{"id":244,"date":"2025-06-23T12:10:56","date_gmt":"2025-06-23T12:10:56","guid":{"rendered":"https:\/\/esselar.uz\/?p=244"},"modified":"2025-07-03T12:16:19","modified_gmt":"2025-07-03T12:16:19","slug":"ozim-haqimda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/esselar.uz\/?p=244","title":{"rendered":"O\u2018zim haqimda"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>Jek LONDON<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Men\u00a0 1876 yili San-Fransiskoda tug\u2018ilganman. O\u2018n besh yoshga kirganimda ulg\u2018ayib bo\u2018lgan edim, mabodo bir necha sent\u00a0 pulim oshib qolsa, unga obakidandon emas, pivo sotib olardim, \u2013 men haqiqiy erkak, albatta, pivo sotib olishi kerak, deb o\u2018ylardim-da. Hozir, o\u2018sha paytimdagiga qaraganda ikki barobar ulg\u2018aygan bo\u2018lsam-da, qayta yana o\u2018smirligimga qaytgim keladi, chunki hozir atrofimda sodir bo\u2018layotgan voqea-hodisalarga avvalgiday jiddiy qaramayman. Bo\u2018lishi mumkin-ku, axir, kutilmaganda yana o\u2018smirga aylanib qolsam. O\u2018sha o\u2018smirligimda mas\u2019uliyat neligini oldinroq ang\u00adlab yetishim dargumon edi. Qanday savod chiqarganim yodimda yo\u2018q, \u2013 besh yoshimdan boshlab o\u2018qish-yozishni o\u2018rgatishganini eslayman, xolos, \u2013 ilk bor Alameddagi maktabga borganim, keyin ranchoga ko\u2018chib o\u2018tganimiz va o\u2018sha yerda sakkiz yoshdan boshlab ishtiyoq bilan mehnat qilganlarim yodimda.<\/strong><\/p>\n<p>Men ta\u2019lim olgan ikkinchi joy San-Mateodagi bo\u2018lmag\u2018ur maktab bo\u2018ldi. Har bir sinf xonasiga bittadan parta qo\u2018yilgan, aksariyat hollarda bu partadan foydalanilmas, chunki darsga o\u2018qituvchilar mast-alast ahvolda kelardi. Yoshi kattaroq bolalardan biri o\u2018qituvchini do\u2018pposlab qo\u2018ygan kunlar ham bo\u2018lgan, shunda u chidolmasdan alamini kichkinalardan olardi \u2013 tasavvur qilolasizmi, mana shu olag\u2018ovur janjalxona maktab atalardi.<\/p>\n<p>Mening qarindosh-urug\u2018larimdan hech kim adabiyotga mehr qo\u2018ymagan \u2013 ehtimol, boshqalarga qaraganda bobom kitobga yaqinroq bo\u2018lgandir: vallomat bobom mavzening mirzasi edi, sokin o\u2018rmonda ixlos bilan Injilni qiroat qilardi, shuning uchun ham \u201cJons ota\u201d degan laqab orttirgan edi.<\/p>\n<p>Bolalik chog\u2018imda atrofimdagi odamlar qanchalar jaholatga botganidan hayron bo\u2018lardim. To\u2018qqiz yoshimda Vashington Irvingning \u201cAlgambra\u201dsini zavq bilan o\u2018qib chiqqach, ranchodagi biron kimsa bu kitobni o\u2018qimaganiga ishongim kelmasdi. Oradan biroz o\u2018tgach, menda jaholat faqatgina bizning qishlog\u2018imizda hukm suradi, shaharlarda tamoman o\u2018zgacha degan fikr tug\u2018ildi. Kunlarning birida ranchomizga shaharlik kishi keldi. Uning etigi top-toza, yaltiratib artilgan, qimmatbaho movut palto kiyib olgandi; nihoyat, ziyoli kishilar bilan fikr almashish imkoni keldi, deb o\u2018yladim. Eski mo\u2018rini buzishganda chiqqan pishiq g\u2018ishtlardan o\u2018zim qurgan Algambram bor edi \u2013 minoralar, peshayvonlar, hammasi bo\u2018r bilan chizib chiqilgan. Men shaharlik mehmonni qal\u2019amga olib bordim va undan \u201cAlgambra\u201d haqida so\u2018radim. Afsuski, shaharlik olifta ham ranchomizdagilarga o\u2018xshagan besavod bo\u2018lib chiqdi, xullas, bu olamda ikkita aqlli odam bor: Vashington Irving va men, degan xulosaga kelib, o\u2018zimni ovutdim.<\/p>\n<p>O\u2018sha paytlarda \u201cAlgambra\u201ddan tashqari o\u2018n syentlik romanlar (ularni batraklardan sotib olardim) va gazetlar o\u2018qib borardim, \u2013 xizmatkor qizlar bu gazetlarda bosilgan kambag\u2018al, ammo himmatli savdogarlarning qiziqarli sarguzashtlarini maroq bilan o\u2018qishardi. Ular bilan tanishgach, fikrim boshqa tomonga burilib ketishi kerak edi, ammo hamisha o\u2018zimni yolg\u2018iz his etar va yana qo\u2018limga tushgan narsani oshiqib o\u2018qib chiqardim. O\u2018shanda o\u2018qiganim Uydaning \u201cSigna\u201d qissasi menda katta taassurot qoldirgan va ikki yil davomida qayta-qayta o\u2018qib yurganman. Yozuvchining qissada nima demoqchi ekanini yoshim ulg\u2018aygachgina tushunib yetdim: chunki mendagi eski, yirtiq\u00a0 kitobning yakuniy qismi yirtilib yo\u2018qolgan, shu sababli qissa qahramoni bilan orzularga berilib, oldinda shafqatsiz Nemezida poylab turganini xayolimga ham keltirmagan edim.