018otadigan narsalarning hammasi faqat uning fazilatlarini tasdiqlaydi, chunki bunday qoniqmaslik hissi modernga modern bo\u2018lmagan tarafning yoqtirmay qarashidan yuzaga keladi va ushbu taraf aynan \u201ctangrilar\u201d hozircha \u201co\u2018z marhamatlari tufayli uning ko\u2018zidan\u201d yashirgan narsani ko\u2018rishni xohlaydi.<\/p>\n<p>Aynan modernistlarning asarlarida birinchi marta o\u2018zini tiyishga yoki jilovlashga bo\u2018lgan har qanday urinishlarga mudom qarshi chiqish xususiyati to\u2018la-to\u2018kis namoyon bo\u2018lgan, bu xususiyat esa Nitshega behad zavq-shavq bag\u2018ishlagan va uning murakkab, og\u2018ir ruhiy izlanishlarga berilgan intellektidan ustun kelgan (bu intellekt, qayd etish joizki, Ancian Regime\u00a0 davri uchun aynan mos). Hatto \u201cFaust\u201dning ikkinchi qismidagi, \u201cZardusht\u201d, shuningdek, \u201cEcce Homo\u201dning eng mavhum, qorong\u2018i joylari ham, har qalay, bu yorug\u2018 olamga xayrxohlikdan darak beradi. Faqat modernistlar ommaga orqa o\u2018girgan san\u2019atni yoki boshqacha aytganda, san\u2019atning sirtini, teskari tomonini ommaga havola qilishni uddalashdi; bu san\u2019at ommaga zig\u2018ircha xayrixohlikni na baralla va na bosiqlik bilan ko\u2018rsatmaydi; va bu san\u2019at, umuman olganda, o\u2018zi yaratgan qahramonlari kechinmalarini o\u2018quvchilar ham o\u2018z qalbidan kechirishlariga zarurat sezmasligini, shu bilan birga \u2013 garchi ochiq-oshkora bo\u2018lmasa-da, biroq anchayin izchillik bilan \u2013 modernizmning o\u2018tmishdagi barcha salaflari (Gyolderlinni ham e\u2019tiboridan soqit qilmaylik!) ijodi yo\u2018l ochib bergan, burungi ideallarning barbod bo\u2018lishiga olib kelgan qarshilik ko\u2018rsatish tendensiyasini davom ettirib, buning nima ekanini oshkora ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p>Masalaning faqat bir jihati bilan cheklanganda uning mazmun-mohiyatini mutlaqo tushunib bo\u2018lmaydigandek tuyuladi. Axir, biz uchun muhimi \u2013 bu qandaydir bir alohida turtki emas, garchi qayerdadir bu turtkidan yuzaga kelgan harakat\u00a0 muvaffaqiyatli bo\u2018lsa-da; hozirgi zamon kishisining hayotida qariyb har yoqda yuzaga keladigan o\u2018zgarishlar esa, aftidan, uning eski dunyoga taalluqli barcha narsani rad etayotganini anglatadi. Modomiki biz, afsuski, kelajakka ko\u2018z tashlaydigan ahvolda emas ekanmiz, demak, biz hali-hanuz O\u2018rta asrlarga qay darajada mansub ekanimiz \u2212 bu so\u2018zning asl ma\u2019nosida, bizga ma\u2019lum emas. Hech bo\u2018lmaganda, shaxsan mening o\u2018zim, kelajak nuqtai nazaridan, biz O\u2018rta asrlarga qulog\u2018imizgacha botganimizni bilganimda, hecham ajablanmagan bo\u2018lardim. Faqat mana shunday vaziyat bilan bog\u2018liq tarzda \u201cUliss\u201dga o\u2018xshash kitob\u00adlar va boshqa san\u2019at asarlarining paydo bo\u2018lishini qoniqarli tarzda tushuntirish mumkin bo\u2018ladi. Bu asarlarning bari surgi doridek o\u2018ta ta\u2019sirchan, agar unga juda qattiq va kuchli to\u2018siq qarshilik ko\u2018rsatmasa tozartiruvchi ta\u2019siri behudaga sarf bo\u2018ldi. Ularning bari ruh uchun shunday tozalovchi vositaki, ularni qo\u2018llash faqat bir holatda \u2013 agar uni yanada o\u2018jar va qat\u2019iyatli ta\u2019sirlardan xalos qilish zarur bo\u2018lsagina \u2013 o\u2018zini oqlaydi. Bu jihatdan ular Freyd nazariyasidan biror-bir jihati bilan farq qilmaydi, zero, bu nazariya ham mutaassiblikka o\u2018ta xos bo\u2018lgan cheklanganlik bilan shunday ham tanazzulga yuz tutgan qadriyatlarni mag\u2018zidan mahrum etadi.<\/p>\n<p>\u201cUliss\u201d muallifi garchi ilmiy jihatdan qariyb xolis bo\u2018lib ko\u2018rinsa-da, hatto ba\u2019zi o\u2018rinlarda \u201cilmiy\u201d tilga ruju qo\u2018ysa-da, shunga qaramay, uning asari noilmiy biryoqlamaligi bilan ajralib turadi; \u201cUliss\u201d \u2013 bu boshdan-oyoq inkor. Bu inkor, albatta, ijodiy. \u201cUliss\u201d \u2013 bu ijodiy buzish, barbod qilish, gerostratcha nom qozonish uchun aktyorlik qilish emas, balki zamondoshiga hayotning aslida qandayligini uqtirib, ko\u2018rsatib qo\u2018yishga qaratilgan jiddiy tomosha, boz ustiga, bu yomon niyatda emas, balki xolislikka amal qiladigan ijodkorning begidir soddadilligi bilan amalga oshirilgan. Bu kitobni sof vijdon bilan pessimistik deb atash mumkin, garchi uning oxirida, deyarli eng so\u2018nggi sahifasida bulutlar ortidan xoloskor ro\u2018shnolik nuri porlaganday bo\u2018lsa-da. Ha, faqat ushbu sahifaga kelib, taxminan 734-betda siz jahannamni ortda qoldirganingizni anglaysiz. Oldingizda oqayotgan loyqa oqimning u yer, bu yerida ajoyib nur taratayotgan billurning yarqiragan yog\u2018dusi ko\u2018zga tushadi, ularni ko\u2018rib hatto modernist bo\u2018lmagan ham Joys \u2013 haqiqiy san\u2019atkor ekanini, u nimalarga \u201cqodir\u201dligini bilib oladi; zamonaviy san\u2019atkor uchun esa, shubhasiz, bu o\u2018zi bo\u2018ladigan, hazilakam ish emas \u2013 hatto u usta san\u2019atkor bo\u2018lsa-da va garchi bu usta yuksak maqsadlarni ko\u2018zlagan, shu maqsadlar uni chin ixlos bilan o\u2018zining ijodiy imkoniyatlarini yerga urishga majbur etgan bo\u2018lsa-da. Joysning inkori qanchalik keskin bo\u2018lmasin, bu uning uchun yangi bir e\u2019tiqodga yuz burishga aylanmadi, u qanday bo\u2018lsa shunday \u2013 serg\u2018ayrat katolikligicha qoladi: u o\u2018z talantining portlovchi kuchini asosan cherkov va psixologik ta\u2019limni ajratishga, ularning bevosita yoki bavosita tug\u2018dirgan oqibatlarga qarshi yo\u2018lladi. Zamonaviy olam Joys tomonidan ulug\u2018vor O\u2018rta asrlarga xos xususiyatlarga munosib emasligi, o\u2018ta qoloq va eo ipso\u00a0 o\u2018zining siyosiy mustaqilligi bahonasida shodlanishga joniqib urinayotgan Erinning\u00a0 katolik muhiti hanuz barqarorligi bois Joys tomonidan rad etiladi. \u201cUliss\u201d muallifi asari ustida qaysi bir uzoq mamlakatlarda ishlagan bo\u2018lmasin, u sodiq o\u2018g\u2018il sifatida Ona-Cherkovi va o\u2018zining Irlandiyasidan ko\u2018zini uzgani yo\u2018q; uning uchun begona yurtlar faqat irland xotiralari va ular bilan bog\u2018liq alamli iztiroblarning yopirilgan to\u2018fonida kemasini halokatdan asraydigan langar sifatida zarur edi. Biroq xususan bunday olam, hech bo\u2018lmaganda \u201cUliss\u201dda bo\u2018lsa-da, aytish joizki, u hech qachon, loaqal sukut saqlab qabul qilinadigan fikr tarzida ham Joysgacha yetib bormadi. Uliss o\u2018zining Itakasiga talpinmaydi, aksincha, u zo\u2018r berib o\u2018zining Irlandiyada tug\u2018ilgani faktining o\u2018zidan bekinishga urinadi.<\/p>\n<p>To\u2018g\u2018risi, bizning ko\u2018z o\u2018ngimizda namoyon bo\u2018ladigan asardagi narsa-hodisalar shunchalik cheklanganki, u qolgan boshqa olamda o\u2018ziga nisbatan qandaydir qiziqish tug\u2018dirmasligi mumkindek tuyuladi! Biroq \u201cUliss\u201d olami, aksincha, e\u2019tiborsiz qolmadi. Agar \u201cUliss\u201dning zamondoshlariga ko\u2018rsatgan ta\u2019siridan kelib chiqib so\u2018z yuritilsa, uning chek\u00adlanganligi o\u2018zida ozmi-ko\u2018pmi universal xususiyatlarni jamlagani ayon bo\u2018ladi. Shunday bo\u2018lgach, \u201cUliss\u201d o\u2018zining zamondoshlariga, umuman aytganda, ayni vaqtida yetib keldi. Bizda, aftidan, modernistlarning butun bir jamoasi mavjud va ularning soni shunchalik ko\u2018p ekanki, ular 1922 yildan boshlab bu asarning o\u2018n nashrini bemalol hazm qila bildi. Bu kitob ularga, hali ehtimol o\u2018zlari bilmagan va his etmagan qandaydir sirni ochib ko\u2018rsatgandir. Ular bu kitobni o\u2018qib do\u2018zax azobiga teng zerikishni boshdan kechirmaydilar, balki, aksincha, u bilan birga o\u2018sadilar, o\u2018zlarida o\u2018zgarish, yangilanish sodir bo\u2018lganini, bilimi oshganini, haqiqat tomon yuz burishganini yoki hammasini boshidan boshlashga tayyor ekanliklarini his etadilar va,\u00a0 shubhasiz, muayyan bir maqbul holatga kelgan bo\u2018ladilar, zero busiz faqat\u00a0 alamli nafratgina kitobxonni diqqatini jamlab muqarrar uyqu xurujini yengib 735 sahifani boshidan oxirigacha qunt bilan o\u2018qib chiqishga undamog\u2018i mumkin. Shu boisdan, o\u2018ylaymanki, O\u2018rta asrlar katolik Irlandiyasi, aftidan, bizga tanish jug\u2018rofiy xaritalarda belgilab qo\u2018yilganidek emas, balki haligacha menga noayon behad ko\u2018lamli va haddan tashqari bepoyon hududga ega. Dedal va Blum janoblari odimlab yurib borayotgan bu katolik O\u2018rta asr, deylik, universal hodisa sifatida gavdalanadi yoki boshqacha aytganda, unda aholining butun bir toifalari yashasa kerakki, ularning yashash joyi, \u201cUliss\u201dnikidek, ma\u2019naviy-ruhiy rishtalar bilan shu qadar bog\u2018langanki, toki boshqa odamlar ilgari nazarlaridan zich berkitilgan borliqni, tiriklikni o\u2018z ko\u2018zlari bilan ko\u2018rib, boriga ishonch hosil qilishlari uchun Joyscha tafakkurning portlovchi kuchi kerak bo\u2018ldi. Mening esa ishonchim komil, bizning hayotimizda qadim O\u2018rta asrlar hech qachon tugamaydi. Va bu yerda hech narsa qilolmaysan ham. Shu boisdan ham O\u2018rta asrlar andozalari bilan yashashni hech ham kanda qilmaydigan zamondoshlariga ular hali-hanuz \u201co\u2018sha\u201d hayot izmida ekanini uqtirish uchun Joys (yoki Freyd) singari sohibkaromatlar kerak bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Butun borlig\u2018i xristianlik mehr-shavqati, marhamati bilan to\u2018lib-toshgan, bu olamni to\u2018ldirgan kirdikorlardan nigohini chetga burishga moyil kimsalar ahamiyatiga ko\u2018ra behad ulkan bu asarning yaratilganini lozim darajada tushunib qabul qilishga qodir emas. Ular uchun bu shunday bir \u201ctomosha\u201d bo\u2018lardiki, bu \u201ctomosha\u201d ularni tamoman befarq qoldirgan bo\u2018lardi. Biroq Joys mahorat bilan o\u2018z kashfiyotini aynan mos ruhiy holatga mo\u2018ljallaydi. Faqat ana shu ruhiy holatga muvofiq tarzda u yuklagan salbiy emosinal kuchlar o\u2018yini harakatga keladi. \u201cUliss\u201d nisshecha \u201co\u2018tmishga kufrona kirib borish\u201dni qanday amalga oshirish lozimligining namunasini ko\u2018rsatadi. Bu sovuqqonlik bilan, qalovini topib va shunday \u201cdahriy\u201dlarcha bajarildiki, bunaqasi Nitshening tushiga xam kirmagan. Va bular barchasi \u2013 sokin, biroq aniq mo\u2018ljal bilan bajariladi va bu manaviy-ruhiy makon sehr-jodusining ta\u2019sirini aslo aql-idrokdan emas, balki qalb qa\u2019ridan izlash kerak! Joys o\u2018zining kitobida faqat zavq-shavqsiz, xudosiz va ma\u2019naviyatsiz olamni tasvirlaydi, shu sababli unda hayotga ishonchni oshiradigan, ko\u2018ngilni ko\u2018taradigan biror narsani topish dargumon, degan vasvasaga berilish kerak emas. Qanchalik ajablanarli tuyulmasin, shunisi haqiqatki, \u201cUliss\u201d olami o\u2018zining siyqa, o\u2018rtamiyona tomirlariga benajot bog\u2018lanib qolganlarning olamidan yaxshi. Va hatto yomonlik va vayronkorlik ustun kelgan o\u2018rinlarda ham \u201cUliss\u201d, baribir, \u201cyaxshilik\u201ddan afzalligi bilan aniq farqlanib turadi yoki hatto undan yuqori turadi ham, ya\u2019ni aynan o\u2018sha almisoqdan qolgan \u201cyaxshilik\u201ddan, amalda murosasiz mustabidligi ayon ko\u2018rinib turgan \u201cyaxshilik\u201ddan; bu \u201cyaxshilik\u201d o\u2018zida bid\u2019atlardan tarkib topgan, soxta tushunchalar, xom-xayollar tug\u2018diradigan tizimni gavdalantiradi; bu soxta tushunchalar esa o\u2018ta qattiqqo\u2018llik bilan hayotning chinakam boyligi yuzaga chiqishiga yo\u2018l qo\u2018ymaydi va uning og\u2018ushiga tushganlarning barchasining fikr-o\u2018ylarini, vijdonlarini chidab bo\u2018lmas azob-uqubatlarga duchor etadi. Nisshe \u201cUliss\u201dning dasturiy g\u2018oyasini \u201cMa\u2019naviyat jabhasida qullar qo\u2018zg\u2018oloni\u201d deya atagan bo\u2018lardi. O\u2018zlarining siyqa, o\u2018rtamiyona ma\u2019naviy ildizlariga bog\u2018lanib qolgan odamlar\u00a0 uchun xalos bo\u2018lishning ma\u2019nisi shundan iboratki, ular \u201cmiyalarini ishlatib\u201d o\u2018zlari yashayotgan olamning qanaqaligini va unda kechirayotgan \u201chaqiqiy\u201d hayoti qandayligini tan olishlari darkor. Xuddi bolsheviklar gvardiyasining vakili soch-soqoli olinmaganidan g\u2018ururlanganidek, ma\u2019naviyati siyqa, o\u2018rtamiyona odam ham o\u2018z olamining naqadar ajoyibligi haqidagi xolis muhokamalardan o\u2018zini baxtiyor his etadi. Qorong\u2018ilik yorug\u2018likdan ziyodaligini oshirib maqtash ko\u2018zi ojiz odam uchun o\u2018ziga xos ezgu amaldek tuyulgani kabi, cheku chegarasiz sahro mahkum uchun misoli jannat. O\u2018rta asrlar odami uchun bid\u2019atdan uzil-kesil xalos bo\u2018lmoq o\u2018z hayotini go\u2018zallik, ezgulik va mazmun-mohiyatdan mahrum etishdan iborat, chunki odam-sharpalar uchun ideallar \u2013 bu ijodiy yutuqlar emas, balki riyozat chekish, itoatkorlik va bandilik zanjiri, bu dastlab ko\u2018chmanchi xalqning mustabid yo\u2018lboshchisi Moisey tomonidan Sinay tepasida bichib-to\u2018qilgan, keyin esa hiyla va uddaburonlik bilan insoniyatga majburan qabul qildirilgan o\u2018ziga xos metafizik polisiya.<\/p>\n<p>Agar Joysga sabab-oqibat nuqtai nazaridan yondashilsa, bu holda u katolik yakka hokimligi qurboni sifatida gavdalanadi, teleologik\u00a0 planda esa u ma\u2019lum muddat inkor etish bilan qoniqadigan islohotchi, u keyingi natijani kutib, o\u2018zining qat\u2019iy noroziligi-protesti bilan kifoyalanadigan protestant. Joysga modernist sifatida his-tuyg\u2018ularning begonaligi, hissizlik xos, bu xususiyat, tajribaning tasdiqlashiga ko\u2018ra, doimo his-tuyg\u2018ularning, ayniqsa, ular soxta, qalbaki bo\u2018lganda va haddan ziyod yuzaga chiqqanda ularga javob sifatida paydo bo\u2018ladi. \u201cUliss\u201dda namoyish etilgan hissizlik, loqaydlik holatlari bizda sentimentallik behad keng yoyilgan, degan fikrga olib keladi. Demak, bu haqiqatdan ham shundaymi, degan savol tug\u2018iladi.<\/p>\n<p>Bu tag\u2018in bir jumboqki, unga hammadan ko\u2018ra uzoq kelajak odami aniq javob bera olgan bo\u2018lardi! Shunga qaramay, hayotning sentimental tomoniga berilib ketganimiz mutlaqo nojoiz darajaga yetdi, deyishga bizda ba\u2019zi bir asoslar bor. Urush payti xalq ehtiroslarining izhori qanday halokatli oqibatlarga olib kelganini eslaylik! Qancha baqir-chaqirlar bo\u2018lgan edi bizning gumanizm atalmish insonparvarligimiz haqida! Har birimizning qanchalik ojiz, notavon ekanimiz, hech bo\u2018lmaganda shunchaki achinishga ham arzimaydigan shaxsiy qayg\u2018u tashvishlarimiz-chi, ular haqida, ehtimol, boshqalardan ko\u2018ra psixiatr yaxshiroq so\u2018zlab berar. Sentimentallik \u2013 shafqatsizlikning tashqi ko\u2018rinishlaridan biri. His-tuyg\u2018ular yo\u2018qolishi, hissizlik \u2013 uning, o\u2018sha illatlardan muqarrar azob-uqubat yetkazadigan boshqa bir ko\u2018rinishi. \u201cUliss\u201dning yutug\u2018i shuni dalillaydiki, undagi jami ruhsizlik, hafsalasizlik holatlariga qaramay, bu asar ko\u2018rsatadigan ta\u2019sir ijobiy; bundan shunday xulosa kelib chiqadi: kitobxon ko\u2018ngilchanlik, rahmdillikka o\u2018z-o\u2018zicha shu qadar ortiq darajada berilganki, asarda ularning yo\u2018qligi aynan uning uchun foydali bo\u2018lib ko\u2018rinadi. Men, shuningdek, qattiq ishonamanki, bizni nafaqat O\u2018rta asrlar, balki sentimentallik ham o\u2018z og\u2018ushida mahkam tutib turibdi va shu boisdan ham biz madaniyatimizning hissizligi o\u2018rnini to\u2018ldiradigan sohibkaromatlarning paydo bo\u2018lishi sababini bemalol tushunishimiz mumkin. Sohibkaromatlar esa, doimo istarali, yoqimtoy bo\u2018lmaydi, ularning manerasi \u2013 muomala tarzi, odatda yaxshi emas. Biroq aytishlaricha, ba\u2019zan ular qosh qolib, ko\u2018zni mo\u2018ljalga oladi. Sohibkaromatlarning, albatta,\u00a0 kattasi va kichigi bo\u2018ladi, Joys ularning qay biriga mansubligini tarix hal qiladi. San\u2019atkor, chin avliyolarga lozim ko\u2018rilganidek, o\u2018z davri ruhi haqida beixtiyor, ba\u2019zan esa, shunchaki g\u2018ayrishuuriy, oyparastdek gapirib yuboradi. U ma\u2019ruzamni o\u2018zim ijod qilaman deb o\u2018ylaydi, aslida esa uni davr ruhi boshqaradi va uning aytganlari ro\u2018yobga chiqadi.