<\/p>\n<p>O\u2018sha vaqtlarda menga asalari uyasini qo\u2018riqlash topshirilardi; daraxt soyasida o\u2018tirib, ertadan kechgacha, ya\u2019ni asalarilar yig\u2018ila boshlaguncha kitob o\u2018qib, xayolga tolardim. Livemor vodiysi \u2013 tep-tekis, zerikarli joy; hatto vodiyni o\u2018rab olgan tepaliklar ham meni zavqlantira olmasdi. Xayolimni birgina hodisa \u2013 asalarilarning bir uyaga g\u2018uj bo\u2018lib yig\u2018ilib qolishidan boshqasi buzolmasdi. Ular g\u2018uj bo\u2018lishsa, darrov shovqin ko\u2018tarardim, ranchodagilar qo\u2018liga nima ilinsa \u2013 chelakmi, tuvakmi, har xil idishlarga suv to\u2018latib men tomon chopishardi. Yodimda bor, \u201cSigna\u201d qissasining ilk satrlari bunday bo\u2018lardi: \u201cBu bor-yo\u2018g\u2018i kichkintoy bolakay edi\u201d. Lekin kichkintoy buyuk musiqachi bo\u2018lishni, butun Yevropani o\u2018z poyida tiz cho\u2018ktirishni orzu qilardi. O\u2018sha bolakay men edim&#8230; Nima uchun endi \u201cSigna\u201ddek orzu qilmasligim kerak ekan?<\/p>\n<p>Menga Kaliforniya ranchosidagi hayot chidab bo\u2018lmas darajada zerikarli tuyula boshladi; ufq chegarasidan chiqib, dunyo kezishni orzu qilmagan kunim bo\u2018lmagan. O\u2018shanda g\u2018oyibdan olis safarga chorlovchi shivirlarni eshita boshladim: go\u2018zallikka intilardim, ammo atrofimdagi olam tarovatsiz tuyulardi. Vodiy va tepaliklar ko\u2018zimga xira pashshadek ko\u2018rinar, qarasam ko\u2018nglim aynirdi. Ularga mehrim balandligini olislarga ketganimdan keyingina chuqur his etdim.<\/p>\n<p>Ranchoni tark etib, Oklendga kelganimda o\u2018n olti yoshlarda edim. Ko\u2018p vaqtimni Oklend ommaviy kutubxonasida o\u2018tkazar, qo\u2018limga tushgan kitobni tashnalik bilan o\u2018qib chiqardim \u2013 kitobga tikilib o\u2018tiraverib ko\u2018zim pirpiraydigan, oyog\u2018im qaltiraydigan holga tushay dedim. Qarshimda dunyo sirlari ochilgan sari parishonlikdan xalos bo\u2018la boshladim. Ko\u2018chada gazeta sotishdan topgan pulim evaziga tirikchiligim o\u2018tardi; xullas, shu tarzda o\u2018tgan o\u2018n olti yil davomida katta bilim egalladim \u2013 ishlab o\u2018qidim, o\u2018qib ishladim.<\/p>\n<p>O\u2018sha paytlarda sarguzasht orzusida qonim qaynardi, oxiri uydan ketdim. Men qochib ketganim yo\u2018q, shunchaki tark etdim \u2013 qo\u2018ltiqqacha suzib keldim-da, ustrisa\u00a0 ovlaydigan qaroqchilar to\u2018dasiga qo\u2018shildim. O\u2018g\u2018rincha ustrisa ovlagan kunlarim ham o\u2018tdi, mabodo mening qaroqchiligim uchun sud qilishsa bormi, besh yuz yil muddat belgilab, panjara ortiga tashlashgan bo\u2018lardi. Keyin kichikroq yelkanli kemada dengizchi bo\u2018lib, losos\u00a0 ovladim. Ishonasizmi, navbatdagi xizmat joyim baliqchilarni nazorat qilish bo\u2018linmasi bo\u2018ldi: vazifam \u2013 noqonuniy baliq ovlayotgan har qanday huquqbuzarni hibsga olish edi. Huquqbuzarlarning ko\u2018pchiligi \u2013 xitoylar, yunonlar va italyanlar bo\u2018lib, o\u2018g\u2018rincha baliq ovlashardi. Ko\u2018pincha ularni tartibga chaqiruvchi qo\u2018riqlash bo\u2018linmasidagi ayrim nazoratchilarning hayoti xavf ostida qolardi. Xizmat vazifamni bajarishda yagona qurolim \u2013 atigi po\u2018lat sanchqi bo\u2018lsa-da, men mardlarcha, sira qo\u2018rqmasdan o\u2018g\u2018ri ovchilarning qayig\u2018iga o\u2018tib, boshlig\u2018ini hibsga olardim.