<\/p>\n<p>\u201cUliss\u201d \u2013 bu zamonimizning doctent humain va, qolaversa, uning siri ham shunda. Unga, ehtimol, ruhan va ma\u2019nan cheklanganlarni imkon qadar xalos qilish buyurilgandir, undan ufurayotgan sovuq nafas esa nafaqat sentimentallikni, balki har qanday hissiyotga berilishlarni suyagigacha muzlatadi. Biroq uning mohiyati ushbu shifobaxsh ta\u2019sirlari bilan yakun topmaydi. \u201cUliss\u201dning tug\u2018ilishiga yovuzlikning o\u2018zi doyalik qilgan, degan fikr qanchalik qiziqarli bo\u2018lmasin, biroq bu bilan hali hammasi aytilgan emas. Axir, unda hayot bor, hayot esa hech qachon nuqul yovuzlik va buzg\u2018unchilikdangina iborat bo\u2018lmaydi. To\u2018g\u2018ri, dastlab bu kitobdan biz chiqarishga qodir bo\u2018lgan jamiki xulosalar inkor va inqirozga taalluqli bo\u2018ladi, biroq shu bilan birga qandaydir aql bovar qilmaydigan, mubham narsalarni ham ko\u2018ngil sezadi, go\u2018yo allaqanday sirli maqsad uning ijobiy mazmunidan, u bilan birga \u2013 ezgulikdan xabar beradi. Bizning ko\u2018z o\u2018ngimizda ola-chipor gilamday yoyilib boradigan so\u2018zlar va manzaralarni \u201csimvolistik\u201d, degan xulosaga kelinsa to\u2018g\u2018ri bo\u2018ladimi? Axir, men, xudo shohid, allegoriya haqida gapirmayapman, balki simvol haqida, boshqacha tarzda aqlga sig\u2018maydigan, tushunib bo\u2018lmaydigan ifoda sifatidagi simvol haqida gapirayapman. Biroq agar bu haqiqatan ham shunday bo\u2018lganida, u holda, ehtimol, matnning g\u2018aroyib chigalligi zamiridan miltillab kishi bilmas, yashirin mazmun bizga peshvoz chiqardi, goh u, goh bu yerda sirli tovushlar jaranglardi, ular boshqa zamonlar va boshqa makonlar haqidagi xotiralardan aks-sado berardi va ko\u2018z oldimizda go\u2018zal orzu-umidlar yelib o\u2018tardi yoki tag\u2018in fanoning zulmat qa\u2019riga g\u2018oyib bo\u2018lgan, butunlay unutilib ketgan xalqlar paydo bo\u2018lardi. Har holda buning ro\u2018y berish ehtimoli yo\u2018q emas, deb faraz qilish, albatta, mumkin, biroq uni qanday qilib ko\u2018rsa bo\u2018ladi, buni men bilmayman. Boz ustiga, mening tushunishimcha, muallif shuuri kitobning hamma burchaklarini yoritadi; bu g\u2018ayrishuuriy holatdan paydo bo\u2018ladigan yoqimli o\u2018y-xayollar, vahiy, kutilmagan xushxabar emas. Muallifning ehtiyotkorligi, ishni rejali olib borishi va atay farazlarga asoslanishi kitobda hatto Nisshening \u201cZardusht\u201didan yoki Gyotening \u201cFaust\u201di ikkinchi qismidagidan ham ochiq ko\u2018rinadi. Chamasi, \u201cUliss\u201ddagi simvolizm sohasiga oid qusurlar shu bilan izohlanadi.<\/p>\n<p>Bu holda, tabiiyki, arxitiplarning yashirin ishtiroki bor, deb faraz qilish mumkin, bu holda Dedal va Blum o\u2018zlarida odamga xos azaliy ruhiy va shahvoniy mayllarning timsoliga aylangan, Blum xonimning kundalik hayotidagi hiyla-nayranglarda ko\u2018ngil obrazi (anima) aks etgan, Ulissning o\u2018zi esa Qahramon simvolikasini ifodalagan bo\u2018ladi; biroq gap shundaki, kitobda bunday xulosalarning haqqoniyligiga nafaqat biror-bir aniq ishora bor, hatto aksincha \u2212 unda hammasi ochiq-oydin, tiniq va yorqin aql nuri bilan ravshan ko\u2018rsatilgan. Bu, hech shubhasiz, simvolistik emas va har qanday simvolizmga zid. Mabodo kitobning ayrim qismlari simvolistik vazifani o\u2018ziga olgan bo\u2018lsa-da, u holda bu, garchi muallif harchand ehtiyot choralarini ko\u2018rgan bo\u2018lmasin, g\u2018ayrishuuriy-ongsizlik holati tufaylidir. Negaki, biz \u201csimvolik\u201d deganimizda shunga ishora qilamizki, predmetda \u2013 simvol ruhiyatdan yoki mavjud olamdan bo\u2018lsin \u2013 unga xos, aqlga sig\u2018mas va qudratli mazmun yashiringan bo\u2018ladi, inson esa o\u2018ziga qarama-qarshi sir-sinoatni, aniq ibora vositasida ifodalab, o\u2018ziga bo\u2018ysundirishga urinadi.<\/p>\n<p>Buning uchun u fikru zikri bilan ushbu predmedga intilmog\u2018i, uni hosil qilgan barcha turli-tuman qobiq-po\u2018stloqni archib, ayab-avaylab, qizg\u2018anib noma\u2019lumlik qa\u2019riga bekitilgan asl javhariga yetib borishi va uni yorug\u2018iga olib chiqishi darkor.<\/p>\n<p>\u201cUliss\u201dda esa bunday harakat umidsizlikka olib kelishi mumkin, zero, son-hisobsiz qobiq-po\u2018stloqlarni archib, tobora teranlikka kirib borgan bilan siz bu qobiq-po\u2018stloqlardan bo\u2018lak hech nimaga ega bo\u2018lmaysiz va \u201cUliss\u201d, misoli taftsiz, sovuq nur taratib turgan Oydek loqayd, shakllanish, mavjud bo\u2018lish va barham topish komediyasining o\u2018z holicha davom etishiga monelik qilmaydi, uning bardavomligini koinotning qaysidir bir uzoq puchmog\u2018idan turib kuzatadi <strong>14<\/strong>. Men chin dildan ishonamanki, \u201cUliss\u201d simvolik tafakkur sistemasidan tarkib topgan emas, negaki, aks holda, u o\u2018z maqsadidan chetlashgan bo\u2018lardi. Bu qanday hadik bilan asralgan sirki, uni deb beqiyos kuch sarflab, o\u2018qish behad azobga aylanadigan, butun boshli 735 sahifani o\u2018qib chiqishga arzisa? O\u2018quvchi, yaxshisi, aslida yo\u2018q javohirlarni qidirib vaqtini ham, kuchini ham sarflamay qo\u2018ya qolsin. Ular qayergadir, hatto tuproqqa bekitib qo\u2018yilgan bo\u2018lishi mumkin, degan fikrni xayolga ham keltirib bo\u2018lmaydi, negaki ongimiz bunday fikr izmiga tushsa, tag\u2018in mister Dedal va mister Blumning ma\u2019naviy va moddiy olamiga tortiladi va bu olamning sirtida, uning mohiyatiga tushunib yetmay umrbod sarson-sargardonlikka duchor bo\u2018ladi. \u201cUliss\u201dda nazarda tutilgan niyat bu emas. Uliss, juda uzoqlardan yolg\u2018iz turib kuzatayotgan Oyga o\u2018xshagan, na u tangrilar tutib turadigan, na tuban mayllar izmiga moyil, na muhabbat va nafrat yo\u2018rig\u2018iga yuradigan, na ishonch-e\u2019tiqodga va na xurofot-bid\u2019atga bog\u2018langan \u2013 har qanday ob\u2019yekt\u00addan xoli, ozod ong bo\u2018lishni xohlaydi. \u201cUliss\u201d bir nima demaydi, biroq shunga kirishadi: u ongini xalos qilishga <strong>15<\/strong>, yo\u2018lida uzoqdan ko\u2018rinib turgan nishondek maqsadga intiladi. Ehtimol, yangicha dunyoqarashning siri ham shundadirki, bu sirni anglab yetish kitobning 735 sahifasini to\u2018la-to\u2018kis qunt bilan o\u2018qigan kishiga emas, balki 735 kun mobaynida o\u2018zining olamini va o\u2018zining ruhiyati-yu mohiyatini Ulissning ko\u2018zi bilan kuzatgan kishiga nasib etar. Vaqtning bu bo\u2018lagi o\u2018zida simvolik mazmunni tashiydi \u2013 bu o\u2018sha, \u201czamon davomida, zamonlar va yorti-zamon\u201d da ro\u2018y beradigan hodisa, ya\u2019ni bu vaqt juda uzoq va shu qadar cheku chegarasizki, unda evrilish to\u2018la-to\u2018kis voqe bo\u2018ladi. Ongning xalos bo\u2018lishi gomerchasiga ro\u2018y beradi \u2013 Skilla va Xaribda\u00a0 oralig\u2018idagi tor bo\u2018g\u2018ozdan, ruh va olam Simplegadalari\u00a0 orasidan suzib o\u2018tayotgan g\u2018aroyib sabr-bardosh sohibi Odissey; Dublin Aidasida esa: hazrat Jon Konmi va Irlandiya vise-qiroli orasidan, Liffi bo\u2018ylab quyiga xuddi \u201cbuklab yasalgan qog\u2018oz qayiqchadek yengilgina tebranib, silkinib borayotir\u201d: \u201cElijah, skiff, light crumpled throwaway, saild eastward by flanks of ships and trawlers, amid an archipelago of corks beyond new Wapping street past Benoson\u2019s ferry, and by the threemasted schooner Roseven from Bridgewat er with bricks\u201d <strong>16<\/strong>.<\/p>\n<p>Ongning bu xalos bo\u2018lishi, shaxsning bu shaxssizlanishi \u2013 joysona Odisseyaning Itakasimi?<\/p>\n<p>Basharti olamda hammasi nochor ekan, demak aftidan, faqat bitta Men yashab qolgan va uning ismi Jeyms Joys. Biroq barcha omadsiz, baxtsiz, o\u2018z Menining soyasidek sudralib yurganlar orasidan bitta Men alohida ajralib turishini qayd etib bo\u2018ladimi? \u201cUliss\u201dda har qaysi personaj, albatta, hayotda aniq maqsadi yo\u2018qligi bilan boshqalaridan hecham qolishmaydi va ulardan birining o\u2018rniga boshqasini qo\u2018yib ham bo\u2018lmaydi; ularning har biri har jihatdan o\u2018ziga xos va, qolaversa, ularda mutlaqo o\u2018z Meni yo\u2018q, umuman, odamga xos bo\u2018lgan o\u2018tkir, sezgir his etish, idroklash tuyg\u2018usi yo\u2018q, o\u2018zak yo\u2018q, qaynoq qon bilan yuvib turiladigan ayni o\u2018sha Men oroli \u2013 yurak yo\u2018q, bu esa, aslida \u2013 eh! \u2013 juda kichik bo\u2018lsa-da, baribir hayot uchun nihoyatda zarur. Bu Dedallar, Blumlar, Xerrislar, Linchlar, ularni u yoqda qanday atashmasin, nima deb gapirishmasin, umumiy bir ro\u2018yoda \u2013 tushda aralashib, qo\u2018shilib-qorishib yuraveradilar, bu tushning esa ibtidosi ham, intihosi ham yo\u2018q, bu tush, faqat uni \u201cHech kim\u201d, allaqanday ko\u2018zga ko\u2018rinmas Odissey ko\u2018rishi-kuzatishi uchungina mavjud. Ularning birortasiga bu haqda biror narsa ma\u2019lum emas va shunga qaramay ularning bari yashayotir, chunki allaqanday iloh ularni yashashga undaydi. Bu hayot o\u2018zi shunday va undagi Joys yaratgan obrazlar hayotiy \u2013 vita somnium breve . Biroq ularning hammasini qamrab oladigan ayni o\u2018sha Men bir marta ham ko\u2018rinish bermaydi. U o\u2018zini hech bir narsada: na biror-bir fikr-o\u2018y, na nima bilandir ishtirok etib, na qandaydir antropomorfizm\u00a0 bilan namoyon etmaydi. Bu obrazlarning barchasining yaratuvchisi Menni topishning iloji yo\u2018q. U butunisicha \u201cUliss\u201dning behisob personajlariga qorishib ketgan, deb o\u2018ylash mumkin <strong>17<\/strong>. Va, baribir, aniq qilib aytganda, aynan shuning uchun ham hamma-hammasi, hatto asarning oxirgi bobiga kelganda tinish belgilarining yo\u2018qolishi \u2013 bu Joysning o\u2018zi. Uning xoli, ozod bo\u2018lgan, kuzatuvchan, birgina loqayd, e\u2019tiborsiz nigohi bilan 1904 yil 16 iyundagi voqealarning bemavrid o\u2018rin almashuvini qamrab olgan ongi; u yerda sodir bo\u2018layotganlarning bariga qarata aytishi joiz: Tat twam asi \u2013 bu sen \u2013 \u201csen\u201d yuksak ma\u2019noda, ya\u2019ni hech qanday Men emas, balki o\u2018ziga o\u2018zi murojaat etayotgan O\u2018zlik, zero, faqat O\u2018zlik bir zumda Men va Men emasni, jahannamni, yer qa\u2019rini, \u201cimagines et lares\u201d\u00a0 ni va koinotni mutab, qamrab oladi.<\/p>\n<p>Men \u201cUliss\u201dni o\u2018qiyotganimda har gal Vilxelm e\u2019lon qilgan yogning xitoycha tasviri ko\u2018z oldimga keladi, uning boshidan yigirma beshta figura chiqib turadi <strong>18<\/strong>. Bizning ko\u2018z o\u2018ngimizda yogning ruhiy holati namoyon bo\u2018ladi, bu holatida u bor kuchini o\u2018z Menidan xalos bo\u2018lishga yo\u2018naltirmoqda, maqsadi Mendan ko\u2018ra yanada mukammal, yanada ob\u2019yektiv \u2013 o\u2018sha O\u2018zlik holatiga o\u2018tish; \u201cOyning yolg\u2018iz turgandagi gardishi\u201dga o\u2018xshagan O\u2018zlik holati bu sat-chit-ananda holati bo\u2018lib, u baqo-fano birligining yuksak ko\u2018rinishini, Hindiston va Xitoyning bebaho donishmandligi va ming yillar sharaflangan najot topishning sharqona yo\u2018lining eng yuksak maqsadini anglatadi.<\/p>\n<p>\u201cQog\u2018ozni buklab yasalgan qayiqcha yengilgina tebranib, silkinib yeladi\u201d, Sharqqa suzadi. Bu qog\u2018oz qayiqcha \u201cUliss\u201dda uch marta ko\u2018rinadi va har gal Iliya bilan sirli tarzda bog\u2018langan bo\u2018ladi. Ikki marta: \u201cIliya! Iliya!\u201d, deya tantanali suratda e\u2019lon qilinadi. Va u, haqiqatdan ham, fohishaxona tasvirlangan sahnada paydo bo\u2018ladi va o\u2018sha joyda u amerikacha lahjada qog\u2018oz qayiqchaning sirini tushuntiradi:<\/p>\n<p>\u201cBoys, do it now. God\u2019s time is 12.25. Tell mother you\u2019ll be there. Rush your order and you play a slick ace. Join on right here! Book through to eternity junction, the nonstop run. Just one word more. Are you a god or doggone elod? If the second advent came to Coney Island are we ready? Florry <strong>19<\/strong> Christ, Stephen Christ, Zoe Christ, Bloom Christ, Kitty Christ, Lynch Christ, it\u2019s up to you to sense that cosmic force. Have we cold feet about the cosmos? No. Be on the side of the angels. Be a prism. You have that something within, the higher self. You can rub shoulders with a Jesus, a Gautama, an Ingersoll. Are you all in this vibration? I say you are. You once nobble that, congregation, and a buck joy ride to heaven becomes a back number. You got me? It s a life brightener, sure. The hottes stuff ever was. It s the whole pie with jam in. it\u2019s just the cutest snappiest Line out. It is immense, supersumptuous. It restores\u201d <strong>20<\/strong>.<\/p>\n<p>Bu yerda nima yuz bergani tushunarli: inson ongining xalos bo\u2018lishi va shu bilan bog\u2018liq tarzda uning \u201cilohiy\u201d ongga yaqinlashuvi (\u201cUliss\u201d qurilishining asosiy prinsipi va asarning yuksak badiiy yutug\u2018i shunda) fohishaxona ahmoqlari uchun mast-alast jahannamda iblisona tahqirga uchraydi, bu o\u2018rinda u haqdagi fikr an\u2019anaviy shartli iboralarda ifodalanadi. Cabr-bardoshli, ko\u2018p darbadar kezgan Uliss o\u2018zining tug\u2018ilgan oroliga yetib olishga, o\u2018zini topishga, asliga qaytishga intiladi, ayni paytda, romanning XVIII bobida aks ettirilganidek, u o\u2018zini to\u2018g\u2018ri yo\u2018llardan chalg\u2018itadigan narsalarga qarshi kurashdi va masxarabozlar olami \u2013 soxta tushunchalar, xom xayollar dunyosidan \u00ad\u2013 ularga uzoqdan turib nigoh tashlab va befarq, e\u2019tiborsiz qarab \u2013 o\u2018zini xalos qildi. Bu bilan u go\u2018yo qandaydir Iisus yoki qandaydir Budda bajargan amallarni bajaradi. Ya\u2019ni\u00a0 masxarabozlar olamidagi to\u2018siqlarni sabr-bardosh bilan yengib o\u2018tadi. Ziddiyatlardan xalos bo\u2018ladi, qolaversa aynan Faust bajargan ishni ham amalga oshiradi. Va \u201cUliss\u201dda voqealar Faustning yuksak ayollik ibtidosiga qorishib o\u2018zini topgani kabi boshlanadi. Bunda misis Blumga, Styuart Gilbert to\u2018g\u2018ri ta\u2019kidlaganidek, Yerdagi hayotga qaytayotgan kimsaning roli ravo ko\u2018riladi. Uning tinish belgilarisiz monolog tarzda\u00a0 gapirgan gaplari \u2013 so\u2018nggi so\u2018z ham ularga tegishli va haddan tashqari g\u2018ala-g\u2018ovurlardan so\u2018ng xotimaning ohangdor da\u2019vatini aytish unga tepadan marhamat qilindi.<\/p>\n<p>Uliss \u2013 Joysda o\u2018rnashgan iloh-ijodkor, haqiqiy demiurg , unga o\u2018zining ruhiy va jismoniy tabiati orqali dunyoviy ishlarga berilib, qiziqib ketishdan qutilish va bu dunyo munosabatlaridan o\u2018z ongini xalos etish nasib qildi. Uliss real, hayotda bor odam \u2013 u Joysga taalluqli, xuddi Faust Gyotega, Zardusht Nisshega taalluqli bo\u2018lganidek. Uliss bu yuksak ko\u2018rinishdagi o\u2018ziga xoslik, O\u2018zlik va bu O\u2018zlik tartibsiz, mantiqsiz dunyoviy o\u2018zaro bog\u2018liqliklarni bardosh berib yengib, o\u2018zining samoviy vataniga qaytadi. Kitobni to\u2018la o\u2018qib chiqib, siz unda hech qanday Ulissni topolmaysiz, kitobning o\u2018zi, Joysda yashayotgan mikrokosm\u00a0 sifatida, Ulissning o\u2018zi, uning o\u2018zlik olami va bir olam o\u2018zligining boshqasiga joylashgani. Ulissning qaytishi uning butun dunyoga, ham ruhiy, ham moddiy olamga butkul orqa o\u2018girishni tugatganda yakunlandi, deb hisoblash mumkin. \u201cUliss\u201dda olamning yanada teran manzaralari taqdim etilgan tasvirlar ham bordir, ehtimol. Bu 1904 yilning 16 iyuni, odatdagi zerikarli kunlarning biri, uning davomida mayda, cheklanib, aqli torligi, o\u2018zgarmasligi oqibatida fikri qotib qolgan odamlar gap sotishadi, bekorchi, tartibsiz, telba-teskari ishlarni\u00ad qilishadi va siz ro\u2018parangizda g\u2018ala-g\u2018ovur, xayoliy-xira, do\u2018zaxni eslatadigan manzarani ko\u2018rasiz, unda qochiriq-uchiriqlar ham, inkor ham, nafrat ham, bosirinqi tushga yoki maslinisa (qishni kuzatish bay\u00adrami)dagi ichkilik\u00adbozlikdan keyingi karaxtlikka, bosh og\u2018rig\u2018iga yoki ijodkor 1914 yil 1 avgustda taxminan his etishi lozim bo\u2018lgan narsaga o\u2018xshash dunyoga guvoh bo\u2018lasiz. Optimizm kuchaygandan so\u2018ng ijodning yettinchi kuniga kelib 1914 yil ham uning yaralishi, deb hisoblashi demurgga oson bo\u2018lgani dargumon. \u201cUliss\u201d 1914 yildan 1921 yilgacha yozilgan bu paytda dunyo haqida qandaydir ko\u2018tarinki ohangda o\u2018ylashga asoslar yo\u2018q edi va bu dunyoni mehr-muhabbat bilan quchishga biror-bir sabab ham yo\u2018q edi (ha, shundan keyin ham bunda hech narsa o\u2018zgarmadi). Shu boisdan ham hech qanday ajablanadigan joyi yo\u2018qki, san\u2019atkor botinida yashayotgan olam yaratuvchisi o\u2018z olamini salbiy planda loyqalantiradi va bu shu qadar salbiyki, shu qadar shakkoklarcha salbiyki, anglosakson mamlakatlarida syenzura san\u2019at uchun teng ko\u2018rilgan tasavvurlarga bu dunyoning nomutanosibligi qo\u2018zg\u2018aydigan janjallarning kuchayib ketishiga yo\u2018l qo\u2018ymaslikka o\u2018zini mas\u2019ul deb bildi va \u201cUliss\u201d hech qanday gap-so\u2018zsiz taqiqlandi! Noma\u2019lum demurg vatanini topishga takror intilayotgan Odisseyga shunday evrildi.