<\/p>\n<p>So\u2018ngra katta kemaga dengizchi bo\u2018lib ishga yollandim va Yaponiya sohillari tomon suzib ketdim \u2013 bu dengiz mushuklarini ovlash ekspedisiyasi edi. Hatto Bering dengizigacha suzib bordik. Yetti oyga cho\u2018zilgan mushuk ovidan so\u2018ng Kaliforniyaga qaytib, turli yumushlar bilan shug\u2018ullandim: ko\u2018mir qazidim, bandargohda hammollik qildim, jut\u00a0 fabrikasiga ishga yollandim; u yerda ertalab soat oltidan kechqurun yettigacha ishlardim. Keyingi yil ham dengiz mushugi oviga borishga qaror qildim, ammo kechikdim, avvalgi sheriklarim \u201cMeri Tomas\u201d kemasida suzib ketishibdi, \u2013 o\u2018sha kema halokatga uchrab, butun jamoasi suvga g\u2018arq bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>O\u2018sha kunlar gohi-gohi maktabga ham borib turardim, oddiy insholar yozib, oddiy baholar olardim; jut fabrikasida ishlagan paytimda ham biron narsa yozishga urinib ko\u2018rdim. Kuniga o\u2018n uch soatdan ishlardim, qolaversa, yosh edim, o\u2018yin-kulgi ham chetda qolmasdi, yana o\u2018zimga qarashga bir soat ajratardim \u2013 ijod qilishga juda oz vaqt qolardi. O\u2018shanda San-Fransiskodagi \u201cKoll\u201d gazetasi ocherklar tanlovi e\u2019lon qilgandi. Oyim menga dalda berib, tavakkaliga tanlovda qatnashishga undadi, aytganini bajardim va \u201cYaponiya sohilidagi to\u2018fon\u201d nomli ocherk yozdim. Juda charchab, uyqusirab, ertasiga besh yarimda uyg\u2018onishni bilsam-da, yarim kechasi ocherk yoza boshladim va ikki ming so\u2018zni, \u2013 ocherkning belgilangan hajmi, \u2013 yozib bo\u2018lmaguncha to\u2018xtamadim, ammo mavzuning yarminigina yorita oldim, xolos. Keyingi kecha yana charchab, uyqusirab ishga o\u2018tirdim va yana ikki mingta so\u2018z yozdim, uchinchi kecha ortiqchasini qisqartirdim, tanlov shartiga ko\u2018ra ayrim o\u2018zgartirishlar kiritdim. Qarang, birinchi darajali mukofotni berishdi; ikkinchi va uchinchi o\u2018rinlarni Stenford va Berkli universitetlari talabalari olishdi.<\/p>\n<p>\u201cKoll\u201d gazetasi tanlovida erishgan muvaffaqiyatim qo\u2018lga qalam olish borasida jiddiy o\u2018ylab ko\u2018rishga undadi, ammo hali tinib-tinchimagan yigitcha bo\u2018lganimdanmi, yana nimadir qilishga urinardim, ijodiy mashqlarni keyinga qoldirdim \u2013 chunki, \u201cKoll\u201d gazetasi navbatdagi maqolamni rad etgandi. Kaliforniyadan to Bostongacha \u2013 Qo\u2018shma Shtatlarni kezib chiqdim Tinch okeani qirg\u2018og\u2018i bo\u2018ylab, daydiligim uchun qamashgan Kanada orqali uyga qaytdim. Darbadarlikda yiqqan tajribalarim meni sosialistga aylantirib qo\u2018ygandi. Men mehnatning tagi rohat ekanini anglab yetgandim; hali na Karlaylni, na Kiplingni o\u2018qimay turib, o\u2018zimning mehnat madhiyamga chizmalar tortdimki, buning oldida ularning bitiglari xiralashib qolardi. Hammasi \u2013 mehnatdan. Mehnat \u2013 bu najot va umid. Og\u2018ir ish kunini o\u2018tkazgandan so\u2018ng, o\u2018z qo\u2018lim bilan qilgan ishimni oxiriga yetkazganimdan so\u2018ng dilimdan kechirgan g\u2018urur tuyg\u2018ularini siz his etolmaysiz. Men qachonlardir kapitalistlar ezib ishlatgan yollanma qullarning eng fidoyisi bo\u2018lganman. Bir so\u2018z bilan aytganda, mening hayotga tashna manfaatparastligim mustahkam burjua axloqining maftuni edi. O\u2018shanda inson qadrlangan, ish odamni izlaydigan G\u02bbarbdan aholi zich, odamlar g\u2018ildirak ostidan ko\u2018tarilgan changday arzimas Sharq shtatlariga kelib qolgandim \u2013 hamma tilini osiltirgancha tentirab ish izlab yurardi. Bu meni hayotga boshqacha, yangicha nuqtai nazardan qarashga majbur qildi. Ishchilar ijtimoiy tomondan bir uyum chiqindi kabi yo\u2018qlikka yuz tutganiga guvoh bo\u2018ldim. Shunda o\u2018zimga-o\u2018zim so\u2018z berdim: endi jismonan og\u2018ir mehnat qilmayman, boshqa imkoniyat qolmagandagina ishlayman, dedim. O\u2018shandan buyon jismoniy og\u2018ir mehnatdan o\u2018zimni asrayman.