<\/p>\n<p>Biz \u201cUliss\u201dda his-tuyg\u2018uni juda kam uchratamiz. Bu, shubhasiz, har qanday estet uchun o\u2018ta yoqimli bo\u2018lsa kerak. Biroq, faraz qilaylik, Ulissning ongi oyga o\u2018xshamagan, balki fikrlaydigan va his etadigan qandaydir Men bo\u2018lsa; bu holatda asarning 18 bob bo\u2018ylab bosib o\u2018tilgan uning yo\u2018li shunchaki zerikarli bo\u2018libgina qolmasdi, balki chinakam azob-uqubatga duchor etgan bo\u2018lardi va oqshom tushishi bilan bu dunyomizga xos va mos bo\u2018lgan g\u2018am-alam va ma\u2019nisizlikdan umidsizlik botqog\u2018iga botgan bizning darbadar baribir hayotning ibtido va intihosini belgilaydigan Ulug\u2018 Ona quchog\u2018iga qulab tushgan bo\u2018lardi. Ulissning beadabligi buyuk hamdardlikni, bu dunyoda mavjud bo\u2018lishning azob-uqubatlarini bekitadi, u yaxshi ham, chiroyli ham emas, bundan-da yomoni, unda boz ustiga hech qanday umid ham yo\u2018q. Negaki, u masxarabozlar o\u2018yinlari bilan odamlarni ovutgani kabi soatlar, oylar va yillar mobaynida uzluksiz davom etadigan oddiy, yakrang kunlardan tarkib topgan. Uliss o\u2018zining ongi bilan uni to\u2018ldirayotgan ob\u2019yekt o\u2018rtasidagi munosabatlarni uzib tashlashga jur\u2019at etdi. U o\u2018zini ro\u2018y berayotgan voqealarga aralashishga, hiyla-nayranglarga qo\u2018shilib ketishga va o\u2018zini unutib qo\u2018yishga majbur etadigan yo\u2018ldan xalos bo\u2018ldi. Shu boisdan vataniga qaytadigan holatga keldi. Va uning fikri, o\u2018y-xayoli shaxsiy kechinmalari bilan cheklangan, o\u2018zi bilan o\u2018zi band bo\u2018lib qolgan yolg\u2018iz odamniki emas, zero, ijod qilayotgan daho yolg\u2018iz bo\u2018lmaydi. Negaki unda ko\u2018pchilik mujassam va shu boisdan o\u2018z qalbi sukunatida u ko\u2018pchilik bilan gaplashadi, ko\u2018pchilik uchun u alohida tanlangan san\u2019atkorgagina taalluqli bo\u2018lgan darajada mazmun va taqdir sanaladi.<\/p>\n<p>Endi menga kitobning dastlab salbiy, \u201csovuqqon\u201d, tumtaroqli-siyqa, mubolag\u2018ali, shaytoniy bo\u2018lib tuyulgan o\u2018rinlari tobora uning ijobiy yutuqlari bo\u2018lib ko\u2018rinayotir va buning uchun undan minnatdor bo\u2018lish kerak. Juda og\u2018ir diqqatbozlikka sabab bo\u2018ladigan va o\u2018ta zerikarli bir xil ohangga qorishgan, biroq ayni paytda bu kitobning yuksak darajada boy, million qirrali tili, undagi uzundan-uzun, birining ketidan biri ulanib ketgan epizodlar epikligiga ko\u2018ra g\u2018oyatda qoyilmaqomki, bu chindan ham ma\u2019nisiz, maqsadsiz dunyo inqirozini o\u2018ziga qamrab olgan Mahobhoratga va hammasi \u2212 odam hayotida ro\u2018y beradigan jamiki narsa-hodisalar shaytonning o\u2018yinqaroq qiliqlariga o\u2018xshaydi. \u201cFrom drains, clefts, cesspods, middens arise on all sides stagnant fumes\u201d <strong>21<\/strong>. Va har qanday diniy g\u2018oya, u qanchalik yuksak va nihoyatda tushunarli bo\u2018lmasin, ushbu kufrona buzg\u2018unchilik botqog\u2018ida xuddi tushdagidek, aniq-tiniq aks etadi. (Alferd Kubinning \u201cBoshqa taraf\u201d asari voqealari katta shaharda ro\u2018y beradigan \u201cUliss\u201dning qishloqlik qarindoshidir.)<\/p>\n<p>Bunga men ham qo\u2018shilgan bo\u2018lardim, chunki bu yerda nima bor bo\u2018lsa, bori shu. Qolaversa, skatologiya da esxatologiya ning paydo bo\u2018lishi Tertullianning haqiqati \u2212 \u201cAnita naturaliter christiana\u201d ni tasdiqlaydi. Uliss o\u2018zini marhamatli dajjol sifatida ko\u2018rsatadi va bu bilan o\u2018zining katolik xristianlik qo\u2018rg\u2018oni mustahkamligini tasdiqlaydi. Ro\u2018paramizdagi shunchaki xristian emas, balki bu yerda yanada faxrliroq unvonlar ham bor: buddaviy, shivait, gnostik (\u201cWith a voice of waves.)\u2026 White yoghin of Gods. Occult pomander of Hermes Trismegistos. (With a voice of whistling seawind) Punarjanam patsypunjaub! I won\u2019t have my leg pulled. It has been said by one: beware the left, the cult of Shakti. (With a cry of stormbirds). Shakti, Shiva! Dark hidden Father\u2026 Aum! Baum! Pyjaum! I am the light of the homestead, I am the dreamery creamery butter\u201d <strong>22<\/strong>.<\/p>\n<p>Hatto kir o\u2018raning tubida ham yo\u2018qolmagan Inson ruhining yuksak va o\u2018ta qadimiy boyligi \u2013 bu mehr-shafqat qo\u2018zg\u2018amaydimi, bu teran mazmun kasb etmaydimi? Bu yerda ruhning bir tuynugi yo\u2018qki, u orqali spiritus divinus\u00a0 oxir-oqibat nopok va badbo\u2018y olamga o\u2018zining hayotini ufura olsa. Bid\u2019atchilarga mansub jamiki egri yo\u2018llarning otasi qadimgi Germes to\u2018g\u2018ri aytgan: \u201cTepada qandoq bo\u2018lsa, pastda ham xuddi shunday\u201d. Stiven Dedal, havo stixiyasining bu qushsifat odami yerda yig\u2018ilib qolgan badbo\u2018y balchiqqa botib-belanib qolganki, shoyad Oliy Qudrat tomon yorqin osmon kengliklari uzra erkin parvoz etishga chog\u2018lansa va bu Qudratga qovushsa-da, yana quyiga qayta olsa. \u201cVa agar men dunyoning eng chetiga yugursaydim, unda&#8230;\u201d \u2013 unda, Uliss davom etib deydiki, bu Xudoga shak keltirish shakkoklikning kuchli dalili bo\u2018lgan bo\u2018lardi <strong>23<\/strong>. Yoki, mana, undan-da yaxshisi: Blum, yo\u2018ldan ozgan bu shahvatparast, ayg\u2018oqchi va vaysaqi, qulog\u2018igacha loyga botgan kimsa, hali o\u2018zi bilan hech qachon ro\u2018y bermagan holatni kechiradi: o\u2018zida Xudoodamni namoyon etgan qiyofasining mo\u02bbjizali o\u2018zgarishini boshidan o\u2018tkazadi. Xushxabarda aytiladi: osmon gumbazidan azaliy nishonalar yo\u2018qolgan paytda ularni yerda, qo\u2018ziqorinlarni izlab, tuproqni kovlab yurgan cho\u2018chqalar topib oladi, chunki ularni tepada qanday bo\u2018lsa, pastda ham xuddi shunday abadiy va qat\u2019iy belgilangan, faqat Xudo la\u2019natlagan ilmiliq o\u2018rtaliqdan hech qachon topib bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>Uliss mutlaqo xolis va o\u2018ta rostgo\u2018yki, unga ishonsa bo\u2018ladi. Uning olam va ruh qudrat hamda ojizligi haqida guvoh bo\u2018lganlariga ishonsangiz adashmaysiz. Ulissning o\u2018zi ularning mohiyatidir, hayoti va voqeligidir, ruh va olamning haqiqiy fantasmagoriyasi, jamiki bu \u201cMen\u201d va \u201cU\u201d uning o\u2018zida mujassam va uning o\u2018zida amal qiladi. Shu munosabat bilan men janob Joysga quyidagi savolni berishni xohlardim: \u201cO\u2018zingiz sezdingizmi, Siz o\u2018zingiz Ulissning namoyishi, tafakkuri, balki ehtimol g\u2018oyalarining butun bir majmui hisoblanasiz? Boshqacha aytganda, Siz tushundingizmi, Uliss xuddi yuzta ko\u2018zli Argusdek bir yo\u2018la hamma yoqqa qaraydi, o\u2018zining olam va g\u2018ayriolam haqidagi fikr-o\u2018ylarini Sizga uzatadiki, toki Sizning boshingizda ob\u2019yektlar bo\u2018lsin va ular vositasida Sizning Meningiz o\u2018z-o\u2018zini anglab yetsin?\u201d Bilmadim, bu savollarimga muhtaram muallif qanday javob bergan bo\u2018lardi. Qolaversa, bu meni umuman tashvishlantirmasligi kerak, modomiki, men metafizika masalalarini mustaqil yechmoqchi ekanman. Muallif jahon tarixining makro-xaos-kosmosidan 1904 yil 16 iyun Dublini mikrokosmini qarmoqqa baliqni ilintirgandek mohirlik bilan qo\u2018lga kiritganini, alohida xolis makonga joylashtirganini, unga ishlov berganini kuzatganingda \u201cUliss\u201d taajjublanarli savollar tug\u2018diradi; muallif bu mikrokosmning ham jozibali va ham jirkanch tomonlarini mutlaqo betaraf kuzatuvchidek so\u2018z yuritib, hayratlanarli darajada sinchkovlik bilan tasvirlaydi. Mana ko\u2018chalar, mana uylar, mana juftlar sayr qilib yurishibdi. Mana bu esa haqiqiy Blum janoblari o\u2018zining reklama biznesi bilan band, haqiqiy Stiven esa o\u2018zining aforizmdan iborat falsafasi bilan mashg\u2018ul. Mabodo Dublin ko\u2018chalarining qaysi bir muyulishida janob Joysning o\u2018zi uchrab qolsa, bunday holga ham ehtimoldan xoli deb qarab bo\u2018lmaydi. Shunday bo\u2018lishi ham mumkinmi? U, axir, xuddi Blum janoblaridek bor odam, shu bois uni ham qarmoqqa ilintirish, ishlov berish va tasvirlash mumkin bo\u2018ladi (misol uchun, \u201cMusavvirning yoshlikdagi shamoyili\u201dda qilinganidek).