<\/p>\n<p>Men Oklendga qaytib, o\u2018rta maktabga kirganimda o\u2018n to\u2018qqiz yoshga to\u2018ldim. Bu maktabda oddiy jurnal chop etilardi. Haftada bir marta \u2013 yo\u2018q, oyda bir marta chiqardi, \u2013 unda hikoyalarim bosildi; deyarli hech ikkilanmay dengizda suzganlarim, sarson-sargardonliklarimni ochiqchasiga yozdim. Bir yil maktabda o\u2018qigach, tirikchilik o\u2018tkazish tashvishida eshikbon bo\u2018lib ishga yollandim. Ish ko\u2018payib ketdi, ulgurolmay qoldim, yana maktabni tashlashga to\u2018g\u2018ri keldi. O\u2018sha zamondagi ijtimoiy qarashlarim ko\u2018pchilikning e\u2019tiborini qozondi va hammaning ko\u2018z o\u2018ngida \u201csosialist-bola\u201dga aylandim \u2013 oxir-oqibat, ko\u2018chada \u201cnutq irod etishlarim\u201d sababli hibsga olindim.<\/p>\n<p>O\u2018qishni tashlagach, uch oyda maktabning uch yillik dasturini mustaqil ravishda o\u2018qib, qabul sinovlaridan o\u2018tib, Kaliforniya universiteti talabasiga aylandim. Universitet ta\u2019limini cho\u2018zish, ortga surish yoki tashlab ketishni xayolimga keltirmagan edim \u2013 tirikchilik kirxonadagi ishim va ijodim evaziga o\u2018tib turardi. Faqat bir martagina ishga mehr bilan yondashdim, ammo oldimga qo\u2018ygan maqsadlar haddan tashqari ko\u2018p, mashaqqatli ediki, yarim yil o\u2018qigach, universitet bilan xayrlashdim.<\/p>\n<p>Avvalgiday kirxonada ko\u2018ylak dazmollay boshladim, bo\u2018sh qoldim deguncha ijod qilardim. Men har ikkisini bekamu ko\u2018st bajarishga intilar, ammo gohi-gohida charchab, qo\u2018limda qalam tutgancha uxlab qolardim. Nihoyat, kirxonadagi ishni ham bas qilib, butun borlig\u2018im bilan ijodga sho\u2018ng\u2018idim \u2013 yana hayot go\u2018zalligini his etib, orzularga berildim.<\/p>\n<p>Uch oy qo\u2018lyozmalar ustida o\u2018tirib, mendan yozuvchi chiqmaydi, degan xulosaga keldim va oltin izlovchilarga qo\u2018shilib Klondayk tomonlarga ketdim. Bir yil o\u2018tmay, zangila\u00a0 kasaliga chalinib, uyga qaytishga majbur bo\u2018ldim: bir ming to\u2018qqiz yuz mil\u00a0 dengiz yo\u2018lini qayiqda suzib o\u2018tish davomida ayrim yo\u2018l taassurotlarini qog\u2018ozga qoraladim. Klondaykda o\u2018zimni, o\u2018zligimni topdim. U yoqlarda hamma sukut saqlaydi. Hamma o\u2018yga tolgan. U yoqlarda hayotga to\u2018g\u2018ri qarashni o\u2018rgandim. Topganim shu bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Klondaykka ketganimda otam vafot etibdi, endi oila tashvishlari\u00a0 mening zimmamga tushdi. Kaliforniyada og\u2018ir kunlar boshlandi, ishsiz bo\u2018lib qoldim. Ish qidirib sarson bo\u2018lib yurgan kunlarim \u201cDaryo bo\u2018ylab quyiga\u201d nomli hikoyamni yozdim. Bu hikoyani tahririyatlarga olib borganimda, qaytarib qo\u2018limga tutqazishdi. Uni shu holicha tashlab, yigirma ming so\u2018zdan iborat yana bir boshqa hikoya yozdim. Bu hikoyani bir gazeta bo\u2018lib-bo\u2018lib bosmoqchi bo\u2018lib turgan edi, kutilmaganda qandaydir noma\u2019lum sababga ko\u2018ra qaytardi. Tahririyatlar qanchalik rad etishmasin, yangi-yangi asarlar yozaverdim. Meni tushunadigan biron durustroq muharrir duch kelmas, biror satrimni e\u2019lon qiladigan odam topilmasdi. Nihoyat, Kaliforniyadagi jurnal bir hikoyamni qabul qilib, besh dollar qalam haqi to\u2018ladi. Tez orada \u201cQora mushuk\u201d degan hikoyam uchun qirq dollar berishdi. Xullas, ishlar yurishgandan-yurishib ketdi, endi tirikchilik uchun ko\u2018mir qazish shart emas, albatta. Ammo hamon qo\u2018lda kurak tutishni bilar, hatto kezi kelsa, bunga tayyor ham edim.<\/p>\n<p>1900 yili birinchi kitobim dunyo yuzini ko\u2018rdi. Men gazetchilik bilan ham bemalol tirikchilik o\u2018tkaza olardim. Uning vasvasasidan saqlovchi sog\u2018lom fikrim ijodkorni halokatga olib boradigan bu mashinaning quliga aylanish oldini oldi: ijodning dastlabki davrida, hali pishib yetilmagan yosh ijodkorni aynan gazeta halok etadi. Jurnal xodimi sifatida tanilganimdan keyingina gazetlarga yoza boshladim.<\/p>\n<p>Men izchil ishlash zarurligiga ishonaman va hech qachon ilhom kelishini kutib o\u2018tirmayman. Fe\u2019l-atvorimga ko\u2018ra, nafaqat beparvo va pala-partish, ustiga-ustak, dilgir odamman. Lekin unisini ham bunisini ham yengib chiqdim. Dengizchi bo\u2018lgan paytlarimdan qat\u2019iy intizomga amal qilish odati saqlanib qolgan. Eski dengizchilar tartibiga ko\u2018ra bo\u2018lsa kerak, har kuni aniq bir vaqtda uyquga ketaman va kam uxlayman. Besh yarim soatlik orom \u2013 mana me\u2019yor, shu bilan cheklanaman. Uyqu vaqti kelmay turib, sababsiz o\u2018ringa yonboshlagan emas.<\/p>\n<p>Sportni sevaman: boks, qilichbozlik, suzish, chavandozlik bilan shug\u2018ullanaman, yaxtada suzaman, hatto, qog\u2018ozdan ilonlar yasayman. Shaharda tug\u2018ilgan bo\u2018lsam ham qishloqda yashashni xush ko\u2018raman. Qishloqdagi hayot hammasidan yaxshi \u2013 o\u2018zingni tabiat bag\u2018rida his etasan. Yoshligimdan boshlab menga katta ta\u2019sir ko\u2018rsatgan yozuvchilar \u2013 qisman, Karl Marks va umuman, Spenser. Mening besamar kechgan o\u2018smirlik kunlarimda imkon bo\u2018lganda edi, musiqa bilan shug\u2018ullanardim. Hozir, aytish mumkinki, o\u2018zimning barkamol yoshlik davrimga qadam qo\u2018yarkanman, bir-ikki million dollarim bo\u2018lganda bormi, o\u2018zimni she\u2019r yoki pamfletlar yozishga bag\u2018ishlardim. \u201cQariyalar ligasi\u201d va \u201cKempton-Uess maktublari\u201dni eng yaxshi asarlarim deb bilaman. \u201cQariyalar ligasi\u201dni ko\u2018pchilik yoqtirmaydi. Ular yanada yorqin va quvnoq asarlarni xush ko\u2018radi. Balki, yoshligim ortda qolgach, ularning fikrlariga qo\u2018shilarman.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>YOZUVCHINING HAYOT FALSAFASI HAQIDA<\/strong><\/p>\n<p>Adabiyot olamidagi hunarmandlar, o\u2018sha bir umr yengil-yelpi narsalar yozib tirikchilik o\u2018tkazib yurganlar bu maqolani o\u2018qiy ko\u2018rmasin: vaqtini bekor o\u2018tkazib, kayfiyatini buzadi. Ular qo\u2018lyozmani qayta-qayta ko\u2018rib chiqishni, matn ustida ishlashni, muharrirning sifatu ravishlarning azaliy hiylalaridan kelib chiqadigan injiqligini tushunishni istamaydi. Ey, bedavo \u201cchobukqalamlar\u201d, bu maqola siz uchun bitilmagan! U shunday yozuvchiga atalganki (mayli, hozircha u o\u2018rtamiyona asarlar qoralab yurgandir), uning yuksak maqsadi, o\u2018zgacha ramzlari bor, chinakam so\u2018z san\u2019atiga intiladi va kelajakda qishloq xo\u2018jaligi yutuqlarini madh etuvchi gazetalaru \u201coilaviy\u201d jurnallarning ostonasiga qadamizi qilmaslikni ko\u2018ngliga tugib qo\u2018ygan.<\/p>\n<p>Hurmatli janob, muhtarama xonim, siz bu sohani tanlab, qanday qilib shuhrat qozonmoqchisiz? Daholik?! Axir siz daho emassiz-ku! Mabodo, daho bo\u2018lganingizda ushbu satrlarni hijjalab o\u2018qib o\u2018tirmagan bo\u2018lardingiz. Daho har qanday kishanni parchalab tashlaydi, bid\u2019atlarni chetga uloqtirib, bo\u2018ysunishni xayoliga ham keltirmaydi. Daho, rara avisnote\u00a0\u00a0 \u2013 siz va menga o\u2018xshab duch kelgan o\u2018rmon tepasida parvona bo\u2018lib uchib yurmaydi. Balki, siz iste\u2019dod sohibidirsiz? Ha, albatta, hali ochilmagan! Gerkulesning muskullari yo\u2018rgakda yotgan paytida ingichka ipday ko\u2018ringan. Siz ham shundaysiz: iste\u2019dodingiz rivojlanmay qolgan. Agarda u yetarlicha oziqlanib, parvarish qilinganida bormi, bu maqolani o\u2018qimasdingiz. Agar iste\u2019dodingiz kamoliga yetganiga ishonchingiz komil bo\u2018lsa, to\u2018xtang, maqolaning qolgan qismini o\u2018qimang! Agar iste\u2019dodingiz hali ko\u2018zlangan nuqtasiga chiqmagan bo\u2018lsa, sizningcha, u qaysi yo\u2018l bilan o\u2018sha darajaga ko\u2018tariladi?