<\/p>\n<p>Xo\u2018sh, Uliss o\u2018zi kim? U, ko\u2018rinishidan, birga qo\u2018shilganda hosil bo\u2018ladigan narsa, butun \u201cUliss\u201dning alohida personajlari jami: Blum va Stiven janoblari, Blum xonim va, albatta, janob Jeyms Joys birikuvidan vujudga kelgan timsol, xolos. E\u2019tibor qarataylik: bizning ko\u2018z o\u2018ngimizda nafaqat ma\u2019nisiz jamoaviy ruhni va son-sanog\u2018i yo\u2018q mijg\u2018ov, o\u2018zaro chiqisholmaydigan individual jonlarnigina emas, balki uylarni, uzun ko\u2018chalarni, cherkovlarni, Liffini, dengiz tomon suzib ketayotgan buklangan qog\u2018oz varag\u2018ini o\u2018zida mujassam qilgan mavjudot turibdi \u2013 maxluq bo\u2018lsa-da, olamni idrok etadigan va o\u2018zida gavdalantiradigan ong ato etilgan zot. Bu tasavvurga sig\u2018maydigan zot shunchaki oldi-qochdi gap\u00adlarni rad etadi, negaki baribir bu yerda hech narsani isbotlab bo\u2018lmaydi va taxminu farazlar bilan cheklanishga to\u2018g\u2018ri keladi. Tan olib aytishim kerak, mening nazarimda Uliss ulkan O\u2018ziga xoslik bo\u2018lishi bilan birga, muayyan ma\u2019noda muallif ishlov bergan, moslagan, barcha ob\u2019yektlarga birdek taalluqli, bu mavjudot, agar u janob Blum bo\u2018lganida yoki bosmaxona yo buklangan qog\u2018oz varag\u2018i bo\u2018lganida ham o\u2018zini aynan shunday tutgan bo\u2018lardi, aslida esa o\u2018z ob\u2019yektlarining \u201cqorong\u2018iga berkingan ota\u00adsi\u201d sanaladi. \u201cMen qurbonlikka atalganman va qurbon qilinganman\u201d; bu tubanlikda yashaydiganlar tilida shuni anglatadi: \u201cI am the light of the homestead, I am the dreamery creamery butter\u201d . U o\u2018griladi, oshiqona og\u2018ushini ochib, butun olamga yuzini tutadi \u2013 va barcha bog\u2018lar gullab ketadi: \u201cO and the sea\u2026 crimson sometimes like fire and the glorious sunsets and the figtrees in the Alameda gardens yes and all the queer little stress and pink and blue and yellow houses and the rosegardens and the Jessamine and geraniums and cactuses\u2026\u201d, u teskari o\u2018giriladi undan \u2013 va shavqsiz zerikarli kunlar g\u2018izillab o\u2018taveradi \u2013 \u201clabitur et labetur in omnevolubilisaevum\u201d <strong>24<\/strong>.<\/p>\n<p>Avval boshda demurg o\u2018zining manmanligiga borib olamni yaratdi va bu unga bekamu ko\u2018st tuyuldi; biroq u tepaga qaraganida o\u2018zi yaratmagan nurni ko\u2018rib qoldi. Va shunda u o\u2018sha yoqqa, vatani bo\u2018lgan joyga qaytdi. Ana shu lahzada esa, uning mardona ijodiy irodasi ayol rozi-rizoligiga evrildi va u tan olishi kerak edi:<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><em><strong>Bu yerda tanho<\/strong><\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><em><strong>Hosildir maqsad.<\/strong><\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><em><strong>Bunda \u2013 haqiqat!<\/strong><\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><em><strong>Bizni har zamon<\/strong><\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><em><strong>Mangu nazokat<\/strong><\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><em><strong>Tortar ul tomon .<\/strong><\/em><\/p>\n<p>Kesik shisha ostida chuqur pastlikda yastanib yotgan Irlandiyada, Dub\u00adlinda, Ekklz-strit, 7da 1904 yil 17 iyunda sahar pallasi soat ikkida karavotda yotib, Blum xonim uyqusiragan ovozda gapirdi: \u201cO and the sea the sea crimson sometimes like fire and the glorious sunsets and the figtrees in the Alameda gardens yes and all the queer little stress and pink and blue and yellow houses and the rosegardens and the Jessamine and geraniums and cactuses and Gibraltar as a girl where I was a Flower of the mountain yes when I put the rose in my hair like the Andalusian girls used or shall I wear a red yes and how he kissed me under the Moorish wall and I thought well as well him as another and then I asked him with my eyes to ask again yes and then he asked me would I yes to say yes my mountain flower and first I put my arms around him eyes and drew him down to me so he could feel my breasts all perfume yes and his heart was going like mad and yes. I said yes I will Yes\u201d <strong>25<\/strong>.<\/p>\n<p>O, \u201cUliss\u201d, sen chindan ham ob\u2019yekt ga ishonadigan, ob\u2019yektni la\u2019natlaydigan rangpar mayda odam uchun Xudo yorlaqagan kitobsan! Sen \u2013 chiniqtiradigan ruhiy-ma\u2019naviy mashqlarsan, askezasan , ichdan g\u2018ayrat, kuchlanishga to\u2018la rasm-rusum, marosimsan, afsungarona tomoshasan, o\u2018n sakkizta ketma-ket qo\u2018yib qo\u2018yilgan retortsan , ularda kislotalar, og\u2018uli bug\u2018lar, sovutish va qizdirishlar yordamida yangicha dunyoviy ong gomunkulusi\u00a0 chiqadi.<\/p>\n<p>Sen jimsan, ma\u2019lummas, sen bir nima deyishni istaysanmi, o, Uliss, biroq sen harakatdasan. Endi Penelopaga bitmas-tuganmas choyshab to\u2018qishning keragi yo\u2018q, endi u yerdagi bog\u2018larda sayr qilib yuribdi, negaki shuncha sayyohatlardan so\u2018ng uning eri uyga qaytdi. Allaqanday olam quladi va tag\u2018in qad rostlaydi.<\/p>\n<p>Qo\u2018shimcha: Endi \u201cUliss\u201d mutolaasi shitob bilan davom etayotir.<\/p>\n<p><strong>Ilova<\/strong><\/p>\n<p>[Yuqoridagi maqolaning yuzaga kelish tarixi qiziqish uyg\u2018otadi, negaki u turli chiqishlarda har xil talqin etiladi. Nisbatan ishonchliroq fikr quyida 1 raqami ostida taqdim etilmoqda.<\/p>\n<p>1) Yung maqolada yo\u2018l-yo\u2018lakay uni yozishga bir noshirning undan Joys va yana \u201cUliss\u201d haqida fikrini so\u2018raganini qayd etadi. Bu o\u2018rinda gap 1927 yili \u201cUliss\u201dning (2- va 3-nashrlari 1930 yili chiqqan) nemis tiliga tarjimasi chop etilgan \u201cRhein-Verlag\u201d (Syurix) nashriyotni bir muddat boshqargan doktor Deniyel Broudi haqida borayotir. Doktor Broudining aytishicha, u 1930 yili Myunxenda Yungning \u201cShoir psixologiyasi\u201d mavzusiga bag\u2018ishlangan ma\u2019ruzasini tinglangan. (Bu, ehtimol, \u201cPsixologiya va poetik ijod\u201d asarining ilk nusxasidir.) Keyinchalik doktor Broudi bu ma\u2019ruza xususida Yung bilan suhbatlashganida, garchi ismini tilga olmagan bo\u2018lsa-da, Yung aynan Joysni nazarda tutib gapirganini Broudi aniq tasavvur qilgan. Yung bu fikrga e\u2019tiroz bildirgan, biroq Joys o\u2018zi uchun haqiqatan ham qiziqarli ekanini va \u201cUliss\u201ddan bir bobni o\u2018qiganini aytgan. Bunga javoban doktor Broudi \u201cRhein-Verlag\u201d nashriyoti yangi adabiy jurnal chiqarmoqchi bo\u2018layotganini va uning birinchi soniga Yung Joys haqida maqola yozib bersa xursand bo\u2018lishini aytadi. Yung taklifni qabul qiladi va taxminan bir oy o\u2018tib maqolani doktor Broudiga topshiradi. Doktor Broudining ta\u2019kidlashicha, Yung Joysga va \u201cUliss\u201dga prinsipda aynan bir xil klinik hodisa sifatida\u00a0 qaragan va ayni paytda yozuvchiga ham, asarga ham o\u2018ta tanqidiy munosabatda bo\u2018lgan. Xullas,\u00a0 Broudi Yungning maqolasini Joysga yuboradi, Joys telegraf orqali \u201cPastroqqa osilsin\u201d, deb javob qiladi, ya\u2019ni ko\u2018chma ma\u2019noda: \u201cBosmadan chiqqandan keyin ko\u2018rsating\u201d deydi (Joys bu o\u2018rinda Buyuk Fridrixning iborasini so\u2018zma-so\u2018z qo\u2018llaydi: Buyuk Frid\u00adrix o\u2018zi tanqid qilingan bir plakatni, hammaning ko\u2018zi tushishi uchun, pastroqqa ilib qo\u2018yishni buyurgan). Joysning do\u2018stlari, jumladan, Styuart Gilbert ham Broudiga, garchi Yungning o\u2018zi boshqacha fikrda bo\u2018lsa-da, maqolani chiqarmaslikni maslahat beradi. Bu paytga kelib Germaniyada siyosiy vaziyat keskinlashadi, shu boisdan \u201cRhein-Verlag\u201d nashriyoti jurnal chiqarishdan voz kechadi va doktor Broudi maqolani Yungga qaytarib beradi. Keyinchalik Yung o\u2018zining essesini qayta ishlaydi (asosan keskin fikrlarni yumshatadi) va shundan so\u2018ng \u201cYevropaische Revue\u201dda e\u2019lon qiladi. Asarning ilk nusxasi bosilmay qolib ketadi.<\/p>\n<p>Bu xulosalarga, bir tomondan, \u201cUliss\u201dning anglo-amerikalik noshirlariga doktor Broudining aytgan gaplari, boshqa tarafdan \u2013 professor Richard Ellman xatining mazmuni asos bo\u2018ladi; xatida u doktor Broudidan aynan shunday ma\u2019lumotlar olgani haqida yozgan.<\/p>\n<p>2) Richard Ellman \u201cJames Joyce\u201d nomli kitobining ilk nashrida (1959, p.64) Broudi Yungdan \u201cUliss\u201dning nemis tilidagi uchinchi nashriga (1930 yil oxiri) so\u2018zboshi yozib berishni so\u2018raganini qayd etgan. Patritsiya Xatchinz \u201cJames Joyce, World\u201d nomli kitobida (1957 yil, p.182) Yungning bir intervyuda aytgan quyidagi gaplarini keltiradi: \u201cO\u2018ttizinchi yillarda mendan \u201cUliss\u201dning\u00a0 nemischa nashriga so\u2018zboshi yozib berishni so\u2018rashgan edi, biroq bu ish uncha yurishmadi. Keyinroq men tayyor bo\u2018lgan maqolani kitoblarimning birida bostirdim. Meni Joys asarining adabiy jihatlari qiziqtirgani yo\u2018q, balki o\u2018zimning kasbimga taalluqli jihatlari e\u2019tiborimni tortdi. Ana shu nuqtai nazardan \u201cUliss\u201d men uchun yuksak darajadagi qimmatli hujjat bo\u2018ldi\u2026\u201d.