<\/p>\n<p>O\u2018ylab o\u2018tirmay, \u201co\u2018ziga xoslik bilan\u201d, deya javob berasiz, keyin qo\u2018shib qo\u2018yasiz: \u201co\u2018ziga xoslikni muntazam takomillashtira borib&#8230;\u201d. Ajoyib! Ammo savol o\u2018ziga xoslikka qaratilmagan, \u2013 buni yosh bola ham biladi, \u2013 balki o\u2018ziga xos bo\u2018lishning qanday yo\u2018llari borligiga, bunga qay yo\u2018sinda erishish mumkinligiga qaratilgan. Siz ijodingizga nisbatan o\u2018quvchilar ishtiyoqini qanday uyg\u2018otmoqchisiz, noshirlar ovchi singari qo\u2018lyozmangizni so\u2018rab ortingizdan poylashlari uchun nelar qilmoqchisiz? Boshqalar yo\u2018lidan borib o\u2018ziga xos bo\u2018linmaydi, ammo o\u2018zgalar yog\u2018dusini jamlab, yorqin iste\u2019dod egasiga aylanish mumkin. Axir, hech kim Valter Skott va Dikkensga, Edgar Po va Longfelloga, Jorj Eliot va Xemfri Uord xonimga, Stivenson va Kiplingga, Entoni Xoup, Meri Korelli, Stiven Kreyn va boshqa ko\u2018plab adiblarga, \u2013 ularning ro\u2018yxatini istagancha davom ettirish mumkin, \u2013 kimdir tayyor ijodiy yo\u2018l ochib bermagan. Hanuzgacha noshirlaru o\u2018quvchilar ularning kitoblarini so\u2018rab shovqin solishadi. Nega? Chunki ularning har biri o\u2018ziga xoslikka erisha oldi. Qanday? Ular shamol parragi singari arzimagan shabadada chirpirak bo\u2018lib aylanmadi. Ular ham o\u2018zlariga o\u2018xshagan tengdoshlari bilan birga yo\u2018lga chiqdi, ammo boshqalarning omadi kelmadi, oqibatda eskicha, siyqasi chiqqan uslubdagi asarlarini kelajakka meros qoldirishdi. Buyuklarni omadsizlardan bir jihat ajratib turadi: buyuklar aynan buloqning o\u2018zidan suv ichadi, boshqalar qo\u2018lidan o\u2018tgan ma\u2019lumotlarni inkor qiladi. U o\u2018zgalarning xulosalariga, boshqalarning, hatto nufuzli ijodkorlarning fikriga ham ishonmaydi. Ular o\u2018z qo\u2018li bilan bajargan ishiga mualliflik huquqidan ham yuksak bo\u2018lgan xoslik \u2013 Menligini muhrlashni muhim deb biladi. Dunyo va dunyodagi turli an\u2019analarning asl manbasidan (boshqacha aytganda, bashariyat madaniyati va tafakkuri) o\u2018zining hayot falsafasini yaratish uchun zarur bilim va mahorat egallaydi.<\/p>\n<p>\u201cHayot falsafasi\u201d ga nimalar kiradi, bu aniq bir tushunchaga sig\u2018maydi. Avvalo ta\u2019kidlash joizki, hayot falsafasi odamning shaxsiy muammolarini bartaraf etib qo\u2018ymaydi. U o\u2018tmish va hozirgi zamondagi qalb o\u2018rtanishlari, jinslar uchun ayrim va umumiy axloq qoidalari, xotin-qizlarning iqtisodiy mustaqilligi, aniqlangan xossalarni o\u2018zlashtirish, spiritizm, shakl o\u2018zgarishlari, mast-alast qiluvchi ichimliklarga murosasiz munosabat singari masalalarga mutlaqo e\u2019tiborsiz. Ammo hayot, ijod yo\u2018lida duch kelsa, bu masalalar, hatto boshqa ikir-chikirlar bilan ham shug\u2018ullanishga majbur, bu \u2013 hayot zamirida yaralgan, alohida e\u2019tibortalab, balki kundalik, ishchan hayot falsafasidir.<\/p>\n<p>Ijodiy faoliyatda mutlaq muvaffaqiyat qozonganlarning ana shunday falsafasi bor. Bu toifa yozuvchilarning dunyoda ro\u2018y berayotgan voqea-hodisalarga o\u2018ziga xos qarashlari shakllangan. Ko\u2018zi tushgan voqea-hodisalar ahamiyatini salmoqlab ko\u2018radigan qandaydir tarozi yoki boshqa o\u2018lchov qurilmasi bor. Mana shu falsafaga suyanib xarakter yaratadi, tegishli xulosa chiqaradi. Falsafa tufayli yozuvchining yaratiqlari hayotiy, to\u2018g\u2018ri, sof bo\u2018ladi, dunyo intiq bo\u2018lib kutayotgan yangi so\u2018zni ayta oladi. Bu faqat uniki \u2013 almisoqdan buyon takrorlanaverib, chaynalib ketgan, dunyoga ma\u2019lum gaplar emas.<\/p>\n<p>Ammo xatoga yo\u2018l qo\u2018yishdan ehtiyot bo\u2018ling. Bunday falsafaga ega bo\u2018lish didaktika degani emas. Barcha masalalarda o\u2018z fikrini ayta olish qobiliyati pand-nasihatdan iborat roman yozib, o\u2018quvchining hafsalasini pir qilishga asos bo\u2018lmaydi, ayni paytda bu ishni qilmaslikni man ham etmaydi. Ta\u2019kidlash joizki, yozuvchilik falsafasi qaybir muammoni u yoki bu tarzda hal etishga kitobxonni og\u2018dirish istagini kamdan-kam namoyon etadi. Faqat ayrim yirik yozuvchilargina ochiqchasiga pand-nasihat qilishga zo\u2018r bergan, ayni damda, boshqalari, masalan, dadil va nizikta\u2019b Robert Luis Stivenson ijodda o\u2018zini deyarli to\u2018lig\u2018icha namoyon etib, birovga pand-nasihat borasida hatto ishoraga ham yo\u2018l qo\u2018ymagan. Aksariyat yozuvchilar o\u2018z falsafasidan sirli asbob tarzida foydalanishadi. Uning yordamida fikrlarini, xarakterlarni, syujetni shakllantiradi, barchasiga o\u2018z falsafasini singdiradi, asarni yozib bo\u2018lganda bularning barchasi namoyon bo\u2018ladi. Anglash lozimki, bu singari faoliyat falsafasi yozuvchi ijodini nafaqat o\u2018zligida jamlaydi, balki o\u2018zi ko\u2018rib chiqqan va bahosini bergan voqea-hodisalarni o\u2018zining \u201cmen\u201didan o\u2018tkazadi. Yuqorida ta\u2019kidlangan xosliklar daholarda, ayniqsa, mashhur uchlik \u2013 Shekspir, Gyote va Balzak ijodida yorqin namoyon bo\u2018lgan. Ularning har biri shu darajada o\u2018ziga xoski, hatto bir-biriga taqqoslab bo\u2018lmaydi. Har biri o\u2018zining ilm xazinasiga, o\u2018zining uslubiy falsafasiga ega va bu oliy maqsadga loyiq munosib asarlar yaratishgan. Ular ham tug\u2018ilgan payti o\u2018zi singari boshqa oddiy bolalardan farq qilmagani aniq, ammo keyinchalik dunyo tamadduni mo\u02bbjizalarni anglab yeta olganlar, tengdoshlarga esa, bu baxt nasib qilmagan. Ya\u2019ni, ular dunyoga nimalarni aytish lozimligini, o\u2018z aytar so\u2018zini kashf etganlar.<\/p>\n<p>Qani, siz-chi, yosh qalamkash, sizning aytar so\u2018zingiz bormi?<\/p>\n<p>Sizning so\u2018z aytishingizga hech narsa xalaqit bermayaptimi?<\/p>\n<p>Agar siz dunyo tinglashni istagan yuksak g\u2018oyalaringizni takomiliga yetkazishga qobil bo\u2018lsangiz, qanday o\u2018ylagan bo\u2018lsangiz, shunday ifodalang. Agar siz yorqin fikrlasangiz, yorqin yozasiz; agarda fikringiz qadrli bo\u2018lsa, asaringiz qadrli bo\u2018ladi. Ammo yozganlaringiz qiziqarli bo\u2018lmasa, cheklangan bo\u2018lsa, o\u2018zingiz tor fikrlagan bo\u2018lasiz. Agar fikrlaringiz chalkash va aralash-quralash bo\u2018lsa, sizdan ifoda yorqinligini talab qilish mumkinmi? Agar bilimingiz nochor, tizimli bo\u2018lmasa, erkin va mantiqli yoza olasizmi? Ishonchli asossiz, ijodga falsafiy yondashmay turib, alg\u2018ov-dalg\u2018ovlardan tartibli olam yaratish mumkinmi? Voqelikni to\u2018g\u2018ri anglash va oldindan ko\u2018ra olish mumkinmi? Siz egallagan bilim zarralari hajmini va o\u2018zaro nisbiy qimmatini aniqlab bo\u2018ladimi? Mana shularning barchasisiz, o\u2018zingizni namoyon eta olasizmi? Mashaqqatli mehnatingiz bilan dunyoga biror yangilik berolasizmi?<\/p>\n<p>Bu falsafani yagona yo\u2018l \u2013 mashaqqatli izlanishlar orqali, jahon madaniyati, ilm-fan xazinasidan olingan durdonalarni jamlash yo\u2018li bilan\u00a0 ishlab chiqish mumkin. Qozon tubidagi issiqlik kuchini bilmay, undan paydo bo\u2018lgan bug\u2018 pufakchalari nimaligini anglay olasizmi? Rassom \u201cEcce Homo\u201d kartinasini yahudiylar tarixi va mifologiyasini tasavvur etmay, yahudiy xarakterini toblagan turli-tuman chizgilarni anglamay \u2013 e\u2019tiqod va orzu-armonlarini, ehtiros va vafo-sadoqatini, umid va qo\u2018rquvini his etmay turib chiza olmasdi! Bastakor olmonlarning qadimgi buyuk eposini o\u2018qimay turib, \u201cValkiriy parvozi\u201dni yarata olarmidi? Bu sizga ham tegishli \u2013 o\u2018qishingiz kerak. Hayot yuziga ongli ravishda qarashni o\u2018rganishingiz lozim. Xarakterlarni va harakatlarning u yoki bu darajasini fahmlash uchun, shaxslar va ommani harakatga keltirib, oqibatda Jon Braunning doriga va Isoning Go\u2018lgotasiga\u00a0 olib boradigan buyuk g\u2018oyalar tug\u2018iladigan ohanglarni anglay bilishingiz lozim. Yozuvchi qo\u2018lini hayot murvatidan olmasligi kerak, shundagina hayot unga ijod falsafasini taqdim etadi, o\u2018z navbatida, yozuvchi bu falsafa yordamida voqea-hodisalarni baholaydi, salmoqlab ko\u2018radi, taqqoslaydi va dunyoga hayot haqida\u00a0 o\u2018z so\u2018zini aytadi. Shaxsning mana shu muhri, voqea-hodisalarga shaxsiy nazari \u201co\u2018ziga xoslik\u201d deyiladi.<\/p>\n<p>Sizga tarixdan, biologiyadan, tamaddun haqidagi bilimlardan, madaniyatdan va yana mingdan bir bilim sohalaridan nelar ma\u2019lum? \u201cAmmo, \u2013 e\u2019tiroz bildirasiz siz, \u2013 mening roman yoki poema yozishimga ular qanday yordam berishi mumkin?