<\/p>\n<p>3) Joys 1930 yil 27 sentyabrda Parijdan Xarriyet Shou Uiverga yo\u2018llagan xatida shunday yozadi: \u201cYungdan \u201cRheih-Verlag\u201d\u00a0 nashriyoti Gilbert kitobining nemischa nashriga so\u2018zboshi yozib berishni so\u2018rab murojaat qilibdi. Yung asar matnini batafsil tekshirib va menga keskin tanqidlar yog\u2018dirib maqola yozibdi\u2026 bundan ular qattiq hayajonga tushibdi, biroq men maqolaning zoye ketishini xohlamasdim\u2026\u201d (Letters, hg. von Stuapt Gilbert, p.294). \u201cRhein-Verlag\u201d nashriyoti nemis tilida \u201cJames Joyce\u2019s \u201cUlysses\u201d: A Study\u201d kitobini \u201cDas Ratsel Ulysses\u201d (1932) deb nomlab chop etadi. Shu munosabat bilan Styuart Gilbert noshirlarga shunday yozadi: \u201cYungning \u201cUliss\u201d haqida yozgan asari haqidagi mening xotiralarim noto\u2018g\u2018ri deb qo\u2018rqaman, shunga qaramay \u2026 men har qalay aminmanki, Yungga \u201cUliss\u201dning qaysidir bir nemischa nashri uchun emas, balki mening bu asar haqidagi kitobimda taqdim etgan jumboqli gaplarimni izohlab maqola yozib berishini so\u2018rashgan\u201d. Va nihoyat professor Ellman bir xatida qayd etadi: \u201cMening taxminimcha, Yung bilan olib borilgan muzokaralar mobaynida uning maqolasini Gilbert kitobiga so\u2018zboshi sifatida ishlatish imkoniyati nazarda tutilgan, bu Broudi tomonidan taklif etilganmi yoki Joys tomonidanmi \u2013 buning farqi yo\u2018q\u201d.<\/p>\n<p>Yung qayta ishlagan maqolasining nusxasini Joysga quyidagi xat bilan qo\u2018shib jo\u2018natadi:<\/p>\n<p>\u201cSizning \u201cUliss\u201dingiz dunyoga shunday bir murakkab psixologik vazifani yukladiki, psixologiya sohasida e\u2019tibor qozongan, desa bo\u2018ladigan menday bir obro\u2018li odamga ushbu masalada bir necha bor murojaat qilishdi.<\/p>\n<p>\u201cUliss\u201d xuddi tosh yong\u2018oqdek tish o\u2018tmaydigan narsa bo\u2018lib chiqdi va meni nafaqat o\u2018zim odatlanmagan zo\u2018riqishlarga majbur qildi, ayni paytda, ancha-muncha g\u2018alati sargardonliklarga ham duchor etdi. Umuman olganda, Sizning kitobingiz men uchun zo\u2018r g\u2018ayrat qo\u2018zg\u2018aydigan manbaga aylandi va toki o\u2018zimni muallif o\u2018rniga qo\u2018ya olishimni his etgunimga qadar menga qariyb uch yil kerak bo\u2018ldi. Shunga qaramay Sizga aytishim joizki, men Sizning o\u2018zingizdan ham, Sizning bu mahobatli ishingizdan ham juda-juda minnatdorman, negaki, men ko\u2018p narsaga ega bo\u2018ldim. Men, to\u2018g\u2018risi, bundan huzur-halovat tuydim, zavqlandim deb hech qachon to\u2018la ishonch bilan ayta olmayman, negaki mendan bu jarayonda juda ko\u2018p asab va haddan ziyod aqliy mehnat talab etildi. Qolaversa, mening \u201cUliss\u201d haqida yozganim Sizga yoqdimi, yo\u2018qmi \u00ad\u2013 buni ham ishonch bilan aytolmayman, negaki men o\u2018zimning qanchalik zerikkanimni, qanchalik nolinganimni, qanday so\u2018kinganlarim va qanchalar xursand bo\u2018lganimni bu olamga oshkor etmay ilojim yo\u2018q edi. Asarning so\u2018nggi 40 sahifasi \u00ad\u00ad\u2013 uni men bir nafasda o\u2018qidim \u00ad\u2013 bu psixologiyaning chinakam durlari shodasi. Meningcha, ayollarning asl psixologiyasi qanday ekanini biror-bir jonzot tushunmaydi; menga, har qalay, ushbu kitobni o\u2018qigunimcha bu borada juda kam narsa ma\u2019lum edi.<\/p>\n<p>Xullas, bir chetda yurgan, Sizning \u201cUliss\u201dingizning chalkash, egri-bugri ko\u2018chalarida sarson-sargardon kezgan va bir amallab undan chiqib olgan odamning tirishib-tirmashib yozgani \u00ad\u2013 mening ushbu kichkina asarimni ko\u2018zdan kechirishingizni\u00a0 istardim. Har holda, mening maqolamni o\u2018qisangiz vazmin, mulohazali odam sifatida nazarga tushgan bir ruhshunosni \u201cUliss\u201d qay ahvolga solganiga ishonch hosil qilishingiz mumkin.<\/p>\n<p>Qadrli Joys janoblari, Sizga bo\u2018lgan yuksak hurmatim va e\u2019tirofimni izhor etib qolaman, Sizga hamisha sadoqatli<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>K.G.Yung\u201d<\/strong><\/p>\n<p>\u201cUliss\u201dning Yung foydalangan nusxasi titul varag\u2018iga Joysning qo\u2018li bilan inglizchada shunday yozilgan: \u201cD-r K.G.Yungga, uning ko\u2018magi va maslahatlari uchun minnatdorlik bildirib Jeyms Joys, 1934 yil Rojdestvo, Syurix\u201d. Bu, chamasi, maqolasini yozish jarayonida Yung foydalangan o\u2018sha kitob nusxasi, chunki unda matndan olingan ayrim iqtiboslar qalam bilan belgilangan.]<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Izohlar:<\/strong><\/p>\n<p>1. Bu esse dastlab \u201cEuropaische Pevue\u201d VIIIda (Berlin, September, 1932), keyin S.G.Jung, Wurklicheit der Seele kitobida bosilgan. Yung \u201cUliss\u201dning o\u2018ninchi nashridan iqtiboslar olgan, garchi asar unga 1922 yili chop etilgan birinchi nashridan ma\u2019lum bo\u2018lgan bo\u2018lsa-da. O\u2018ninchi inglizcha nashr. Paris, 1928.<\/p>\n<p>2. Joysning o\u2018zi bu haqda shunday deydi: \u201cBiz, o\u2018zimizning barcha atomlarimiz va \u201cagar\u201dlarimiz bilan kelamiz, qo\u2018limizni tekizamiz va ketamiz, xolos, biroq bundan-da ishonchlirog\u2018i shuki, biz, uchlarning yo\u2018qligi bois, uchini uchiga yetkazmaslikka buyurilganmiz\u201d. (Work in Progress, in: transition [Paris]).<\/p>\n<p>3. Kurtius (James Joyce und sein Ulysses, Zurich, 1929) \u201cUliss\u201dni \u201cshaytoniy kitob&#8230; Bu Dajjolning ishi\u201d deydi.<\/p>\n<p>4. \u201cO\u2018ziga xos metafizik nigilizm \u2013 mana Joys ishining mohiyati\u201d (Curtius, 1. c., p. 60 f.).<\/p>\n<p>5. Menga juda kuchli ta\u2019sir qilgan afsunli so\u2018zlar bir yuz o\u2018ttiz to\u2018rtinchi betning oxiri \u2013 bir yuz o\u2018ttiz beshinchi betning boshida edi. Mana ular: \u201c&#8230;bu marmarda qotgan muzika, inson shaklidagi ilohiy, muguzdor hamda qo\u2018rqinchli tosh haykal, bu donishmandlik va bashoratning yashashga munosib o\u2018lmas timsoli, bu ruhoniy qayta bino qiluvchi hamda qayta bino qilingan haykaltarosh qo\u2018li bilan marmardan yaratilgan tasavvur qudrati bilan limmo-lim mangulik\u201d. Shu joyga kelganda men ko\u2018zim ilinayotganini his qildim va keyingi sahifani varaqlab duch kelgan joyidan o\u2018qidim: \u201c&#8230;keyin o\u2018ktam er yetildi, janglarda mohir \u2013 ke\u00adyin toshmuguz, tosh soqol, sangdillik\u201d. [Izohlarda \u201cUliss\u201ddan keltirilgan ushbu va keyingi iqtiboslar tarjimasi Ibrohim G\u02bbafurov tarjimasida chop etilgan \u201cUliss sarguzashtlari\u201d (\u201cO\u2018zbekiston\u201d nashriyoti, 2013) kitobidan olindi \u2013 tarj.] Bu o\u2018rinda so\u2018z Misr kuch-qudratidan hayiqmagan Moisey haqida bormoqda. Ayni shu so\u2018zlarda mening idrokimni so\u2018ndirgan na\u2019sha bor edi, negaki bu so\u2018zlar men hali anglab ulgurmagan fikrlarni harakatga keltirdi, ongim ularning harakatiga faqat xalal berardi. Keyinchalik menga ayon bo\u2018ldiki, o\u2018sha daqiqalarda mening botinimda ilk marotaba muallifning pozisiyasini, va shunga muvofiq tarzda, uning kitobini o\u2018ziga bo\u2018ysundirib olgan niyatni tushunishga moyil kuchsiz uyg\u2018onish yuz berdi.<\/p>\n<p>6. Ro\u2018y berayotgan voqealarga bunday astoydil izchil munosabat Work in Progressda aks etgan. Karola Gideon-Velker topib aytganidek, \u201cbizning oldimizda takror va takror o\u2018ziga qaytayotgan o\u2018sha g\u2018oyalar namoyon bo\u2018ladi; shuningdek, ularning qobig\u2018igina qayta-qayta o\u2018zgaradi hamda mutlaqo noreal muhitda paydo bo\u2018ladiki, bu muhitda bir yo\u2018la barcha zamonlar va makonlar mujassam\u201d (Neul Schweirer Rundschau [Zurich, 1929, p.666]).<\/p>\n<p>7. Jane psixologiyasida bu fenomen \u201cabaissement du niveau mental\u201d (\u201caqliy faoliyat darajasining pasayishi\u201d) deb ataladi va bu holatda ruhiy xastalarda beixtiyor, Joysda esa hissiy aniqlik darajasiga to\u2018g\u2018ri yo\u2018naltirilgan kuchlanish natijasida, odatda faqat uyquga cho\u2018mgan kishidagina jonlanadigan turli-tuman manzaralar va mubolag\u2018ali g\u2018alatilik yuzaga keladi; shu bilan birga \u201cfonction de reel\u201dning, ya\u2019ni bedorlik chog\u2018idagi holatga xos bo\u2018lgan idrokning o\u2018chib qolishi ro\u2018y beradi. Buning oqibatida ruhiy va nutqiy avtomatizmlarning ustunligi kuchayadi, xulq-atvorda, muomalada tamoman befarqlik, loqaydlik kuzatiladi.