\u201d Aynan, o\u2018shalar yordam beradi. Bevosita bo\u2018lmasa \u2013 bilvosita. Bilim fikringizni boyitadi, ufqni yaqinlashtiradi, \u00adfaoliyat doirasini kengaytiradi. Umuman, falsafiy qurollantiradi, bu esa, boshqa falsafa emas, o\u2018zingizniki; o\u2018zingizga xos fikrlar uyg\u2018unligi.<\/p>\n<p>\u201cBu juda katta ish, \u2013 deb e\u2019tiroz bildirarsiz. \u2013 Bunga vaqtim yo\u2018q\u201d. Ammo ustozlar bu ulkan ishdan cho\u2018chimaganlar. Ixtiyoringizda umrning ko\u2018p yillari bor. Demak, hammasini asta-sekin anglayman deya kutib o\u2018tirish yaramaydi, bilimingiz qanchalik tez ko\u2018payib borsa, yozuvchilik mahoratingiz ham, atrofdagilarga ta\u2019siringiz ham ortaveradi. Vaqt! Uning yetmasligi haqida gapirishganda, samarali foydalana bilishni nazardan qochirishadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Siz mutolaa qilishni bilasizmi?<\/strong><\/p>\n<p>Bir yilda hikoyachilik mahoratingizni oshirish yoki tanqidiy qarashingizni charxlash uchun necha siyqa, sayoz hikoya yoki roman o\u2018qiysiz? Necha-necha jurnallarni boshdan-oxir hijjalab chiqasiz? Mana u, sizning vaqtingiz, siz esa uni ahmoqona mashg\u2018ulotlarga sarflaysiz, axir, vaqtni ortga qaytarib bo\u2018lmaydi. Mutolaa qiladigan kitoblarni sinchiklab saralashga o\u2018rganing, mag\u2018zini chaqib, tez o\u2018qing. Siz kundalik gazetalarni nuqtasini ham qo\u2018ymay, e\u2019lonigacha o\u2018qiydigan miyasi aynigan chollarning ustidan kulasiz. Lekin zamonaviy adabiyotning to\u2018lqinida oqib, ko\u2018krak kerishingiz undan avlomikin? Baribir, bu oqimdan o\u2018zingizni qutqaring.<\/p>\n<p>Yaxshi o\u2018qing, eng yaxshilarini o\u2018qing. O\u2018qishni boshlagan hikoyangizni nihoyasiga yetkazmay turib chetga tashlab qo\u2018yishdan cho\u2018chimang. Yodda tuting, hammasidan avval, siz yozuvchisiz. Yodda tuting, faqat boshqa asarlarni mutolaa qilish orqali ularning saviya-darajasini, ayni paytda nimalar haqida yozmaslikni\u00a0 ham o\u2018rganasiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>\u00a0<\/strong><em>Humoyun tarjimasi<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jek LONDON &nbsp; Men\u00a0 1876 yili San-Fransiskoda tug\u2018ilganman. O\u2018n besh yoshga kirganimda ulg\u2018ayib bo\u2018lgan edim, mabodo bir necha sent\u00a0 pulim oshib qolsa, unga obakidandon emas, pivo sotib olardim, \u2013 men haqiqiy erkak, albatta, pivo sotib olishi kerak, deb o\u2018ylardim-da. Hozir, o\u2018sha paytimdagiga qaraganda ikki barobar ulg\u2018aygan bo\u2018lsam-da, qayta yana o\u2018smirligimga qaytgim keladi, chunki hozir atrofimda [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":245,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"om_disable_all_campaigns":false,"_monsterinsights_skip_tracking":false,"_monsterinsights_sitenote_active":false,"_monsterinsights_sitenote_note":"","_monsterinsights_sitenote_category":0,"tdm_status":"","tdm_grid_status":"","footnotes":""},"categories":[27,31],"tags":[],"class_list":{"0":"post-244","1":"post","2":"type-post","3":"status-publish","4":"format-standard","5":"has-post-thumbnail","7":"category-avtobiografik-esse","8":"category-bosh-sahifa"},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/244","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=244"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/244\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":349,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/244\/revisions\/349"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/245"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=244"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=244"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/esselar.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=244"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}