<\/p>\n<p>8. Meningcha, Styuart Gilbert (Das Patsel Ulysses, Zurich, 1932) haq, zero, u asarning har bir bobi u yoki bu ichki a\u2019zoning yoki his qilish a\u2019zosining, masalan, buyrak, yurak, o\u2018pkalar, oshqozon, miya, qon, quloq, mushaklar, ko\u2018z, quloq, bachadon, asablar, suyaklarning va badanning kuchli ta\u2019siri pozisiyasidan turib yozilgan, degan fikrga asoslangan. Ichki a\u2019zolarning ustun darajadagi ta\u2019siri misoli leytmotivdek. Yuqorida aytilgan, ya\u2019ni fikrlaydigan ichki a\u2019zolar haqidagi fikr-mulohazalarimni men dastlab 1930 yildayoq yozib qo\u2018ygandim. Gilbert ham pirovard natijada shunday to\u2018xtamga kelgani men uchun ushbu psixologik faktning qimmatli tasdig\u2018i hisoblanadi, chunki \u201caqliy faoliyat darajasining pasayishi\u201d holatida Vernik aniqlik kiritgan \u201cichki a\u2019zolar vakillari\u201d faoliyatining o\u2018rni bor.<\/p>\n<p>9. \u201cU ong oqimini na mantiqan, na axloqan tartibga solmay, aslida qanday bo\u2018lsa shundayligicha aks ettiradi\u201d (Curtius, 1c., p.30).<\/p>\n<p>10. \u201cHatto ahmoqlar ham adashishi mumkin bo\u2018lmagan to\u2018g\u2018ri yo\u2018l\u201d(lot.).<\/p>\n<p>11. \u201cMuallif kitobini o\u2018quvchi tushunishini yengillashtirishi mumkin bo\u2018lgan barcha narsadan qochgan\u201d (Curtius, 1.c., p.8).<\/p>\n<p>12. Qarang: Curtius, 1.c., 25 ff.; Gilbert, 1.c.<\/p>\n<p>13. Shu munosabat bilan Gilbert \u201cchinakam mehribonlik tuyg\u2018usi oldindan, ataylab o\u2018ldirilgani\u201d haqida so\u2018z yuritadi (Gilbert, 1.c., p.12).<\/p>\n<p>14. \u201cKosmosga, ta\u2019bir joiz bo\u2018lsa, xudoning ko\u2018zi bilan qarash\u201d. Gilbert, 1.c., p. 406.<\/p>\n<p>15. Gilbert ham ongning bu tarzda xalos bo\u2018lishiga ishora qiladi. U shunday yozadi (r.11): \u201cQuvonchli xaloskorlikning amalga oshishi yozuvchining kayfiyatini belgilaydi&#8230;\u201d \u201c(menga esa uning \u201cquvonchli\u201d ekani shubhali tuyuladi). \u201cBarcha faktlar, ular ma\u2019naviymi, moddiymi, ko\u2018tarinkimi yoki kulgiga loyiqmi, san\u2019atkor uchun birday qimmatli&#8230; Bu xaloskorlik aynan tabiatning o\u2018z yaratiqlariga beparvo munosabati kabi, aftidan, \u201cUliss\u201d \u201crealizmi\u201d sabablaridan biri hisoblanadi\u201d (r.12) (Gilbert, 1.c.).<\/p>\n<p>16. \u201cG\u02bbijimlangan yengilgina qog\u2018oz qayiqcha, Ilyos kelur, katta-kichik kemalar yonlaridan bir dunyo po\u2018kaklar ichra suzib borar, Nyu-Vopping-stritdan o\u2018tib, Benson paromi va Brijuoterdan g\u2018isht ortib kelayotgan uch machtali \u201cRouzvin\u201d shxunasi bilan birga sharq tomonga intilardi\u201d (J.Joys, \u201cUliss sarguzashtlari\u201d, Toshkent, \u201cO\u2018zbekiston\u201d nashriyoti, 2013, 336-bet).<\/p>\n<p>17. Mana Joysning o\u2018zi nima deydi: (\u201cMusavvirning yoshlikdagi shamoyili\u201d): \u201cSan\u2019atkor yaratuvchi-san\u2019atkor kabi botinda, ortda, tepada yoki o\u2018z yaratganining tashida qoladi, o\u2018ta noziklashadi, sezilmaydigan darajaga keladi\u201d (J.Joys, \u201cMusavvirning yoshlikdagi shamoyili\u201d, Toshkent, \u201cAkademnashr\u201d nashriyoti, 2014, 199-bet, Ahmad Otaboy tarjimasi).<\/p>\n<p>18. Wilheim und Jun, Das Geheimnis der Goldenen Blute.<\/p>\n<p>19. Florri, Zoya, Kitti \u2013 bu uchchalasi fohishaxonaning fohishalari, qolganlari \u2013 Stivenning yo\u2018ldoshlari.<\/p>\n<p>20. \u201cBolakaylar, ayni vaqti bo\u2018ldi. Xudoyimning soati \u2013 rosa 12.25. Oyingga ayt, o\u2018sha yerda bo\u2018lishingni. Tez ishni bajar va marra seniki. Mangulik \u2013 Saralashgacha to\u2018g\u2018ri ekspressga ol chiptani! Darhol safimizga qo\u2018shil! Yana bir so\u2018z. Xudoliging bormi yo seni jin chalganmi? Agar ikkinchi bor kelishi Koni-Aylendda bo\u2018lsa, biz bunga hozirmizmi, yo\u2018qmi? Florri Masihiy, Stiven Masihiy, Kitti Masihiy, Dinch Masihiy, siz hammalaringiz bu samoviy qudratni sezishingiz kerak. Biz, nima, samo qoshida ortga chekinamizmi? Hech-da. Farishtalar tomonida bo\u2018l. Qabariq-prizma bo\u2018l. Ichingda anavi narsa borku, a, eng oliy men. Sen Iso Masiho, Gautam Budda, Ingersoll bilan so\u2018ylasha bilasan. Qani, ha, bu titroqlarni sezyapsizmi? Aminmanki, his qilyapsizlar. Birodarlarim-a, bir marta bir narsani bilib olsangiz, ish bitdi deyavering, osmonga qo\u2018rqmay sayohat qilaverasiz. Sizga tushunarli bo\u2018ldimi? Bu hayotning mash\u2019ali, sizga aytsam, hammasidan ko\u2018ra kuchliroq malham, eng laziz patir. Barcha tashqi yo\u2018nalishlar ichida eng yaxshisi va eng qulayi. Ajoyibu g\u2018aroyib, eng hashamatli bir narsa. Joningizni kiritadi\u201d (J.Joys, \u201cUliss sarguzashtlari\u201d, 591\u2013592-betlar. Ta\u2019kidlar K.G.Yungniki).<\/p>\n<p>21. \u201cKo\u2018lmaklar, o\u2018ralar, oqova ariqlar, axlatxonalar va kirxonalardan sassiq ufunat yoyiladi\u201d (J.Joys, \u201cUliss sarguzashtlari\u201d, 533-bet).<\/p>\n<p>22. \u201c(To\u2018lqinlar tilida.) Oum! Gek! Val! Ak! Hub! Mor! Ma! Ilohlarning oq yoglari. Germes Trismegistning poymandri. (Dengiz shamolining uvillashi kabi.) Punarjanam baldapanjob! Meni laqillatolmaysan. Bir zamonlar aytilgandi: so\u2018ldan ehtiyot bo\u2018l, shakti dinidan. (Bo\u2018ron qushi nidosi bilan.) Shakti, shiva, zulmatga yashiringan Padar!.. Oum! Boum! Bijaum! Men qo\u2018rg\u2018on shu\u2019lasiman, men a\u2019lo navli qaymoq va sarimoyman\u201d (J.Joys, \u201cUliss sarguzashtlari\u201d, 594-bet).<\/p>\n<p>23. Bu yerda, aftidan, 139-psalom, 7\u20139ga shama qilingan; shuningdek qarang: \u201cUliss sarguzashtlari\u201d, 589-bet.<\/p>\n<p>24. \u201cMen qo\u2018rg\u2018on shu\u2019lasiman, men a\u2019lo navli qaymoq va sarimoyman\u201d; \u201cOh ummon ummon xuddi olov kabi qirmizi va xaylu hasham chekkan oqshomlar va Alameda bog\u2018larida sollangan anjirlar va yana ilang-bilang jin ko\u2018chalar va nimpushti moviy sariq uychalar atirgullar xiyobonlari va yosuman yorongullar kaktuslar&#8230;\u201d (J.Joys, \u201cUliss sarguzashtlari\u201d, 831-bet).<\/p>\n<p>25. \u201cOh ummon ummon xuddi olov kabi qirmizi va xaylu hasham chekkan oqshomlar va Alameda bog\u2018larida sollangan anjirlar ha yana ilang-bilang jin ko\u2018chalar va nimpushti moviy sariq uychalar atirgullar xiyobonlari va yosuman yorongullar kaktuslar va o\u2018sha qizlik chog\u2018larimdagi Gibraltar ha bog\u2018 chechagi edim ha men xuddi Andalus qizlari kabi sochlarimga atirgul ha qizilgul taqdim ha yana u meni Mavritaniya devori ostida yutoqib tashna o\u2018pdi o\u2018pdi va mening xayolimga keldiki shu yigitmi yo boshqami baribir emasmi aslida shunda men unga ko\u2018zlarim bilan yana bir so\u2018ra deganday ishora qildim va shunda u yana xohlaysanmi deb so\u2018radi va ha xohlaysanmi mening tog\u2018 chechagim deb so\u2018radi va men avval uni quchog\u2018imni yozib qo\u2018llarim bilan achomladim ha yana o\u2018zimga mahkam tortdim va unga ko\u2018ksimni botirdim va muattar islarim uning dimog\u2018iga urdi ha yana uning yuragi telbasaro gursillab urardi va ha dedim men ha men xohlayman Ha\u201d (J.Joys, \u201cUliss sarguzashtlari\u201d, 831-bet).<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>\u00a0<em>Ahmad OTABOY tarjimasi<\/em><\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Karl Gustav YUNG &nbsp; Essening sarlavhasida ayyorlik va ustamonlik bilan ilohlarning ham, odamlarning ham dushmanligiyu qasoskorligidan o\u2018zini ehtiyot qila bilgan va mashaqqatli sayohatini yakunlab, tug\u2018ilgan go\u2018shasiga qaytib kelgan qadim Gomer zamonining\u00a0 elkezar topqir qahramoni emas, balki Jeyms Joys nazarda tutilgan. Antik zamondagi adashining butkul aksi bo\u2018lgan Joysning Ulissi faoliyatsiz, o\u2018ziga faqat tashqi ta\u2019sirlarni yuqtiradigan ongni [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":266,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[30,25],"tags":[],"class_list":{"0":"post-265","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-muharrir-tanlovi","8":"category-taqriz-esse"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/265","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=265"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/265\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":334,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/265\/revisions\/334"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/266"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=265"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=265"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=265"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}